OAK - Oliy attestatsiya komissiyasi | Rasmiy kanal
СтатистикаFanlar akademiyasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi 🌐 https://oak.uz Yuridik manzili: 100047, Toshkent shahri, akademik Yahyo G'ulomov ko'chasi, 70 Ishonch telefoni: (95) 193-11-43 📧 info@oak.uz 📲 facebook.com/oakuzbekistan/
- Последний пост
- 11:14
- Последнее чтение
- 11:20
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 68
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Познавательное (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 560
- 1/48двое суток
- 1 787
- 1/72трое суток
- 1 928
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Rayosat majlisiga doir savollarga izoh Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–98-son «Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni bilan sohaga yangi yondashuvlarni joriy etish, attestatsiya jarayonlarini raqamlashtirish, ilmiy darajalar berish tizimining sifati, samaradorligi va shaffofligini oshirish yuzasidan keng ko‘lamli vazifalar belgilangan. Ayni paytda mazkur Farmon ijrosini ta’minlashga doir tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi»da belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan, Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) faoliyatini yangi tashkiliy va raqamli mexanizmlarga moslashtirish, attestatsiya jarayonlarini takomillashtirish hamda sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni zamonaviy talablar asosida qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, ayrim tadqiqotchilarda OAK Rayosati majlisining o‘tkazilish sanasiga doir savollar tug‘ilayotgani tabiiy. Ta’kidlash joizki, OAK Rayosat majlislarining yillik ish rejasida belgilangan sanalar, avvalo, tashkiliy rejalashtirish maqsadida shakllantiriladi. Attestatsiya ishlarini ko‘rib chiqishga tayyorlash, tegishli materiallarni shakllantirish, Rayosat a’zolari va mas’ul tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish bilan bog‘liq tashkiliy holatlardan kelib chiqib, majlis o‘tkazish vaqtiga o‘zgartish kiritilishi mumkin. Bunda ilmiy daraja va ilmiy unvon berishning amaldagi normativ tartibi, belgilangan talablar hamda attestatsiya ishlarini xolis va sifatli ko‘rib chiqish tamoyillariga qat’iy rioya etiladi. Hozirgi vaqtda oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda professor-o‘qituvchilarning mehnat ta’tili davri davom etayotgani, shuningdek, attestatsiya ishlarini Rayosat muhokamasiga sifatli tayyorlash va tashkiliy jarayonlarni muvofiqlashtirish zarurati inobatga olingan holda avgust oyidagi OAK Rayosat majlisini 26-avgust kuni o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan Rayosat majlisining yillik ish rejasida dastlab belgilangan sanada o‘tkazilmaganini ilmiy daraja va ilmiy unvonlarni tasdiqlash jarayoni to‘xtatilgani yoki attestatsiya ishlari ko‘rib chiqilmayotgani sifatida baholash to‘g‘ri emas. OAK attestatsiya ishlarini o‘z vaqtida, xolis va sifatli ko‘rib chiqish, shuningdek, ilmiy daraja va ilmiy unvon talabgorlarining qonuniy manfaatlarini ta’minlashga doimo ustuvor ahamiyat qaratib keladi. OAK Axborot xizmati. Batafsil: https://oak.uz/pages/31960
