Grantlar.uz
СтатистикаGrantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar. 👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot 👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo 👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna Facebook: fb.com/grantlar.uz
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 11
- Всего постов
- 28
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 7 172
- 1/48двое суток
- 8 219
- 1/72трое суток
- 8 864
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📣Ilmiy sohadagi eng foydali Telegram kanal! 🎓 Sizni ilmiy izlanishlar, xalqaro nashrlar va akademik rivojlanish yo'lida qo'llab-quvvatlaydigan ilmiy loyihalarimizga taklif qilamiz! 🌐 Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda bepul maqolalar chop qilishni o'gatadigan online kurslar 🎯 Scopus va Web of Science jurnallari uchun ilmiy maqolalar yozishni o‘rgatadigan online kurslar ✅ Secret ilmiy loyihasi haqida ma'lumot olish 🚀 Phd in Science bepul ilmiy loyihasi haqida ma'lumot olish 🎁 Girls in Science iqtidorli qizlarimiz uchun alohida loyihalar 🔝Materiallari Scopus ma'lumotlar bazasiga indeksatsiya qiladigan konferensiyalar 🚀 Students in Science bepul ilmiy loyihasi haqida ma'lumot olish 🎯 Scopus ma'lumotlar bazasidagi maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallar ✅ Ilmiy tadqiqotchilar uchun maxsus online kurslar 💯 Bepul loyihalar, master-class va vebinarlar haqida ma’lumotlar 📨 Ushbu postni tanishlaringizga ham ulashing. Ko‘proq ma’lumot: https://t.me/publish_uz
Amaliyot Ofisi — Yoshlar ishlari agentligida amaliyot dasturi Bu dastur Yoshlar ishlari agentligi tizimidagi ish jarayonlarini o‘rganish, tajribali mutaxassislar bilan ishlash, real loyihalarda ishtirok etish hamda kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. Dasturga bitiruvchi bosqich talabalari, bitiruvchilar hamda faol va tashabbuskor yoshlar ariza topshirishi mumkin. Manfaatli jihatlar: – Agentlik tizimida tajriba orttirish – Real loyihalarda qatnashish – Eng yaxshi amaliyotchiga oyiga 1 mln soʻm stipendiya – Kasbiy va ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirish va boshqalar Arizalar 2026-yil 20-avgust 23:59 gacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/amaliyot-ofisi/ @grantlar
🇨🇭 Shveytsariyada 100% GRANT va oyiga $900 stipendiya! Dastur afzalliklari: - TOP-10 talik universitetlar - Haftasiga 20 soat ishlash (ta'til vaqtida 40 soatgacha) - Soatiga minimum maosh 31$ - Bitiruvchilarning o‘rtacha yillik maoshi €70,000. - Shveytsariya dunyodagi eng xavfsiz 5 mamlakatdan biri hisoblanadi. - Davlat tomonidan har oy 900$ stipendiya - Blok shot shart emas - Yevropa ittifoqi: 1 ta VIZA = 29 ta davlatga vizasiz sayohat Mutlaqo bepul maslahat olish uchun so'rovnomani to'diring! +998712006445
ICYF International Media Training Camp: 18-25 yoshli jurnalistlar va jurnalistikaga qiziquvchilar uchun Turkiyada 6 kunlik media oromgoh! Dasturda 18-25 yoshli jurnalistlar va jurnalistikaga qiziquvchilar qatnashishi mumkin. Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi. Dastur imkoniyatlari: – Qatnashish bepul. – Turar joy, oziq-ovqat va shaharga ekskursiyalar xarajati qoplanadi. – Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi. – Tibbiy sugʻruta xarajatlari qoplanadi. – Sertifikat beriladi. Arizalar 2026-yil 31-avgust soat 01:59 gacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/icyf-international-media-training-camp/ @grantlar
