TDYU Huquqiy innovatsiyalar va SI markazi
Статистика- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 12 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 782
- 1/48двое суток
- 896
- 1/72трое суток
- 966
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
OSCE Central Asia Youth Dialogue Forum 2026 Davlat: Qirg‘iziston 🇰🇬 Moliyaviy ta'minot: To‘liq Yosh toifasi: 18–25 yosh Markaziy Osiyo yoshlari uchun tashkil etiladigan xalqaro forum bo‘lib, unda ishtirokchilar xavfsizlik, mintaqaviy hamkorlik, liderlik va ijtimoiy loyihalar bo‘yicha bilim va tajriba almashadilar, shuningdek, yangi g‘oyalar va tashabbuslarni muhokama qilish imkoniga ega bo‘ladilar. ➡️Imtiyozlari: -Aviachipta va mehmonxona xarajatlari to‘liq qoplanadi; -Xalqaro ekspertlar va yosh liderlar bilan networking; -O‘z ijtimoiy loyihangizni ishlab chiqish va taqdim etish imkoniyati. 🔗Ro‘yxatdan o‘tish uchun: havola 📌Ro'yxatdan o'tishning so'nggi muddati: 26-avgust ⚡️@TDYU_HISIM
IT Park International IT Training Program 2026 Davlat: Oʻzbekiston 🇺🇿 Dastur shakli: Oflayn Yosh toifasi: 18–30 IT Park Uzbekistan, Raqamli texnologiyalar vazirligi, American International University–Bangladesh va World Bank hamkorligida tashkil etilgan bepul IT-trening dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Darslar ingliz tilida olib boriladi va bitiruvchilarga IT/ITES kompaniyalarida ishga joylashishda ko‘mak beriladi. ➡️Imtiyozlari: - To‘liq bepul IT-trening - Dastur yakunida sertifikat - 50% o‘rinlar qizlar uchun ajratilgan - IT/ITES kompaniyalarida ishga joylashish bo‘yicha ko‘mak 🔗Ro‘yxatdan o‘tish uchun: havola 📌Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 20-avgust ⚡️@TDYU_HISIM
Sun’iy intellekt texnologiyalarini huquq sohasida qo‘llash va uning etik qoidalari bo‘yicha seminar-trening o‘tkaziladi. Mazkur seminar-trening ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, huquqshunoslar hamda zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etishga qiziquvchi barcha xodimlar va talabalar uchun mo‘ljallangan. 🔍 Seminar davomida quyidagi muhim masalalar atroflicha yoritiladi: 🔹 Sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha Etika qoidalari mazmun-mohiyati; 🔹 Huquq va kriminologiya sohasida SI texnologiyalarini amaliy qo‘llash imkoniyatlari; 🔹 SIdan foydalanishda yuzaga keladigan huquqiy va axloqiy masalalar, shaffoflik hamda mas’uliyat chegaralari. 🗓 Sana: 11-avgust 2026-yil 🕚 Vaqti: 16:00 💻 Platforma: Google meets Seminar-treningda quyidagi havola orqali ishtirok etishingiz mumkin: https://calendar.app.google/meudXVchBPSYGYpf6
#Natija Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi yig‘ilishining 2025-yil 17-yanvardagi 14 son bayonida belgilangan vazifalar doirasida e’lon qilingan Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturining amaliy tadqiqot loyihalari 107-tur tanlovida: yuridik fanlari doktori, professor Narziyev Otabek Sa’diyevich tomonidan taqdim etilgan 📌 “Hukumatning sud qarorisiz va adolatli tovon pulisiz mulkni musodara qilishiga yo‘l qo‘ymasligi yo‘nalishidagi muammolar va ularni bartaraf etish maqsadida amalga oshirilgan islohotlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha milliy metodika ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha g‘olib deb topildi. 📊 Loyiha muddati: 2 yil Ushbu yutuq nafaqat ilmiy salohiyat, balki mamlakatimizda huquqiy islohotlarni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlardan biridir. 👏Kelgusidagi ilmiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz!
📢 E'LON 🤖 AI Training Center — KOICA granti asosida 100% bepul ta'lim Tashkent International University, Koreya Respublikasining Cheju Halla University va KOICA tashkiloti hamkorligida sun'iy intellekt yo'nalishida navbatdagi xalqaro grant dasturi e'lon qilinmoqda. 📌 Dastur haqida: — Davomiyligi: 12 hafta — Qabul kvotasi: 30 nafar tinglovchi — Dars tili: ingliz tili — Format: haftasiga 3 kun, soat 18:00 dan keyin (oflayn) — Majburiy fan: Microsoft Azure AI Fundamentals + tanlov fani (Prompt Engineering / MLOps / AI Consulting) 🎁 Imkoniyatlar: — Microsoft Azure AI-900 sertifikat imtihoni to'lovi grant hisobidan qoplanadi — Eng yaxshi natija ko'rsatganlarga Galaxy planshet — Talabalar uchun haq to'lanadigan amaliyot — Yetakchi mutaxassislar bilan guest lecture darslari 👥 Kimlar ariza topshira oladi: davlat tashkiloti xodimlari, xususiy sektor vakillari, universitet talabalari 📅 Ariza muddati: 2026-yil 15-avgustgacha 🔗 Ro'yxatdan o'tish: koica-tiu-azure.halla.ai/register 📍Minor dahasi 76, Tashkent International University, B rektorat binosi ✉️ komilov1864s@gmail.com ☎️ +998 95 981 84 44 ✈️ @tiu_aicenter
🧑💻👩💻Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi xodimlari tomonidan seminar-trening o'tkaziladi. Mazkur seminar-trening ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etishni istagan barcha uchun mo‘ljallangan. 🔍 Seminar davomida quyidagi muhim masalalar atroflicha yoritiladi: 🔹 Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida o‘tkaziladigan tanlovlarda samarali ishtirok etish tartibi; 🔹 Intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish tartibi; 🔹 Dasturiy mahsulotlar uchun guvohnomalarni rasmiylashtirish tartibi va ahamiyati. 🗓 Sana: 29-iyul 2026-yil 🕚 Vaqti: 11:00 💻 Platforma: Zoom Seminar-treningda quyidagi havola orqali ishtirok etishingiz mumkin: https://us04web.zoom.us/j/4882885385?pwd=fsbbsqbGQdbll1Ar0BnGZUb44IA2oi.1&omn=77173204172
💡Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar bo‘yicha o‘tkazilgan 2025-yilgi “Olima ayollar” tanlovining 103-turi yakunlariga ko‘ra, Sharaxmetova Umida Shaakbarovnaning “Nizolarni mediatsiya tartib-taomillari asosida hal qilishning elektron platformasini yaratish” mavzusidagi loyihasi g‘olib deb topilib, moliyalashtirishga tavsiya etildi. ⚖️Mazkur loyiha nizolarni zamonaviy, tezkor va samarali hal etish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Loyiha a’zolari: Esanova Zamira Normuratovna Yunusova Minavvarxon Sabirovna Kurbanova Xurshida Yaminovna Maxmudxodjayeva Umida Muminovna Nizomova Shahrigul Karimboy qizi Xadjayeva Saodat Anvarovna Bobonorova Zamira Boltayevna Ibragimova Zilola Shuxratovna 🌟Jamoa a’zolariga ilmiy izlanishlarida ulkan yutuqlar va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.
📢 E'LON Hurmatli Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari! "Yosh fermerlarni qoʻllab-quvvatlash kuni" munosabati bilan quyidagi mavzularda onlayn seminar tashkil etiladi: 🔹 Zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnologiyalari: tomchilatib sugʻorish, dronlar yordamida ekinlarni kuzatish va smart fermerlik; 🔹 Yosh fermerlar uchun yerdan foydalanish huquqi, qishloq xoʻjaligi kreditlari va subsidiyalar olish tartiblari; 🔹 "Ustozdan shogirdga" mentorlik muloqotlari; 🔹 Mahsulotlarni bozorga chiqarish va "Dehqon bozori" yarmarkalarini tashkil etish; 🔹 Organik dehqonchilik, gidroponika hamda zamonaviy issiqxona texnologiyalari; 🔹 Xalqaro qishloq xoʻjaligi dasturlari, grant imkoniyatlari va xorijiy tajribalar. 🗓 Sana: Bugun 🕚 Vaqt: 11:00 💻 Format: Onlayn (Google Meet) 🔗 Ulanish havolasi: https://meet.google.com/txx-mpas-noc Barcha qiziquvchi talabalarni seminarda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
🌟 YUNESKOdan talabalar uchun ajoyib imkoniyat: "Yoshlar tinchlik uchun: Xalqaro yetakchilik dasturi" xalqaro dasturiga qabul boshlandi! YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi yurtimizdagi faol va yetakchi talabalarni nufuzli xalqaro loyihada ishtirok etishga taklif etadi. “Yoshlar tinchlik uchun: Xalqaro yetakchilik dasturi” tanlovi yoshlarga global miqyosda fikr almashish va o‘zaro madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish imkonini beradi. Dastur mavzusi: “Sunʼiy intellekt davrida insoniy aloqalar va muloqot” Dastur haqida batafsil maʼlumot: https://www.unesco.org/en/interculturaldialogue/youthforpeace Ariza topshirish tili: Ingliz tili So‘nggi muddat: 2026-yil 19-iyul Arizalar faqat onlayn shaklda quyidagi maxsus havola orqali qabul qilinadi: https://surveys.unesco.org/171854?lang=en
Vaqtincha kasallik nafaqasi (bolnichniy) endi yangi tizimda: Nega “Baraka” mobil ilovasi kerak? Vazirlar Mahkamasining 796-son qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-iyuldan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari faqat xodimlarning ijtimoiy kartalari orqali to‘lanadi. "Baraka" mobil ilovasida sizga virtual ijtimoiy karta ochiladi vа pullar shu kartaga yo'naltiriladi. ✅ Kim to‘laydi? Dastlabki 5 kunni ish beruvchi, 6-kundan boshlab esa Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi to‘laydi. 👮♂️ Kimlarga beriladi? Rasmiy ishlaydigan va kamida 6 oylik sug‘urta stajiga ega bo‘lgan barcha xodimlarga. ❌ Ariza shart emas: Elektron kasallik varaqasi ochilishi bilan barcha jarayonlar avtomatik boshlanadi, ortiqcha hujjat talab etilmaydi. 💳 Pullar qayerga tushadi? Avtomatik ochiladigan virtual ijtimoiy kartaga. Uni “Baraka” ilovasida faollashtirib, darhol ishlatish mumkin.
📢 E'LON! Davlat xaridlarida ishtirok etish va elektron tenderlar bo‘yicha master-klass tashkil etilmoqda. Master-klass davomida quyidagi mavzular yoritiladi: - Davlat xaridlari tizimi va undagi imkoniyatlar; - Davlat xaridlarida ishtirokchilar va ularning huquqlari va majburiyatlari; - xarid.uzex.uz platformasida ishlash tartibi; - Davlat xaridlarida uchraydigan xatolar va xavflar; - "Insofsiz ijrochilar" ro‘yxatiga tushib qolmaslik hamda narxlarni to‘g‘ri hisoblash masalalari. 📅 Sana: 15-iyul (Chorshanba) 🕔 Vaqt: 17:00 💻 Format: Onlayn (Google Meet) 🎓 Ishtirok etish: Bepul 🔗 Google Meet havolasi: 👉🏻 https://meet.google.com/umg-coyt-rfr Eslatma: Master-klass davomida real e'lonlar misolida amaliy tahlil o‘tkaziladi. Barcha qiziquvchilarni master-klassda ishtirok etishga taklif etamiz!
🚀 #Akseleratsiya dasturi ⚖️TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, founderlar bilan ishlash va yangi startaplarni rivojlantirish orqali O‘zbekiston startap ecosystem’ining o‘sishiga o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda... Hozirda Toshkent davlat yuridik universiteti Akseleratsiya dasturi doirasida quyidagi 10 ta istiqbolli startap loyihasi rivojlantirilmoqda: 1. Nishan — Savdodagi muddatli toʻlovlar tizimini raqamlashtirish va ularni undirish ekotizimi. 2. Oxforder AI — Taʻlim sohasidagi AI ekotizimi platformasi. 3. Prime Service — SMM, kontent va tadbir xizmatlarini raqamlashtirgan platforma. 4. Norma Check — Normativ-huquqiy hujjat loyihalarini sunʻiy intellekt asosida tahlil qiluvchi platforma. 5. Yaqin — 24/7 ishlaydigan mikro kutubxonalar tarmogʻi. 6. Markazda kitobxon — Kitobxonlarning ijtimoiy faolligini avtomatik shakllantiruvchi veb-platforma. 7. Neolex — Huquqshunoslik yoʻnalishida taʻlim platformasi. 8. Talent Bridge — Iqtidorli yoshlarni crowdfunding orqali moliyaviy qoʻllab-quvvatlash platformasi. 9. Yurist AI — Sunʻiy intellekt asosida ishlaydigan huquqiy maslahat yordamchisi. 10. Build Contract — Qurilish va biznes sohasidagi huquqiy munosabatlarni raqamlashtiruvchi platformasi. 🔗Batafsil: @TDYU_HISIM 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 LinkedIn
🚀 G‘oyangiz dunyoni o‘zgartirishga tayyormi? Endi uni namoyon etish vaqti keldi! 🎓 Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari, izlanuvchan doktorantlari hamda kreativ va tashabbuskor talabalari! 🥇 President Tech Award - 5 million dollarlik mukofot jamg‘armasiga ega bo‘lgan, yoshlar uchun mo‘ljallangan har yili o‘tkaziladigan, global salohiyatga ega IT innovatsion yechimlarni qo‘llab-quvvatlovchi tanlov. 🧠 President AI Award — umumiy mukofot jamg‘armasi $1,000,000 bo‘lgan va sun’iy intellekt asosidagi innovatsion mahsulot va texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan milliy tanlov. 💡 Loyihangizni tayyorlashda yolg‘iz emassiz! Huquqiy innovatsiyalar va sun'iy intellekt markazi sizga: ✅ ariza tayyorlash; ✅ taqdimot va hujjatlarni rasmiylashtirish; ✅ tanlovga muvaffaqiyatli topshirish jarayonida amaliy yordam ko‘rsatadi. 🌐 Batafsil ma'lumot: Awards.gov.uz 📩 Murojaat uchun: @PanjiyevSunnat Ehtimol, navbatdagi million dollarlik g‘oya aynan siznikidir.
BITIRUVCHILAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR! Toshkent davlat yuridik universitetining Huquqiy innovatsiyalar va sun’iy intellekt markazi tomonidan bitiruvchilar uchun manzilli maslahat va yo‘naltirish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. 💡 Agar siz: — magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirmoqchi bo‘lsangiz; — milliy va xorijiy grantlarda ishtirok etishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz; — o‘zini o‘zi band qilish yoki tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lsangiz; — yuridik konsalting xizmatlarini yo‘lga qo‘yishni istasangiz 👉 Siz uchun maslahatlar, amaliy ko‘mak va to‘g‘ri yo‘naltirish taqdim etiladi. 📍 Manzil: 4-bino, Coworking markazi 🚀 O‘z kelajagingizni bugundan boshlang!
без подписи
#Akademik_harakatchanlik 36 taqdir. 36 orzu. 36 g‘oya. 36 tadqiqot. Bu raqamlar ortida ilmga ishongan, o‘z ustida ishlagan va yangi marralarni ko‘zlagan yoshlarning mehnati mujassam. Bugun, 30-iyun — “Yoshlar kuni”da Innovatsion rivojlanish agentligida “Akademik harakatchanlik” tanlovining 36 nafar yosh g‘olibiga sertifikatlar topshirildi. Joriy yilgi tanlovga qiziqish har qachongidan yuqori bo‘ldi. Agar o‘tgan to‘rt yil davomida jami 800 dan ortiq ariza kelib tushgan bo‘lsa, 2026-yil hisobidagi birinchi tanlovga 600 dan ortiq hujjat qabul qilindi. Bu esa mamlakatimizda ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi. Raqamlarni hududlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, 2025-yildan buyon g‘oliblik bo‘yicha yetakchilikni qo‘ldan bermay kelayon Surxondaryo viloyati o‘rnini Toshkent egalladi. Bu esa hududlar o‘rtasida sog‘lom raqobat va ilmga intilish tobora kuchayib borayotganini anglatadi. Yana bir muhim yangilik — tanlovning barcha bosqichlari ilk marotaba sun’iy intellekt texnologiyalari asosida tashkil etildi. Jizzaxlik tanlov g‘olibi Kamoliddin Yoqubovning so‘zlariga ko‘ra, saralash jarayonlari shaffof va xolis o‘tdi. “Akademik harakatchanlik” — bu faqat sertifikat emas. Bu yangi bilimlar, yangi tajriba, ilmiy hamkorlik va katta orzular sari ochilgan navbatdagi eshikdir. Bugun sertifikat olgan 36 nafar yoshning har biri ertangi kun ilm-fani va innovatsiyalari rivojiga o‘z hissasini qo‘shishiga umid qilamiz. Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Akademik harakatchanlik” (2026-2) tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
🚀 O‘z FinTech Startapingizni Investorlarga Taqdim Eting! Sizda o‘z g‘oyangizni yirik investorlar, banklar va soha mutaxassislari e’tiboriga havola qilish hamda loyihangiz uchun investitsiya jalb etish imkoniyati mavjud! 🎯 Tadbirning asosiy maqsadlari: 🔴Loyiha saralash: Oliy ta’lim muassasalarida yaratilayotgan eng istiqbolli FinTech yo‘nalishidagi startaplarni aniqlash. 🔴Networking: Yosh startapchilarni investorlar, banklar, yirik IT-kompaniyalar hamda manfaatdor tashkilotlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lash. 🔴Moliyalashtirish: Istiqbolli g‘oyalarni dastlabki (early-stage) bosqichdayoq qo‘llab-quvvatlash va investitsiya jalb qilish imkoniyatini yaratish. 💡 Kimlar ishtirok etishi mumkin? Moliyaviy texnologiyalar (FinTech) yo‘nalishida o‘z loyihasi yoki innovatsion g‘oyasiga ega bo‘lgan barcha talabalar. 📲 Ro‘yxatdan o‘tish va bog‘lanish: Ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar quyidagi mas’ul shaxsga murojaat qilishlari mumkin: 👉 Telegram: @PanjiyevSunnat Fursatni boy bermang, o‘z g‘oyangizni haqiqiy biznesga aylantiring!
🚀 Yoshlar tashabbuslari uchun yangi imkoniyat! Endilikda faol yoshlar va mahallalardagi yoshlar yetakchilari o‘z loyiha hamda tashabbuslarini yoshlar.gov.uz platformasi orqali taqdim etishlari mumkin. ✅ Yangi imkoniyatning afzalliklari: 🔹 Tashabbuslar barcha uchun ochiq e’lon qilinadi; 🔹 Foydalanuvchilar o‘zlariga yoqqan g‘oyalarni “Like” orqali qo‘llab-quvvatlaydi; 🔹 Eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalar maxsus TOP ro‘yxatdan o‘rin oladi. 💡 Sizda ham jamiyat rivojiga xizmat qiladigan g‘oya yoki loyiha bormi? Unda “Yoshlar tashabbuslari marafoni”da ishtirok eting, tashabbusingizni platformaga joylashtiring va keng jamoatchilik qo‘llab-quvvatlashiga erishing! G‘oyalaringizni hayotga tatbiq etish vaqti keldi! #YoshlarTashabbuslariMarafoni #YoshlarGovUz #YoshlarIttifoqi #FaolYoshlar #YoshlarYetakchisi #Tashabbus #Loyiha #YoshlarImkoniyati
#Akademik_harakatchanlik “Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovining 2026-yil 2-choragi uchun loyihalar qabuli boshlandi! “Akademik harakatchanlik” dasturi yosh olimlarni ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat tomonidan to‘liq qoplab beriladi. Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi shartlar belgilangan: loyiha ijrochisining yoshi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼi nazar, 40 yoshdan oshmagan bo‘lishi; har bir ishtirokchi faqat 1 ta ilmiy loyiha bilan ishtirok etishi; taqdim etiladigan ilmiy loyiha summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi; dasturni amalga oshirish muddati 1 oydan 6 oygacha bo‘lishi. Loyihada ishtirok etmoqchi bo'lgan TDYU o'qituvchilari va xodimlari 2026-yil 22-iyunga qadar hujjatlarini @MahbubaJuraboyeva akkountiga yuborishlari so'raladi. 🌐Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Diqqat, akseleratsiya dasturi ishtirokchilari va Startap sohasiga qiziquvchi yoshlar! 🚀 Bugun akseleratsiya dasturining navbatdagi darsi bo‘lib o‘tadi... (🟢ONLAYN) Mehmon: Islombek Bahromov EduCoin asoschisi. 🗓 Sana: Bugun, 12-iyun ⏰ Vaqt: 10:00 📍Google Meet platformasi orqali: https://calendar.app.google/tz2VrdDG3bNikdCq9 Uchrashuvda nimalar bo‘ladi? 1) EduCoin loyihasi haqida va startap loyihalarni boshqarish. 2) Savol-javob. ‼️ Qo'shimcha ma'lumot uchun : 📱 @PanjiyevSunnat Kechikmasdan kirishingizni so‘raymiz. Sizni kutib qolamiz!