⛏️ Geologmisiz? Sizning shifringiz shu yerda! Ixtisosliklar ro'yxati seriyasini davom ettiramiz. Bugun — geologiya-mineralogiya fanlari (04.00.00). Bu fan tarmog'ida 17 ta ixtisoslik mavjud, lekin bitta o'ziga xos jihati bor: guruh nomi "geologiya-mineralogiya" bo'lsa-da, shifrlarning yarmida ilmiy daraja boshqa fan tarmog'ida beriladi. ▫️ 04.00.01 — Umumiy va mintaqaviy geologiya ▫️ 04.00.02 — Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo ▫️ 04.00.03 — Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya ▫️ 04.00.04 — Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi ▫️ 04.00.05 — Paleontologiya va stratigrafiya ▫️ 04.00.06 — Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari ▫️ 04.00.07 — Neft va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish ▫️ 04.00.08 — Mineralogiya. Kristallografiya ▫️ 04.00.09 — Geotexnologiya (ochiq, yer osti va qurilish) ▫️ 04.00.10 — Quduqlarni burg'ulash va o'zlashtirish texnologiyasi ▫️ 04.00.11 — Neft va gaz quvurlari, baza va omborlarini qurish hamda ishlatish ▫️ 04.00.12 — Neft va gaz konlarini o'zlashtirish hamda ishlatish ▫️ 04.00.13 — Marksheyderiya ▫️ 04.00.14 — Foydali qazilmalarni boyitish ▫️ 04.00.15 — Konchilik mashinalari ▫️ 04.00.16 — Geologik razvedka ishlari texnologiyasi va texnikasi ▫️ 04.00.17 — Konchilikda fizik jarayonlar ❗️ Dissertantlar uchun muhim: 04.00.09 dan 04.00.17 gacha bo'lgan shifrlar (geotexnologiya, burg'ulash, marksheyderiya, konchilik mashinalari va boshq.) bo'yicha ilmiy daraja faqat texnika fanlari bo'yicha beriladi; 04.00.06 (Geofizika) — geologiya-mineralogiya, fizika-matematika yoki texnika fanlari bo'yicha; 04.00.02 (Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo) — geologiya-mineralogiya, kimyo yoki texnika; 04.00.08 (Mineralogiya) — geologiya-mineralogiya yoki kimyo; 04.00.04 (Gidrogeologiya) — geologiya-mineralogiya, texnika yoki geografiya fanlari; 04.00.05 (Paleontologiya) — geologiya-mineralogiya yoki biologiya fanlari. Ya'ni bu guruhda mavzu tanlashdan oldin qaysi fan tarmog'ida ilmiy daraja olishingizni aniqlab olish ayniqsa muhim — shifringiz "geologiya-mineralogiya" guruhida bo'lsa ham, diplomingiz texnika fanlari bo'yicha bo'lishi mumkin! 📌 Seriyaning avvalgi qismlari: ▫️ Fizika-matematika (01.00.00): https://t.me/for_dissertant/21 ▫️ Kimyo (02.00.00): https://t.me/for_dissertant/27 ▫️ Biologiya (03.00.00): https://t.me/for_dissertant/38 ✅ @for_dissertant #ixtisoslik #geologiya #PhD #DSc
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️ 2027-yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim kvotalari tasdiqlandi⚡️⚡️⚡️. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; doktoranturaga — 540 ta. Bu nimani anglatadi? 2027-yilgi qabulda asosiy kvota tayanch doktoranturaga ajratilgan. Ya’ni PhD bosqichiga talab va ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda. Shu bilan birga, stajyor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun ham alohida kvotalar tasdiqlangani ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi bosqichma-bosqich davom etishini ko‘rsatadi. 👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
