DARAJA.ILMIY.UZ
Статистика🌐Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi 📍Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 7. 📬 E-mail: info@ilmiy.uz ☎️ Ishonch raqami: +998 (71) 203-32-31 🌐 Rasmiy veb-sayt: www.innovation.gov.uz
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Познавательное (по похожим)
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 557
- 1/48двое суток
- 638
- 1/72трое суток
- 688
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2026 йил 26 майдаги ПФ–98-сонли “Янги авлод илмий кадрларини тайёрлаш ва уларни аттестация қилиш тизимини такомиллаштириш тўғрисида”ги Фармонининг 7-бандига мувофиқ, 2027 йил 1 январга қадар Олий аттестация комиссияси томонидан диссертация ҳимояси тўғрисида эълон берилган ва диссертация ҳимоясини ўтказган изланувчиларга илмий даражалар амалдаги тартиб асосида берилади. Шунга кўра, Олий аттестация комиссияси фаолияти белгиланган тартибда ва узлуксиз давом этади. Мазкур банд илмий даража олиш жараёнида иштирок этаётган изланувчиларнинг ҳуқуқ ва қонуний манфаатларини таъминлашга, шунингдек, янги тизимга босқичма-босқич ва муаммосиз ўтиш учун зарур ҳуқуқий кафолатларни яратишга хизмат қилади. Айни пайтда, Фармоннинг 14-банди ижроси доирасида Олий аттестация комиссияси тегишли вазирлик ва идоралар билан ҳамкорликда 2026 йил 1 августдан бошлаб диссертация ҳимояси билан боғлиқ барча жараёнларни ягона онлайн тизим орқали амалга оширишни таъминлайди. Янги рақамли платформа орқали диссертация ва авторефератларни тақдим этиш, рецензент ва оппонентлар хулосаларини юбориш, ҳимояларни режалаштириш ҳамда илмий ишларни баҳолаш жараёнлари электрон шаклда амалга оширилади. Бу эса ортиқча қоғозбозлик ва бюрократик тўсиқларни қисқартириш, жараёнларнинг очиқлиги ва шаффофлигини таъминлаш, шунингдек, ҳар бир босқични электрон тарзда кузатиб бориш имкониятини яратади. Шу муносабат билан тадқиқотчилар, мустақил изланувчилар ва илмий раҳбарлардан турли миш-мишлар ёки асоссиз маълумотларга ишонмаслик, шунингдек, диссертация ҳимояси жараёнларини ноқонуний ёки сунъий равишда “тезлаштириш”га қаратилган ҳаракатларга йўл қўймаслик сўралади. Олий аттестация комиссияси томонидан илмий даражалар бериш жараёнлари амалдаги тартиб асосида давом эттирилади ҳамда белгиланган муддатларда барча мурожаатлар қонунчилик талаблари асосида кўриб чиқилади. ОАК Ахборот хизмати 🌐@PHD_ADMIN
2027-yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim kvotalari tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. 🌐@PHD_ADMIN
Dissertatsiya himoyasisiz ilmiy daraja berilishi mumkin(mi)!? @ilmiy_darajali_kadrlar 🌐@PHD_ADMIN
видео или голосовое, без подписи
Oliy ta'limdan keyingi ta'limga hujjat topshirish bo'yicha videoyo'riqnoma (Xorijiy fuqarolar uchun ham mo'ljallangan, o'zbek va ingliz tillarida) @ilmiy_darajali_kadrlar 🌐@PHD_ADMIN
📄Диссертация ва диссертация авторефератини расмийлаштириш қоидалари 🌐@PHD_ADMIN
