tgindex
YAQIN
@YaqinOzbekузбекский

Ayollarga doir ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy mavzularda suhbatlar. Bu manzilda ko'ngilga yaqin, lekin e'tiborimizdan uzoq mavzularda suhbatlashamiz. Manbasi bilan oling. Aloqa va hamkorlik uchun: @Yaqin1Bot Asosiy darslar: @Yaqindarsliklari_bot

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
5
Всего постов
219
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
17 012
+26 за 6 дн.
Сутки
−5
−0,03%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
4 653
40 постов
Вовлечённость
27,4%
к подписчикам
Постов в день
0,7
всего 219
Упоминаний
18
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
2 433
1/48двое суток
2 788
1/72трое суток
3 007

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 авг.2 18718113

    без подписи

  • 14 авг.2 34711238

    без подписи

  • 13 авг.2 74314418

    Istanbulda menga eng yoqqan jihatlar: 1) Site - turar joylarni Saudiyadagidek compound ya’ni qo‘rg‘on shaklida qurish. Site ikki qavat panjara devor bilan o‘ralgan ( birinchi devor bilan ikkinchi devor orasini bogʻ qilib qoʻyilgan) , hamma joyda kameralar, darvozalarida 24 soat qo‘riqchi turadi, bolalar uchun nihoyatda xavfsiz, sitega moshina faqat ruxsat bilan kiradi o‘shanda ham faqat ko‘chib kirayotganda yoki ko‘chib chiqayotganda yuk ulovlari kirishi mumkin, yashovchilar uchun pastki qavatda parkovka qilingan. Yana basseyn, sport zal va turkcha hammom bor, pastki ikkinchi qavatda. Siteni xodimlar doimiy tozalab turadi, ekinlar parvarish qilinadi, Sitelarda ijara Saudiyadagidan ancha arzon hatto Toshkentdagi oddiy kvartiralardan arzonroq. Saudiyada uncha muncha odam Siteda yashashga qurbi yetmaydi ammo Turkiyada hamma yashay oladigan darajada. Siteda gaz, elektr,suv va kanalizatsiya a’lo darajada ( hamma joyda shunday ekan faqat Siteda emas). 2) Jamoat transporti Londondan ham yaxshiroq yo‘lga qo‘yilgan, narxi cho‘tnakbop, eng chekka mahallaga ham avtobus yuradi hech bo‘lmasa marshrutka bor. Uyingizdan chiqib besh minutdan oshiq piyoda yurmasdan bekat bor. 3) Mevalar juda mazali va Ovro‘podan ancha arzon. Tarvuz, gilos va shaftolisi nihoyatda totli, O‘zbekistondagidan ham yaxshiroq desam mubolag‘a emas. 4) O‘zbekcha taomlar uchun vatanga borish shart bo‘lmay qolibdi. Istanbulda o‘zbekcha oshxonalar bisyor,menga Mehmon oshxonasi yoqdi, ayniqsa somsasi va lag‘moni ma’qul keldi, narxlari ham ishchi qatlam uchun mo‘ljallangan. 5) Dengiz. 6) Masjid va tahoratxonalari judayam yoqdi, qayerda bo‘lsangiz ham masjiddan piyoda yurganda besh minutlik masofadasiz. Ayniqsa shaharda yurganingizda namozni qazo qilish imkonsiz, hamma joyda tahoratxonlar bor, ayollar uchun ham sharoit muhayyo. Musulmonlar uchun o‘ta qulay ekan. 13.08.2023 Istanbul https://t.me/YaqinOzbek

  • 13 авг.2 893823

    Istanbulda havo ancha salqinladi, " Choli Qushi" asarida tasvirlangan obi havo hukmron. Dengiz moshinada o‘n minutlik masofada, turgan joyimizdan ko‘rinib turadi xuddi yaqindek tuyuladi ammo piyoda yurganda bir soatcha ketadi. Bomdoddan keyin uyqum kelmadi, tashqariga chiqdim. Site hovlisi sokin, hamma uxlamoqda, bolalar o‘yingohidagi halinchalak shamolda ohista tebranib turibdi, yog‘och ayvonga yopishib ketgan zarpechak shamolda hilpiramoqda, o‘sha ayvondagi tutash stol skameykada o‘tirib kitob o‘qigingiz keladi. Site tashqarisiga chiqsangiz olisda ko‘m-ko‘k dengiz mavjlanmoqda, kema ko‘zga tashlanadi. 50-55 yoshlardagi Site qorovuli sigaret burqsitmoqda. Chig‘alay chag‘illaydi , qari it sekin yo‘lni kesib o‘tmoqda, ko‘cha mushuklari axlat qutini titmoqda. Shamol yaproqlarni uchiradi. Shu lahzalarda o‘tgan asrning boshidagi Turkiston, jadidlar, Turkiyadagi shiddatli voqealar xayolimdan o‘tadi. Fitrat qatori bir nechta ziyolilar Istanbulga o‘qishga keladi. Birinchi Jahon Urushidagi Gallipoli va Chanoqqala janglari, undan keyin qora shinel,shlyapa va poshnali charm etik kiygan Otaturk taxtni egallab burgutdek nigohi bilan qarab turgani, shafqatsiz qarorlar bilan o‘z istaklarini ommaga tatbiq qilganini o‘ylayman. Ha bu davlat o‘zidan oldingisiga maksimal darajada zarar yetkazish va oldingi merosni paymol qilish ustiga qurilgan. Oldingi ming yillik qadriyatlar 20chi asrdagi tamoman yangisiga almashtirilgan. Yana bir bor qaytaraman, Istanbul Turkiya emas, lekin mamlakatdagi eng katta shaharga qarab baho berilsa o‘tgan asrning boshi bilan hozirgi kundagi Islomiy vaziyat o‘rtasidagi farq naqadar katta bo‘lmasa, shattona mo baynahumo. Chunki har 10ta ayoldan to‘qqiztasi Ovro‘rolikni uyaltirgudek darajada ochiq libosda. Shunday bo‘lsa-da, baribir musulmon o‘laroq har qanday Gʻarb davlatiga nisbatan Turkiyada musulmon bo‘lib yashash qulayroq, ayniqsa o‘zbeklar uchun baribir qardosh xalq. Ilm o‘rganish va dinga amal qilib yashash uchun barcha sharoit muhayyo,qolgani insonning himmatiga bog‘liq. 13.08.2023 Istanbul https://t.me/YaqinOzbek

  • 13 авг.3 0171615из Ummu Aisha

    Farzandingiz arab harflarini o‘rganishdan zerikdimi? Doimgi bir xil mashg’ulotlar charchatdimi? Bizning kitobda 25 xildan ortiq bir-birini takrorlamaydigan qiziqarli topshiriqlar jamlangan! Hech qanday sunʼiy intellekt yoki ChatGPTsiz, inson qoʻli bilan, mehr berib ishlangan takrorlanmas mashgʻulotlar. Hali hech kim bunday o’quv-qo’llanma tayyorlamagan🌿 ​❤️Yoshlikdan oʻrganish afzalligi: ❤️Miya faoliyati va xotirani rivojlantiradi ❤️Harflar talaffuzini toʻgʻri va sof shakllantiradi ​ Chegirmada: 79,000 so‘m Buyurtma uchun: @aishasadmin Kanalimiz linki⤵️ https://t.me/+QQMqexEuqKg2YjMy https://t.me/+QQMqexEuqKg2YjMy

  • 11 авг.3 7353289

    https://youtu.be/MVCOBMg_mYc?si=NjNvyO7OFpr-4Mtm Assalomu aleykum va rohmatulloh va barokatuh. Ko'pchilik uchun kerakli mavzu deb o‘ylab shu videoni ulashmoqdamiz. Agar yana shu mavzu bo‘yicha qo‘shimcha savollar bo‘lsa, izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin. Agar savollar ko‘paysa, mutaxassislar bilan qo‘shimcha savollar yuzasidan dildan suhbat uyushtiramiz. Maktablar haqida ayollar tilida suhbatlashamiz inshaalloh.

  • 11 авг.3 97014060

    Bolani yo‘qotish deganda ko‘pchilik darrov homila tushib qolishi yoki bolani ko‘chada yo‘qotib qo‘yish, yoxud bola qandaydir baxtsiz hodisada vafot etishini yo bo‘lmasa kasallikdan halok bo‘lishini o‘ylaydi. Ammo bulardan ham eng alamli yo‘qotish bor. Bu yo‘qotish shunday yo‘qotishki undan ko‘ra bolangiz kasallikdan yoki avtohalokatdan vafot etib ketgani yengilroq tuyuladi. Bu yo‘qotishda bolangiz jismonan sog‘lom bo‘lishi mumkin, ammo uning ruhi, ongi va qalbi tamoman sizga teskari bo‘lib qoladi. U endi sizning diningiz yoki e’tiqodingiz yoki axloqiy me’yorlaringizni tan olmaydi. Sizning qadriyatlaringiz unga begona, u siz muqaddas bilgan tushunchalarni va qadriyatlarni tan olmaydi. Afsuski, hozirgi internet rivojlangan davrda, qorningizdan tushgan, siz bilan bir tom ostida yashab kelayotgan jigarbandingizni ana shu tarzda yo‘qotib qo‘yish xavfi kuchayib ketdi. Uning tanasi turibdi, yoningizda ammo uning ruhi tamoman begona. Ijtimoiy tarmoqlar, ertadan kechgacha davom etadigan bog‘cha va xususiy maktablar davrida bolani yo‘qotib qo‘yish juda oson bo‘lib qoldi. Oiladan uzoqda bolalarim uchun deb ammo bolalarini yillab koʻrmay yurgan ota-onalar ham bolasini ruhan, maʼnan yoʻqotib qoʻymoqda. Alloh saqlasin, ofiyat bersin, bu juda qo‘rqinchli yo‘qotish. Shunday yo‘qotishki,bir kun kelib hatto u yo‘l hodisasidan yoki kasallikdan vafot etib ketganda shunchalik siqilmasdim deb qolishingiz ham mumkin. Buni hayotda kuzatayapmiz, shunday shikoyatlar ko‘payib bormoqda. https://t.me/YaqinOzbek

  • 9 авг.7 61329783

    Balog‘atga yetgach iffatini saqlab, halol nikoh bilan oila qurib, farzandli bo‘lib, imkon qadar islom ta’limotlariga amal qilgan holda yashayotganlar sizlar yaratilishingizdan ko‘zlangan maqsad bo‘yicha yashayapsiz. Dunyoga kelib nima qildim deb yozg‘irmang. Siz juda katta ishni amalga oshiryapsiz. Siz insoniyat yaratilganidan to hozirgacha davom etib kelayotgan zanjirni davom ettiryapsiz. Siz yaratilish fitratingizga sodiq yashayapsiz. Sizga hurmatim va havasim tobora oshmoqda. Miyani aynituvchi, adashtiruvchi g‘oyalar kuchaygan davrda iymoningizni saqlab yashashingiz tahsinga loyiq. Sizlar insoniyatning yaxshilarisiz. Mana shu kanalda qatnashayotgan, kursilarimda o‘qigan ayollarning odob-axloqiga, matonatiga, fidokorligiga qoyil qolaman. Sizlardagi fazilatlarni Alloh ziyoda qilsin. Doim badaningiz va iymoningizni salomat bo‘lsin! https://t.me/YaqinOzbek

  • 7 авг.5 598181из Mehr_Soyasi

    🙏 Bot orqali bir necha soniyada ovoz bering! @mehr_soyasi_bot 🤖 Bot 24/7 ishlaydi — istalgan vaqtda ovoz berishingiz mumkin. 💙 Iltimos, havolani doʻstlaringiz, yaqinlaringiz va guruhlaringizga ham tarqating. Har bir yuborilgan havola va har bir ovoz bizni maqsadimizga yaqinlashtiradi. 🙏 Проголосуйте через бота всего за несколько секунд! @mehr_soyasi_bot 🤖 Бот работает 24/7, поэтому вы можете проголосовать в любое удобное время. 💙 Пожалуйста, поделитесь ссылкой с друзьями, близкими и в группах. Каждый голос и каждый репост помогают нам приблизиться к нашей цели.

  • 7 авг.5 38121638

    Toshkentdagi 4-5 xususiy o'zbek va xalqaro maktablarga borib ko'rib keldim: Rahimov school (Ibn Sino filiali) Turkiston school (Sergeli) Registon school Salam International school (Chorsu filiali) Ulugbek International School of Tashkent Yana Vosiq International School haqida yaxshi gaplar eshitdim ammo lekin borib ko'rishga imkon bo'lmadi. Maktab haqiqatda O'zbekistonning eng og'riqli muammolaridan. Davlat ta'lim tizimi ko'p joylarda allaqachon inqirozga uchragan. Xususiy maktablar esa juda qimmat. Imkon qilib farzandini xususiy maktabda o'qitayotgan oilalar nari borsa davlat miqyosida 4-5%ni tashkil qilsa kerak. Qolgan ko'pchilik uchun davlat maktabi shunchaki ro'yxatda turish uchun xizmat qiladi, aslida ta'limni o'quv markazlari va repetitorlardan oladi. Lekin bunga ham imkoni yo'qlar juda ko'p ... 11 yil maktabda umri sarson bo'lgan yuz minglab bolalarni o'ylab rahmingiz keladi. https://t.me/YaqinOzbek

  • 6 авг.4 77913146

    #eslatma Insonning ichki dunyosi bilan tashqi dunyosi orasidagi tafovut qancha kattalashsa, ruhiy og‘riq ham shuncha kuchayadi. Qalb bir narsani his qilib, til boshqa narsani gapirsa, vijdon bir yo‘lga chorlab, inson boshqacha yo‘l tutsa, asta-sekin ichki…

  • 6 авг.4 4738544

    #eslatma Insonning ichki dunyosi bilan tashqi dunyosi orasidagi tafovut qancha kattalashsa, ruhiy og‘riq ham shuncha kuchayadi. Qalb bir narsani his qilib, til boshqa narsani gapirsa, vijdon bir yo‘lga chorlab, inson boshqacha yo‘l tutsa, asta-sekin ichki xotirjamlik yo‘qola boshlaydi. Inson tashqaridan baxtli, muvaffaqiyatli va xotirjam ko‘rinsa ham, ichida bo‘shliq, bezovtalik va iztirobni his qilishi mumkin. Haqiqiy osoyishtalik esa insonning ichki e'tiqodi, qadriyatlari va amallari bir-biriga uyg‘un bo‘lgandagina keladi. Qalbdagi haqiqat bilan tashqi hayot o‘rtasidagi masofa qisqargan sari, ruh ham yengillashadi, xotirjamlik ortadi. Shuning uchun inson eng avvalo boshqalarga emas, o‘z qalbiga rostgo‘y bo‘lishi kerak. Zero, Alloh qalblarni biluvchi Zotdir. Unga yaqinlashgan qalb esa eng og‘ir sinovlarda ham taskin va osoyishtalik topadi. https://t.me/YaqinOzbek

  • 6 авг.4 87811

    без подписи

  • 6 авг.5 1586710

    Biz mashgʻulotga keldik, 2026-yil jonli guruhdagi Mirmuhammedova Fotima dars oʻtyaptilar. https://t.me/sunflowerkids_98_book

  • 3 авг.7 314214124

    #shunchaki Oʻzimizni baxtsiz his qilishning asosiy sabablaridan biri taqdirga taslim boʻlmaslik va boshqalardan ko'p narsa kutish. Oilaviy munosabatlarda ham aynan shu tufayli ko'p muammolarga duch kelamiz. Misol, zamonaviy ayolning zamonaviy erkakdan kutganlarini ko'rib chiqaylik - Toparmon tutarmon bo'lsin - O'z biznesiga yoki yaxshi ishga ega bo'lsin - Mehribon bo'lsin - Bolam-chaqam, uyim-joyim desin - Topganini uyiga tashisin - Hamma yoqni muhayyo qilib qo'ysin - Muzlatgichni to'ldirib qo'ysin - Ro'zg'orbop narsalar harid qilsin - Bozor-o'char qilganda go'shtning eng lahm joyini, meva va sabzavotlarning eng sarasini tanlab olishni bilsin - Uydagi buzilgan narsalarni joyida tuzatib qo'ysin - Ayoli hafa bo'lsa, o'z-o'zidan bilib olsinda hursand qilish chorasini ko'rsin. Masalan syurpriz qilib kutilmagan sovg'a ko'tarib kelsin - Haftada bir oilasini o'ynatib kelsin - Bo'sh vaqtini faqat oilasiga sarflasin - Ishdan kelgach bolalariga kitob o'qib bersin, birga o'ynasin Ro'yxatni yana uzoq davom ettirishimiz mumkin... Zamonaviy erkakning zamonaviy ayoldan kutganlari ham bundan oz emas - Qomati kelishgan bo'lsin, o'ziga oro berib yursin - Qo'li gul pazanda bo'lsin, shirin shirin taomlarni 5 daqiqada pishirib qo'ysin - Narsalarni tejab ishlatishni bilsin - Yo'qdan bor qilishni bilsin - Biroz hamshira bo'lsin. Ukol-doridan tushinsin, hayt desa kasalxonaga chopavermasin - O'zi ham umuman kasal bo'lmasin - Er ishdan kelganda uylar saranjom sarishta, ovqat tayyor va asosiysi bolalar jim o'tirgan bo'lsin. Uxlab qolgan bo'lsa yana yaxshi - Yaxshi o'qituvchi bo'lsin, bolalariga dars qildirishni bilsin. Hadeb repetitorga pul so'rayvermasin - Qo'lidan kelsa ishlasin. Ishni ham uyni ham eplasin (boshqa ayollar eplayabdiku axir!) - Kerak bo'lsa uyda o'tirgan joyida ham ishlab pul topsin, oila byujetiga o'z hissasini qo'shsin - Umuman hadeb pul-pul deydigan bo'lmasin Bu ro'yxatni ham yana uzooq davom ettirishimiz mumkin... Bugun siz o'zingizga bir yaxshilik qiling. Sizni ham tasavvuringizdagi mana shunday uzundan uzoq ro'yxatni eng muhim 2 yoki 3tasiga qisqartiring. Eng asosiylari bo'lyabdimi, alhamdulillah. Taqdirga va sizga Alloh bergan qismatga rozi bo'lmaslik o'zingizga zulm qilish bilan barobardir. Asosiylari bo'lyabdimi, endi qanoat qiling, shukr qiling. Qolganlari ham sekin-asta bo'ladi insha'Allah. Yoshlarga tavsiyam, ijtimoiy tarmoqlardagi ba'zi juftliklarning soxta bahtlariga aldanib qolmang. Haqiqiy hayotni ideallashtira olmaysiz. Uni past-balandlari borki, buni hech kim rasm yoki videolarga olib storislariga joylamaydi. Siz hayotda hech kimdan oldinda ham emassiz, orqada ham emassiz. Ayni bo'lishingiz kerak bo'lgan joydasiz, buni qabul eting. Iroda Ahmed https://t.me/YaqinOzbek

  • 2 авг.5 63810957из YaqinOzbek

    Qani endi maktabda bizga oʻz hayotimizdan va qismatimizdan rozi boʻlib yashashni, baxtli bo‘lishni o‘rgatishsa yoki maktabda ulgurmaganlar universitetning baxtli bo‘lish kurslarida o‘qib o‘zlaridagi kemtiklikni to‘ldirib olsa. Afsuski, baxtli bo‘lishni bizga hech kim o‘rgatmaydi faqat baxtli ota-ona o‘z bolalariga o‘rnak bo‘lishi mumkin. Biz baxtli bo‘lish uchun karera tanlaymiz yoki biz uchun tanlab berishadi. Biz aslida keng yaylovlarda cho‘ponlik qilishni istarmiz ammo bizni doktor bo‘lishga undashlari mumkin. Yoki bizdan yaxshi zargar chiqishi mumkin ammo bizni oshpazlikka yo‘llashadi. Baxtli bo‘lishning qismlari ko‘p, u birgina yaxlit narsa emas, ruhiy,aqliy, jismoniy, hissiy va ijtimoiy jihatlari bor. Shularni bir biriga kelishtirishdan , imkon qadar moslashtirishdan baxtiyorlik hissi kelib chiqadi. Biz boshqalarning baxtiga taqlid qilish orqali baxtga erishmoqchi bo‘lamiz. Kimdir jentra istagani uchun biz ham jentra istashimiz shart deb o‘ylaymiz. Kimdir muayyan tarzda kiyinib o‘zini baxtli ko‘rsatgani uchun biz ham shunday qilsak baxtli bo‘lib qolamiz deb xomtama bo‘lamiz. Mana shunday ichki bo‘shliq va kemtiklik gohida bizni ahmoqona qiliqlarga yetaklaydi. O‘zimizni baxtiyor qilib ko‘rsatish istagi chinakam baxtli bo‘lish istagidan balandroq keladi ba’zan. Juftimiz bizga gullar sovg‘a qilayotgani va romantik "syurprizlar" qilayotgani videosini olam bilan bo‘lishgimiz keladi. Bo‘g‘zimizga alam yig‘isi tiqilgancha, ko‘zlarimizda qahr ifodasi qotgancha lablarimiz bilan tabassum qilishga chiranamiz. Odamlar ham bizning baxtli ekanimizga ishongandek bo‘lishadi, soxta bo‘lsa-da olqishlab qo‘yishadi. Ha, baxtli bo‘lish insoniyatning azaliy va abadiy orzusi, uni to joni halqumiga kelgunicha quvib yuraveradi. Dunyoga bir marta kelasiz, bir marta yashaysiz, birovlarning baxtiga taqlid qilib ovora bo‘lmang, siz o‘z holingizcha baxtli bo‘lishingiz mumkin, shunga harakat qiling. Boshqalarning baxt qoliplariga o‘zingizni solmang. https://t.me/YaqinOzbek

  • 2 авг.5 0368070из YaqinOzbek

    #repost #onalikmaktabi #bola_tarbiyasi Bolani o'ziga nisbatan nafratini oshirgan reaktiv munosabat ana o'sha xulq-atvorni ko'proq takrorlanishiga olib keladi. Nima uchun? Chunki siz bolalarga o'zlarini yomon ko'rsatish orqali xulqini yaxshi tomonga o'zgartira olmaysiz. Rasmga boqing va tafakkur qiling. Yaxshi xulq-atvorni namoyon qilish uchun bola oz'ini ichidan yaxshi his qilishi kerak. Balki siz bu reaktiv munosabat siklini buzgan ona bo'lasiz? Siz sokin, og'ir bosiqlik bilan keyingi avlodlaringizni sog'lom fikrlovchi, oz'ini hurmat qiluvchi farzandlar bo'lib yetishishiga sababchi bo'lasiz, inshaAlloh. O'zimga va sizlarga eslatma ... Iroda Ahmed @YaqinOzbek

  • 2 авг.5 1262320

    Бугун энг катта муаммо — маълумот етишмаслиги эмас, балки ортиқча ва ишончсиз маълумотлардир. Ҳар куни Telegram’да ўнлаб каналларни кўрасиз, юзлаб хабарларни ўқийсиз. Лекин уларнинг нечтаси ҳақиқатан ҳам ҳаётингизни яхшилайди? Агар Сизга… Биргина жойда сараланган, ишончли ва ҳақиқатан фойдали Telegram каналлари жамланган десакчи… Биз айнан шундай тўпламни тайёрладик. Бу ерда сиз: - Мия саломатлиги, соғлом турмуш ва узоқ умр ҳақида илмий асосланган маълумотларни оласиз. - Фарзанд тарбияси, таълим ва оилавий муносабатларга оид амалий тавсиялар билан танишасиз. - Руҳий барқарорлик ва шахсий ривожланиш учун фойдали ғояларни кашф этасиз. - Ишончли манбаларга таянган билимларни ўқийсиз. - Кундалик ҳаётни енгиллаштирадиган маслаҳатлар ва қизиқарли рецептларни топасиз. - Ўз устида ишлайдиган, ижобий фикрлайдиган инсонлар даврасига қўшиласиз. Энг муҳими, ушбу каналлар миллий қадриятларимиз, оилавий анъаналаримиз ва маънавий тамойилларимизга мос мазмунда юритилади. Ахборот шовқини ичида адашманг. Ўзингиз ва оилангиз учун ҳақиқатан ҳам қимматли билимларни танланг. Марҳамат, биз билан бирга ривожланинг: https://t.me/addlist/HaOAG8kVazkwNTUy?utm_source=chatgpt.com Бир жамланма. Ўнлаб сара каналлар. Ҳар куни янги қиймат.

  • 1 авг.5 72816930

    Robiyaxon bilan mazza qilib suhbatlashdik. Har safar bezrayib quruq borib sovg'a bilan qaytish ham noqulay. Suhbatimiz mavzusi: Ayni damda siz hayotning qaysi bosqichidan o'tyapsiz? Suhbatdan parcha: - Insonlar stressga tushadilar - Nima uchun stressga…

  • 31 июл.5 44415469

    Robiyaxon bilan mazza qilib suhbatlashdik. Har safar bezrayib quruq borib sovg'a bilan qaytish ham noqulay. Suhbatimiz mavzusi: Ayni damda siz hayotning qaysi bosqichidan o'tyapsiz? Suhbatdan parcha: - Insonlar stressga tushadilar - Nima uchun stressga tushadilar? - Chunki ishlar izdan (kontroldan) chiqib ketyapti. Rejalashtirilganidek ketmayapti - Sokin bo'l, ishlar hech qachon sening kontroling ostida bo'lmagan. Shu paytgacha Allohni rejasi amalga oshdi, bunday keyin ham shunday bo'ladi.... Hamza Yusufning bir gapi bor Aqlli odamlar bugun nima ish qilishi kerakligi ro'yxati bilan uyg'onadilar. Oqillar esa Alloh bugun men bilan nima qilar ekan deb uyg'onadilar. Qani edi toqatimizdan tashqari bo'lgan hamma ishni Allohga tashlay olsak, hayotimizga naqadar yengillik kirib kelgan bo'lar edi. Sizga ham o'sha savol: Ayni damda siz hayotning qanday bosqichidan o'tyapsiz? Iroda Ahmed @YaqinOzbek