𝒩𝓊𝓇 𝒯𝒶𝒻𝒶𝓀𝓀𝓊𝓇
Статистика"Mana shu ilmlarni mendan kishilar olsayu, birorta harfini menga nisbat berishmasa" Kanallarim 🏔️@nur_duo 🌋@nurda_reklama 🗻@Iroda_hasan 🩰https://t.me/+eBVAQ6BliAxlN2Fi (sog'lom onalik) https://t.me/+1VMVgoI4VHVlZjgy (shaxsiy) Iroda Hasan
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 10
- Всего постов
- 42
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 451
- 1/48двое суток
- 516
- 1/72трое суток
- 557
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Bolaga Payg‘ambarlar tarixini o‘rgatish ham juda muhimdir. Chunki, bolalarda qahramonlarga taqlid kuchli bo‘ladi, biz esa ularga haqiqiy qahramonlarni tanishtirishimiz lozim. Bunda ham yoshiga qarab aytib berish muhim. Va buni har kuni uxlatishdan oldin aytib berishni odat qilishingiz mumkin. Shuningdek, farzand bn birga duo qilish: Allohning sizga bergan ne’matlarini eslab, birgalikda hamd aytish ham bolaning Allohga bog‘lanishiga katta sabab bo‘ladi, biizinillah. Mana shu bog‘liqlik asos hisoblanadi. Inson hayoti go‘zal bo‘lishi uchun, o‘zi va boshqalar bilan sog‘lom munosabatlar o‘rnata olishi uchun, hayoti mazmunli o‘tishi va sog‘lom bo‘lishi uchun eng avvalo shu bog‘liqlik kuchli bo‘lishi muhim hisoblanadi. — DUO — اللَّهُمَّ رَحْمَتَكَ أَرْجُو فَلَا تَكِلْنِي إِلَى نَفْسِي طَرْفَةَ عَيْنٍ، وَأَصْلِحْ لِي شَأْنِي كُلَّهُ، لَا إِلَهَ إِلَّا أَنْتَ Allohumma rohmataka arjuu falaa takilnii ilaa nafsii torfata ’ayn. Va aslih li sha’nii kullahu laa ilaaha illaa anta. Allohim rahmatingdan umidvorman. Ko‘z ochib yumguncha ham o‘z holimga tashlab qo‘yma. Ishlarimning barchasini isloh qilgin. Sendan o‘zga iloh yo‘q. #OE @nur_tafakkuur
📖 Ustoz Odinaxon Muhammad Sodiqning har hafta jonli efir qiladigan yopiq kanali borligini bilarmidingiz? Mana o’sha kanalni biz topdik. Ustoz u yerda: 🔘Hech qayerda uchramagan video uchrashuvlari; 🔘Jonli suhbatlar; 🔘Kino tavsiyalari; 🔘Yutuqli tanlovlar va boshqa kerakli ilmlarni o’rgatar ekanlar. Ba’zan bitta suhbat insonning fikrlashini, hayotga qarashini o‘zgartirib yuboradi. @ChashmaGoBot Oʻzbekistondagi 19 milliondan ortiq ayol-qizlar ichidan aynan siz bu xabarni oʻqiyotganingiz bejiz emas. ⚠️ Kanalda joylar cheklangan. Allaqachon 96% joylar band qilindi. Bir xaftadan so’ng roʻyxat yopiladi. Keyin afsuslanmaslik uchun shu bot orqali hoziroq ro’yhatdan o’ting: @ChashmaGoBot
shu kanalga kim kirib ko’rgan? Bu kanal haqida xabaringiz bormi?
