tgindex
Orif Tolib

Soʻz. Tahrir. Savodxonlik. Reklama boʻyicha: 👉 https://is.gd/elonlar Sahifalarimiz: 👉 https://taplink.cc/oriftolib Muallif haqida: 👉 https://oriftolib.uz/?p=575 Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
35
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
15 115
−38 за 3 дн.
Сутки
−12
−0,08%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
6 832
35 постов
Вовлечённость
45,2%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 35
Упоминаний
56
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
2 991
1/48двое суток
3 427
1/72трое суток
3 696

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 11 авг.3 92325433

    “Soʻqqabosh”: soʻqqa nima degani? Soʻqqa soʻzi mustaqil qoʻllanishini unutib yuborgan ekanman. Izohli lugʻat esga soldi: ​– Oʻzing soʻqqa joningni boqolmaysan-u, toʻqlini qanday qilib boqasan, – dedi Shum bola Omonga. (Gʻ. Gʻulom, “Shum bola”) ​Mazmunga eʼtibor bersak, soʻqqa soʻzi hech kimsiz, yolgʻiz, faqat oʻzi maʼnosida kelyapti. ​Ushbu soʻzga bosh qismi qoʻshilishi bilan yasalgan soʻqqabosh soʻzi esa lugʻatda asosan ikki xil holatni ifodalaydi: ​1️⃣ Oila qurmagan, boʻydoq kishi (turmush oʻrtogʻi yoki bola-chaqasi yoʻq): ​– Bibi Robiya, – dedi u [Yaxshiboyev] – soʻqqabosh oʻtib ketyapsan. (M. M. Doʻst, “Lolazor”) ​2️⃣ Yaqin qarindoshi yoki suyanchi boʻlmagan odam: ​Dunyoda yakka-yu yagona, soʻqqabosh odam. (S. Ahmad, “Jimjitlik”) ​ Soʻqqa soʻzining oʻzi shunchaki yolgʻizlik, yakkalik holatini bildirsa, soʻqqabosh koʻpincha oilaviy va ijtimoiy maqomga nisbatan qoʻllanadi. ⚡️– bilib oldim @oriftolib | Sahifalarimiz

  • 11 авг.2 8232415из tahrirchi_uz

    🚀 Tilmochning endi mobil versiyasi bor! Turkiy tillar uchun maxsus yaratilgan tarjimon endi iOS va Android qurilmalaringizda ishlaydi! ⬇️ Hoziroq yuklab oling: App Store: https://apps.apple.com/uz/app/tilmoch/id6739621237  Google Play: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tahrirchi.tilmoch

  • 9 авг.4 58320453

    Obdan va obdon Obdan soʻzi uch xil maʼnoda ishlatiladi: 1️⃣ Rosa; xoʻp. Ovqatni xoʻp chaynagan yaxshi, gapni obdan oʻylagan yaxshi. Maqol. 2️⃣ Juda, juda ham. Shaharda bir mahallada boʻlganimiz uchun obdan yaxshi bilaman. Oybek, “Tanlangan asarlar”. 3️⃣ Batamom, butunlay; mukammal suratda. Yangi yerga obdan oʻrnashib olguncha ancha vaqt oʻtdi. Bu soʻz koʻpincha obdon shaklida xato ishlatiladi. Obdon soʻzi izohli lugʻatga kiritilmagan. Imlo lugʻatida esa bor – irrigatsiyaga oid atama ekani koʻrsatilgan. U forcha ob soʻzi va -don qoʻshimchasidan yasalgan. Suvidish maʼnosini anglatadi. Lekin jonli tilda suv saqlanadigan idishlarga nisbatan obdon soʻzi qoʻllanmaydi. Bu soʻz maʼlum soha doirasidagina ishlatiladigan atamadir. 📌 Demak: Obdan oʻyladi, obdan tayyorlandi, obdan bezatdi ✅ Obdon oʻyladi, obdon tayyorlandi, obdon bezatdi ❌ 🔥 – farqlab oldim @oriftolib | Sahifalarimiz

  • 9 авг.3 03384из Onatili_Izamov

    😀😀😀😀😀😀😀😀😀 ⚡️Ustoz Izamovning ona tili va adabiyoti fanidan kuzgi milliy sertifikat imtihonlariga onlayn tayyorlov kursiga qabul ochildi! Ona tili va adabiyoti fanidan kuzgi milliy sertifikat imtihoniga individual yondashuv asosida tayyorgarlik koʻrmoqchi boʻlgan talabgorlar uchun qisqa muddatli soʻnggi oʻquv kursimizga qabul e’lon qilindi. ✅ Kurs haqida batafsil: — Grammatika noldan maksimalgacha oʻrgatiladi. Har bir oʻtilgan mavzuni mustahkamlash uchun mavzuga doir test va amaliy mashqlar vazifa sifatida taqdim etiladi va tahlillanadi; — Esse nazariyasi noldan maksimalgacha oʻrgatiladi. Esse nazariyasiga doir darslar oʻtilgach, alohida esse darsi uchun 2 kun ajratiladi va guruh a’zolarining har bir yozma ishi darsda tekshiriladi va tahlillanadi; — Gʻazal tahliliga doir nazariy bilimlar (qofiya va raviy, she’riy san’atlar, gʻazal tabdili, vaznlar va ruknlar) barchasi oʻrgatiladi. Mustahkamlash uchun turli amaliy mashq va testlar ishlatiladi va tahlillanadi; — Matnlar (ilmiy va badiiy matn) tahlilining nazariy asoslari oʻrgatiladi. Talabgor matnni oson tahlillashni oʻrganadi. Matn tahliliga doir amaliy mashq va testlar olib boriladi va tahlillanadi; — Badiiy asarlardan faqat imtihonda tushishi aniq boʻlganlargina oʻqitiladi, ularga doir test va quiz testlar oʻtkaziladi; — Milliy sertifikat namunasidagi diagnostik testlar ishlatiladi va tahlillab beriladi; — Darslar haftada 4 kun jonli chat orqali ustoz Izamov tomonidan oʻtiladi. Soʻnggi bir oyda esa darslar har kunlik tizimda oʻtiladi; — Kerakli materiallar, qoʻllanmalar va ma’lumotlar bazasi talabgorlarga taqdim etiladi; — Kursda har bir talabgor bilan individual ishlanadi; — Shuningdek, darslarga sohasining yetuk ustozlari, darslik mualliflari mehmon sifatida taklif qilinadi va oʻz yoʻnalishiga tegishli mavzuda dars oʻtib berishadi. — Har bir guruhga 40 nafar oʻquvchi qabul qilinadi; — Qabul 16-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi. ❓Nega ustoz Izamov kursida oʻqish kerak: ✅Qulay muhit; ✅ Qulay vaqt; ✅ Oson tushuntirish; ✅ Kafolatli natija; ✅ Boshqa onlayn kurslardan farqli ravishda darslar an’anaviy (jonli) olib boriladi. 💸Kurs toʻlovi haqida: 1️⃣ Ikkiga boʻlib toʻlash: 800 ming soʻm (umumiy 3 oy uchun). 2️⃣ Bir martada toʻlash: 699 ming soʻm (umumiy 3 oy uchun). 🙂 Murojaat qiling 👉 @Izamov_Manager | +998880847040 📈 Natijalarimiz: @Result_Izamov 🙂 Kanalimiz: https://t.me/Onatili_Izamov

