tgindex
Maryam Javlan.

Maryam Javlan.

Статистика
@Maryam_Javlanузбекский

Blogim oʻzingizni tanishga, savol berishga va tanqidiy fikrlashga oʻrgatadi. 🧠 Men Maryam Javlan — biopsixologiya va neyrobiologiya oʻrganuvchisiman. Hamkorlik (Zuhra): @manager_akk

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
33
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
7 761
−9 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
9 321
33 постов
Вовлечённость
120,1%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 33
Упоминаний
6
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
693
1/48двое суток
794
1/72трое суток
856

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 13 авг.1 12312удалён 15 авг.

    видео или голосовое, без подписи

  • 11 авг.3 91337

    Bolalar bizdan koʻra aqilliroq, sababi ular sof fitratda va eng choʻqqi nuqtada tizimlanib tugʻiladi. Shu mavzudan keyin menga bir doʻstim savol berdilar: “Maryam, nega unda bolalar oʻziga ishonch juda baland boʻladi? Axir ularda yetarli darajada tajriba, bilim, koʻnikma boʻlmaydiku” dedilar. Bolalarda 2-7 yoshgacha kognitiv fikrlash rivojlanmagan, lekin egosentrizm juda yuqori boʻladi. Ularda “kelajakdagi men”, “praym versiyam”, “potensial davrim” degan tushunchalar boʻlmaydi. Ular uchun qahramonlik ham hozirgi menlik ham bitta boʻladi va toʻliq ishoniladi. Shunga bolalar katta ishonch bilan gapirishadi: men oyga uchaman, milliarder boʻlaman. Vaqt oʻtib, tarbiya modeli, ijtimoiy adaptatsiya sabab bu ishonch sekin-sekin yoʻqoladi. Agarda bolalarda yoshlikda egosentrik fikrlash boʻlmaganda, ular atrofni oʻrganishga, tushunishga boʻlgan qiziqishlari 0 boʻlardi. Buni hatto psixologlar moʻjizaviy tizim deyishadi. Dunyo qonunlar ajoyib-a? Keling, endi bolalardan biz nimalarni oʻrgansak, ancha “tuzalish”imiz haqida gaplashamiz: Bolalarda emotsional poklik bor. E’tibor berganmisiz, ular 5 daqiqa yigʻlaydi, arazlaydi, baqiradi soʻng yana yarashib, samimiy oʻynab ketishadi. Bu hissiyotlarni bloklamaslik hisoblanadi. Odam oʻz vaqtida hissiyotlarini sogʻlom namoyon etib, soʻng uni ortda qoldirib yashab ketsa katta nevroz va kuchli psixoz xavfini yengib ketadi. Bolalarni neyronlar bogʻlanishi eng pik nuqtasida turishini bilarmidingiz? Ha, ular dunyoga har kuni nimadir oʻrganish, yangilik bilan qarashadi. 4 yoshdagi bolalarni kuzating, kuniga 500 tadan ortiq savol beradi. Kattalar qanday: men hammasini bilaman, tajribam yetarli. Bu esa illuziya, kognitiv qotish! Agar bolalarcha har narsaga qiziqib, savol bersak vaziyatga bu bizni tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi. Neyroplastiklikni oshiradi. Bolalarni miyasi ijtimoiy blokka tushishga ulgurmagan. Ular uchun xato qilish sharmandagarchilik emas, perfeksionizm oʻrniga bemaaaaalooollik bor. Masalan, biror vaziyatda xato qilishsa oʻzini qattiq ayblab, tanqid qilib yerga kiritvormaydi. Kattalar esa oʻzini-oʻzi bosimga tiqib tashlaydi. Shunga bolalar koʻp tajriba qilishdan qoʻrqmaydi, kattalar esa fikrlashini nazoratga olgani sababli qoʻrqadi, boshlay olmaydi va yutqazadi. Bolalarni kuzatib, ular bilan suhbatlashsangiz yana koʻpgina foydali jihatlarini olishingiz mumkin. Uni hayotga adekvat tushirsangiz, yengilroq va samimiyroq yashaysiz. Axir har birimiz aslida fitratimizda tugʻilgan edik, vaqt oʻtib ongimiz oʻzgaradi, qiyshayadi, bloklanadi. Balki, hikmat shudir, bola boʻlib tugʻilib qariganimizda ham bolachaga aylanib qolamiz)

  • 11 авг.3 0217удалён 14 авг.

    Assalomu alaykum, siz ham “Qattiq ishlama, aqilli ishla” degan gapni eshitganmisiz? Bu huddi bu iqtibosga oʻxshaydi, agar menga 4 soatda qalin bir daraxtni boltalab yiqitishga buyurishsa, uni 3 soatini boltamni charxlashga sarflardim degan. Sizga bir qiz haqida tanishtiraman, aynan shu mavzuda muammoga yechim beradigan:)

  • 5 авг.7 222188

    “Samootsenkasi” yuqori deb hisoblaganlar yoki past deb biladiganlar — sizlar ADASHASIZ! Chunki, haqiqat boshqa.

  • 5 авг.7 275197

    Eng koʻp stereotiplarga ega, jamiyat tomonidan tor qaraladigan mavzu: O’ziga nisbatan baho (самооценка) haqida gapirdim. Ovozli xabarimni eshitsangiz siz: • insonni oʻziga nisbatan bahosi nisbiy ekanligini; • oʻziga nisbatan baho qanday ishlashi va uni yuqorilash; • sogʻlom bahoni shakllantirish haqida bilib olasiz. ps: ovozli xabarni kirish qismi uzilib qolibdi, salom bergandim. 1,5x da eshiting.

  • 4 авг.6 70474

    Eng koʻp soʻralgan soʻrovlardan: qanday qilib saviyali blog yuritay? Blogingiz boʻlishi, shaxsiy brend qurishingiz, undagi saviya va ilm eng nozik nuqtaga aylanadi. Blogingizga foydasi tegadigan 3-4 ta tavsiyalarimni beraman: • analiz va aniq strategiya Media shunchaki kontentlardan tuzilmagan. Hatto eng qimmatli ma’lumotni ham toʻgʻri senariy, aniq vaqt, reja bilan yondashish kerak. Strategiya sizni 2-3 yil tezroq xohlayotgan nuqtangizga yetishga yordamlashadi. Har bir viral boʻlayotgan kontent/brend/shaxsiyatni analiz qilishga oʻrganing. • toʻgʻri ilm evaziga ishonch Viner, quruq trendchi, lifestyle egasi ular — ommani qiziqtirib turadigan kontent egalari. Lekin auditoriya ularga chuqur ishonch bildirmaydi. Ortidan mish-mish tarqasa tezda qarshi taraf boʻla oladi. Lekin auditoriyaga foyda keltiradigan insonga, ular sodiq obunachiga aylanishadi. Sizni himoya qilishadi, qoʻllashadi, qidirishadi, yordam berishadi. Ishonch uchun esa siz ularga muammosiga biror yechim (toʻgʻri informatsiya, mahsulot, konsultatsiya, tavsiya) bilan yoʻnaltirasiz. Sayoz narsani umri uzoq , ildizi baquvvat boʻlmaydi. • baza Doimiy rivojlanish, ilmga tashnalik, investitsiya juda muhim. Kuniga sohangiz boʻyicha kamida 1 soat yangi bilimga ajratishingiz, har oy mutaxassisligingiz uchun investitsiya qilishingiz zarur. Xitoyliklarni maqoli, meni sevimli shiorim: “uch kundan ortiq yangi bilim oʻrganmagan miya — zerikarli” Sizda bilimlar yangilanib turishi kerak. Kecha mediada boshqa mexanizm ishlar edi, bugun boshqa. Kimdir yillab yiqqan tajribalarini bugun juda arzon sotyapti. Bulardan foydalanish zarur. Eng qimmatli qurol: bilim. Odamlar esa doim foydali ma’lumot bor joyda boʻladi. • shaxsiyat Shaxsiy prinsiplar, qadriyatlaringizni aniq chizib soʻng mediaga kirib keling. Unda bu yerda siz like uchun oilasini sotayotgan, mashhurlik uchun qadriyatlaridan kechgan, birgina reklama uchun pastkashlik ham qilishga rozi boʻlganlarga normal qarashni boshlab qolasiz. Shu sababli avval internet savodxonligini oʻrganing. Bu katta dunyo, katta tizim. Media pichoqqa oʻxshaydi, qayeridan ushlashingiz sizda yo yara qoldiradi, yo foydali qurolga aylantiradi.

  • 30 июл.9 091221

    Hozirgi standartlaringizga koʻra “Ideal” erkaklar aslida — narsisst yoki sotsiopat boʻlishi mumkinligini hech oʻylab koʻrganmisiz? Ya’ni, sizga tanishgan kuningizdan boshlab obsessed boʻlib, kuchli e’tibor va shirin hayotni quradiganlar… 1,5x eshiting, shamollaganman muhokama qilmang🙂

  • 21 июл.11,8 тыс224

    Hissiyotlar haqida mif, evolutsion vazifasi va ular bilan qanday murosa qilish mumkin (nazorat qilish mumkin)?

  • 21 июл.13,3 тыс307

    Hissiyotlarni boshqara olmaydiganlar uchun achchiq HAQIQAT Garvard neyroanatomisti Jill Bolte Teylerning ilmiy tadqiqoti haqida gapirdim. (1,5xda eshiting)

  • 13 июл.15,6 тыс61

    “Pozitiv psixologiya” asoschisi amerikalik psixolog Martin Selegmanning Pensilvaniya universitetidagi ma’ruzalarini sotib olgandim, birinchi modulini bitirdim. Bir dunyo insightlarim bor, kechroq boʻlishaman.

  • 13 июл.10,9 тыс15

    “Pozitiv psixologiya” asoschisi amerikalik psixolog Martin Selegmanning Pensilvaniya universitetidagi ma’ruzalarini sotib olgandim, birinchi modulini bitirdim. Bir dunyo insightlarim bor, kechroq boʻlishaman.

  • 10 июл.14,2 тыс172

    Dunyoni aynan siz kabi koʻradigan insonni topish qanchalik kamyob hodisa ekanligini tushunasizmi, hatto bir kechaga boʻlsa ham? F.Dostoyevskiy

  • 9 июл.14,7 тыс105

    Oʻz qobigʻiga qamalib, “depressiya”daman deb oʻylaydigan doʻstimga nimalarni tavsiya qilar edim: Kun tartibini saqlab qolish. Ayniqsa uyquni. Bir vaqtda uygʻonib, bir vaqtda uxlash. Bu juda muhim. Oʻrnini yigʻish, xonasini tartibga keltirib koʻrish. 10 daqiqa boʻlsa ham yayov yurish. Koʻpincha tartibsizlik stressni yanada oshiradi. Kichik boʻlsada harakat qilish. Sababi bunday vaqtda harakatdan keyin kayfiyat kelishi mumkin. Yoqmasa ham oʻzini biror kichik harakatga majburlash. Xonasini tartibga keltirish, oʻziga nonushta tayyorlash, biror mashq bajarishi yoki 10 daqiqa kitob oʻqish. Bu ragʻbat tizimini faollashtiradi. “Hech nima qilolmayapman” degan jarlikdan asrab turadi. Odamlar bilan aloqani uzmaslik. Bu vaqtda odam bilan gaplashish yoqmaydi, lekin aynan depressiyada yolgʻizlik odamga salbiy ta’sir qiladi. Izolyatsiya bu davrni faqat choʻzadi, yordam bermaydi. Biror odamga hozir “qiyinligini” ayta olish kerak. Ichki holatni tushuntirish shart emas, shunchaki ichki qaynab turgan vulqonni dimlab turaverish kerak emas. Bu eng kichkina detallar, lekin foydali.

  • 8 июл.9 64993

    (1,5x da eshiting. Shovqin boʻlgani sababli gapim boʻlinib qoldi)

  • 8 июл.10,4 тыс115

    Bilmayman deb aytish nimaga ilmning yarmi deyilgan? Ovozli xabarni oxirgacha eshitsangiz: yuzaki fikrlash qayerdan kelib chiqadi, miya noaniqlikda qanday reaksiya qiladi, noaniqlikka chidamlilik, “salbiy” qobiliyat haqida oʻrganib olasiz.

  • 6 июл.11,8 тыс46

    Proyeksiya mexanizmi Psixologiyada “proyeksiya” — o’zining yoqmagan yoki tan olishni istamagan xususiyatlarini boshqasiga yuklashga aytiladi. Kitobda G’arb Sharqqa “irratsional”, “shahvoniy”, “yovvoyi” kabi sifatlarni yuklaganda, aslida bu o’zining bostirilgan (repressed) tomonlarini boshqaga proyeksiya qilishi ochilgan. Qiziq kitob.

  • 3 июл.10,6 тыс80

    Kun iqtibosi: Siz bilganlarni siz bilguningizga qadar bilganlarini bilsangiz edi…

  • 2 июл.11,6 тыс55

    Hech oʻz potensialingizni his qilib, undan qoʻrqqanmisiz? Albatta, bugun Maryam sizga yana bitta psixologik holat haqida xabar beradi. Biz koʻpincha odamlarni omadsizlikdan qoʻrqadi deb oʻylaymiz, aslida ular omaddan ham qoʻrqishadi. Bu “Yona” kompleksi.…