Mustaqil izlanuvchilik (PhD va DSc) uchun nimalar talab etiladi? Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirishni rejalashtirayotganlar uchun asosiy talablar: 🎓 PhD (mustaqil izlanuvchilik) ✔️ Magistr diplomi ✔️ Kamida 1 ta ilmiy maqola ✔️ Tegishli yo‘nalish bo‘yicha kamida 2 ta tezis ✔️ Suhbat 🎓 DSc (mustaqil izlanuvchilik) ✔️ PhD (yoki unga tenglashtirilgan) diplomi ✔️ Ilmiy daraja olgandan so‘ng kamida 3 ta ilmiy maqola ✔️ Ilmiy daraja olgandan so‘ng tegishli yo‘nalish bo‘yicha kamida 2 ta tezis ✔️ Suhbat ✔️ Doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi Eslatma: Hujjatlarning bir qismi davlat axborot tizimlari orqali avtomatik olinadi, qolganlarini esa belgilangan tartibda yuklash talab etiladi. @ilmiy_darajali_kadrlar 🌐@PHD_ADMIN
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun❗️❗️❗️ - tayyorlangan dissertatsiya boʻyicha eʼlon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 15 tadan kam boʻlmasligi; - ulardan ilmiy nashrlarda kamida 10 ta maqola, ulardan 1 tasi tegishli fan tarmogʻi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida eʼlon qilingan boʻlishi kerak. @ilmiy_darajali_kadrlar 🌐@PHD_ADMIN
Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻĝrisida. 26.05.2026-y. PF-98 ♻️@ilmiy_darajali_kadrlar 🌐@PHD_ADMIN
2026-yil may oyida xalqaro va respublika miqyosida o'tkaziladigan ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar ro'yxati❗️ Joriy yilning may oyida jami 133 ta ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar o'tkazilishi rejlashtirilgan bo'lib, shundan xalqaro miqyosdagi tadbirlar soni 93 tani,respublika miqyosdagi tadbirlar soni esa 40 tani tashkil qiladi. 🔽📩 https://anjumanlar.uz/ sayti orqali anjumanlarning axborot xati bilan tanishish va ishtirok etish uchun maqola yuborish imkoniyati mavjud. 👉@ilmiy_darajali_kadrlar 🌐@PHD_ADMIN
Ariza topshirish yoʻriqnomasi 👉 @ilmiy_darajali_kadrlar 🌐@PHD_ADMIN
🤖 TADQIQOTCHI UCHUN TOP-3 "AI" YORDAMCHI ChatGPT ilmiy ish uchun har doim ham to‘g‘ri kelmaydi. U sizga yo‘q maqolalarni "to‘qib" berishi mumkin. Haqiqiy olimlar ishlatadigan 3 ta ishonchli vositani saqlab oling: 1️⃣ Consensus (Fact-Checking) Bu — olimlar uchun Google. Savol berasiz, u minglab maqolalarni o‘qib, sizga xulosa va haqiqiy iqtiboslarni (Link) chiqarib beradi. 👉 Sayt: consensus.app 2️⃣ DeepL (Professional Tarjima) Google Translate’dan 3 barobar aqlli. Ilmiy matnlarni, terminlarni buzmasdan tarjima qiladi. Maqolangizni ingliz tiliga o‘girishda tengsiz. 👉 Sayt: deepl.com 3️⃣ Connected Papers (Adabiyotlar zanjiri) Bitta zo‘r maqola topdingizmi? Bu sayt unga aloqador barcha boshqa maqolalarni "o‘rgimchak to‘ri" shaklida topib beradi. 👉 Sayt: connectedpapers.com ©️Dilmurod_Akbarov 🌐@PHD_ADMIN
🎯 BEPUL ONLINE WEBINAR 📚 Mavzu: Amaliy misollar asosida ekonometrikaga kirish. 👩🏫 Mentor: Dr. Behzod Alimov - Germaniya va Italiya xalqaro tajribasiga ega tadqiqotchi. Ekonometrika, mikroiqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili bo‘yicha 10 yildan ortiq tajribaga ega iqtisodchi va ekspert. 🧠 Webinarda nimalarni o‘rganasiz? - Stata dasturidan oson foydalanish - Ilmiy maqolalarda eng ko‘p ishlatiladigan modellar - Qo‘rqinchli sonlarsiz ekonometrik tahlilning mohiyati - Ma’lumotlar (data) bilan ishlashni to'g'ri boshlash - Scopus & WoS talablariga to‘liq moslashtirish 🤔 Qanday yo‘nalishdagi tadqiqotchilar uchun? - Biznes - Ekonomika - Ijtimoiy fanlar - Lingvistika - Filologiya va boshqalar... 🗓 Sana: 10.01.2026 (shanba) ⏰ Vaqt: 20:00 📍 Format: Onlayn (ushbu yopiq telegram kanalda bo'lib o'tadi) 💰 Ishtirok: Bepul Siz ham faqat nufuzli jurnallarda nashr qiling! ✍️ Ma'lumot uchun: 🧑💻 @Hivecourses_admin 🧑💻 @Hivecourses_admin2 📞 +998 90 957 01 90 🌐@PHD_ADMIN
🎯 BEPUL ONLINE WEBINAR 📚 Mavzu: Ilmiy maqolangizni sun’iy intellekt yordamida yozib nashr qiling. 👩🏫 Mentor: Dr. Zebo Kuldasheva - PLOS One (USA) jurnalining akademik muharriri, jurnal redaktorining o’zidan maqolangizda plagiat chiqmasligi uchun ChatGPT, Gemini, DeepSeek, OpenAI va shu kabi sun’iy intellektlardan tadqiqot maqsadida qanday qilib to’g’ri foydalanishni o’rganib maqola yozish jarayonini osonlashtiring. 📌 Webinar - barcha yo’nalishdagi taqdidotchilar uchun mo’ljallangan! 🧠 Webinarda nimalarni o‘rganasiz? -AI yordamida tez va professional ilmiy maqola yozish -Adabiyotlar tahlilini (Literature Review) AI bilan samarali bajarish -AI yordamida annotatsiya, kirish va metodologiya bo‘limlarini yaratish -AI orqali qilingan xatolar va plagiatdan saqlanish -Scopus & WoS talablariga to‘liq moslashtirish 🗓 Sana: 20.12.2025 (shanba) ⏰ Vaqt: 20:00 📍 Format: Onlayn 💰 Ishtirok: Bepul 🔗 Ro‘yxatdan o‘ting 🌐@PHD_ADMIN
Yakka tartibdagi reja qanday tuziladi? Yakka tartibdagi reja doktorant faoliyatini tartibga soluvchi asosiy hujjat. Asosiy 5 qoida: - mavzu va maqsad aniq bo‘lsin. Dissertatsiya mavzusi, maqsadi va kutilayotgan ilmiy natijalar yoziladi; - bosqichlar belgilanadi, soatlar emas. Tadqiqot, yozish, maqola va himoyaga tayyorgarlik muddatlar bilan rejalashtiriladi; - natijaga yo‘naltiriladi. “Qachon nima topshiriladi” aniq bo‘ladi, boblar, maqolalar, hisobotlar; - iIm va amaliyot bog‘lanadi. Agar ish faoliyati tadqiqotga xizmat qilsa, bu rejaning tabiiy qismi hisoblanadi; - birgalikda tasdiqlanadi. Reja doktorant + ilmiy rahbar + tashkilot tomonidan kelishilib tasdiqlanadi. Agar rejada qat’iy ish vaqti belgilanmagan bo‘lsa, doktorant bo‘sh vaqtini mustaqil boshqaradi. Bu qonunchilikka zid emas. Yakka tartibdagi reja taqiq emas, aniqlik va erkinlik muvozanati. ✅ @scientific_servicess
Maqola va tezis o'rtasidagi farqlar quyidagilardan iborat: 1. Hajmi Maqola: Ko'pincha to'liq ilmiy yoki tadqiqot ishlarini yoritib beradi. Odatda uzunroq bo'lib, 5-20 bet yoki undan ortiq bo'lishi mumkin. Bunda tadqiqot natijalari, metodologiya, tahlil va xulosa kengroq ko'rib chiqiladi. Tezis: Qisqa, mazmunan ixcham formatda yoziladi. Odatda bir yoki ikki bet bo'lib, ilmiy konferensiyalarda nutq qilish uchun asosiy g'oyalarni qisqa va to'liq ifodalaydi. 2. Tuzilishi Maqola: Aniq tuzilishga ega: kirish, tadqiqot metodologiyasi, natijalar, muhokama va xulosalardan iborat. Maqolalarda chuqur tahlil va izlanishlar bilan birgalikda batafsil dalillar keltiriladi. Tezis: Tezisda faqat asosiy g'oyalar va eng muhim dalillar qisqacha ko'rsatiladi. To'liq metodologiya yoki chuqur tahlil kiritilmaydi. 3. Maqsad Maqola: Maqsad ilmiy hamjamiyatga yangi bilimlar qo'shish, muayyan masala yoki mavzuni kengroq yoritishdir. Tezis: Maqsad tadqiqotning asosiy fikrlarini qisqa formatda yetkazish va konferensiya yoki anjumanda taqdim qilish uchun mo'ljallangan. 4. Nashr joyi Maqola: Odatda ilmiy jurnallarda, ilmiy to'plamlarda yoki nashrlarda chop etiladi. Tezis: Tezislar odatda ilmiy konferensiyalarda, seminarlarda taqdim etiladi va ularning materiallari anjuman to'plamlarida chop etiladi. 5. O'rganish darajasi Maqola: To'liq tadqiqot ishiga asoslangan bo'lib, chuqur ilmiy izlanishlar bilan bog'liq bo'ladi. Tezis: Tezis asosan kelajakda to'liq maqola yoki tadqiqotning qisqacha bayoni bo'lib xizmat qiladi. @scientific_servicess 🔗Telegram
#foydali 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 📑 Patent va guvohnoma olish tartibi haqida ma’lumot. Intellektual mulk markazi tomonidan tayyorlangan. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
MONOGRAFIYA nima va uni qanday yozish kerak?✏️ 🖋Monografiya maqola va dissertatsiyadan nimasi bilan farq qiladi? 🗂Monografiyaning tuzilishi va umumiy talablari; ✍️Monografiya qaysi uslubda yoziladi? ✍️Dissertatsiya yoki turkum maqolalar asosida monografiyani tez va muvaffaqiyatli yozish bo‘yicha tavsiyalar. ✅Ps: Ushbu ma'lumotni hamkasblar va boshqa ilmiy doiradagi insonlarga ham yuborib qo'ying. @Science_technical_PhD 🔗Telegram
#foydali 🟠 Oliy ta'limdan keyingi ta'limga hujjat topshirish bo'yicha videorolik 🟠 Hujjat topshirish uchun sayt havolasi: https://daraja.ilmiy.uz ❗️Qabul joriy yilning 5-noyabrigacha davom etadi. 🔗Telegram
Dissertatsiya yozishda eng katta xato – “oxirida hammasini birlashtiraman” deb o‘ylash. Ko‘pchilik izlanuvchilar dissertatsiya ustida ishlashni “ma’lumot to‘plash – yozish – formatlash” ketma-ketligida tasavvur qiladi. Natijada oxirgi oylar tinimsiz stress, uyqusizlik va chalkash hujjatlar bilan o‘tadi. Eng samarali yondashuv – “parcha-parcha” usuli Bu usulni Nature va Elsevier’ning ilmiy yozuv bo‘yicha mutaxassislari tavsiya qiladi: 1. Har bir bobni tugatgach, darhol formatlang GOST/APA bo‘yicha manbalarni yozing, Jadval, rasm, havolalarni to‘g‘rilang, til va imlo xatolarini tekshirib chiqing. 2. Bibliografiyani “so‘nggi ish” emas, “doimiy jarayon” sifatida yuriting, har manbani topgan zahoti EndNote, Zotero yoki Mendeley’ga kiriting, avtomatik havola qo‘yishni yoqing (bu 30% vaqtni tejaydi). 3. “Draft” arxivini yarating, har bobning alohida “xom” versiyasi bo‘lsin, qachonlardir qaytib ishlash uchun materialni yo‘qotmaysiz Stanford University tadqiqotiga ko‘ra, dissertatsiyani “parcha-parcha” usulida tayyorlagan tadqiqotchilar o‘rtacha 5–6 oy tezroq himoyaga chiqadi va redaktsiya xatolari 40% kamroq bo‘ladi. Dissertatsiya – bu bir martalik sprint emas, kichik marafonlar ketma-ketligidir. Har bob – alohida g‘alaba. Bugundan boshlab bob-bob qilib ishlashni boshlang – kelajakdagi o‘zingiz sizga rahmat aytadi. @scientific_servicess 🔗Telegram