AVRAT mavzusi Avrat aktual mavzulardan biridir. U ayollarda boshqacha, erkaklarda boshqacha bo‘ladi. Ayollarda — muslima ayollar oldidagi avrat kindigidan tizzasigacha, mahramlari oldida esa esa maksimal darajada e’tibor tortmaydigan kiyimlar kiyishi. Nomahramlar va kofir ayollar oldida esa yuz va qo‘ldan tashqari hamma qism avrat hisoblanadi. Kofir ayollar keyin biror nomahramga sizni tasvirlab berishi mumkin , shu sababli. Bolaga avrat masalasini taxminan 2–3 yoshdan o‘rgatgan afzal, chunki bundan avvalroq bolada hali farqlash rivojlanmagan bo‘ladi. Bola 2–3 yoshlar atrofida jinsiy a’zolariga ko'p tegadigan bo'lishadi. Bunga vohima qilib uni urish, baqirish kerak emas, chunki u rivojlanayapti, tanasini, jinsini anglayotgan payti bo‘ladi. Shunchaki unga to‘g‘ri tushuntirish kerak. Agar bunaqa tegishlar normadan o‘tsa, unda mutaxassisga uchrashish kerak. Bola tana a’zolarini anglay boshlagan paytda, ya’ni qiz bolani qomatini tushunishi va sifatlashni boshlaganda avratlarini to‘sish kerak bo‘ladi. U xoh qiz bo‘lsin, xoh o‘g‘il. Taxminan 7 yoshlar atrofida o‘rtacha farqlash boshlanadi va shu paytda avratlarini berkitish afzal bo‘ladi. Va buni nima uchunligini tushuntirish kerak. Balog‘atga yetganda musulmon ayolga hijob farzga aylanadi va bunga amal qilish ota-ona qo‘lidan kelgancha ta’minlab berishi kerak bo‘ladi. Qiz bolani hijobdan to‘sish og‘ir gunoh. Maktab ruxsat bermaydi-da, rivojiga ta’sir qiladi-da, deb qizni hijobdan to‘sish kerak emas. Hozir kunda xususiy maktablar bor va hattoki davlat maktablarida ham ruxsat berilgan. Avrat masalasini to‘g‘ri tushuntirish kerak. Lekin bolani majburlash kerak emas. Hijobga majburlamasdan, qizga travma bermasdan dinga nafrat uyg‘otmasdan kiritish kerak. Afzali hali balog'atga yetmasdan qizni tayyorlab, o‘rgatib, ko‘niktirib kelish kerak. Bolaga to‘g‘ri tushuntirish Bolaga shunday tushuntirish kerak: “Bu seni avrating, uni to‘sib yurishing kerak. Bu seni shaxsiy chegarang, sen huddi ki bir qimmatbaho narsa san, sen o‘zingni asrashing kerak. Seni hech kim ko‘rmaydi, har bir erkak qaraydigan, har kimga nasib qilaveradigan narsa emas. Seni Alloh ulkan ne’mat qilib bergan, seni bizga omonat qilib bergan. Sen omonatsan, sen shunchalik qadrlisan va xazina kabi asralishing kerak. Hech kim xazinasini ko‘chaga sochib qo‘ymagani kabi, biz ham seni ko'chaga ochiq sochiq chiqara olmaymiz. Bolaga avrat masalasini qanday to‘g‘ri yetkazish mumkin? Birinchi o‘rinda jinsiy a’zolarga tananing bir qismi sifatida yondashish kerak bo‘ladi. Uyaltirish, jirkanchlantirish kerak emas bolani. Bolada sog‘lom rivojlanish bo‘lsa, tabiiy uyat hissi o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi va ortiqcha uyaltirish bolaga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Ota-onalarga berilgan katta ne’matki, Alloh taoloni o‘zi buni bolalarga singdirib qo‘ygan. Ota-ona qilishi kerak bo‘lgan ish — shunchaki bolaning tabiiy rivojiga xalaqit bermaslik. Ota-ona xalaqit bermasa, shunchaki sal yo‘naltirilsa, kifoya qiladi, buni o‘zi anglaydi. Keyin tananing go‘zalligi va jinsini anglatish va nega avratlarini berkitish kerakligi, nega ayol kishi o‘zini asrashi kerakligini nafaqat qiz bolaga, balki o‘g‘il bolaga ham ota-ona tushuntirishi lozim. Hayz mavzusida onalar 2 ta katta xatoga yo‘l qo‘yishadi. Bular: o'ta vahima qilish yoki umuman e'tibor bermaslik. Hayz nimaligini, bu vaqtda nimalar bo'lishini, nimalar qilish kerakligini ona qiziga o'rgatish vazifasi. Unga to‘g‘ri tushuntirish kerakki, qiz travma olmasligi uchun. O‘g‘il bolalarga ham balog‘atga yetgach, otasi hayz mavzusiga doir tushunchalarni berishi kerak. Bu keyinchalik oilada tushunmovchiliklar bo‘lmasligini kafolatlaydi. Duo : اللهم إني أعوذ بك من زوال نعمتك، وتحول عافيتك، وفجاءة نقمتك Allohumma inni a’uzu bika min zavoli ni’matika, va tahavvuli ‘afiyatika va fuj’ati ni’matika. Ma’nosi: “Allohim, Sendan ne’matingni zavol bo‘lishi, ofiyatingning buzilishi va to‘satdan keladigan ofatingdan panoh so‘rayman.” #OE @nur_tafakkuur
