TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
Статистика🗂 TDYU media bazasi —————————— 📸 Foto 🎞 Video 💾 Fayl
- Последний пост
- 8 июн.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⚖️🤓🗂💼 • Yozgi ta’til — amaliy tajriba uchun imkoniyat: 2- va 3-bosqich talabalari uchun muhim e’lon Talabaning kasbiy rivojlanishida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy tajriba ham muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, yozgi ta’til davridan unumli foydalanib, yashash manziliga yaqin hududdagi tashkilotlarda tanishtiruv amaliyotini o‘tash talabalar uchun kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish, soha muhitini yaqindan his etish va dastlabki amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini beradi. Shu maqsadda Toshkent davlat yuridik universitetida 2- va 3-bosqich talabalari orasidan yozgi ta’til davrida doimiy yashash manziliga yaqin hududdagi tashkilotlarda ixtiyoriy tanishtiruv amaliyotini o‘tash istagini bildirgan talabalar ro‘yxati shakllantirildi. Ayni vaqtda mazkur amaliyotni tashkiliy jihatdan yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli buyruq rasmiylashtirilmoqda. Talabalar ro‘yxati asosida qabul qiluvchi tashkilotlarga universitet tomonidan rasmiy xatlar yuboriladi. Eng muhimi, amaliyot uchun yo‘llanmalar talabalar qo‘liga alohida berilmaydi. Har bir talaba bo‘yicha zarur ma’lumotlar tegishli tashkilotlarga universitet tomonidan rasmiy tartibda yuboriladi. Shuningdek, talabalar amaliyotga qachon, qayerga va qanday tartibda borishi yuzasidan alohida qo‘shimcha e’lon beriladi. Shu bois qo‘shimcha rasmiy e’lon berilmaguniga qadar talabalar tashkilotlarga mustaqil ravishda murojaat qilmasligi so‘raladi. Amaliyot o‘tash istagini bildirgan talabalar belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilishi, amaliyotga muntazam va o‘z vaqtida borishi, qabul qiluvchi tashkilot tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari topshiriqlarini mas’uliyat bilan bajarishi lozim. Shuningdek, amaliyot jarayonida har bir talaba TDYU nomiga munosib ravishda intizom, mas’uliyat, muomala madaniyati va odob-axloq qoidalariga amal qilishi zarur. Mazkur tanishtiruv amaliyoti talabalar uchun kasbiy muhitga moslashish, tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan tanishish, kelajakdagi ish faoliyati uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirish hamda nazariy bilimlarni amaliy jarayonlar bilan bog‘lashga xizmat qiladi. Amaliyotga borish tartibi va keyingi tashkiliy jarayonlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar rasmiy e’lon orqali yetkaziladi. Hurmatli talabalar, fakultet hamda Amaliyot va karyera markazining rasmiy e’lonlarini muntazam kuzatib boring. ⚖️📚🎓🏆❤️
⚖️🤓🗂💼 • Летние каникулы — возможность получить практический опыт: важное объявление для студентов 2-го и 3-го курсов В профессиональном развитии студента наряду с теоретическими знаниями важное место занимает практический опыт. Особенно эффективное использование периода летних каникул и прохождение ознакомительной практики в организациях, расположенных недалеко от места постоянного проживания, позволит студентам подготовиться к будущей профессиональной деятельности, ближе познакомиться с рабочей средой и сформировать первоначальные практические навыки. В связи с этим в Ташкентском государственном юридическом университете сформирован список студентов 2-го и 3-го курсов, изъявивших желание пройти добровольную ознакомительную практику в период летних каникул в организациях, расположенных недалеко от места их постоянного проживания. В настоящее время оформляется соответствующий приказ по организационному обеспечению данной практики. На основании сформированного списка студентов университетом будут направлены официальные письма в принимающие организации. Важно отметить, что направления на практику отдельно на руки студентам выдаваться не будут. Необходимая информация по каждому студенту будет направлена в соответствующие организации университетом в официальном порядке. Также отдельным дополнительным объявлением будет сообщено, когда, куда и в каком порядке студентам необходимо явиться для прохождения практики. В связи с этим до публикации дополнительного официального объявления студентам просьба самостоятельно не обращаться в организации. Студенты, изъявившие желание пройти практику, обязаны строго соблюдать установленные правила, регулярно и своевременно посещать место практики, а также ответственно выполнять задания руководителя практики, назначенного принимающей организацией. Кроме того, в процессе прохождения практики каждый студент должен соблюдать дисциплину, проявлять ответственность, культуру общения и придерживаться правил этики, достойно представляя имя студента ТГЮУ. Данная ознакомительная практика послужит адаптации студентов к профессиональной среде, близкому знакомству с деятельностью организаций, формированию необходимых навыков для будущей трудовой деятельности, а также укреплению связи между теоретическими знаниями и практическими процессами. Дополнительная информация о порядке прохождения практики и последующих организационных процессах будет доведена через официальное объявление. Уважаемые студенты, регулярно следите за официальными объявлениями факультета, а также Центра практики и карьеры. ⚖️📚🎓🏆❤️
