"El-yurt umidi" Foundation
СтатистикаO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasining rasmiy Telegram kanali Fb: https://www.facebook.com/eyufoundation Inst: https://www.instagram.com/elyurtumidifoundation www.eyuf.uz
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 18:24
- Постов за неделю
- 14
- Всего постов
- 287
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 4 559
- 1/48двое суток
- 5 224
- 1/72трое суток
- 5 634
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#ElYurtUmidiSuccessStory ⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati 5,5 mlrd dollarlik investitsiya jalb etishga koʻmaklashdi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Diyor Isroilov Avstraliyaning “Allied Green Ammonia” kompaniyasini Xorazm viloyatida yirik investitsiyaviy loyihani amalga oshirishga jalb etishda muhim rol oʻynadi. Loyiha ekologik toza aviatsiya yoqilgʻisi va “yashil” sanoatning boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan. Uning taxminiy qiymati 5,5 milliard dollarni tashkil etadi. Loyiha doirasida har yili 350 ming tonna barqaror aviatsiya yoqilgʻisi (SAF), 800 ming tonna “yashil” karbamid va 35 ming tonna “yashil” dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 800 ming tonna “yashil” karbamid. Bundan tashqari, loyiha 4 GVt gacha qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni hamda sutkasiga 6 ming tonnagacha biomassani qayta ishlashni nazarda tutadi. Bu raqamlar zamirida nafaqat investitsiyalar mujassam. Bu – yangi texnologiyalar, zamonaviy ishlab chiqarish, qoʻshimcha ish oʻrinlari, eksport salohiyatining oshishi hamda Xorazm viloyatini mintaqaning “yashil” iqtisodiyot markazlaridan biriga aylantirish imkoniyatidir. Eslatib oʻtamiz, Diyor Isroilov 2023–2024-yillarda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati sifatida Buyuk Britaniyaning Reding universitetida magistratura bosqichida tahsil olgan. Oʻqishni tamomlagach, u Oʻzbekistonga qaytib kelib, Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligida bo‘lim boshlig‘i sifatida faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda Diyor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, tashqi savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati mutaxassisi sifatida oʻz kasbiy faoliyatini davom ettirmoqda. Uning hikoyasi shuni koʻrsatadiki, xorijda taʼlim olish diplom bilan yakunlanmaydi. Haqiqiy natija – olingan bilimlar Vatanga qaytib, mamlakat uchun aniq loyihalar, ilgʻor texnologiyalar va yangi imkoniyatlarga aylanganda yuzaga keladi. 🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. 🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
#ElYurtUmidiSuccessStory ⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati tomonidan yana bir murakkab yurak operatsiyasi amalga oshirildi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Bobur Turaev jamoasi bilan Ebsteyn anomaliyasining C tipidagi ogʻir shakli bilan tugʻilgan yetti oylik chaqaloqda oʻta murakkab operatsiyani muvaffaqiyatli oʻtkazdi. Bu kamyob tugʻma nuqsonda yurakning uch tabaqali klapani tuzilishi rivojlanmagan boʻladi. Yaqin-yaqingacha Oʻzbekistonda bunday bemorlarni jarrohlik yoʻli bilan davolash deyarli imkonsiz hisoblanar edi. Operatsiya davomida toʻliq rivojlanmagan klapan jahon kardiojarrohligining eng zamonaviy usullaridan biri — “Cone repair” yordamida rekonstruksiya qilindi. Shifokorlar uning tuzilishi va normal faoliyatini tiklashga muvaffaq boʻlishdi. Operatsiyadan atigi uch kun oʻtgan boʻlsa-da, kichik bemor allaqachon kardiojarrohlik boʻlimiga oʻtkazilgan va onasi yonida sogʻligʻini tiklashda davom etmoqda. Bu Bobur Turaevning birinchi noyob yutugʻi emas. Oʻtgan yilning avgust oyida u Oʻzbekistonda ilk bor yana bir murakkab operatsiyani amalga oshirgan edi: olti yoshli bolaning shikastlangan uch tabaqali klapani olib tashlanib, uning oʻrniga bemorning oʻz toʻqimalaridan — oʻng boʻlmacha quloqchasidan yangisi shakllantirildi. Bunday amaliyotlar faqat dunyoning ilgʻor kardiojarrohlik markazlaridagina bajariladi. Maʼlumot uchun: Bobur Turaev 2018–2019-yillarda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati sifatida University College London magistraturasida tahsil olgan, soʻngra dunyoning yetakchi kardiojarrohlik markazlarida malaka oshirgan. Bugungi kunga qadar u 1200 dan ortiq yurak operatsiyasini oʻtkazgan va oʻndan ziyod ilmiy maqola muallifidir. Biroq uning mehnati uchun eng katta baho — shifokorlar mahorati tufayli yashash, ulgʻayish va oʻz kelajagini qurish imkoniyatiga ega boʻlgan bolalardir. Bobur Turaevning hikoyasi inson kapitaliga sarmoya kiritishning asl mohiyatini koʻrsatib beradi: dunyoning eng yaxshi universitetlari va klinikalarida olingan bilimlar Vatanga qaytib, aniq natijaga — qutqarilgan hayotlarga aylanadi. Bilimlar yurtga qaytganda, imkonsiz narsa mumkin boʻladi. Har bir bunday yutuq ortida esa urishda davom etayotgan yana bir kichkina yurak va sog ʼlom farzandni voyaga yetkazayotgan oilalar turadi. 🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
#Diqqat_tanlov 📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi! Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi tashkil etilmoqda. 📚 Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi: — Oila va insoniy qadriyatlar; — Vatan, mahalla va jamiyat; — Ustoz, maktab va ta’lim; — Tabiat, texnologiya va kelajak; — Orzular va kelajakdagi kasblar. Tanlov uchun 6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar taqdim etilishi mumkin. 🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi. Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot ☎️ +998 55 519-02-02 🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
#Stipendiatlar_hayotidan Birmingem universitetining aerokosmik muhandislik yoʻnalishida tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Ogʻabek Uzbekov yozgi taʼtilini Oʻzbekistonda — “Oʻzbekkosmos” agentligida amaliyot oʻtash bilan oʻtkazmoqda. Ogʻabek tashkilot faoliyati bilan tanishib, amaliy jarayonlarni oʻrganmoqda hamda milliy kosmik sanoat loyihalarida bevosita ishtirok etmoqda. Bu boʻlajak muhandis uchun universitet auditoriyalarida olingan bilimlar amaliy vazifalarni hal etishda qanday qoʻllanilishini koʻrish, shuningdek, Oʻzbekistonga qanday koʻnikmalar ayniqsa zarur ekanini yaxshiroq anglash uchun ajoyib imkoniyatdir. 🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
#uzb_vaqti_bilan | 12.08.2026 Chet eldagi ta'lim, O‘zbekistondagi natija mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram |X (twitter)
#EYUF_forum Soʻz — “El-yurt umidi” stipendiyasi sovrindorlari forumi ishtirokchilariga Feruza G‘aniyeva, “El-yurt umidi” stipendiati (Buyuk Britaniyaning King's College London universitetiga oʻqishga qabul qilingan) 🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
#EYUF_jamoasi #PardaOrtiida 💬 Har bir stipendiatning muvaffaqiyat tarixi zamirida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi jamoasining kundalik mehnati mujassam. Xodimlar kun davomida 20 dan 60 nafargacha kishini qabul qiladi. Ayrimlar tanlov oldidan maslahat soʻrab, baʼzilar oʻqishga oid savollar bilan, yana boshqalar esa farzandining xorijdagi taʼlim jarayoni qanday tashkil etilishini bilishni istagan ota-onasi bilan birga keladi. Akademik va moliyaviy hisobotlar tekshiriladi, toʻrt tomonlama shartnomalar rasmiylashtiriladi, hujjatlar oʻrganiladi, yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi hamda stipendiatlarga koʻmaklashiladi... Navbatdagi videomizda biz “El-yurt umidi”ning kundalik hayotiga nazar tashlaymiz va dunyoning yetakchi universitetlarida taʼlim olish imkoniyatini Oʻzbekiston taraqqiyotiga qoʻshiladigan real hissaga aylantirishga yordam berayotgan insonlarni koʻrsatamiz. 🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
#EYUF_forum ⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi sovrindorlari Islom sivilizatsiyasi markaziga ekskursiya davomida xalqimizning boy tarixi, madaniyati va maʼnaviy merosini aks ettiruvchi keng qamrovli koʻrgazmalar bilan…
#EYUF_forum Soʻz — “El-yurt umidi” stipendiyasi sovrindorlari forumi ishtirokchilariga Gulruxbonu Shokirova, “El-yurt umidi” stipendiati (AQShning Johns Hopkins universitetiga oʻqishga qabul qilingan) 🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
#Axborot24 | 10.08.2026 “El-yurt umidi” stipendiyasi sovrindorlari forumi mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)
#OAV_biz_haqimizda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati farmatsevtika sanoatida 🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
✨Buyuklar haqida 100 ta dalil — yangi formatda! Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qoʻshgan ulugʻ mutafakkirlar, olimlar va arboblarga bagʻishlangan “Buyuklar haqida 100 ta dalil” nomli qisqa videoroliklar turkumini taqdim etdi. Navbatdagi videorolik turkiy tilni jahon adabiyoti klassikasi darajasiga koʻtargan buyuk shoir, mutafakkir, davlat arbobi va gumanist Alisher Navoiy haqida hikoya qiladi. Navoiy merosi bugungi kunda ham millionlab insonlarni ilhomlantirib, jahon adabiy xazinasining ajralmas qismi boʻlib kelmoqda. ➡️Videoni tomosha qiling va buyuk ajdodlarimiz hayotiga oid qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻling. 📍Ingliz tilida 📍Qoraqalpoq tilida 📍Rus tilida 🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
#OAV_biz_haqimizda “El-yurt umidi” stipendiyasi sovrindorlarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi. 🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
#EYUF_forum ⚡️Islom sivilizatsiyasi markaziga ekskursiya: stipendiatlar fikri. 🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
#EYUF_forum ⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi sovrindorlari Islom sivilizatsiyasi markaziga ekskursiya davomida xalqimizning boy tarixi, madaniyati va maʼnaviy merosini aks ettiruvchi keng qamrovli koʻrgazmalar bilan tanishadi. 🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
#Tushlikdagi_gurung| 05.08.2026 TOP-100 sari yo‘l: “El-yurt umidi” stipendiatlari va ularning muvaffaqiyat siri mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)
#EYUF_forum Forum doirasida stipendiatlar Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurib, davlat boshqaruvi va ta’limni raqamlashtirish, texnologik rivojlanish sohasidagi asosiy loyiha va tashabbuslar, shuningdek, yoshlar hamda investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar. Vazirlik tizimidagi tashkilot va korxonalar ishtirokida “vakansiyalar yarmarkasi” o‘tkazildi. Unda stipendiatlar bo‘lajak ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, mavjud vakansiyalar va martaba imkoniyatlari haqida ma’lumot olish hamda ilk bosqichdayoq kasbiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
#EYUF_forum ⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi sovrindorlari uchun maxsus oʻquv seminari: ikkinchi kun. 🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
#OAV_biz_haqimizda #EYUF_forum ⚡️ Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. 👉Batafsil 🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube