tgindex
Iqtisodchi Kundaligi

Iqtisodchi Kundaligi

Статистика

Behzod Hoshimov Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/ YouTube: https://www.youtube.com/hoshimoviqtisodiyoti Uzbekonomics - podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics Bog'lanish: @iqtisodfeed_bot Reklama: @lightman_acc

Последний пост
13:58
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
9
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Видео
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
33 122
−50 за 3 дн.
Сутки
−30
−0,09%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
9 327
25 постов
Вовлечённость
28,2%
к подписчикам
Постов в день
1,3
всего 26
Упоминаний
38
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
7 133
1/48двое суток
8 174
1/72трое суток
8 816

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 13:582 6158815

    видео или голосовое, без подписи

  • 14 авг.4 7479165из sariqdev

    Startup ekotizimi haqida tanqidiy fikrim. Balki men adashayotgandurman, fikringizni izohlarda kutaman 👇 @sariqdev

  • 14 авг.5 281244

    Octobank xalqaro hisob-kitoblar uchun valyutalar turini 16 taga yetkazdi Tashqi savdo bilan shug‘ullanuvchi kompaniya uchun xorijiy hamkor bilan shartnomani aynan uning valyutasida bajarish qulaylikdan ham ko‘ra, hisob-kitoblarni soddalashtirish va operatsion jarayonlarni yanada tezlashtirish imkonini beradi. Shu nuqtayi nazardan, Octobankning xalqaro hisob-kitoblar uchun valyutalar sonini 16 taga yetkazgani biznes uchun qiziqarli imkoniyat. Endilikda bankning yuridik shaxs bo‘lgan mijozlari G16 doirasidagi valyutalarda konversion operatsiyalarni amalga oshirishi va xalqaro to‘lovlarni o‘tkazishi mumkin. Ro‘yxatda Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq, Shimoliy Amerika va Osiyo-Tinch okeani mintaqalarining valyutalari bor: AED, CNH, SGD, EUR, GBP, CHF, PLN, CZK, SEK, NOK, DKK, CAD, MXN, AUD, NZD va JPY. Masalan, Xitoydan mahsulot olib kirayotgan kompaniya CNHda, BAAdagi hamkor bilan AEDda, Yevropadagi kontragent bilan esa EUR yoki boshqa tegishli valyutada hisob-kitob qilishi mumkin. Shuningdek, bu operatsiyalarni Octobank internet-banking orqali onlayn amalga oshirish mumkin. Ya’ni konversiya va xalqaro to‘lovlar uchun filialga borish shart emas. Xalqaro savdo geografiyasi kengayib borayotgan bir paytda biznes uchun bunday moliyaviy infratuzilmaning rivojlanishi tabiiy ravishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki yangi bozorga chiqish faqat mahsulot yoki hamkor topish bilan emas, balki ular bilan qulay hisob-kitob qila olish bilan ham bog‘liq. Reklama

  • 13 авг.удалён 14 авг.

    видео или голосовое, без подписи

  • 12 авг.8 51031520

    Aytmoqchi, Alifboni Turkchadek qilmoqchi bo’lganlar, “j” harfini ham turkchadek “c” bo’lishini xohlasharmikan? Masalan jomiy so’zi camii de, “jonim” emas “canim” deb yozishadi. Ya’ni c va ç qilishni asosiy manosi - turkchada c harfini manosi borligi - dum “j” ni “ch” qiladi. Bizdagi o’sha “ng” muammosi kabi bo’ladi. Dumli va dumsiz “s” bo’ladi lekin faqat dumli “c” bo’ladimi? Dumsiz “c” ni nima qilamiz?

