Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc
Статистика@ILM_NUR_2020 - илм-фан ва тадқиқотларга оид маълумотлар билан танишиб боришингиз мумкин. Биз билан алоқа учун - @Ilmga_yordam_bot
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 20
- Всего постов
- 175
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Познавательное (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 3 220
- 1/48двое суток
- 3 690
- 1/72трое суток
- 3 979
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
XORIJDA O'QISH UCHUN YETAKCHI DASTURLAR 1.Erasmus+ (Yevropa Ittifoqi): Erasmus+ Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan dastur boʻlib, Yevropa davlatlari oʻrtasida talabalar va xodimlarning harakatchanligini qoʻllab-quvvatlaydi. 2. Fulbright Program (Amerika Qo'shma Shtatlari): Fulbright dasturi AQSh hukumati tomonidan homiylik qilinadigan asosiy xalqaro ta'lim almashinuvi dasturidir. 3.DAAD (Germaniya Akademik almashinuv xizmati): DAAD xalqaro talabalar uchun Germaniyada o‘qishga keng ko'lamli stipendiya va grantlarni taklif etadi. 4. AIESEC Exchange Program: AIESEC notijorat tashkilot bo‘lib, yoshlar almashinuv dasturlari va amaliyot o‘tashlariga yordam beradi. 5. ISEP (International Student Exchange Programs): ISEP 50 dan ortiq mamlakatlardagi 300 dan ortiq universitetlardan iborat tarmoq boʻlib, talabalar almashinuvi dasturlarini osonlashtiradi. Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020🔗
Imkoniyat bor. Ingliz tili esa yana to‘sqinlik qilyaptimi? Grant. Internship. Ilmiy ish. Konferensiya. Interview... Siz o‘z sohangizda mutaxassissiz. Lekin ingliz tilida o‘zingizni kerakli darajada ifodalay olmayapsiz... Fikr bor — lekin gapni tez tuzolmaysiz. Savol bor — lekin javobni ingliz tilida qurish qiyin. Bilim bor — lekin uni to‘liq ko‘rsatish qiyin. Sizning imkoniyatlaringiz ingliz tilidagi darajangiz bilan belgilanmasligi kerak. Kanalimizda maxsus B1–B2 darajadagi diagnostik test bor. ✔️ Testni topshiring — hozirgi darajangizni bilib oling va uni qanday oshirish bo‘yicha shaxsiy tahlil oling! B1–B2 darajangizni 10 daqiqada tekshiring → [TEST]
15 iyuldan 15 avgustgacha boʻlgan
03.00.00 - Biologiya fanlari bo'yicha bepul top 5 jurnal PLOS Biology - Bu jurnal biologiya fanlarining barcha yo'nalishlarini qamrab oladi. BMC Biology - yuqori sifatli biologiya fanlariga oid maqolalarni taqdim etadi. eLife - biologiya va biotibbiyot sohalarida ilmiy maqolalarni ochiq kirish asosida chop etadi. Frontiers in Biology - platformasida chop etiladigan bu jurnal biologiya fanlari bo'yicha keng ko'lamli mavzularni qamrab oladi va ochiq kirish asosida maqolalarni taqdim etadi. Journal of Biological Research - Thessaloniki - Ushbu jurnal biologiya fanlarining turli yo'nalishlaridagi maqolalarni taqdim etadi va ochiq kirish asosida bepul o'qish va yuklab olish imkoniyatini beradi. Ushbu jurnallar biologiya fanlari bo'yicha ilmiy maqolalarni bepul o'qish va yuklab olish imkoniyatlarini taqdim etadi. Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
