tgindex
Baxtli onalik
@bolajontwinsКнигиузбекский

Onalik baxti; Ota-ona halovatiga erishish; Yetuk insonni tarbiyalash kabi muhim masalalarga yechim izlaymiz. Ushbu kanaldan tarbiyaviy va axloqiy kitoblarni pdf shaklda sotib olishingiz mumkin. Murojaat uchun: @Baxtlibolajonn

Последний пост
7 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
24
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
4 719
+59 за 5 дн.
Сутки
+3
+0,06%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 407
24 постов
Вовлечённость
29,8%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 24
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 305
1/48двое суток
1 495
1/72трое суток
1 612

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 7 авг.6151210

    Endi xafa bo‘lmayman | Gulchiroy Ibrohimova | Book.uz https://youtube.com/watch?v=461gqLCwG1E&feature=shared

  • 1 авг.1 0654

    Бугун энг катта муаммо — маълумот етишмаслиги эмас, балки ортиқча ва ишончсиз маълумотлардир. Ҳар куни Telegram’да ўнлаб каналларни кўрасиз, юзлаб хабарларни ўқийсиз. Лекин уларнинг нечтаси ҳақиқатан ҳам ҳаётингизни яхшилайди? Агар Сизга… Биргина жойда сараланган, ишончли ва ҳақиқатан фойдали Telegram каналлари жамланган десакчи… Биз айнан шундай тўпламни тайёрладик. Бу ерда сиз: - Мия саломатлиги, соғлом турмуш ва узоқ умр ҳақида илмий асосланган маълумотларни оласиз. - Фарзанд тарбияси, таълим ва оилавий муносабатларга оид амалий тавсиялар билан танишасиз. - Руҳий барқарорлик ва шахсий ривожланиш учун фойдали ғояларни кашф этасиз. - Ишончли манбаларга таянган билимларни ўқийсиз. - Кундалик ҳаётни енгиллаштирадиган маслаҳатлар ва қизиқарли рецептларни топасиз. - Ўз устида ишлайдиган, ижобий фикрлайдиган инсонлар даврасига қўшиласиз. Энг муҳими, ушбу каналлар миллий қадриятларимиз, оилавий анъаналаримиз ва маънавий тамойилларимизга мос мазмунда юритилади. Ахборот шовқини ичида адашманг. Ўзингиз ва оилангиз учун ҳақиқатан ҳам қимматли билимларни танланг. Марҳамат, биз билан бирга ривожланинг: https://t.me/addlist/HaOAG8kVazkwNTUy?utm_source=chatgpt.com Бир жамланма. Ўнлаб сара каналлар. Ҳар куни янги қиймат.

  • 23 июл.1 472328

    Har kuni qalbimni tozalab turishga ehtiyojim bor. Bu ba'zan Qur'on tilovati, yoinki yaxshi nasihatli suhbat, podcast va yoki kitob bilan amalga oshadi. Agar biror kun shulardan hech birini qilmasam qalbim kirlashib ketganini his qilaman. Xuddi " Kichkina shahzoda"dagi bir kun sayyorasini tozalamasa bosib ketadigan baobabdek https://t.me/bolajontwins

  • 22 июл.1 566327

    Ba'zi taomlarni juda shirin bo'lgani uchun emas, shirin xotiralarim bog'langani uchun yaxshi ko'raman. Ba'zi hidlarni juda yoqimli bo'lgani uchun emas, nimalarnidir eslatgani uchun yaxshi ko'raman. Ba'zi insonlarni o'zim uchun emas, yaxshi ko'rganlarimga qadrli bo'lgani uchun yaxshi ko'raman. https://t.me/bolajontwins

  • 20 июл.1 63534

    Kichkinaligimda katta xolamlarning uyiga borishni juda yaxshi ko'rardim. Ularning uyi men uchun dunyodagi eng chiroyli, eng mazza makon edi. Ertalablari ko'zimni ochishdan avval " qaniydi, hozir xolamlarning uyida bo'lib qolsam" deya sekin ochganlarim esimda. Mehmonga borib qolsak, xolavachcham bilan yashirinib olardik. Agar topib olib ketmoqchi bo'lishsa yig'laganlarim yodimda🙈. Menga u yerda nima yoqishini bilmasdim. Xolavachcham bilan o'ynash bo'lsa kerak deb o'ylardim yaqingacha. Lekin mahallamizda ham o'rtoqlarim ko'p edi. Bugun yaxshilab o'ylasam, menga u yerda eng yoqqan narsa erkinlik bo'lgan ekan. Tomma-tom yurish, o'yinchoq o'ynab uyni istagancha tartibsiz qilish, ko'rpalarni tushirib sakrash, qum o'ynab kiyimlarimni iflos qilish... Bolaligimni eslasam, farzandlarim sho'xliklari juda jo'n tuyuladi. Ruxsat beraman erkin o'ynashlari, istagancha qumga belanishlariga, xonalarida sakrashlariga... Egizak qizlarim mehmonga borishni yoqtirishadi. Ammo tezda " uyga boraylik" deb qolishadi. Shunda o'ylaymanki, ular erkinlik zonalarini sog'inishyapti. https://t.me/bolajontwins

  • 17 июл.1 48891

    Mana shu kitoblar to'plamini oldik. Juda ham badiiy jihatdan zo'r deb aytolmayman. Lekin Alisher Navoiy mana bu yil tug'ilgan, mana bu asarlarni yozgan deb o'rgatgandan ko'ra qiziqarliroq. Rasmli, sahifalari ham ozgina. Bolalarga o'qitib, savol-javob qilish, fikr almashishga yaxshi ekan. https://t.me/bolajontwins

  • 16 июл.1 457221

    Bolalar yozuvchilarining bolaligi bo'lmaganmi? Ko'pchilik bolalar yozuvchisi deganda qandaydir quvnoq, baxtli, juda pozitiv insonlarni tushunishadi. To'g'ri ularning qalblari beg'ubor, yosh bolaniki kabi ta'sirchan bo'ladi. Aynan shuning uchun ham ruhiyatlari bolalar ruhiyatiga yaqin. Ularni tushuna olishadi. Ammo ularning aksariyati baxtli bolalikni ko'rishmagan. Ularning aksari aynan asarlari orqali mana shu bo'shliqni to'ldirishga, ichidagi ichki bolakayni yupatishga urinishgan. Masalan, mashxur " Garri Potter" asari muallifi J.K.Rowlingni otasi bilan munosabati yaxshi bo'lmagan. U suhbatlaridan birida oxirgi marta otasini qachon ko'rganini eslolmasligini aytadi.  Onasi esa erta vafot etgan. Vaholanki, u o'zi uchun ideal Ota obrazini Dambldor, Hargrid orqali berishga intiladi. Yoinki Tolkinning " Uzuklar hukmdori" asari. Ushbu asarni yozuvchi birinchi jahon urushining mudhish paytida qo'liga qurol olgancha yashirinib, cho'ntagidagi yon daftarchasiga yozib borgan. Ko'z o'ngida sodir bo'layotgan mudhish qonxo'rliklardan xayolan uzilgan holda o'z xayoliy dunyosida yashagan. Yoinki o'zbek adabiyoti vakillaridan Xudoyberdi To'xtaboyevni olaylik. Umrining so'nggiga qadar bolalar bilan suhbatlar uyushtirib, ularni o'zining do'stlari deb bilgan adib yetimlikda ulg'aygan. Ha. Balki Allohning buyuk karami ham shundadir. U bu suygan bandalariga qondirilmagan bolaliklarini qaytadan qoplash, shu bilan birga insoniyatni tarbiyalash kabi ulkan vazifani ham yuklagandir. https://t.me/bolajontwins

  • без подписи

  • 15 июл.1 46424

    Телеграмда ҳар куни вақт ўтказасиз… Лекин у вақт сизга нима беряпти? Тасаввур қилинг… Шундай бир жой борки, ҳар куни у ердан чиққанда ўзингиз билан янги билим, янги фикр ва янги илҳом олиб қайтасиз. Биз эса ана шундай энг сара ва фойдали 🔹Telegram каналларини битта жилдга тўпладик. Бу ерда сиз: ➖Мия саломатлиги ва соғлом турмуш сирларини ўрганасиз. ➖ Руҳий хотиржамлик ва шахсий ўсиш учун илҳом оласиз. ➖Оила, тарбия ва таълимга оид амалий тавсияларни топасиз. ➖Илмий асосланган, ишончли маълумотлар билан танишасиз. ➖Ҳаётингизни енгиллаштирадиган ғоя ва маслаҳатларни кашф қиласиз. ➖ Ноодатий ва фойдали рецептларни синаб кўрасиз. ➖ Самимий инсонлар билан фикр алмашиб, янги дўстлар орттирасиз. Энг қадрлиси эса - барча материаллар миллий қадриятларимиз, оилавий анъаналаримиз ва эзгу қадриятларимизга мос тарзда тайёрланган. Ҳар куни ўзингизнинг яхшироқ талқинингизга яқинлаштирадиган билимлар макони. Сизни ҳам ушбу аҳил ва фаол жамоада кўришдан мамнун бўламиз. Марҳамат, қўшилинг: https://t.me/addlist/HaOAG8kVazkwNTUy?utm_source=chatgpt.com Бир жамланма. Ўнлаб фойдали каналлар. Минглаб янги имкониятлар.

  • 9 июл.1 4069

    без подписи

  • 9 июл.1 5109

    без подписи

  • 9 июл.1 7929

    без подписи

  • 9 июл.1 29410

    без подписи

  • 9 июл.1 39610

    без подписи

  • 9 июл.1 39110

    без подписи

  • 9 июл.1 27210

    без подписи

  • 9 июл.1 390910из bookuzbekistan

    Xafalik, jahl, hayrat va quvonch haqida 🤩 🔥 Bolajonlarga jahldorlik va xafalik tuygʻusini jilovlashni hamda quvonch va hayratning yuqori ichki kuch ekanini mazkur kitoblardagi voqealar misolida tushuntiramiz. Muallif Gulchiroy Ibrohimovaning "Bolalarimizga oʻrgataylik" turkumidan 4 kitobi: • "Endi xafa boʻlmayman" — 15.000 soʻm; • "Jahlimni yoʻqotyapman" — 15.000 soʻm; • "Hayratimni topib oldim" — 15.000 soʻm; • "Quvonchimni qidiryapman" — 15.000 soʻm. 🤠 Toʻrtala kitobdagi voqealar Sardor ismli bolakay bilan sodir boʻladi. Bir kitob bilan tanishgan bolajonlar sevimli qahramonlari ishtirok etgan qolgan uch kitobni ham oʻqib qoʻyishadi. ✅ Buyurtma berish: @bookuzbek +998339030050 +998712300050 📍 Filiallar manzili 📚 @bookuzbekistan

  • 5 июл.1 524284из kitob_ombori

    1996-yil. Lissabon. Shaharning markazidagi kichikkina qahvaxona. Havo biroz aynigan... Oynadan sirg‘alib tushayotgan yomg‘ir tomchilari qahvaxonadagi xira yorug‘lik bilan uyg‘unlashib, atrofga qandaydir og‘ir, dimiq manzara baxsh etardi. Burchakdagi stolda bir ayol o‘tiribdi. Uning oldida allaqachon sovib qolgan bir finjon qahva va arzon qog‘ozli daftar yotardi. Ayolning oyoqlari ostidagi aravachada go'dak qizi uxlab yotardi. Bu ayol qalbida yomg'irli Lissabon havosidan-da og'irroq to'fonlar aylanardi. Turmush o'rtog'i bilan og'ir ajrimdan so'ng u ruhan chilparchin bo'lgan, pulsizlik sabab hayoti ham jarlik yoqasiga kelib qolgandi. Vatanidan uzoqda, hamyonida qahvaga zo'rg'a yetadigan chaqalari bilan o'tirgan yosh onaning hayotida na tayanch, na umid qolgandi. Uning ruhiyatini qamrab olgan narsa oddiy xafagarchilik emas balki depressiyaning eng og'ir nuqtasi edi. Odam o'zini tiriklayin jonsiz his qiladigan mudhish bo'shliq. Ammo uning qalami qog'oz ustida harakatga kelganda, bu bo'shliqda butunlay yangi bir olam yuzaga kela boshlagandi. U yozayotgan narsa shunchaki oddiy narsalar emasdi; daftar sahifalari ayol o'z iztiroblari, qo'rquvlari va atrofidagi odamlarni go'yoki moddiylashtirib, ular bilan jang qiladigan maydonga aylanib borardi. Bu ayol ko'plab Z avlod vakillarining sevimli asari "Garri Potter" muallifi Joanna Rowling edi.

  • 27 июн.1 629174

    -Odamlar bir haqiqatni unutdilar, - dedi Tulki, - ammo sen aslo yodingdan chiqarma: kimniki qo'lga o'rgatgan bo'lsang, uning taqdiriga hamisha javobgarsan. Kichkina shahzoda asaridan. Menimcha, ushbu asarni hamma, ayniqsa o'g'il bolalar turmush qurishdan avval o'qishlari kerak. https://t.me/bolajontwins

  • 26 июн.1 5992217из azizrakhimov_blog

    Pul (yoki mukofot) berib kitob o‘qitish foyda beradimi? Ayni shu savolni Garvard ta’lim iqtisodchilari ham berishgan edi. 250 ta maktabda 10 mln dollar sarflab, tekshirib ham ko‘rishdi. 2$ gina mukofot olgan bolalar 40% ko‘proq kitob o‘qishgan. Mukofot to‘xtaganidan keyin ham, odatlari saqlanib qolgan. Ko‘p kitob o‘qish yo‘lida ikkita asosiy to‘siq bor: 1. Odatlanmaganlik 2. Lug‘at kichikligi sabab tushunmaslik. Mukofotga qiziqib, muntazam o‘qish, ikkisiga ham yechim bo‘la oladi.