⚖️🤓🗂💼 • Summer break as an opportunity for practical experience: important announcement for second- and third-year students Practical experience plays an important role in a student’s professional development alongside theoretical knowledge. Making effective use of the summer break by completing an introductory internship at organizations located near a student’s place of residence provides valuable preparation for future professional activities, helps students become familiar with the professional environment, and allows them to develop initial practical skills. For this purpose, Tashkent State University of Law has compiled a list of second- and third-year students who expressed their willingness to undertake a voluntary introductory internship during the summer break at organizations located near their permanent residence. At present, the relevant administrative order for organizing this internship is being finalized. Based on the approved list, the university will send official letters to the host organizations. Most importantly, internship referral letters will not be issued directly to students. All necessary information regarding each student will be officially provided to the relevant organizations by the university. In addition, a separate announcement will be published specifying when, where, and under what procedures students should begin their internships. Therefore, students are requested not to contact organizations independently until an official announcement is released. Students who have expressed interest in participating must strictly comply with the established rules, attend the internship regularly and on time, and responsibly carry out assignments provided by the internship supervisor designated by the host organization. Furthermore, during the internship, every student is expected to represent TSUL with dignity by demonstrating discipline, responsibility, professional communication, and adherence to ethical standards. This introductory internship will help students adapt to a professional environment, gain a deeper understanding of organizational activities, develop skills necessary for future employment, and connect theoretical knowledge with practical processes. Additional information regarding internship procedures and subsequent organizational matters will be provided through official announcements. Dear students, please regularly follow the official announcements of the Faculty and the Practice and Career Center. ⚖️📚🎓🏆❤️
⚖️📚🎓🏆❤️ • Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti dekanligiga nomzod — Musayev Bekzod Tursunboyevich @tsulbox
⚖️📢📢📢 • Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti dekanligiga, Tadqiqot markazi rahbarligiga, Akademik departament boshliqligiga nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari 25-mayda o‘tkaziladi TDYUda fakultet dekanlari, akademik departament boshliqlari hamda tadqiqot markazlari rahbarlari lavozimlariga ro‘yxatga olingan nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazish vaqti va joyi ma’lum qilindi. 📆 Unga ko‘ra, Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti dekanligiga, Tadqiqot markazi rahbarligiga, Akademik departament boshliqligiga nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari 25-may 09:00 da TDYU 3-bino faollar zalida boshlanadi. 👉 Mazkur uchrashuvda nomzodlar kelgusi faoliyatiga oid dasturlari, ustuvor maqsadlari, fakultetlar va tarkibiy tuzilmalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflari haqida ma’lumot beradi. 💬 Uchrashuvlar davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar nomzodlarning ilmiy, o‘quv-uslubiy, tashkiliy hamda boshqaruv faoliyatiga doir qarashlari, ta’lim sifati, ilmiy salohiyat, talabalar bilan ishlash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha rejalari yuzasidan ma’lumot olishi mumkin. Ochiq muloqot ruhida tashkil etiladigan uchrashuvlarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va fikr-mulohazalar bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Fakultetimizning barcha professor-o‘qituvchilari hamda talabalarini mazkur uchrashuvda ishtirok etishga taklif qilamiz. ⚖️📚🎓🏆❤️ 📊🏆🌟 #elon #объявление #announcement
⚖📢📢📢 • Mualliflik huquqi, brendlar va sun’iy intellekt: Intellektual mulk qanday himoya qilinadi? 🎯 Raqamli texnologiyalar davrida eng qimmat narsa bu — g‘oya va ma’lumotdir. Kimdir yaratgan kod, brend logotipi yoki yangi ixtiro qanday himoya qilinadi? Xalqaro intellektual mulk kuni munosabati bilan TDYUda aynan shu mavzuda katta ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi. 💬 Sohaning eng kuchli ekspertlari bilan bir zalda uchrashish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 👉 “Zamonaviy intellektual mulk huquqi: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyada bugungi raqamli iqtisodiyotda mualliflik huquqi, patentlar va biznes belgilarini himoya qilish masalalari muhokama qilinadi. 💡 Bugungi kunda intellektual mulk huquqi — yurisprudensiyaning eng qimmat va eng tez rivojlanayotgan sohasidir. Agar siz kelajakda yirik texnologik kompaniyalar, startaplar yoki xalqaro brendlar bilan ishlashni xohlasangiz, ushbu yo‘nalishni mukammal bilishingiz shart. 📆 Konferensiya 22-may kuni soat 10:00 da boshlanadi. Ishtirok etishning ikkita yo‘li bor: Oflayn: TDYU 3-bino, 234-xona. Onlayn: Masofadan turib 📱 ZOOM platformasi orqali. Eslatma: Konferensiya doirasida materiallar to‘plami nashr etilmaydi, tadbir faqat jonli muloqot va tajriba almashish uchun mo‘ljallangan. ⚖📚🎓🏆❤ 📊🏆🌟
⚖️📢🏆❓ • Yuridik karyerangizning boshlanish nuqtasi — “KAFIL SUG‘URTA GRANTI” 👉 Faqat stipendiya emas — real amaliyot, haqiqiy tajriba, mustahkam CV. Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi va sud himoyasi fakultetining iqtidorli, faol hamda o‘z kelajagini yuridik sohada ko‘rayotgan talabalari uchun “KAFIL SUG‘URTA GRANTI — 2026” tanlovi e’lon qilindi. “KAFIL SUG‘URTA” AJ tomonidan e’lon qilingan mazkur grant talabalarga o‘quv yili davomida stipendiya olish, kompaniyaning yuridik xizmatida amaliyot o‘tash yoki ish o‘rganish, shuningdek, sug‘urta huquqi, shartnomalar, korporativ huquq va nizolar bilan ishlash bo‘yicha real tajriba orttirish imkonini beradi. 🏆 Tanlov g‘oliblari: · o‘quv yili davomida BHMning kamida bir baravari miqdorida stipendiya olish; · “KAFIL SUG‘URTA” AJ yuridik xizmatida amaliyot o‘tash yoki ish o‘rganish; · sug‘urta va korporativ huquq yo‘nalishida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish; · professional CV uchun muhim yutuq va kelajakdagi ish faoliyati uchun ustunlikka ega bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. ✅ Tanlovda TDYU Biznes huquqi va sud himoyasi fakultetining 2–3-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. 📆 Grant uchun tanlovda qatnashishni istaganlar quyidagi hujjatlarni 30-mayga qadar tanlov@kafil.uz pochta manziliga yuborishi kerak: — CV yoki talaba haqida ma’lumotnoma; — akademik transkript nusxasi; — tavsiyanoma (ixtiyoriy); — ilmiy maqola, tezis yoki huquqiy tahlillar ro‘yxati (agar mavjud bo‘lsa). 2️⃣ Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi: · dastlab hujjatlar saralanadi; · keyingi bosqichda amaliy keys topshiriq hamda og‘zaki suhbat tashkil etiladi. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun @Bizneskaryeramarkazi Telegram kanalida berib boriladi. ⚖️📚🎓🏆❤️ 📊🏆🌟
⚖️🤝🌐✍️✅ • Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti talabalari uchun yangi amaliy imkoniyat: TDYU va Biznes-ombudsman hamkorligi kengaymoqda TDYU hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil — Biznes-ombudsman o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv va memorandum imzolash marosimi tashkil etildi. Biznes-ombudsmanning markaziy devonida tashkil etilgan tadbirda TDYU rahbariyati, Biznes-ombudsman vakillari, mas’ullar hamda talabalar ishtirok etdi. Imzolangan memorandum doirasida: — talabalarni Vakil devoni va uning hududiy shu’balarida amaliyotga jalb etish; — bitiruvchilarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish; — Biznes-ombudsman huzurida maxsus amaliyot klubini tashkil etish; — iqtidorli yoshlarni ilmiy-amaliy tadqiqotlarga jalb qilish; — mahorat darslari, sayyor mashg‘ulotlar va volontyorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish; — tadbirkorlik amaliyotida uchraydigan dolzarb huquqiy muammolar asosida o‘quv dasturlarini takomillashtirish; — qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish belgilandi. Shuningdek, hamkorlik faqat talabalar bilan cheklanib qolmaydi. Vakil devoni xodimlari uchun TDYU professor-o‘qituvchilari tomonidan malaka oshirish dasturlari, mahorat darslari va qo‘shma loyihalarni tashkil etish ham rejalashtirilmoqda. Tadbir yakunida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni qamrab olgan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish hamda hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olindi. Mazkur memorandum TDYUda “auditoriyadan — amaliyotga” tamoyilini izchil ro‘yobga chiqarish, Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti talabalari uchun real kasbiy muhitda bilim va ko‘nikma orttirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularni mehnat bozoriga tayyor raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, ushbu hamkorlik yosh huquqshunoslarga tadbirkorlik huquqi sohasidagi dolzarb muammolarni amaliy nuqtai nazardan o‘rganish, biznes vakillari huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini chuqur anglash va kelajakdagi professional faoliyatiga mustahkam poydevor yaratish imkonini beradi. ⚖️📚🎓🏆❤️ 📊🏆🌟