E - version booklarni(ingliz va rus tillarida) osonlik bilan topsa bo'ladigan bir qancha saytlarni havola qilib o'tmoqchimiz. Kitobni nomini va muallifini yozasiz va sizga bir kitobni bir nechta variantini chiqarib beradi: pdf, epub, mobi, doc va hokazo. 1. Pdfdrive.com 2. Fb2bookfree.com 3. Yourpdfs.com 4. Allbooksworld.com Qayta ogohlantirish! Yuqoridagi manbaalar orqali faqat ingliz va rus tilidagi kitoblarni topishingiz mumkin! Kanalga ulanish @ILM_NUR_2020
⏳ MAQOLA VA TEZISLAR QABULI YAKUNLANISHIGA ATIGI 4 KUN QOLDI! 🔥 ILMIY ISHINGIZNI 50% CHEGIRMA BILAN NASHR ETTIRING! 🌐 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 📚 «YANGI ILMIY MAKON: FANLARARO IZLANISHLAR, GLOBAL MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLI YECHIMLAR» ACADEMIC RESEARCH PUBLISHER professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va soha mutaxassislarini konferensiyada ishtirok etishga taklif qiladi. 🎁 17-AVGUSTGA QADAR 50% MAXSUS CHEGIRMA! 🇺🇿 80 000 so‘m o‘rniga — 40 000 so‘m 🇺🇸 6,73 USD o‘rniga — 3,37 USD 🇷🇺 544 RUB o‘rniga — 272 RUB 📅 Konferensiya sanasi: 2026-yil 18-avgust 📍 Ilmiy makon: Toshkent — London 📖 Format: dasturiy chiqishlarsiz, elektron ilmiy to‘plam shaklida 🌐 Tillar: o‘zbek, rus va ingliz tillari 🔬 KONFERENSIYA SHO‘BALARI: 1️⃣ Tabiiy va aniq fanlar 2️⃣ Geografiya, geologiya, ekologiya va Yer haqidagi fanlar 3️⃣ Axborot texnologiyalari va raqamli innovatsiyalar 4️⃣ Texnika, muhandislik va ishlab chiqarish fanlari 5️⃣ Tibbiyot, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash 6️⃣ Qishloq xo‘jaligi, veterinariya va oziq-ovqat texnologiyalari 7️⃣ Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari 8️⃣ Filologiya, san’at va madaniyat tadqiqotlari 9️⃣ Iqtisodiyot, moliya, boshqaruv va xizmat ko‘rsatish 🔟 Ijtimoiy-gumanitar, huquqiy va siyosiy fanlar ⏰ Qabulning oxirgi kuni: 17-avgust 📚 Elektron to‘plam nashri: 20–21-avgust 🎓 HAR BIR ISHTIROKCHIGA: ✅ maqola yoki tezisning elektron ilmiy to‘plamda nashri; ✅ elektron sertifikat; ✅ konferensiya to‘plamiga DOI; ✅ materiallarning Zenodo va OpenAIRE platformalarida joylashtirilishi taqdim etiladi. 🤝 Konferensiyadan tushgan mablag‘larning 1 foizi xayriya ishlariga yo‘naltiriladi. 📤 MATERIALLARNI YUBORISH: ✈️ Telegram: @academic_s_p 📧 E-mail: conference_a_r_p@internet.ru 🌐 Sayt: academscience.com 📢 Academic Research Publisher rasmiy kanali 🚀 Ilmiy tadqiqotingizni xalqaro ilmiy maydonda ommalashtiring! 50% chegirmadan foydalanish va materialingizni nashrga topshirish uchun atigi 4 kun qoldi! ▫️https://t.me/academic_research_publisher
