tgindex
Последний пост
20:30
Последнее чтение
08:57
Постов за неделю
13
Всего постов
92
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
2 850
−2 за 3 дн.
Сутки
+2
+0,07%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
900
40 постов
Вовлечённость
31,6%
к подписчикам
Постов в день
1,9
всего 92
Упоминаний
7
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
749
1/48двое суток
858
1/72трое суток
925

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #asardan_parcha Rumiyning mashhur hikmatlarini tilga olaveradigan har bir olim «donishmand», Tolstoydan bir-ikki fikr aytgan notiq «faylasuf». Dostoyevskiyni varaqlagan kitobxonlar «ruhshunos» bo‘lib qolarmidi? ©Iqbol Qo‘shshayeva

  • #maktub "Maktub" — qalbga tutilgan ko'zgu! 70 kun, har shanba, 10 nafar sevimli ijodkoringiz va yangi maktublar... Uchinchi ishtirokchimiz: Dadaxon Muhammadiy Bugungi zamon odami o'sha zax yerto'laga tushsa, qo'liga ruchka tutqazilib, peshonasiga qurol tiralsa va tanlash uchun bor-yo'g'i bir necha soniya berilsa – u qahramon bo'lib qola olarmidi? Yoki bolasining nigohini o'ylab turib ham titragan qo'llari bilan o'sha qog'ozga imzo chekarmidi? Tarixda faqat qahramonlar va xoinlar bo'lmaydi. Ularning orasida qo'rqqan, singan va adashgan bandalar ham bo'ladi. Bu ularni oqlash degani emas. Oqlab bo'lmaydi, aniq. Sotqinlik o'z nomi bilan sotqinlik, qo'rqoqlik esa har qanaqa holatda ham qo'rqoqlikdir. Lekin tinchgina zamon ayvonida o'tirib olib hukm chiqarayotganda o'sha dahshatli zulmlarning og'irligini ham his qilish kerak. Ijodiy o'zani: https://t.me/dadaxonmuhammadiy 👉 Maktubni shu yerda o'qing: https://literature.uz/article/38-ga-maktub

  • Do‘stlar, bir tarjimon qiz yaqinda menga bir asarni bitirganligi, noshir izlayotganligini yozgandi, lekin profilini topolmayapman, agar bu xabarni o‘qisa shaxsiy profilimga yozsin, qolganlardan esa uzr so‘rayman🕊

  • #bitma 🖼️🖼️«Insonlikdan mahrum odam» 🖼️🖼️Osamu Dazai Ikki yil oldin «Jahon adabiyoti» jurnalida yapon tilidan tarjima qilinmish Dazaining mashhur qissasiga ko‘zim tushib qoldi. Voy-dod deb do‘stlarimiz bilan boshimiz osmonga yetib tursa, qissa «Insonlikdan mosuvo» hamda «Insoniyligimni yo‘qotib» nomlari ostida turk tilidan tarjima qilinib, bir qoniqarsiz tarjimasi har yerda urchib ham ketdi, ba'zi „avliyolar“ tomonidan hatto targ‘ib qilindi. Lekin «Insonlikdan mahrum odam» baribir haqiqiy o‘rnini tezda asl o‘qirmanlar qalb qo‘ridan joy olishga ulgurganiga ishonchim komil. Avvalo, asar nomi nega «Insonlikdan mosuvo» singari ohangjamali emas, soddagina «Insonlikdan mahrum odam» deb tarjima qilinganligiga to‘xtalsak. Asar bosh qahramoni o‘zi haqida kundaligida bitmish xotirotlaridan ma'lum bo‘ladiki, jamiyat «insoniylik»ga xos deb qabul qilgan axloq qoidalari, qoliplariga yigitchamiz qadriyatlari sig‘maydi. Alaloqibat esa „inson“ emas, shunchaki odam deb atalmish quruq vujudga evriladi, qoladi xolos. Qahramon shunchaki insoniylikdan mosuvo emas, u odam, lekin inson emas, jamiyat inson deb bilguvchi inson emas. Dazaining insonlikdan mahrum odami bizga yana Kafka, Kamyu, Dostoyevskiy asari qahramonlarini boz-boz yodimizga solaveradi. Ulug‘ rus hamda Ovro‘pa adabiyotini Uzoq sharq ko‘zi bilan qayta talqin qilishimizga imkon yaratadi. Aslinda esa, dunyo adabiyotidan mutlaq xabardor Dazai, «Sharqning G‘arbga ehtiyoji yo‘q, bizda ham yetarli savol-u javoblar, falsafa-yu boshqotirmalar bor» demoqchi bo‘lgandek go‘yo. Oddiy yapon yigitining mash'um taqdiri bitilmish qissa yuragimizning qorong‘i kunjaklarida yashirinib yotgan chirkin orzular torini birma-bir chertadi. Fors she'riyati qirolichasi Furug‘ Farruxzod ta'biri bilan aytganda «gunoh qilishga chorlaydi». Gunoh lazzatidan totib, to‘ymagan vujud, huzurparastlik domiga tushgan ong, dunyoning zeb-u ziynatidan qoniqmagan nafs, axloqsizlik yasoqlarini tan olmagan qalb, hadsiz sarxushlik ilinjida sargardon tana hamda iqror onidan qo‘rqmagan yurak, axiyri bizni yana muhtasham haqiqat atalmish ko‘zgu qarshisiga chorlaydi. Osamu Dazai o‘z asarlari orqali nafaqat o‘ziga, balki ikki taraflamali ko‘zgu yangliq bizga ham aksimiz a'yon etadi. @nuraliqahramon

  • 10 авг.8902611

    #tizma «Insonlikdan mahrum odam»* Kulol loyga berarkan mehr, qoʻlida gil emas, oʻynaydi sehr, shakl-u shamoyilga berganda oro, odam demish maxluq yaralar goʻyo. Lek zohirga berilmish ziynat, aksi etmas, ko‘rsatmas tiynat, ruh siyratda kezsa sargardon, shu zayl bunyod boʻladir inson. Yanglishma, odam deb o‘zgani hecham, inson farqli boʻlar, hayvondan boʻtam, har kasni odam deb atash nojoiz, inson unutuvchi, ulfatdosh, voiz. Kun kelib o‘zligingdan boʻlsang mosuvo, inson emas, odam deb chorlashsa, ayo, lazzatlanib yasha, etmagil parvo, axir hayot siri shu, ravshan – huvaydo. *Osamu Dazaining shu nomli asari asosida yozildi.

  • видео или голосовое, без подписи

  • #tuvildi_kun Erkin A'zam 76 yoshda! Ulug‘ to‘rtlikning eng sermahsul yozari Erkin A'zam bugun 76 yoshga kirdilar va o‘qirmanlarga yangi «Da'vo» romanini taqdim etdilar. Asar haqida: «Odamzod o‘zi bilib-bilmay hayotda oʻrin talashib, goh asosli, goh beasos nimalargadir talpinib, da'vo qilib yashaydi. Yo pinhona, yo oshkora bu musobaqada har doim ham toʻgʻriligu halollikning qoʻli baland kelavermaydi. Ammo taskin shuki, insoniy mardlik, tantilik oxir-oqibat ustun chiqib, hayot mantig'i barini oʻrni-o'rniga qo‘yadi» , – deya ta'rif berilgan. Qayd etish joiz, 2022-yilgi «Gonoluluga elchi» siyosiy qissasi va 2025-yilda nashrdan chiqqan «Momaqaldiroq ostida sayr» ijtimoiy romanlaridan so‘ng, «Da'vo» dadil qadam. Bugun o‘zbekning eng mohir muharriri, birovlar tahoratiga suv isitib vaqtini behuda sarflamasdan, o‘z ijodlari bilan bizni bahramand etayotganliklari quvonarli. Erkin A'zamdan hali ko‘plab bebaho asarlar kutib qolamiz, bellariga quvvat, qalamlariga barokat bersin🍃

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 9 авг.839312

    Davomi)

  • 9 авг.878127

    https://youtu.be/cqk9Jhe3JWk?is=k-U--doPeexzj2u2

  • 9 авг.942326

    #asardan_parcha Fohisha deganlari menga inson ham, ayol ham emas, telbadek tuyular, shunday boʻlsa-da, ularning yonida bexavotir tiniqib uxlar edim. Ularda zarracha nafs yoʻq. Menga nisbatan qandaydir yaqinlik his qilishadimi, bilmadim, har doim ularning kaminaga nisbatan tabiiy mehrini his qilar edim. Yana uchratishing dargumon odamga hech qanday tama, manfaatsiz sof mehr edi bu. ©Osami Dazai, «Insonlikdan mahrum odam»

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 8 авг.907484

    Xalqaro kitobsevarlar kuni o‘zimga ataganlarim, kitoblar haqida kitoblar o‘qiydigan pallaga yetdik) Bayram bilan kitobqurtlari🧸🍂

  • 8 авг.1 156295

    #xotira Tarixchi Temur Xo‘ja o‘g‘li, shoir Shahriyor Shavkat va kamina. 📍Turk Dunyosi Madaniyat Mahallasi, Istanbul 🪶«Hirotga, bobomning huzuriga» sayohatnoma kitobi taqdimotidan.

  • 8 авг.887405

    #asardan_parcha – Sharmandaliklarga boy umr yo‘lini bosib o‘tdim. ©Osamu Dazai – Tirik jon borki, bilib qo‘ysin, dostonlarga arzigulik baxtli bir hayot yashadim. ©Orhan Pamuk

Nurali Qahramon (23+) — tgindex