⚖️🤓🗂💼 • Bo‘lajak yuristlar uchun real amaliyot: TDYU talabalari FHDY jarayonlarini o‘rgandi Yuridik ta’limda amaliy mashg‘ulotlar bo‘lajak yuristning kasbiy shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Chunki huquqshunos uchun qonun normalarini bilishning o‘zi yetarli emas — ularning real hayotiy vaziyatlarda qanday qo‘llanishini ko‘rish, protsessual tartiblarni tushunish va amaliy muhitda tahlil qilish ham zarur. Toshkent davlat yuridik universitetida talabalarni kasbiy faoliyatga yaqinlashtirish, nazariy bilimlarni amaliy jarayonlar bilan uyg‘unlashtirish hamda ularning huquqiy tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi sayyor dars mashg‘uloti tashkil etildi. Fuqarolik huquqi shu’basi professori Umida Shoraxmetova tashabbusi bilan Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti talabalari Mirzo Ulug‘bek tumani FHDY bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mashg‘ulotni FHDY mudirasi S.Ismailova hamda mas’ul xodim X.Gafurova olib bordi. Jarayon davomida talabalarga fuqarolik-huquqiy munosabatlar, FHDY organlari faoliyatining amaliy jihatlari, fuqarolarga ko‘rsatiladigan huquqiy xizmatlar va tegishli tartib-taomillar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Talabalar ochiq dars davomida fuqarolik protsessiga oid real holatlar, taraflarning huquq va majburiyatlari, protsessual harakatlarning ketma-ketligi, muhokama madaniyati hamda qonun normalarining amaliy tatbiqini bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘ldi. Bunday sayyor mashg‘ulotlar talabalarda nazariy bilimlarni mustahkamlash, huquqiy vaziyatlarga amaliy yondashish, sohaga oid muassasalar faoliyatini chuqurroq anglash va kelgusidagi kasbiy faoliyatga puxta tayyorgarlik ko‘rishda ahamiyat kasb etadi. ⚖️📚🎓🏆❤️ 📊🏆🌟
⚖️📢🌏💬 • “Mutolaa bog‘i” — TDYU talabalar uchun yangi ilhom maskani Bugungi ta’lim jarayonida talaba uchun bilim olish faqat auditoriya yoki kutubxona bilan cheklanib qolmaydi. Zamonaviy universitet muhiti yoshlarning fikrlashi, ijod qilishi, muloqotga kirishishi va ruhiy hordiq olishi uchun ham qulay sharoit yaratishi bilan ahamiyatlidir. Toshkent davlat yuridik universitetida ana shunday maqsadga xizmat qiluvchi yangi tashabbus — “Mutolaa bog‘i” (“Reading Park”) loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti hamda Ommaviy huquq fakulteti faollari tashabbusi bilan 3-talabalar turarjoyi hududida tashkil etildi. “Mutolaa bog‘i” oddiy dam olish maskani emas. U talabalar uchun ochiq havoda kitob o‘qish, mustaqil izlanish, fikr almashish va ijodiy muhitda vaqt o‘tkazish imkonini beradigan yangi maydon. Loyiha orqali talabalar an’anaviy kutubxona yoki o‘quv xonalaridan tashqari, tabiat qo‘ynida bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday muhit diqqatni jamlash, ma’lumotni chuqurroq anglash va o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga, raqamli davrda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, talabalarni muntazam mutolaaga undash hamda kitob o‘qishni kundalik hayotning yoqimli va foydali qismiga aylantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur bog‘ darslar, imtihonlar va ilmiy izlanishlardan so‘ng talabalar uchun ruhiy hordiq chiqarish, fikrni jamlash va yangi g‘oyalar ustida o‘ylash imkonini beruvchi maskanga aylanishi kutilmoqda. “Mutolaa bog‘i”ning yana bir muhim jihati — u talabalar o‘rtasida ilmiy va ijodiy muloqotni kuchaytiradi. Bu yerda yoshlar o‘qigan kitoblari, ilmiy maqolalari, loyiha va startap g‘oyalari yuzasidan erkin fikr almashishi, yangi tashabbuslarni muhokama qilishi mumkin bo‘ladi. Ikki fakultet faollarining hamkorlikdagi ushbu tashabbusi talabalar birdamligi, jamoaviy mas’uliyat va universitet hayotida faol ishtirok etish madaniyatining amaliy ifodasidir. “Mutolaa bog‘i” — bu shunchaki yashil hudud emas. Bu bilim, tafakkur, ijod va do‘stona muloqot uyg‘unlashadigan yangi talabalar maskanidir. ⚖️📚🎓🏆❤️
