Rasmiy axborot
СтатистикаIshonchli manbalardan – aniq, xolis va tekshirilgan axborot. Davlat va jamiyat hayotidagi muhim voqealarning rasmiy talqini.
- Последний пост
- 08:12
- Последнее чтение
- 17:42
- Постов за неделю
- 55
- Всего постов
- 127
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 763
- 1/48двое суток
- 874
- 1/72трое суток
- 943
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
💬 Fuqarolarning bank xizmatlariga oid murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi Markaziy bank raisi Timur Ishmetov fuqarolar bilan uchrashib, ularning bank xizmatlari va kredit munosabatlariga oid murojaatlarini tingladi. Murojaatlardan biri “Royal Rent Business” MChJga tegishli ko‘chmas mulkni garovdan chiqarish masalasi bilan bog‘liq bo‘ldi. Mazkur ko‘chmas mulkni garovdan chiqarish yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Nurafshon shahar sudi tomonidan tegishli sud hujjatlari qabul qilingan. Fuqaro ushbu sud hujjatlari “Asakabank” AJ Yunusobod BXM tomonidan ijro etilmayotganini bildirib, masalani qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqishni so‘radi. Shuningdek, “Garant bank” AJ Buxoro BXM orqali rasmiylashtirilgan mikroqarz krediti bo‘yicha kafil sifatida ishtirok etgan fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi. Sud qaroriga muvofiq belgilangan qarzdorlik to‘liq to‘langaniga qaramay, fuqaroning bildirishicha, bank tomonidan qo‘shimcha qarzdorlik talab qilinmoqda va sud qaroridan keyin ham kredit bo‘yicha foizlar hisoblanishi davom etgan. Shu munosabat bilan fuqaro foizlar hisoblanishini to‘xtatish hamda qarzdorlikni qayta hisob-kitob qilish masalasini ko‘rib chiqishni so‘radi. ✅ Markaziy bank fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda bank xizmatlari bilan bog‘liq murojaatlarni ochiq muloqot asosida ko‘rib chiqish ishlarini davom ettiradi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Mashhur sportchi va murabbiy Rufat Asadovich Risqiyev vafoti munosabati bilan hamdardlik Rufat Risqiyev 1949-yil 2-oktyabrda Toshkent viloyatida shifokor oilasida tug‘ildi. O‘quvchilik yillaridan boshlab sportning boks turiga mehr qo‘yib, tajribali ustozlar qo‘lida ta’lim oldi. O‘zining betakror iste’dodi va yuksak texnik mahorati, kuchli irodasi va jangovar xarakteri bilan muxlislar e’tiboriga tushgan afsonaviy sportchi o‘z faoliyatini havaskor bokschi sifatida boshlab, keyinchalik respublika va dunyo miqyosidagi musobaqalarda faol ishtirok etdi, qizg‘in va ayovsiz janglarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Ma’muriy sudlarda tezkorlik va mas’uliyat oshiriladi: mansabdor shaxslarning majburiy ishtiroki va dastlabki eshituv Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolar va tadbirkorlarning iqtisodiy va ma’muriy sudlarga murojaatlari hamda odil sudlovga oid yangi qonunga imzo chekdi. Hujjatga ko‘ra, ma’muriy sudlarda ishlarni ko‘rish samaradorligini oshirish hamda fuqaro va mansabdor o‘rtasidagi tenglikni ta’minlash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba (Germaniya, Qozog‘iston, Rossiya va boshqalar) asosida yangi qoidalar kiritilmoqda. 🪪 Mansabdorning majburiy ishtiroki. Qarori ustidan shikoyat qilinayotgan davlat organi mansabdor shaxsi yoki uning vakili sudga kelishi shart. Uzrsiz sabab bilan kelmagan mansabdor shaxsga nisbatan sud jarimasi qo‘llaniladi, ishni ko‘rish esa keyinga qoldiriladi. 🏠 Dastlabki eshituv instituti. Ish asosiy muhokamaga chiqarilguncha 20 kunlik muddatda dastlabki eshituv o‘tkaziladi. Unda talablar aniqlashtiriladi, kamchiliklar ko‘rsatiladi, dalil va yozma fikrlar yig‘iladi. 📄 Ariza qaytarilganda imkoniyat. Dastlabki eshituvda ariza qaytarilsa, arizachi qayta murojaat qilish huquqiga ega bo‘ladi va to‘langan davlat boji qaytarib beriladi. Bu harakatlar va o‘zgarishlar tizimga nima beradi? 📌 Mansabdor shaxsning sudda shaxsan ishtirok etishi fuqaroga davlat organi nega aynan shunday qaror qabul qilgani bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri tushuntirish olish va adolatni qaror toptirish imkonini beradi. 📌 Dastlabki eshituv esa sudyaga surishtiruvlarni oldindan mukammal o‘tkazib, ishni qulay va qisqa muddatda ko‘rib chiqishga yordam beradi. Shuningdek, mazkur qonun davlat organlari bilan muloqotda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirish, adolatli sudlovning ochiqligini ta’minlash hamda sudga murojaat etish mexanizmini yanada yengillashtirishga qaratilgan. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Davlatimiz rahbariga tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi yuzasidan axborot berildi. Mamlakatimizda anʼanaga aylangan ushbu muloqot tadbirkorlarni oʻylantirayotgan dolzarb masalalarni bevosita oʻrganish, ularga amaliy yechim topish va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Boʻlajak oltinchi ochiq muloqotga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida 15-maydan boshlab 50 dan ortiq vazirlik va idora vakillaridan iborat respublika shtabi tashkil etilgan. Shtab 24/7 rejimda uzluksiz faoliyat yuritmoqda. Koll-markaz va rasmiy botlar orqali tadbirkorlardan 6 mingga yaqin murojaat kelib tushgan. Ularning 4,2 mingdan ziyodi ijobiy hal etildi, 1,8 mingga yaqinini koʻrib chiqish davom etmoqda. Tayyorgarlik doirasida masʼul tashkilotlar tomonidan 750 dan ziyod uchrashuv oʻtkazilib, ularda 8,8 mingdan ortiq tadbirkor ishtirok etdi va 3,5 mingdan ziyod taklif hamda masalalar bildirildi. Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan 130 dan ortiq uchrashuvda esa 5,7 mingdan ziyod tadbirkor qatnashib, 1,5 mingga yaqin masalani oʻrtaga tashladi. Aniqlangan muammolarni tubdan hal qilish va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda takliflar ishlab chiqilmoqda. https://t.me/Rasmiy_axborot_official/17433
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🦋 Axborot xizmatlari rahbarlari attestatsiyaga tayyorlanmoqda 🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida viloyat, tuman va shahar hokimliklari, shuningdek, hududiy boshqarmalar axborot xizmatlari rahbarlari uchun attestatsiyaga tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi. 🟢Seminar gibrid formatda — oflayn va onlayn tarzda o‘tkazilib, unda axborot xizmatlari rahbarlarining attestatsiyaga nazariy tayyorgarligini oshirish, sohaga oid bilimlarini mustahkamlash hamda zarur uslubiy ko‘mak ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratildi. 🟢Mashg‘ulotlar davomida media trener Beruniy Alimov tomonidan axborot xizmati faoliyatiga oid attestatsiya savollari yuzasidan, Kontent markazi mutasaddisi R. Yahyaev tomonidan esa sohaga oid qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi. 🟢Mazkur seminar axborot xizmatlari rahbarlarining attestatsiyaga puxta tayyorgarlik ko‘rishi, nazariy bilimlarini yanada mustahkamlashi hamda kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official/17433
❗️Xabaringiz bor, shaharsozlik sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash, noqonuniy qurilishlarning oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. ❓Xo‘sh, xorijda bu jarayon qanday? Huquqbuzarlik aniqlanganda qanday moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi? https://t.me/Rasmiy_axborot_official/17433