  • 12 авг.8 0243518

    Startap uchun eng muhim resurs nima: mahsulotmi yoki kapital? Amalda ikkalasi ham muhim. Lekin ayniqsa AI kabi katta xarajat va tavakkal talab qiladigan yo‘nalishlarda mahsulotni rivojlantirish, jamoani saqlab qolish va bozorga chiqish uchun dastlabki investitsiya katta rol o‘ynaydi. Shu jihatdan, President AI Award 2026 qiziqarli imkoniyat. Tanlov faqat sun’iy intellektga asoslangan startaplar uchun tashkil etilgan bo‘lib, unda kamida ishlaydigan MVP’ga ega loyihalar qatnashishi mumkin. Loyihalar davlat boshqaruvi, sanoat va tadbirkorlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, yashil iqtisodiyot va agrotexnologiyalar yo‘nalishlarida baholanadi. Dastlab 25 ta startap akseleratsiya dasturiga saralanadi. Yakunda 15 ta jamoa investitsiya oladi: har bir yo‘nalishda 1-o‘rin uchun 100 ming, 2-o‘rin uchun 60 ming, 3-o‘rin uchun 40 ming dollar ajratiladi. Menimcha, tanlovning qiymati faqat pulda emas. Akseleratsiya, mentorlik va investorlar bilan ishlash imkoniyati startapning keyingi bosqichga chiqishiga ham yordam beradi. MVP tayyor bo‘lsa, arizani ortga surishning hojati yo‘q. Arizalar 15-avgustgacha awards.gov.uz platformasi orqali qabul qilinadi. Reklama

  • 11 авг.8 061597

    Hududlar yetkazib berishning yangi markaziga aylanmoqda 📈 Hali bir necha yil avval ovqat yetkazib berish asosan Toshkent bilan bog‘liq edi. Endi esa hududlar poytaxtdan tezroq o‘smoqda, so‘nggi bir yil ichida buyurtmalar soni esa 80% dan ortiqqa oshdi. Restoran bozori qanday o‘zgarayotgani va qaysi shaharlarda eng yuqori o‘sish kuzatilayotgani haqida Yandex Go Taomlar yetkazib berish servisi rivojiga bag‘ishlangan to‘liq materialda o‘qing. Reklama

  • 11 авг.8 1381553

    Juda qiziq suhbat ekan: https://youtu.be/WFE0r2xG4W4?si=T7Lt9YaaQnPnE3nY

  • 11 авг.9 10815117

    Bu yaxshi taklif emas. O'zi O'zbekistonda chet elliklar ishlashi uchun imkoniyatlar o'ta cheklangan va to'g'risi, chet el fuqarolarini ishlatish o'ta o'ta qiyin. Byurokratiya shunchalik qiyinki, korxonani chetga olib chiqish arzonroqqa tushadi. Hatto yetakchi korxonalar va hatto davlat universitetlari ham chet ellik ishchilarni ishlatishga qiynalishadi - resursi kam korxonalar esa deyarli chet ellik ishchilarni ishlata olishmaydi. Qozog'iston yoki Amirliklarda bu narsa ancha osonroq. Shundoq ham o'ta to'silgan mehnat bozorimizni raqobatsiz qilish - yaxshi ish bo'lmas edi. Men teskari taklif bergan bo'lar edim, chet elliklarni O'zbekistonga kelishi, ishlashi, yashashi va eng muhimi kelajakda fuqaro bo'lishi imkoniyatlari yengillashishi kerak. https://t.me/the_bakiroo/13051

  • 9 авг.7 53937921из uzbekonomics

    O'zbekistonda elektromobillarni ommalashtirish, uni sotib olayotganlarga yengillik bo'lsin degan yaxshi niyat bo'lsa avvalambor uni kreditga sotib olayotganlarga foiz xarajatlarini byudjetdan qoplab berish emas, balki shu elektromobillarga bo'lgan barcha import boj va yig'imlarni olib tashlash to'g'ri va foydaliroq bo'ladi. Byudjetga ham, iste'molchiga ham, bozorga ham. @uzbekonomics

  • 7 авг.12,3 тыс17116

    Xitoyning birinchi o‘rinda qolayotgani tasodif emas 2026-yilning birinchi yarmida Xitoy yana O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkori bo‘ldi. Ikki davlat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 9,5 mlrd dollarni tashkil qildi. Taqqoslash uchun, Rossiya bilan bu ko‘rsatkich 7 mlrd, Qozog‘iston bilan esa 2,8 mlrd dollar bo‘lgan. Qizig‘i, besh oy yakunida Xitoy bilan savdo aylanmasi 7,7 mlrd dollar edi. Demak, faqat iyun oyining o‘zida bu ko‘rsatkich qariyb 1,8 mlrd dollarga oshgan. Menimcha, bu yerda eng qiziq narsa raqamning o‘zi. Ba’zida iqtisodiy hamkorlik haqida siyosiy yoki hissiy bahslar ko‘payadi. Lekin savdo statistikasida hissiyot bo‘lmaydi. Tadbirkor qayerdan arzonroq, sifatliroq va foydaliroq mahsulot topsa, o‘sha tomonga boradi. Shu ma’noda, tashqi savdo raqamlari iqtisodiyotning haqiqiy afzalliklarini ko‘proq ko‘rsatadi.

  • 6 авг.11,3 тыс6810из andanotherday

    O‘zbekistonda lotin alifbosidan 1929-yilda emas, 1927-yildayoq foydalana boshlangan Lotin alifbosining cho‘zilib ketgan islohotiga bag‘ishlangan 2024-yilgi longridimda O‘zbekistonda lotin yozuviga ilk bor 1929-yilda o‘tilganini yozgandim. Ha, rasman o‘tish aynan o‘sha yili e’lon qilindi — shunday bo‘ldi. Biroq, ma’lum bo‘lishicha, sovet hukumati lotin grafikasini joriy etishga birinchi urinishni 1927-yildayoq amalga oshirgan ekan. Vaholanki, arab yozuvidan lotin yozuviga o‘tish zarurligi haqida jadidlar Abdurauf Fitrat va Botu 1921-yildanoq gapirib kelishgan. Ilgari noma’lum bo‘lgan bu ma’lumotlarni YPIP dasturi ishtirokchilari Dilsora Tosheva va Guliruhsor Mannonova bilan birga arxivdagi gazeta maqolalarini o‘rganayotganimizda tasodifan bilib oldik. 1927-yil yanvarda Obliispolkom o‘zbek alifbosini lotinlashtirish bo‘yicha maxsus qo‘mita tuzdi, unga 22 kishi kirdi. Unga Sha. Abdurasulov ismli kishi raislik qilgan. 5-fevraldayoq Eski shaharda (maqolada gap Samarqand haqida ketayotgan bo‘lsa kerak) sovet hokimiyati lotin grafikasini o‘rgatuvchi kurslar ochishni buyuradi va ularga 40 kishi yoziladi. Bitiruvchilar “yangi alifbo bo‘yicha savodsizlikni tugatuvchilar” sifatida tayyorlangan, deyiladi “Pravda Vostoka” gazetasida. Bunday to‘garaklar Toshkentning Eski shahar qismida ham ochilgan va ularning a’zolari lotin yozuvida devoriy gazetalar chiqargan. “Pravda Vostoka”ning yozishicha, yangi alifbo bilan tanishtiruv Eski Toshkentning barcha maktablarida o‘tkazilgan. Biroq lotin yozuvidagi kitoblar va davriy nashrlar yo‘qligi sababli bu kampaniya ommaviy tus ololmagan. Foto: “Pravda Vostoka” gazetasining 1927-yil 8-fevral sonida e’lon qilingan “Madaniyat yo‘li” devoriy gazetasidan olingan illyustratsiya. @andanotherday

  • 6 авг.9 6995820

    Ipoteka bank: bir yilda foyda 43% ga o‘sdi “Ipoteka bank OTP Group” 2026-yil birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra 1,24 trln so‘m* sof foydaga ega bo‘ldi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 43% ni tashkil qildi. Bunday moliyaviy natija ortida nima turadi? Daromadlilik. Sof foyda yiliga 43% ga o‘sib, 1,24 trln so‘mni tashkil qildi, ROE esa 26,2% ga yetdi, ya’ni bank kapitali yuqori daromad keltirmoqda. Kapitallashuv. Xususiy kapital 20% ga – 9,5 trln so‘mgacha o‘sdi. Bunda 22% li CAR tartibga solish talablari borasida kapitalning qulay zaxirasi mavjudligiga ishora qiladi. Portfel sifati. Xatar qiymati atigi 0,1% ni tashkil qildi, bu kredit yo‘qotishlarining darajasi past ekani va samarali xatarlar boshqaruviga dalolat qiladi. Mijoz samaradorligi. Yil davomida NPS 24 f.b.ga o‘sdi va 66% ga yetdi, bu “Ipoteka bank”ni mijozlar sadoqati bo‘yicha bank sektorining yetakchi o‘rinlariga olib chiqdi. Natijada “Ipoteka bank” zarar bilan ishlashdan foyda ko‘rishga o‘tdi va bank sektori daromadliligi o‘sishining asosiy drayverlaridan biriga aylandi. *Barcha moliyaviy ko‘rsatkichlar Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS)ga muvofiq taqdim etilgan. Batafsil Reklama

  • 5 авг.12,7 тыс78275

    Hokim uyga kelib tintuv o’tkazishi- noqonuniy narsa. Politsiyani chaqirish kerak. Tintuv va so’roq faqat sud qarori bilan amalga oshirilishi mumkin. Sud qarorisiz tintuv qilish - jinoyat. Jinoyatga jazo bo’lishi kerak.

  • 3 авг.9 61118213из uzbekonomics

    Jamiyatimizda va o'zbek tilidagi axborot makonida kirill yozuvining qamrovi haligacha juda keng ekan. U nafaqat 30 yil o'tib saqlanib qolgan, balki faol ishlatilmoqda ham ekan. Menimcha, alifbo masalasidagi asosiy muammolardan biri aynan shu edi. Alifbo va til islohoti deyilganda men, avvalo, kirilldan batamom voz kechib, jamiyatni amaldagi lotin yozuviga to‘liq o‘tkazish haqida gap ketadi, deb o‘ylagandim. U o'tish uchun Sh bilan Ch halaqit qilmayotgan edi masalan, jiddiy bo'laylik. Kirill qamrovini sezish uchun O'zbekistonda kundalik hayotda axborot-kommunikatsiyaning mutlaq yetakchisi bo'lgan manbaga ya'ni Telegramga qarashning o'zi yetarli. Shu yerda pauza olib, o'zingiz o'qiydigan kanallarga bir ko'z yuriting, ayniqsa kattaroq avlod egalari. Barmoq bilan ishora qilish yoki ayblash uchun emas, shunchaki misol tariqasida olaylik. O'zbek tilida yozadigan, obunachisi va o'qishlar bo'yicha birinchi o'rinda turuvchi va 1 milliondan ko'p obunchasi bor Kun.uzning asosiy telegram kanali ham, millionga yaqin obunachisi bor bloglar ham, 400 minglab obunchasi bor bo'lgan eng katta futbol blogerlari/sharhlovchilar ham, Milliy axborot agentligi ham, va telegramdagi boshqa 100-200 minglab obunchasi bor bo'lgan bloger va yangilik kanallari shu kungacha kirillda yozib kelishar ekan. Tabiiy savol tug'iladi: nega? Men ular amaldagi lotinga faqat ataylab yoki qasddan o'tmagan, demoqchi emasman. Aksincha, demak, kirilldagi kontentga talab bor. Millionlab odam bu kanallarni bekorga o'qimaydi. Ehtimol, kontent yaratuvchilarning o'zi lotinda yozishga qiynalar. Balki ularning auditoriyasi lotinda o'qishga qiynalar. Har qanday holatda ham aholining axborotni eng faol yaratadigan va iste'mol qiladigan qatlamida kirill hali ham keng tarqalgan va unga ehtiyoj mavjud. Buning ta'siri faqat sovet davrida maktabga borgan avlod bilan cheklanib qolmaydi. Ya'ni kirillda yozadigan yirik kanallar faqat kirillda savod chiqargan tengdoshlariga murojaat qilmayapti. Masalaning boshqa muhim tomoni ham bor - ular kirillda yanada ko'proq yozilishiga va ishlatilishiga yangi talabni ham uyg'otishmoqda. Mustaqillikdan keyin tug'ilgan, maktabda lotin yozuvida savod chiqargan yoshlar ham eng yaxshi futbol blogini, eng tezkor yangilik kanalini, parlament xabarlarini yoki davlat idorasining rasmiy sahifasini kuzatmoqchi bo'lsa, ko'pincha kirillda o‘qishga majbur bo'ladi. Ya'ni maktab bolaga lotinda savod beradi, jamiyat esa uni baribir kirillni o'rganishga va undan foydalanishga majbur qiladi. 1991-yildan keyin tug'ilganlarning ham kirillda blog yuritishi, yozishi, va o'qishi bunga dalil. Shunday ekan, asosiy muammo amaldagi lotin alifbosida Sh yoki Ch borligidami? Yoki 30 yil davomida lotinni jamiyatning haqiqiy, yagona va ustun yozuviga aylantira olmaganimizdami? Hozirgi lotinga 30 yil davomida o'tmagan odam yangi lotinga ertaga nimaga o'tishi kerak? Uni shu paytgacha kirillda ushlab turgan sabab Sh va Ch bo'lganiga qanday dalil bor? Hech qanday. Hech kim kafolat bermaydi, yuqorida tilga olingan va mutlaqo barcha ertadan kirilldan lotinga o'tadi deb. Baribir kirillda yozaverishadi, ayniqsa buni oqlayotganlar ko'pchilikni dumli Sh va Chga ro'para qilib o'zlari kirillda davom etaverishadi. O'tishga majburlangan taqdirda ham qiynaladi, yozuvchi ham o'quvchi ham. Aksincha, baribir kirill qulay ekan deb battar ommalashishi mumkin. Hozir amalda ikki yozuv - kirill va lotin yonma-yon yashayotgan bo'lsa, ertaga uchta yozuv paydo bo'ladi. Avval mavjud va juda katta muammoni - kirill va lotinning 30 yildan beri parallel yashayotganini hal qilmay turib, lotinning o'zini yana ikkiga bo'lish va parallel yashaydigan uch yozuvni yaratish qanchalik oqilona degan savol o'rinli. @uzbekonomics

  • 3 авг.11,3 тыс1438

    Filadelfiyadagi Mustaqillik saroyi. Bu yerda AQSh mustaqilligi deklaratsiyasi va muhimi - AQSh konstitutsiyasi qabul qilingan.

  • 1 авг.10,1 тыс19821из uzbekonomics

    "Vahima qilyapsiz, bor-yo'g'i 2-4 ta harf o‘zgaryaptiku", "masalani chuqur o‘rganmay, yuzaki fikrlayapsiz", ham deyishadi. Albatta, aynan yuzaki! Men avval eng yuzada ko'rinadigan (lekin baribir muhim bo'lgan), hayolimga kelgan muammolarni sanadim, misol keltirdim: email, aviachipta, pasportdagi MRZ, ism-familiyaning turli bazalarda turlicha yozilishi, uzilgan avlodlar vhkz. Chunki bularni sodda misolda tushuntirish mumkin. Lekin o'sha aytilganidek chuqurroq kiradigan bo‘lsak, inobatga olinmagan va yanada jiddiy masalalari ham bor. Son-sanoqsiz. Bir misol keltiraman. Qo'rqmasdan "bu o'zgarishning hech qanday xarajati bo'lmaydi" deyilgan shiorlarni ko'rdim. Xarajat degani faqat yangi kitob chiqarishga, bannerni almashtirishga ketgan buxgalterlik chiqim tushinilmaydi. Asosiy xarajatlar ko'zga ko'rinmaydigan, o'lchab bo'lmaydigan va o'sha o'g'ziga urilayotgan iqtisodchilarning tilida aytiladigan opportunity cost orqali bo'ladi. Deylik yangi alifboga o'tildi. Kimlar birinchi frontda turibdi, kimlar o'tishga majbur bo'ladi? Byudjetdan oylik oladiganlar. O'zi o'qituvchi bilan shifokorni paxta dalasidan zo'rg'a chiqarib olgandik. Ularning mehnat unumdorligiga qayta tiklanmas darajada ziyon keltirilgandi. Endi ularning vaqtini yana asosiy ishidan olib, foydasi hali aniq o'lchanmagan, balki o'ylanmagan yangi ma'muriy kampaniyaga sarflamoqchimiz. Ular o'zi nima deb o'ylaydi, masalan? O'qituvchilar yangi qoidani avval o'zi o'rganadi, darslik va materiallarini moslashtiradi, bolalarga o'rgatadi, yillar davomida eski va yangi lotindagi yozuvlarni tekshiradi. Shifokor, bank xodimi yoki davlat xizmatchisi esa ism-familiya va hujjatlardagi turli yozuvlarni solishtirishga, xatolarni tuzatishga va bazalarni moslashtirishga vaqt sarflaydi. Bir odam uchun bu bir necha daqiqadek ko'rinadi. Lekin bir necha daqiqa millionlab odamga, yuz minglab xodimga va minglab tashkilotga yuklansa, bu mehnat unumdorligiga yaxshigina soliq bo‘ladi. Bu shunchaki ikki harfni yodlab olish emas. Bu - maktablar, shifoxonalar, banklar, universitetlar, davlat idoralari va xususiy bizneslarga yana bir o'tish davrini, mehnat unumdorligi solig'ini yuklashdir. Dasturchilar yangi mahsulot yaratish o'rniga eski va yangi yozuvlarni bog‘laydigan tizimlar, translitlar yozib o'tiradi. Tashkilotlar bir xil ma'lumotni uch xil yozuvda, databaseda saqlaydi. Fuqarolar esa xato chiqsa, o'zi bir odam ekanini idorama-idora yurib isbotlaydi. Shuning uchun "bor-yo'g‘i to'rtta harf" degan gapning o'zi yuzaki fikr. Harf to'rtta bo'lishi mumkin. Ammo u tegadigan hujjat, tizim, ish jarayoni va insonlar soni millionlab. Men vahima qilmayapman. Men chin dildan, oddiy savol beryapman: Bu o'zgarishdan olinadigan aniq va o'lchangan foyda, jamiyat zimmasiga tushadigan vaqt, xato, muvofiqlashtirish va unumdorlik xarajatidan, mehnat unumdoriligiga bo'lgan soliqdan kattami? Hozircha bunga jiddiy javob ko‘rmadim. Chunki u yo'q. Bo'lsa ham ha katta deb ko'rsatishsa gap bo'lishi mumkin emas edi. @uzbekonomics

  • 1 авг.10,9 тыс18918

    Alifbo o’zgarishidagi muammolarni oshirib yuboryapsizlar deb yozishibdi menga. Menimcha, teskarisi, yetarli darajada bu qanchalar yomon narsa ekani haqida gapirmayapmiz. Haqiqatdan bunday katta buzg’unchi qarorlar qabul qilinmaganiga ancha bo’lgan edi. Alifbo o’zgarishi, menimcha, kirilcha yozuvni uzoq qolib ketishi uchun eng samarali vosita. Shuning uchun ham kirilchadan o’ta olmagan odamlar hali ham buni tarafdori.

  • 1 авг.8 31641из uzbekonomics

    ​​Xullas, TL;DR qiladigan bo'lsam: @uzbekonomics

  • 1 авг.9 26915823из uzbekonomics

    Alifbo islohoti haqida savol bersam, gapirsam, yozsam darrov meni "o'zgarishga qarshi", "eski alifboni, eski xatoni himoya qilyapti" yoki "tilshunos emassiz, jim turing" degan toifaga chiqarayotganlar ham bor. Avvalo, men hozirgi alifboni ideal, tarixan to'g'ri yoki juda qulay deb himoya qilmayapman. Unda muammolar bordir, ba'zi texnik asoslar yo'q emasdir. Mening asosiy gapim boshqa: uzluksizlik, avlodlar orasidagi yozuv uzilishi va pichoqqa ilinadigan foydasi ko'rsatilmagan o'zgarishning xarajatlari haqida. Gap buxgalterlik xarajatida emas faqat. Men maktabga hozirgi lotin alifbosida borgan avlodman. Biz shu alifboda savod chiqardik, kitob o'qidik, imtihon topshirdik, hujjatlar oldik. Ism-familiyalarimiz pasport, diplom, hujjat, bank, universitet va barcha bazalarga Sh va Ch bilan kirdi. Hozirgi lotin alifbosida savod chiqargan va ta'lim olganlar soni 20 milliondan ortiq bo'lishi mumkin. Endi esa bizga "alifbo bugungi avlod uchun, sizlarga emas, keyingi asr uchun" deyishmoqda. To'g'ri, alifbo bir avlod uchun emas. Lekin bu bugungi avlodni hisobdan chiqarib qurbon qilib yuborish mumkin degani ham emas. Kelajakni qurish har safar oldingi avlodning savodini sindirib, hammasini yangidan boshlash degani emas. Eng qizig'i, Ch ni o'rniga dumli C yozaylik deb faol himoya qilayotganlarning aksariyati shu kungacha, shu daqiqagacha asosan kirillda yozadi va o'qiydi-da "yangi alifbo uzil-kesil tasdiqlansa, o'shanda lotinga o'tamiz" deydi. Bu qanday mantiq? Sizlar 30 yildan beri amaldagi lotinga to'liq o'tmadingiz. Endi o'tmaganingizning aybini Sh va Ch dan ko'ryapsizmi? Davlat yangi alifboni qonun bilan tasdiqlashi mumkin. Maktablar, davlat idoralari va rasmiy hujjatlarda uni majburiy standart qilishi ham mumkin. Lekin qonun qabul qilinishi bilan millionlab odamlar ertasi kuni yozuv odatini o'zgartirib qolmaydi. Til odati buyruq bilan o'zgarmaydi. Agar o'zgarganda ham o'sha hozirgacha kirilda yozadigan va yaqinda kirilgan o'tganlar amaldagi qonunga itoat qilib lotinga allaqachon o'tgan bo'lishar edi. Davlat ertaga Sh ni o'rniga dumli S yoz desa hamma birdaniga o'tmaydi, 30 yilda ham o'tmaydi. O'tmasa hech kim kelib qamab qo'ymaydi, bu sud hukmi emaski ertadan hamma bo'ysinadigan. Bojxona tartibi o'zgarsa boj to'laysiz, sud sizga jarima to'la desa to'laysiz, boj qo'yilsa to'laysiz, hammani itoat qildiradigan kuchi bor. Til unday ishlamaydiku. Til standartini e'lon qilish oson. Jamiyatning uni amalda qabul qilishi boshqa masala. Masalan, bugun barcha hujjatlarida: Sherzod Choriyev deb yozilgan odam yangi imloda: Şerzod Çoriyev bo‘ladi. Pasportning mashina o'qiydigan MRZ qismida, tagida esa: SERZOD CORIYEV bo'ladi, u yerda diaktrik harflar bo'lmaydi. Natijada: Sherzod Choriyev - eski pasport, diplom, viza va bank bazalarida. Şerzod Çoriyev - yangi o'zbek imlosida. SERZOD CORIYEV - yangi pasportning mashina o'qiydigan qismida. Turk Havo yo'llari ham yo'lovchilarga maxsus belgisi bor ismlarni belgisiz yozishni so'raydi, Şerzod deb yozmaysiz, Serzod deb yozasiz bilet olayotganda. Aeroport ham Serzodni o'qiydi. Odam uchun bularning barchasi bir shaxs. Kompyuter uchun esa ular turli odamlar bo‘lishi mumkin. Bankdagi KYC, kredit tarixi, ilmiy maqolalar, mulk va kompaniya registrlari bu variantlarni avtomatik ravishda bir shaxs deb taniydimi? Eski hujjatlar amal qilaveradi - bunga javob emas. Hujjatning qonuniy kuchda qolishi boshqa, mamlakat va tashkilotlardagi axborot tizimlarining uni to'g'ri tanishi boshqa. Texnologiya o'z-o'zidan moslashmaydiku. Uni odamlar moslashtiradi. Dasturchi algoritm yozadi, bank bazasini yangilaydi. Davlat eski va yangi ma'lumotlarni bog'lash bilan band bo'ladi. Xato chiqsa, fuqaro idorama-idora yurib, o'zi bir odam ekanini isbotlaydi, qog'ozlarini ko'tarib yuradi. Bularning barchasi xarajat. Buxgalterlik xarajat haqida gapirmadim hali. Email adresda, domainda Şni yoza olmaysiz. Ismingiz Şerzod Çoriyev bo'lsa ham email adresni faqat yoki sherzod.choriyev@gmail.com deb yozasiz yoki serzod.coriyev@gmail.com. Veb sahifa domenida ham faqat A-Z bo'ladi, ya'ni ŞerzodÇoriyev.com bo'lmaydi.