⚡️ Tadqiqot ishiga o‘z hissangizni qo‘shing Sizga havola etilayotgan ushbu so‘rovnoma “Tarix fanini o‘qitishda geymifikatsiya asosida tarixiy tafakkurni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi doirasida tayyorlandi. Mazkur so‘rovnoma orqali tarix ta’limida geymifikatsiya elementlaridan foydalanish, uning tarixiy tafakkurni rivojlantirishdagi o‘rni hamda bu yo‘nalishdagi metodik yondashuvlarni takomillashtirish masalalari o‘rganiladi. Ilmiy tadqiqotning mazmunli va ishonchli bo‘lishida sizning fikringiz, munosabatingiz hamda so‘rovnomadagi ishtirokingiz muhim ahamiyat kasb etadi. So‘rovnomada faol ishtirok etib, tadqiqot ishiga o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘raymiz. ✅ So'rovnoma ishtrok etish uchun havola: https: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScJFRAYmfbohDhKznxs2YFYD3c243obC9yWNG_8SSuuWdOrqg/viewform?usp=publish-editor 🔬Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
AI dissertatsiya yoza olsa, demak bunday tadqiqotlar kerak emasmi? Menimcha, asosiy masala bunda emas. Bugungi AI modellari ilmiy matn yozish, adabiyotlarni tahlil qilish, konsepsiyalarni solishtirish, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va hatto murakkab tadqiqot dizaynlarini shakllantirish darajasiga yetdi. Buni inkor qilish qiyin. Ammo bundan “AI yoza oladigan tadqiqotlar bizga kerak emas” degan xulosa chiqmaydi. Chunki ilmiy tadqiqotning asosiy mahsuloti matn emas, balki yangi, asoslangan va tekshiriladigan bilimlardir. Dissertatsiyaning qiymati uning necha bet yozilgani yoki matnni kim tayyorlaganida emas, balki tadqiqotchi qanday muammo qo‘ygani, qanday dalillar bilan ishlagani, nima uchun aynan shu metodologiyani tanlagani, natijalarini qanday tekshirgani va mavjud bilimga qanday real hissa qo‘shganida namoyon bo‘ladi. ✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
#filologiya_fanlari #bepul_scopus ‼️Quyida filologiya fanlari bo'yicha bepul, Scopus ma'lumotlar bazasida indekslangan jurnallar 3L: Language, Linguistics, Literature: Q1 Veb-sayti: https://ejournal.ukm.my/3l Journal of Language and Linguistic Studies: Q3 Veb-sayti: link Language in India: Q4 Veb-sayti: http://www.languageinindia.com/ Studies in Second Language Learning and Teaching: Q2 Veb-sayti: https://pressto.amu.edu.pl/index.php/ssllt Revista de Lingüística y Lenguas Aplicadas: Q3 Veb-sayti: https://polipapers.upv.es/index.php/rdlyla Journal of Literary Studies: Q2 Veb-sayti: https://www.tandfonline.com/toc/rjls20/current Language Documentation & Conservation: Q1 Veb-sayti: http://nflrc.hawaii.edu/ldc/ Poznań Studies in Contemporary Linguistics: Q2 Veb-sayti: https://www.degruyter.com/view/j/psicl Revista Signos: Q3 Veb-sayti: https://www.revistasignos.cl/index.php/signos Open Linguistics: Q2 Veb-sayti: https://www.degruyter.com/journal/key/OPLI/html ✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
❓Ёш олимларни қисқа муддатли илмий стажировкаларга юборишда қандай талаблар белгиланган? ✅Стажировка ўташга мутахассислик фани ва хорижий тилларни ўзининг иш фаолиятини амалга оширишда зарур бўлган даражада биладиган, ёши 20 дан 40 гача бўлган номзодлар юборилади. (Асос: Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 19 апрелдаги «Илмий ва инновацион фаолият билан шуғулланиб келаётган иқтидорли ёшларни қўллаб-қувватлаш чора-тадбирлари тўғрисида»ги 222-сон қарори ҳамда мазкур қарор 2-иловаси «Ёш олимларни етакчи хорижий илмий ташкилотларга қисқа муддатли илмий стажировкаларга юбориш тартиби тўғрисида Низом» 6-банди). Каналга уланиш @ILM_NUR_2020
