tgindex
TDYU • KARYERA

TDYU • KARYERA

Статистика

TDYU O‘quv-uslubiy boshqarma (Registrator ofisi) Bandlik (karyera) bo‘limining rasmiy kanali Kanalda yuridik sohaga oid bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot bo‘yicha e’lonlar berib boriladi. Vakansiyalar: @Azizaxon_Alisherovna @SARDOR_RAVILOVICH

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
90
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
12 486
−10 за 3 дн.
Сутки
+1
+0,01%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
9 309
40 постов
Вовлечённость
74,6%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 90
Упоминаний
13
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
4 232
1/48двое суток
4 849
1/72трое суток
5 230

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 13 авг.4 7721359

    #vakansiya #Toshkent 📣 Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Xalqaro hamkorlik va loyihalar bo'limi boshlig'i lavozimiga ishga taklif etadi. 📌  Talablar: 🟢 yurisprudensiya yoki xalqaro munosabatlar mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma'lumotga ega bo'lish; 🟢 3 (uch) yillik ish stajiga ega bo‘lish; 🟢 rus tili bo'yicha rasmiy uslubda erkin so‘zlashish hamda ingliz tili bo'yicha kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo'lish; 🟢 zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va dasturlaridan mustaqil va erkin foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lish. 📌  Sharoitlar: 🟣 Toshkent shahar markazida joylashgan, barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora; 🟣 ish rejimi: 5 kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba); 🟣 munosib ish haqi (martaba daraja-unvon, ish staji, oylik shaxsiy ustama va boshqalar); 🟣 xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash imkoniyati; 🟣 idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud. 🗓 Nomzodlar 2026-yilning 22-avgustgacha vacancy.adliya.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishi hamda shaxsiy profili orqali tanlovga tegishli hujjatlarni elektron shaklda taqdim qilishi lozim. ➡️ Tanlovning suhbat bosqichida taxminiy tushadigan savollar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. 🌐   Hujjat topshirish ☎️ +998 55 518 57 77 ⏳  22.08.2026 👮‍♂️   Karyerangizni biz bilan rivojlantiring! Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari

  • 8 авг.7 5971443

    #vakansiya 📣 O'zbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan taqdim etilgan 2026-yil avgust holatida bo‘sh ish o‘rinlar ro‘yxati! 👮‍♂️ Karyerangizni biz bilan rivojlantiring! Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari

  • 8 авг.7 4519142

    видео или голосовое, без подписи

  • 4 авг.12,4 тыс34229

    #vakansiya O‘zbekiston Respublikasi 🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤 tizimidagi vakant joylar to'g'risida ma'lumot (04.08.2026-yil holatida) 📞  (71) 239-02-13 📍  Toshkent shahar, A.Qodiriy ko'chasi, 1-uy. info@supcourt.uz www.oliysud.uz www.sud.uz 👮‍♂️   Karyerangizni biz bilan rivojlantiring! Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o'rinlari

  • 30 июл.13,7 тыс19117

    #foydali #bilasizmi 📣  Magistraturaga o'qishga topshirayotganlar uchun kerakli ma'lumot: tanlov darajasini oldindan baholang! 2026/2027-o‘quv yili magistratura qabul jarayonida qaysi mutaxassisliklarga nechta talabgor ariza topshirayotgani haqidagi ma’lumotlar ochiq statistikada aks etmoqda. 🔗 Magistratura bo‘yicha arizalar statistikasini quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin: Magistratura qabul statistikasi⁠ Ushbu statistikada: ✅ qaysi magistratura mutaxassisligiga nechta talabgor ariza topshirgani; ✅ qaysi yo‘nalishlarda talab yuqoriligi; ✅ qaysi mutaxassisliklarda raqobat nisbatan kuchli yoki pastligi; ✅ tanlagan yo‘nalishingiz bo‘yicha arizalar sonining o‘zgarishi kabi ma’lumotlarni kuzatish mumkin. 📌 Biroq muhim jihat: arizalar soni — bu faqat dastlabki ko‘rsatkich. Magistraturaga kirish imkoniyatini baholashda faqat “nechta odam topshirgani”ga qarab xulosa qilish to‘g‘ri emas. Chunki tanlov darajasiga quyidagi omillar ham ta’sir qiladi: 🔹 ajratilgan qabul kvotasi; 🔹 davlat granti va to‘lov-kontrakt o‘rinlari soni; 🔹 talabgorlarning akademik ko‘rsatkichlari; 🔹 xorijiy til sertifikati va uning darajasi; 🔹 tanlovning OTM, mutaxassislik, ta’lim tili hamda ta’lim shakli bo‘yicha alohida shakllanishi. 🎓 Shuning uchun statistikani “qaysi yo‘nalishga topshirish oson?” degan savolga tayyor javob sifatida emas, balki o‘z imkoniyatlaringizni tahlil qilishga yordam beruvchi vosita sifatida qabul qiling. 💡 Magistratura tanlashda faqat raqobat darajasiga emas, balki mutaxassislikning sizning bakalavr yo‘nalishingiz, kasbiy maqsadlaringiz va kelajakdagi ilmiy yoki professional rejalaringizga mosligiga ham e’tibor bering. 📈 Raqamlarni kuzating, imkoniyatlaringizni baholang va tanlovni ongli ravishda amalga oshiring! 👮‍♂️   Karyerangizni biz bilan rivojlantiring! Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari

  • 29 июл.10,6 тыс1860

    #Vakansiya #Toshkent 📣  Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani 50-maktab davlat huquq asoslari va tarix  fanidan (rus tili ta'lim tilida) o‘qituvchi lavozimiga nomzodlarni ishga taklif etadi. 📌  Talablar: 🟢 yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy yuridik maʼlumot; 🟢 zamonaviy ta’lim metodikalarini bilish va qo‘llay olish; 🟢 o‘quvchilar bilan samarali ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish; 🟢 mas’uliyatli, talabchan boʻlish. 📌  Sharoitlar: 🟣 rasman ishga joylashish; 🟣 juda qulay joylashuv; 🟣 o‘qish va ishni birgalikda olib borish uchun yaxshi sharoitlar; 🟣 kasbiy va shaxsiy o‘sish imkoniyati 📍  Toshkent shahar, Mirzo-Ulug'bek tumani, Istiqlol ko'chasi, 8.          🔴 Hujjat topshirish muddati tugagan. 👮‍♂️ Karyerangizni biz bilan rivojlantiring! Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o'rinlari

  • 29 июл.9 1011220

    #vakansiya #Andijon 📣 Cornell Law School (Andijon filiali) jamoasi rus tilida huquq fanlarini yuqori saviyada o‘qita oladigan malakali o‘qituvchilarni ishga taklif etadi. 📌 Talablar: 🟣 21 yoshdan katta bo‘lishi; 🟣 yuridik sohada ta’lim olgan yoki faoliyat yuritayotgan bo‘lishi; 🟣 o‘quvchilari bilan samarali natijalarga erishgan bo‘lishi. 📌 Taklif etiladigan imkoniyatlar: 🟢 kasbiy rivojlanish va o‘sish imkoniyati; 🟢 ahil va samimiy jamoada faoliyat yuritish; 🟢 qulay ish joyi va zamonaviy sharoitlar; 🟢 yuqori natija ko‘rsatgan xodimlar uchun rag‘batlantirish tizimi. ✈️ @cornell_Andijan Rezyume (CV) yoki obyektivkangizni telegram orqali yuboring. ☎️ +998 97 055 55 11 📍 Andijon shahri, Leninskiy ko’chasi, Premier Hotel 1- Qavati 👮‍♂️   Karyerangizni biz bilan rivojlantiring! Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari

  • 29 июл.7 9371831

    #maqola ⚖️ Yuristlar kerak bo‘lmay qoladimi? Sun’iy intellekt davrida huquqshunoslikning yangi qiyofasi ⏩️ Ismoilova Aziza Alisherovna 🗒️ Kun.uz https://share.google/yna66f8QXuDTjs2qL 👮‍♂️   Karyerangizni biz bilan rivojlantiring! Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari

  • 28 июл.7 16818104

    #vakansiya #Toshkent #webster 📣 Webster University in Tashkent jamoasiga Human Resources Officer (Kadrlar bo‘yicha mutaxassis) lavozimi uchun tanlov e'lon qildi. 📌 Talablar 🟣 bakalavr yoki magistr darajasi (huquq yoki yuridik yo‘nalish ustuvor); 🟣 HR yoki kadrlar boshqaruvi sohasida kamida 1–2 yillik ish tajribasi; 🟣 O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda kadrlar hujjatlarini yuritish bo‘yicha bilim; 🟣 tashkiliy va muloqot ko‘nikmalarining yuqori darajada rivojlangan bo‘lishi; 🟣 Microsoft Office dasturlaridan erkin foydalana olish; 🟣 ingliz va o‘zbek tillarini mukammal bilish (rus tilini bilish ustunlik beradi). 📌 Asosiy vazifalar: 🟣 xodimlarni tanlash va ishga moslashtirish (onboarding) jarayonlarini tashkil etish; 🟣 xodimlar hujjatlari va HR ma’lumotlar bazasini yuritish; 🟣 mehnat shartnomalari hamda boshqa kadrlar hujjatlarini tayyorlash; 🟣 ish haqi, ta’til va ijtimoiy imtiyozlar bilan bog‘liq HR jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash; 🟣 xorijiy professor-o‘qituvchilarning ishga qabul qilinishi va viza hujjatlarini rasmiylashtirishda ko‘maklashish; 🟣 mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash hamda xodimlar ma’lumotlarini muntazam yangilab borish. 📩 Ariza topshirish tartibi: CV'ingizni jasminaanorova@webster.edu elektron pochta manziliga yuboring. ⚠️ Eslatma: Faqat saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan bog‘laniladi. Agar siz xalqaro ta’lim muassasasida faoliyat yuritish, HR sohasida kasbiy tajribangizni oshirish hamda xalqaro jamoa bilan ishlashni istasangiz, ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 👮‍♂️   Karyerangizni biz bilan rivojlantiring! Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari

  • 28 июл.7 2671371из odilsudlovakademiyasi

    O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining magistratura dasturiga qabul davom etmoqda #Magistratura_nomzodlari_uchun_foydali_havolalar 🔍 Akademiya faoliyati 📢 Qabul e'loni 👨‍🎓 Akademiya magistratura dasturi tashkil etilishining asosi 👨‍🎓 Qabul tartibi nizomi 📁 Oliy taʼlim tashkilotlarining magistraturasiga qabul nizomi 📄 Ichki va tashqi abituriyentlar uchun talab etiladigan hujjatlar 🧮 Qabul kvotalari 💳 To‘lov-kontrakt qiymati 🎞 Video qo‘llanma ⁉️ Ko‘p beriladigan savollarga javoblar ———————————————— 🔴 ONLAYN HUJJAT TOPSHIRISH ———————————————— ⏺️Onlayn savol-javob guruhi 📄 Imtihon dasturi 📞Call-markaz: +998 (55) 501-01-67, +998 (55) 501-01-64 👉@odilsudlovakademiyasi👈

  • 26 июл.8 1753648

    Mazkur so‘rovning maqsadi — mehnat bozorida yosh mutaxassislarning karyera qurishida uchrayotgan asosiy muammolarni aniqlash hamda ularning karyera imkoniyatlarini tahlil qilish uchun jamoatchilik fikrini o‘rganishdan iborat

  • 26 июл.9 22212378

    #vakansiya #Toshkent #bojxona 📣 Davlat bojxona qo‘mitasi xizmatga qabul qilish bo‘yicha tanlov e'lon qildi! Bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmalarining bojxona postlaridagi quyidagi bo‘sh lavozimlar uchun tanlov o'tkaziladi: ✅ Inspektor ✅ Kichik inspektor ✅ Kichik inspektor-kinolog 📌 Nomzodlarga qo'yiladigan asosiy talablar: 🟣 Yoshi: 18–30 yosh (30 yosh ham kiradi); 🟣 Oliy, tugallanmagan oliy yoki lavozimga qarab professional (kasb-hunar), o‘rta maxsus yoxud umumiy o‘rta ma'lumot; 🟣 Jismoniy va sog'lig'i bo'yicha xizmatga yaroqli bo'lishi; 🟣 Erkaklar uchun (lavozimga qarab) harbiy xizmatni o'tagan bo'lishi; 🟣 Bo'y talabi: ➡️ Erkaklar — 165 smdan kam bo'lmasligi; ➡️ Qizlar — 160 smdan kam bo'lmasligi. 🐕 Kichik inspektor-kinolog lavozimi uchun qo‘shimcha ravishda veterinariya, zootexnika yoki kinologiya yo‘nalishida ma'lumot hamda xizmat itlari bilan ishlash ko‘nikmasi talab etiladi. 📅 Hujjatlar 2026-yil 4-avgustga qadar (shu kuni ham) onlayn shu havola orqali qabul qilinadi. 📌 Eslatma: Tanlovda faqat belgilangan talablarga javob beradigan nomzodlar ishtirok etishi mumkin. Tanlov bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar bilan tanishish havola. Agar siz davlat xizmatida faoliyat yuritish, kasbiy rivojlanish va Vatan xavfsizligiga munosib hissa qo‘shishni istasangiz, ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 👮‍♂️   Karyerangizni biz bilan rivojlantiring! Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari

  • 26 июл.8 41411183

    #vakansiya 📣 Adliya organlari va muassasalaridagi vakant lavozimlar bo'yicha tanlovlarda ishtirok etish uchun nomzodlar hujjatlarini vakansiya.adliya.uz orqali onlayn topshirishlari mumkin. 📌 Portal orqali: 🟣mavjud vakant lavozimlar bilan tanishish; 🟣 hudud va lavozim bo'yicha qidiruvni amalga oshirish; 🟣 tanlov shartlari va malaka talablarini ko'rish; 🟣 hujjatlarni elektron tarzda topshirish imkoniyati mavjud. Agar adliya organlarida faoliyat yuritishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, vakant lavozimlarni muntazam kuzatib boring va o'zingizga mos tanlovlarda ishtirok eting. 👮‍♂️   Karyerangizni biz bilan rivojlantiring! Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari

  • 21 июл.9 490186

    видео или голосовое, без подписи

  • 20 июл.11,1 тыс19114

    #vakansiya #Toshkent #amaliyot ⚖️ Islom moliyasi va biznes huquqi sohasida bilim hamda amaliy tajriba orttirishni istagan bitiruvchilar va magistrlar uchun ajoyib imkoniyat! 📣 “ADL LEX” advokatlik byurosi nomzodlarni 3 oylik amaliyotga taklif qiladi. 📌 Kimlar qatnashishi mumkin? 🟣 TDYU bakalavriat bitiruvchilari; 🟣 magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar; 🟣 islom moliyasiga qiziqadigan hamda uning tamoyil va qadriyatlarini hurmat qiladigan nomzodlar. 📌 Amaliyot davomida quyidagi yo‘nalishlarda tajriba va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz: 🟢 islom moliyasi va islomiy moliyaviy shartnomalar; 🟢 biznes va korporativ huquq; 🟢 iqtisodiy huquq; 🟢 fuqarolik huquqi; 🟢 shartnomalar va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash; 📌 Amaliyot tartibi: 🟣 to‘liq stavka; 🟣 dushanbadan jumagacha; 🟣 soat 09:00 dan 18:00 gacha; 🟣 amaliyot muddati — 3 oy. 💼 Amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlarga “ADL LEX” advokatlik byurosida ish bilan ta’minlanish imkoniyati beriladi. ✈️ Rezyume yoki obyektivkangizni telegram orqali yuboring: @Otabek_14A ⏳ Arizalarni qabul qilish muddati: 1-avgustgacha 📍 Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Tafakkur 43. 👮‍♂️ Karyerangizni biz bilan rivojlantiring! Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari

  • 20 июл.9 569912

    #hamkorlik #foydali 📣 Toshkent davlat yuridik universiteti ilmiy hamkorlikka taklif etadi! Ilmiy va innovatsion faoliyatni tijoratlashtirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti xo‘jalik yurituvchi subyektlar, tashkilotlar hamda muassasalar bilan shartnoma asosida hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. 📌 Universitetning 21 ta mutaxassislik sho‘basi va tadqiqot markazlari tomonidan quyidagi xizmatlar taklif etiladi: 🟣darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va risolalarni tayyorlash; 🟣 o‘quv-uslubiy hamda raqamli ta’lim kontentlarini ishlab chiqish; 🟣 huquqiy va ayrim ijtimoiy fanlar bo‘yicha ilmiy-amaliy materiallar yaratish; 🟣 tajribali mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahat va ekspertlik xizmatlarini ko‘rsatish. 📞 Batafsil ma’lumot olish uchun: +99850-010-89-79 👮‍♂️ Karyerangizni biz bilan rivojlantiring! Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari

  • 20 июл.9 3111664

    #vakansiya #Toshkent 📣 Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish davlat muassasasi yuridik bo‘lim bosh yuriskonsulti va yetakchi yuriskonsulti lavozimlariga ishga taklif qiladi. 📌 Talablar 🟣 yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish; 🟣 amaldagi qonunchilikni puxta bilish; 🟣 huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish ko‘nikmasiga ega bo‘lish; 🟣 o‘zbek tilini mukammal bilish (rus tilini bilish ustunlik beradi); 🟣 mas’uliyatli, tashabbuskor va jamoa bilan ishlay olish. 🔴 Hujjat topshirish muddati tugagan. 📍 Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Labzak ko’chasi, 1 A uy. 👮‍♂️ Karyerangizni biz bilan rivojlantiring! Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari

  • 14 июл.10,6 тыс2065из hudud24official

    #stop_korrupsiya Адлияга ишга кириш қанчалик шаффоф? Бугун давлат идоралари қанчалик шаффоф? Коррупцияга қарши кураш қоғозда эмас, амалда қандай ишлаяпти? Энг муҳими, бу фуқароларга қандай фойда беряпти? “Стоп коррупция”да муҳим саволларга жавоб олинг!

  • 13 июл.11 тыс1453

    #vakansiya #Toshkent 📣 "FINLAW" MChJ va boshqa tashkilot yurist lavozimiga ishga taklif qiladi. 📌 Talablar 🟣 yurisprudensiya mutaxassisligi bo’yicha oliy ma’lumotli; 🟣 kamida 2 yillik qonun tashabbuskorligi bo'yicha ishlagan xodim; 🟣 o‘zbek va rus tillarini bilishi. ✈️ @frahimova obyektivkangizni telegram orqali yuboring. 📍 Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Tafakkur ko‘chasi, 1-tor, 43. 👮‍♂️ Karyerangizni biz bilan rivojlantiring! Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari

  • 12 июл.11,3 тыс8822

    #tavsiya #mulohaza 🧠 Nega ba'zi insonlar boshqalardan tezroq muvaffaqiyat qozonadi? Ayrim tarixiy rivoyatlarga ko‘ra, Sharq ta'lim an'analarida farosat davlat xizmatiga munosib shaxsni baholashda muhim mezonlardan biri sanalgan. Chunki bilim insonni olim qilishi mumkin, ammo farosat uni oqilona qaror qabul qiladigan yetakchiga aylantiradi. Ko‘pchilik muvaffaqiyatning sababini IQ, diplom yoki tajribada deb o‘ylaydi. Aslida esa ko‘pincha farq farosatda bo‘ladi. Farosat — bu shunchaki aqlli bo‘lish emas. Bu: 🟢 aytilmagan gapni anglash; 🟢 vaziyatni to‘g‘ri baholash; 🟢 odamlarni tushuna olish; 🟢 oqibatni oldindan ko‘ra bilish; 🟢 to‘g‘ri paytda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatidir. Qiziq tomoni shundaki, bir xil bilim va tajribaga ega ikki mutaxassisdan aynan farosatlisi ko‘proq ishonch qozonadi, karyerasida tezroq o‘sadi va murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l topa oladi. Bugun sun'iy intellekt soniyalar ichida minglab ma'lumotlarni tahlil qilishi mumkin. Ammo u insonning niyatini, vaziyatning nozik jihatlarini, ishonchni va munosabatlar ortidagi ma'noni inson kabi his qila olmaydi. Shu sabab XXI asrda eng qimmat ko‘nikmalardan biri bu — farosat. 🟣 bilim sizni mutaxassis qiladi. 🟣 tajriba sizni professional qiladi. 🟣 farosat esa sizni yetakchiga aylantiradi. Diplom karyera eshiklarini ochishi mumkin. Farosat esa o‘sha eshiklar ortida o‘z o‘rningizni topishingizga yordam beradi. ✍️ Ismoilova Aziza Alisherovna, Mehnat huquqi sho’basi katta o’qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 👮‍♂️   Karyerangizni biz bilan rivojlantiring! Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari

TDYU • KARYERA — tgindex