tgindex
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

Статистика

Innovatsion Rivojlanish Agentligi huzuridagi Ilmiy-Texnik Axborot Markazi rasmiy kanali Murojaat uchun: https://t.me/csti_murojaat_bot

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
6
Всего постов
169
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Познавательное (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
4 155
+9 за 3 дн.
Сутки
+1
+0,02%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
696
40 постов
Вовлечённость
16,8%
к подписчикам
Постов в день
0,9
всего 169
Упоминаний
23
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
417
1/48двое суток
477
1/72трое суток
515

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🟦🟦🟦 🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi “Qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar” bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi! 00:23 – Tuproqdagi uglerod jarayonlarini o‘rganish uchun 50 baravar tezroq AI modeli yaratildi; 01:10 – Urug‘lar kimyoviy vositalarsiz elektr maydoni yordamida kuchaytirilmoqda; 01:57 – Qoramol embrionlari gen tahrirlash texnologiyasi yordamida o‘zgartirildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

  • 14 авг.3123из innovatsion_rivojlanish

    #diqqat 🟦🟦🟦 “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi Yoshlarning innovatsion tafakkurini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va istiqbolli g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida tashkil etilgan “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining respublika bosqichi yakunlandi. Eng yuqori natija qayd etgan 7 nafar ishtirokchi “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi g‘olibi deb topildi. 🌐 Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • #internship 🇨🇭 Shveytsariyada ilmiy tadqiqot olib borish uchun davlat stipendiyasi O‘zbekistonlik yosh tadqiqotchilar uchun Swiss Government Excellence Scholarships 2027–2028 dasturiga arizalar 2026-yil 20-avgustdan qabul qilina boshlaydi. Dastur Shveytsariya hukumati tomonidan xorijiy tadqiqotchilar uchun taqdim etilib, turli akademik yo‘nalishlarda ilmiy izlanish olib borish imkonini beradi. 🔵 Research Fellowship — PhD bosqichida tahsil olayotgan izlanuvchilar uchun Shveytsariyada 6–12 oy tadqiqot olib borish imkoniyati. 🔵 PhD Scholarship — magistr darajasiga ega nomzodlar uchun Shveytsariyada doktorantura ta’limini davom ettirish imkoniyati. Stipendiya dastlab 12 oyga berilib, ilmiy natijalarga qarab 36 oygacha uzaytirilishi mumkin. 💰 Stipendiya — oyiga CHF 2 450. Shuningdek, majburiy tibbiy sug‘urta xarajatlari, turar joy depoziti uchun bir martalik CHF 600 hamda qaytish aviachiptasi bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash taqdim etiladi. Asosiy talablar: — magistr darajasiga ega bo‘lish; — 1991-yil 31-dekabrdan keyin tug‘ilgan bo‘lish; — puxta ishlab chiqilgan ilmiy loyiha va tadqiqot rejasiga ega bo‘lish; — Shveytsariyadagi professor yoki ilmiy rahbardan qo‘llab-quvvatlash xatini olish. ❗️Muhim: ariza topshirishdan oldin Shveytsariyadagi universitet yoki ilmiy markazdan tadqiqot mavzusiga mos professor topish va undan rasmiy qo‘llab-quvvatlash xatini olish talab etiladi. Bunday xatsiz ariza ko‘rib chiqilmaydi. 📌 Eslatma: 2027–2028 o‘quv yilidan boshlab alohida Postdoctoral Scholarship dasturi bekor qilingan. Arizalarni topshirish muddati va O‘zbekiston uchun mavjud stipendiya turlari rasmiy sahifada ko‘rsatiladi. ➡️ Rasmiy tanlov sahifasi: https://www.sbfi.admin.ch/en/swiss-government-excellence-scholarships ➡️ Talablar va ariza topshirish tartibi: https://www.eda.admin.ch/countries/uzbekistan/en/home/services/scholarships.html Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

