tgindex
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Статистика

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
21
Всего постов
104
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
3 106
+3 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
404
40 постов
Вовлечённость
13,0%
к подписчикам
Постов в день
3,0
всего 104
Упоминаний
33
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
235
1/48двое суток
269
1/72трое суток
290

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #Munosabat Davlat tilida ish yuritish samaradorligi — endi faqat o‘zbek tilida yozishning o‘zi yetarli emas Jamiyatning intellektual salohiyati va davlat boshqaruvining madaniyati, eng avvalo, uning o‘z ona tiliga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. Davlat organlarida o‘zbek tilida ish yuritishni tizimli yo‘lga qo‘yish doimo dolzarb ahamiyatga ega boʻlib, ayni shu maqsadda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-avgustdagi 437-son qarori davlat boshqaruvida til siyosatini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Qarorning mazmun-mohiyati nimalardan iborat? Mazkur qaror davlat tashkilotlarida hujjatlarni shunchaki davlat tilida yozishni emas, balki ularning grammatik, mantiqiy va uslubiy jihatdan adabiy til me’yorlariga to‘la mos kelishini ta’minlashni ko‘zda tutadi. Bu jarayonda vazirlik va idoralarda faoliyat olib borayotgan maʼnaviyat va davlat tili boʻyicha maslahatchilarning nufuzi va mas’uliyatini kuchaytirish, barcha rasmiy va me’yoriy hujjatlarning lingvistik hamda uslubiy jihatdan benuqson bo‘lishini ta’minlash, davlat xizmatchilarining savodxonlik darajasini uzluksiz oshirib borish va til qoidalariga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish kabi bir qator ustuvor vazifalar belgilangan. Xoʻsh, mazkur talablar qamrovi qanchalik keng? Bugungi raqamli texnologiyalar davrida faqat qog‘oz-hujjatlar bilan cheklanib qolmay, vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, elektron xizmat ko‘rsatish ilovalari, bino peshlavhalari hamda barcha turdagi reklama va targ‘ibot materiallarida ham o‘zbek adabiy tili me’yorlariga qat’iy amal qilinishi shartligi bevosita ma'naviyatimizga daxldor, inkor qilib bo‘lmas haqiqatdir. So‘z mulkining sultoni Hazrat Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida turkiy tilning boyligi, nafisligi va keng ifoda imkoniyatlarini chuqur asoslab bergan. Bugungi kunda davlat tilida ish yuritish va til me’yorlariga rioya etish borasidagi talablar ham buyuk mutafakkirning tilimizga bo‘lgan yuksak e’tiborining ma’naviy va amaliy davomidir. Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, har bir so‘zni ona tilida, o‘z o‘rnida va to‘g‘ri qo‘llash boshqaruv samaradorligini oshirish barobarida, xalqimizning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchi va hurmatini oshirishga xizmat qiladi. Zero, Hazrat Navoiy ta’kidlaganidek: So‘z guharining sharafi chun erur ulug‘, Kim anga yetmas baho, anga yo‘qdir baho. Suhrob Poʻlatov Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruv raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tili boʻyicha maslahatchisi

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 🇺🇿 Poytaxtimizdagi “Markaz-1” hududida davlat tiliga nomuvofiq holat bartaraf etildi ⚡️ Davlat tilini rivojlantirish departamenti topshirig‘iga muvofiq, Toshkent shahri “Markaz-1” hududida davlat tili va til me’yorlariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. 🔎 O‘rganish jarayonida aniqlangan davlat tiliga nomuvofiq holat tegishli tartibda bartaraf etildi. 🤝 O‘rganishda Toshkent shahar hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi A. Ro‘zitoyev hamda Yashnobod tumani hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi O. Bekmurodova ishtirok etdi. 📌 Shuningdek, “Davlat tili haqida”gi Qonunning 20-moddasi hamda yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi talablariga muvofiq, hududda davlat tilining amaldagi ijrosini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavjud yozuvlarni qonunchilik talablariga moslashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. 🇺🇿 Davlat tiliga hurmat — milliy qadriyatlarimizga hurmatdir. 🤩 Yashnobod tuman hokimligining matbuot xizmati 📱Facebook   📱Youtube 📱Instagram   📱Websit

  • DAVLAT TILI — BOSHQARUV MADANIYATI VA MILLIY MAS’ULIYAT MEZONI Til — millatning ma’naviy qiyofasi va tarixiy xotirasidir. Davlat tili esa bu qadriyatning davlat boshqaruvi va jamiyat hayotidagi amaliy ifodasidir. Shu bois davlat tilida ish yuritish oddiy hujjatchilik talabi emas, balki boshqaruv madaniyati, huquqiy intizom va davlatga hurmatning muhim mezonidir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-avgustdagi 437-son qarori davlat tilida ish yuritishni yanada takomillashtirish, til siyosatini izchil amalga oshirish hamda qonunchilik talablariga rioya etishni ta’minlashga qaratilgan. Qarorning muhim jihati — davlat organlari va hokimliklarda rahbarning ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi faoliyatini belgilashdir. Maslahatchilar faoliyati Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladi hamda ular rahbar va Departament oldida hisobdor hisoblanadi. Maslahatchining vazifalari keng. U davlat tili va geografik obyektlarga oid qonunchilikka rioya etilishini o‘rganadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi hamda normativ-huquqiy hujjat loyihalarining lingvistik ekspertizasini tashkil etishga ko‘maklashadi. Bu, avvalo, qaror, farmoyish, bayonnoma va boshqa rasmiy hujjatlarning mazmunan aniq, savodli va til me’yorlariga muvofiq bo‘lishini talab etadi. Chunki hujjatdagi aniqlik — boshqaruvdagi aniqlikdir. Davlat tilining nufuzi faqat idoralardagi hujjatlar bilan belgilanmaydi. Ko‘cha va mahalla nomlari, peshlavhalar, reklama va tashqi yozuvlar ham tilimizning jamiyatdagi qiyofasini namoyon etadi. Shu bois ularning qonunchilik talablariga muvofiqligi ham muhim. Qarorda zamonaviy atamalarning o‘zbekcha muqobillarini yaratish, sohaviy lug‘atlarni rivojlantirish hamda sun’iy intellekt asosida o‘zbek tilidagi matn va nutq bilan ishlaydigan raqamli platforma yaratish kabi istiqbolli vazifalar ham belgilangan. Eng muhimi, davlat tilida ish yuritish uchun maslahatchi bilan bir qatorda tashkilot rahbarlarining ham shaxsiy mas’uliyati belgilangan. Menimcha, mazkur qarorning mohiyati bitta fikrda mujassam: davlat tiliga hurmat hujjatdan boshlanadi, hujjatdagi savodxonlik esa davlat boshqaruvi madaniyatini namoyon etadi. Shunday ekan, har bir yozgan hujjatimizda aniqlik, har bir tashqi yozuvimizda savodxonlik, har bir tashabbusimizda milliy g‘urur mujassam bo‘lsin. Tilimiz ravnaq topsa — tafakkurimiz yuksaladi, tafakkurimiz yuksalsa — boshqaruvimiz takomillashadi. O‘zbek tili — kechamiz merosi, bugunimiz mas’uliyati va kelajagimiz poydevoridir! Baxodir Ziyoviddinov Chilonzor tumani hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi. 🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • Jizzaxda “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” va ilmiy lug‘at nashrlarining taqdimoti o‘tkazildi Joriy yilning 13-avgust kuni Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyati Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorligida nashr etilgan ilmiy va ma’rifiy ahamiyatga ega yangi adabiyotlar taqdimotiga bag‘ishlangan ilmiy-adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 4 jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”, “Zarif so‘z ziyorati” hamda “O‘zbek tili omonimlari lug‘ati” kitoblarining mazmun-mohiyati, ilmiy qiymati va o‘zbek tili hamda adabiyotini o‘rganishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Taqdimotda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi rahbari A.Eminov, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti professori A.Hasanov, Jizzax viloyati hokimining Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.Mavlyanov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyat bo‘limi rahbari M.Abduraxmonova hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda Jizzax viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari axborot-kutubxona markazlari rahbarlari, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ixtisoslashtirilgan ijod maktabi jamoasi, tuman va shahar hokimlarining Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari, tuman va shahar axborot-kutubxona markazlarining mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi. Tadbir davomida “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ning buyuk mutafakkir hayoti va ijodiy merosini tizimli hamda ilmiy asosda o‘rganish, Navoiyshunoslik yo‘nalishidagi tadqiqotlarni boyitishdagi o‘rni alohida qayd etildi. Shuningdek, “O‘zbek tili omonimlari lug‘ati” o‘zbek tilining leksik qatlamini chuqur o‘rganish, omonim birliklarning ilmiy tavsifini berish va tilshunoslik tadqiqotlarini rivojlantirish nuqtayi nazaridan muhim manba ekani ta’kidlandi. “Zarif so‘z ziyorati” nashrining esa o‘zbek so‘z san’ati, adabiy-estetik tafakkur va milliy ma’naviy merosni anglashdagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Taqdimot davomida mazkur nashrlarning ilmiy tadqiqotchilar, filologlar, pedagoglar, talabalar, ijodkorlar hamda keng kitobxonlar ommasi uchun muhim ilmiy-ma’rifiy manba sifatidagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. Mazkur ilmiy nashrlarning chop etilishi o‘zbek tili va adabiyoti tarixini chuqur o‘rganish, milliy ilmiy merosni tizimlashtirish, navoiyshunoslik va o‘zbek tilshunosligi tadqiqotlarini yangi ilmiy manbalar bilan boyitish yo‘lidagi muhim qadamdir...

  • #Munosabat 📌 Davlat tili — boshqaruvdagi mas’uliyat va madaniyat mezoni ☑️ Til — millatning ma’naviy qiyofasi, davlatning esa o‘zligini ifoda etuvchi muhim qadriyatdir. Shu bois davlat tilining nufuzi uning faqat qonun hujjatlarida belgilangan maqomi bilan emas, balki kundalik hayot va davlat boshqaruvida qay darajada to‘g‘ri, aniq va izchil qo‘llanayotgani bilan namoyon bo‘ladi. ☑️ Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-avgustdagi 437-son qarori ham davlat tashkilotlarida ish yuritish jarayonlarini davlat tili talablari asosida yanada takomillashtirishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyatga ega. ☑️ Mazkur hujjatda davlat tilida ish yuritish sifatini oshirish, rasmiy hujjatlarning mazmuni va uslubiga e’tibor qaratish, xodimlarning davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda til me’yorlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish kabi muhim vazifalar belgilangan. ☑️ Zero, davlat tilida ish yuritish — shunchaki hujjatlarni bir tilda rasmiylashtirish emas. Bu, avvalo, aniq fikrlash, mas’uliyat bilan yondashish va fuqaroga tushunarli tilda murojaat qilish madaniyatidir. ☑️ Bugun davlat tashkilotining faoliyati uning rasmiy hujjatlaridangina emas, balki peshlavhalari, e’lonlari, targ‘ibot materiallari, veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarida ham aks etadi. Ularda imlo va uslubiy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik, adabiy til me’yorlariga amal qilish davlat tiliga bo‘lgan hurmatning muhim ko‘rinishidir. ☑️ Shunday ekan, har bir rahbar va xodim davlat tilida ish yuritishga oddiy talab sifatida emas, balki kasbiy mas’uliyat va fuqarolarga hurmat mezoni sifatida qarashi lozim. ✍️ O.Ibragimova Namangan viloyati Chortoq tumani hokimining  ma'naviyat va davlat tili masalalari bo'yicha maslahatchisi

  • 13 авг.2 101629

    🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Ezgulik karvoni” loyihasi Sirdaryo tumanidagi 25-sonli hamda Xovos tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabida o'tkazildi. 📚Tadbirlar davomida ta’lim muassasalarining har biriga 🌟Kadastr agentligi tomonidan 500 turdagi turli xil kitoblar shuningdek, dunyo va O‘zbekiston xaritalari hamda zamonaviy so‘zlovchi (interaktiv) xaritalar taqdim etildi. 📖Ushbu kitoblar o‘quvchilarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yosh avlodni ilm-ma’rifatga chorlash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi. 🇺🇿Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilayotgan “Ezgulik karvoni” loyihasi doirasidagi bunday xayrli tadbirlar ezgulik, saxovat, hamjihatlik va ma’rifat ulashishning yorqin namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

  • Davlat tiliga e’tibor — milliy o‘zligimizga e’tibor O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida davlat tilimizga bo‘lgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik yanada katta ahamiyat kasb etmoqda.   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-avgustdagi “Respublikada davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 437-son qarori  davlat tilining jamiyatdagi nufuzini yanada oshirish, davlat organlarida davlat tilida ish yuritishni takomillashtirish hamda bu boradagi mas’uliyatni kuchaytirishda muhim qadam bo‘ldi. Mazkur qarorda belgilangan vazifalar davlat tilini asrash, uning qo‘llanish doirasini kengaytirish va zamonaviy taraqqiyot talablari asosida rivojlantirishga xizmat qiladi.   Davlat tiliga bo‘lgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik, ona tilimizning qadri va mavqeini yanada yuksaltirishga qaratilgan ushbu muhim qaror uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.   Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, davlat tilimiz — davlatchiligimiz timsolidir.   Ushbu ezgu va mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirishda barchamiz munosib hissa qo‘shamiz. Dilnoza Umurzakova Olmazor tumani hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi. Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site

  • “Soʻqqabosh”: soʻqqa nima degani? Soʻqqa soʻzi mustaqil qoʻllanishini unutib yuborgan ekanman. Izohli lugʻat esga soldi: ​– Oʻzing soʻqqa joningni boqolmaysan-u, toʻqlini qanday qilib boqasan, – dedi Shum bola Omonga. (Gʻ. Gʻulom, “Shum bola”) ​Mazmunga eʼtibor bersak, soʻqqa soʻzi hech kimsiz, yolgʻiz, faqat oʻzi maʼnosida kelyapti. ​Ushbu soʻzga bosh qismi qoʻshilishi bilan yasalgan soʻqqabosh soʻzi esa lugʻatda asosan ikki xil holatni ifodalaydi: ​1️⃣ Oila qurmagan, boʻydoq kishi (turmush oʻrtogʻi yoki bola-chaqasi yoʻq): ​– Bibi Robiya, – dedi u [Yaxshiboyev] – soʻqqabosh oʻtib ketyapsan. (M. M. Doʻst, “Lolazor”) ​2️⃣ Yaqin qarindoshi yoki suyanchi boʻlmagan odam: ​Dunyoda yakka-yu yagona, soʻqqabosh odam. (S. Ahmad, “Jimjitlik”) ​ Soʻqqa soʻzining oʻzi shunchaki yolgʻizlik, yakkalik holatini bildirsa, soʻqqabosh koʻpincha oilaviy va ijtimoiy maqomga nisbatan qoʻllanadi. ⚡️– bilib oldim @oriftolib | Sahifalarimiz

  • #Munosabat 🇺🇿 Davlat tili — davlat boshqaruvi samaradorligi va ish yuritish madaniyatining muhim mezoni 🇺🇿 2026-yil 7-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 437-son qarorining qabul qilinishi davlat tilining davlat boshqaruvidagi amaliy mavqeini yanada mustahkamlash, ish yuritish sifatini oshirish va bu boradagi mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi. ✅ Mazkur qaror davlat organlari va tashkilotlarida davlat tilida ish yuritishni tizimli yo‘lga qo‘yish, hujjatlarni belgilangan til me’yorlari asosida sifatli rasmiylashtirish, xodimlarning davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, lingvistik ekspertiza jarayonlarini takomillashtirish, tashqi reklama sohasi bu borada tartibga kelishi hamda geografik obyektlarni milliylik, tarix va davlat tiliga uyg‘un holda munosib nomlash ishlarini samarali muvofiqlashtirishga qaratilgan aniq vazifalarni belgilaydi. 💎 Bugungi kunda davlat tilining nufuzi, avvalo, uning davlat boshqaruvi va ish yuritish amaliyotida to‘laqonli qo‘llanilishi bilan namoyon bo‘ladi. Zero, mazmunan aniq, usluban puxta va savodli rasmiylashtirilgan hujjat — boshqaruv madaniyati, huquqiy aniqlik va mas’uliyatning muhim mezonidir. 🎓 Maslahatchilar maqomining rahbar o‘rinbosariga tenglashtirilgani esa davlat tili va ma’naviyat masalalariga davlat tashkilotlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishi sifatida qaralayotganining amaliy ifodasidir. Bu mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish, mas’uliyatni kuchaytirish va ijro intizomini mustahkamlash uchun muhim tashkiliy asos yaratadi. 🌐 Ayni paytda davlat tilidan foydalanish doirasi faqat an’anaviy hujjat aylanishi bilan cheklanmaydi. Rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, elektron hujjat almashinuvi va boshqa axborot resurslarida o‘zbek tilining adabiy til me’yorlari asosida aniq, ravon va savodli qo‘llanilishi ham zamonaviy boshqaruvning muhim talabidir. Qarorda sun’iy intellekt va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘zbek tilini rivojlantirish va uning qo‘llanish doirasini kengaytirishda foydalanishga e’tibor qaratilgani ham ayni jihatdan muhimdir. 🗝 Shuni alohida ta’kidlash lozimki, davlat tilida ish yuritish — hujjatlarni shunchaki o‘zbek tilida rasmiylashtirish emas. Bu davlat boshqaruvida tilga hurmat, kasbiy mas’uliyat, huquqiy savodxonlik va ish yuritish madaniyatini bir butun holda namoyon etadigan tizimdir. 💎 Har bir davlat tashkilotida tayyorlanayotgan hujjatning mazmunan aniq, mantiqan izchil, usluban puxta hamda imloviy va grammatik jihatdan savodli bo‘lishi boshqaruv qarorlarining to‘g‘ri anglanishi va samarali ijro etilishiga xizmat qiladi. ✅ Bugungi asosiy vazifa davlat tilidan foydalanishni shunchaki rasmiy talab emas, balki kundalik faoliyatning tabiiy va ajralmas qismiga aylantirishdir. Har bir rahbar, davlat xizmatchisi va tashkilot xodimi davlat tilida savodli va mas’uliyat bilan ish yuritishni o‘z kasbiy burchining muhim qismi sifatida qabul qilishi zarur. 🦅 Davlat tili — xalqimizning tarixiy xotirasi, milliy tafakkuri va o‘zligini ifoda etuvchi bebaho ma’naviy qadriyat. Uning davlat boshqaruvi, qonun ijodkorligi, ish yuritish, ta’lim va axborot makonida to‘laqonli qo‘llanilishi milliy o‘zligimizni yanada mustahkamlaydi. ✅ Shu bois 437-son qarorda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish davlat tilining nufuzi va amaliy qo‘llanish doirasini kengaytirish, ish yuritish madaniyatini yuksaltirish hamda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. ♦️ O‘g‘iloy QURBONOVA Marhamat tumani hokimining ma'naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi

  • #Munosabat Davlat tili — davlat boshqaruvidagi mas’uliyat mezoni Davlat tilining jamiyatdagi nufuzi, avvalo, uning amaliy faoliyatda qay darajada to‘g‘ri va samarali qo‘llanayotgani bilan belgilanadi. Shu ma’noda davlat tilida ish yuritishni takomillashtirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-avgustdagi 437-son qarori davlat tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish samaradorligini oshirish, hujjatlarning mazmunan aniq va til me’yorlariga muvofiq rasmiylashtirilishini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur qarorda mas’ul xodimlar faoliyatini kuchaytirish, hujjatlarni lingvistik jihatdan takomillashtirish, xodimlarning davlat tilida ish yuritish malakasini oshirish, shuningdek, tashkilotlarda davlat tili me’yorlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish kabi yo‘nalishlarga e’tibor qaratilgan. Bugungi kunda davlat tiliga qo‘yilayotgan talab rasmiy hujjatlar bilangina cheklanmaydi. Tashkilotlarning peshlavhalari, e’lon va reklamalari, rasmiy internet sahifalari hamda elektron axborot resurslarida adabiy til me’yorlariga rioya etilishi davlat tiliga bo‘lgan hurmatning amaliy ifodasidir. Shu bois har bir davlat tashkiloti va xodimi davlat tilida ish yuritish sifatini oshirish, hujjatlarda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik va til me’yorlariga qat’iy amal qilishni o‘zining xizmat vazifalaridan biri sifatida qabul qilishi zarur. Davlat tilining nufuzi — unga bo‘lgan e’tibor va mas’uliyatning amaliy natijasidir. Uni rivojlantirish va qo‘llanish doirasini kengaytirish esa davlat boshqaruvi samaradorligi hamda jamiyatning huquqiy-ma’naviy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. D. Vaxabova To‘raqo‘rg‘on tumani hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi

  • #bobosoz “Murod” va “murid”so'zlarining ma'nosi 📺"Boboso'z" — Eshqobil Shukur bilan

  • #Munosabat Davlat tiliga e’tibor — davlat boshqaruvi samaradorligining muhim mezoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-avgustdagi “Respublikada davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 437-son qarori davlat tilining nufuzi va amaliy qo‘llanish doirasini kengaytirish, davlat organlarida ish yuritishni to‘liq davlat tilida tashkil etish hamda bu boradagi nazoratni kuchaytirishda muhim huquqiy asos bo‘ldi. Qaror bilan davlat organlari va tashkilotlarida ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi faoliyati tartibga solinib, uning vakolat va vazifalari aniq belgilandi. Maslahatchilar davlat tilida ish yuritishni ta’minlash, hujjatlarni lingvistik ekspertizadan o‘tkazish, xodimlarning davlat tilida ish yuritish malakasini oshirish, zamonaviy atamalarning o‘zbekcha muqobillarini yaratish hamda peshlavha, reklama va boshqa tashqi yozuvlarning qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, davlat organlarining rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlari va elektron axborot tizimlarida davlat tili me’yorlariga rioya etilishi ham nazorat qilinadi. Maslahatchi maqomining rahbar o‘rinbosariga tenglashtirilgani esa ushbu yo‘nalishdagi ishlarning nufuzini va mas’uliyatini yanada oshiradi. Qarorda davlat tilini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Bu o‘zbek tilining raqamli makondagi imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Mazkur qaror davlat tilida ish yuritishni tizimli yo‘lga qo‘yish, hujjatlar savodxonligini oshirish, xodimlarning til bo‘yicha malakasini mustahkamlash va davlat tilining jamiyat hamda davlat boshqaruvidagi nufuzini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Davlat tili — milliy o‘zligimiz va ma’naviy boyligimiz. Uni rivojlantirish va amaliyotda to‘laqonli qo‘llash har bir davlat organi va mansabdor shaxsning muhim mas’uliyatidir.   Husniddin Xo‘janazarov, Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha Quvasoy shahar hokimining maslahatchisi, Xalq ta’limi a’lochisi Telegram | Hukumat portali | Facebook | Instagram | Youtube