🎓 Kasb tanlash — bu shunchaki diplom tanlash emas. Ko'pchilik universitetga kiradi. Yo'nalish tanlaydi. 4 yil o'qiydi. Diplom oladi. Lekin oradan bir necha yil o'tib, "Aslida bu soha menga mos emas ekan..." degan xulosaga keladi. Chunki kasbni tanlashdan oldin uning ichki hayoti, qiyinchiliklari va imkoniyatlari haqida deyarli hech kim gapirmaydi. Agar sizni HR (Human Resources) yo'nalishi qiziqtirayotgan bo'lsa, shoshilmang. Avval bu kasbni ichidan tanib oling. Madina Farxadovna | Miss HR kanalida siz: 📌 Qalb kasbi qanday tanlanadi? 📌 HR aslida nima ish qiladi? 📌 Bu kasb kimlarga mos, kimlarga esa mos emas? 📌Noldan HR'ga qanday kirish mumkin? 📌 Karyerani qanday qurish mumkin? 📌 Intervyular, CV, LinkedIn va amaliy HR tajribalari haqida foydali kontentlarni topasiz. Kasb tanlash — bir kunlik qaror. Uning natijasi esa yillar davomida siz bilan qoladi. Shuning uchun qarorni stereotiplar bilan emas, bilim bilan qabul qiling. 👉 @Madina_Farhodovna
Fulbright Visiting Scholar Program: AQSHda 1 semestrgacha amaliyot oʻtash yoki tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant! Kimlar qatnasha oladi? – PhD darajasi yoki 10 yillik tegishli mehnat tajribasiga ega nomzodlar. Nomzodlardan ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi (til sertifikati shart emas). Iqtisodiy imtiyozlari: – AQSHga borish va kelish uchun aviachipta. – AQSHda yashash va faoliyat olib borish uchun toʻliq moliyaviy yordam. – Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi. – J-2 vizasi bo‘yicha bir nafar oila a’zosi uchun moliyaviy yordam. – Kasbiy va madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati. Arizalar 2026-yil 20-sentabrgacha qabul qilinad. Batafsil👇 https://grantlar.uz/aqsh-fulbright-visiting-scholars/ @grantlar
Kelajak bugundan boshlanadi! Raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda zamonaviy bilim va ko‘nikmalar har qachongidan ham muhim. Iqtisodiyot va pedagogika universiteti sizga aynan shunday imkoniyatlarni taqdim etadi. Kompyuter injiniringi, multimedia texnologiyalari, axborot tizimlari va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda tahsil olib, zamon talablariga mos mutaxassisga aylaning. Universitetda 34 ta bakalavriat va 5 ta magistratura yo‘nalishi, 550 dan ortiq professor-o‘qituvchilar hamda zamonaviy ta’lim muhiti sizning muvaffaqiyatingiz uchun xizmat qiladi. Iqtisodiyot va pedagogika universiteti — innovatsiyalar, sifatli ta’lim va katta imkoniyatlar maskani! 🌟Onlayn ariza va imtihon topshirish uchun: 1. 🌎 ipuedu.uz saytiga kiring; 2. Ro’yxatdan o’ting; 3. Shartnomangizni yuklab oling! 📞Aloqa markazi: +998752306060 (Qashqadaryo) 😎 Yozish +998557056060 (Samarqand) 😎 Yozish 💠Litsenziya Nº 194419 25.12.2023 📍Manzil: Qarshi shahri, Gungon MFY, Jayxun ko’chasi, 11A-uy 📍Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy 🕊 Telegram| 📱 Instagram| 🌍Web-sahifa
Peace Pals International Art Exhibition: 5-16 yoshlilar uchun xalqaro rasmlar tanlovi Tanlovga 5-16 yoshli nomzodlar qoʻlda qalamlar yoki boʻyoq orqali chizgan ishlari bilan qatnashishi mumkin. Ishlarni onlayn yoki oflayn (pochta orqali yuborish orqali) topshirish mumkin. Mukofotlar: – Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar maxsus statuetka, sertifikat va tasdiq xatlari bilan taqdirlanadi – Tanlovda ishtirok etgan barchaga ishtirok sertifikati taqdim etiladi Ishlar 2026-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/peace-pals-international-art-exhibition-5-16-yoshlilar-uchun-xalqaro-rasmlar-tanlovi/ @grantlar
Unity Consulting mijozlarga maxsus imkoniyatlarni taqdim etadi! Quyidagi dasturlarga biz orqali hujjat topshiring va konsalting xizmati haqini TALABA BOʻLGANDAN KEYIN toʻlang (bu imkoniyat jami 15 kishiga taqdim etiladi): 1. 🇹🇷Turkiyada 50% grant asosida va til sertifikatisiz oʻqish – 5 kishi uchun 2. 🇱🇻Latviyada qishki semester uchun til sertifikatisiz oʻqish va 28+ davlatga chiqish imkoniyati – 5 kishi uchun 3. 🇺🇸Amerikada top universitetlarda 70-80% gacha grand bilan oʻqish – 5 kishi uchun Oldindan hech qanday toʻlov qilmaysiz. To'lovni universitetga kirganingizdan keyingina amalga oshirasiz. Biz uchun eng muhimi natija va ishonch! Hoziroq murojaat qiling va joyingizni band qiling: @unity_consulting_admin +998976292829 Bizning kanal: @unityconsulting