💙Juma kunining sunnatlari 💙 G‘usl qilish 💙Poklanish 💙Hushbo‘ylanish 💙Pok va eng chiroyli kiyimlarni kiyish 🩵Misvok ishlatish 💙Kahf surasini o‘qish. Yoki tafakkur tadabbur qilib tinglash ma‘nolarini o‘qish 💙Ihlos bilan ko‘p duo qilish 💙Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga imkon qadar ko’p salovat aytish. @nur_tafakkuur🤩
Dars shu zahoti boshlanadi
🤩Qur'on o'qishni o'rganish istaysizmi? Bu kurs siz uchun 💕 Tajvid kursi 🤩 🤩 qismdan iborat : 🤩. Harflar maxroji, talaffuzi va yozuvi Batafsil bilish uchun bosing 1. Alif va hamza 2. Ba 3. Ta 4. Sa 5. Jīm 6. Ḥa 7. Xo 8. Dal 9. Zal 10. Ro 11.…
“So‘ray olmaydigan savollarga javob” 🔹 “Farzand qanday paydo bo‘ladi?” 🔹 “Nega oila quriladi?” 🔹 “O‘g‘il bola kim? Qiz bola kim?” Mana shunday savollar qarshisida ota-ona o‘zini qanday tutishi va savollarga qanday javob berishi kerakligi, farzandning ruhiyatida travma ham olmasligi va to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lishi kerak. Aslida, noqulay savollar bolada 4–5 yoshda shakllana boshlaydi. Bu normal holat hisoblanadi. Ota-onalar bunday holatlarda javob berishdan qochmasligi yoki bolani aldamasligi kerak. Faqat bolani yoshiga moslab, yolg‘on ishlatmasdan javob berishi kerak. Javob berish nega muhim? Hozirgi texnologiya asrida bolalar bemalol o‘z savollariga internet orqali javob topa olish qobiliyatiga ega. Shu sababdan farzandingiz savollariga ishonchsiz manbalardan javob olgandan ko'ra, ota-onasidan ishonchli ma’lumotlarni eshitib, bola uchun xavfsiz va ijobiy ta’sirga ega. Agar ota-ona bolasi bilan bu mavzularda gaplasholmasa, unda o‘zini ustida ishlashi kerakki, ya’ni turli xil g‘alati yoki noqulay savollarga javob berishdan qo‘rqmasligi kerak. Shunda ham yordam bermasa, unda biror ishongan odamingizdan iltimos qiling, u bolaningiz bilan gaplashsin, unga tushuntirsin. Bolaning yoshi katta bo‘lgani sari u o‘z jinsidagi inson gaplashishi afzal. U ulg‘aygani sari jinsiy aloqaga qiziqish uyg‘ona boshlaydi va bu ham normal holat hisoblanadi. Agar bolaga qarshi jins vakiliga, jinsiy aloqaga qiziqish bo‘lmasligi, bu bolada sog‘lom rivoj, sog‘lom o‘sish ketmayapti degani. Bu mavzuda ham to‘g‘ri manbalar asosida to‘g‘ri tushunchalar shakllangan bo‘lsa, bolani ziyondan asragan bo‘lamiz. Farzandimizning har tomonlama rivojini xohlasak, uning jinsiy rivojiga ham e’tibor qaratishimiz lozim. Agar ota-ona bu mavzuda bolasi bilan suhbatlashishdan qo‘rqsa yoki to‘g‘ri ma’lumotlar bilan ta’minlamasa, bolada katta travmalarga sabab bo‘ladi va travmalar butun boshqa hayot sifatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Lekin o'rtada hayo pardasi bo'ladi va albatta bunday mavzuda uyalish, qo‘rqish tabiiy hol. Jinsiy aloqa mavzusida to‘liq to‘g‘ri ma’lumot berishingiz lozim, xoh o'zingiz , xoh ishonchli vositachi orqali ma’lumot berish ham mumkin. Yana bir holat- Bola noma’bul videolarni ko‘rib qo‘ygan bo‘lsa nima qilish kerak? Bunday vaziyatda bolaga tushuntiriladi: bu xato ekanligini, noto‘g‘ri ekanligini, ko‘rgan narsasi xarom ekanligini va bu er-xotin o‘rtasida bo‘lmaganini, nikohsiz bo’lishi mumkin emasligini. Unga hislarini qabul qilib, to‘g‘ri boshqara olishni o‘rgatish kerak. Muhimi bola bilan shug‘ullanishda mustahkam, ishonchli munosabat qaror topishi Jinsiy munosabatlar mavzusida Bolaga balog‘at vaqtida tushuntirish yaxshi: lekin bolaning o‘zi xohlamasa, uni o‘zi so‘ramasa, uni majburlamasdan o’z holicha qo‘yish kerak. Agar bu haqda noto‘g‘ri ma’lumot olib qo‘yganini bilsangiz, buni oldini olish kerak. Agar hammasi yaxshi ketayotgan bo‘lsa, uni majburlamaslik kerak. #OE @nur_tafakkuur
Jinsiy tarbiyadagi afsonalar Gender tarbiyasidagi ko‘p uchraydigan afsonalardan biri: “O‘g‘il bolalar yig‘lamaydi”, deymiz. O‘g‘il bolalar yig‘lashi normal holat, chunki Rosulimiz va sahobalar ham yig‘lashgan. Ular ham inson va ular ham hislarini yashab chiqishga haqli. Yig‘lamaslik qalb qotishiga olib keladi. Keyingi afsona: “Qiz bola o‘zini malikadek tutishi kerak” iborasi. Qiz bolaga kiyimini kir qilishi, o‘ynashi, xato qilishi mumkin emas va h.k. Aslida bu juda ham katta xato. Chunki qizmi, o‘g‘ilmi — u bola! U o‘ynashi, sakrashi, yig‘lashi kerak, qaysi jins vakili bo‘lishidan qat’iy nazar. Hatto o‘g‘ilmi, qizmi — bir xil holatda yurishi ham normal. Agar bunga imkon berilmasa, natijada u katta bo‘lganda o‘z jinsidan nafratlanib qolishi yoki me’yordan ortiq darajada nozik bo‘lib qolishi mumkin. Navbatdagi afsona: “O‘g‘il bola mas’uliyatni (boshqalarniki ham) bo‘yniga olishi kerak”. Buning oqibatida bola yo giper mas’uliyatli yoki gipomas’uliyatli bo‘lib qoladi. Yana bir afsonalardan biri: “O‘g‘il bolalarga achinmaslik kerak”. Har bir insonning jinsi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar emotsiyalarni qabul qilishi, emotsional ehtiyojlari qondirilishi kerak. O‘g‘il bolalarni faqat yetuklikka erishganda maqtash esa bolani har bir ishdan keyin javoban maqtov kutishga olib kelib qo‘yadi. Har bir bola shunchaki maqtovga loyiq hisoblanadi va har bir bolada bunga ehtiyoj mavjud. Ularga tuyg’ularimizni bildiribgina, maqtov, rahmat so‘zlarini izhor qilgagina ularning bu ehtiyojlarini qondirishimiz mumkin. #OE @nur_tafakkuur
IX-MODUL JINSIY TARBIYA VA O‘ZGARISHILAR 1-DARS JINSIY TARBIYA Har bir homila ilk 8 haftagacha qiz bola kabi shakllanadi. 8 haftadan so‘nggina jinsiy gormonlar ishlab chiqarilib, gender farqlar rivojlanadi. Agar bu davrda onalar homila mustahkam bo‘lishi uchun gormon preparatlarini qabul qiladigan bo‘lsa, bolaga salbiy ta’sir qiladi. Agar homila o‘g‘il bo‘lsa, tug‘ilganidan eng o‘g‘il bo‘lib tug‘ilgan bo‘lsa ham qizlardek, xatti-harakatlari erkaklarga xos bo‘lmaydi. Va yana, ona stressda bo‘lmasligi ham kerak. Chunki stressda ma’lum gormonlar normadan ko‘p ishlab chiqariladi. Va agar homila qiz bo‘lsa, bu unga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Qiz bola sog‘lom tug‘ilgan bo‘lsa ham, o‘g‘il bolaga xos xislatlar rivojlanishi mumkin. Shu sababli ikkalasi ham bo‘lmasligi, ya’ni ona stresslardan holi bo‘lishi va preparatlarni qabul qilmasligi kerak, hattoki doktor yozib bergan bo‘lsa ham (ko‘p doktorlar yozib berishadi). 1,5–3 yoshgacha bo‘lgan farzanda bola hali o‘z jinsini anglay olmaydi, ilk o‘rganish jarayonida bo‘ladi. Shu fazada bolada jinsiy farqlar rivojlana boshlanadi. Bu fazada taglikdan chiqarish ham aktual hisoblanadi, chunki undan oldin qanchalik o‘rgatmaguncha, bola baribir farqlamaydi. “Aslida eng afzali taglikidan foydalanmaslikdir, chunki bola taqlidning bir pastki qismini yaxshi his qilmaydi va boshqa zararlar bor.” Shu davrda o‘g‘il bolaning sochiga aksessuar taqib qo‘ysa, o‘zini qiz bola deb o‘ylaydi. Yoki aksincha. Bu ularning qanchalik o‘zini jinsini anglash muhim bo‘lmaganining belgisi. Bu davrda qiz bola o‘g‘il bolaning rolida yoki o‘g‘il bola qiz bolaning rolida bo‘lib ko‘rishi, ya’ni qiz mashina o‘ynashi yoki o‘g‘il bola qo‘g‘irchoq o‘ynashi mumkin. Chunki aynan