#Диққат ‼️❌⚖️Ходимга тўланган ортиқча иш ҳақи қайтариб олинмайди Меҳнат кодексига асосан, иш берувчи томонидан ходимга ортиқча тўланган иш ҳақи (шу жумладан, иш берувчи томонидан қонунчиликни нотўғри қўллаш натижасида қилинган тўловлар) ходимдан қайтариб олиниши мумкин эмас. Бундан фақат иккита ҳолат мустасно: 1. Ҳисоб-китобда хатолик ўтган бўлса (масалан, математик хато: 2*2 = 5 деб ҳисоблаб юборилса); 2. Ходимнинг айбли ҳаракатлари натижасида (масалан, ходим томонидан сохта ҳужжатлар тақдим этилган бўлса). Бошқа барча ҳолатларда, агар иш берувчи ўз хатоси билан кўп пул тўлаб юборган бўлса, бу маблағ ходимнинг мулки ҳисобланади. Бу муҳим маълумотни ишчи-ходим яқинларингизга ҳам улашинг! ✅ @ILM_NUR_2020 🔗
#Islomshunoslik_fanlari_oak_jurnal_ilm_nuri 24.00.00 - Islomshunoslik fanlari bo‘yicha 92 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 24.00.00 - Islomshunoslik fanlari buyicha jurnallar. ✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
💡 OAK jurnallarini izlayapsizmi? Ilmiy maqola chop ettirmoqchi bo‘lgan tadqiqotchilar, magistrantlar, doktorantlar va o‘qituvchilar uchun foydali kanal! 🎓 📱 @jurnallarOAK kanalida: ✅ OAK va xalqaro OAK ro‘yxatidagi jurnallar ✅ Iqtisodiyot, tarix, biologiya va ijtimoiy fanlar bo‘yicha ilmiy jurnallar ✅ Mahalliy va xorijiy ilmiy nashrlar ✅ Ilmiy konferensiyalar va anjumanlar ✅ Nashr uchun foydali ma’lumotlar va yo‘riqnomalar ✅ Jurnal va konferensiyalar yangiliklari 🔎 Kerakli jurnalni izlashni osonlashtiring! 👉 @jurnallarOAK — ilmiy nashrlar haqida kerakli ma’lumotlar bir joyda! 📖
⏳ BUGUN MAQOLA VA TEZISLAR QABULINING OXIRGI KUNI — MAXSUS CHEGIRMA! 🌐 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 📚 «ILM-FAN VA INSONIYAT TARAQQIYOTI: ZAMONAVIY MUAMMOLAR, TADQIQOTLAR VA ISTIQBOLLI YECHIMLAR» ACADEMIC RESEARCH PUBLISHER professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar, magistrantlar, talabalar va amaliyotchi mutaxassislarni konferensiyada ishtirok etishga taklif qiladi. ❗️BUGUN — 11-AVGUST MAQOLA VA TEZISLARNI QABUL QILISHNING OXIRGI KUNI! 🎁 So‘nggi kun munosabati bilan maxsus chegirma: 🇺🇿 70 000 so‘m o‘rniga — 50 000 so‘m 🇺🇸 5,84 USD o‘rniga — 4,17 USD 🇷🇺 465 RUB o‘rniga — 332 RUB Chegirma faqat bugun yuborilgan maqola va tezislar uchun amal qiladi. 📅 Konferensiya sanasi: 2026-yil 12-avgust 📍 London — Toshkent 📚 Elektron ilmiy to‘plam nashri: 14–15-avgust 🌐 Format: dasturiy chiqishlar va an’anaviy yig‘ilishlarsiz, elektron ilmiy to‘plam shaklida 🔬 KONFERENSIYA SHO‘BALARI: 1️⃣ Fundamental va tabiiy fanlar 2️⃣ Yer haqidagi fanlar, ekologiya va barqaror rivojlanish 3️⃣ Texnika va muhandislik fanlari 4️⃣ Axborot texnologiyalari va raqamli transformatsiya 5️⃣ Tibbiyot va sog‘liqni saqlash 6️⃣ Qishloq xo‘jaligi, veterinariya va oziq-ovqat xavfsizligi 7️⃣ Iqtisodiyot, moliya va boshqaruv 8️⃣ Huquq, davlat boshqaruvi va xalqaro munosabatlar 9️⃣ Ta’lim, pedagogika va psixologiya 🔟 Ijtimoiy-gumanitar fanlar, til, madaniyat va san’at 🌐 Materiallar o‘zbek, rus, ingliz, qozoq, qirg‘iz va turk tillarida qabul qilinadi. 