tgindex
Siddiqa Hasan
@SiddiiqaКнигиузбекский

📬 Muharrir, musahhih, kopirayter, ssenarist va havaskor suratkash hamda yozuvchi qizning oddiygina sahifasi. Hayotim kitoblar, matnlar, anglashlar va muhabbatdan iborat🪭 Manba bilan oling! Surat va matnlar muallifi oʻzim. Murojaat: @tahrirchiqizz

Последний пост
10 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
25
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
4 191
−7 за 3 дн.
Сутки
−7
−0,17%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 851
25 постов
Вовлечённость
44,2%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 25
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 239
1/48двое суток
1 419
1/72трое суток
1 531

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 10 авг.1 397732

    Toshkentdagi talabalik davrlarimizda ajoyib va kulguli voqealar koʻp boʻlardi. Shulardan biri hozir yodimga tushib ketdi. Har doimgidek universitet darsidan chiqib, dugonam Muslima bilan 11-avtobusda Xalqlar doʻstligi metrosiga ketayotgan edik. Avtobusda odam tiqilinch, birov birov bilan gaplashadigan holat emas. Shunday holatda ketayotganimizda roʻparamda turgan bir qiz “Siz Siddiqasiz-a?” deb qoldilar. Kimdir meni koʻchada tanib qolsa, rosa uyaladigan odatim bor. Tilim aylanmay, nima deyishni bilmay qolaman. “Haa, menman”, dedim-da, dugonamga qarab oldim. Chunki u dugonam meni shunaqa tanib qolishlariga koʻp guvoh boʻlgan, “Muxlislarizam koʻpeeey!” deb piching qilib qoʻyardi. Qarasam, kutganimday jilmayib turibdi. Meni tanib qolgan qiz “Siz falon joyda ishlaysiz-aa?” dedilar. “Haa” deb qoʻyaman. “U ishxonalaringiz qayerda?” deb keyingi savolni qistiradilar. Meni uyatchanligimni kibrga yoʻymasinlar deb savollariga ochiq yuz bilan javob berayotgandim. Oxirgi savollaridan keyin boʻlmadi, dovdirligim tutib qovun tushirdim. Biroz tabassum bilan “Qamishzorda” desam boʻladimi? Haligi qiz 3-4 yil Toshkentda oʻqib bunaqa joy eshitmagan-ku, “Aa🫪🫪” dedilar. Yonimdagi dugonam Muslima chidolmadi, paq etib kulib yubordi. Tushirgan qovunimni hayriyatki vaqtida tushunib: “Iy, voy Qoraqamish deganim☺️” deb shuvab qoʻydim. Hayriyatki, shu gapimni gapirib boʻlgach sal turib, biz tushadigan bekatga keldik. Kulgudan oʻzimizni zoʻrgʻa tutib turgan Muslima ikkalamiz avtobusdan tushiboq, bir-birimizga qarab kulvordik. Shu-shu univerni bitirgunimcha mening ishim “Qamishzor” boʻp qoldi. 😁

  • 8 авг.1 685199удалён 15 авг.

    🌙 Siyrat oyida Rasulullohga (s.a.v.) yaqinroq bo'ling! 🎁 Salovat — qalb halovati va hayot barakasi. Islom olamining eng mo'tabar salovat to'plami bo'lmish «Daloilul Xayrot» asari asosida tashkil etilgan 1 oylik amaliy kursimizga taklif etamiz. Kursda sizni…

  • 8 авг.1 7911634удалён 15 авг.

    🌙 Siyrat oyida Rasulullohga (s.a.v.) yaqinroq bo'ling! 🎁 Salovat — qalb halovati va hayot barakasi. Islom olamining eng mo'tabar salovat to'plami bo'lmish «Daloilul Xayrot» asari asosida tashkil etilgan 1 oylik amaliy kursimizga taklif etamiz. Kursda sizni nimalar kutmoqda? • Salovat aytishning tartib va odoblari; • «Daloilul Xayrot» virdlarini to'g'ri va unumli o'qish tizimi; • Siyrat va salovat ma'naviyatini hayotga tatbiq etish uchun amaliy dastur. Ushbu Siyrat oyida o'zingiz va ruhiyatingiz uchun eng munosib tuhfani hoziroq hozirlang. ➡️ Kurs haqida batafsil ma'lumot ➡️ Kursga ro'yxatdan o'tish 🧕 Admin bilan bog'lanish ❗️ Joylar soni chegaralangan.

  • 7 авг.1 78624

    видео или голосовое, без подписи

  • 7 авг.1 6835523

    فَاللَّهُ خَيْرٌ حَافِظًا "Alloh eng yaxshi saqlaguvchi (himoyachi)dir." Yusuf surasi, 64-oyat ___ Ey qalbida havotir va qoʻrquvlarni koʻtarib yurgan doʻstim, sabablarni ado et-da qolganini Allohga havola et. Oʻziga omonat qil. Shu vaqtgacha boʻlgan barcha omonlik sen tufayli boʻlmagan-ku, bundan keyin boʻlsa. Shu paytgacha hech narsa sening nazoratingda emasdi-ku, endi boʻlsa. Sen va sening harakatlaring shunchaki bir vosita, shunchaki bir sababchi. Biroz sokinlash va Oʻziga duo qil. Alloh eng yaxshi himoyachi.🫴🏻💕

  • 5 авг.1 943835

    Amal bilan 🫴🏻💕 Ayamni dadamga hech qachon “yaxshi koʻraman” deb aytganini eshitmaganman, ammo ayam ovqat suzayotganda dadamning kosasiga koʻproq goʻsht solib qoʻyar, uyga kelishi sal kechiksa, xavotir olardi. Dadamni ham ayamga “yaxshi koʻraman” deb aytganini eshitmaganman, ammo dadam ayam pishirgan ovqatdan hecham ayb topmas, biror ishni boshlamoqchi boʻlsa, albatta ayam bilanam maslahatlashardi. Akam ham “sizlarni yaxshi koʻraman” demagan, ammo biz singillarini oʻqitgan, repetitor pullarini toʻlagan, hali oʻzi katta yigit boʻlishga ulgurmay, dadamning yoniga kirib, ishlab, pul topib oilamizni tebratgan. Opamdan ham “sizlarni yaxshi koʻraman” degan gapni eshitmaganman, ammo bizga doim eng yaxshisini ilinadi, biz uchun doim jon kuydiradi, maslahatlar beradi. Ayam biz farzandlarigayam “seni yaxshi koʻraman” demagan, ammo doim u bizga birinchi boʻlib telefon qiladi, kasal boʻlsak, kerak boʻlsa 3-4 mahal hol soʻraydi. Ayam akamgayam aytmagan yaxshi koʻraman deb, ammo akamga hecham qattiq gapirmagan, shaxsiyatiga tegmagan. Uyimizda qandaydir muammo chiqsa, shu muammoni akamga yetib bormasidan hal qilgan, akamni ayagan. Dadam ham bolalariga “sizlarni yaxshi koʻraman” demagan, ammo doim rayimizga qaragan, biz uchun hamma sharoitni qilib bergan, oʻqitgan. Ha doʻstlar, chiroyli gaplardan koʻra amal koʻp narsani soʻzlaydi. 🪔

  • 3 авг.2 0631215

    Xullas, "Arab tilini o'rganaman!" deb ixlos bilan qadam tashlab, lekin sarf-nahv qoidalarining murakkabligini ko'rib, shijoati ozroq so'nib qolganlar bo'lsa, bu tavsiya aynan siz uchun! 🫂 Ba'zida quruq qoidalar tilni o'rganishga bo'lgan butun ishtiyoqni so'ndirib qo'ygandek tuyuladi. Lekin iltimos, shijoatingizni so'ndirmang va bu fikrdan qaytmang! Arab tilini murakkab qoidalarsiz ham qiziqarli, zavqli va eng muhimi — juda samarali o'rganish yo'li bor. Sizlarni 6 yildan beri arab tilini o'rganayotgan dugonamning kanaliga taklif qilaman. U yerda siz arab tilini stresslarsiz, qiyin qoidalarsiz o'rganasiz. https://t.me/+-RsOcJSnr2llMWYy Shu paytgacha kanalda ko'p arab tili kurslari yoki kanallarini ulashgan bo'lsam-da, dugonamning kanali ulardan umuman farq qiladi. Bu reklama emas. Qoidalardan biroz "bezib" qolganlar uchun chinakam xazinaday joy. O'zimning eng yaqin insonim bo'lgani va bilimiga ishonganim uchun sizlarga chin dildan tavsiya qilyapman. Kiringlar, o'zinglar ham mazza qilib kuzatasizlar, buyog'iga arab tilini zavq bilan o'rganasizlar ✨ https://t.me/+-RsOcJSnr2llMWYy https://t.me/+-RsOcJSnr2llMWYy

  • 3 авг.1 859271

    Arab tilini o'rganayotganim uchun ulardan ko'p maslahat olaman. O'zlari o'rgangan, sodda usullarni tavsiya beradilar har doim. Yaqinda tavsiyalari bilan soddaroq kitob mutolaasini boshladim arab tilida.🪔 Manga bergan tavsiyalaridan keyin sizdagi bu tajribani, malakani arab tilini endi o'rganayotgan boshqa qizlarga ham yetkazishimiz kerak deb shu yo'nalishda kanal ochish taklifini berdim. O'ylab-o'ylab, oxiri rozi bo'ldilar. Aniq bilamanki, u yer arab tilini o'rganayotganlar judayam foydali bo'ladi. Shuning uchun sizning qo'llab-quvvatlovingizga muhtojmiz.🫠

  • 3 авг.1 6773

    видео или голосовое, без подписи

  • 3 авг.1 794543

    Xullas, bir oydan keyin Iyunni oxirlarida Misrga uchib keldilar Turkiyadan🛬 U dugonam o'zi O'zbekistonda bakalavrni bitirgan, ingliz tilidan C2 darajali qiz. Ingliz tilida sayraydi. Keyin Turkiyaga ketdi. Islomiy ilmlar bo'yicha yana bakalavrda o'qish uchun. Qaysi tilda o'qiydi deng, turk yoki ingliz emas, arab tilini o'zida. Chunki uni rus, ingliz tili bilan birga arab tilidan ham yaxshigina xabari bor edi. Mana 2 yildan beri Turkiyaning eng nufuzli oliygohlarida o'qimoqda. Shu bilan cheklanmasdan Arab tiliga mehri kuchliligidan yozgi ta'tilni Misrda, arab tilisini yanada mustahkamlash va gapirish ko'nikmasini yanada oshirish uchun keldi. Har hafta 2-3 marta ko'rishib fikr almashamiz, suhbatlashamiz. Ayniqsa, eski qadrdonlar bilan fikr almashish, foydali mavzularda gaplashish haqiqatda ne'matligini endiyam angladim.

  • 3 авг.1 5892

    видео или голосовое, без подписи

  • 3 авг.1 746432

    Misrga kelganimizning avvalgi 6 oyida musofir yurtda ekanligimiz unchalik bilinmadi. Deyarli hech kimni sog'inmadim. Ammo hammasi keyin boshlandi) Ota-onam, tug'ishganlarim, uyim sog'inchi... va shu bilan birga dugonalar sog'inchi ham. Tabiatan dugonavoz qizman. Qayerga borsam dugona orttirib kelaman. Eski dugonalarimni qo'msay boshladim va hatto duo qilardim: "Allohim, birorta dugonam kelsin Misrga" deb. 1-2 dugonamga o'zim taklifam berdim kelishga, ammo ular kelishmadi. Ammo Allohim duolarimni eshitgan edi. Iyunda bir dugonam, qolaversa hamkasbim Karvonda birga faoliyat olib borgan qadrdonim Misrga malaka oshirishga bormoqchiman deb qoldilar. Meni holatimni tasavvur qilyapsizmii?

  • 2 авг.2 0044

    видео или голосовое, без подписи

  • 2 авг.2 1454

    видео или голосовое, без подписи

  • 2 авг.2 0804

    видео или голосовое, без подписи

  • 2 авг.1 796204

    Siz soʻradingiz, men bajaraman 🤭 Marhamat, qizlar, ayollar, yangi sahifaga oʻtib olishingiz mumkin: https://t.me/+VyDOfPttkrkyMzZi (‼️Ayolligiga dalolat qilmaydigan, belgi, smile nomli hisoblar qabul qilinmaydi‼️) Noqulaylik uchun uzr soʻrayman. Ushbu sahifamiz barcha uchun manfaatli boʻlsin!

  • 2 авг.1 7681

    Yangi ochmoqchi boʻlgan kanalimiz faqat ayol-qizlar uchun boʻlishi kutilmoqda) ‘Qizlar kanalingizni qayta oching’ deydigan qizlarga ayni muddao, menimcha 🤭

  • 31 июл.2 21057

    видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.2 139191

    видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.2 0735614

    Yuqorida bergan tavsiyalarim kaminaning oʻzi sinab koʻrgan va amal qilgan tavsiyalar Avvalo universitetni muvaffaqiyatli bitirdim. Univerda oʻqib yurgan kezlarimni oʻzida soham (kopirayting, marketing, tahrir) boʻyicha juda koʻp loyihalarda ish boshladim. Tajribam yoʻqligiga qaramasdan urinib koʻrdim. Yillar oʻtgan sari tajriba shakllandi. Keyin avvalgi loyihalardan ham yaxshiroq loyihalarga taklif tushib, birga ishlay boshladim. Shu bilan bir qatorda oʻzim uchun yana bir sevimli mashgʻulot topdim. Bu blog yuritish. Ham yozishga qiziqqanim ham insonlar bilan ishlash yoqqani uchun blogim koʻpchilikning sevimli sahifasiga aylandi. Buning orqasidan ham daromad qila boshladim. Keyin esa nashriyotlardan hamkorlik takliflari tushdi. Birga ishladik. Menga tandirdan chiqqan yangi kitoblar va esdalik sovgʻalar joʻnatib turishardi. Yil boʻyi sportga vaqt ajratolmasam ham har yozda fitnesga borishga ovqatlanishimni ham sogʻlomlashtirishga harakat qilardim. Sport tanamni tetiklashtirib, yanada yaxshi oʻqishim va ishlashimga yordam bergan. Keyin esa oila haqida kursda oʻqib chiqdim, ustozlarning youtubedagi darslarini tingladim, bir qancha seminarlarda ishtirok etdim. Oila tushunchasi haqida atroflicha oʻrgandim. Shu boʻyicha koʻplab kitoblar mutolaa qildim. Albatta kitoblar doim hamrohim edi. Kitob oʻqish men uchun nafaqat aqliy ozuqa, balki yangidan yangi gʻoyalar manbaai edi. Sababi kasbim ijodkorlikni, chiroyli va mazmunli yozish, fikrni chiroyli yetkazib berishni va koʻp narsani bilishni talab qilardi. Bu yoʻlda men kitobdan boshqa yordamchini bilmayman. Aynan mana shu kitob oʻqish ortidan sevimli ishimni topdim va Peshqadam Karvoni’ning a’zosiga aylanib, oʻsha yerda faoliyatimni boshladim. Bu ishim ortidan Allohning koʻplab ne’matlariga sazovor boʻldim. Hamd. Talabalik vaqtimdan moliyaviy mustaqillikka erishdim. 1-kursligimni oxiridan tekstil korxonasida dazmolchi boʻlib, (🤭) 2-kursligimdan esa oʻzimni soham boʻyicha ishlay boshladim. Orzularim koʻp edi, ularni amalga oshirish uchun esa koʻpgina pul ham kerak. Shuning uchun bir varakayiga 2-3 joyda ishlardim. Toʻgʻri, charchardim, ammo orzular, yaxshi yashashga boʻlgan intilish to’xtashga yoʻl qoʻymasdi. Shungayam talabalik davrimni rollton bilan assotsatsiya qilolmayman. Chunki, talabalik vaqtimda oʻzim ishlab iphone, kompyuter, planshet olib, yaxshi kiyinib, boyvuchcha xonim boʻlib yurganman. 😁 Keyin esa oʻzimni xattotlikda sinab koʻrdim. 1 oydayoq qoʻlim ancha kelishib qoldi. Ustozimning koʻrsatmasi bilan bir muddat dars berdim. Hattoki shu xattotlik ortidan ham pul topganman. Bir qoʻlyozmani koʻchirib berish evaziga yaxshigina haq berishgan.🤭 Oʻz olamim, oʻz hayotimda baxtli, hech kim, hech nimadan nolimasdan faqatgina oʻz rivojlanishimga e’tiborimni qaratdim. Oʻz olamimni barbo etdim. ❣️ Xullas, boʻydoqlik davrimdan imkon boricha, bor potensialim va imkoniyatimni ishga solib, undan unumli foydalanishga harakat qildim. Oʻz orzularimni oʻzim qurishga, amalga oshirishga urundim. Alloh harakatimga barakalarini yogʻdirdi. Shuning uchun bu davrning qadriga yeting, undan unumli foydalaning, bir kun ortingizga qaraganingizda “Eh attang, bekorga sarflabman-a shuncha yilimni” deb qolmang. Oʻqing, izlaning, tinmang.

Siddiqa Hasan — tgindex