“Yoshlar tinchlik uchun” BMT Modeli 2026: yoshlar uchun diplomatiya va xalqaro muzokaralar bo‘yicha bepul konferensiya Ushbu konferensiya 2026-yil 17-18-avgust kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladi (ingliz tilida). Konferensiyada talabalar, yuqori sinf oʻquvchilari, xalqaro munosabatlarga qiziquvchi yoshlar qatnashishi mumkin. Jami 200 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Manfaatli jihatlari: – Ishtirok etish bepul va bepul tushlik taʼminlanadi – BMT Modeli formatida amaliy diplomatiya va muzokaralar olib borish tajribasini orttirish – o‘z fikr va takliflarini asoslantirish hamda diplomatik tarzda himoya qilishni o‘rgananish – Yoshlar ishlari agentligi, BMT tizimi vakillari hamda xalqaro miqyosda faol yosh liderlar bilan muloqot qilish imkoniyati va boshqalar Arizalar 2026-yil 14-avgust 23:59 gacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/blog/yoshlar-tinchlik-uchun-bmt-modeli/ @grantlar
Central Asia Youth Dialogue Forum: Qirgʻizistonda xarajatlari toʻliq qoplanadigan 5 kunlik forum! Ushbu forumga ingliz tilida erkin muloqot qila oluvchi 18-25 yoshli nomzodlar ariza topshirishi mumkin. Forum 2026-yl -5-9-oktabr kunlari Issiqkoʻl shahrida (Qirgʻiziston) boʻlib oʻtadi. Forum mavzusi: Yoshlarning jinoiy faoliyatga jalb etilishining oldini olish. Jami 25 nafargacha ishtirokchi qabul qilinadi. Moddiy imtiyozlar: – Roʻyxatdan oʻtish va qatnasish bepul – Safar (borish-kelish) xarajatlari qoplanadi – Bepul turar joy, oziq-ovqat va oʻquv materiallari taʼminlanadi Arizalar 2026-yil 26-avgustgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/central-asia-youth-dialogue-forum-2/ @grantlar
UWC: Oʻzbekistonlik maktabning yuqori sinf o'quvchilari hamda kollej/litsey oʻquvchilari uchun oʻqishni xorijda grant asosida davom ettirish imkoniyati! United World Colleges – dunyoning 4 ta qitʼasida joylashgan 18 ta maktab va kollejlar tizimidir. Oʻzlari tanlagan davlatdagi kollej/maktabga qabul qilingan oʻquvchilar u yerda 2 yillik “International Baccalaureate (IB) Diploma” kursini oʻqiydi. UWC qabul qilingan oʻquvchilarning moliyaviy holatida qarab, toʻliq yoki qisman grant ajratadi. Toʻliq grant quyidagilarni oʻz ichiga oladi: – Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi. – Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminalandi. – Darsliklar olib beriladi. Bu yilgi qabul 2026-yil 30-sentabrgacha davom etadi. Qabul qilinganlar 2027-yil sentabrdan oʻqishni boshlaydi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/blog/ib-diploma-kurslarini-dunyoning-turli-davlatlarida-oqish-imkoniyati-haqida/ Foydali: 👉 Shu dastur g'olibi bilan suhbat @grantlar
Chevening: Britaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant! Bu dasturga bakalavrlik diplomi va bakalavriatdan keyin kamida 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin. Dastur imkoniyatlari: – Kontrakt summasi qoplanadi – Oylik stipendiya – Borish-kelish uchun aviachipta – Joylashib olish uchun mablagʻ – Joʻnab ketish uchun mablagʻ – Viza xarajatlari qoplanadi Arizalar 2026-yil 6-oktabrgacha qabul qilinadi. Dastur haqida manbalar: 👉 Chevening dasturi haqida batafsil maʼlumot 👉 Chevening gʻolibi boʻlgan hamyurtimiz bilan suhbat 👉 Chevening gʻoliblarining hujjatlari @grantlar
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar! Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin. Mukofotlar: – Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi. – Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi. Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2026-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/ @grantlar
Urganchda IT Community Roadshow 2026: AI, startaplar va IT karyera bo‘yicha bepul tadbir Tadbir 2026-yil 22-agust kuni 10:00–17:00 da Urganchda tashkil etiladi. Ushbu tadbirda 16 yoshdan katta barcha ishtirok etishi mumkin. Tadbirda ishtirokchilar AI davrida karyera qurish, IT sohasida taʼlim va rivojlanish imkoniyatlari, muvaffaqiyatli startap yaratish va boshqa mavzular boʻyicha bilim va tavsiyalar oladi. Manfaatli jihatlar: – Ishtirok etish bepul – Xivadan keluvchilar uchun bepul transport tashkil etiladi – Tadbir davomida interaktiv viktorinalar, sovrinli o‘yinlar va netvorking sessiyalari ham tashkil etiladi Qatnashish uchun 2026-yil 21-avgust 23:59 gacha roʻyxatdan oʻtish lozim. Batafsil👇 https://grantlar.uz/blog/urganchda-it-community-roadshow/ @grantlar
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari! Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi. Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi. Mukofotlar Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi: – 1-oʻrin: 1000 dollar – 2-oʻrin: 750 dollar – 3-oʻrin: 500 dollar Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi. Hozirgi qabul 2026-yil 30-sentabrgacha davom etadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/ @grantlar
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling! Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2026-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin. Insho mavzusi: How does writing impact today's world? Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi. Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi. Insholar 2026-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/ @grantlar
Expatrio Scholarship tanlovi: Germaniyada o’qish uchun 15 ming yevrogacha grant Bu tanlov 2025-yil oktabrdan boshlab Germaniyada istalgan bosqichda oʻqishni rejalashtirayotganlar uchun moʻljallangan. Ishtirokchilardan berilgan mavzuda 2 daqiqadan oshmaydigan video tayyorlash va topshirish talab etiladi (ingliz, nemis yoki ona tilida). Mukofotlar: Sovrinli oʻrinlar – 10 ta. Sovrindorlar 300 yevrodan 15 000 yevrogacha pul mukofotlari va boshqa mukofotlar bilan taqdirlanadi. Arizalar 2026-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/expatrio-scholarship/ @grantlar
5-19-yoshli bolalar uchun Xalqaro kimyo va sanʼat tanlovi: rasm chizib pul mukofoti yutib oling Ushbu tanlovda 5-19 yoshli barcha qatnashishi mumkin. Ishtirokchilardan “Chemistry Powering our Planet (Sayyoramizni quvvatlayotgan kimyo)” mavzusida rasm chiqish va uni JPG yoki PNG shaklida topshirish talab etiladi. Tanlov quyidagi yoshlar kesimida oʻtkaziladi: – 5-8 yosh – 9-12 yosh – 13-15 yosh – 16-19 yosh Mukofotlar: – Har bir kesim boʻyicha gʻoliblar 350 AQSH dollari bilan mukofotlanadi – Ishtirokchilarga sertifikat beriladi – Sovrindor shlar onlayn platformalarda namoyish etiladi Ishla 2026-yil 1-avgustdan 1-oktabrgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/international-chemistry-art-competition/ @grantlar
Dunyoning 5-raqamli oliygohi – Stenford universitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant Knight-Hennessy Scholars granti Stenford universitetining (AQSH) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi. Iqtisodiy imtiyozlar: – Kontrakt puli toʻliq qoplanadi – Turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga yetarli oylik stipendiya beriladi – AQSHga borish va kelish chiptasi olib beriladi – Akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratiladi – Suhbat bosqichiga oʻtganlarning suhbat uchun AQSHga borish-kelish va yashash xarajatlari qoplanadi Grant 100 tagacha talabaga ajratiladi. Arizalar qabuli 2026-yil 6-oktabrgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/aqshda-magistratura-va-doktorantura-uchun-100ta-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/ @grantlar