tgindex
The Bookfather

The Bookfather

Статистика
@timur_booksКнигиузбекский

© Temur Tangriberganov (Temur Qudrat) ✍️Noshir, tarjimon, kitobxon 📚*Tanlangan kitoblar ✂️*Tanqid va tahlil 📝*Taqriz va tavsiya ♻️*Til va tarjima ⚜️*Tarix va tafakkur 📽*Tasviriy san'at, kino

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
6
Всего постов
83
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
2 562
−4 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
673
40 постов
Вовлечённость
26,3%
к подписчикам
Постов в день
0,9
всего 83
Упоминаний
7
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
460
1/48двое суток
527
1/72трое суток
568

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • O'zbek adabiyoti oddiy tuyulsa ham baribir kitobxonga boshqacha hislar beradi... @timur_books

  • ​​#yangikitoblar Sizlarni yangi kitoblarim bilan tanishtirib o'tay: 1. Eshqobil Shukur - Boboso'z izidan Bu kitob Erkin Vohidovning "So'z latofati" kitobidan keyin tilimiz haqidagi eng ajoyib kitobdir. Yaqin-yaqinlargacha bu kitobning eski nashrini kitob sotuvchilar osmon bahoga sotib yurishgandi. Yoshlar matbuoti nashriyoti esa bizni ham iqtisodiy tarafdan qutqardi, ham tilshunoslik tarafdan boyishimizga yo'l ochib berdi desak xato bo'lmaydi. 2. Eduard Dyujardin - Dafnalar kesildi Jeyms Joys "Uliss"ni boshlamasdan oldin mana shu kitobni o'qib, so'ng o'z uslubini topgan va keyinchalik ham "Dafnalar"ni e'tirof qilib yurgan ekan. Demak, bu romanda ham ong oqimiga xos murakkablikni kutsa bo'ladi... Bu ixcham romanni ALP nashriyoti nashr qilgan. 3. Shuhrat Bobojon - 1984. Taym mashin Muallifi Xorazmlik bo'lgan mazkur kitobning esa Jorj Oruell asari bilan hech qanday aloqasi yo'q. (Faqat familiyasi bir xolos, dermidi 🙂) Muallif bu sarlavha bilan sizni shunchaki 1980-yillardagi eski Toshkentdagi voqealarga sayohat qildiradi. Facebookda ko'pchilik maqtab kelayotgan bu romanni ham ALP nashriyoti nashr etgan. @timur_books

  • видео или голосовое, без подписи

  • Trenddan qolmaylik Chatgpt meni Matt Damon o'ynagan Tom Ripliga o'xshatibdi😁 Ko'p jihatlarimiz o'xshar ekan rostanam @timur_books

  • 50 va 13-raqamli kitobxonlar g'olib bo'lishdi. Tabriklaymiz 🎉 @timur_books

  • Kuzga ham oz qoldi... @timur_books

  • 9 авг.749242

    9-avgust - Butunjahon kitobsevarlar bayrami #tanlov Avvalo, bayramingiz bilan qadrli kitobxonlar. Keling, shu bayram munosabati bilan bitta kichik tanlov qilsak. Sharti oddiy! Shu post ostiga oxirgi sotib olgan kitobingizni nomini yozasiz! Men esa sizga raqam beraman. Ertaga soat 22:00 da esa random orqali 2 ta g'olibni aniqlaymiz. Barchangizga omad! @timur_books

  • 9 авг.709201

    ​​#hazil O'rtoqlar, bu esa Pikassoning "Bo'g'irsoq" nomli asari... @timur_books

  • #kino_taqriz 🎬Odissey (2026) filmi haqida mulohazalar Diqqat! Taqrizda spoiler bor. Filmni ko'rmaganlar o'qimasin!!! @timur_books

  • ​​Men kutayotgan TOP-5lik📚 1. Orhan Pamuq - Istanbul Yozuvchining tarjimayi holidan iborat roman-esse. Mazkur asar Pamuqqa 2006-yilda adabiyot bo'yicha Nobel mukofotini olib kelgan. Va o'zbek tiliga 2008-yilda Miraziz A'zam domla tomonidan tarjima qilingan edi. Jurnaldagi ushbu asarning bosma nashrini 18 yil kutishimizga to'g'ri keldi. 2. Stiven King - So'ng Dahshatlar qirolining horror bo'lmagan, navbatdagi dramatik asari. Asar bosh qahramonida g‘ayritabiiy qobiliyat bo'lib, u o‘lgan odamlarni ko‘rib, ular bilan gaplasha oladigan bo'ladi. Qiziqarli asar... 3. Haruki Murakami - Qo'y ovi Bu esa yapon yozuvchisini o'zbek kitobxoniga tanitgan mashhur Kalamush trilogiyasining 3-kitobi bo'lib, "Pinbol-1973"dagi voqealarni davom ettiradi. 4. Franz Kafka - Amerika Kafkaning tugallanmay qolgan 3-romani bo'lib, o'zbek tiliga ilk bor tarjima qilinmoqda. Lekin voqealar haqiqiy Amerikada emas, adib o'ylab topgan ramziy Amerikada sodir bo'ladi, deyishgan. O'zim ham qiziqyapman shu asarga... 5. Marsel Prust - Quvonchlar va kunlar Bu yozuvchini ham o'zbek kitobxoni uzoq kutdi. Holbuki, uning adabiy boyligi Balzaknikiga yaqinroq darajada ulkan va g'oyaviy jihatdan yaqin. Chunki, "Yo'qotilgan vaqtni izlab" turkumida ham adib asosan gersoginyalar haqida qalam tebratgan. Bu to'plamdan esa uning hikoyalari o'rin olgan ekan. P.S. Bu kitobning 5 tasi ham tez orada Yangi asr avlodi nashriyotida nashr etiladi. Kutamiz... @timur_books

  • 8 авг.864521

    Qissaning PDF variantini shu yerda to'liq o'qishingiz mumkin

  • ​​#taqriz Anton Chexov - 6-palata Bu qissa Chexov ijodidagi eng tushkun va qora bo‘yoqli asar. Bir paytlar V.Lenin qissani o‘qib bo‘lgach opasi A.I. Ulyanova-Yelizarovaga: “Nihoyatda hayajonlanib ketdim, uy ichida turolmadim, o‘rnimdan turib tashqariga chiqib ketdim. O‘zimni xuddi oltinchi palatada qamab qo‘yilgandek his etdim” degan ekan. Aslida Chexovning qissasidagi “6-palata" - haqiqatdan ham “Rossiya imperiyasining kichraytirilgan timsoli” edi. Holbuki, o‘sha paytda kitobxonlar va tanqidchilar uni Rossiya va rus xalqini qoralab yozgani uchun tanqid qilishgan edi. Adabiyotga 1880-yillarda qisqa va yumoristik asarlari bilan kirib kelgan yozuvchining vaqt o‘tib g‘oya va uslublari jiddiylasha boshlagan. Va bu jiddiylik Chexovga xos g‘amginlik va pessimistik qiyofa kasb eta borib, “6-palata”, “Surgunda”, “Noma’lum odam hikoyasi”, “Qotillik”, “Gusev”, "Soylikda" singari qissalarda namoyon bo‘ladi. Aslida Rus imperiyasini qamoq va jinnixonaga o‘xshatish “oltin asr” yozuvchilariga begona emas edi. Pushkin, Gogol, Lermontovlardan keyin Dostoyevskiyda bir muncha kattargan bu mavzu Chexovda avjiga chiqdi. Bu avj endi bedavo kasallikning oxirgi, davolab bo‘lmas bosqichi bo‘lib, Anton Pavlovich unga ham vrach, ham adib ko‘zi bilan yakuniy tashxisini qo‘ygan edi. Faqat davolash qolgan edi... Ammo, ming yillardan beri ildiz otib ketgan kasallikni davolash bitta yozuvchining qo'lidan kelarmidi?! Qissani o‘qir ekanman, ko‘z oldimga Xorazmdagi 20 yil oldingi kasalxonalar keldi. O‘sha paytlari kasalxonalarda na tuzuk doktorlar, na apparatlar, na bir sharoit bor edi. Qaysi doktorni xonasiga kirsangiz qo‘lingizga qarar, pulingiz bo‘lsa davolar, bo‘lmasa xo‘mrayib, gaplashgisiyam kelmasdi. Yoki shahar va tuman kasalxonalarida puli yo‘q bemorlarni palatadan chiqarib, zina ostiga o‘tkazib qo‘yishar, hamshira va doktorlar ishlashdan ko‘ra tushlikka va uylariga ko‘proq shoshilardi. 6-sinf paytimda bir tish doktor ayolning huzuriga 10 martalab borganimni, pulim bo‘lmagani uchun davolamasdan, faqat dori qo‘yib yuborganini, bir kuni axiyri dadamdan pul olib endi davolataman deb yana yoniga borganimda, yolg'ondakam kovlab kovlab yana o‘sha eski dorisini qo‘yib yuborganini og‘riq bilan eslayman... Chexovning nafaqat "6-palata"si, balki shaharchasi ham diqqinafas, zerikarli va g‘amgindir. “Shahar dim, kishi zerikadi, jamiyatda yuksak maqsad yo‘q, hayotni jabr zulm, faxsh, olchoqlik bilan turli shaklga kirgizib bema’ni kun kechiradi..” deydi qissada, Eng yomoni, bu yerda hamma bir xil fikrlaydi va bir xil hayot kechiradi. Kitob o‘qiydigan, boshqacha fikrlaydigan va hayotdan ma’no izlaydigan doktor Andrey Yefimich va Ivan Dmitrichlar esa bu johillarning ko‘ziga “dushman”dek ko‘rinadi. Ko‘rlar mamlakatida ko‘zi ochiq bo‘lish gunoh deganlaridek, ikkovi ham tezda bu olomonning nazdida jinniga chiqadi. Lekin, yozuvchi bu yerda kosa tagiga nimkosa qo‘yib, bu qoloq Rossiyada fikrlaydigan, ziyoli odamlarning joyi – jinnixonada demoqchi bo‘ladi. Doktor Andrey Yefimichning hayot haqidagi falsafasi shunday. Uningcha, odam baribir o‘ladi. Kasal bo‘lsa ham, davolansa ham. Shunday ekan, jon kuydirib davolashning nima keragi bor. Uning bu falsafasini esa 6-palatadagi Ivan Dmitrich qoralaydi va uning xatolarini yuziga aytib tashlaydi. Doktorni hech qachon og‘ir mehnat qilmay, yaxshi sharoitda yashab, endi qiynalganlarga og‘riqqa chidamli bo‘l, deb aql o‘rgatayotganidan nafratlanadi . Bunday olib qarasak, Ivan Dmitrich – doktorning yuziga tutilgan ko‘zgudir. Ikkovi bir odamning ikki qiyofasidek taassurot qoldiradi. Chexov personajlari asarda xuddi tirik odamdek harakatlanishadi. 6-palatadagi jinnilar portreti shunchalik tiniqki, karavotlari yerga mixlab tashlangan va derazalari panjaralangan bu qo‘lansa va iflos palata ichidagi oyoq tovushlari, telbavor gap-so‘zlari, kulgu va qichqiriqlari qulog‘ingizga eshitilib turadi. Qissa yakunida odam qanday aqldan ozishini anglaganday bo'lasiz. @timur_books

  • 7 авг.864547

    ​​#hazil Odissey 20 yil deganda zo'rg'a Itakadagi uyiga qaytib kelsa eshigiga shunaqa yozuv qistirib ketishganmush... G'oya - o'zimniki, tag'in o'g'irladi demanglar)))🙂 @timur_books

  • ​Chexovning “6-palata” qissasidan iqtiboslar 📝Boshqalarning azobiga ish, xizmat yuzasidangina qaraydigan odamlar, masalan, sudyalar, politsiyalar, doktorlar, borib-borib shu qadar siyqa bo‘lib ketishadiki, ishi tushgan odamga, harchand rasmiy muomala qilmayman desalar ham qo‘llaridan kelmaydi 📝Bizda kitoblar bor, lekin kitob jonli suhbat va aloqaning o‘rnini bosolmaydi. Kitoblar notayu, suhbat ashula. 📝Stoiklar ancha durust odamlar edi, lekin ularning ta’limoti bundan 2000 yil oldin bir joyda qotib qoldi, bir qadam ham oldinga siljigani yo‘q va siljimaydi ham. Bu ta’limot ozchilik orasida shuhrat qozondi, ko‘pchilik esa uni tushunmadi. Boylikka, hayotdagi qulayliklarga loqaydlikni va azobga, o‘limga nafrat bilan qaramaslikni targ‘ib qiluvchi ta’limotga ko‘pchilik mutlaqo tushunmaydi… 📝Yolg‘izlikdan boshqa baxtning bo‘lishi mumkin emas. Tubanlashgan farishta (iblis) ehtimol farishtalar bilmaydigan yolg‘izlikni istab Xudoga xiyonat qilgandir. 📝Rossiyada falsafa yo‘q, lekin hamma, hatto pastarin kishilargacha falsafa sotadi… 📝Aqldan ozayotgan odamlarga halaqit berib bo‘lmaydi Qolganini taqrizda o'qirsiz... @timur_books

  • ​​Tarjimaning murakkabligi haqida @timur_books

  • 6 авг.830243

    ​​#drabll Alan Ye. Mayer «Omadsizlik» Butun vujudimdagi qattiq og‘riqdan uyg‘onib ketdim. Ko‘zimni ochib, karavotim yonida turgan hamshirani ko‘rdim. - Janob Fujima, - dedi u, - omadli inson ekansiz. Ikki kun oldin Xirosimadagi bombardimondan omon qoldingiz. Xavotir olmang, hozir kasalxonadasiz, endi hech qanday xavf yo‘q. Biroz jonlanib ojizlik bilan so‘radim: - Men qayerdaman o‘zi? - Nagasakida, - deb javob berdi u. @timur_books

  • Xirosimaga tashlangan yadro bombasi @timur_books

  • 6 авг.702292

    ​​Mergan: Qaysi biridan boshlasam ekan? @timur_books

  • UZBdan ham qaysidur bookbloger bitta buyurtma qilgan bo'lsa kerak👀😏

  • 5 авг.752194

    ​​#adabiyot_tarixidan Ishqibozlik Oybek, Komil Yashin va Abdulla Qahhorni futbolga ishqiboz jo'ralari qo'yarda-qo'ymay "Paxtakor" o'yingohiga olib borishadi. O'yin avjida bir futbolchi to'pni zarb bilan tepib, osmonu falakka chiqaradi. Oybek domla buni ko'rib, "qoyil", deya sekin o'rnidan turadiyu jo'nab qoladi. - E, yo'l bo'lsin? Hali o'yin tugagani yo'qku? - deydi sherigi ohista yengidan tortib. - Ketdik! Baribir endi hech kim to'pni bunchalik balandga chiqara olmaydi, - deydi Oybek domla. O'yin tugagach, Yashindan "Qalay, futbol yoqdimi?" deb so'rashadi. - Futbolni bilmadimu, ammo mana bu osma chiroqlar naq 364 ta ekan, - deydi futbolni tomosha qilish o'rniga chiroqlarni erinmay sanab chiqqan Yashin domla. Abdulla Qahhordan o'yin haqida so'rashganida, shunday javob qiladi: - Mendan yaxshisi Toshkentda nechta jinni bor deb so'rang. Bilasizmi qanchaligini? Mana shu o'yingohga qancha odam sig'sa - shuncha jinni bor. Abdulla Qahhor ham futbolni yoqtirmas ekan... @timur_books

The Bookfather — tgindex