- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 28
- Всего постов
- 92
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 514
- 1/48двое суток
- 2 822
- 1/72трое суток
- 3 043
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Mandat chiqibdi. Doimgidek inyazni ballari uchib yotibdikan. 184 ball bilan oʻqishga kirolmasdan buralib yigʻlayotgan jiyanimga nima deb tasalli berishni bilmay turibman. Xafa boʻlma jiyan. Ano Germaniyada kirgan universitetingda oʻqib qoʻyorasanda endi
Biz nima uchun kitob oʻqiymiz? Faqat ma’lumot olish uchunmi yoki boshqalardan koʻra aqlliroq boʻlish uchunmi? Hammaning sababi turli xil. Jumladan meniki ham. Men kitobni avvalo oʻzligimni anglash uchun oʻqiyman. Miyamdagi, hayolim va hayotimdagi voqealikni tushunish, anglash uchun oʻqiyman. Yashashni, toʻgʻri yashashni oʻrganish uchun oʻqiyman. Kitob oʻqib tugatgan inson beixtiyor uning mazmun mohiyatini shaxsiy hayotiga bogʻlaydi. Raskolnikov misolida vijdonini soʻroq qiladi, Georg Zamza misolida oʻzining odamlar orasidagi qadri haqida oʻylaydi, Edmont Dantes misolida esa dushmanlariga qanday munosabatda boʻlish kerak ekanligini tahlil qiladi. Men kanalda shaxsiy deb yozayotgan voqea-hodisalar ham aslida men oʻqigan va xulosa chiqargan kitoblarning xosilasidir. Oʻylab qarasam kitoblar haqida quruq fakt va ma’lumot bersam google yoki SI’dan farqim qolmas ekan
Soʻnggi bir yil ichida kanal saviyasi ancha tushdi. Mavzular shaxsiylashdi, kitob mavzusi 2-darajaga tushib qoldi. Buni har doim anglaganman. Lekin kanalni uzoq yillar bilan kuzatayotganlar bor. Ora-sirada tanish ismlarni izohlarda yozganini koʻrib xursand boʻlaman. Savolim shundaki, nima uchun hali ham kanalni kuzatyapsiz? U sizga avvalgidek manfaat bermayotgan boʻlsa ham. Premium yoʻqligi sabab kanalni izohini ocha olmayapman. Fikrlaringizni xolis yozib qoldiring. Men uchun bu qiziq :) https://t.me/QuestionUz_Robot?start=ac33a4388d6
Siz ham hech qachon o'qimaydigan kitoblaringiz uchun millionlar sarflab, ularni javonga terib qo'yasizmi? Tabriklayman, sizda o'ljalarini yig'ib, ularga termulib o'tirib rohatlanadigan manyaklarning xarakteri bor ekan
Uyimdagi "o'qilishi kerak bo'lgan kitoblar" uyumi bir kun kelib ustimga qulab, meni bosib qoladi. Lekin tan olish kerak, bu eng sharafli o'lim bo'ladi
Esinglardami, bitta postimiz uchun 1k reaksiya bosgandingiz. Ashi kunlarni ora-sira sogʻinib qolaman. Oʻzi bir tiynlik foydasi yoʻgʻu lekin baribir yoqimli edi
Qachonki yig'lamoqchi bo'lsang Menga qo'ng'iroq qil... Men seni kuldirishga va'da bera olmayman Lekin sen bilan yig'lay olishim mumkin. Qachonki olislarga qochib ketmoqchi bo'lsang Menga qo'ng'iroq qil... Seni qolishga ko'ndira olmayman... Ammo men sen bilan qochib keta olishim mumkin. Qachonki o'zingni yolg'iz his qilsang, Menga qo'ng'iroq qil... Men sening oldinga borishga Va seni jimgina tinglashga va'da beraman. Ammo bir kun qo'ng'iroq qilsang-u Men javob bera olmasam Iltimos, mening oldimga kelishga shoshil! Ehtimol o'sha on sen menga juda kerakdirsan... Gabriel Garsiya Markez @kitob_ombori
без подписи
Ishxonamizga yangi kofe mashina qoʻyilgan. Men esa har kuni undagi turli xil kofelarni bittadan olib ichyapman. Amerikano, kapuchinno, ice latte, bugun flit white va malinali choy ichdim. Yana bugun uyga har doimgi yoʻlim bilan emas, garchi uzoq boʻlsada boshqa yoʻl bilan kettim va shu yoʻl yoqasida kichkinagina kafecha duch keldim. U yerdan chiqayotgan kofe hidi kafe ichiga kirishga undadi. Qulay joy topib oʻtirdimda negadir sokinlikni his qildim. Koʻchadagi gʻala-gʻovur bu yerga kirgandan soʻng goʻyoki yoʻqolgan edi. Rostdan shunaqaki yoki menga shunday tuyildimi buni bilmayman. Shamollaganim tufayli limon hamda asal aralashtirilgan choy buyurtma berdim va 1 soat kitob oʻqidim. Huzur bilan vaqt oʻtkazdim. Ha, bu siz uchun juda ham oddiy voqelikdek tuyilar ammo har kuni bir xil oʻtadigan inson uchun katta yangilik aslida. Biz koʻpincha xotirjamlik va baxti uzoqdan, katta xarajatlardan qidiramiz. Ammo haqiqiy baxt shundoqqina burnimiz ostida turganini payqamaymiz.
Tunov kuni televizorda fohishalarni ko‘rsatishdi. Ko‘rsatishmadi, sazoyi qilishdi deyarli. Jirkanishdi. Ulardan jirkanishga chaqirishdi. Ular jamiyatimizni buzayotgan ekanlar. Fohishalar jamiyatni buzmaydi. Aksincha, jamiyat yaxshi qizlarni buzib fohishaga aylantiradi. Bizning oldimizda ular emas, ular oldida biz aybdor. Bir oilaning bekasi bo‘lishni, farzand ko‘rishni orzu qilmaydigan, ichida buni istamaydigan fohisha borligiga ishonmayman. Gunoh ikki turli bo‘ladi. Xudoga nisbatan. Ham Xudo va ham bandaga nisbatan. Birinchi turga - zino, aroq ichish, narkomanlik va hokazo. Ikkinchi tur - zulm, o‘g‘irlik, poraxo‘rlik, yolg‘onchilik. Buning javobi qattiq, chunki boshqalarga yashashga xalaqit beradi, birovning haqqini yeydi Ikkinchi turdagi gunohlar qolib, hadeb birinchi turga yopishaverar ekanmiz, ilg‘orlashmaymiz hech qachon. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega adabiyotimiz Asadbekni tushunish va oqlashga urinadi-yu, fohishani odam o‘rnida ko‘rmaydi? Chunki biz fohishadan jirkanamiz, ammo bizning haqqimizni yeyayotgan Asadbekni ulug‘laymiz, hurmat qilamiz, havas qilamiz. Pul uchun, moddiy ehtiyoj uchun tanasini sotgan - buzuq, lekin xuddi shu ishni pul to‘lab qilayotganlar - buzuq emas. Shunaqa qabul qilamiz. Nimagadir... @kitob_ombori
Avvallari sodda edim. Atrofimdagilar nimadir soʻrasa indamasdan yordam berishga harakat qilardim. Hatto bundan xursand ham boʻlar edim. Eng qizigʻi esa ularga meni ishim umuman tushmasdi. Ayniqsa qiz bola tanishlarga. Toshkentga kelgandan soʻng esa boshida ancha qiynaldim. Endi faqat oʻzimga emas oilam uchun ham ishlashim, pul orttinishim kerak edi. Vaqtim ham quvvatim ham ishdan tashqari narsalarga yetmay qolardi. 9-18 gacha ish, keyin 19-00 gacha dostavkada ishlardim. Xullas hayot har taraflama ezardi. Buni ustiga uyda moliyaviy ahvol yomonlashgan. Shu davrda juda koʻp uzoq yillik tanishlar bilan oramiz buzildi. Bunga sabab tabiiyki men edim. Doim band, qisqa muloqot qiladigan, menga endi boshqalarning muammo va hayoti qiziq emasdi. Aniqrogʻi oʻzimning tashvishlarimdan ortmasdim. Buni meni tushunmaganlar kibr deyishdi, pul buzibdi seni deyishdi. Xullas deyarli yolgʻiz qoldim. Avvallari doim xabarlar kelib turadigan telegramim endi juda ham zerikarli edi. Oʻsha paytda oʻzimni hammadan ortda qolib ketgan, irkit oʻrdakchadek tasavvir qilganman. Bu ancha stress bergan. Bu shu ogʻriqlarni kamaytirish uchun doim oʻzimni band qila boshladim. Kino, kitob, podkast, seminarlar vahokazo. Bor alamimni mana shunaqa narsalardan olardim. Asabiylashgan, gʻazablangan paytlarimda kompyuterda otishma oʻyinlar oʻynab nafratimni shu orqali bosishga harakat qilar edim. Lekin hozir oʻylab qarasam oʻsha kechishlar meni shaxs sifatida ancha kuchli qilgan ekan. Ta’sirchan odamdan hozir mantiqli odamga aylanganman. Ancha-muncha muammoli vaziyatlarda juda xotirjam his qilaman oʻzimni. Doimo yechim boʻladi degan ishonch shakllangan. Aslida koʻp yoqotishlar insonni toblaydi. Men shu darajada koʻp omadsizliklarni boshdan oʻtkazganmanki, har qanday koʻngilsizlik ham uncha xafa qilmaydi. Bu narsa yaxshimi yoki yomon hali anglaganim yoʻq. @kitob_ombori