  • 12 авг.4375из innovatsion_rivojlanish

    #ilmiy_stajirovka Yosh olimlar uchun Germaniyada ilmiy stajirovka imkoniyati! Germaniyaning Freiburg konchilik va texnologiyalar universitetida qisqa muddatli ilmiy stajirovka uchun maqsadli tanlov e’lon qilindi. Stajirovka yo‘nalishlari: 🔵Konchilik muhandisligi 🔵Konchilikda atrof-muhitga ta’sirni boshqarish 🔵Geodeziya 🔵Geometallurgiya 🔵Konchilik iqtisodiyoti ➡️Dastur tili: Ingliz tili ➡️Davomiyligi: 2 oy ➡️Ishtirokchilar soni: 10 nafar Tanlov g‘oliblari 2026–2027-yillar davomida Germaniyada ilmiy stajirovka o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hujjatlar 30-avgustga qadar (shu kuni ham soat 23:59 gacha) internship.ilmiy.uz orqali topshiriladi. 🌐 Tanlov havolasi Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • #Inno_time #hafta_yangiliklari 🌐Ilm-fan va innovatsiyalar dunyosidagi eng so‘nggi yangiliklar! 00:12 – Miya signali orqali boshqariladigan nogironlar aravachasi ishlab chiqildi; 00:51 – Sun’iy intellekt yordamida tabiatda mavjud bo‘lmagan yangi viruslar hosil qilindi; 01:37 – Zamburug‘lardan o‘zini o‘zi tiklaydigan “tirik” mato yaratildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

  • #science_interview Saratonni davolashda yangi umid: o‘zbekistonlik olimning ilmiy natijasi Vengriyaning Debrecen universitetida olib borilgan tadqiqotlarda saraton hujayralariga qarshi ta’sir ko‘rsatadigan yangi birikmalar o‘rganildi. Ayrim birikmalar ko‘krak bezi saratoni hujayralariga qarshi yaxshi natija ko‘rsatib, sog‘lom yurak hujayralariga zararli ta’sirini kamaytirish imkonini ham namoyon etdi. 🔥 Tadqiqot natijalari haqida batafsil — YouTube da tomosha qiling. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

  • 🟦🟦🟦 🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi “Biotexnologiya va nanotexnologiya sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar” bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi! 00:24 – Tirik hujayralar ichida “biologik kapsulalar” yaratildi; 01:08 – Saratonning yashirin genlarini aniqlovchi yangi platforma ishga tushirildi; 01:50 – Gen tahrirlash texnologiyasi yanada arzon va qulay bo‘lishi mumkin. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

  • 7 авг.911413

    #internship 🇺🇸 WBG Pioneers — Jahon bankida haq to‘lanadigan amaliyot Talabalar uchun xalqaro tajriba orttirish va Jahon banki guruhining real loyihalarida ishtirok etish imkoniyati! WBG Pioneers — Jahon banki guruhining bakalavriat va magistratura/PhD bosqichidagi talabalar uchun mo‘ljallangan haq to‘lanadigan amaliyot dasturi. Dastur doirasida ishtirokchilar turli yo‘nalishlarda xalqaro jamoalar bilan ishlash va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🔵 Kimlar uchun? ▫️ Bakalavriatning oxirgi kursida o‘qiyotgan talabalar; ▫️ Magistratura yoki PhD bosqichida tahsil olayotganlar; ▫️ Tegishli lavozim talablariga javob beradigan nomzodlar. 🔵 Dastur imkoniyatlari: ▫️ Haq to‘lanadigan amaliyot; ▫️ Jahon banki guruhining real loyihalarida ishlash; ▫️ Tajribali mutaxassislar rahbarligida amaliy tajriba orttirish; ▫️ Xalqaro ish muhitida professional ko‘nikmalarni rivojlantirish; ▫️ Turli mamlakatlardagi ofislarda, jumladan Toshkentda, amaliyot o‘tash imkoniyati. 🗓 Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 12-avgust. ➡️ Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: https://www.worldbank.org/ext/en/careers/talent-programs/wbg-pioneers#tab-application Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

  • #bilasizmi 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 💫 NASA Yerning haqiqiy shaklini namoyish etdi NASA 15 yil davomida to‘plangan ma’lumotlar asosida Yerning yangi geoid modelini taqdim etdi. Model faqat tortishish kuchi ta’siri hisobga olinganda, Yer mukammal shar emasligini va shaklan kartoshkaga o‘xshashini ko‘rsatadi. Olimlarning aytishicha, tasvirdagi notekisliklar yaqqol ko‘rinishi uchun 10 ming marta bo‘rttirib ko‘rsatilgan. Aslida bu farqlar oddiy ko‘z bilan ko‘rinmaydi va Yer ichidagi massalarning notekis taqsimlangani bilan bog‘liq. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

  • 5 авг.53942из innovatsion_rivojlanish

    #foydali Davlat ilmiy loyihalari ijrochilari diqqatiga! Ayni kunlarda davlat buyurtmasi asosida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar monitoringi o‘tkazilmoqda. Monitoring jarayonini samarali tashkil etish maqsadida loyiha jamoalariga quyidagi hujjatlarni oldindan tayyorlab qo‘yish tavsiya etiladi: 😎 monitoring yiliga tegishli oraliq yoki yakuniy ilmiy hisobot; 😎 hisobotda keltirilgan ilmiy natijalarni tasdiqlovchi materiallar: • ilmiy maqolalar; • patentlar; • darslik va o‘quv qo‘llanmalar; • monografiyalar; • mualliflik guvohnomalari hamda boshqa tegishli hujjatlar; 😎 loyiha bo‘yicha moliyaviy hisobot va mablag‘larning maqsadli sarflanganligini tasdiqlovchi hujjatlar. 😎 loyiha ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (jamoa tarkibi, loyiha doirasida bajarilgan ishlar). Shuningdek, monitoring davomida loyiha ishlarining tasdiqlangan kalendar reja asosida bajarilishi, erishilgan ilmiy natijalar hamda ularning amaliy ahamiyati ham baholanadi. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • 5 авг.1 00299

    #bilasizmi 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🇺🇿🇨🇳 Tarixiy kun: O‘zbekistonning ilk sun’iy yo‘ldoshi orbitaga muvaffaqiyatli uchirildi Bugun STAR.VISION kompaniyasi Xitoyning Shandun viloyati qirg‘oqlari yaqinidagi dengiz platformasidan "Samarqand — 2028" va Lampung-1 giperspektral sun’iy yo‘ldoshlarini muvaffaqiyatli orbitaga olib chiqdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

  • 5 авг.50917из innovatsion_rivojlanish

    #anjumanlar 2026-yil avgust oyida xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar ro‘yxati. Joriy yilning avgust oyida jami 9 ta ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan xalqaro miqyosdagi tadbirlar soni 6 tani, respublika miqyosdagi tadbirlar soni esa 3 tani tashkil qiladi. 🌱https://anjumanlar.uz/ sayti orqali anjumanlarning axborot xati bilan tanishish va ishtirok etish uchun maqola yuborish imkoniyati mavjud. 📃Anjumanlar roʻyxati Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • #Inno_time #hafta_yangiliklari 🌐Ilm-fan va innovatsiyalar dunyosidagi eng so‘nggi yangiliklar! 00:12 – Xitoy “sun’iy quyosh” yaratish ustida ishlamoqda; 00:57 – 2400°C haroratda ham mustahkamligini saqlaydigan yangi qotishma yaratildi; 01:32 – Dronlar endi parvoz vaqtida lazer orqali quvvatlana oladi. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

  • 4 авг.49391из Innovatorjurnali

    📣 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ jurnali sizdan fikr so‘raydi! Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi qoshidagi “Innovator” jurnali innovatsiyalar, ilg‘or texnologiyalar, startaplar va zamonaviy g‘oyalarni yorituvchi ilmiy-ommabop nashrdir. ❗️Jurnalimizni yanada qiziqarli, mazmunli va zamon talablariga mos ravishda takomillashtirishda Sizning fikr va takliflaringiz biz uchun juda muhim. ⚡️So‘rovnomada ishtirok etib, jurnal rivojiga o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘raymiz. ✍️So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola:👉https://forms.gle/jxiavizpP4VZkQBf9    Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB

  • 🟦🟦🟦 🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi “Astronomiya sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar” bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi! 00:23 – NASA Koinotdagi ilk ulkan qora tuynuklar sirini ochuvchi teleskopni uchirishga tayyorlanmoqda; 01:08 – Starship tarixda ilk bor foydali yukni koinotga muvaffaqiyatli olib chiqdi; 01:45 – Marsda ilk bor murakkab organik birikmalar aniqlandi. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

  • 30 июл.1 370564

    #foydali 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 🤖 Ilmiy tadqiqotlar uchun foydali AI platformalari Sun’iy intellekt asosidagi ushbu platformalar ilmiy maqolalarni tahlil qilish, adabiyotlar sharhini tayyorlash, matnni akademik uslubda tahrirlash va ilmiy yozuv jarayonini sezilarli darajada yengillashtiradi. ✅ Scholarcy 🔵https://www.scholarcy.com 📄 Ilmiy maqolalarni avtomatik tahlil qilib, asosiy g‘oya, metodologiya, natijalar va xulosalarni qisqacha ajratib beradi. ✅ SciSpace 🔵https://scispace.com Ilmiy maqolalarni tushuntirish, PDF hujjatlar bilan AI chat, adabiyotlar qidiruvi, iqtibos (citation) yaratish, literature review tayyorlash hamda ilmiy maqola yozishda yordam beradi. ✅ Paperpal 🔵https://paperpal.com Ilmiy maqolalarni akademik uslubda tahrirlaydi, grammatik xatolarni tekshiradi, AI yozuv yordamchisi sifatida ishlaydi, plagiatni aniqlash va maqolani jurnalga yuborishdan oldingi sifat nazoratini amalga oshiradi. ✅ Paper Digest 🔵https://www.paperdigest.org Ilmiy maqolalarni qisqacha tahlil qiladi, literature review tayyorlash, mavzuga oid maqolalarni topish va ilmiy g‘oyalarni umumlashtirishga yordam beradi. ✅ Researcher.Life 🔵 https://researcher.life Paperpal, Journal Finder, Mind the Graph va boshqa akademik AI vositalarini yagona platformada jamlaydi. ✅ SciSummary 🔵https://scisummary.com Ilmiy maqolalarni AI yordamida qisqacha tahlil qiladi, Abstract, Methods, Results va Conclusion bo‘limlari bo‘yicha strukturali xulosa tayyorlaydi. Shuningdek, PDF bilan AI chat, bir nechta maqolalarni taqqoslash va asosiy natijalarni tez ajratib olish imkonini beradi. ✅ QuillBot 🔵https://quillbot.com Matnni parafraz qilish (paraphrasing), grammatik xatolarni tuzatish, akademik uslubni yaxshilash va matnni qisqartirishda yordam beradi. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

  • 29 июл.1 120427

    💻 Sun’iy intellekt sohasidagi startaplar uchun Prezident tanlovi e’lon qilindi O‘zbekistonda “President AI Award” — sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan innovatsion startaplar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tanlovi o‘tkazilmoqda. Tanlovda O‘zbekiston fuqarolari va doimiy rezidentlaridan iborat, 3 nafardan 8 nafargacha a’zoga ega jamoalar ishtirok etishi mumkin. Loyiha sun’iy intellekt (AI) texnologiyalariga asoslangan bo‘lishi lozim. G‘olib jamoalar uchun investitsiya mablag‘lari ajratiladi: 🔘 1-o‘rin — 100 ming AQSH dollari; 🔘 2-o‘rin — 60 ming AQSH dollari; 🔘 3-o‘rin — 40 ming AQSH dollari. Shuningdek, tanlovning 15 ta eng yaxshi jamoasi uchun umumiy investitsiya fondi shakllantiriladi. Ishtirok etish bepul. ✅ Arizalar 2026-yil 1-avgustga qadar qabul qilinadi. ➡️ Batafsil: https://awards.gov.uz/uz/paia Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

  • #foydali 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ ScienceID tizimida telefon raqamini qanday oʻzgartirish mumkin? ScienceID tizimiga kirish uchun foydalanayotgan telefon raqamingizni oʻzgartirmoqchi boʻlsangiz, quyidagi oddiy bosqichlarni bajaring: 1️⃣ Browser orqali id.ilmiy.uz saytiga kiring va «Tizimga kirish» tugmasini bosing. 2️⃣ Ochilgan sahifada «Telefon raqamini oʻzgartirish» boʻlimini tanlang. 3️⃣ «OneID orqali tiklash» tugmasini bosing va OneID akkauntingizning login hamda parolini kiriting. 4️⃣ Tizimga muvaffaqiyatli kirgach, yangi kiritilgan telefon raqamingizga yuborilgan tasdiqlash kodini tegishli maydonga kiriting va oʻzgarishni tasdiqlang. ✅ Barchasi tayyor! Endi ScienceID tizimiga yangi telefon raqamingiz orqali kirishingiz mumkin. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

  • 29 июл.61381из innovatsion_rivojlanish

    #Matbuot_sahifalarida “Ilm bozorga chiqishi uchun bitta idora emas, butun zanjir ishlashi kerak” “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2026-yil 29-iyuldagi 152-sonida Innovatsion rivojlanish agentligi direktori v.v.b Asror Norovning maqolasi eʼlon qilindi. Bugun ilm-fan, taʼlim, ishlab chiqarish va innovatsiyani bir-biriga bog‘lash masalasi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab berilmoqda. Asosiy talab aniq, ilmiy natija faqat hisobot, maqola yoki dissertatsiya doirasida qolib ketmasligi, iqtisodiyotga, tarmoqlarga va odamlar hayotiga real foyda berishi kerak. Chunki ilm-fan natijalarini tijoratlashtirish bitta qaror, bitta tanlov yoki bitta tashkilot bilan hal bo‘ladigan ish emas. ➡️ Maqolada ilgari surilgan asosiy g‘oyalar: -Har bir tarmoq o‘z muammosini ilm bilan yechishga masʼul bo‘lishi kerak. - G‘alvir suvdan ko‘tarilganda o‘rtaga tashlanadigan savol “Nechta maqola yozildi” emas, “Ishlanma qayerda ishladi, qancha xarajatni tejadi, kimga foyda berdi, qancha daromad keltirdi?” kabi shaklda berilishi kerak. -Tijoratlashtirish endi “olim yaratadi, keyin kimdir sotadi” degan eski yondashuv bilan emas, konsorsium, klaster, tarmoq va bozor birga ishlaydigan tizim orqali rivojlanishi kerak. - Ilm-fanni tijoratlashtirish nima uchun muhim? Chunki ilm javonda yotsa — xarajat. Amaliyotga kirsa — daromad. Korxonada ishlasa — texnologiya. Odamlarga foyda bersa — taraqqiyot. ⚡️ Maqolani o‘qish Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • #Inno_time #hafta_yangiliklari 🌐Ilm-fan va innovatsiyalar dunyosidagi eng so‘nggi yangiliklar! 00:12 – Neuralink falajlangan insonlarga fikr orqali nogironlar aravachasini boshqarish imkonini berdi; 00:53 – Ko‘rish qobiliyatini tiklashga xizmat qiluvchi implant Yevropa bozoriga chiqmoqda; 01:39 – Xalqaro olimlar guruhi o‘pka saratoniga qarshi yangi preparatni sinovdan o‘tkazmoqda. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube