Til va adabiyot ta’limi
Статистика📍 “Til va adabiyot ta'limi” – “Преподавание языка и литературы” – “Language and literature teaching” jurnali Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) ro‘yxatiga kiritilgan. 📍 Murojaat uchun: @TilAdabiyot_bot
- Последний пост
- 16 авг.
- Последнее чтение
- 15:05
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 257
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 521
- 1/48двое суток
- 597
- 1/72трое суток
- 643
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#fikr Kitob inson fikriga teranlik, ruhiga ziyo va hayotiga ma'no beradi. Telefon esa sezdirmay vaqtingni, diqqatingni va o'zligingni o'g'rilaydi. Oltindan qimmat vaqtingizni ekrandagi maqsadsiz ma'lumotlarga sarflamang! 🌐Sayt ✈️ Telegram✅Murojaat ♾Muhokama🌐Instagram
#Mustaqilligimizning_35_yilligi #Filologiya_Pedagogika #aksiya 🎉 Aziz mushtariylar! “Filologiya va pedagogika” elektron jurnali Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan MAXSUS AKSIYA e'lon qiladi! 💥14–24-avgust kunlari @FilologiyaPedagogikaBot ga yuborilgan maqola 300 ming so‘mga chop etiladi (hajmi cheklanmagan). Nashr sanasi: 31-avgust. ‼️Eslatma: to‘lov maqola nashrga ma’qullanganidan so‘ng amalga oshiriladi. 📌“Filologiya va pedagogika” elektron jurnali har oyda ikki marta nashr etiladi! 🌐 Sayt ✈️ Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram
#sana 13-avgust — O'zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tug'ilgan kun. * * * Nogoh salqin keldi avgust so‘ngida, Yomg‘ir yog‘ib o‘tdi bugun ertalab. Ertalab – sabrning ko‘zi o‘ngida – Men sening ismingni aytdim erkalab. Nogohon o‘zgarish etdimi ta’sir, Yo salqin xotirang yetdi – bilmadim: Ko‘nglimni ertalab etmadim tahrir - Erkalab ismingni aytdim. Yig‘ladim. Tushindim, taqdiring ishin yuritgan Beyurak royishlar haqlidir, haqli. O‘yladim: “Albatta, meni unutgan! – Albatta, baxtlidir! Albatta, baxtli!” Asli bu mung nechun? Taqdir hal bo‘lgan. Umrdan necha kun qoldi? Bilmadim. Sensiz o‘lmog‘imga qismatim ko‘ngan... Baribir yig‘ladim. 🌐Sayt ✈️ Telegram✅Murojaat ♾Muhokama🌐Instagram
#video Kelajagimiz va taraqqiyotimiz faqat va faqat bilimga bog‘liq ✨Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov fuqarolar bilan uchrashuvda ota-onalarga murojaat qilib, eng katta investitsiyani farzandlar ta’limiga yo‘naltirish lozimligini uqtirdi. Uning qayd etishicha, ota-onalarning dars jarayonida bevosita ishtirok etishi va bilimga e’tibor qaratishi kelajak farovonligining bosh omilidir. 🌐Sayt ✈️ Telegram✅Murojaat ♾Muhokama🌐Instagram
#elektronjurnal #Filologiya_Pedagogika ✨"Filologiya va Pedagogika" ilmiy-metodik elektron jurnali ushbu oyda bir marta, 31-avgust kuni chiqadi. ✅Maqolalar @FilologiyaPedagogikaBot orqali qabul qilinadi. 🌐Sayt ✈️ Telegram✅Murojaat ♾Muhokama🌐Instagram
#sana 10-avgust — O'zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A'zam tug'ilgan kun. * * * Meni asarning janri emas, unda erishilgan badiiy natija ko’proq qiziqtiradi. Roman yozgani bilan odam yozuvchi bo’lib ketaversa koshki ekan! Boshqalarni qo’yib buyuk Chexovni oling! Unga zamondosh bo’lgan necha-nechalari o’nlab romanlar yozgan, lekin bugun ularning nomini kim biladi, ayting? 🌐Sayt ✈️ Telegram✅Murojaat ♾Muhokama🌐Instagram
#fikr 🤔Ilgari odamlar o'zlarining biologik soati va ichki intizomini ko'proq ishga solgan. Afsuski, hozirgi raqamli davrda inson o'z mas'uliyatini to'lig‘icha texnikaga topshirib qo'ymoqda. ⚡️Negaki, insonlar har kuni yuzlab raqamli signallar, xabarnomalar va budilnik ovozlariga duch keladi. Oqibatda miyada "sensor o'rganish" paydo bo'ladi. Miya budilnik melodiyalarini xavf yoki muhim signal sifatida emas, balki oddiy orqa fon shovqini sifatida qabul qilib, uni avtomatik tarzda e'tiborsiz qoldirishni o'rganib oladi. Xavfli-a? Siz-chi? Siz qaysi biriga ko‘proq suyanasiz: ichki biologik soatingizgami yoki har 5 daqiqada chalinadigan raqamli budilniklargami? 🌐 Sayt ✈️ Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram
#til #adabiyot E’lonni koʻriboq oʻh dedim. Nomni zap topibdi: bilga - dono, donishmand degani; oʻzagi - bilmoq. (Gap kelganda aytib ketay, Koʻkturklar imperiyasini qurganlardan biri Bilga xoqon, uning mashhur bitiktoshi nusxasini qoʻyishimiz kerak biror gavjum manzilimizga. Milliy oʻzlik uchun muhim monument boʻladi.) Logoni koʻrib, yana bir oʻh dedim. Koʻkturk alifbosida qalin "Bb" tovushi shunday (𐰋) yoziladi. Bilim, boy, beg, bars, bogʻ(lam) kabi soʻzlar ushbu harf bilan boshlanadi. Oʻzbek etnonimida ham bor. Oʻziyam oyogʻini kerib, qoʻllarini beliga tirab turgan turkka oʻxshaydi: "Nima deysan? Gaping bormi?!" Menimcha, bu belgi dastlab bogʻlamni anglatgan, keyinchalik harfga aylangan va uning ishtirokidagi soʻzlarda ilk ma’no koʻpincha saqlanadi: bek odamlarni biriktiradi; bilim ham, bilga ham... "Bilga tur" ham! (Bir logodan ilhomlanib, shuncha gapni badihagoʻylik qildim, ilmiy faraz tarzida oʻzlashtirib yozvormanglar tagʻin.) Ayni tunlarda “yulduzlar yog‘dusi” astronomik hodisasi kuzatilishi haqida boshqa joyda oʻqib oʻh degandim: shahar chiroqlari va tutunlaridan olisroq makonga borish kerak, meteor yog‘inini koʻrish kerak. Bolaligimdagi kabi charaqlagan osmonni bolaligimdan beri qayta koʻrmadim-ov. "Bilga tur" shunga imkon yaratishi... oʻh! Yetmagan joyiga adabiyotimiz yulduzi Najmiddin Turon ham bilgalar bilan birga boʻlar ekan. (Choʻqqa koʻmilgan kartoshkalar qoʻlni kuydirgandagi "oʻh-oʻh"larni qoʻshmadim hali...) Mana shuncha ajoyibotlarning barchasi xorij safarimga toʻgʻri kelishini bilib, men eh dedim. Siz eh demang! "Bilga tur" bilan birga boʻling, bilga boʻling! 🗄Farrux Jabborbek
#yangilik #jurnal #elektronjurnal OAK tomonidan 2026-yil 3-avgust holatiga “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati” yangilandi. Unda jami 1705 ta jurnal mavjud. Jumladan, “Til va adabiyot ta’limi” jurnali ro‘yxatning 1013-qatorida, “Filologiya va Pedagogika” elektron jurnali esa 1094-qatorida ko‘rsatilgan. 🌐 Sayt ✈️ Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram
#sana 6-avgust — O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi Kavsar Turdiyeva tug'ilgan kun. VATAN IQBOL KUTAR G‘ayrat bo‘lib, shiddat bo‘lib, Asov hayot toshar. Daryo bo‘lib, ziyo bo‘lib, Shoshil tog‘lar osha. Jumboqlarga javob bo‘lib, Moziy hikmat aytar. Hikmat bo‘lib, qudrat bo‘lib, Uni sen ham qaytar. Menda, senda, bizda, Har bir o‘g‘il-qizda. Yagonadir Vatan, Asra uni har dam. Mendan, sizdan, bizdan, Barcha o‘g‘il-qizdan Vatan iqbol kutar, Bizga imkon tutar. 🌐Sayt ✈️ Telegram✅Murojaat ♾Muhokama🌐Instagram
без подписи
#munosabat #jurnal ⚡️Taniqli shoira Go‘zal Begim o‘zining facebook sahifasida "Til va adabiyot ta'limi" jurnalining Odil Ikrom ijodiga bag‘ishlangan maxsus soni haqida samimiy va qimmatli fikrlarini bildiribdi. Ushbu dil so‘zlarini Siz, aziz mushtariylarimiz bilan to‘liq bo‘lishishni lozim topdik: SHE’RDAN BOSHQASINI RAD ETGAN Ijtimoiy tarmoqlar qarmoqqa aylangan bugungi kunda asl SHOIRni tanish, tanishtirish birmuncha mushkul! Yoshlar vizual poeziyani ko‘proq qadrlaydi, yoshi katta avlod esa haliyam so‘zga nisbatan juda talabchan: so‘z yoziladi, o‘qiladi va qalbda avaylanadi degan aziz ne’mat o‘laroq munosabatda bo‘lishadi. Xullas, Odil Ikrom kabi so‘z taftishchisining oramizda borligi Adabiyotimizning, bizning baxtimizdir. Hamma so‘zini, adabiyotni suiiste’mol qilib dang‘illama hovlilar qurgan, kitobining ortidan mashinalar mingan bir asrda Odil Ikrom faqat so‘zga ergashdi. Adabiyotdan foydalanmadi, manfaat uchun she’r bitmadi, o‘zini ijtimoiy tarmoq bozoriga otmadi, o‘zi istaganday yashadi, so‘zning lab-lunjini bo‘yamadi. Bular aytishga oson, lekin bu kabi prinsiplar bilan yashash qiyin, judayam qiyin. Odil Ikrom shaxsiyati she’riyatdan boshqa hamma narsani rad etadi. U faqat Adabiyot uchun tug‘ilgan va shu bilan nafas olayotgan ijodkor. Oramizdagi bu kabi buyuklarimizni afsuski botinan doim taniyvermaymiz. Odil aka, o‘zimizning Robinzon Kruzodir! Robinzon kimsasiz orolda butun boshli ro‘zg‘orini yaratgani kabi Odil aka, chin she’r va shaxs yo‘qsilligiga duch kelganimiz bir asrda o‘zini she’r bilan, qalbi bilan qurollantirdi. "Til va adabiyot ta’limi" jurnali zap ajoyib bir ish qilibdi. Jurnalning to‘liq bitta sonini shoir va tarjimon, adabiyot ilmi bilimdoni, nihoyatda go‘zal shaxsiyat Odil Ikromga bag‘ishlabdi. JURNALNING EZGU ISHINI QO‘LLASHIMIZ SHART! Odil aka, tabriklaymiz! 🎯Adabiyotimizni, so‘z qadrini va shunday zabardast ijodkorlarimizni birgalikda e’zozlashda davom etamiz! Siz ham jurnalimizning ushbu sonini o‘qib chiqdingizmi? O‘z fikringizni izohda qoldiring! 🌐 Sayt ✈️ Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram
#milliy_sertifikat #yangilik Yana 11 ta chet tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari Multi-level formatiga o‘tkaziladi ⚡️Avval har bir daraja uchun alohida imtihon topshirilardi. Endi esa bitta imtihonda ishtirok etib, B1, B2, C1 darajalaridan qay biriga mos kelishingiz belgilanadi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi mas’ul xodimi Javlonbek Nurmatov ma’lum qildi. 🎁 2026-yil 1-sentabrdan Multi-level formatga o'tadigan tillar: ✅ xitoy ✅ koreys ✅ yapon ✅ ispan ✅ italyan ✅ fors ✅ dari ✅ pushtu ✅ urdu ✅ hindiy ✅ uyg'ur Shuningdek, endi uzrli sabab bilan milliy sertifikat imtihoniga kelmagan talabgorlar to‘lovini qaytarib olishi mumkin. 🌐 Sayt ✈️ Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram
#til ⚡️Oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar ro'yxati 🌐Sayt ✈️ Telegram✅Murojaat ♾Muhokama🌐Instagram
без подписи
без подписи
#elektronjurnal #Filologiya_Pedagogika ✨"Filologiya va Pedagogika" ilmiy-metodik elektron jurnalining 2026-yilgi 14 (33)-soni bilan tanishing. 📌Elektron jurnal Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi "Til va adabiyot ta’limi" davlat muassasasi muassisligida nashr etiladi. “Filologiya va pedagogika” ilmiy-metodik jurnali Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2024-yil 30-noyabrdagi 364/5-qarori bilan 10.00.00 – Filologiya va 13.00.00 – Pedagogika fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari (PhD, DSc) asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan. Jurnalni yuklab olish: ⬇️2026-yil 14 (33)-son ✅Maqolalar @FilologiyaPedagogikaBot orqali qabul qilinadi. 🌐Sayt ✈️ Telegram✅Murojaat ♾Muhokama🌐Instagram
Yillar o‘tib shu to‘plamga egaligi bilan maqtanib yuradigan odamlar paydo bo‘ladi. Shuni o‘zim boshlab beray, dedim. "Til va adabiyot taʼlimi" jurnalining 2025-yilgi sonlarini tahririyatdan sotib oldim. 2026-yilgi sonlarini tezroq chiqarib olishsin endi. @suhrob_ziyo1
#tanlov Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi “Jonajon oʻzbek tilim” tanlovini e’lon qiladi. G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Tanlov yo‘nalishlari: • oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot; • oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot; • oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar; • davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material; • oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik; • oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish; • oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish. 📌Nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (namuna) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda 20-avgustdan 20-sentabrgacha quyidagi manzillarga yuborishlari lozim: • Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi; • @Jonajontilim_bot telegram boti; • Uz_til_jamgarma@umail.uz elektron pochtasi. Mukofotlar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi. 🌐 Sayt ✈️ Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram
#tahrir Oxirgi o‘nyillik — 2010–2020 Oxirgi o‘n yil — 2016–2026 🗄Farrux Jabborbek