E'tibor bermay qo'ygan narsalaringizni payqashni boshlang. Ba'zan uyga uzoqroq yo'ldan qayting. Tashqarida telefonsiz o'tiring. Hech narsa qilmasdan bitta qo'shiqni to'liq tinglang. Siz bilan suhbatlashishni chin dildan yoqtiradigan insoningizga qo'ng'iroq qiling. Uch haftadan keyin bo'ladigan biror narsani rejalashtiring va o'zingizga uni intiqlik bilan kutishga ruxsat bering. O'zingiz uncha yaxshi eplay olmaydigan biror narsani sinab ko'ring. O'zingizga zerikishga imkon bering. O'zingizga kutishga imkon bering. Biror narsani darhol rasmga olmasdan, yozib olmasdan, tarmoqqa joylamasdan yoki uni kontentga aylantirmasdan turib, shunchaki his qilishga ruxsat bering. Chunki, ehtimol, maqsad har doim ham hayajonlanib yashash emasdir. Balki "yaxshi hayot" degani doim jo'shqin bo'lishni talab qilmas. Balki eng asosiy maqsad — shunchaki yana nimalarnidir chin dildan his qila olish qobiliyatini qaytarishdir. Tonggi oftobning haroratini sezish. Kutilmaganda kulib yuborish. Kimnidir ko'rishni orziqib kutish. Yana nimalargadir qiziqib qolish. Yoki oddiygina kun boshlanishidan oldin ham ich-ichingizda jajji bir umid uchqunini his qilish. Agar so'nggi paytlarda nega hamma narsa avvalgidek qiziq emasligi haqida o'ylayotgan bo'lsangiz, ehtimol, sizda hech qanday jiddiy muammo yo'qdir. Ehtimol, siz shunchaki charchagandirsiz. Ehtimol, miyangiz axborotga to'lib ketgandir. Ehtimol, juda ko'p mas'uliyatni uzoq vaqt zimmangizda ko'tarib yurgandirsiz. Ehtimol, hayot sizni hayratda qoldirishi uchun unga bir oz bo'sh joy qoldirish qanday bo'lishini shunchaki unutgandirsiz. Shunday ekan, hayotingizdagi bu sokinlikni sezganingizda sarosimaga tushmang. Darhol o'zingizni "buzilgan" deb hisoblamang. Kichik qadamlardan boshlang. O'zingiz uchun bo'shliq yarating. Telefonni chetga qo'ying. Nimanidir shoshilmasdan qiling. Intiqlik bilan kutishingiz mumkin bo'lgan rejalar tuzing. O'zingizni xuddi o'zingizdek his qildiradigan insonlar bilan aloqalarni tiklang. Ichingizda nimanidir junbushga keltiradigan mitti lahzalarga e'tibor qarating. Chunki ba'zan uchqun yo'qolib qolmaydi. Ba'zan u shunchaki shovqinlar ostida ko'milib qolgan bo'ladi. Bugundan boshlab YANA HIS QILISH uchun ongli ravishda qadam tashlang! @kitob_ombori
KO'PCHILIK KATTALAR TUSHUNTIRIB BERA OLMAYDIGAN G'ALATI HIS. Hech kim yetarlicha gapirmayotgan sokin epidemiya. Shunday vaqtlar bo'lganki, dam olish kunlarini intiqlik bilan kutar edim. Yangi kinoning chiqishi katta voqea edi. Sayohatga chiqish sarguzashtni anglatardi. Bayram tonglari sehrli tuyulardi. Hatto do'stlar bilan qahva ichish kabi oddiy narsalar ham intiqlik bilan kutadigan lahzalarim edi. Hozir esa odamlardan doim bir xil gapni eshitaman. "Hammasi joyida... Shunchaki hech narsa meni avvalgidek hayajonlantirmay qo'ydi." Ular tushkunlikka tushib qolganini aytishmayapti. Ular hamon ishlamoqda. To'lovlarni amalga oshiryapti. Farzandlariga g'amxo'rlik qilyapti. Sport zaliga boryapti. Hayot davom etmoqda. Lekin avvalgi jo'shqinlik yo'q. Oddiy narsalarga ma'no baxsh etuvchi o'sha uchqun endi ko'rinmayotgandek. Eng qizig'i, qanchadan-qancha odamlar ayni bir vaqtda xuddi shu narsani his qilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha daqiqa vaqt o'tkazsangiz, minglab odamlarning xuddi shu holatni tasvirlagan izohlarini ko'rasiz. Turli yoshdagi, turli kasb egalari va turli xil hayotiy tajribaga ega insonlar. Eng g'alati tomoni shundaki: Ularning aksariyati bu holat aynan qachon boshlanganini ayta olmaydi. Hammasi sekin-asta, deyarli sezilmas darajada sodir bo'ldi. Qayerdadir quvonchli lahzalar biroz kamaydi, qayerdadir bir xil zerikarli kunlar ko'paydi. Yelkamizga yana bir qancha vazifalar tushdi, asabiylashish va tashvishlanish uchun yana yangi bahonalar paydo bo'ldi. Va mana shunday yashab yurib, o'zimiz ham sezmagan holda, hayotimiz nimanidir orziqib kutib yashashdan ko'ra, shunchaki "bugungi kunni ham amallab o'tkazib olay" degan odatga aylanib qoldi. Bitta vazifani tugatasiz-u, darhol keyingisi haqida o'ylashni boshlaysiz. Ishdan uyga kelasiz va ertangi kun haqida o'ylashga tushasiz. Ta'tilga chiqasiz, lekin miyangizning bir qismi allaqachon ishga qaytishga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'ladi. Hatto hech qanday ishingiz qolmaganda ham, darhol telefoningizga yopishasiz. Va aynan shu yerda eng qiziqarli narsa sodir bo'lishni boshlaydi. Biz har bir bo'sh daqiqani nimadir bilan to'ldirishda juda ustasi farang bo'lib ketdik. Tirbandlikda turibsizmi? Intagramni varaqlaysiz. Tushlik qilyapsizmi? Shorts ko'rasiz. Yotoqda yotibsizmi? YouTube ko'rasiz. Zerikdingizmi? Yana telefonni titasiz. O'zingizni noqulay his qilyapsizmi? Swipe qilasiz. Hech narsani his qilmayapsizmi? Yana netda o'tirasiz. O'zimizga shunchaki ayni damdagi lahzani his qilishga juda kamdan-kam hollarda ruxsat beramiz. Va ehtimol, bu biz o'ylaganimizdan ham muhimroqdir. Chunki intiqlik bilan kutish uchun bo'shliq kerak. Hayratlanish uchun bo'shliq kerak. Zerikish uchun ham bo'shliq kerak. Hatto quvonch uchun ham bo'shliq kerak. Har bir sokin lahzalar darhol qandaydir axborot bilan to'ldirilganda, oddiy kechinmalar ham g'alati tarzda jozibasiz bo'lib qoladi. Bu hayotning go'zalligi yo'qolgani uchun emas. Balki biz uni payqashga tayyor emasligimiz sabablidir. Bolaligingizni eslang. Bola chumolilarning oziq-ovqat tashiyotganini yigirma daqiqa davomida kuzatishi mumkin. U oddiy qutidan kosmik kema yasay oladi. U tug'ilgan kunigacha bo'lgan kunlarni bittalab sanay oladi. U kattalar hatto e'tibor bermaydigan narsadan chin dildan quvonishi mumkin. Bolalar qandaydir baxt sirlarini kashf qilganliklari uchun bunday qilishmaydi. Ular shunchaki doimiy axborot oqimiga o'rganib qolishmagan. Ular hamon kutishni bilishadi. Ular hamon zerikishni his qilishadi. Ular hamon o'z xayollari bilan qolishga ruxsat berishadi. Kattalar hayoti esa, ehtimol, bizga asta-sekin buning teskarisini o'rgatadi. Biz hamma narsani mukammallashtiramiz. Ishimizni. Rejalarimizni. Moliyaviy holatimizni. Uyimizni. Tanamizni. Samaradorligimizni. Hatto dam olishimizni ham. Oqibatda, hayotni samarali qilishga shunchalik e'tibor qaratamizki, uni chinakamiga yashashni unutamiz. Bu — o'z ishingizni tashlab ketishingiz, barcha ijtimoiy tarmoqlarni o'chirib tashlashingiz yoki boshqa davlat ketish uchun chipta sotib olishingiz kerak degani emas. Ba'zan yechim ancha soddaroq bo'ladi.
Boshqalarning uylanmagani ularning o‘zining ishi... O‘qishni kech bitirib chiqishi ularning o‘z ishi... Kech farzand ko‘rishining bizga aloqasi yo‘q... Ularning oylik daromadining bizga ahamiyati yo‘q... Ular nimani yeyishga qiziqadi, nimani kiyishga qiziqadi, ularning uyi qanaqa, bu ularning didini akslantiradi. Buni bizga ahamiyati yo‘q... Did nisbiydir... Hayotingizni boshqalar bilan mashg‘ul qilib o‘tkazmang. O‘z hayotingizda hali javobi topilmagan savollar ko‘p. O‘z atrofingizda aylaning! @kitob_ombori