  • 9 авг.11,6 тыс4197

    Boʻlsa: vergul kerakmi yoki yoʻq? Qoidaga koʻra, kesimi -sa qoʻshimchali, shart maylidagi feʼl bilan ifodalangan ergash gapli qoʻshma gaplarda vergul ishlatiladi. Jumladan, boʻlsa feʼli qatnashgan gaplarda ham: Kimning xulqi yomon boʻlsa, u oʻzini azobga giriftor qiladi. “Fan va turmush”. Biroq boʻlsa soʻzidan keyin har doim ham vergul qoʻyilavermaydi. Masalan, esa soʻziga maʼnodosh boʻlib kelganda vergul kerak emas: Haqqush boʻlsa toʻxtovsiz sayrar, yoz shabadasida uning ovozi goh sekin, goh baralla eshitilardi. Oʻ. Hoshimov, “Qalbingga quloq sol”. Boʻlsa soʻzi boʻlsa bordir iborasi tarkibida kelganda ham vergulsiz qoʻllanadi: Kelgan boʻlsa bordir. Aytgan boʻlsa bordir. Agar ibora alohida gap boʻlib kelsa, u boshqa gapdan vergul bilan ajratiladi. Lekin bunda ham boʻlsa soʻzidan keyin vergul qoʻyilmaydi: Shunday boʻlsa bordir, men qayerdan bilay? 👉 Toʻliq oʻqish @oriftolib | Sahifalarimiz

  • 8 авг.3 8743933

    Korchalon kim? Badiiy asarlarda, baʼzan ogʻzaki nutqda korchalon soʻziga duch kelamiz? Xoʻsh, u nimani anglatadi? Forschadan kirgan bu soʻz asliyatda dallol; ishbilarmon degan maʼnolarni anglatadi. Korchalon oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda qoʻllanadi: 1️⃣ Oʻzini hammadan bilimdon deb hisoblovchi, bilarmon; mahmadona. Sanamay sakkiz deb yurgan ekansiz, korchalon keksa! Oybek, “Oltin vodiydan shabadalar”. 2️⃣ Ishbilarmon, epchil. Azimjon oʻzi badavlat korchalon, yigit yoshidan buyon qorakoʻl boʻyicha noyob mutaxassis. A. Muxtor, “Chinor”. Soʻzning korchallon shakli ham bor. Lekin u juda kam ishlatiladi. 📌 Demak: Korchalon, korchallon ✅ Korcholon, karcholon, korchollon, karchollon ❌ @oriftolib | Sahifalarimiz

  • 8 авг.3 39089

    4-11-sinf o‘quvchilari uchun 616 million so‘mlik grant tanlovi e’lon qilindi Sergelida joylashgan "Turkiston" xususiy maktabi 2026-2027-o‘quv yili uchun 50% lik grant tanlovini ochiq deb e’lon qiladi. Imtihon haqida qisqacha: ➖ Fanlar: Matematika (15 ta), Ingliz tili (15 ta) va Mantiq (10 ta) — jami 40 ta test. ➖ Shakli: Oflayn (maktab hududida). ➖ Imtihon kuni: 2026-yil 9-avgust. Qanday qatnashish mumkin? Grantda ishtirok etish uchun 8-avgustga qadar maxsus telegram bot orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim. 📲 Maxsus telegram bot: @turkistongranti_bot Grant haqidagi muhim ma'lumotlarni telegram kanalimizda kuzatib boring: @Turkistan_School

  • 8 авг.4 92711260

    ​Begonalashgan tabaka Tobaki degan soʻzimiz bor. Uning qismati ajoyib. Tob oʻzak soʻzining qizitish, kuydirish maʼnolaridan kelib chiqqan toba (yassi qozoncha, biz uni tova, tava deymiz), toblanish, obu tob, tobiga keltirish singari kalimalar koʻp. Tobaki deb tobada pishirilgan yoki umuman qovurilgan taom aytiladi. Xullas, tobaki degan soʻz “safarga chiqib”, Rossiyaga bordi va oʻris boʻlib qaytdi. Meliboy – Misha, Safarboy – Sasha, Ergashboy Erik boʻlib qaytgani kabi Tobaki degan nomini Tabaka qilib keldi. Tobada pishgan taom ekani esidan chiqdi va qovurilgan joʻjaga aylandi. Biz ham oʻzimizning “bolamiz”ni tanimay, Tabaka deb chaqiradigan boʻldik. Erkin Vohidov @oriftolib | Sahifalarimiz

