tgindex
Zamira O'zturk kutubxonasi 📕📗📘📙

Zamira O'zturk kutubxonasi 📕📗📘📙

Статистика
@hamidovazamiraКнигиузбекский

O‘zbekcha~Turkcha lug‘at hammuallifi, Oybek qalamiga mansub "Qutlug' qon", "Oltin vodiydan shabadalar" romanlarining, shuningdek, professor Zarifboy Ibodullayevning "Asab va ruhiyat" kitobining tarjimoni Zamira O‘zturkning shaxsiy kanali!

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
11
Всего постов
48
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
2 810
−20 за 5 дн.
Сутки
−5
−0,18%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
280
40 постов
Вовлечённость
10,0%
к подписчикам
Постов в день
1,6
всего 48
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
196
1/48двое суток
224
1/72трое суток
242

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Qur'oni Karim ma'nolarining tarjimasini turk tilida eshitmoqchi bo'lganlar uchun: https://youtu.be/yNyp4FKyF28?si=KXY6i2HMqAoZz_Gg Jami 21 soat. @hamidovazamira

  • YAXSHILIK NIMA? Tashvishlarimizdan ortib, bir inson ko‘nglini shod qila olganimizmi? Yoki bir kichik chumoliga rahm qilib, bosmay o‘tganimizmi? Yoki g‘ussalarga ko‘milgan dil g‘uborini aritish uchun bir og‘izgina aytgan tasalli so‘zimizmi? Yoxud hech kimga yomonlik qilmaganimizning o‘zi bizning yaxshiligimizmikin? Balki birovlarni yomonlamay, ular haqida yaxshi gapirib, ezgulik yo‘lini tutganimizning o‘zi eng katta yaxshilikdir? ✍ Tohir Malik 📚 Umidimiz yulduzlariga @hamidovazamira

  • Darveshdan so‘radilar: “Dunyodan nimani anglading?” Darvesh javob berdi: “O‘lganlar mehr bilan yodga olinadigan, tiriklar esa mehrsizlikdan o‘ladigan bir dunyoga guvoh bo‘ldim. O‘lganlarning tuprog‘iga gul ekdilar, tiriklarning esa bog‘ini payhon qildilar”. @hamidovazamira

  • 12 авг.223111из bektoshkhatamov

    Яна ўқиш. Яна сал кам бир йиллик ўқишга қабул қилиндим. Бу сафар Истанбулдаги энг қадимий университетлардан бири Боғазичи университетининг MBA (Master of Business Administration) факультетида ўқишга қабул қилиндим. Ҳаммаси нимадан бошланди? Мен яқинда халқаро даражадаги бизнес қилиш учун бир икки лойиҳаларга қизиқиб юрган эдим. Маҳаллий бозордан чиқиб халқарога ўтмоқчи эдим. Аммо ўзимда қандайдир ишончсизлик сездим ва бунинг асл сабаби бироз шу жойда билимим етишмаслиги ва нетворкинг (таниш-билиш) кўпатириш эҳтиёжини сездим. Бунинг учун эса MBA айни муддао деб ўйладим, Америка ва Европа университетларини кўриб чиқдим, аммо менга ҳам локация, ҳам муҳит, ҳам инглиз тилида билим берадиган жой керак эди. Ҳужжатларни йиғишни бир йил олдин бошладим, икки марта имтиҳон топширдим, бир марта профессорлар билан, бир марта университетнинг ҳомийлари бўлган Туркиянинг йирик тадбиркорлари билан суҳбатдан ўтишимга тўғри келди. Ва ниҳоят университет томонидан барча текширувлар ўтгач кеча қабул қилинганлигимни эълон қилишди. Умумий ҳисобда бутун дунёдан 16 одам дастурга қабул қилинди, уларнинг барчаси ўз юртларида бизнеслар қурган, анча тажрибали тадбиркорлар экан. Туркиянинг ўзидан уч кишига жой берилган, хуллас ҳаётимнинг энди яқин бир йили яна илм олиш, янги тажрибалар ўрганиш ва ривожланиш билан ўтади. Албатта олган инсайтларимни сиз, азизлар, билан ҳам бўлишиб бораман. Шунақа гаплар. @bektoshkhatamov

  • Hidi yo'q gulga chaman xayf, Mehri yo'q dilga badan xayf. @hamidovazamira

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 12 авг.1982из Turkkitap_uz

    #buyurtmalar Navbatdagi buyurtmalar (1-qism) 📦 Yetkazib berish bepul! 📩 Murojaat: @sitora_qarshiyeva @turkkitap_uz - ko‘p o‘qing, oz to‘lang! 📚🛫

  • Sabrning mukofoti...Turkiyalik juftning 34 yildan keyin egizak qizlari tug'iladi. Qizlar hozir 8 yoshda. "Otamga farzandlik bo'lganimizni aytganimda u xushxabarni ko'tara olmay vafot etdi"... https://www.youtube.com/watch?v=yBINhnGIdPY Olloh taolo ota-onaga sog'liq, uzoq umr bersin. Qizlarni panohida asrasin. @hamidovazamira

  • Hayot - murakkab romandir. Biz esa bu romanning ham muallifi, ham o‘quvchilarimiz. Abdulla Qodiriy @hamidovazamira

  • 10 авг.303171из KAZAN_MFA

    Ўзбекистон Республикасининг Қозон шаҳридаги Бош консулхонаси хабари   Жорий йилнинг 10 август куни Татаристон Республикасининг Нижнекамск шаҳрида жойлашган қатор объектларга учувчисиз учиш аппаратлари орқали ҳужум содир этилган. Татаристон Республикасининг ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идоралари маълумотига кўра, ҳодиса оқибатида 13 киши ҳалок бўлган, 39 киши турли даражада жароҳат олган. Мазкур мудҳиш воқеа оқибатида, афсуски, Ўзбекистон Республикасининг 7 нафар фуқароси (А.Д.К., У.С.А., Б.О.М., А.Р.Э., Х.Д.Р., Х.Ф.Ф. ва И.Д.Ф.) ҳалок бўлган. Бош консулхона ҳалок бўлган фуқароларнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдиради. Ҳозирда мазкур ҳолат Бош консулхона томонидан назоратга олинган. Ҳодисага аниқлик киритиш мақсадида маҳаллий масъул ваколатли идоралар ва тергов органлари билан зарур алоқалар ўрнатилган. Вафот этган фуқароларнинг жасадларини суд-тиббий экспертиза ва зарур расмий жараёнлар якунланганидан сўнг Ватанга қайтариш бўйича тегишли ишлар амалга оширилишини маълум қиламиз.

  • Nissan “Qashqai” nomi qayerdan kelgan? Yaponiyaning Nissan kompaniyasi mashhur avtomobiliga Eron janubida, asosan Fars hududida yashovchi Qashqay turkiy qabilalar konfederatsiyasi nomini bergan. Qashqaylar asosan turkiy kelib chiqishga ega bo‘lib, o‘g‘uz guruhiga mansub Qashqay turkiy tilida so‘zlashadi. Tarixan ular ko‘chmanchi chorvador xalq bo‘lgan. Nissan ham avtomobil konsepsiyasida aynan harakatchanlik, erkinlik va turli sharoitlarga moslasha olish g‘oyalarini nazarda tutgan. Shu bois dastlabki Qashqai konsepti “Urban Nomad” — “shahar ko‘chmanchisi” deb ta’riflangan. Qashqai konsepti 2004-yilda Jeneva avtosalonida namoyish etilib, seriyali model 2007-yilda Yevropa bozoriga chiqarilgan. “Qashqay” nomining kelib chiqishi ham qiziq. Eng ehtimolli qarashlardan biriga ko‘ra, u turkiy “qashqa” — peshonasida oq belgisi bor ot ma’nosidagi so‘z bilan bog‘liq. Demak, bugun dunyo yo‘llarida yurgan Nissan Qashqai nomida bir turkiy xalqning nomi yashab kelmoqda. @hamidovazamira

  • 9 авг.404154

    IKKI YO‘LNING BIRI Ko‘chada notanish bir yigit meni bexos savolga tutib qoldi: – Hamonki, inson taqdiri hali tug‘ilmasidan ilgariyoq belgilab qo‘yilgan ekan, yomonning yaxshi bo‘lishiga harakat qilmog‘i behuda ekan-da?! Masalani tushuntirib berishga zarur ilm kaminada yetarli bo‘lmasa-da, savol berilgan, javob kutilmoqda edi. Aqlim yetganicha dedimki: – Ha, kishining taqdiri hali tug‘ilmasidan ilgariyoq belgilab qo‘yiladi. Ammo kishining ro‘parasida ikki yo‘lni ham bergan: biri – hidoyat, ikkinchisi – zalolat, boshqacharoq aytsak: yaxshilik va yomonlik. Bu yo‘llardan qay birini tanlash uchun esa Yaratgan zot unga aql, zehn va farosat ham berilgan. Ayni chog‘da bu aqlni quvvatlantiruvchi kalomini ham tushirgan hamda hidoyat bilan zalolatni farqlashlarida to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatsin, deb bandalari orasidan o‘zining elchisini ham belgilab qo‘ygan. Kimki aqli va qalbi bilan Kalomullohni anglabdi, Rasulullohga (s.a.v.) ergashibdi – u hidoyatga yetibdi. Kimki anglamabdi, anglashga intilmabdi yoki intilishni istamabdi – shaytonning etagini tutibdi va zalolat yo‘lini o‘ziga ma’qul ko‘ribdi. Demak, Alloh bandaga ixtiyor berib qo‘yibdi. ✍ Tohir Malik 📚 Umidimiz yulduzlariga @hamidovazamira

  • 9 авг.366217

    Oʻqiyman degan odam har qanaqa muhitdayam oʻqishga vaqt topadi. Oʻqimayman degan odam, kecha-yu kunduz boʻsh boʻlsayam, yotadi xurrakni otib! ✍ Odil Yoqubov  📚 Diyonat Kitobsevarlar kunimiz muborak bo'lsin azizlar! 📚❤️📚❤️📚❤️ @hamidovazamira

  • 8 авг.356145

    ​Qayerga boqsang ko'rganing yuzingdir, Kimda nima ko'rsang - asli o'zingdir. Yunus Emro @hamidovazamira

  • 8 авг.426216

    Muhabbat shunchalik mittiki, Bemalol sig'adi yurakka. Muhabbat shunchalik kattaki, Sig'maydi na yeru falakka. Rustam Musurmonov @hamidovazamira

  • Xitoy tarixiy manbalariga ko‘ra, Shimolda yashaydigan turklar har yili ot poygalari uyushtirganlar va poygada birinchi kelgan otning naslini ko‘paytirganlar. ✍ Bahaeddin O'gel 📚 "Turk mifologiyasi” @hamidovazamira