📝 ASOSIY TALABLAR: • Ilmiy maqola hajmi kamida 5 bet; • Microsoft Word, Times New Roman, 14 o‘lcham, 1,5 interval; • Annotatsiya va kalit so‘zlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida; • Adabiyotlar GOST talablari asosida rasmiylashtirilishi lozim. 🎓 ISHTIROKCHILARGA: ✅ maqola yoki tezisning elektron konferensiya to‘plamida nashri; ✅ QR-kodli elektron sertifikat; ✅ materialni tahririy va texnik tayyorlash xizmati; ✅ elektron ilmiy to‘plamdan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. ❤️ Konferensiyadan tushgan mablag‘larning 1 foizi og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarning davolanishi va reabilitatsiyasini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. 📨 MAQOLA VA TEZISLARNI YUBORISH: ✈️ Telegram: @academic_r_p 📧 E-mail: academicsciencepublishing@gmail.com 🌐 Sayt: https://academscience.com/ 📢 Rasmiy kanal: https://t.me/academic_research_publisher 📣 Ilmiy ishingizni maxsus chegirma asosida nashr ettirishga ulguring — materiallar qabuli bugun yakunlanadi! ▫️https://t.me/academic_research_publisher
📚 Kitobdan kitob yaraladi. Bu fikrni eshitganlar bormi?! Bir qarashda bu jumla g‘alati eshitilishi mumkin. Go‘yo bir kitob ikkinchisining takrori degandek. Aslida esa ilm-fanning tabiati ham shunda: hech bir jiddiy asar mutlaq bo‘shliqdan paydo bo‘lmaydi. Har bir olim kitob yozar ekan, undan oldin yozilgan o‘nlab, ba’zan yuzlab asarlar bilan suhbatga kirishadi. Bir kitobdan g‘oya oladi, boshqasidan metod, yana biridan tuzilma, savol qo‘yish usuli yoki tahlil mantig‘ini o‘rganadi. Ba’zan esa bir muallifning fikriga qo‘shilmaslikning o‘zi yangi kitob yozishga sabab bo‘ladi. Shu ma’noda, kitobdan kitob yaraladi. Nyutonning mashhur iborasi bor: “Agar men uzoqroqni ko‘rgan bo‘lsam, bu gigantlar yelkasida turganim uchundir.” Ilmda ham shunday. Bugungi tadqiqotchi kechagi olimlar yaratgan bilim poydevori ustida turadi. Muhimi — g‘oya olish bilan ko‘chirishni adashtirmaslik. Ko‘chirish — birovning fikrini o‘ziniki qilib ko‘rsatish. Ilmiy vorisiylik esa — mavjud fikrni o‘rganish, unga savol berish, uni boshqa nuqtadan ko‘rish, rivojlantirish va yangi ilmiy natijaga olib chiqishdir. Aslida yaxshi kitob o‘quvchiga faqat bilim bermaydi. U yangi savol tug‘diradi. Yangi savol esa yangi izlanishga, yangi maqolaga, ba’zan esa yangi kitobga olib keladi. Shuning uchun olimning kutubxonasi shunchaki kitob saqlanadigan joy emas. U — yangi g‘oyalar tug‘iladigan ustaxona. Bir kitobni o‘qiysiz — bir fikr uyg‘onadi. Ikkinchisini o‘qiysiz — o‘sha fikrga qarshi dalil topasiz. Uchinchisini o‘qiysiz — masalaga boshqa rakursdan qaraysiz. Oxirida esa sizning o‘z ilmiy pozitsiyangiz shakllanadi. Demak, masala “Kimdan g‘oya oldingiz?” degan savolda emas. Asosiysi, “Olingan g‘oyaga siz nima qo‘shdingiz?” Chunki ilmda mutlaqo hech kim aytmagan gapni aytish har doim ham yangilik emas. Ba’zan haqiqiy yangilik — avval aytilgan fikrlar orasida boshqalar ko‘rmagan bog‘lanishni ko‘ra olishdir. 📖 Kitobdan kitob yaraladi. Ammo yaxshi kitob oldingi kitobning nusxasi emas — uning davomi, munozaradoshi yoki undan bir qadam oldinga tashlangan fikr bo‘lishi kerak. ✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
‼️Инсон айниқса, олим шахс(агар олим бўлса) ўзидан презерватив сифатида фойдаланишларига йўл қўйиши унинг асл жойи "чиқиндихона" эканлигини кўрсатади. Буни фақат ташлаб юборилганда ҳис этади. #кунҳикмати 🚀Каналга уланишни унутманг @ILM_NUR_2020
⚡Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 04.00.00 - Geologiya-mineralogiya fanlari buyicha jurnallar bilan tanishing. Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020🔗
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha dunyo miqyosida yuqori baholangan va bepul (open access) jurnallar: Oxford Open Economics: Bu jurnal Oxford University Press tomonidan chop etiladi va iqtisodiyotning turli sohalarini qamrab oladi. Economies: MDPI tomonidan chop etiladigan ushbu jurnal rivojlanish iqtisodiyoti va makroiqtisodiyot sohalarida tadqiqotlarni qamrab oladi. Journal of Economic Structures: SpringerOpen tomonidan chop etiladigan ushbu jurnal iqtisodiy tuzilmalar, iqtisodiy dinamikalar va iqtisodiy siyosat bo‘yicha tadqiqotlarni qamrab oladi. Economic Thought: World Economics Association tomonidan chop etiladigan ushbu jurnal iqtisodiyot, ekonometriya va moliya sohalarida tadqiqotlarni nashr qiladi. Quantitative Finance and Economics: AIMS Press tomonidan chop etiladigan ushbu jurnal matematik moliya, miqdoriy moliya, iqtisodiy dinamika, ekonometriya va xavf tahlili sohalarida tadqiqotlarni qamrab oladi. Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
XORIJDA O'QISH UCHUN YETAKCHI DASTURLAR 1.Erasmus+ (Yevropa Ittifoqi): Erasmus+ Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan dastur boʻlib, Yevropa davlatlari oʻrtasida talabalar va xodimlarning harakatchanligini qoʻllab-quvvatlaydi. 2. Fulbright Program (Amerika Qo'shma Shtatlari): Fulbright dasturi AQSh hukumati tomonidan homiylik qilinadigan asosiy xalqaro ta'lim almashinuvi dasturidir. 3.DAAD (Germaniya Akademik almashinuv xizmati): DAAD xalqaro talabalar uchun Germaniyada o‘qishga keng ko'lamli stipendiya va grantlarni taklif etadi. 4. AIESEC Exchange Program: AIESEC notijorat tashkilot bo‘lib, yoshlar almashinuv dasturlari va amaliyot o‘tashlariga yordam beradi. 5. ISEP (International Student Exchange Programs): ISEP 50 dan ortiq mamlakatlardagi 300 dan ortiq universitetlardan iborat tarmoq boʻlib, talabalar almashinuvi dasturlarini osonlashtiradi. Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020🔗