  • 8 авг.5 4944040

    Iksmi yoki eks? Matematikadagi x belgisini eks tarzida talaffuz etish uchrab turadi. Talaffuzdagi xato baʼzan yozuvga ham koʻchib oʻtishi mumkin. Belgi nomining toʻgʻrisi – iks. Iks soʻzi oʻzbek tilida ikki xil maʼnoni anglatadi: 1️⃣ Lotin alifbosida oxiridan uchinchi harf – x ning nomi. 2️⃣ Matematikada: shu harf bilan ifodalangan nomaʼlum miqdor. Iks soʻzi matematikadan boshqa fanlarda ham ishlatiladi. Masalan, fizikada rentgen nurlari iks nurlar deb ham ataladi. Iks soʻzining qiziq tarixi bor. Nomaʼlum miqdorni harf bilan ifodalashni Sharq matematik olimlari, xususan, Al-Xorazmiy fanga olib kirgan. Ular buni arabcha shay (شيء) – narsa, buyum soʻzining bosh harfi – shin (ش) bilan ifodalaganlar. Arab tilidagi matematik asarlar Ispaniyaga yetib borgach, tarjimonlar arabcha shin (sh) harfini oʻsha davrdagi qadimgi ispan tilida sh tovushini beruvchi x harfiga oʻgirganlar. Keyinchalik bu asarlar ispanchadan Yevropaning boshqa tillariga tarjima qilingach, lotincha x belgisi oʻzgarishsiz qolgan. Fanda bu belgining aynan noma'lum miqdor sifatida mutlaq ommalashishi esa fransuz matematigi Rene Dekart nomi bilan bogʻliq. U 1637-yilda yozgan asarida nomaʼlum miqdorlar uchun alifbo oxiridagi x, y, z harflarini ishlatishni qoida sifatida kiritgan. Bu harf ingliz tilida eks deb ataladi. Lekin oʻzbekchada matematika va boshqa fanlarda lotincha harf nomi – iks qoʻllanadi. Amaldagi oʻzbek lotin alifbosida esa bu harf xa deb nomlangan. X belgisi rim raqami sifatida 10 sonini anglatadi. @oriftolib | Sahifalarimiz

  • 7 авг.3 577411из sodiq_school

    Nihoyat, Grant imtihoniga qabul ochildi! 😍 Har yili yuzlab iqtidorli o‘quvchilar aynan shu kunni kutadi. Va siz ham bu kunni intiqlik bilan kutgansiz aniq. ❤️ Sodiq school uchun iqtidorlarni kashf qilish, qo‘llab-quvvatlash asosiy missiya. Shu kungacha iqtidorli o‘quvchilar ta’limiga 14 milliard so’mdan ortiq grant mablag‘i yo‘naltirdik. Endi navbat sizniki… Bu grant imtihonimiz 9, 10 yoki 11-sinflar uchun. 12-avgust kuni, soat 10:00 da Labzak filialimizda bo’lib o’tadi. Imtihonda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘ting. Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/s13JF7ixxv8JBhyh8 👉🏻 Grant imtihoni tafsilotlari: Imtihon tartibi ⬇️Iqtidorli do‘stingiz yoki tanishingiz bormi? Bu imkoniyat haqida unga ham xabar bering. 🚀 Sodiq School — biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz! Bog’lanish uchun: ☎️ 788888080 Bizni tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

  • 31 июл.7 00224434

    Sharlatan aslida kim?   Oʻzini zoʻr mutaxassis qilib koʻrsatadigan firibgarlarni sharlatan deymiz. Bu atamaning tarixi juda qiziq. U italyancha ikkita soʻzning birlashishidan paydo boʻlgan: ciarlare – valdirash va cerretano – Cherreto qishlogʻi odami.   Dastlab bu soʻz haqorat sanalmagan. Qadimda Cherreto qishlogʻidan chiqqan sayyor tabiblar koʻchama-koʻcha yurib, turli giyohlarni baland ovozda maqtab pullagan. Davolashdan koʻra koʻproq gapirishgani sababli xalq ularni ciarlatano deb atay boshlagan. Ular davolashni emas, ishonarli gapirishni qoyillatishar edi.   Vaqt oʻtishi bilan soʻzning maʼnosi kengaydi. Endi u bilimi boʻlmasa ham, chiroyli vaʼdalar bilan oʻzini ustadek koʻrsatuvchi har qanday soxta mutaxassisni anglatadi.   Bu soʻzning kechmishi vrach soʻzining kechmishiga oʻxshaydi, lekin farqli tomoni bor: sharlatan salbiylashgan.   Soʻzning evrilishi qiziq tuyuldimi?   🔥 – kutilmagan va qiziqarli tarix  🤔 – etimologiyasini endi bilib oldim   @oriftolib | Sahifalarimiz

  • 31 июл.6 64813434

    Tugul: vergul kerakmi yoki yoʻq?   Tugul yuklamasi u yoqda tursin, nafaqat maʼnolarini beradi. Xoʻsh, u ishtirok etgan gaplarda vergul ishlatish kerakmi?   Javobi oddiy: ha, “tugul” soʻzidan keyin vergul qoʻyish kerak. Chunki bu yordamchi soʻz oʻzidan oldingi soʻzga bogʻlanib, oʻzidan keyingi fikrni ajratib koʻrsatadi.   Misollarda koʻrib chiqamiz:   ❌ Sendan molim tugul jonimni ham ayamayman.   ✅ Sendan molim tugul, jonimni ham ayamayman.   Bu yerda mol va jon sanalyapti. Uning orasida vergul boʻlishi kerak. Qiyoslang:   ✅ Sendan molimnigina emas, jonimni ham ayamayman.   Siz bunday oʻrinlarda vergul ishlatasizmi?   🔥 – doim vergul ishlataman  ✍️  – baʼzan ikkilanaman   @oriftolib | Sahifalarimiz

  • 30 июл.6 271818

    Obunachilar yuborishibdi

  • 30 июл.9 02013741

    Ismlar birga kelganda tire qoʻyamizmi yoki defis?   Fizika qonunlari yoki tarixiy paktlar nomida ikkita familiya yonma-yon keladigan holatlar bor. Bunday oʻrinlarda chiziqcha (defis) va tire mutlaqo boshqa-boshqa maʼnolarni anglatadi.   Agar qonun yoki kelishuv ikkita alohida shaxslarga oid boʻlsa, familiyalar orasiga doim tire (–) qoʻyiladi. Uning ikki tomonida boʻshliq qoldirilishi shart:   ❌ Mendeleyev-Klapeyron tenglamasi, Molotov-Ribbentrop pakti   ✅ Mendeleyev – Klapeyron tenglamasi, Molotov – Ribbentrop pakti   Agar shaxs bitta boʻlib, uning familiyasi ikki qismdan iborat qoʻsh familiya boʻlsa, oʻrtaga defis (-) qoʻyiladi va boʻshliq tashlanmaydi.   ✅ Gey-Lyussak qonuni, Saltikov-Shedrin asarlari   Agar Mendeleyev-Klapeyron shaklida defis bilan yozilsa, u bitta shaxsni bildirib qoladi. Bu esa ilmiy va faktik xatodir.   Siz familiyalarni yozishda bunga eʼtibor berarmidingiz?   🔥 – bilardim, doim eʼtibor beraman  😎 – defis va tire maʼnoni bunday oʻzgartirishini endi bildim   @oriftolib | Sahifalarimiz

  • 30 июл.5 29457из turkistan_school

    📌 31-iyul (ertaga) | 21:00 | Maxsus kanal orqali jonli bepul dars Bu darsda bilib olasiz: 📱 Nega bola telefonga bog‘lanib qoladi? 🧠 Uni majburlamasdan qanday ajratish mumkin? 📚 O‘qishga qiziqishni qanday qayta uyg‘otish mumkin? 🏫 Turkiston maktabining yangi o’quv yili uchun yangiliklari Jonli bepul darsga qo'shilish havolasi 👇🏻 https://t.me/+F3y8LvaF3-w0NThi https://t.me/+F3y8LvaF3-w0NThi https://t.me/+F3y8LvaF3-w0NThi

  • 27 июл.7 516321102

    Raqamlar orasiga tire qoʻyiladimi yoki defis?   Bu borada koʻpchilik adashadi. Qoidasi oddiy: raqamlar bilan yozilgan har qanday oraliq yoki chamani bildirish uchun faqat tire (–) ishlatiladi.   Raqamlar xoh aniq chegarani (10 dan 15 gacha), xoh taxminni (5 yo 6 ta) bildirsin, ularning orasiga tire qoʻyilishi kerak. Bunda tirening ikki tomonida boʻshliq qoldirilmaydi.   ❌ 5-6 kishi, 1990-2000-yillar   ✅ 5–6 kishi, 1990–2000-yillar   Ammo miqdor raqam bilan emas, soʻz bilan yozilib, taxmin maʼnosini bildirsa, u holda oraga defis qoʻyiladi: besh-olti kishi, ikki-uch kun.   Xulosa: raqam bilan yozsangiz – tire, soʻz bilan yozsangiz – defis ishlatasiz.   Siz bu tartibga amal qilasizmi?   🔥 – doim tire qoʻyaman  😎 – endi bilib oldim   @oriftolib | Sahifalarimiz

  • 27 июл.6 36419312

    Texnik nosozlik uchun toʻlov   Menga gʻaroyib jarima keldi. Qizil chiroqqa boʻysunmaslik deb malakalangan holat 8-iyul kuni boʻlgan ekan, tizimga 9-iyul kuni tushgan. Oradan sakkiz kun oʻtib, jarima yozilgan. Qiziq tomoni, qarorga ilova qilingan 14 soniyalik videoda ham, rasmda ham qizil va sariq chiroq bir paytda yonib turgani (nosozligi) aks etgan. Men svetoforga yaqinlashganda ham, oʻtib ketganimdan soʻng ham bu holat umuman oʻzgarmagan.   Qarorda koʻrsatilgan raqamlarga bogʻlanishning iloji boʻlmadi. Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining 712071466 raqamiga bogʻlanib, vaziyatni tushuntirdim. Xodim bu holat texnik nosozlik ekanini va hududiy maʼmuriy amaliyot boʻlimlariga yoki sudga murojaat qilishim mumkinligini aytdi. Holat Toshkent shahrida boʻlgani uchun “Fayzobodga borib koʻring” deb maslahat berdi. Bu raqam orqali faqat huquqiy maslahat bera olishar ekan, jarimani bekor qila olishmas ekan. Fayzobodga bordim, ular Uzbumga boring, deyishdi. Uzbumdagi uzun navbatdan soʻng “Sobir Rahimovga borasiz, ular hal qiladi” degan javobni eshitdim. Shu yerga kelganda toqat tugadi, jaziramada shaharning narigi chekkasiga borish foydasizligini sezdim va... jarimani toʻlab qoʻya qolishga qaror qildim. Bu texnik xatolikni koʻra-bila turib jarima yozgan inspektor ham ana shunday boʻlishini hisobga olgandir, balki.   Sudga qatnagandan yoki idorama-idora sansalorchilikda yurgandan 618 000 soʻm jarima toʻlab qoʻya qolish oson va foydali koʻrindi. Onlayn shikoyat qilsam-chi? Birinchidan, chegirma bekor boʻladi. Ikkinchidan, shikoyatni koʻrib chiqadigan xodim ham jarima yozgan inspektor kabi fikrlashi mumkin.   Albatta, bunga rozi emasman. Lekin mening rozi-norizoligim uncha ahamiyatli boʻlmasa kerak. Yana qaydam.   Toshkent shahar IIBB YHXB texnik nuqsonli svetoforlar va ular sababli yozilayotgan jarimalar masalasiga eʼtibor qaratadi deb umid qilaman. Har holda, umid eng oxiri oʻladi. ⚡️ – menda ham shunga oʻxshash holat boʻlgan   @oriftolib | Sahifalarimiz

  • 23 июл.18,5 тыс23792

    “Oʻzbekiston-Germaniya”mi yoki “Oʻzbekiston – Germaniya”?   Davlatlar, muassasalar yoki shaxslar oʻrtasidagi munosabatni ifodalashda oʻrtaga defis qoʻyiladimi yoki tire? Koʻpchilik aynan shu oʻrinda adashadi.   Oʻzaro hamkorlik, aloqa yoki munosabatni ifodalash uchun ikki (yoki undan ortiq) atoqli ot oʻrtasiga tire (–) qoʻyilishi zarur.   Buning mantiqiy asosi oddiy: defis soʻz qismlarini (masalan, juft soʻzlarni) birlashtirish uchun xizmat qiladi. Turkiya va Germaniya esa mustaqil davlatlar, shuning uchun ular oʻrtasidagi aloqa tire bilan yoziladi.   Solishtiring:   ❌ Oʻzbekiston-Germaniya munosabatlari, Turkiya-Ispaniya hamkorligi   ✅ Oʻzbekiston – Germaniya munosabatlari, Turkiya – Ispaniya hamkorligi   Eslatma: tirening ikki tomonida boʻshliq (probel) qoldirishni unutmang. Bilasiz, defis ishlatilganda probel boʻlmaydi.   Siz yozuvda qaysi belgidan foydalanib yurgandingiz?   🔥 – doim tire qoʻyaman  😎 – chiziqcha qoʻyib adasharkanman   @oriftolib | Sahifalarimiz

  • 10 июл.10,7 тыс23420

    Anjumanga aylangan ziyofat   Mutaxassislar yigʻilib, qandaydir global yoki ilmiy muammoni muhokama qiladigan anjumanni simpozium deb ataymiz. Bu atama qadimgi yunon tilidagi symposion soʻzidan olingan. Aslida u ziyofat degan maʼnoni bildirgan. Qadimgi Yunonistonda mutafakkirlar ziyofatdan soʻng dasturxon atrofida qolib, falsafa, siyosat va ilm-fan haqida bahs-munozaralar olib borgan.   Asrlar oʻtib, bu soʻz Yevropa tillariga koʻchdi. Uning ziyofat maʼnosi unutildi. XIX asrga kelib esa faqat ilmiy bahs-munozara mazmuni qaror topdi.   Simpozium atamasi oʻz tarixiga boqib: “Kecha kim edim-u bugun kim boʻldim!” deyayotganga oʻxshaydi.   Soʻzdagi evrilish sizni ham hayron qoldirdimi?   🔥 – kutilmagan tarix  😎 – oldin ham bilardim   @oriftolib | Sahifalarimiz

  • 9 июл.12,2 тыс15459

    Inglizcha oʻzlashmalar qanday yozilishi kerak?   Tilimizga kirib kelayotgan inglizcha soʻzlarni yozishda koʻpincha rus tili imlosiga taqlid qilamiz. Rus tilida дресс-код, QR-код, бизнес-план, мастер-класс kabi soʻzlar defis bilan yoziladi. Chunki bu oʻsha tilning oʻziga xos qoidasidir.   Oʻzbek tilida esa bunday oʻzlashmalarda defis ishlatishga hojat yoʻq. Bu haqda oldinroq ham yozgan edim: imlomizda chiziqcha asosan juft va takror soʻzlar orasiga qoʻyiladi. Inglizcha oʻzlashmalar esa juft ham, takror soʻz ham emas.   Shuning uchun ularni oʻzbekchada chiziqcha bilan yozish xatodir. Ular ajratib yoki yaxlitligiga qarab qoʻshib yozilishi kerak.   Masalan:   ❌ biznes-reja, QR-kod, taym-menejment   ✅ biznes reja, QR kod, taym menejment   Startap, fleshmob, keshbek, fastfud kabi yaxlit soʻz sifatida olingan oʻzlashmalar esa qoʻshib yoziladi. Eʼtibor bergan boʻlsangiz, ular nisbatan qisqa, boʻgʻini kam.   Siz oʻzlashma soʻzlarni qanday yozardingiz?   🔥 – defissiz, shu qoidaga mos  😎 – ruscha qolipda, defis bilan   @oriftolib | Sahifalarimiz

Orif Tolib — tgindex