tgindex
Lingvist Iroda Azimova

Lingvist Iroda Azimova

Статистика
@psixolingvistКнигиузбекский

Psixolingvistika, neyrolingvistika ILMIY yo‘nalishlariga oid kuzatuvlar, tahlillar

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
52
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
4 012
−8 за 3 дн.
Сутки
−2
−0,05%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 964
40 постов
Вовлечённость
49,0%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 52
Упоминаний
20
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
981
1/48двое суток
1 124
1/72трое суток
1 212

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #yo‘l-yo‘lakay #mulohaza #1 Sahar soat uch-to‘rtda xamir qorishga turgan, ishlarini bitirib shundoqqina novvoyxona oldida, daraxt soyasidagi eski divanda un yuqi kiyimlari bilan uxlab yotgan novvoy bolaning uyqusi eng go‘zal uyqu emasmi... #2 Yasharkanmiz, o‘zimizni o‘zimizga ko‘rsatgimiz keladi, nimagadir erishib, eʼtirof eshitgimiz keladi, toki... toki boshqa elementar ehtiyojlarimiz o‘z-o‘zidan ravo bo‘lib turgan ekan... Toki jonimiz og‘rimayotgan ekan, toki oilamiz xotirjam ekan va hkz. Ammo dard bilan yuzma-yuz qolib, yagona ehtiyojimiz organizmimizning beog‘riq ishlab ketishi bo‘lar ekan, anglab yetamizki, bizga titullar kerakmas... eʼtiroflar kerakmas... vaay shuncha qiynchilikka/dardga sabr qipti deb, bizga qoyil qolishlari kerakmas... Bizga shunchaki marhamat kerak... Men mayli loyiq emasdim, ojiz edim, xatolarim ko‘p edi, lekin Alloh menga marhamat qildi, meni u mushkul vaziyatdan o‘zi qutqardi — shu... shu asl ehtiyojimiz... Qiyinchilik, dardning shunisi muhimki, ularning oloviga yolg‘onlar dosh berolmaydi... Alloh hammamizga marhamat qilsin... @psixolingvist

  • 10 авг.1 421642

    #kitob #mulohaza Instagramda rasmlar to‘plamingdan kitob rasmini qo‘y degan chaqiriqqa labbay deb javob berib, galereyamga kirdim. A-ha... Menda kitobning usti emas, asosan ichi rasmga olingan ekan. Agar qasddan, kimgadir ko‘rsatish, hikoyaga qo‘yish uchun olmagan bo‘lsam, kitobning ustini rasmga olmas ekanman demak. O‘zi shu ko‘p kitob o‘qish masalasida oxirgi vaqtda maqtana olmayman. Sabablari ko‘p. Birinchisi, ilmiy maqola o‘qiyman ko‘proq. Bu ishim, faoliyatim bilan bog‘liq. Dam olish uchun ilmiy maqola o‘qimayman, albatta. Ikkinchisi, badiiy yo avtobiografik asar o‘qisam, tugatmasdan boshqa ish qila olmayman. Miyamning bir chekkasida o‘chmagan chiroq bo‘lib turaveradi. Bu esa boshqa asosiy ishlarimdan chalg‘itadi. Ko‘pincha, kitobni ikki urinishda uzluksiz o‘qib tugataman. Uchinchisi, bu kam kitob o‘qishimning eng asosiy sababi bo‘lsa kerak - o‘sha kitobdagi tafakkur tarzi miyamda maʼlum vaqt hukmronlik qiladi. Va bu menga yoqmaydi. Bu xuddi uyingga birov kirib xo‘jayinchilik qilganday... @psixolingvist

  • 8 авг.1 8819018

    #mulohaza Ijtimoiy tarmoqda bir videoga ko‘zim tushdi: tasavvur qiling, Allohning huzurida turibsiz, degan gap bilan boshlangan. Va bu gap hayotimiz, umrimizning masʼuliyati qanchalik katta ekanligini yana bir marta eslatdi... O‘tkir Muhammadsobirning "Sen meni shunchaki yaratganing yo‘q, shunchaki yashashni men odat qildim" degan satrlari yodimga tushdi. Baʼzan dunyoning kengligi, 8 milliarddan biri ekanimiz, umrimiz o‘tkinchiligi tasavvurida balki biz o‘z umrimizni ahamiyatsiz ko‘ramiz. Yo‘q, umrimiz ahamiyatli. Har birimizning hayotimiz qadrli. Bir g‘arblik olim aytgan edi, odamzot yer yuzida paydo bo‘lganidan beri genlarning chatishuvida necha millionlab ehtimollik bor, shuncha ehtimollik ichida sizning tug‘ilganingiz sizning tanlangan ekaningizni bildiradi deb. O‘zimga eslatma bo‘ldi. Sizga ham ilindim. @psixolingvist

  • 6 авг.1 8861106из muhrim2022

    Instagram’da shu nominatsiya trendga chiqayotganmish

  • 6 авг.2 1388818

    Hamid Sodiq men nihoyatda hurmat qiladigan mutaxassis va vatan farzandi. Ertalabdan ushbu fikrini o‘qib, o‘ylanib qoldim. Xususan, "Zamonaviy inson uchun turizm muvaffaqiyat belgisi". Rostdan ham shunday, ammo bunga olib kelgan sabablar talaygina nazarimda. Birinchisi, biz "har qanday chet el men yashayotgan joydan yaxshiroq" degan qarash singdirilgan xalqmiz. Ha, mustamlaka bo‘lganimiz buning asosiy sababi. Ikkinchidan, bizda sayohat faqatgina boylar o‘ziga ravo ko‘ra oladigan dabdaba edi yaqin-yaqingacha. O‘rtahol oilalar bu haqida hatto orzu qilishga jurʼat qilmasdi. Uchinchidan, mentalitetimizda dam olish, bayram qilish bekorchilik bilan tenglashtirilgan. Masalan, bolaligimda Navro‘z bayrami kuni nuqul o‘n uch sotixlik shudgorimizga pomidor ko‘chati ekish bilan o‘tkazganmiz. Uyda mehnat, ish qilinmagan vaqt bu ovqatlanish, kechki ovqat paytida televizor ko‘rishdan boshqa narsa bo‘lmagan. Shu kontekstda dam olishga pul sarflab sayohatga chiqish bu salkam jinoyatday qaralgan. Eslayman, mustaqil o‘z oilam bilan birinchi sayohatga ketayotganimizni aytganimda atrofimdagilar bir oz hayron bo‘lishgan, shuncha pul sarflab zarilmi, deyishgan. O‘sha sayohatgacha mening barcha chet el safarlarim o‘qish uchun bo‘lgan edi. Lekin shunday bo‘lsa-da, birinchi marta chet elga borganimda bu psixik holatimga shunaqa ijobiy taʼsir qilganki, odamlar bekorga dam olish uchun chetga sayohat qilishmas ekan, deb o‘ylaganman. Men esa sayohatni yoqlayman. Mayli, birovlarga ko‘z-ko‘z qilish uchun bo‘lsa ham. Chunki insonning ko‘rgan muhiti faqat o‘z mamlakati bilan cheklansa, butun dunyo shunaqa degan tasavvurni shakllantiradi. Bu esa tafakkurni biryoqlama qilib qo‘yadi. Chet mamlakatlarni ko‘rgan odamda shu tafakkur ochiladi. Tafakkur erkinlashadi. Chetga o‘qishga borayotganimda deyarli doim Moskva orqali uchganman. U yerda baʼzan uch-to‘rt kun qolishimga to‘g‘ri kelgan. Moskvada juda ko‘p narsa o‘zimiz bilan bir xil edi. Undan Barselonaga yoki Berlinga yetib borganimdagi taassurotim mutlaqo farqli bo‘lgan. Boshqa tabiat, boshqa tizim. Shu sabab post-sovet hududi menga sayohat uchun jozibador tuyulmaydi. Yaʼni farq bo‘lishi muhim. Sayohatlarni qanchalik sevmay, eng yoqimli joyi doim "Biz Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndik. Mahalliy vaqt bilan soat falon, tashqarida havo harorati piston daraja" degan gapni eshitish bo‘lgan. O‘sha hissiyotni boshdan kechirish uchun ham albatta sayohat qilish kerak. @psixolingvist

  • 5 авг.1 5948013

    #ijtimoiy Bugun jizzaxlik bloger qizning tungi soat uchda o‘zi boshqarayotgan avtomobilda daraxtga urilib vafot etgani bo‘yicha xabar chiqdi. Alloh rahmatiga olsin. Taqdir, ajal... Inson hamma narsadan ibrat olishi, fikrlashi va xulosa chiqarishi muhim. Bu hodisada eʼtibor qilinishi kerak bo‘lgan juda muhim ikki jihat bor: 1. Halokat tunda sodir bo‘lgan. Tunda miyamiz kunduzi ishlaganday ishlamaydi. Uyg‘oq bo‘lish yuz foiz hushyor bo‘lishni taʼminlamaydi. O‘zimizga hushyorday tuyulishimiz, nazoratni eplayotganday ko‘rinishimiz mumkin. Hammasi o‘zimga bog‘liq, jiddiy eʼtibor qilsam eplayman deb o‘ylashimiz mumkin. Lekin biz bir organizm, mavjudotmiz. Iroda kuchimizning o‘zi bilan yashay olmaymiz. Bizning mavjudligimizni kislorod, yorug‘lik, suv, ovqat kabi qator moddiy narsalar va ular bilan bog‘liq tanamizda kechadigan metabolik jarayonlar hal qiladi. Tun uxlash uchun. Inson sog‘lom bo‘lishi, mashina haydashday murakkab jarayonlarni yaxshi nazorat qila olishi uchun o‘zini to‘laqonli uyqu bilan taʼminlashi kerak. 2. Telefon syomkasiga chalg‘igan bo‘lishi mumkin degan taxminlar bir necha manba tomonidan aytildi. AQSHlik bir neyroxirurgga mobil telefonlardan chiqadigan nurning inson miyasida saraton keltirib chiqarishi haqida savol berishganda, bu uchun dalil mutlaqo yo‘qligini aytib, davomidan shunday degan edi: smartfonlarning inson hayotiga xavf solayotgani bu ulardan mashina haydab ketayotgan vaqtda foydalanish. Aynan shu sabab eng ko‘p o‘limga olib kelgan. Izoh beraman, bu postni rahmatli qizni muhokama qilish niyatida yozmadim. Alloh rahmatiga olsin, joylari jannatdan bo‘lsin.U yosh, bilmagan, anglab yetmagan, xavf-xatarni ko‘ra olmagan. Yosh joniga achindim.  Shunday bilmaganlar bo‘lsa, shu jihatlarga eʼtibor qilishsin. Ikkala jihatga ham g‘oyat jiddiy qaralishi kerak. @psixolingvist

  • 5 авг.1 703906

    Xalq raqamli ijodi Hokimlar uy bekalarining uy tutishini qaqshatqich tanqid ostiga olib, hatto tahqirlashga o‘tib ketgan videolaridan keyin ijtimoiy tarmoqlarda xalqning reaksiyasidan zavqlanyapman, to‘g‘risini aytsam. Instagramda ko‘rganim —ayrimlarini keltiraman. Bittasi "Hokim kep qolmasin deb qo‘rqqanimdan kirlargacha yuvib tashladim. Qizim qo‘rqqanidan hovli supuryapti. Lekin uyimiz remont bo‘layotgandi-da, ishqilib jarimaga tortmasmikan" Boshqasi, "Men ahmoq, qaynopalarimdan qo‘rqib yurgan ekanman, hokimdan qo‘rqish kerak ekanu". Yana biri "Qaynona-qaynotamdan alohida bo‘lib chiqdim, endi hech kim uy ishlarimga aralashmaydi desam, ertasi kuni hokimlar..." Yana biri oshiq yigitdan ekan: "Uni ko‘rish uchun nima qilsam bo‘ladi, tozaligini tekshiraman deb, uyiga bostirib kirsammikan?!" Faqat shu bir oz xavotirim bor, bundan hokimlar "ana falonchi-pistonchilarga videomiz taʼsir qilib, uyini yig‘ishtirdi" degan hisobot tayyorlamasa bo‘ldi... @psixolingvist

  • 3 авг.1 956743

    "Chernobil" serialini ko‘p eslayman. Hayotda, kundalik ish faoliyatda o‘sha serialdagi holatlarga bot-bot duch kelaman. Bugun yana bir gapni esladim. Avariyaning sababi haqida sudda Legasov ko‘rsatma berarkan, reaktorning boshqaruv sterjenlari uchi aslida…

  • 3 авг.2 0225111

    "Chernobil" serialini ko‘p eslayman. Hayotda, kundalik ish faoliyatda o‘sha serialdagi holatlarga bot-bot duch kelaman. Bugun yana bir gapni esladim. Avariyaning sababi haqida sudda Legasov ko‘rsatma berarkan, reaktorning boshqaruv sterjenlari uchi aslida reaksiyani sekinlashtiruvchi modda o‘rniga reaksiyani tezlashtiruvchi moddadan qilinganini aytadi. Sudya mantiqsizlikdan hayron bo‘lib, "nega bunday qilingan?" desa, Legasov "chunki shunisi arzonroq!" deydi. Qanchadan qancha muhim o‘rinlarda aynan shu yondashuv sabab hammasi pachava bo‘ladi aslida. Katta hajmda matn ko‘rishim kerak edi. Kompyuterda ko‘rish sog‘lig‘imga to‘g‘ri kelmayapti, shunga chiqarib berishlarini iltimos qilgandim. Baraka topishsin, iltimosimni yerda qoldirishmay, chiqarib yetkazib berishdi. Biroq printer "iqtisod" rejimida ishlatilgan chog‘i, harflar rangpar... Ko‘rdimu, "Chernobil" dagi Legasovning alamzadalik bilan "Chunki shunisi arzonroq!" degan gapi ongimda aks-sado berdi... Essiz... Biz o‘zimizga shunaqa arzon narsalarni ravo ko‘rib, aslida undan qimmatroq narsalarni boy berib qo‘yishimizni qachon anglab yetarkinmiz... P. S. Serialning muvaffaqiyati sovet davridagi fikrlash tarzini juda aniq ochganida edi, nazarimda. Va biz haligacha o‘sha tuzum taqdim etgan tafakkurdan qutula olmadik. @psixolingvist

  • 1 авг.2 034966из uzbekonomics

    Agar menga o'xshab 1990-yillarning oxirida maktabga chiqqan bo'lsangiz, xonadoningizda o'zbek tilida uch xil yozuvda savod chiqargan uch avlod bo'ladi. Ota-onangiz kirillda o'rgangan, siz amaldagi lotin yozuvida, farzandingiz esa ertaga maktabga chiqsa, yangi lotin yozuvida o'rganadi. De-fakto, hozir o'zbek tilidagi deyarli barcha rasmiy va norasmiy matnlar ikki yozuvda- kirill va lotinda takroran beriladi. Kirilldan hanuz batamom voz kecha olmadik, afsuski, bunga 30 yil ham yetmadi. Men "alifbo islohoti" deganda aynan shu muammoning hal qilinishini kutayotgan edim. Endi esa amalda o'zbek tilining uch xil yozuvi paydo bo'ladi, tasdiqlansa. Buni islohot tarafdorlarining o'zlari ham maqolalarda aytib turibdi: "Vahima qilmanglar, hech kim barcha hujjatlar va kitoblarni yangi, dumli Ch va Sh ga moslab birdaniga qayta bosib chiqarishga majbur qilmaydi. 5-10 yil shunday yuramiz, amalda ikkita lotin yozuvi yonma-yon ishlayveradi, yangi alifboga to'liq o‘tib olgunimizcha", deyishmoqda. Muammo aynan shunda-da! Bunday gaplar og'izning bir chekkasidan osonlikcha chiqib ketadi, lekin muammoning ko'lamini o'ta kichraytirib ko'rsatadi. Qaysidir do'konda Toshkent deb yozilgan bo'lsa, yonidagisida Toşkent deb yozilgan bo‘ladi. Kimdir Chorshanba deb yozsa, boshqa birov Çorşanba deb yozadi, yana boshqasi esa qo'liga transliteratsiya qiladigan dastur yoki yangi klaviatura bersangiz ham, Corsanba deb yozadi. Eng qizig'i, bularning hammasini "davay-davay" qilib og'zimizga urganlar esa yangi bir bahona topib, albatta Чоршанба deb yozishda davom etaveradi. Nima qilamiz o'zimizni aldab. Çorşanba. Corsanba. Чоршанба. Chorshanba. @uzbekonomics

  • 31 июл.2 0452016из Hamid_Sodiq

    🌐 ERTAGA Toshkent shahrida jonli uchrashuv 🗓 01-avgust, 2026-yil ⏱️ Soat 14:30 🎙 Jonli uchrashuv Mavzu: Tabiiy va raqamli inson raqobati Ekspertlar: 🔗 Siyosatshunoslar: Hamid Sodiq va Kamoliddin Rabbimov 🔗 Tarixchi: G'aybulla Boboyorov 🔗 Jurnalist: G‘ayratxo‘ja Saydaliyev Tomoshabinlar bevosita savollar berish va fikr bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 📚 Ekspertlar tarjima qilgan “Zamonaviy dunyo inqirozi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tadi. ✍️ Tarjimonlardan dastxat olish imkoniyati ham mavjud. 📍 Manzil: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zali 📩 Bog‘lanish uchun: 👉 @nurbekgofurov

  • 30 июл.2 179488

    #sunʼiyintellekt #gemini Kecha bir narsaning retseptini so‘rab Geminiga yozuvdim. Olov so‘zini ala deb ishlatdi. Tilshunos sifatida o‘yladimki, birorta qardosh turkiy tildagi shaklni oldimikan deb, o‘zidan so‘radim. U alanga so‘zini nazarda tutganini aytdi. Demak, -nga ni qo‘shimcha deb taxmin qilding, desam, ha, statistik ehtimollikka ko‘ra baʼzan so‘zni shunaqa noto‘g‘ri "so‘yib" qo‘yaman, dedi. Bu metaforaga qoyil qoldim. Shu bilan O‘zbekistonda kompyuter lingvistikasi yo‘nalishi asoschisi Abdimajid Po‘latovning shogirdi bo‘lib, eng birinchi ochilgan Kompyuter lingvistikasi kafedrasida yagona filolog bo‘lib ish boshlaganim, qolaversa Ispaniyada "Til va nutq texnologiyalari" maktabida o‘qiganim esimga tushib, o‘sha vaqtda bizga o‘tilgan darslar "Informaion extraction", "POS tagging, chunking, parsing","Dialogue systems"," Statistical machine translation", "Machine learning" kabi kurslarning o‘sha vaqtda bu sohaning qachondir muvaffaqiyatga erishishi imkonsizday talqin etgani haqida esladim. Qilinayotgan ishlar, qo‘llangan yondashuvlar boshi berk ko‘chaga kirib qolaverganday taassurot qolgandi menda. Shu haqida so‘radim, burilish qachon va nimaning hisobiga ro‘y berdi? Tafsilotlar kimga kerak bo‘lsa, o‘zi bemalol so‘rab oladi. U suhbatdan tilshunos sifatida diqqatimni tortgan narsa shu bo‘ldiki, ikkiminginchi yillar boshida qoidaga asoslangan yondashuv yetakchilik qilgan, yaʼni til maʼno ifodalash uchun belgilangan birliklarni belgilangan qoidaga ko‘ra birlashtiradi. Shu qoidani kompyuterga o‘rgatish muammoning yechimi deb qaralgan. Lekin bu kutilgan natijani bermagan. Nima uchun? Chunki til aslida bunday ishlamaydi. Til ifodalayotgan maʼno har doim, istisnosiz ravishda nutq yuzaga chiqayotgan vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Miyamiz tilni qayta ishlashdan oldin vaziyatni, undagi tafsilotlarni tahlil qiladi. Aytish mumkinki, poydevor, hatto devor qurib bo‘ladi, til bilan ifodalangan maʼno o‘sha tayyor konstruksiyaga tom bo‘lib yopiladi. Boshqacharoq aytsak, maʼnoning ifodalanishida vaziyat nutqdan ko‘ra kattaroq ulushga ega. Bu narsa eʼtibordan chetda qolarkan, tilning tabiatini tushunmay o‘tiraveramiz. Sunʼiy intellekt texnologiyalari boshqa yo‘ldan, yaʼni tilshunoslikdan boshqa sohadan, borib, shu narsani anglagani uchun, bugungi darajada muvaffaqiyatli chiqqan, demak. @psixolingvist

  • 29 июл.1 748139из tsuullOfficial

    #Qabul_2026 🗣Hurmatli abituriyentlar! 🏛Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2026–2027-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlariga qabul davom etmoqda. 📚 Bakalavriat Kunduzgi ta’lim: ▫️ O‘zbek tili va adabiyoti ▫️ Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ▫️ Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili ▫️ Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili ▫️ Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili ▫️ Tarjima nazariyasi va amaliyoti: rus tili ▫️ Nashriyot ishi ▫️ Kompyuter lingvistikasi ▫️ Psixologiya ▫️ Sotsiologiya ▫️ Ijtimoiy ish Kechki ta’lim: ▫️ O‘zbek tili va adabiyoti ▫️ Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili ▫️ Psixologiya ▫️ Sotsiologiya ▫️ Ijtimoiy ish Masofaviy ta’lim: ▫️ Psixologiya ▫️ Sotsiologiya ▫️ Ijtimoiy ish 🎓 Magistratura Kunduzgi ta’lim: ▫️ O‘zbek tili va adabiyoti ▫️ Lingvistika: o‘zbek tili ▫️ Folklorshunoslik va dialektologiya ▫️ Adabiyotshunoslik: o‘zbek adabiyoti ▫️ Adabiyotshunoslik: adabiyot nazariyasi ▫️ Adabiyotshunoslik: jahon adabiyoti ▫️ Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: o‘zbek tili ▫️ Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili ▫️ Kompyuter lingvistikasi ▫️ Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar ▫️ Psixologiya ▫️ Menejment ▫️ Ijtimoiy ish Masofaviy ta’lim: ▫️ Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar ▫️ Psixologiya ▫️ Menejment ▫️ Ijtimoiy ish ✨ Zamonaviy ta’lim muhiti, tajribali professor-o‘qituvchilar jamoasi, xalqaro hamkorlik va ilmiy izlanishlar uchun keng imkoniyatlar sizni kutmoqda. 🚀 ToshDO‘TAUni tanlang! ☎️ Qabul komissiyasi Call-markazi: 55 520 01 34 55 520 01 77 📌Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103-uy. 👍Bizni tarmoqlarda kuzating👇 Telegram /  Facebook / Instagram/ X

  • 28 июл.2 144395

    Psixolingvistikadan tadqiqot qilishni endi boshlagan paytimda bir narsaga eʼtibor qilgandim: o‘quvchilarga "Men yaxshi ko‘rgan fasl" mavzusida insho yozdirsangiz, ular litseyda o‘qiyotgan bo‘lsa ham "Alifbe", "O‘qish" kitobida o‘qigan matnlari qolipida yozib beradi: men sevgan fasl bu falon fasl, unda mana bunday tabiat o‘zgarishlari bo‘ladi, u mana bu uch oydan iborat, bu faslda yurtimizda falon-pismadon bayramlar nishonlanadi. Nega shunday bo‘ladi? Bola tilni TAQLIDAN o‘zlashtiradi. Bolaga yillar davomida bir mavzu doirasida bir xil qolipga solingan matn o‘qitib, undan bunga o‘xshamagan matn kutish mantiqsizlik. Xuddi shu taʼlim tizimida o‘qiganman men ham. Shu sababdan to ulg‘aygunimcha menga o‘zi qaysi fasl yoqadi degan savolga qatʼiy javobim bo‘lmagan. Aynan ulg‘ayganimdan keyin, aynan o‘sha fasl haqida miyamga joylangan qolipdan chiqib keta olish darajasiga chiqqanimdan keyin o‘ylab ko‘rganman bu haqida. Unda esa savolni boshqacharoq qo‘yganman: men qaysi faslda o‘zimni eng yaxshi his qilaman? Bir-bir eslab, o‘ylab qarasam, bu kuz ekan. Kuzda kayfiyatim o‘zidan o‘zi yaxshi bo‘lib qolar ekan. Daraxtlarning sariq, oltin, qizil rangga kirib tovlanishi, yomg‘ir, salqin havo— bular men uchun eng yoqimli tabiat manzarasi ekan. Bu hissiyotga ko‘ra xulosam. Aqlga tayanib xulosa aytsam, fasllarning go‘zalligi va qadrliligi aynan ularning almashib turishida. Ammo yoz menga juda uzoqday tuyuladi. Ayniqsa iyulning o‘rtasiga kelganda betoqat bo‘lib ketaman. Bu har bir organizmning o‘ziga xosligidan kelib chiqsa kerak. Siz qaysi faslni yaxshi ko‘rasiz va nima uchun? Sizda bu savolga original javob bormi? @psixolingvist

  • 28 июл.2 3257922

    "Dunyoda ikki fasl bor: kuz va uni kutish" degan iqtibos o‘qigan edim. @psixolingvist

  • 28 июл.2 2345512

    #mulohaza Bolani tarbiyalayotganda, masalan, baʼzi ishlarni o‘rgatishda u bu ishni xatolar bilan qilishiga qo‘yib berish eng muhimi bo‘lsa kerak. Bunga sabr qilib turib bera olishi kerak ota-ona. Chunki har doim ham yonida bo‘lib, xatolarini o‘zimiz to‘g‘rilashga qodir emasmiz. @psixolingvist

  • 27 июл.2 4051320из gazetauz_ozb

    “Tajriba qilavermasdan, ilmiy asoslangan qadam qo‘yish kerak”. Metodologiya nima? Biz bolalarni qanday o‘qityapmiz? Ta’lim – pozitiv eksternal soha, uning ijtimoiy foydasi shaxsiy foydadan  yuqori. Ya'ni ta'limning foydasi faqat ta'lim oluvchi shaxs bilan cheklanmaydi. U butun jamiyatga ijobiy ta’sir qiladi. Shu sabab Gazeta ta’limga ixtisoslashgan podkastlar seriyasini davom ettirmoqda. Ko‘rsatuvning 2-soni metodologiya va o‘qitish tizimiga bag‘ishlandi. Bu safar metodologiya o‘zi nima ekani, O‘zbekiston maktablari qanday metodologiya bilan ishlayotgani, tizimli muammolar va unga yechimlar muhokama qilindi. Unda podkastning ta’lim masalalarida doimiy eksperti Komil Jalilov hamda mehmon pedagoglar Zulfiya Rashidova va Otabek Rahmonberganov ishtirok etdi. Batafsil. Matn: https://www.gazeta.uz/oz/2026/07/27/metodologiya/ Video: https://youtu.be/VgBa_2VtdJU Dilshoda Shomirzayeva, Ma'murjon Obrahmatov Telegram | Instagram | YouTube

  • 26 июл.2 3011104

    Facebook bir voqeani eslatdi bugun. Ibrat sifatidami, hikmat sifatidami sizlar bilan baham ko‘rgim keldi. Bundan 5 yil avval o‘g‘limning tug‘ilgan kunida sovg‘a qilingan bir juft to‘tiqush mening aybim bilan o‘lib qolgan. Ertalab "yorug‘ dunyoni ko‘rsin" deb balkonga qo‘yganim esimdan chiqib qolgan. May oyi bo‘lishiga qaramay, havo issiq edi va u to‘tiqushlar uchun issiq havo halokatli bo‘larkan. Qanchalar kuyinganimni, yig‘laganimni tasavvur ham qila olmaysiz. Kafforatiga nima qilish kerakligini olimlardan so‘rab, sadaqalar qilganman. Lekin o‘zimni hech kechirolmadim va ko‘nglim yorishmadi. Ikki oylardan keyin Qurbon hayiti bo‘ldi. O‘sha kuni tushgacha oshxonada kuymalandim. Tashqaridan g‘alati ovoz kelardi, qush deb taxmin qildim. Ertalabdan tushgacha bu ovoz tinmagani uchun oxiri chiqib qaradim. Pastda juda ham kichkina mushuk bolacha oyog‘ini zo‘rg‘a bosardi. Mittigina edi. Bolalarimga idishcha va suv berib tushirvordim. O‘zim balkondan qarab turibman. Suv ichmadi. Bolalarim "oyi, iltimos, uyga obkiraylik" deb yalinishdi. Obkirishdi. Sut berib ko‘rdik, ichmadi. O‘g‘lim "shpritsda berib ko‘rish kerak" deb shprits obchiqib o‘shanda bergandi, bechora yutoqib-yutoqib sutni ichdi. Birinchi kuni yoniga yumshoq o‘yinchoq qo‘ydim, charchab qolganmidi, uxladi. Lekin ertasidan yonida birov o‘tirmasa uxlamay, miyovlayverdi. Shu bilan uni uxlatishga masʼul bo‘lib, har kuni u uxlaguncha yonida o‘tiradigan bo‘ldim. U oyog‘imdagi shippakni tishlab, tortqilab o‘ynar, keyin oyog‘imga suyanib uxlab qolardi. Bir oydan oshiqroq unga shu taxlit qaradim. Aynan shu tashlandiq mushukchaga qarash meni to‘tiqushlarning o‘limi sabab ichimda hukm surgan qorong‘ulikdan qutqardi. Men u mushukchani haligacha Allohning menga qilgan marhamati edi deb eslayman. Bo‘lmasa yarim kun miyovlagan mushukchani boshqa har qanday o‘tkinchi yoki ellikdan oshiq xonadon joylashgan uyimizdan kimdir payqashi, o‘zi bilan obketishi mumkin edi. Lekin u menga atalgan edi, ichimni to‘ldirib turgan afsus va nadomatni g‘amxo‘rlikka aylantirish uchun kelgan edi. O‘ziga xos bir qalb og‘rig‘iga shunday shifo bergan Alloh boshqa og‘riqlarga shifo bermaydimi... P. S. U mushukchamiz katta bo‘lgach bir oz yovvoyilik qilib, qizimning qo‘lini tishlab-tirnaganda bir mushuksevar ega topib, unga bervordik. @psixolingvist

  • 26 июл.2 304784

    So‘z Rahmatli Muhriddin Holiqovning G‘ayratiy so‘zi bilan aytilgan "Oyning o‘n beshi qorong‘u" qo‘shig‘ini eshitgan bo‘lsangiz kerak. Unda "Xasta ko‘nglimning quvonchi ul kamon abro‘ bilan" degan qatori bor. O‘zi Botir Qodirov bu qo‘shiqni aytganida abro‘ ni obro‘ deb aytuvdi. Abro‘ forsiy so‘z, qosh degani. Misraning maʼnosi xasta ko‘nglimning quvonchi o‘sha kamon qoshli bilan. Botir Qodirov ijrosida esa... Xasta ko‘nglimning quvonchi o‘sha kamonli obro‘ bilan... Yaʼni maʼno chiqmagan. Sheʼriyatda mumtoz adabiyotimiz taʼsirida shunday forsiy so‘zlar ishlatiladi. Bugun instagramda boshqa ijroni eshitib qoldim: "Gul kamon obro‘ bilan" deb aytishibdi. Abro‘ ni mayli adashtiribdi desak, hatto u ko‘rsatish olmoshining ul shakli borligini bilmaydiganlar ham bor ekan. Odam qilayotgan ishiga hafsala bilan yondashsa, shu qo‘shiqni aytishdan oldin matnni topib o‘qib ko‘rsa, tushunib olsa, shunday xatolar bo‘lmasdi deyman. Ammo til insonlar ijrosida yashaydi. Bittagina boshqa tildan olingan so‘z va olmoshning eskirgan shakli o‘sha qo‘shiqchilarning qabul qilish zanjirida uzilish yasagan. Miya esa o‘zi tanimagan so‘zni o‘zi tanigan va u so‘zlarga shaklan eng yaqin bo‘lgan obro‘, gul so‘zlari bilan almashtirgan. Afsuski, qo‘shiqchilar matnning yaxlit mazmuniga putur yetayotganiga eʼtibor qilmagan. Ul va abro‘ so‘zlarining maʼnosini biladiganlar yoki shunchaki matnning yaxlit mazmuniga eʼtibor qiladiganlar oxirgi xatoli ijrolarni eshitganda ularning qabul qilishidagi zanjir uziladi, "ʼiya, bu nima deyapti o‘zi?" degan savol tug‘iladi. Bizning muloqotlarimiz har doim mana shunday chala tushunishlar va tushunmovchiliklar bilan amalga oshadi 😊. @psixolingvist

  • 25 июл.2 172252

    #sheʼriyat #najmiddinermatov Hayratimni izhor qilmay ilojim yo‘q. Najmiddin Ermatovning oxirgi sheʼrini o‘qirkansiz ichingizni bir olov yoqib o‘tib ketganday bo‘ladi. "... Saratonda qoldi g‘amguzor Vatan, Soyada panalab yotganlar ichra Boshini ko‘tarar tirik bormikan..." @psixolingvist