🧬 Fanlararo imkoniyatlar ko'p guruhlardan biri — biologiya fanlari! Ixtisosliklar ro'yxati seriyasini davom ettiramiz. Bugun — biologiya fanlari (03.00.00). Bu guruhda 17 ta ixtisoslik mavjud va ularning ko'pchiligida ilmiy daraja bir nechta fan tarmog'ida beriladi. Qaysi shifrlarda eng ko'p imkoniyat bor? ▫️ 03.00.01 — Biokimyo ▫️ 03.00.02 — Biofizika va radiobiologiya ▫️ 03.00.03 — Molekulyar biologiya. Molekulyar genetika. Molekulyar biotexnologiya ▫️ 03.00.04 — Mikrobiologiya va virusologiya ▫️ 03.00.05 — Botanika ▫️ 03.00.06 — Zoologiya ▫️ 03.00.07 — O'simliklar fiziologiyasi va biokimyosi ▫️ 03.00.08 — Odam va hayvonlar fiziologiyasi ▫️ 03.00.09 — Umumiy genetika ▫️ 03.00.10 — Ekologiya ▫️ 03.00.11 — Gistologiya, sitologiya va hujayra biologiyasi ▫️ 03.00.12 — Biotexnologiya ▫️ 03.00.13 — Tuproqshunoslik ▫️ 03.00.14 — Genomika, proteomika va bioinformatika ▫️ 03.00.15 — Ixtiologiya ▫️ 03.00.16 — Gidrobiologiya ▫️ 03.00.17 — Sport fiziologiyasi, farmakologiyasi va genetikasi ❗️ Izlanuvchilar uchun muhim: biologiya guruhida ko'plab ixtisosliklar bo'yicha ilmiy daraja bir nechta fan tarmog'ida beriladi: 03.00.01 (Biokimyo) va 03.00.10 (Ekologiya) — 6 xil fan tarmog'ida! Masalan, ekolog o'z tadqiqot obyektiga qarab biologiya, kimyo, texnika, qishloq xo'jaligi, geografiya yoki tibbiyot fanlari bo'yicha ilmiy daraja olishi mumkin; 03.00.02 (Biofizika), 03.00.06 (Zoologiya) va 03.00.12 (Biotexnologiya) — 5 tarmoqda; 03.00.17 (Sport fiziologiyasi) — biologiya, tibbiyot va farmatsevtika fanlari bo'yicha; Faqat bitta tarmoqda — sof biologiya bo'yicha ilmiy daraja beriladigan shifrlar esa 2 ta: 03.00.15 (Ixtiologiya) va 03.00.16 (Gidrobiologiya). 💡 Biologiya fanlari — fanlararo tadqiqotlar uchun eng ochiq guruhlardan biri. Mavzuingiz kimyo, tibbiyot yoki agrar soha bilan kesishsa, qaysi fan tarmog'ida daraja olishni oldindan rejalashtirib oling — bu ilmiy kengash tanlashni ham belgilab beradi! 📌 Seriyaning avvalgi qismlari: ▫️ Fizika-matematika (01.00.00) ixtisosliklari: https://t.me/for_dissertant/21 ▫️ Kimyo (02.00.00) ixtisosliklari: https://t.me/for_dissertant/27 ✅ @for_dissertant #ixtisoslik #biologiya #PhD #DSc
💡 Izlanuvchi uchun qulaylik: faol havolalar Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatidagi ilmiy jurnal nomiga biriktirilgan faol havola izlanuvchilar uchun muhim qulaylik yaratadi. Ushbu havola orqali ilmiy jurnalning sahifasiga bevosita o‘tish mumkin. Jurnal sahifasida maqola qanday tartibda rasmiylashtirilishi, mualliflarga qo‘yiladigan talablar va maqolani jurnalga yuborish tartibi bilan tanishish mumkin. Shuningdek, ilmiy jurnalga maqola topshirish imkoniyati, maqola qabul qilish talablari va boshqa zarur ma’lumotlarni oldindan aniqlash mumkin. Shu bois, milliy nashrlar ro‘yxatidagi ilmiy jurnal havolasining faol bo‘lishi izlanuvchiga ilmiy jurnal sahifasiga tezda o‘tish, maqolaga qo‘yiladigan talablar bilan tanishish va maqola topshirish imkoniyatini aniqlashda yordam beradi. Batafsil: https://oak.uz/pages/31738 ✅ @for_dissertant #milliy_nashrlar #ilmiy_jurnal #maqola #OAK #izlanuvchi #dissertant