⚖️📢🌏💬 • “Reading Park” — a new space of inspiration for TSUL students In today’s educational process, learning is no longer limited to classrooms or libraries. A modern university environment should also provide conditions for developing students’ thinking, creativity, communication, and mental well-being. At Tashkent State University of Law, a new initiative serving this purpose is being implemented — the “Reading Park” project. This project was established on the territory of Dormitory No. 3 at the initiative of active students from the Faculty of Business Law and Judicial Protection and the Faculty of Public Law. “Reading Park” is not just a recreation area. It is a new space where students can read in the open air, conduct independent research, exchange ideas, and spend time in a creative environment. Through this project, students gain the opportunity to study in nature, beyond traditional libraries and classrooms. Such an environment helps improve concentration, deepen understanding of information, increase interest in learning, promote a reading culture in the digital age, encourage regular reading, and turn it into a pleasant and beneficial part of daily life. In addition, the park is expected to become a place for psychological relaxation after classes, exams, and research, as well as a space for focus and generating new ideas. Another important aspect of the “Reading Park” is strengthening academic and creative communication among students. Here, they can freely discuss books they have read, scientific articles, projects, and startup ideas, exchange opinions, and develop new initiatives. This joint initiative by students of two faculties is a practical expression of student unity, collective responsibility, and a culture of active participation in university life. “Reading Park” is not just a green area. It is a new student space where knowledge, thinking, creativity, and friendly communication come together. ⚖️📚🎓🏆❤️
⚖️📢🌏💬 • «Сад чтения» — новое пространство вдохновения для студентов ТГЮУ В современном образовательном процессе получение знаний для студента не ограничивается только аудиторией или библиотекой. Важно, чтобы университетская среда также создавала условия для развития мышления, творчества, общения и психологического отдыха молодых людей. В Ташкентском государственном юридическом университете реализуется новая инициатива, служащая этой цели — проект «Сад чтения» («Reading Park»). Данный проект был создан на территории общежития №3 по инициативе факультета бизнес-права и судебной защиты и факультета публичного права. «Сад чтения» — это не просто зона отдыха. Это новое пространство, где студенты могут читать книги на свежем воздухе, заниматься самостоятельными исследованиями, обмениваться мнениями и проводить время в творческой атмосфере. Благодаря проекту студенты получают возможность учиться на природе, выходя за рамки традиционных библиотек и учебных помещений. Такая среда способствует концентрации внимания, более глубокому пониманию информации, повышению интереса к обучению, развитию культуры чтения в цифровую эпоху, формированию привычки к регулярному чтению и превращению его в приятную и полезную часть повседневной жизни. Кроме того, ожидается, что этот сад станет местом для психологической разгрузки студентов после занятий, экзаменов и научных исследований, а также пространством для сосредоточения и генерации новых идей. Ещё одной важной особенностью «Сада чтения» является укрепление научного и творческого общения между студентами. Здесь они смогут свободно обсуждать прочитанные книги, научные статьи, проекты и стартап-идеи, делиться мнениями и развивать новые инициативы. Эта совместная инициатива двух факультетов является практическим проявлением студенческого единства, коллективной ответственности и культуры активного участия в университетской жизни. «Сад чтения» — это не просто зелёная зона. Это новое студенческое пространство, где гармонично сочетаются знания, мышление, творчество и дружеское общение. ⚖️📚🎓🏆❤️
⚖️📢🌏💬 🇭🇷 • Xorvatiyadagi ilmiy stajirovka Web of Sciencedagi maqola bilan yakunlandi Ilmiy stajirovkaning eng muhim natijasi — olingan tajriba, xalqaro hamkorlik va tadqiqot xulosalarining real ilmiy mahsulotga aylanishidir. Ayniqsa, xorijiy universitetlarda olib borilgan izlanishlar nufuzli xalqaro jurnallarda e’lon qilinsa, bu nafaqat tadqiqotchilar, balki universitet ilmiy salohiyati uchun ham muhim yutuq hisoblanadi. TDYU Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti dekani Bekzod Musayev hamda Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi mudiri Ixtiyor Bekovning 2025-yilda Xorvatiyaning Zagreb universitetida o‘tkazgan ilmiy stajirovkasi ana shunday samarali natija bilan yakunlandi. Stajirovka davomida amalga oshirilgan qiyosiy-huquqiy tadqiqotlar, ilmiy uchrashuvlar, akademik muloqotlar hamda xalqaro hamkorlik asosida tayyorlangan maqola Zagreb universiteti Xalqaro munosabatlar va barqaror taraqqiyot kafedrasi professori Goran Bandov bilan hammualliflikda yozildi. “Digital skills and virtual work in the future of labor migration: insights into the experience of Uzbekistan in Central Asia” nomli maqola Indoneziyaning “Universitas Muhammadiyah Makassar” nashriyoti tomonidan chop etiladigan xalqaro ilmiy jurnal — “Otoritas: Jurnal Ilmu Pemerintahan”ning 2026-yil aprel sonida (Vol. 16, No. 1)da e’lon qilindi. E’tiborlisi, mazkur jurnal Web of Science Core Collection — Emerging Sources Citation Index, shuningdek, DOAJ, Dimensions va boshqa xalqaro indekslashtirish tizimlarida ro‘yxatga olingan. Ushbu ilmiy tadqiqot Yevropa Ittifoqining HORIZON-MSCA-2022-SE-01 “PRELAB” loyihasi (grant raqami: 101129940) doirasida amalga oshirildi. TDYU mazkur loyihada Latviya, Irlandiya, Ruminiya, Albaniya, Xorvatiya, Germaniya va Belgiyaning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkor tashkilot sifatida ishtirok etmoqda. 👀 Maqola bilan tanishish… 🌐 DOI... ⚖️📢🌏💬 🇭🇷 • Научная стажировка в Хорватии завершилась публикацией статьи в журнале, индексируемом Web of Science Главный результат научной стажировки — это приобретённый опыт, международное сотрудничество и превращение результатов исследований в полноценный научный продукт. Особенно важно, когда исследования, проведённые в зарубежных университетах, публикуются в престижных международных журналах — это является значимым достижением не только для исследователей, но и для научного потенциала университета. Научная стажировка декана факультета бизнес-права и судебной защиты Ташкентского государственного юридического университета Бекзода Мусаева и заведующего кафедрой конституционного права Ихтиёра Бекова, прошедшая в 2025 году в Загребском университете (Хорватия), завершилась именно таким успешным результатом. Статья, подготовленная на основе сравнительно-правовых исследований, научных встреч, академических диалогов и международного сотрудничества, проведённых во время стажировки, была написана в соавторстве с профессором кафедры международных отношений и устойчивого развития Загребского университета Гораном Бандовым. Статья под названием “Digital skills and virtual work in the future of labor migration: insights into the experience of Uzbekistan in Central Asia” была опубликована в апрельском выпуске 2026 года (Vol. 16, No. 1) международного научного журнала “Otoritas: Jurnal Ilmu Pemerintahan”, издаваемого индонезийским издательством “Universitas Muhammadiyah Makassar”. Примечательно, что данный журнал индексируется в Web of Science Core Collection — Emerging Sources Citation Index, а также зарегистрирован в DOAJ, Dimensions и других международных системах индексирования. Данное научное исследование было реализовано в рамках проекта Европейского союза HORIZON-MSCA-2022-SE-01 “PRELAB” (номер гранта: 101129940). ТГЮУ участвует в этом проекте в качестве партнёрской организации наряду с ведущими научно-образовательными учреждениями Латвии, Ирландии, Румынии, Албании, Хорватии, Германии и Бельгии. 👀 Ознакомиться со статьёй... 🌐 DOI...
⚖️📢📢📢 • Diplom qo‘lda, ish qayerda? TDYUda karyera uchun katta imkoniyat! Talabalik davridayoq mehnat bozori bilan tanishish, ish beruvchilar talablarini bilish va o‘z yo‘nalishi bo‘yicha amaliy tajriba orttirish kelajakdagi karyera uchun muhim qadam hisoblanadi. Ayniqsa, bitiruvchilar uchun munosib ish o‘rnini topish, talabalar uchun esa o‘qishdan tashqari vaqtda daromadli faoliyat bilan shug‘ullanish katta imkoniyatdir. Shu maqsadda Toshkent davlat yuridik universitetida potensial ish beruvchilar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilmoqda. Yarmarka davomida ishtirokchilar: — ish beruvchilar bilan yuzma-yuz muloqot qiladi; — mavjud vakansiyalar haqida ma’lumot oladi; — ishga qabul qilish talablari bilan tanishadi; — mehnat sharoitlari va kafolatlar yuzasidan savollariga javob oladi; — o‘ziga mos ish yo‘nalishini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tadbir bitiruvchilarning doimiy ishga joylashishiga ko‘maklashish, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli va daromadli tashkil etish, shuningdek, ta’lim jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi. Yarmarka doirasida sud, prokuratura hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishga joylashish tartibi bo‘yicha ham foydali ma’lumotlar taqdim etiladi. Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi 5-may 10:00 da TDYU 3-binoda boshlanadi. ⚖️📢📢📢📢 • Диплом на руках, а где работа? В ТГЮУ — большие возможности для карьеры! Знакомство с рынком труда ещё в студенческие годы, понимание требований работодателей и получение практического опыта по своей специальности являются важным шагом для будущей карьеры. Особенно для выпускников это шанс найти достойную работу, а для студентов — возможность заняться доходной деятельностью в свободное от учёбы время. С этой целью в Ташкентском государственном юридическом университете проводится ярмарка вакансий с участием потенциальных работодателей. В ходе ярмарки участники: — смогут лично пообщаться с работодателями; — получат информацию о доступных вакансиях; — ознакомятся с требованиями при приёме на работу; — получат ответы на вопросы об условиях труда и гарантиях; — смогут выбрать подходящее направление для трудоустройства. Мероприятие направлено на содействие трудоустройству выпускников, эффективную организацию свободного времени студентов, а также на интеграцию образовательного процесса с практикой. В рамках ярмарки также будет представлена полезная информация о порядке трудоустройства в суды, органы прокуратуры и другие правоохранительные органы. Ярмарка вакансий начнётся 5 мая в 10:00 в 3-м корпусе ТГЮУ. ⚖️📢📢📢📢 • Diploma in hand, but where’s the job? Big career opportunities at TSUL! Getting familiar with the labor market during student years, understanding employer requirements, and gaining practical experience in one’s field are essential steps toward a successful career. For graduates, this is a chance to find достойную работу, and for students, an opportunity to engage in income-generating activities alongside their studies. For this purpose, a job fair with the participation of potential employers is being organized at Tashkent State University of Law. During the fair, participants will: — communicate face-to-face with employers; — receive information about available vacancies; — learn about hiring requirements; — get answers regarding working conditions and guarantees; — have the opportunity to choose a suitable career path. The event aims to support graduate employment, help students make productive and profitable use of their free time, and integrate education with practical experience. As part of the fair, useful information will also be provided on employment procedures in courts, prosecutor’s offices, and other law enforcement agencies. The job fair will begin on May 5 at 10:00 in Building 3 of TSUL. ⚖📚🎓🏆❤ 📊🏆🌟 #elon #объявление #announcement
⚖️🤯👁 • Biznes huquqi va sud himoyasi fakultetining 250 nafardan ortiq talabasi turli davlat organlari, tashkilotlar va xususiy sektorda amaliyot o‘tamoqda Yuridik ta’limda nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish muhim. Talabalarning bitiruv malakaviy amaliyotini real ish jarayonlari bilan bog‘lash ularning malakali mutaxassis bo‘lib shakllanishiga xizmat qiladi. Ayni paytda Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi va sud himoyasi fakultetining 253 nafar 4-kurs talabasi bitiruv malakaviy amaliyotini turli tashkilotlarda o‘tamoqda. Jumladan, ularning 63 nafari prokuratura organlarida, 40 nafari adliya tizimida, 37 nafari sud organlarida, 29 nafari advokatura sohasida, 7 nafari notariat tizimida, 9 nafari bank tizimida, 68 nafari esa turli davlat tashkilotlari hamda xususiy sektorda nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlamoqda. Mazkur amaliyot jarayonida talabalar sud-huquq tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishish, hujjatlar bilan ishlash, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish hamda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Unutmang! Amaliyot — nazariy bilimlarni mustahkamlovchi muhim bosqich. ⚖️📚🎓🏆❤️ 📊🏆🌟
⚖️🤯👁 • Более 250 студентов факультета бизнес-права и судебной защиты проходят практику в различных государственных органах, организациях и частном секторе. В юридическом образовании важно сочетать теоретические знания с практическими навыками. Связь выпускной квалификационной практики студентов с реальными рабочими процессами способствует их становлению как квалифицированных специалистов. В настоящее время 253 студента 4 курса факультета бизнес-права и судебной защиты Ташкентского государственного юридического университета проходят выпускную квалификационную практику в различных организациях. В частности, 63 из них проходят практику в органах прокуратуры, 40 — в системе юстиции, 37 — в судебных органах, 29 — в сфере адвокатуры, 7 — в системе нотариата, 9 — в банковской системе, а 68 — в различных государственных организациях и частном секторе, где они закрепляют свои теоретические знания на практике. В ходе данной практики студенты получают возможность ближе ознакомиться с деятельностью судебно-правовой системы, работать с документами, изучать практику применения права и развивать свои профессиональные навыки. Не забывайте! Практика — важный этап закрепления теоретических знаний. ⚖️📚🎓🏆❤️ 📊🏆🌟
⚖️🤯👁 • More than 250 students of the Faculty of Business Law and Judicial Protection are undergoing internships in various government bodies, organizations, and the private sector. In legal education, it is important to combine theoretical knowledge with practical skills. Connecting students’ final qualification internships with real work processes contributes to their development as qualified specialists. Currently, 253 fourth-year students of the Faculty of Business Law and Judicial Protection at Tashkent State University of Law are completing their final qualification internships in various organizations. In particular, 63 of them are interning in prosecutor’s offices, 40 in the justice system, 37 in judicial bodies, 29 in the legal profession, 7 in the notary system, 9 in the banking sector, and 68 in various government organizations and the private sector, where they are reinforcing their theoretical knowledge through practice. During this internship, students gain the opportunity to closely familiarize themselves with the functioning of the judicial and legal system, work with documents, study the application of law in practice, and develop their professional skills. Remember! Practice is a crucial stage in strengthening theoretical knowledge. ⚖📚🎓🏆❤ 📊🏆🌟