shu fazada jinsini farqlashni boshlaydi. Keyingi bosqich edipaf fazasi deb ataladi. Bu faza 3–7 yoshgacha bo‘ladi. Bunda qarshi jinsdagi ota yoki onasiga qiziqish paydo bo‘ladi. Qiz → otasiga, o‘g‘il → onasiga va bu davrda otasi yoki onasining e’tiborini, muhabbatini qozonishga harakat qiladi. Nimaga aynan ota-onasini? Chunki bola hali separatsiya bo‘lmagan bo‘ladi va ota-onasi u uchun eng ideal shaxs hisoblanadi. Bular barchasi tabiiy jarayon. Chunki bolada qarshi jinsga nisbatan ilk qiziqish shakllanadi. Bu davrda ota-onaning o‘zaro munosabati yaxshi, sog‘lom bo‘lishi, o‘zaro muhabbat bo‘lishi muhim hisoblanadi. Chunki aynan shu davrda ota-ona farzandni juftini roliga, ya’ni ona o‘g‘lini er roliga o‘tkazib qo‘yishi mumkin. Yana, ota-ona orasidagi sog‘lom, mustahkam munosabatlar farzandning kelajakdagi oilaviy hayotiga poydevor bo‘ladi. Edipaf fazasida bolalarda qarshi jins vakiliga qiziqish paydo bo‘ladi. Keyin esa latent davr boshlanadi. Bu 7 yoshdan balog‘at yoshigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Bu davrda endi qiz bola onasiga, o‘g‘il bola otasiga taqlid qilishni boshlaydi va qarshi jins vakillarini yoqtirmaslik boshlanadi. O‘z jinsidan quvonch, faxr tuyg‘usi boshlaydi. Bu ham tabiiy jarayon. Keyingi davr — bu balog‘atga yetish. Bu davrda tanada, ovozda, tashqi ko‘rinishda o‘zgarishlar yuz beradi va yana mahram munosabatlari shakllanadi. Bu davrda o‘smirga shaxsiy chegarasini bilish juda ham muhim. Ularga avrat masalalarini, mahromiyat, hijob masalalarini hikmat bilan tushuntirish lozim. Bu kelajakda o‘z hissalarini to‘g‘ri olishga yordam beradi. Ilk uyat 6 oylikdan paydo bo‘la boshlaydi va bu davrda bolaning uyat hissini qadrlashlik juda muhim. Bola tengdoshlaric uydagilari va qadrindoshlaridan uyalishni boshlaydi. “Voy uyalma” — u bu demasdan, bola uyalishga ruhsat berish kerak. O‘zini yomon his qiladigan muhit yaratish kerak emas. Homiladorlik paytidanoq bolaning jinsini qabul qilish kerak. Chunki, bola buni his qiladi va bu unga katta ta’sir o‘tkazadi. #OE @nur_tafakkuur
видео или голосовое, без подписи
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Bismillah 🌚 Bu post kanal faoliyati, maqsadi va men haqimda qisqacha ma’lumot berish uchun yozildi, in shaa Alloh. Men — Iroda Hasan. Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr bosqichini tamomlaganman. Hozirda magistrantman. Turk tilidan TYS B2 sertifikatiga egaman. Hozirda ingliz va arab tillarini o‘rganish bilan birga, hattotlikni ham o‘rganyapman. 🌚 Men qatnashgan loyihalar: Ummu Umayr: Muslihalar klubi Intensiv 1.0 va 2.0 Muslima va musiqa Ziynatim Fadriyya Farhod: Future Fatima School: Sog‘lom ozish Super bolalar Allergiya Sahrotun: Akne Stop Byutilogiya Asiya Amin: Izhor Robiya: Ovozli foydalar Shuningdek: Ustozim, onam va arab harflariga sayohat Read and Lead Mijozimni taniyman Va boshqa ko‘plab loyihalarda ham qatnashganman. Kanalda esa ushbu loyihalardan olgan konspektlarim, o‘rganganlarim va insightlarim jamlanib boradi. Kanalim xaritasi 💙 Hozirgi faoliyatim: Tajvid bo‘yicha online dars beraman ~ Sticker va emoji kursi faoliyatini olib boraman ~ Self care challenge faoliyatini olib boraman ~ Podcast yuritaman ~ Retseptlar kursi Loyihalarim 🌚 @Nur_tafakkuur kanali dastlab faqat o‘zim uchun — o‘rganganlarim, konspektlarim va hayotdan olgan insightlarimni yozib borish uchun ochilgan edi. Ammo vaqt o‘tishi bilan kanalga sizlar qo‘shila boshladingiz. Shunda bu bilimlar faqat menga emas, boshqalarga ham manfaatli bo‘lishi mumkinligini angladim. Shu sababli kanal men uchun da’vatning bir ko‘rinishiga, o‘rganganlarimni ulashish va jamiyatga oz bo‘lsa-da foyda berish vositasiga aylandi. 🤍 💙 Bu yerda faqatgina kurslardan yozib olingan konspektlar bo‘lmaydi. Haqiqatdan manfaatli deb hisoblagan, kimningdir muammosiga yechim bo‘lishi, hayotiga kichik bo‘lsa-da foyda keltirishi mumkin bo‘lgan turli ma’lumotlarni ham ulashaman. Postlarning katta qismi — o‘zim o‘rgangan darslarimdan olgan insightlarim, konspektlarim va shaxsiy xulosalarim. Men iqtisodiyot yo‘nalishini tamomlaganman. Diniy ilm bo‘yicha madrasa yoki maxsus ta’lim olmaganman. Shu sababli bu kanalda yozilgan har bir diniy ma’lumotni “mening ilmim” sifatida emas, balki o‘rganganlarimni qayd etish va manfaat uchun ulashish sifatida qabul qilishingizni istayman. Ilm — nur. Nur tafakkurga, tafakkur esa ilmga yetaklaydi. Ba’zan gunohlar, beparvolik va jaholat ichida zulmatda qolib ketamiz. Ilm esa insonga yo‘l ko‘rsatib, o‘sha zulmatdan chiqishga sabab bo‘ladi. Shu sababli kanal nomi — Nur Tafakkur. 🌚💙 Menimcha, informatsiyaga haddan tashqari ko‘milib ketgan zamonda eng qimmatli narsa — keraklisini ajrata bilish. Shuning uchun sizlarga hammasini emas, imkon qadar eng muhim va manfaatli deb bilganlarimni ulashishga harakat qilaman, in shaa Alloh. 💙 Kanalda sizning biror muammoyingizga yechim bo‘ladigan ma’lumotni uchratib qolsangiz, bundan xursand bo‘laman. Ammo yozuvchining shaxsiy hayoti, kimligi yoki unga oid ortiqcha ma’lumotlarni bilish sizga hech qanday manfaat bermaydi, deb hisoblayman. Shu sababli bu yerda asosiy e’tibor — insonning o‘ziga emas, undan olinadigan manfaatga qaratilgan. Hozirda oilali, farzandli, o‘zini isloh qilish va ilm olish yo‘lida ketayotgan oddiy bir talabaman. Hayotini isloh qilayotgan inson sifatida sizlarni bu kanalda ko‘rish men uchun yoqimli. 🤍 Alloh bu yerda yozilgan va ulashilgan har bir foydali ma’lumotni biz uchun manfaatli ilmga aylantirsin. Iroda Hasan kim? 🌚 @Nur_tafakkuur
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Bismillahir rohmanir rohiym Ichki katta Ichki katta — bu birning anglanadigan, ya’ni pozitiv qismimiz hisoblanadi. U insonning prefrontal korteksi bilan bog‘liq. Uning rivojlanishi yoshga bog‘liq emas. Ya’ni u 15 yoshligida yaxshi rivojlangan, 30 yoshligida esa yaxshi rivojlanmagan bo‘lishi mumkin yoki aksincha. Shuning uchun ham 15 yoshlining EI si baland, 30 yoshliniki esa past bo‘lishi mumkin. Ichki kattamiz reallik bilan maksimal aloqada bo‘la oladigan, muammoga o‘zi yechim topa oladigan shaxs hisoblanadi. Ichki bola doim uni yaxshi ko‘rmasliklarini, tashlab ketishlarini va hokazolarni bolalarcha qo‘rquv bilan qo‘rqitsa, ichki katta esa bu muammolarni darhol hal qilishga intiladi. Ya’ni tushkunlikka tushishga yo‘l qo‘ymaydi. “Yo‘q, seni yaxshi ko‘rishadi, mehr berishadi, sen kerak-san”, deb ichki katta yetkazib beradi. Ichki katta kuchli yoki kuchsiz bo‘lishi tarbiya turiga bog‘liq bo‘ladi. Tarbiya pozitiv bo‘lsa, ichki katta mustahkam bo‘ladi, negativ bo‘lsa zaif bo‘ladi. Agar ichki bola aktiv bo‘lsa, inson mas’uliyatsiz bo‘ladi. Aksincha, ichki ota-ona aktiv bo‘lsa, inson gipermas’uliyatli bo‘ladi. Bu ikkisining normasini har bir sog‘lom insonda ichki katta boshqarib turadi. Ichki katta tuyg‘ularni eshitadi va yoqimsiz holatlarda o‘zini ekologik himoya qiladi, chegaralarini to‘g‘ri qo‘yadi va shundagina inson ichki uyg‘unlikda yashaydi. Inson ichki katta pozitsiyasida turib, boshqa subpersonallarni eshita olganida EI yuqori bo‘ladi. ⸻ Ichki uyg‘unlik Qachonki ichki subpersonallar bir-birini eshitsa, tushunsa, shundagina ichki uyg‘unlik bo‘ladi. Bizdan ularni o‘zaro bog‘lash, sog‘lomlashtirish talab qilinadi. Agar ichki subpersonallarimiz tarqoq bo‘lsa, biz ichki uyg‘unlikni, xotirjamlikni