⚗️ Bitta fan — 4 ta fan tarmog‘i bo‘yicha: kimyo fanlari ixtisosliklarining siri Ixtisosliklar ro'yxati seriyasini davom ettiramiz. Navbatdagi fan tarmog‘i — kimyo fanlari (02.00.00). Bu fan tarmog‘ida 19 ta ixtisoslik mavjud va ularning ko'pchiligida ilmiy darajani 2, 3 va hatto 4 xil fan tarmog'ida olish mumkin. Qanday qilib? Postning oxirida 👇 ▫️ 02.00.01 — Noorganik kimyo ▫️ 02.00.02 — Organik kimyo ▫️ 02.00.03 — Analitik kimyo ▫️ 02.00.04 — Fizik kimyo ▫️ 02.00.05 — Sellyuloza va sellyuloza-qog'oz ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi ▫️ 02.00.06 — Yuqori molekulyar birikmalar ▫️ 02.00.07 — Kompozitsion, lok-bo'yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi ▫️ 02.00.08 — Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi ▫️ 02.00.09 — Tovarlar kimyosi ▫️ 02.00.10 — Bioorganik kimyo ▫️ 02.00.11 — Kolloid va membrana kimyosi ▫️ 02.00.12 — Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya ▫️ 02.00.13 — Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ▫️ 02.00.14 — Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ▫️ 02.00.15 — Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi ▫️ 02.00.16 — Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari ▫️ 02.00.17 — Qishloq xo'jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari ▫️ 02.00.18 — Baliqchilik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash texnologiyasi ▫️ 02.00.19 — Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi ❗️Kimyo fanlarining deyarli barcha ixtisosliklari bo'yicha ilmiy daraja bir nechta fan tarmog'ida beriladi: - deyarli barcha shifrlar — kimyo yoki texnika fanlari; - 02.00.03, 02.00.04, 02.00.07, 02.00.11, 02.00.12 — qo'shimcha ravishda fizika-matematika fanlari bo'yicha; - 02.00.10 (Bioorganik kimyo) va 02.00.17 — biologiya fanlari bo'yicha; - 02.00.18 (Baliqchilik) — qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha. Ya'ni, kimyogar o'z tadqiqoti obyektiga qarab kimyo, texnika, fizika-matematika yoki biologiya fanlari bo‘yicha ilmiy daraja olishi mumkin. Mavzuni rejalashtirishda qaysi fan tarmog'ida daraja olmoqchi ekaningizni avvaldan belgilab oling! #ixtisoslik #kimyo #PhD #DSc @for_dissertant
Dissertatsiya mavzusini tanlashda faqat tadqiqot yo‘nalishini belgilash bilan cheklanib qolmasdan, tanlangan mavzuning qaysi ixtisoslik shifriga mos kelishi hamda ushbu ixtisoslik bo‘yicha qaysi ilmiy kengashlarda himoya qilish imkoniyati mavjudligini aniqlash muhim. 📚 Jumladan, 01.00.00 — Fizika-matematika fanlari tarkibida: 🔹 01.01.00 — Matematika 🔹 01.02.00 — Mexanika 🔹 01.03.00 — Astronomiya 🔹 01.04.00 — Fizika yo‘nalishlari mavjud. Infografikalarda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha: 📌 ixtisoslik shifrlari va ularning nomlari; 📌 tegishli ilmiy kengashlar; 📌 dissertatsiya himoyasi o‘tkaziladigan tashkilotlar; 📌 ayrim ixtisosliklar bo‘yicha mavjud ilmiy kengashlar soni; 📌 faqat bitta ilmiy kengashda uchraydigan ixtisosliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlangan. #matematika #fizika #mexanika #astronomiya #ilmiy_kengash #himoya #PhD #DSc ✅ @for_dissertant
🏛 Fizika yo'nalishi bo'yicha qayerda himoya qilish mumkin? (01.04.00) Avvalgi xabarlarimizda fizika-matematika ixtisosliklari shifrlari hamda matematika, mexanika va astronomiya yo'nalishlari kengashlari xususida ma'lumot bergan edik. Endi seriyaning yakuniy qismi — fizika yo'nalishi. Hozirda Fizika — 01.04.00 ixtisosliklari bo'yicha 13 ta ilmiy kengash faoliyat yuritadi: 📍 Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan ilmiy kengashlar: 🔹 1. O'zbekiston Milliy universiteti DSc.03/2025.27.12.FM.01.04.M Shifr: 01.04.02 — Nazariy fizika 🔹 2. O'zMU huzuridagi Yarimo'tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ITI DSc.03/2025.27.12.FM/T.01.06 Shifr: 01.04.10 — Yarimo'tkazgichlar fizikasi 🔹 3. Toshkent davlat texnika universiteti DSc.03/2025.28.11.FM.02.02 Shifr: 01.04.12 — Nanomateriallar fizikasi va texnologiyasi 🔹 4. Chirchiq davlat pedagogika universiteti PhD.01/2025.27.12.FM.04.01 Shifr: 01.04.05 — Optika 🔹 5. Fizika-texnika instituti DSc.05/2025.28.11.FM/T.01.01 Shifrlar: 01.04.08 — Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi; 01.04.10 — Yarimo'tkazgichlar fizikasi 🔹 6. Yadro fizikasi instituti DSc.05/2025.27.12.FM/T.13.01 Shifrlar: 01.04.01 — Eksperimental fizikaning asboblari va usullari; 01.04.07 — Kondensirlangan holat fizikasi; 01.04.08 — Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi 🔹 7. Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti DSc.05/2025.27.12.FM/T.09.01 Shifrlar: 01.04.03 — Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi; 01.04.04 — Fizik elektronika; 01.04.05 — Optika; 01.04.12 — Nanomateriallar fizikasi 📍 Hududlarda joylashgan ilmiy kengashlar: 🔹 8. Samarqand davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.FM.09.05.M Shifrlar: 01.04.05 — Optika; 01.04.07 — Kondensirlangan holat fizikasi; 01.04.09 — Magnit hodisalari fizikasi 🔹 9. Buxoro davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.FM.08.06 Shifrlar: 01.04.07 — Kondensirlangan holat fizikasi; 01.04.09 — Magnit hodisalari fizikasi 🔹 10. Urganch davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.FM.06.03 Shifrlar: 01.04.04 — Fizik elektronika; 01.04.10 — Yarimo'tkazgichlar fizikasi; 01.04.11 — Lazer fizikasi 🔹 11. Farg'ona davlat texnika universiteti PhD.03/2025.27.12.FM.19.04 Shifr: 01.04.07 — Kondensirlangan holat fizikasi 🔹 12. Namangan davlat texnika universiteti PhD.03/2025.27.12.FM/T.15.05 Shifr: 01.04.10 — Yarimo'tkazgichlar fizikasi 🔹 13. Qarshi davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.FM.11.02 Shifr: 01.04.04 — Fizik elektronika 💡 Qiziq faktlar: ▪️ Eng "ommabop" shifrlar — 01.04.07 (Kondensirlangan holat fizikasi) va 01.04.10 (Yarimo'tkazgichlar fizikasi): har biri bo'yicha 4 tadan kengashda himoya qilish mumkin! ▪️ 01.04.02 (Nazariy fizika) — faqat O'zMUda, 01.04.11 (Lazer fizikasi) — faqat Urganchda, 01.04.03 (Molekulyar fizika) — faqat Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida. Shu bilan fizika-matematika fanlari bo'yicha to'liq yo'l xaritasi tayyor! 📚 📌 Ma'lumotlarning oldingi qismlari: ▫️ Fizika-matematika ixtisosliklari shifrlari: https://t.me/for_dissertant/21 ▫️ Matematika (01.01.00) kengashlari: https://t.me/for_dissertant/26 ▫️ Mexanika (01.02.00) va astronomiya (01.03.00) kengashlari: https://t.me/for_dissertant/29 #ilmiy_kengash #fizika #himoya #PhD #DSc ✅ @for_dissertant
🏛 Mexanika va astronomiya yo‘nalishlari bo'yicha qayerda himoya qilish mumkin? Ilmiy kengashlar seriyasini davom ettiramiz. Kecha matematika edi, bugun — mexanika (01.02.00) va astronomiya (01.03.00) yo'nalishlari: ⚙️ MEXANIKA yo‘nalishida — 2 ta ilmiy kengash: 🔹 1. Buxoro davlat texnika universiteti PhD.03/2025.27.12.FM/Т.16.02 Shifrlar: 01.02.01 — Nazariy mexanika; 01.02.04 — Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi 🔹 2. Samarqand davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.FM/T.09.03 Shifrlar: 01.02.04 — Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi; 01.02.05 — Suyuqlik va gaz mexanikasi 🔭 ASTRONOMIYA yo‘nalishida— 2 ta ilmiy kengash: 🔹1. Astronomiya instituti PhD.05/2025.27.12.FM.08.01 Shifr: 01.03.01 — Astronomiya 🔹2. O'zbekiston Milliy universiteti DSc.03/2025.27.12.FM.01.05 Shifr: 01.03.02 — Kosmos fizikasi va astrofizika 💡 Qiziq faktlar: ▪️ 01.02.01 (Nazariy mexanika) bo'yicha yagona manzil — Buxoro DTU, 01.02.05 (Suyuqlik va gaz mexanikasi) bo'yicha esa — faqat SamDU. ▪️ Astronomiya yo‘nalishida aniq taqsimot: klassik astronomiya (01.03.01) — Astronomiya institutida, astrofizika — O'zMUda. Keyingi post: fizika (01.04.00) kengashlari! 👀 #ilmiy_kengash #mexanika #astronomiya #himoya @for_dissertant
🏛 Matematika yo‘nalishi bo'yicha qayerda himoya qilish mumkin? (01.01.00) Avvalgi xabarda Matematika - 01.00.00 ixtisosliklari shifrlari xususida ma’lumot bergan edik. Endi esa ushbu yo‘nalish bo'yicha ilmiy kengashlarga. Hozirda Matematika - 01.01.00 guruhidagi ixtisosliklar bo'yicha 6 ta ilmiy kengash faoliyat yuritadi: 🔹1. O'zbekiston Milliy universiteti DSc.03/2025.27.12.FM.01.02 Shifrlar: 01.01.01 — Matematik analiz; 01.01.02 — Differensial tenglamalar va matematik fizika; 01.01.04 — Geometriya va topologiya; 01.01.05 — Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika 🔹 2. O'zbekiston Milliy universiteti DSc.03/2025.27.12.FM.01.03 Shifr: 01.01.03 — Hisoblash matematikasi va diskret matematika 🔹 3. Matematika instituti DSc.05/2025.27.12.FM.11.01.M Shifrlar: 01.01.01 — Matematik analiz; 01.01.02 — Differensial tenglamalar va matematik fizika; 01.01.05 — Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika; 01.01.06 — Algebra 🔹 4. Samarqand davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.FM.09.04 Shifrlar: 01.01.01 — Matematik analiz; 01.01.02 — Differensial tenglamalar va matematik fizika 🔹 5. Urganch davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.FM.06.02 Shifrlar: 01.01.01 — Matematik analiz; 01.01.02 — Differensial tenglamalar va matematik fizika 🔹6. Farg'ona davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.FM.10.04 Shifr: 01.01.02 — Differensial tenglamalar va matematik fizika 💡 Qiziq faktlar: ▪️ 01.01.02 (Differensial tenglamalar) — eng "keng tarqalgan" shifr: 5 ta ilmiy kengashda himoya qilish mumkin. ▪️ 01.01.06 (Algebra) bo'yicha yagona manzil — Matematika instituti. ▪️ 01.01.03 (Hisoblash matematikasi) va 01.01.04 (Geometriya va topologiya) ham faqat bitta joyda — O'zbekiston Milliy universitetida. Keyingi postlarda: mexanika (01.02.00), astronomiya (01.03.00) va fizika (01.04.00) kengashlari 👀 #ilmiy_kengash #matematika #himoya #PhD #DSc @for_dissertant
⚛️ Siz fizik yoki matematikmisiz? Sizning shifringiz shu yerda! 🔬 01.00.00 — Fizika-matematika fanlari ixtisosliklari to'liq ro'yxati: 📐 01.01.00 — Matematika ▫️ 01.01.01 — Matematik analiz ▫️ 01.01.02 — Differensial tenglamalar va matematik fizika ▫️ 01.01.03 — Hisoblash matematikasi va diskret matematika ▫️ 01.01.04 — Geometriya va topologiya ▫️ 01.01.05 — Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika ▫️ 01.01.06 — Algebra ⚙️ 01.02.00 — Mexanika ▫️ 01.02.01 — Nazariy mexanika ▫️ 01.02.02 — Mashinalar, asboblar va uskunalar dinamikasi va mustahkamligi ▫️ 01.02.03 — Gruntlar va tog' jinslari mexanikasi ▫️ 01.02.04 — Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi ▫️ 01.02.05 — Suyuqlik va gaz mexanikasi 🔭 01.03.00 — Astronomiya ▫️ 01.03.01 — Astronomiya ▫️ 01.03.02 — Kosmos fizikasi va astrofizika ⚛️ 01.04.00 — Fizika ▫️ 01.04.01 — Eksperimental fizikaning asboblari va usullari ▫️ 01.04.02 — Nazariy fizika ▫️ 01.04.03 — Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi ▫️ 01.04.04 — Fizik elektronika ▫️ 01.04.05 — Optika ▫️ 01.04.06 — Polimerlar fizikasi ▫️ 01.04.07 — Kondensirlangan holat fizikasi ▫️ 01.04.08 — Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika ▫️ 01.04.09 — Magnit hodisalari fizikasi ▫️ 01.04.10 — Yarimo'tkazgichlar fizikasi ▫️ 01.04.11 — Lazer fizikasi ▫️ 01.04.12 — Nanomateriallar fizikasi va texnologiyasi ❗️ Dissertantlar uchun muhim: ayrim ixtisosliklar bo'yicha ilmiy daraja bir nechta fan tarmog'ida beriladi: 01.02.02, 01.02.04, 01.02.05 — fizika-matematika yoki texnika fanlari; 01.04.01, 01.04.03, 01.04.04, 01.04.05 — fizika-matematika yoki texnika fanlari; 01.04.06 (Polimerlar fizikasi) — fizika-matematika, kimyo yoki texnika fanlari. Mavzu tanlashda ilmiy daraja qaysi fan tarmog'ida berilishini avvaldan aniqlab oling! @for_dissertant
“Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati” yanada qulaylashtirildi Oliy attestatsiya komissiyasining rasmiy veb-saytidagi “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”ning milliy va xorijiy ilmiy nashrlar bo‘yicha elektron reestri (https://oak.uz/pages/31738) yanada takomillashtirildi. Elektron reestrning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, endi har bir jurnal bo‘yicha uning OAK tomonidan tan olinganligi, qaysi fan tarmoqlari bo‘yicha tavsiya etilgani, xalqaro nashriyot yoki ma’lumotlar bazasining amaldagi maqomi haqidagi ma’lumotlar tizimli va qulay shaklda taqdim etilgan. Bu esa tadqiqotchilarga maqola yuborishdan oldin jurnalning talablarga muvofiqligini mustaqil baholash imkonini beradi. Eslatib o‘tamiz, mazkur elektron reestr doimiy ravishda yangilanib va to‘ldirib boriladi. Batafsil: https://oak.uz/pages/31900 @attestatsiya
📢 Ilmiy izlanuvchilar diqqatiga! Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini e'lon qilish uchun maqola nashr etishda nafaqat ilmiy jurnal, balki u indekslanadigan xalqaro nashriyot yoki ma'lumotlar bazasining amaldagi maqomiga ham alohida e'tibor qaratish zarur. ❗️ Faol maqomdagi xalqaro ma'lumotlar bazalarida indekslangan jurnallarda chop etilgan maqolalar belgilangan talablarga muvofiq hisobga olinadi. Aksincha, "Chiqarildi" maqomiga ega bo'lgan platformalar, nashriyotlar, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalari attestatsiya jarayonlarida mustaqil baholash mezoni sifatida qo‘llanilmaydi. Eslatib o’tamiz, ushbu sahifa bundan buyon doimiy takomillashtirilib, to’ldirib boriladi. Batafsil: https://oak.uz/pages/31738
#Infografika #mustaqilikka_35_yil Mustaqillikning oʻtgan 35 yili davomida Oʻzbekistonda ilm‑fan sohasini rivojlantirish, ilmiy faoliyatni huquqiy jihatdan tartibga solish va davlat tomonidan qoʻllab‑quvvatlashning mustahkam tizimini yaratish maqsadida 4 ta asosiy qonun, 45 ta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va qarori hamda 33 ta Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
🎗 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Qirgʻiz Respublikasining yuksak mukofotini davlatimiz rahbariga Prezident Sadir Japarov topshirdi. Oʻzbekiston yetakchisi qardosh Qirgʻiziston Prezidenti va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirib, ushbu mukofotni ikki xalq oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalarini mustahkamlash borasidagi birgalikdagi saʼy-harakatlar hamda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston munosabatlarini yangi tarixiy bosqich – ittifoqchilik darajasiga olib chiqishga qaratilgan mushtarak intilishlarning yuksak eʼtirofi sifatida qabul qilishini taʼkidladi. ❗️Ma’lumot uchun: 1996-yilda taʼsis etilgan “Manas” ordeni Qirgʻiz Respublikasining oliy davlat mukofotlaridan biri hisoblanadi. Respublika va xorij fuqarolariga davlatchilik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar oʻrtasida tinchlik, doʻstlik va oʻzaro anglashuv rishtalarini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun beriladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
#dolzarb "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida"gi Qonunni takomillashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilinmoqda Ayni paytda amaldagi «Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida»gi Qоnunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan olimlar, mutaxassislar va ilmiy jamoatchilik vakillarini Qonunni takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirishga taklif etamiz. ❗Taklif va mulohazalaringizni quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin: analytic@academy.uz
#PresidentUZ #XalqPrezidenti 🇺🇿 Hurmatli Prezidentimizni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz! Bugun mamlakatimizda keng koʻlamli islohotlar va Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga bosh-qosh boʻlib kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev oʻzlarining tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar. Sizning tashabbusingiz va boshchiligingizda yurtimizda ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor, soha xodimlariga yaratilayotgan sharoitlar olimlarimiz uchun beqiyos ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda ilm-fan taraqqiyoti davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani, ilmiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yosh tadqiqotchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish borasida tub burilishlar yasaldi. O‘zbekiston ilm-fani erishayotgan har bir yutuq va marra bevosita Sizning doimiy g‘amxo‘rligingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz mahsulidir. Fan namoyandalari hamisha yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va jamiyatimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish yo‘lida bor bilim va salohiyatini safarbar etishga tayyordir. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi Muhtaram Prezidentimizni tavallud ayyomlari bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, cheksiz shijoat hamda mamlakatimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. #Mirziyoyev #xalqyetakchisi #PresidentUZ #XalqPrezidenti Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
без подписи
#biz_korrupsiya_qarshimiz Ilmda halollik — taraqqiyot va ishonch asosi KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ! Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram