ULUL ALBAB - The People of Intellect
Статистика©️ Manbasiz olinmasin (rozilik yo'q)! @weareululalbab ❗️Kitoblar, shaxsiy tajriba, professionallik, saviya, fikrlash, rivojlanish, shaxsiyat, bandalik. Reklama olinmaydi.
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 183
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 4 020
- 1/48двое суток
- 4 606
- 1/72трое суток
- 4 968
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ko'rish uchun ko'taril. Ko'rinish uchun emas. (Allohning) ma'rifati uchun ilm ol. Tanilish uchun emas. Isloh uchun amal qil. Maqtov uchun emas. © ULUL ALBAB yozdi
Besh soniya #tajriba #foyda Gapirishdan oldin filtrga besh soniya. Qarordan oldin o'ylashga besh soniya. Pul sarflashdan oldin besh soniya. Qo'ng'iroqdan oldin fikrni tartiblashga besh soniya. Xabarga javob yozishdan avval besh soniya. Nutqdan oldin ovoz sozlashga besh soniya. Amaldan oldin niyat uchun besh soniya. Ma'siyatdan oldin Allohni eslashga besh soniya. Uyqudan oldin o'limni o'ylab besh soniya. Dangasalikda dam olish uchun besh soniya. ... Ba'zan biroz to'xtang. Besh soniya yetarli chegara. Biz kam deb o'ylagan muddat ancha narsani hal qiladi. Yetmasa, 10 soniyadan boshlang. © ULUL ALBAB yozdi
"Ucholmasang, yugur. Yugurolmasang, yur. Yurolmasang, emakla. Nima qilsang ham, oldinga harakatlanaverishing kerak". - Martin Lyuter King Vazifangni bajar, natija Allohdan. Harakat qilaver, baraka Allohdan. Sendan safar so'raladi, zafar emas. Sendan senga tegishlisi so'raladi, toqatingdan ortig'i emas. Sendan nima qilganing so'raladi, nima qilishgani emas. Bu motivatsiya emas, haqiqat! © ULUL ALBAB yozdi
Nega xabar-yangiliklar va ortiqcha kanallarni kuzatmayman? #samaradorlik Chunki minus plyus degani. Ayirish qo'shish degani. Samarasizlarni ayirish samaralilarini qo'shish degani. Chalg'ituvchilarni minus qilish. Diqqat o'g'rilarini kamaytirish. Kuch va resursni samarasiz sarf qilayotgan ishlarni yo'qotish. Zaruratsizdan yuz o'girgan zarur ishlarni ko'radi. Zarur ishlarni ko'rgan zarur bo'lmaganlarini kamaytiradi. © ULUL ALBAB yozdi
Birovga foydam tegsin, desang, #eynafs Allohga xizmat qilay, desang, Avval o'zingni tahlil qil. Avval o'zingni koyi. Avval o'zingni uyg'ot. Avval o'zingni qutqar. Avval o'zingga yordam ber. Avval o'zingga foydang tegsin. Keyin boshqalarga ham yordam berolasan. Keyin boshqalarga ham foydang tegadi. © ULUL ALBAB yozdi
Taskin beruvchi gap #eslatma #eynafs Qancha ko'p tirishsang ham, Hammasini to'g'ri qildim, deb oylasang ham, Zararlar oldi olingandek tuyilsa ham, Bari o'ylaganingdan teskari ketishi mumkin. Allohning irodasi bilan. Bandaliging zohir bo'lishi uchun. Aslida hech kim ekaningni ko'rsatish uchun. Shuning uchun o'rganishing kerak bo'lgani - taslimiyat va qabul. O'zingga eslatishing kerak bo'lgan taskin beruvchi gap: قَدَّرَ اللَّهُ وما شاءَ فعَل Allohning taqdiri, nimani xohlasa, o‘shani qiladi. Singgunicha takrorla. © ULUL ALBAB yozdi
Bomdodga uyg'onolmasa... #youasked Avval: 👉 Qazo bo'lgan namozni (quyosh chiqqandan keyin) darhol o'qib oling. 👉 Kun va tuningizni tartiblang. Shomdan boshlab, uyquga tayyorlaning. Mana bu usulda reja tuzing. 👉 Turmush tarzingiz sog'lommi? Har kuni yetarlicha aktivmisiz? Taomnomangiz yengil va balanslimi? 👉 Tana soati (body clock)ngizni kuzating va o'rganing. 👉 Bomdod va erta turishning fazilatlarini qayta-qayta o'rganing. Niyatni har safar yangilayvering. 👉 Boshqa amallaringiz ahvoli qanday? Kunduzgi namozlar vaqtida bo'lyaptimi? Zikrlar? 👉 Yomonliklardan tiyila olyabsizmi? Chin tavbalar bormi? 👉 Solih do'stingiz yoki oila a'zongiz bilan kelishib oling. Bir-biringizni tergab turing. Bularni bajargandan keyin, qo'ldan kelgancha: 1️⃣ Peshin/asrdan keyin kofein va shirinliklar iste'mol qilmang. 2️⃣ Shomdan keyin gadjet ishlatishni kamaytiring. Qur'on, kitob, qog'ozda nimadir o'qing. Odamlar bilan gap sotmang. Ko'chada yarim kechgacha yurmang. 3️⃣ Xufton vaqti kirguncha barcha ishlaringiz bajarilgan bo'lsin. Vaqti kirishi bilan o'qing va yoting. 4️⃣ Budilnik qo'yilgan telefonni uzoqroqqa qo'ying. Ish bermasa, budilnik soatga alishtiring. Bitta chaladi, boshqa chalmasligini bilib ham turarsiz, balki! 5️⃣ 10-15 daqiqa zikrlarni ayting. Allohdan uyg'onishni oson qilishini, solih amallarga madad berishini so'rang. 6️⃣ Bomdodgacha uyg'onsangiz, tahajjud o'qing yoki masjidga chiqing. ❗️Muhimi: tanaga moslashishi uchun vaqt bering. Avvalgi tartibsiz hayotingizdan tartibga o'tishi uchun ongga ham, jasadga ham biror kunlar vaqt kerak. ❗️Bu bir mujodala! Niyatdagi ixlosingizni o'zingizga isbotlaydigan mujodala! © ULUL ALBAB yozdi
Muhimroq narsalar #tafakkur Qayerda o'qishing (jarangdor nom, qimmat kontrakt)dan ko'ra nima o'rganishing muhimroq. Qaysi lavozimdaligingdan avval qanday insonlar bilan ishlashing muhimroq. Nechta kitob o'qiganingdan ko'ra qanday kitoblar va kitoblarni qanday o'qishing muhimroq. Nima qilayotganingdan avval nimaga qilayotganing/niyating muhimroq. Senga kim xizmat qilayotganidan ko'ra sen kimga xizmat qilayotganing muhimroq. Shaxsing (ism-sharif, e'tirof, mashhurlik)ni emas, shaxsiyatni qurganing muhimroq. Birinchisi ikkinchisining samarasi. Ikkinchisi birinchini jalb qiladi. Ikkinchisi to'g'ri bo'lsa, yuksaltiradi. © ULUL ALBAB yozdi
Achinarli nafs Odam uy-joyi haqida gapirmasa, ularni ko'rsatmasa, unda ular yo'q degani emas. Odam nonushtasi/tushligini ko'rsatmasa, u ovqat yemaydi, degani emas. Odam boyliklari haqida gapirmasa, u yoq degani emas. Odam shaxsiy hayoti haqida gapirmasa, u yo'q degani emas. Odam muammolari haqida gapirmasa, u yoq degani emas. Naqadar achinarli nafsning zohirga qarab hukm qilishi. Naqadar achinarli o'zini har narsaning bilguvchisi deb o'ylashi. Naqadar achinarli ko'rgan/eshitganinigina bor haqiqat deb bilishi. #unutma #eynafs Ko'rmasang, yo'q degani emas. Eshitmasang, mavjudmas degani emas. Indalmasa, kuzatilmayabsan degani emas. Jazo berilmasa, kechirilding degani emas. Kechirilsang, mumkin degani emas. © ULUL ALBAB yozdi
Tahlil - o'tirib, yozib chiqing: #tajriba - eng ko'p birga vaqt kechiradiganingiz 5ta odam; - ular bilan tez-tez va ko'p suhbatlashadiganingiz 5 xil mavzu; - sizni qiziqtiradigan 5 xil yo'nalish; - o'ylashni ham xohlamaydiganingiz 5ta masala; - o'zingizga eng ko'p qaytaradiganingiz 5 xil gap; - o'qiydiganingiz 5 xil yo'nalishdagi kitoblar; - bo'sh vaqtingizda (yo vaqt topib) bajarasiganingiz 5 xil mashg'ulot; - hayotingizning 5 xil jabhasida rivojlanish darajangiz;.. Bularni aniqlash o'zingizni yaqindan tanishga yordam beradi. Natijani ham tafakkur bilan tahlil qilib ko'ring. Amaliy strategiyalar tuzing. © ULUL ALBAB yozdi
Takrorlanuvchi qoliplar #kuzatuv ➖Bir vazifani sidqidildan bajargan odam boshqa jabhalardagi vazifasiga ham sidqidildan yondashadi. ➖Bir ishni oxiriga yetkazmaydigan odam hech qaysi ishni oxiriga yetkazmaydi. ➖Tashqi sabablarni bahona qiladigan kishi mas'uliyatdan qochib, uni boshqaga yuklamoqchi bo'ladi. ➖Cho'zilib gapiradigan odam cho'zilib ish qiladi. ➖Shoshib yuradigan odam qarorlari ham shoshqin bo'ladi. ➖Savoli aniqmas kishi nima xohlashini o'zi ham bilmaydi. ➖Bitta suhbatda tinglashni bilgan, boshqa o'rinlarda ham yaxshi tinglovchi, o'rganuvchi bo'ladi. ➖Kunini tartiblagan odam boshqa ishlarini ham tartibli qiladi. To'g'ri, bu o'zgarmas qoida emas, lekin ko'pincha shakllanib qolgan odatlardan darak beradi. Mana shu xulqdagi qoliplar izchilligi uzoq muddatda o'shanga moyil shaxslar tarbiyalaydi. Bu qoliplarni birovda emas, o'zingizda kuzating - islohga foyda beradi. © ULUL ALBAB yozdi
Dushman gaplar #tajriba 1. "Menda o'xshamayabdi" yoki umuman o'xshamayabdi, bo'lmayabdi, harakat qilsam ham eplolmayabman, degan gapni gapirmaslikka qat'iyan (ongli ravishda) intilaman. O'rniga deyish mumkin: "biroz ko'proq harakat va mashq bilan bo'ladi, in sha Alloh". 2. "Ulgurmayabman". Kunlar bebaraka bo'lib ketyabdi, ulgurmay qolyabman, kabi gaplar ham tildan tushgan. Mana shu o'yga vaqt ketkazgandan ko'ra turib bir ishimni bitirish yo boshlab qo'yishga harakat qilaman. Asl baraka mana shu harakatda. Harakatsizlik barakani ketkazadi. 3. "Bu ish imkonsiz". Baribir foydasi yo'q, imkonsiz ish-ku, deb o'ylashni ham tark qilganimizga ancha bo'lgan, alhamdulillah. O'rnini al-Qodir bo'lgan Alloh bilan hamma narsa mumkin, degan gap egallagan. Ba'zi o'ylar dushman bo'ladi. Ba'zi gaplar dushman bo'ladi (1; 2; 3). Kishi bilmay o'ziga qarshi ishlatadigan quroli bo'lib qolishi mumkin. 😜Qaysi gapni ko'p takrorlashingizga boqing. Endi (yuqorida misolda ko'rsatilgandek) harakatga undaydigan ijobiy gapga o'zgartiring. Alloh bizni yaxshi gap va gumon sohibi qilsin. © ULUL ALBAB yozdi
#thoughtsoutloud Sevishga qodir bo'lsang, birinchi Robbingni sev. Kechishga qodir bo'lsang, Robbing uchun gunohingdan kech. Qurbonlikka qodir bo'lsang, Robbing uchun nafsingni qurbon qil. So'zlashga qodir bo'lsang, Robbingni madh et, Uni zikr qil. Fikr yuritishga qodir bo'lsang, Robbing uchun go'zal gumon qil. Sevishga qodir bo'lsang, birinchi Allohni sev. © ULUL ALBAB yozdi
Universitet olim qilmaydi #youasked Sohaning mutaxassisi bo'laman, deb, o'qishga kirasan. Ko'rasan-ki, ko'p narsa o'rganolmayapsan. Noliysan. Yomonlaysan. Universitet senga muhit, yo'nalish, ustozlar, tanishlar, networking, muomala, madaniyat, intizom, mahorat, fikrlash, tajriba berishi kerak. Bilimni esa taklif qiladi xolos. Balki olasan, balki yo'q. 5 xil universitetda o'qib, 6-xilida o'qituvchi bo'lib, tushunganim: universitetdan birlamchi kutuv ilm olish emas. Yaxshi universitet - ilm olishi va yuqishida sen shakllantiradigan mahoratlar berolgan universitet. Shaxs sifatida seni yo'naltirolgan, o'zgartirolgan, tarbiyalolgan va mustaqil qilolgan maskan. Katta-katta, reytingi baland universitetlarga qara. Ularning talabalari faqatgina bilimli emas, balki fikrli, mahoratli, mustaqil va tajribali! Shularni bersa-da, foydalanolmasa - talabaning aybi. @weareululalbab
Amallarim/yaxshiliklarim/yaxshi ko'rishim Alloh uchunligini qanday bilaman? #youasked ⏺Turtkisida Allohning roziligi ko'zlanadi. Dunyoda bo'lmasa ham, oxirat savobi niyat qilinadi. ⭕️Allohdan boshqa biror sabab, foyda, manfaat yo'qolsa ham, amal davom etaveradi, to'xtamaydi. ⏺Insonlardan umid qilmaydi. Doim men beruvchi bo'laveramanmi, qachon qilgan (yaxshilik)larim menga ham qaytadi?, demaydi. ⭕️Odamlar ko'rsa ham, ko'rmasa ham u amal davom etaveradi. Ular maqtaganda amalni ko'paytirsa, mazammat qilganda kamaytirsa, Allohga ixlos ketadi. 🟠Amal/ish sinovlardan o'tadi. Xatolar, tushunmovchiliklar, mayda gaplar "Alloh uchun" deyilgan ishlarda arzimas narsa bo'lib ko'rinadi va sinovdek qabul qilinib, davom etiladi. ⭕️Allohga itoat ortgani sari boshqalarga muhabbati ortadi. Chunki ular orqali ham Allohning roziligi ko'zlanadi,.. Wallohu a'lam. Tekshirish uchun yuqoridagilarni savol tarzda o'zingizga berib ko'rishingiz mumkin. © ULUL ALBAB yozdi
Qo'rqmang! #tajriba Kimdir bir xatoingizni aytsa, sizni yomon odamga chiqargan bo'lib qolmaydi. Kimdir bilgan ma'lumotini ulashsa, sizni bilmasvoy qilib ko'rsatayotgan bo'lib qolmaydi. Kimdir sizga nasihat qilsa, o'zini sizdan ustun qo'yayotgan bo'lib qolmaydi. Kimdir nimadir sotib olsa, sizni ham olishga majburlayotgan bo'lmaydi. Kimdir qaysidir yo'ldan yursa, sizga ham o'shani majburlayotgan bo'lmaydi. Kimdandir ta'sirlanayotgan bo'lsangiz, sizni boshqarib, manipulyatsiya qilishayotgan bo'lib qolmaydi, qo'rqmang! Hovliqmang. Bir-ikki ma'lumot bilan xulosaga shoshilmang. Shaxsiylashtirmang. Qaysi ma'noga yo'ysangiz, sizga o'sha ma'no ko'rinadi. Siz yaxshilikka yo'ying, chiroyli gumon qiling, kuzating va dars oling. Imkoni bo'lmasa, ular va o'zingiz uchun isloh so'rab duo qiling. © ULUL ALBAB yozdi
Instagram va uning ahli aytayotgan narsa baxt emas - arzon dofamin. Asl: #youasked Baxt - ma'rifating, hidoyating, nuring borligi. Baxt - Allohdan Allohniki Alloh bilan, Alloh uchun Allohga ekaning. Baxt - qullik haqiqatini topishing va yashashing. Baxt - Uning sababi bilan bo'lgan har qanday ishga hissa qo'shishing. Baxt - Uning zikri va itoatiga qodir bo'lishing. Baxt - Qur'on bilan uxlashing, uyg'onishing, uning ahli bo'lishing. Baxt - kunlik virdlaringni bajarolishing. Baxt - ustozlaring duosidan bahramand bo'lishing. Baxt - ota-onang roziligini olishing. Baxt - nafsing va qalbingni anglab, tarbiya topishing. Baxt - iymoning, taqvoing, tavakkaling, tahajjuding, Unga muhtohliging bo'lishi. Baxt - shukr qilolishing, rozi bo'lolishing. Baxt - ummatga xizmating, og'irga yengiling, torga kengliging. Baxt - o'sa olishing, o'zgara olishing, afv qilolishing, umidli bo'lolishing. Na erkaklik baxti, na ayollik baxti birinchi o'rinda! Avval bandalik - qullik baxti topilsa, qolgani oson, bi iznillah. © ULUL ALBAB yozdi
Ilmga oid ba'zi postlar #xarita 📍Tengmi? 📍Dunyoviy va diniy ilmni balansda ushlash 📍Islom olimalaridan 📍Ahli ilm oilasining kunlik odatlaridan ba'zilari 📍Ilm (egallash)ning olti bosqichi 📍Ilm estetika emas 📍"Ma'lumot" va "ilm" farqi 📍Ilmda kibr qilish alomatlari 📍Bilmoq 📍Olayotgan ilmim foydami yo zarar? 📍Farzandingiz ilmga qiziqsa... Obunachilarimiz saqlashga oson bo'ladigan qilib jamlashibdi, Alloh rozi bo'lsin. © ULUL ALBAB yozdi
Solihlar suhbati - aql va qalblar ozig'i. #tajriba Ularning suhbati o'zgacha orom beradi, toqatidan insonga yuqadi, qalbda gullar ochiladi, hayotga ma'no kiradi, undan olinadigan zavqni so'z bilan ta'riflab bo'lmaydi. "Lekin atrofimda solihlar yo'q", deydigan zamonmas hozir. Siyratlarni o'qing. Hayotlarni o'rganing. Suhbatlarini tinglang. Hech bo'lmasa, kitoblarda uchrashing, varaqlar, satrlar orqali suhbatlashing... Haqiqiy motivatsiya hamda dunyo-yu oxirat yo'lida shaxsiy rivojlanish ham shu siymolarning hayotlarida. Yana: - oliy maqsad bilan yashash; - himmatni yuqori tutish; - istiqomat va sabr; - dangasalikka qarshi kurashish; - "ertaga" demay, bugunni isloh qilish; - ilm va amalda bardavom bo'lish; - go'zal xulq kasb etish; - tavakkul, yaqiyn, ixlosning hayotda aks etishi,.. kabilarni o'rganib, namuna olish mumkin. Alloh ma'rifati yo'lini tutgan ulamolardan mehr bilan o'rgangan qalb isloh bo'laveradi. Payg'ambarlar merosxo'rlarini Alloh panohida asrasin. © ULUL ALBAB yozdi
"Albatta, dunyoda bir jannat* bordir. Unga kirmagan, oxirat jannatiga kir(ol)maydi". *U - zikr bog'i. © ULUL ALBAB yozdi