TSUL - Science and Innovation
Статистика📢: Ushbu kanalda Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimi, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat hamda Ilm-fan taraqqiyotiga ko‘maklashadigan ma’lumotlar berib boriladi. 📢:Murojaatlar uchun: @TSUL_Science_and_Innovation_bot TSUL_SCIENCE_AND_INNOVATION
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 75
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 404
- 1/48двое суток
- 462
- 1/72трое суток
- 499
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
OSCE Central Asia Youth Dialogue Forum 2026 Davlat: Qirg‘iziston 🇰🇬 Moliyaviy ta'minot: To‘liq Yosh toifasi: 18–25 yosh Markaziy Osiyo yoshlari uchun tashkil etiladigan xalqaro forum bo‘lib, unda ishtirokchilar xavfsizlik, mintaqaviy hamkorlik, liderlik va ijtimoiy loyihalar bo‘yicha bilim va tajriba almashadilar, shuningdek, yangi g‘oyalar va tashabbuslarni muhokama qilish imkoniga ega bo‘ladilar. ➡️Imtiyozlari: -Aviachipta va mehmonxona xarajatlari to‘liq qoplanadi; -Xalqaro ekspertlar va yosh liderlar bilan networking; -O‘z ijtimoiy loyihangizni ishlab chiqish va taqdim etish imkoniyati. 🔗Ro‘yxatdan o‘tish uchun: havola 📌Ro'yxatdan o'tishning so'nggi muddati: 26-avgust ⚡️@TDYU_HISIM
IT Park International IT Training Program 2026 Davlat: Oʻzbekiston 🇺🇿 Dastur shakli: Oflayn Yosh toifasi: 18–30 IT Park Uzbekistan, Raqamli texnologiyalar vazirligi, American International University–Bangladesh va World Bank hamkorligida tashkil etilgan bepul IT-trening dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Darslar ingliz tilida olib boriladi va bitiruvchilarga IT/ITES kompaniyalarida ishga joylashishda ko‘mak beriladi. ➡️Imtiyozlari: - To‘liq bepul IT-trening - Dastur yakunida sertifikat - 50% o‘rinlar qizlar uchun ajratilgan - IT/ITES kompaniyalarida ishga joylashish bo‘yicha ko‘mak 🔗Ro‘yxatdan o‘tish uchun: havola 📌Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 20-avgust ⚡️@TDYU_HISIM
Sun’iy intellekt texnologiyalarini huquq sohasida qo‘llash va uning etik qoidalari bo‘yicha seminar-trening o‘tkaziladi. Mazkur seminar-trening ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, huquqshunoslar hamda zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etishga qiziquvchi barcha xodimlar va talabalar uchun mo‘ljallangan. 🔍 Seminar davomida quyidagi muhim masalalar atroflicha yoritiladi: 🔹 Sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha Etika qoidalari mazmun-mohiyati; 🔹 Huquq va kriminologiya sohasida SI texnologiyalarini amaliy qo‘llash imkoniyatlari; 🔹 SIdan foydalanishda yuzaga keladigan huquqiy va axloqiy masalalar, shaffoflik hamda mas’uliyat chegaralari. 🗓 Sana: 11-avgust 2026-yil 🕚 Vaqti: 16:00 💻 Platforma: Google meets Seminar-treningda quyidagi havola orqali ishtirok etishingiz mumkin: https://calendar.app.google/meudXVchBPSYGYpf6
“Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati” yanada qulaylashtirildi Oliy attestatsiya komissiyasining rasmiy veb-saytidagi “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”ning milliy va xorijiy ilmiy nashrlar bo‘yicha elektron reestri (https://oak.uz/pages/31738) yanada takomillashtirildi. Elektron reestrning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, endi har bir jurnal bo‘yicha uning OAK tomonidan tan olinganligi, qaysi fan tarmoqlari bo‘yicha tavsiya etilgani, xalqaro nashriyot yoki ma’lumotlar bazasining amaldagi maqomi haqidagi ma’lumotlar tizimli va qulay shaklda taqdim etilgan. Bu esa tadqiqotchilarga maqola yuborishdan oldin jurnalning talablarga muvofiqligini mustaqil baholash imkonini beradi. Eslatib o‘tamiz, mazkur elektron reestr doimiy ravishda yangilanib va to‘ldirib boriladi. OAK Axborot xizmati @attestatsiya
Assalomu aleykum hurmatli professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar. "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida"gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-mayda qabul qilingan “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi VMQ-304-sonli Qarorini takomillashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilinmoqda. Shu munosabat bilan yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirishga taklif etamiz. Taklif va mulohazalaringizni https://t.me/vvvakh11 telegram profiliga ilovaga muvofiq holda yuborishingiz mumkin.
Diqqat e'lon ! 🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zolarining yig‘ilishida mustaqil izlanuvchi Ahmadjonov Murodullo Nurali o'g'li tomonidan yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishining muhokamasi bo‘lib o‘tadi. 📕 Dissertatsiya mavzusi: “Dаvlаt bоshqаruvidа kоrruрsiуаviy хаvf-хаtаrlаrni аniqlаsh vа bаhоlаshning nаzаriy vа аmаliy jihаtlаri” 🎓 Ixtisoslik: 12.00.12-Kоrruрsiуа muаmmоlаri 📅 Sanasi: 17-avgust kuni soat 14:00 da 📍 Manzil: 1-bino, 203-xona https://us05web.zoom.us/j/83241230048?pwd=XLxz194aDiO0Y2MrW5oWmarqRhlCMk.1
📢 HUQUQIY BILIMLARINGIZNI SINOVDAN O‘TKAZING! ⚖️ Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, xodimlar va talabalar! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 202-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar test.adliya.uz platformasi orqali huquqiy test sinovlarida ishtirok etishlari so‘raladi. 📝 Har chorakda kamida bir marotaba platformaga kirib, huquqiy bilimlaringizni sinovdan o‘tkazing. 🌐 Platforma: https://test.adliya.uz/ ✅ Huquqiy bilimlaringizni mustahkamlang! ✅ O‘z bilim darajangizni baholang! ✅ Huquqiy madaniyatni yuksaltirishga o‘z hissangizni qo‘shing! Huquqiy bilimlaringizni mustahkamlang va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga o‘z hissangizni qo‘shing!
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
📢 E'lon Toshkent davlat transport universiteti tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro ilmiy konferensiyalar hamda Scopus bazasida indekslanuvchi nashrlarda ilmiy maqolalar chop etish imkoniyatlaridan foydalanishga taklif etamiz. 1. “Advanced Technologies in Engineering — ICATE 2026” II xalqaro ilmiy konferensiyasi 📅 O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 25–26-noyabr 📍 O‘tkazilish joyi: Toshkent davlat transport universiteti Konferensiya doirasida quyidagi nashrlarga ilmiy maqolalar qabul qilinadi: • Proceedings of the International Conference on Applied Innovations in IT (ICAIIT) Maqolalarni qabul qilish muddati: 2026-yil 15-avgust Scopus bazasida indekslanadi (Q3) Amaliy yo‘nalish va aniq IT-komponentga ega ilmiy maqolalar qabul qilinadi.
#Natija Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi yig‘ilishining 2025-yil 17-yanvardagi 14 son bayonida belgilangan vazifalar doirasida e’lon qilingan Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturining amaliy tadqiqot loyihalari 107-tur tanlovida: yuridik fanlari doktori, professor Narziyev Otabek Sa’diyevich tomonidan taqdim etilgan 📌 “Hukumatning sud qarorisiz va adolatli tovon pulisiz mulkni musodara qilishiga yo‘l qo‘ymasligi yo‘nalishidagi muammolar va ularni bartaraf etish maqsadida amalga oshirilgan islohotlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha milliy metodika ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha g‘olib deb topildi. 📊 Loyiha muddati: 2 yil Ushbu yutuq nafaqat ilmiy salohiyat, balki mamlakatimizda huquqiy islohotlarni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlardan biridir. 👏Kelgusidagi ilmiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz!