⚖️🔍🖥 • O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari munosib nomzodlar uchun bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e’lon qildi 🔍 Bu nima? Bu — davlatning eng nufuzli huquqni muhofaza qiluvchi organlaridan birida xizmat qilish uchun rasmiy saralash jarayoni. Tanlov shaffoflik va professionallik tamoyillari asosida o‘tkaziladi. 💡 Nima uchun bu kerak? Prokuratura tizimi — bu huquqshunos uchun haqiqiy "jangovar" maktab. Bu yerda siz qonun ustuvorligini ta'minlashni bevosita o‘rganasiz, tahliliy qobiliyatingizni charxlaysiz va davlat miqyosidagi mas’uliyatni his qilasiz. 🎯 Maqsad nima? Asosiy maqsad — tizimga yangicha dunyoqarashga ega, bilimli va halol yosh kadrlarni jalb qilish. Sizning maqsadingiz esa — nazariy bilimlarni amaliy kuchga aylantirib, jamiyatda adolat o‘rnatishga hissa qo‘shishdir. 🛠 Qanday ishtirok etish mumkin? Agar sizda oliy yuridik ma’lumot bo‘lsa, zarur kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lsangiz va sog‘ligingiz talabga javob bersa: 1️⃣ Hujjat topshirish: prokuratura.uz saytiga kiring. 2️⃣ Bo‘lim: “Bo‘sh ish o‘rinlari” sahifasini tanlang. 3️⃣ Muddati: Arizalar 30-aprelga qadar (shu kuni ham) onlayn qabul qilinadi. ⏳ Vaqt sarflashga arziydimi? Ha! Bu shunchaki ish emas, bu — ijtimoiy lift. Bugun hujjat topshirishga sarflagan vaqtingiz kelajakda nufuzli prokuror yoki yuqori martabali adliya xodimi bo‘lishingiz uchun eng to‘g‘ri investitsiyadir. Sizning navbatingiz keldi. O‘z kelajagingizni bugun qurishni boshlang! ⚖️📚🎓🏆❤️ 📊🏆🌟
⚖️📢🏆❓ • "TSUL Jessup" bahorgi maktabi eshiklarini ochmoqda! ❓ Bu nima? (Intellektual sarguzasht) "TSUL Jessup" bahorgi maktabi — bu nazariyani real global muammolar bilan birlashtiradigan maydon. Mashg‘ulotlar davomida siz: • Xalqaro ommaviy huquqning eng murakkab qirralarini o‘rganasiz; • Ingliz tilida professional memorandumlar yozishni o‘zlashtirasiz; • Auditoriya oldida notoqlik va argumentatsiya mahoratingizni charxlaysiz. 🎯 Asosiy maqsad: Elita safiga qo‘shilish! Siz shunchaki bilim olmaysiz, siz karyerangiz uchun "oltin chipta" yutib olishingiz mumkin. Bahorgi maktab yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan 5 nafar talaba 2026/2027-yilgi mavsumda universitetimiz sharafini xalqaro miqyosda himoya qiladigan "TSUL Jessup" jamoasi a’zosiga aylanadi! ⏱️ Vaqt sarflashga arziydimi? Agar maqsadingiz faqat diplom olish emas, balki dunyoning istalgan nuqtasida raqobatbardosh yurist bo‘lish bo‘lsa — ALBATTA! "Jessup" tajribasiga ega bo‘lgan talabalar xalqaro yuridik kompaniyalar va magistratura dasturlari (LLM) uchun eng jozibador nomzodlar hisoblanadi. 📅 Ilk qadamni tashlang: Sizni ochilish marosimida va birinchi darsda kutib qolamiz! 🗓🕙 25-aprel (Shanba), 10:30 📍 TDYU, 3-bino, 221-xona 😉 Eslatib o‘tamiz: Dunyo xaritasida o‘z nomingizni qoldirish uchun bugun kichik auditoriyadagi minbardan boshlash kerak. O‘zingizni sinab ko‘ring! ⚖📚🎓🏆❤ 📊🏆🌟 #tanlov #конкурс #сontest
⚖️👀👨💻👩💻 • "VERUM LAW FIRM" sizni o‘z jamoasiga chorlaydi! ❓ Bu nima? (Amaliyot mohiyati) Bu shunchaki qog‘oz tashish yoki kofe damlash emas. Bu — real sud ishlari, strategik tahlillar va Toshkentning qoq markazida joylashgan professional huquqiy laboratoriya. Siz 3 oy davomida quruq nazariyadan chiqib, tirik huquq olamiga sho‘ng‘iysiz. 🎯 Maqsad nima? Maqsadimiz — diplomli ishsizni emas, balki hali o‘qishni bitirmay turib bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan professionalni tayyorlash. Sizni mentor-advokatlar "ustoz-shogird" an’anasi asosida tarbiyalaydi. 🤔 Nima uchun vaqt sarflash kerak? • Tajriba koni: 3 yillik nazariy bilimingizni 3 oylik amaliyotda "pishirasiz". • Networking: Soha gigantlari bilan tanishasiz. • Kelajak poydevori: C1 darajadagi ingliz tili va 86+ GPA talab qilinayotgani bejiz emas — eng kuchlilargina o'tadi. Sizga qo'yiladigan talablar: 🎓 3-kurs (Yurisprudensiya); 📊 GPA: kamida 86 ball; 🌐 O‘zbek, rus va Ingliz tili (C1); 🔥 Mas’uliyat va to‘xtovsiz rivojlanishga tashnalik. 🛠 Qanday qilib a’zo bo‘lish mumkin? 1️⃣ Google Formani to‘ldiring... 2️⃣ Suhbat: Bilim va shijoatingizni ko‘rsating. 📅 Muddati: May – Avgust (Haftada 5 kun). 📍 Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy 1-uy (Oloy bozori yonida). Vaqt — eng qimmatli resurs. Uni diplomni kutishga emas, karyerangizni qurishga sarflang. "VERUM LAW FIRM" — sizning parvoz maydonchangiz! ⚖📚🎓🏆❤ 📊🏆🌟