UzA | Tezkor xabarlar
СтатистикаUshbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi Asosiy telegram kanal: @uza_uz Sayt: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •lotin yozuvida: @uzauzlot
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 18:09
- Постов за неделю
- 25
- Всего постов
- 142
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 5 832
- 1/48двое суток
- 6 966
- 1/72трое суток
- 7 513
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
💬💬💬💬💬 Qo‘shni mamlakatning energetika tizimida yuz bergan avariya Markaziy Osiyo energetika tizimiga ta’sir ko‘rsatdi. Natijada Surxondaryo va boshqa ayrim viloyatlarning elektr ta’minotida uzilish kuzatildi. Hozirgi vaqtda energetiklar tomonidan elektr ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda. Qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Energetika vazirligi Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz
Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikramovning Favqulodda vaziyatlar volontyorlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz
🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️ Terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarda aybdor deb topilgan shaxs 10 yilga qamaldi Bugun dunyoning notinch hududlaridan panoh topgan terroristik tashkilotlar ijtimoiy tarmoqlar orqali odamlarni aldab, o‘z faoliyatlarini moliyalashtirish uchun mablag‘ yig‘ishmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro 2017-yilda Janubiy Koreya Respublikasining nufuzli universitetiga o‘qishga kiradi. Xorijda tahsil olish davrida u ijtimoiy tarmoqlar orqali “jihod”, “hijrat” va “shahidlik”ni targ‘ib qiluvchi shaxslarning audio-video ma’ruzalari bilan tanishadi. Suriyadagi qurolli to‘qnashuvlar aks etgan videolar ta’sirida uning ongi aqidaparastlik g‘oyalari bilan zaharlanadi. Shu tariqa u “Instagram” va “Telegram” tarmoqlari orqali Suriya hududida faoliyat yuritayotgan “Tavhid va jihod katibasi” hamda “G‘uroba katibasi” kabi terroristik tashkilotlarga aloqador kimsalar bilan muloqotga kirishib, ularga taalluqli materiallarni tarqata boshlaydi. Universitetni tamomlaganidan keyin ham Janubiy Koreyada qolgan mazkur shaxs “G‘uroba katibasi” terroristik tashkiloti media blogeri “Saad Muxtor”ning internet orqali amalga oshirgan aldovlariga ishonib, unga pul yuboradi. 2023-yilning dekabr oyida esa u O‘zbekistonga qaytib keladi. 2024-yilning iyul oyida Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilish maqsadida Turkiyaga boradi, ammo rejasi amalga oshmay ortga qaytadi. Sud hukmi bilan u Jinoyat Kodeksining 244¹, 244², 155² va 155³-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan: Olim Davlatovich Davlatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi; Ruslanbek Quroltayevich Davletov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz
видео или голосовое, без подписи
"Faol tadbirkor" ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida Batafsil: https://uza.uz/posts/894751 Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz
📝📝📝📝📝📝📝 Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz
видео или голосовое, без подписи
🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️ Tailanddan olib kelingan sintetik narkotiklar fosh etildi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan “Toshkent-Ayero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida xorijdan olib kelingan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi. Jumladan, “Bangkok – Toshkent” yo‘nalishida uchib kelgan 2 nafar fuqaro Toshkent xalqaro ayeroportida tekshiruvdan o‘tkazildi. Natijada, ularga tegishli yuklar ichida shisha va alyuminiy idishlarga qadoqlab, yashirilgan 4,6 kg “Mefedron” sintetik narkotik moddasi borligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, ularning poytaxtdagi yashash manzili ko‘zdan kechirilganda 1,5 litr gashish moyi va 8 litr erituvchi vositalar borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. Bundan tashqari, tezkor tadbir davom ettirilib, xorijdan keltirilgan narkotik moddalarni Toshkent shahrida qabul qilib olgan vaqtida Jizzax viloyatida tug‘ilgan shaxs ushlanib, undan ham 635 gr “Alfa-PVP” giyohvandlik vositasi olindi. Hozirda ushbu narkosavdogarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. ➖Ta’kilash lozim, amaldagi qonunchilikka muvofiq bunday jinoyatlar sodir etganlik uchun 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz
🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️ 340 mln so‘mlik oltin savdosi fosh etildi “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy oltin savdosiga chek qo‘yildi. Xususan, Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida yashovchi 2 nafar shaxs 212,9 gr quyma oltinni xaridorga 340 mln so‘mga sotishga kelishishadi. Tillafurushlar mijozga 999 probali 26,3 gr oltinni bergan holda, qolgan qismini keyinroq yetkazib berishlarini aytib, undan 20 ming AQSH dollari va 100 mln so‘m olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Shuningdek, ulardan biri o‘z yashash xonadonida qumdan oltinni ajratib olishga mo‘ljallangan yashirin syex tashkil qilganligi ham aniqlandi. ➖ Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz
🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️🕵️♂️ Namanganda 577 mln so‘mlik hujjatsiz va sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi Aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Namangan shahridagi uylardan biri xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda fuqaro tomonidan kelgusida sotish maqsadida sanitariya qoidalariga zid ravishda saqlab kelinayotgan dori vositalari borligi aniqlandi. Xususan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan hamda sifati kafolatlanmagan 56 turdagi jami 13184 dona dori vositalari, jumladan, “Sefotaksim”, “Bifidumbakterin”, “Atropin”, “Tidomet forte” va boshqa turdagi preparatlar ashyoviy dalil sifatida olindi. Aniqlanishicha, ushbu “yashirin ombor”da saqlanayotgan dori vositalari qo‘shni respublika hududidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan. Baholash xulosasiga ko‘ra, ularning umumiy qiymati 577 mln 381 ming so‘mni tashkil etadi. Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186-3-moddasi 3-qismi “a” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz
Oson ish va’da qilgan firibgar fosh etildi Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan 15 nafar fuqaroga oson va yuqori daromadli ish va’da qilib, ularning pullarini o‘zlashtirgan firibgar fosh etilgan. Ichki ishlar organlari fuqarolardan ishga joylashtirish yoki boshqa xizmatlar uchun oldindan pul talab qilayotgan shaxslarga ishonmaslikni, bunday holatlarga duch kelganda tegishli idoralarga murojaat qilishni so‘ramoqda. Kanalga ulanish: ➖@uzauz
Parkentda "Uzum sayli" xalqaro festivali o‘tkaziladi Joriy yilning 21–22-avgust kunlari Parkent tumani Zarkent qishlog‘ida "Uzum sayli" xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi. Festival doirasida sara uzum navlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi, xalqaro konferensiya tashkil etiladi. Shuningdek, estrada xonandalarining chiqishlari, milliy urf-odat va an’analar namoyishi ham festival dasturidan o‘rin olgan. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev neft-gaz bozorida barqarorlikni taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga uglevodorod resurslarini uzluksiz yetkazib berish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz
💬💬💬💬💬 Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining yopiq sud majlisi yakunida A.Hakimovga (1975-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti – oliy, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz) doir jinoyat ishi yuzasidan sud hukmi o‘qildi. Sudlanuvchining harakatlarida Jinoyat kodeksining 150-moddasida (urushni targ‘ib qilish) nazarda tutilgan jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (reabilitatsiya uchun asoslar) 2-bandiga asosan oqlandi. A. Hakimov Jinoyat kodeksi 139-moddasining 2-qismida (tuhmat), 140-moddasining 2-qismida (haqorat qilish) hamda 156-moddasining 2-qismida (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor, deb topildi. Jinoyat kodeksining 59,61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan o‘tash uchun uzil-kesil 4 (to‘rt) yil, 2 (ikki) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni o‘tash muddati 2025-yilning 26-sentyabridan hisoblanishi belgilandi. Shuningdek, sud hukm bilan Raqamli texnologiyalar vazirligiga sudlanuvchi tomonidan yuritilgan "Telegram" messenjeridagi "Comrade_Aziz" kanalini bloklash majburiyati yuklatildi. Bundan tashqari: ish bo‘yicha 6 (olti) nafar jabrlanuvchiga o‘zlariga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat etish; sudlanuvchiga hukmga nisbatan yuqori sud instansiyasiga shikoyat berish muddati va tartiblari tushuntirildi. Toshkent shahar sudi Kanalga ulanish: 🏫 @uzauz