📢 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYAGA TAKLIF! 🌍 “ILM-FAN VA INSONIYAT TARAQQIYOTI: ZAMONAVIY MUAMMOLAR, TADQIQOTLAR VA ISTIQBOLLI YECHIMLAR” ACADEMIC RESEARCH PUBLISHER nashriyoti professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar, magistrantlar, talabalar va amaliyotchi mutaxassislarni xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif qiladi. Konferensiya turli fanlar doirasidagi zamonaviy muammolarni fanlararo yondashuv asosida tahlil qilish, yangi ilmiy natijalarni ommalashtirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda insoniyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi istiqbolli yechimlarni ilgari surishga qaratilgan. 📅 Konferensiya sanasi: 2026-yil 12-avgust 📍 London – Toshkent 📥 Maqola va tezislar qabulining oxirgi kuni: 11-avgust 📚 Elektron ilmiy to‘plam nashri: 14–15-avgust 🌐 Format: dasturiy chiqishlar va an’anaviy yig‘ilishlarsiz, konferensiya materiallari elektron to‘plami shaklida 🔬 KONFERENSIYA SHO‘BALARI: 1️⃣ Fundamental va tabiiy fanlar 2️⃣ Yer haqidagi fanlar, ekologiya va barqaror rivojlanish 3️⃣ Texnika va muhandislik fanlari 4️⃣ Axborot texnologiyalari va raqamli transformatsiya 5️⃣ Tibbiyot va sog‘liqni saqlash 6️⃣ Qishloq xo‘jaligi, veterinariya va oziq-ovqat xavfsizligi 7️⃣ Iqtisodiyot, moliya va boshqaruv 8️⃣ Huquq, davlat boshqaruvi va xalqaro munosabatlar 9️⃣ Ta’lim, pedagogika va psixologiya 🔟 Ijtimoiy-gumanitar fanlar, til, madaniyat va san’at 🌐 Materiallar quyidagi tillarda qabul qilinadi: O‘zbek, rus, ingliz, qozoq, qirg‘iz va turk tillarida. 📝 ASOSIY RASMIYLASHTIRISH TALABLARI: • Ilmiy maqola hajmi kamida 5 bet bo‘lishi; • Matn Microsoft Word dasturida tayyorlanishi; • Times New Roman, 14 o‘lcham, 1,5 qator oralig‘i; • Annotatsiya va kalit so‘zlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida berilishi; • Foydalanilgan adabiyotlar GOST talablari asosida rasmiylashtirilishi; • Materialda tegishli sho‘baning raqami va nomi ko‘rsatilishi lozim. 📌 Batafsil texnik talablar namunaviy axborot xatida keltirilgan. 🎓 ISHTIROKCHILARGA TAQDIM ETILADI: ✅ Ilmiy maqola yoki tezisning elektron konferensiya to‘plamida nashr qilinishi; ✅ Muallif uchun QR-kodli elektron sertifikat; ✅ Materialning tahririy va texnik jihatdan tayyorlanishi; ✅ Konferensiya materiallari elektron to‘plamidan foydalanish imkoniyati. 💳 ISHTIROK ETISH TO‘LOVI: 🇺🇿 O‘zbekistonlik mualliflar uchun — 70 000 so‘m 🌍 Xorijiy mualliflar uchun — 5,84 USD yoki 465 RUB ❤️ ILM-FAN EZGU MAQSAD YO‘LIDA! Konferensiyadan tushgan mablag‘larning 1 foizi xayriya maqsadlariga, jumladan, gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan hamda tug‘ma yurak nuqsonlari bilan tug‘ilgan bolalarning davolanishi va reabilitatsiyasini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. 📨 MAQOLA VA TEZISLARNI YUBORISH: ✈️ Telegram: @academic_r_p 📧 E-mail: academicsciencepublishing@gmail.com 📢 Academic Research Publisher rasmiy Telegram kanali 🌐 Nashriyotning rasmiy veb-sayti 📣 Tadqiqot natijalaringizni xalqaro ilmiy maydonda ommalashtiring, yangi ilmiy aloqalarni rivojlantiring va insoniyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ilmiy tashabbuslarning bir qismiga aylaning! ▫️https://t.me/academic_research_publisher