📢 E'LON 🤖 AI Training Center — KOICA granti asosida 100% bepul ta'lim Tashkent International University, Koreya Respublikasining Cheju Halla University va KOICA tashkiloti hamkorligida sun'iy intellekt yo'nalishida navbatdagi xalqaro grant dasturi e'lon qilinmoqda. 📌 Dastur haqida: — Davomiyligi: 12 hafta — Qabul kvotasi: 30 nafar tinglovchi — Dars tili: ingliz tili — Format: haftasiga 3 kun, soat 18:00 dan keyin (oflayn) — Majburiy fan: Microsoft Azure AI Fundamentals + tanlov fani (Prompt Engineering / MLOps / AI Consulting) 🎁 Imkoniyatlar: — Microsoft Azure AI-900 sertifikat imtihoni to'lovi grant hisobidan qoplanadi — Eng yaxshi natija ko'rsatganlarga Galaxy planshet — Talabalar uchun haq to'lanadigan amaliyot — Yetakchi mutaxassislar bilan guest lecture darslari 👥 Kimlar ariza topshira oladi: davlat tashkiloti xodimlari, xususiy sektor vakillari, universitet talabalari 📅 Ariza muddati: 2026-yil 15-avgustgacha 🔗 Ro'yxatdan o'tish: koica-tiu-azure.halla.ai/register 📍Minor dahasi 76, Tashkent International University, B rektorat binosi ✉️ komilov1864s@gmail.com ☎️ +998 95 981 84 44 ✈️ @tiu_aicenter
📢 E'LON 🤖 AI Training Center — KOICA granti asosida 100% bepul ta'lim Tashkent International University, Koreya Respublikasining Cheju Halla University va KOICA tashkiloti hamkorligida sun'iy intellekt yo'nalishida navbatdagi xalqaro grant dasturi e'lon qilinmoqda. 📌 Dastur haqida: — Davomiyligi: 12 hafta — Qabul kvotasi: 30 nafar tinglovchi — Dars tili: ingliz tili — Format: haftasiga 3 kun, soat 18:00 dan keyin (oflayn) — Majburiy fan: Microsoft Azure AI Fundamentals + tanlov fani (Prompt Engineering / MLOps / AI Consulting) 🎁 Imkoniyatlar: — Microsoft Azure AI-900 sertifikat imtihoni to'lovi grant hisobidan qoplanadi — Eng yaxshi natija ko'rsatganlarga Galaxy planshet — Talabalar uchun haq to'lanadigan amaliyot — Yetakchi mutaxassislar bilan guest lecture darslari 👥 Kimlar ariza topshira oladi: davlat tashkiloti xodimlari, xususiy sektor vakillari, universitet talabalari 📅 Ariza muddati: 2026-yil 15-avgustgacha 🔗 Ro'yxatdan o'tish: koica-tiu-azure.halla.ai/register 📍Minor dahasi 76, Tashkent International University, B rektorat binosi ✉️ komilov1864s@gmail.com ☎️ +998 95 981 84 44 ✈️ @tiu_aicenter
🧑💻👩💻Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi xodimlari tomonidan seminar-trening o'tkaziladi. Mazkur seminar-trening ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etishni istagan barcha uchun mo‘ljallangan. 🔍 Seminar davomida quyidagi muhim masalalar atroflicha yoritiladi: 🔹 Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida o‘tkaziladigan tanlovlarda samarali ishtirok etish tartibi; 🔹 Intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish tartibi; 🔹 Dasturiy mahsulotlar uchun guvohnomalarni rasmiylashtirish tartibi va ahamiyati. 🗓 Sana: 29-iyul 2026-yil 🕚 Vaqti: 11:00 💻 Platforma: Zoom Seminar-treningda quyidagi havola orqali ishtirok etishingiz mumkin: https://us04web.zoom.us/j/4882885385?pwd=fsbbsqbGQdbll1Ar0BnGZUb44IA2oi.1&omn=77173204172
💡Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar bo‘yicha o‘tkazilgan 2025-yilgi “Olima ayollar” tanlovining 103-turi yakunlariga ko‘ra, Sharaxmetova Umida Shaakbarovnaning “Nizolarni mediatsiya tartib-taomillari asosida hal qilishning elektron platformasini yaratish” mavzusidagi loyihasi g‘olib deb topilib, moliyalashtirishga tavsiya etildi. ⚖️Mazkur loyiha nizolarni zamonaviy, tezkor va samarali hal etish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Loyiha a’zolari: Esanova Zamira Normuratovna Yunusova Minavvarxon Sabirovna Kurbanova Xurshida Yaminovna Maxmudxodjayeva Umida Muminovna Nizomova Shahrigul Karimboy qizi Xadjayeva Saodat Anvarovna Bobonorova Zamira Boltayevna Ibragimova Zilola Shuxratovna 🌟Jamoa a’zolariga ilmiy izlanishlarida ulkan yutuqlar va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.
📢 E'LON Hurmatli Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari! "Yosh fermerlarni qoʻllab-quvvatlash kuni" munosabati bilan quyidagi mavzularda onlayn seminar tashkil etiladi: 🔹 Zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnologiyalari: tomchilatib sugʻorish, dronlar yordamida ekinlarni kuzatish va smart fermerlik; 🔹 Yosh fermerlar uchun yerdan foydalanish huquqi, qishloq xoʻjaligi kreditlari va subsidiyalar olish tartiblari; 🔹 "Ustozdan shogirdga" mentorlik muloqotlari; 🔹 Mahsulotlarni bozorga chiqarish va "Dehqon bozori" yarmarkalarini tashkil etish; 🔹 Organik dehqonchilik, gidroponika hamda zamonaviy issiqxona texnologiyalari; 🔹 Xalqaro qishloq xoʻjaligi dasturlari, grant imkoniyatlari va xorijiy tajribalar. 🗓 Sana: Bugun 🕚 Vaqt: 11:00 💻 Format: Onlayn (Google Meet) 🔗 Ulanish havolasi: https://meet.google.com/txx-mpas-noc Barcha qiziquvchi talabalarni seminarda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
📣#Diqqat, e'lon Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan ilmiy-innovatsion faoliyatni tijoratlashtirish maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlar, tashkilotlar, muassasalar bilan shartnomalar tuzish yo‘lga qo‘yilgan. 🔹Universitetda 21 ta yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislik sho'balari shuningdek, tadqiqot markazlari mavjud bo‘lib, huquqiy va boshqa ayrim ijtimoiy fanlarga oid darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiya, risola, oʻquv kontentini tayyorlab berish shuningdek mutaxasislar tomonidan huquqiy maslahat berish xizmatlari taklif etiladi. Ma’lumot uchun quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qiling – 50-010 89 79.
🌟 YUNESKOdan talabalar uchun ajoyib imkoniyat: "Yoshlar tinchlik uchun: Xalqaro yetakchilik dasturi" xalqaro dasturiga qabul boshlandi! YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi yurtimizdagi faol va yetakchi talabalarni nufuzli xalqaro loyihada ishtirok etishga taklif etadi. “Yoshlar tinchlik uchun: Xalqaro yetakchilik dasturi” tanlovi yoshlarga global miqyosda fikr almashish va o‘zaro madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish imkonini beradi. Dastur mavzusi: “Sunʼiy intellekt davrida insoniy aloqalar va muloqot” Dastur haqida batafsil maʼlumot: https://www.unesco.org/en/interculturaldialogue/youthforpeace Ariza topshirish tili: Ingliz tili So‘nggi muddat: 2026-yil 19-iyul Arizalar faqat onlayn shaklda quyidagi maxsus havola orqali qabul qilinadi: https://surveys.unesco.org/171854?lang=en 🌟 Отличная возможность от ЮНЕСКО для студентов: открыт прием заявок на международную программу «Молодежь за мир»! Национальная комиссия Республики Узбекистан по делам ЮНЕСКО приглашает самых активных и инициативных студентов нашей страны принять участие в престижном международном проекте — «Молодежь за мир: Международная программа молодежного лидерства» (Youth for Peace). Это уникальный шанс заявить о себе на глобальном уровне, обменяться опытом со сверстниками со всего мира и внести свой вклад в развитие межкультурного диалога! Главная тема этого сезона: «Человеческие отношения и общение в эпоху искусственного интеллекта» (Human Relations and Communication in the Age of AI) Подробная информация о программе: https://www.unesco.org/en/interculturaldialogue/youthforpeace Язык подачи заявки: Английский Последний срок : 19 июля 2026 года Подайте заявку прямо сейчас и сделайте шаг навстречу международному лидерству: https://surveys.unesco.org/171854?lang=en 🌟 An Incredible Opportunity from UNESCO for Students: Applications Now Open for the "Youth for Peace" International Leadership Program! The National Commission of the Republic of Uzbekistan for UNESCO invites active, talented, and leadership-oriented students from across the country to participate in the prestigious "Youth for Peace: International Youth Leadership Program"! This is your gateway to exchanging ideas on a global stage, connecting with youth leaders worldwide, and driving meaningful intercultural dialogue. This Season's Theme: "Human Relations and Communication in the Age of AI" Detailed Information About the Program: https://www.unesco.org/en/interculturaldialogue/youthforpeace Application Language: English Deadline: July 19, 2026 Don't wait! Apply online today and make your voice heard on a global scale: https://surveys.unesco.org/171854?lang=en
видео или голосовое, без подписи