topa olmaymiz. Buning hisobiga esa EI past bo‘ladi. Bu uch subpersonal muhim hisoblanib, ular o‘zimizni to‘liq his qilishimizga yordam beradi. Ruhda ichki katta bo‘lishi kerak. Agar buning aksi bo‘lsa, insonlar bilan sog‘lom munosabat o‘rnatib bo‘lmaydi. Buning oldini olish uchun esa inson tuyg‘ularini yaxshi anglay olishi, talablarini qondira olishi kerak. Shundagina EI yuqori bo‘ladi. EI si yuqori inson shaxsiy chegaralarini aniq qo‘ya oladi va ularni qat’iy himoya qiladi. Past bo‘lsa, xuddi shuning aksi bo‘ladi. Mas’uliyat — faqatgina ichki katta o‘zining bo‘yniga oladigan narsa. Ichki uyg‘unlikka inson faqat Robbiga va o‘ziga suyanishni shakllantirish bilan erishishi mumkin. Buning uchun birinchi o‘rinda Alloh bilan aloqasi muhim. Chunki zaif inson busiz o‘zi hech qayerda tura olmaydi. Robbi va o‘zi bilan aloqalarini o‘rnatgandagina inson ichki uyg‘unlikka erishishi mumkin. EI yuqori inson boshqalarning rad javobini to‘g‘ri qabul qila oladi. O‘ziga suyanish — boshqaruvda ichki katta turadigan ichki jamoaga demakdir. Biz qanchalik subpersonallarimizni his qilsak, og‘riqli va zaif nuqtalarini bilsak, tuzatsak, ichki jamoamizni birlashtirib tuza olamiz. Faqat o‘zimizni anglaganimizdagina hayotimizni ijobiy tomonga o‘zgartira olamiz. ⸻ DUO اللهم إني أعوذ بك من علم لا ينفع، ومن قلب لا يخشع، ومن نفس لا تشبع، ومن دعوة لا يستجاب لها Transliteratsiyasi: Allohumma inni a’uzu bika min ‘ilmin la yanfa’u, va min qolbin la yaxsha’u, va min nafsin la tashba’u, va min da’vatin la yustajabu laha. Ma’nosi: Allohim, men Sendan foyda bermaydigan ilmdan, qo‘rqmaydigan qalbdan, to‘ymaydigan nafsdan va ijobat bo‘lmaydigan duodan panoh so‘rayman. #OE @nur_tafakkuur
видео или голосовое, без подписи
Bismillahir rohmanir rohiym Ichki ota-ona Ichki ota-ona subpersonali sog‘lom ko‘rinishda g‘amxo‘rlik qiladi, suyanch bo‘ladi, dalda beradi va hokazo. U har bir insonda bo‘ladi. Insonning ota-onasi qanday bo‘lsa, qanday muomalada bo‘lsa, ichki ota-ona ham shunday shakllanadi. Agar biz ichki ota-onamiz orqali o‘zimizga yetarlicha g‘amxo‘rlik, mehr bera olsak, shundagina atrofdagilardan hech narsa kutmay yashay olamiz. Ko‘pchilik: “Menga mehr etmaydi”, deb shikoyat qiladi. Buning sababi insonni ota-onasi vaqtida yetarlicha mehr bermagan va hozir u o‘ziga o‘zi bera olmaydi, o‘ziga o‘zi yetmaydi va eridan, farzandidan, atrofdagilardan qidira boshlaydi. Qachonki biz o‘z vaqtida farzandlarimizga yetarli mehr bersak, ularning ichki ota-onasi to‘liq shakllanadi va kelajakda o‘zlariga o‘zlari yetarli bo‘lishadi, yuqori EI sohibiga aylanishadi. Agar buning aksi bo‘lsa, ular doimo boshqalardan tasdiq, mehr-e’tibor kutib yashashadi. Shuningdek, ichki ota-onaning yana bir muhim funksiyalaridan biri ota-onaga bog‘liq qadriyatlarni saqlash hisoblanadi. Ichki ota-ona xuddi yo‘l ko‘rsatuvchiga o‘xshaydi. Ya’ni bola separatsiya bo‘lgandan so‘ng unga aynan ichki ota-onasi yo‘l ko‘rsatadi. Ichki ota-ona shakllanishi ilk 2 yilda boshlanib, 7 yilda batamom tugallanadi. Ichki ota-ona sog‘lom shakllanishi uchun bolaning ota-onasi bilan munosabatlari sog‘lom bo‘lishi lozim. Agar ichki ota-ona normada bo‘lmasa nima qilish kerak? Bu uzoq jarayon hisoblanadi. Eng muhimi o‘z ota-onasini qaytadan o‘zgartirishga harakat qilmaslik kerak. O‘z ota-onasini o‘zgartirishga urinish separatsiya bo‘lmaganligining belgisi. Bunday insonda EI yuqori bo‘lmaydi. Yuqori EI uchun separatsiya asos hisoblanadi. Separatsiya — bu ota-onaning kamchiliklarini to‘liq qabul qilish, ularning bunga haqqi borligini anglash bilan bo‘ladi. Agar separatsiya bo‘lmasa, ichki ota-ona insonning o‘z ota-onasi ovozi bilan gapirishda, tanqid qilishda, kamsitishda davom etaveradi. Ota-onadan separatsiya bo‘lish degani — bu tanlov huquqiga ega bo‘lish deganidir. #OE @nur_tafakkuur
Bismillahir rohmanir rohiym ICHKI BOLA Har bir insonda eng kamida 3 ta asosiy subpersonal bo‘ladi. Bular: ichki bola (erkina bola), ichki ota-ona, ichki katta (katta shaxs). Ular birini-birining asosiy tuyg‘ularini boshqaruvchi, emotsional intellektimiz darajasini aniqlovchi hisoblanadi. Bu subpersonallarni qanchalik yaxshi anglasak, bizda shuncha EI yuqori bo‘ladi. Ichki bola limbik tizim kabi ilk 7 yilda shakllanadi. Sababi bu tizim bola bajaradigan funksiyalarga javob beradi. Xursand bo‘lish, hafalik, biror hodisadan hayratlanishga ichki bola javobgardir. Ichki bola EI ning emotsiyalarga bog‘liq qismini belgilaydi. Ya’ni biz qanday emotsiyalarni his qilishimizda aynan ichki bola samimiyligi bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pchilik ichki bolasini bostirmoqchi bo‘ladi. Buni qilish kerak emas. Agar bu bo‘lsa, “men bolacha bo‘lib qolaman, o‘zimni bolacha tutaman”, deb o‘ylashadi. Aslida esa ichki bola har bir insonga uning yoshidan, jinsidan qat’i nazar kerak va inson ichki bolasini bostirishga harakat qilmasligi zarur. Uni bostirish eng katta xatolardan, chunki buning oqibatida inson o‘z emotsiyalarini bostirib qo‘yadi. Biz limbik tizimni anglay olmaganimiz uchun ichki bolaning subpersonalini ham ko‘p jihatdan anglab bo‘lmas hisoblanadi. Ilk 3 yilda limbik tizimda inqiroz yuzaga keladi. Deyarli esimizda qolmaydigan bu ilk 3 yillik tajriba hayotimizda asos rolini o‘ynaydi. Ya’ni bu 3 yil hayotimiz davomida qanday emotsiyalarni his qilishimizga muayyan vaziyatlarda javobgar bo‘ladi. Shuning uchun ilk 3 yilda bolaning hislariga e’tibor qaratish juda muhim hisoblanadi. Bu davrda bolaning negativ tuyg‘ulari pozitiv tuyg‘ularidan yuqori bo‘lib ketmasligiga e’tibor qaratish lozim. Insondagi subpersonallar orasida tarqoqlik qanchalar kuchli bo‘lsa, uning EI darajasi shunchalar past bo‘ladi. EI darajasi yuqori bo‘lishi uchun ichki ota-ona ichki bolani qabul qila olishi shart. Buning uchun oldin o‘zini real ota-onasi farzandiga to‘g‘ri, sog‘lom tarbiya berishi kerak bo‘ladi. Chunki, agar real ota-onasi to‘g‘ri, sog‘lom munosabat bildirmasa, uning ichki ota-onasi ham to‘g‘ri shakllanmaydi. Va shuningdek bolani bolaligini sog‘lom o‘tishiga ota-onasi ko‘makchi bo‘lmasa, limbik tizim shakllanadigan paytda ota-ona qo‘llab-quvvatlamasa, yetarlicha mehr, e’tibor berilmasa, bolaning talablari qondirilmasa, unda bolaning ichki bolasi yetarlicha shakllanmagan bo‘ladi va shuning hisobiga subpersonallar o‘rtasida tushunmovchilik kelib chiqadi. Bu degani bolaning EI past degani. Har bir insonning asosiy talabi muhabbat hisoblanadi. Bola tug‘ilganda unga muhimligini, kutilganini his qildirish uning EI si yuqori bo‘lishi va ichki bolasi sog‘lom bo‘lishi uchun juda muhimdir. Agar katta odam o‘z ichki bolasi bilan aloqada bo‘lmasa, uning travmalarini bilmasa, boshqa insonlarni ham ota-onasidek boshqaruvchi, tanqid qiluvchi deb qabul qiladi. Chunki uning ota-onasi doim tanqid qilgan, uni qabul qilmagan, unga travma bergan va shuning uchun ham inson boshqalar bilan munosabat qurganda ham ularni shunga o‘xshash ota-onasidek tanqid qiladi deb o‘ylaydi va sog‘lom munosabat qura olmaydi. 99% hollarda insonlar EI darajasi o‘ziniki bilan teng bo‘lgan inson bilan oila quradi. Tabiiyki, EI darajasi past bo‘lgan insonlardan xuddi shunday avlodlar yetishib chiqadi. Shuning uchun ham agar EI si baland farzand yetishtirmoqchi bo‘lsak, eng avvalo o‘zimizning EI ni rivojlantirishimiz kerak. #OE #Fadriyya @nur_tafakkuur