SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
СтатистикаDr. Avazxon Umarov O'zbek shevalariga oid so'zlarni o'rganamiz. Turkiy til va adabiy meroslarimiz haqida fikr yuritamiz. Turkiya, Turk tili, tarjimalar borasida postlar qo'yamiz. @Avaz_Han İnstagram: https://www.instagram.com/avazxon_umar?igsh=MTZvZj
- Последний пост
- 4 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 294
- 1/48двое суток
- 336
- 1/72трое суток
- 363
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Assalomu alaykum, aziz obunachilar! Yaxshimisizlar? Oxirgi ijodiy postimni 12-iyunda qo’ygan ekanman. Salkam ikki oy bo’libdi. Ba’zi ijodiy, ilmiy va shaxsiy ishlar bilan band bo’lib qolgan edim. Bundan keyin tez-tez yozib turaman. Sizlar nima bilan shug’ullanyapsizlar? İzohlarda yozishaylik✍️
Abituriyentlar pasport va maktab shahodatnomasi yoki kollej diplomi va muvofiqlik hujjati ( Denklik belgesi) bilan hujjat topshirishlari mumkin. Türk yoki İngliz tilini B2 saviyada bilsihlari talab qilinadi (Sertifikat bilan) bilmasa onlayn shaklda oʻrgatiladi. Kirish imtihonsiz , muloqot asosida qabul qilinadi Yillik kontrakt toʻlovi (250$) 3 mln soʻm atrofida Darslar zoom orqali ,jonli shaklda yetuk mutaxassislar tomonidan olib boriladi, oraliq va yakuniy imtihonlar esa yuzma yuz Toshkentda oʻtkaziladi Oʻzbekiston rasmiy ofisi manzili: Uchtepa Tumani Archazor koʻchasi Kichik Halqa yoʻli 3 +998 97 017 43 32
Dunyodagi 3 - Mega Unuversitet, Masofadan Ta'lim tajribasi va sifati boʻyicha Turkiya Jumhuriyatidagi birinchi raqamli Davlat Universiteti, minglab va millionlab talabaga ega va bitiruvchilarni chiqargan Anadolu Universitetiga qabul boshlandi Bu Universitetda siz dunyoning istalgan joyidan turib masofadan taʼlim olishingiz va oliy maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin. Universitetning dunyoning 41 ta oʻlkasida rasmiy ofislari faoliyat koʻrsatmoqda. Jumladan Oʻzbekistonda ham 4- yil faoliyatini davom ettirmoqda
Buni turkchada “seyahat yastığı”- sayohat yostig’i “ deyishadi. O’zbekchada ruscha yoki boshqa ajnabiy tildagisi ishlatilsa kerak. Bugundan boshlab “sayohat yostig’i” desak bo’ladimi? Fikr va mulohazalaringizni kutaman! Taklif bo’lsa aytinglar! İzohlarni qizdiringlar😊 @shevashunos
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#xolistavsiya Ilmiy ish yozayotgan tadqiqotchilarning aksariyati sohasiga doir adabiyotlar yetishmasligidan qiynalishadi... Magistraturaga kirishda o‘rgangan turk tilingizni ishlatish vaqti keldi. Muammoga yechim sifatida boy ilmiy manba va adabiyotlarga ega turkcha kitoblar dunyosiga yo‘l ko‘rsatmoqchiman... Sitora uch yildan beri Anqara shahrida oilasi bilan yashab, “Türkiye Bursları” grandi asosida magistratura o‘qiyapti, ikki nafar farzandi bor. Oila, uy ishlari va darslaridan tashqari O‘zbekistonga turk tilidagi kitoblarni topib jo‘natisharkan. Siz so‘ragan kitobni topib berishadi yoki ilmiy tadqiqotingiz mavzusiga qarab adabiyotlar qidirishda ham yordam berishadi. Yangi holatda sotuvi tugagan manbalarni ikkinchi qo‘l sahhoflardan ham olib berisharkan. Buyurtma bersangiz bo‘ldi, Anqaradan sizga yaqin pochta ofisigacha bepulga yuborishadi! “Türkkitap” onlayn do‘koniga havola: https://t.me/+WRXCHsmwgGExM2M6 https://t.me/+WRXCHsmwgGExM2M6 https://t.me/+WRXCHsmwgGExM2M6
“Кел, эй сарбон…” 📜Маъруфжон Йўлдошев таржимаси 🎙Матнни телебошловчи ва актёр Ойбек Тоҳиров ўқиди 🎞Bидеони Оғабек Тоҳиров тайёрлади 📍Ушбу видео Жайҳун соҳилида таcвирга олинди ♻️@hayot_deganlari
Prof, Dr. Ma’rufjon Yo’ldoshevdan ajoyib tarjima!
@shevashunos
Tarjima 🇺🇿Yozni deb bahorni sovurdik, Noz deya ishqni... Moychechaklarni ham "sevadi-sevmaydi" deb... Oqibat bir sarob uchun boy berdik umrni...(Sezai Karakoch) 🇹🇷Baharı yaz uğruna tükettik, Aşkı naz uğruna Ve papatyaları seviyor sevmiyor uğruna Derken ömrü tükettik bir hiç uğruna” @shevashunos
“İnshaalloh, kelgusi davrni Turk dunyosi asriga aylantiramiz” Rajab Toyyib Erdo’g’on
İlk turkiy manba Tarixiy jihatdan ma’lum bo‘lgan ilk turkiy yozma manba sifatida Choyr bitigtoshini (milodiy 687-692-yillar) qabul qilingan bo’lib, uni boshqa ba’zi tillarning ilk yozma manbalari bilan qiyoslaganimizda, quyidagicha holatga duch kelamiz: Turkiy til: Milodiy 687-692-yillar, Choyr bitigtoshi. Yapon tili: Milodiy 712-yil, "Nixon Shoki" (Nihon Shoki) asari. Ingliz tili: Eng qadimgi yozma manbasi milodiy VIII asrga tegishli. Fransuz va nemis tillari: Eng qadimgi hujjatlari 843-yilda ikki aka-uka o‘rtasida imzolangan bitimdir (Strasburg qasamyodi). Italyan tili: XVII asrda shakllangan. Venger tili: Tixan vaqfnomasi (Tihanyi Vakıfnamesi), milodiy 1057-yil. İnstagramimda 👉https://kkinstagram.com/reel/DYUpFsxswJZ/?igsh=NHo3cXhlYjg4NHUx
Turk xalqlarining choy piyolalari. Turkiy xalqlarning choy piyolalari o‘ziga xos tarixga ega. Undagi har bir naqshning o‘z anglam va ma’nosi bo‘lib, ular hayotdan olingan. Siz tomonlarda 'piyola' so‘zi o‘rnida qanday so‘zlar qo‘llaniladi? Piyola bilan bog‘liq go‘zal so‘zlar, maqol yoki she’rlar bo‘lsa, biz bilan baham ko‘ring. Menimcha, piyola haqidagi eng go‘zal she’r Erkin Vohidovning ushbu misralaridir: Garchi shuncha mag`rur tursa ham, Piyolaga egilar choynak. Shunday ekan, manmanlik nechun, Kibru havo nimaga kerak? Kamtarin bo`l, hatto bir qadam O`tma g`urur ostonasidan. Piyolani inson shuning-chun O`par doim peshonasidan. 1956 @shevashunos
TARJİMA " Qalblar bir-biridan qanchalik uzoqlashsa, ovozlar shunchalik baland ko‘tarila boshlaydi. Qalb yaqin bo‘lganda esa insonlar pichirlab gaplashadilar, hatto so‘zlarsiz ham bir-birlarini anglaydilar; birgalikda jim turib suhbat quradilar. Haqiqiy suhbat ahli — bir-birini chin dildan eshitadigan insonlar — so‘zlar orqali so‘zlashganlaridek, sukut orqali ham muloqot qiladilar va jim turgan holda bir-birlarini tushunadilar. Jamiyat sifatida, xalq sifatida qalblarimiz bir-biriga qanchalik yaqin bo‘lsa, o‘zaro sokin, teran va ishonch bilan muloqot qilish imkoniyatimiz shunchalik ortadi. Aksincha, qalblarimiz parchalanganda, tuyg‘ularimiz o‘zga olamlarga sochilib ketganda, baqirib gapirishga majbur bo‘lamiz va yagona chorani shunda deb bilamiz. Agar bir inson yonidagi kishiga baqirayotgan bo‘lsa, bu ikki inson jismonan yaqin bo‘lishi mumkin, ammo ruhan va qalban bir-biridan masofalar qadar uzoqdir. Aynan shuning uchun ular "meni eshit!" degandek baqirishni yagona chora deb biladilar. Biz xalq o‘laroq tuyg‘udoshlikni (empatiyani) qanchalik mustahkamlasak, bir-birimizni tinglash, turli madaniyatlarga nisbatan bag‘rikeng bo‘lish va ulardan nimadir o‘rganish biz uchun shunchalik oson kechadi. İ. Kalin "
Do‘ppi O‘zbek milliy qiyofasini do‘ppisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu mo‘jaz san’at asari shunchaki bosh kiyim emas, balki egasining kelib chiqishi, mavqei va dunyoqarashini ko’rsatadigan ko’zgudir. “Do‘ppi” so‘zi turkiy “tübe/töbe” so‘zidan olinganligi haqida ma’lumotlar bo’lib, “cho‘qqi” yoki “tepa” degan maʼnoni anglatadi. Uni keksa ayollardan tashqari deyarli barcha — go‘daklardan tortib yoshi ulug‘largacha kiyishadi. O‘zbekiston Do‘ppilarining ba'zilari: O‘zbekistonning har bir vohasi o‘ziga xos tikish uslubi va naqshlariga ega Buxoro (Zardo‘zi) do‘ppi : Zarrin naqshli, tilla va kumush iplar bilan tikiladigan bu do‘ppilar qadimdan egasining yuksak mavqei va boyligidan dalolat bergan Andijon (ayollar) do‘ppi : Zich oq asosda, "xoch" usulida tikiladi. Naqshlarda ko‘pincha hayotiy ramzlar va shirin-shakar mevalar tasvirlanadi Toshkent (ayollar) do‘ppi : To‘q qizil, yashil yoki ko‘k matolardan tikilib, och rangli munchoqlar va qush patlari bilan bezatiladi. Bu bezaklar nafaqat go‘zallik, balki ko‘z-tildan asrovchi tumor vazifasini ham o‘tagan Shahrisabz (erkaklar)do‘ppi : Mashhur “Iroqi” do‘ppilari. Yorqin o‘simlik ornamentlari tabiatning go‘zalligi va borliqdagi saxovatni ifodalaydi Boysun (erkaklar) do‘ppi : Ranglarning noodatiy uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Masalan, xantal-sariq rang — paxta gulini, oq rang — paxtaning pokligini anglatadi Qoraqalpoq (erkaklar) do‘ppi : Xalq orasida “malika tupugi” deb ataluvchi dumaloq shakldagi betakror do‘ppi turi; Vodiy tomonda erkaklar orasida marg'ilon do'ppi urfdir. Do‘ppi — bu shunchaki kiyim emas, bu bizning o‘zligimizdir. Sizda ushbu do‘ppilarning qaysi biri bor? İzohlarda rasmini ulashing! Viloyat, tumanni ham aytib keting. Manba: https://uzbekistan.travel/uz/o/chust-doppilari-bosh-kiyimning-8-xususiyati/ @shevashunos !#Doppi #MilliyMeros #Madaniyat #Ouzbekiston #Anana #Qadriyat
видео или голосовое, без подписи
Sohibqiron Bu so‘z arabcha ṣāḥib (صاحب) hamda ḳrn o‘zagidan kelib chiqqan ḳirān (قران) so‘zlarining birikmasidir. Sohib so’zi “yaqinlik” ma’nosida keladi. Kirān so‘zi esa quyidagi ma’nolarni anglatadi: 1. İkki narsaning birlashishi 2. Xususan, baxt yulduzu deb qaralgan Venera va Yupiter (Mushtariy) sayyoralarining bir burjda uchrashishi. Undan tashqari sohibqiron unvoni sharq va g’arbni fath qilgan hukmdorlarga beriladi. Bulardan biri Amir Temurdir. Buyuk İskandar, Chingizxonga ham ushbu unvon berilgan. Lekin sohibqiron so’zi aynan Amir Temurga ko’proq yarashadi. @shevashunos #timur #Қаҳрамонлар
🚨 Diqqat, tanlov! 📚 Avrasya Yozarlar Birligi tomonidan VIII Xalqaro Mahmud Qashqarli hikoyalar tanlovi e’lon qilinadi. 📝 Mavzu: erkin 📅 Muhim sanalar: * Asarlarni topshirishning so‘nggi muddati: 01-sentabr 2026-yil * Natijalar e’lon qilinadi: 20-oktabr 2026-yil * Xalqaro mukofot topshirish marosimi: 08-dekabr 2026-yil 🏆 Mukofotlar: * 🥇 1-o‘rin — 45 000 turk lirasi *(taxminan 12 420 000 so‘m)* * 🥈 2-o‘rin — 25 000 turk lirasi *(taxminan 6 900 000 so‘m)* * 🥉 3-o‘rin — 15 000 turk lirasi *(taxminan 4 140 000 so‘m)* * 🎖 Rag‘batlantiruvchi mukofot — 10 000 turk lirasi *(taxminan 2 760 000 so‘m)* 📑 Tanlov shartlari: 1. Tanlovga yuboriladigan hikoyalar avval hech qayerda e’lon qilinmagan va hech qanday tanlovda mukofot olmagan bo‘lishi kerak. 2. Hikoya mavzusi erkin. 3. Har bir ishtirokchi tanlovda faqat bitta hikoya bilan qatnashishi mumkin. 4. Hikoya hajmi 2000 so‘zdan kam bo‘lmasligi va 7500 so‘zdan oshmasligi kerak. 5. Hikoyalar Word hujjati ko‘rinishida, 12 o‘lchamli shrift bilan yozilgan bo‘lishi lozim. 6. Hikoya faylida muallifning ismi ko‘rsatilmaydi; alohida faylda muallif haqida qisqacha ma’lumot yuboriladi. 📩 Asarlarni yuborish manzili: [kmahmut2026@gmail.com](mailto:kmahmut2026@gmail.com) 🌍 Mazkur tanlov Avrasya Yozarlar Birligi tashkil etilganining 20 yilligi va Dr. Yakup O‘mero‘g‘li tavalludining 60 yilligi munosabati bilan o‘tkazilmoqda. ✍️ Qatnashinglar, jo‘ralar! 🇺🇿 O‘zbekistonlik yozuvchi g‘olib bo‘lishini juda istayman!
Turkiyadagi kitob ko‘rgazmalarining o‘zgacha fayzi bor. Bir-ikkita loyiha sabab Anqaradaligimdan foydalanib, men ham ko‘rgazmaga bordim. Bilasiz, Turkiyada bir nechta tarjima va mualliflik kitoblarim nashr etilgan. Ko‘rgazma rastalari orasida professor Osman Karatay bilan hamkorlikda tayyorlagan, nufuzli nashriyotlardan "Ötüken" nashriyotida chop etilgan chig‘atoy turkiysidagi “Bozo‘g‘lon dostoni” (Bozoğlan Destanı) kitobimizga duch keldim. Ochig’ini aytsam, kitobimizni bunday katta maydonlarda ko‘rib, juda quvondim. Bu quvonchni sizlar bilan ham baham ko‘rgim keldi. Kitob bilan qoling! @shevashunos