tgindex
Siyrat manbalar

Siyrat manbalar

Статистика

Batahqiq, sizlar uchun Rosulullohda go'zal o'rnak bor edi. (Ahzob, 21) @Taalluqbot💌

Последний пост
6 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
81
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
699
−3 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 622
40 постов
Вовлечённость
232,0%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 81
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
882
1/48двое суток
1 010
1/72трое суток
1 090

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 6 авг.358301

    #siyrat Ibn Asokir Jalhuma ibn Urfutadan rivoyat qiladi: Qurg‘oqchilik yili Makkaga kelgan edim. Quraysh Abu Tolibga bunday dedi: - Ey Abu Tolib, suvsizlikdan vodiylar qaqshab, bola-chaqa qiynaldi. Kel, yomg‘ir tilagin. Abu Tolib bir bolani yetaklab olib keldi. Bamisoli quyoshdek bo‘lgan bu boladan nur yog‘ilardi. Uning atrofida boshqa yosh bolalar o‘ynab yurgan bo‘lsa ham Abu Tolib aynan shu bolani tanlab olib, yelkasini Ka’baga qilib, qo‘llarini unga cho‘zdi. Bu asnoda osmonda bir parcha ham bulut yo‘q edi. Birdan har yer-har yerdan bulut yig‘ilib kelib, qattiq yomg‘ir quydi. Vodiylar yashnab, chor-atrof yashillikka burkandi. Abu Tolib ana shu voqeaga ishora qilib, quyidagi baytni aytgan edi: وأبيض يستسقى الغمام بوجهه ثمال اليتامى عصمة للأرامل Porloq yuzin vosita qilib Bulutlardan yomg‘ir so‘ralur. Yetimlarning suyanchig‘i-yu Bevalarning homiysi erur. @siyratmanba

  • 18 июл.1 6323261

    SILSILAVIY SIYRAT MUTOLAASI Siyrat o'rganish va undan foyda olish barobarida silsilaviy A1-A2 darajadan C1-C2 darajagacha arab tilidan mutolaa mahoratini shakllantiramiz. 📌 Talab: - siyratga qiziquvchi; - kamida A2 darajadagi kitoblarni o'qigan bo'lish; - davomli bo'la olish. 📆 Dars vaqti: Seshanba va juma, 5:30. 📈 Format: telegram yoki google meet. 💳 To'lov: (bir oyga) 250.000. A1-A2 darajada 3 ta kitob o'qiladi: 1. Qisos an-Nabiyyin li al-Atfaal; 2. Qisos al-Hayavanat fiy al-Qur'an al-Kariym (har bir payg'ambarga mos qissa qo'shib o'qiladi); 3. Taysir as-Siyro an-Nabaviyya (A1-A2 daraja). B1-B2 daraja uchun 3 ta kitob o'qiladi: 1. Taysir as-Siyro an-Nabaviyya (B1-B2 daraja); 2. Ar-Rohiyq al-Maxtum; 3. Ash-Shamail al-Muhammadiyya; C1-C2 daraja uchun 3 ta kitob o'qiladi: 1. Taysir as-Siyro an-Nabaviyya (C1-C2 daraja); 2. Fiqh as-Siyro; 3. Nur al-Yaqiyn fiy Siyroti Sayyid al-Mursaliyn; P.s.: kitoblar tartibi o'quvchilar xohishiga ko'ra o'zgarishi mumkin. ❗️Darslar 24-iyuldan boshlanadi. Murojaat uchun @taalluqbot

  • 27 июн.1 795414

    #eslatma Agar sizdan tarixdagi eng qisqa va lo'nda maqtov qaysi deb so'rashsa hech taraddudsiz qo'rqmasdan Alloh taoloning Rosululloh sollallohu alayhi vasallam haqlaridagi وَإِنَّكَ لَعَلَى خُلُقٍ عَظِيمٍ "Va albatta siz buyuk xulq uzradirsiz" (Qalam surasi, 4-oyat) deb maqtagan maqtovidir deyavering. Chunki insonlar maqtashganda haddan oshishadi. Maqtovchi shaxsning yo hislari ustunlik qilishi mumkin yoki muhabbati ko'zini o'tmaydigan qilib qo'ygan bo'lishi mumkin. Ammo Allohning maqtovi munosib zotga munosib maqtov bo'ladi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam g'azab paytida ham rozilik paytida ham, tinchlikda ham, urushda ham, safarda ham, muqimlikda ham go'zal xulq uzra edilar. Kattaga ham, kichikka ham, do'stga ham, dushmanga ham go'zal muomalada edilar. Odamlar xato qilganida ularning xatosini to'g'irlab qo'yish uchun ham go'zal uslublar qidirar edilar. Gohida nasihat berishdan oldin kishilarni xotirjam qilib olar edilar. Gapni ko'ngilga yoqadiganidan boshlang! ©Islom.uz @siyratmanba

  • 6 июн.1 5186014

    Rosululloh sallallahu a'layhi vasallam dedilar: "Arab tilini 3 narsa uchun yaxshi ko'raman: chunki men arabman, Qur'on arab tilida va jannat ahlining tili arab tilidir". Umar rodiyallohu anhu dedilar: "Arab tilini o'rganinglar, chunki u diningizdandir". @siyratmanba

  • 19 мар.1 91424

    Alvido... Alvido... Ey, Ramazon oyi... Ayriliq... Ayriliq... Ey, Taroveh, tasbeh va Qur'on xatmi oyi... @siyratmanba

  • 8 мар.2 148415

    #muhabbat Urva ibn Masʼud Saqafiy Hudaybiyadan qaytgach, sheriklariga dedi: “Ey qavm! Allohga qasamki, Kisro, Qaysar va Najoshiy kabi koʻp podshohlar huzurida boʻldim. Ammo Allohga qasamki, Muhammadning asʼhobi Muhammadni hurmatlaganidek biror podshohni asʼhobi hurmatlaganini koʻrmadim. Allohga qasamki, u balgʻam tuflasa-yu, bir kishining kaftiga tushsa, balgʻam bilan yuzi-yu terisini ishqardi. Agar buyruq qilsa, uni bajarishga shoshib qolishardi. Tahorat olsa, tahorat suvini talashib, urishib ketayozardilar. Agar gapirsa uning oldida ovozlarini pasaytirardilar. Hurmatlaganlari uchun yuziga tik qaramasdilar”. Ibnul Qoyyim, “Zadul maʼod” ©Oshiqdansado @siyratmanba

  • 22 февр.1 484285

    Baytul Ma'mur

  • 8 февр.1 6585410

    #siyrat #fitrat Fitriy muhabbat Uhud g‘azoti kuni musulmonlar boshiga o‘ta katta musibat yetib, Madinai munavvaraga Nabiy sollallohu alayhi vasallam Uhudda vafot etdilar, degan xabar tarqaladi. Shunda sahobiy ayollar beixtiyor Uhud tomonga yopirilib kela boshladilar. Ularning ichida Kulsum binti Rof’i ham bor edi. Yo‘lda kimdir unga seni ering ham Uhudda shahid bo‘libdi, dedi. U shunda: "Erimni qo‘y, Nabiyyimiz Rosuli akram sollallohu alayhi vasallamning holati qanday ekan?", dedi. Bir vaqt yana kimdir: "Kulsum otang ham shahid bo‘libdi", dedi. U yana o‘sha javobni berdi. Va yana kimdir ey, Kulsum akang ham jangda shahid bo‘libdi, dedi. U yana: "Menga Rosulullohning holati haqida aytinglar?", dedi. U Uhudga yetib borib, Nabiy alayhissalamni sog‘-salomat ko‘rib: "Ey, Allohning Rosuli! Siz sog‘-salomat ekansiz, boshqa musibatlar meni oldimda hechdir", dedi. Bu ham ayni tabiiy muhabbatdir. ©BintuSodiq @siyratmanba

  • 30 янв.1 556326

    Sidratul Muntaho

  • 26 янв.1 340411

    mahzunlik yili

  • 21 янв.1 5142220

    #isro #meroj Isro va Meroj kechasi Isro - "tunda sayr qildirish" → Isro surasi Me'roj - "samoga ko'tarilish" → Najm surasi Rivoyatlarga ko'ra, bu hodisa mahzunlik yilidan 1 yil keyin, hijratdan 1 yil avval sodir bo'lgan deyiladi. (Haqiqatga yaqinroq) Bu hodisa sodir bo'lishidan avval Rosululloh sollallohu a'layhi vasallam bir rivoyatda ka'bani oldida, boshqa bir rivoyatda esa ammalarini uylarida bo'lganliklari aytiladi. Shu vaqt Jabroil a'layhissalom kelib ko'ksilarini ochib, yuraklarini zamzam suvi bilan yuvadilar (2-marotaba shaqqi sodr voqeasi). Shundan so'ng, Rosululloh sollallohu a'layhi vasallam Jabroil a'layhissalom bilan birga Masjidul Haromdan Baytul Maqdisga Buroqda (otdan kichik, eshakdan katta, o'ta oppoq va qadami chaqmoqdek ko'zi yetgan joygacha yetuvchi hayvon) sayr qildirilganlar. ❗ Sayrga faqatgina ruhlari bilan emas, balki jasadlari bilan ham chiqqanlar. Baytul Maqdisda barcha payg'ambarlarga imom bo'lib namoz o'qidilar. Shu voqeadan payg'ambarimiz sollallohu a'layhi vasallam ba'zi payg'ambarlarni sifatlarini keltirganlar: 🎥Muso a'layhissalom - ranglari qizg'ishroq, juda kuchli, muskulli va baquvvat gavdali. Shamua qabilasining insonlariga o'xshash bo'lganliklarini aytganlar. 🎥 Iso a'layhissalom - sochlari xo'l, hatto suv tomib turardi. Urva ibn Mas'ud Saqofiyga o'xshashliklari aytganlar. 🎥 Ibrohim a'layhissalom - payg'ambarimiz sollallohu a'layhi vasallam o'zlariga o'xshashliklarini aytganlar (bobolari). Shundan so'ng payg'ambarimiz sollallohu a'layhi vasallam Baytul Maqdisdan dunyo osmoniga olib chiqib ketildilar. Jabroil a'layhissalom osmon eshigini qoqdilar va eshik ochildi. Shunda payg'ambarimiz sollallohu a'layhi vasallam 7 qavat osmonda payg'ambarlar bilan uchrashdilar, ular payg'ambarimiz sollallohu a'layhi vasallamni "marhabo" deya kutib olishdi. 🎥 1-qavatda - Odam a'layhissalom (o'ng tarafda baxtli ruhlar, chap tarafda baxtiqarolar ko'rsatiladi); 🎥 2-qavatda - Yahyo ibn Zakariyo va Iso ibn Maryam (xolavachchalar); 🎥 3-qavatda - Yusuf a'layhissalom (dunyo go'zalliginj yarmi berilgan, deya ta'riflaydilar); 🎥 4-qavatda - Idris a'layhissalom; 🎥 5-qavatda - Horun ibn Imron a'layhissalom; 🎥 6-qavatda - Muso ibn Imron a'layhissalom; 🎥 7-qavatda - Ibrohim a'layhissalom (avlodlari bo'lganlari uchun marhabo, ey sharafli o'g'il, sharafli payg'ambar, deya qarshilaydilar). Buyog'iga Jabroil a'layhissalom bormaganlar. Payg'ambarimiz sollallohu a'layhi vasallam o'zlari: → Sidratul Muntahoga; → Baytul Ma'murga; → jannatga kirgizildilar (inju-marvarid shodalari osilgan, tuproqlari mushkdan ekan); → yana ko'tarilib, hatto (yozayotgan) qalam qimirlashini ham eshitdilar. → so'nggida esa tenggi yo'q Jabbor Zot huzuriga ko'tarildilar (qolganini bilmaganimiz ma'qul va bilish bilan har xil savollar yuzaga kelishi mumkin). Shu lahzada esa Alloh taolodan 50 mahal namoz amrini oldilar. Qaytishda esa bularga guvoh bo'ldilar: 🎥 Barchamiz biladigan Muso a'layhissalom bilan bo'lgan, 50 mahal namozni 5 mahalga qisqartirish voqeasi sodir bo'ldi. 🎥 Ularga xamr (aroq) va sut tanlovi berildi; 🎥 Sidratul Muntahoning ostidan oqib chiquvchi to'rt daryoni; 🎥 Do'zaxga posbonlik qiluvchi farishtani; 🎥 Jannat va do'zaxni; 🎥 Yetimlarning molini nohaq yeyuvchilarni; 🎥 Sudxo'rlik qiladiganlarni; 🎥 Zinokorlarni; 🎥 Haromdan bola orttirgan ayollarni; 🎥 Makkaliklar karvonini ko'rdilar. So'ng Makkaga qaytdilar va tong otguncha bo'lgan voqealarni Makkaliklarga qanday aytish haqida o'yladilar. ❗ Berilgan ma'lumotlar aniq manba asosida berilgan. Lekin faqat shunday ekan, degan xulosaga kelinmaydi. Balki, boshqa bir dalillarga tayangan, ketma-ketliklar o'zgargan ma'lumotlar ham yetarlicha. Doim ham bir taraflama ma'lumot o'rganib turib, shu to'gri deyish xatodir. To'liqroq yoki yanada aniqroq ma'lumot va manba lozim bo'lsa: https://t.me/islomuz/17410 https://t.me/islomuz/17422 https://t.me/islomuz/39231 @siyratmanba

  • 19 янв.1 8193121

    #siyrat #toif UZUM SHODASI Bor edi nafis bir uzum shodasi, Osilib turardi ishtaha ochib. Yulduzdek yorqin edi har donasi, Yaltirardi atrofga nurin sochib. Hech hayol ham qilmagan edi bir kun, Oʻzgacha taqdiri bor deb dunyoda. Shunchaki yeyilib yoʻq boʻlmoq uchun, Kelmagan, balki u turfa bir shoda. Addos dedi bir kun: qani kel buyon, Shoshilgin, axir baxting kuldi bugun. Bizga tashrif buyurdi ulugʻ mehmon, Chehrasi oydek porloq, yuzi gulgun. Yur, borib, nuridan olamiz bahra, Bagʻriga otaylik ruh-u jismimiz. Bu ne oliylik, ne sharaf, bir qara, Tarixga kiradi bizning ismimiz. Ey shoda! Baxtimiz bo’ldi-ku zohir, Koʻngil masrur, toʻldi bugun safoga. Yetti uxlab tush koʻrmagandik axir, Yoʻliqurman deb hazrat Mustafoga! 🖋 Toʻliq oʻqish ©fuqoyriy (Usmon Mahmud) @siyratmanba

  • 15 янв.1 4806014

    Nabiy va Rosul orasidagi farq. Nabiy va Rosul orasidagi farq haqida bir necha fikrlar zikr qilingan: 1. Alloh kimga osmondan xabar bersa-yu, o'sha xabarni boshqalarga yetkazishni amal qilsa, o'sha odam nabiy va rosuldir. Ammo boshqalarga yetkazishni amr qilmasa…

  • 13 янв.1 8135437

    2026-yil uchun siyrat guruhimizdagi dars jadvali. Kerak bo'lsa saqlab olishingiz mumkin. @siyratmanba

  • 2 янв.2 119287

    #siyrat Хутбада йиғлашлари Ибн Умар розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: "Бир куни Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам хитоб қилиб: "Икки буюк нарсани унутманглар - жаннат ва жаҳаннамни!" дедилар ва йиғлай бошладилар. Ҳатто кўз ёшлари муборак соқолларини ҳўллади. Сўнгра сўзларини давом эттирдилар: — Муҳаммаднинг нафси измида бўлган Аллоҳга қасам! Агар сизлар охират ишларидан мен билганларимни билганингизда, албатта, тоғларга кетардингиз ва бошларингизга тупроқ сочардингиз". "Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи ва салламни йиғлатган ҳодисалар" китобидан ©oshiqdansado "Аллоҳ ҳеч бир жонга тоқатидан ортиқ нарса юкламас". Пайғамбаримиз соллаллоҳу аълайҳи васалламга берилганидек, жаннат ва жаханнам илми бизга ҳам шундай очиқ-ойдин берилганда эди, балки бу юкни кўтаролмасдик. Бизга тоқатимиз қадар берилди. Тоқатимиз қадар амал вақти келмадими?! @siyratmanba

  • 22 дек.1 772284

    #siyrat #badr Бадр жангидаги фаришталар. Жаброил алайҳиссалом Росулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васалламнинг ҳузурларига келиб: "Бадр жангида қатнашган кишиларни қандай кишилар деб биласизлар?" – дедилар. Росулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам: "Мусулмонларнинг энг яхшилари (деб биламиз)", – дедилар. Жаброил алайҳиссалом: "Биз фаришталар ҳам Бадр жангида қатнашганларни энг яхшиларимиз деб биламиз," – дедилар. Абу Лаҳаб замзам ёнида ўтириб, Бадр жанги хабарларини ва мусулмонлар билан мушриклар ўртасида бўлаётган ҳодисаларни суриштириб ўтирарди. Жанг қатнашчиларидан бири Муғийра ибн Ҳорис исмли киши узоқдан кўриниб қолди. Абу Лаҳаб: "Эй жиян, бу ёққа кел", – деб уни чақирди. – "Бадр жанги ҳақида сўзлаб берсангчи!" – деди. Муғийра Абу Лаҳабнинг ёнига келиб ўтирди, одамлар ҳам унинг атрофига тўпландилар. Абу Лаҳаб бетоқатлик билан: "Қани, жиян, сўзлачи, нималар бўлди?" – деди. Муғийра: "Биз уларга ўзимизни тутиб бердик, холос. Хоҳлаганларидек ўлдиришди, хоҳлаганларидек асир олишди. Аллоҳга қасамки, бизнинг жангчиларимизда айб йўқ. Биз оппоқ либосли кишиларга дуч келдик. Улар осмонга туташиб кетадиган, баҳайбат отлар миниб олган эдилар, бирор бир нарсани қолдирмадилар, бирор бир нарса уларни қаршисида тура олмади," – деди. Ўтирганлар орасида Абу Рофи исмли Аббос ибн Абдулмутталибнинг қули ҳам бор эди. У аввалроқ ислом динини қабул қилган ва мусулмонлигини яшириб юрарди. Муғийра ибн Ҳориснинг сўзларини эшитгач: "Аллоҳга қасамки, сен айтаётган кишилар Аллоҳнинг фаришталаридир," – деди. Ҳақиқатан ҳам у жангчилар фаришталар эди. Росулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам Бадр куни жангда: "Ана у қурол-аслаҳасини тақиб, отини бошини ушлаб турган Жаброилдир," – дегандилар. Бадр жанги куни мушриклар мингга яқин киши эди, саҳобалар эса уч юз ўн тўққиз (319) киши эдилар. Шунда росулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам қиблага юзланиб, қўлларини кўтардилар-да, Аллоҳдан ёлвориб дуо қилиб, ёрдам сўрадилар: "Эй Аллоҳ! Менга берган вадангни бажо келтир! Эй Аллоҳ! Менга берган вадангни амалга ошир! Агар бу мусулмон жамоат ҳалок бўлса, қайтиб Сенга ҳеч ким ер юзида ибодат қилмайди!". Росулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам шу ҳолда қўлларини кўтариб, Аллоҳга дуо-илтижо билан ёлворишда давом этавердилар, ҳатто елкаларидан ридолари ҳам тушиб кетди. Абу Бакр розияллоҳу анҳу келиб, ридоларини тўғрилаб, елкаларига ташлади ва: "Эй Росулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам Робингизга қилган бу дуойингиз етар. Албатта, Аллоҳ берган ваъдасини бажо келтиради," – дедилар. Шунда қуйидаги ояти карима нозил бўлди: "Ўшанда Парвардигорингиздан мадад тилаганингизда, У сизларга ижобат қилиб: "Мен сизларга кетма-кет келадиган минглаб фаришталар билан мадад берурман", – (деди)". (Анфол, 9) Аллоҳ таоло мусулмонларга фаришталар билан мадад берди. Фаришталар мусулмонлар билан бирга кофирларга қарши жанг қилдилар. Аллоҳнинг изни билан мусулмонларга нусрат келди. (Муслим ривояти). @siyratmanba

  • 2 дек.1 282353

    #notes Маккага қўшни бўлган (киши) унинг ҳақларини адо қилиши лозим бўлади. Макканинг ҳақлари Аллоҳнинг амру фармонларига амал қилиш билан бўлади. Мадина ҳақлари эса Росулуллоҳ соллаллоҳу аълайҳи васалламнинг ҳақларини адо этиш билан бўлади. Ким бунга қодир бўла олади?! @siyratmanba

  • 28 окт.1 625294

    #siyrat #eslatma Аллоҳ таъолога ҳамд, Росули соллаллоҳу алайҳи васалламга саловатдан сўнг: Набий соллаллоҳу аълайҳи васаллам қирқ ёшга етканларида, вақти-вақти билан узлатда ёлғиз қолишни ёқтириб қолдилар. Аллоҳ таъоло у зот алайҳиссаломни ёлғиз қолиши учун Ҳиро ғорини суюкли қилди. Ҳиро – Макка шаҳрининг шимоли-ғарбий қисмига жоглашган тоғнинг ичида жойлашган ғор. У ерда бир қанча кунлар қолиб ибодат қилар эдилар, гоҳо ўн кун, баъзан ойлаб қолардилар. Бу ҳолат у зот соллаллоҳу алайҳи васалламга илк ваҳий келгунига қадар давом этиб турди. Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг пайғамбар бўлишларидан бироз аввал холи қолишни ёқтиришларида омма мусулмонлар, хоссатан илм аҳллари учун улкан ибратлар бор. - Инсоннинг иймони комил бўлиши учун фарзлардан ташқари кўплаб турли ибодатлар ила зийнатланиши лозим. Зеро, холи қолиб ўз нафсини ҳисоб-китоб қилиш, борлиқни кўриниши, яратилиши борасида фикр юритиш каби ишлар Аллоҳ таъолонинг улуғлигига далил ҳисобланади. - Инсон нафсида бир қанча офатлар бўлиб, унинг даъвоси фақат одамлардан йироқлашиш бўлади. Кибр, ужб, ҳасад, риё ва дунё муҳаббати ҳам улкан офатдир. Булар нафсга ҳукмронлик қилиб, қалб тубигача кириб боради. Натижада инсоннинг зоҳири қанчалар гўзал ибодат ва солиҳ амаллар билан зийнатланганига қарамасдан, ичида бузғунчи амалларни қилишга ундайди. - Бу касалликларнинг ягона даъвоси – инсон вақти-вақти билан ёлғиз қолиб, борлиқ борасида ва дунёга нима сабабдан келгани ва қай томон кетаётгани ҳақида фикр юритишидир. Шундай қилиб қораланган ва моғорлаган қалби яна қайтадан жонланади ва дунё муҳаббатларидан асар ҳам қолмайди. ©Mutahannis @siyratmanba

  • Онлине таълим ахлоқи Ҳозирги вақтда offlineга нисбатан online кўпроқ эътибор тортаётгани ва кундалик ҳаётда энг кўп фойдаланганимиз учун биз энг эътибор беришимиз керак бўлган ва баъзилар унутиб қўяётган нарса бу online таълимдаги одоб-ахлоқлардир. Шунинг…

  • Онлине таълим ахлоқи Ҳозирги вақтда offlineга нисбатан online кўпроқ эътибор тортаётгани ва кундалик ҳаётда энг кўп фойдаланганимиз учун биз энг эътибор беришимиз керак бўлган ва баъзилар унутиб қўяётган нарса бу online таълимдаги одоб-ахлоқлардир. Шунинг учун толиби илм ўзида жамлаши ва риоя қилиши керак бўлган, ният, ихлос ва қатъийлик каби ҳислатлардан фарқли ўлароқ таълим одобларини келтириб ўтишимиз лозим. Улардан: - Маълум бир курсга ёки устозни дарсларига қатнашмоқчи бўлсангиз, ҳақиқатда қатнашмоқчимисиз ёки йўқ? Аниқлаштириб олинг. Ҳали аниқ бўлмаса, ўзингизни ва бошқаларни вақтларига зулм қилманг. - (Аниқ қатнашмоқчи бўлиб) Курс бўйича мурожаат қилаётганда (баъзилар талаб қилишади, баъзилар йўқ, шуни инобатга олган ҳолда) аниқ маълумотларни барчасини бир хабарда юборинг. Хабарларни бўлиб-бўлиб юбориш ноқулайлик келтириб чиқариши, баъзиларга эса ёқмаслиги ҳам мумкин. Барча учун лозим бўлгани эса имло қоидаларига ва ёзиш нутқига амал қилган ҳолда ёзилса, мақсадга мувофиқ бўлар эди. - Дарсга 3 та дарсга қатнашиб кўриш шарти (пробник) билан қўшиладиган бўлсангиз, дарсга қатнашиб кўрганингиздан сўнг дарс сизга ёқдими ёки йўқ, давом эттириш ниятингиз борми ёки йўқ, админга ёки устозга билдириб қўйинг. Агар гуруҳдан чиқмоқчи бўлсангиз, устозга билдириб, ҳурматни сақлаган ҳолда гуруҳни тарк этиш. Онлине бўлса ҳам у дарс гуруҳи ва дарс бўлгани учун илм мажлиси эътиборида бўлади. Оффлине бўлган тақдирда илм мажлисларини сўровсиз тарк этган бўлармидингиз? Шу ўринда, нафақат 3 мартталик (пробник) дарслардан чиқаётганда балки давом этиб турган дарслардан маълум сабабларга кўра чиқмоқчи бўлсангиз ҳам билдириб қўйинг. - Гуруҳда дарсларни давом эттираётган тақдирингизда (кўпчилик келтирган одоблар бўлгани учун қисқароқ): • Устозга ҳурмат ва эҳтиромни сақлаш ва устоз мақомига эътиборли бўлган ҳолда муомала қилиш; • дарс вақтига қатъий амал қилиш; • дарс вақтида чалғитувчи воситалардан узоқ бўлиш (ҳозирги давр иллати ҳам шу аслида); • ва шу каби дарс давомидаги барча одоблар. - Биз бот-бот ва давомли такрорлайдиганимиз ва айтишдан чарчамайдиганимиз устозни ҳурматини ушлай олиш. Ҳозирда баъзилар устозлари билан дўстлари ёки дугоналари билан муомала қилгандай гаплашишяпти. Бу нафақат устоз учун балки, ташқаридан қараган ҳар қандай инсон учун ғалати туюлади ва толиби илм одобига тўғри келмайди. Устозимиз биз билан баробар, ҳаттоки кичик бўлсалар ҳам уларга нисбатан устоз мақомида қарайлик, илтимос. - Омонатга риоя қилиш. Сиз учун махфий юборилган ҳар қандай нарса омонат. Уни тарқатиш эса омонатга хиёнат! - Энг муҳими гуруҳ томонидан белгиланган тартиб-интизомга амал қилиш. Истисно ўлароқ: - Ҳар қандай гуруҳ, канал ёки чатларда админ руҳсатисиз реклама тарқатиш мумкин эмас! Сизнинг шахсий ҳудудингизга кириб, исталган нарсаларини намойиш қилиб кетсалар сизга қандай таъсир қилади? - Исталган комментга кириб, бўлар бўлмас комментлар ёзиш, мусулмон инсон учун тўғри келадиган иш эмас. (Айниқса, бир пайтлар: мен 1, мен 2 каби комментлар урф - "тренд" бўлганди) - Баъзи бир комментларда эркак ва аёл бирга гаплашишгани кўзга кўриниб қолади. Бу эса фитнага сабаб бўлиб қолиши мумкин. Аллоҳ сақласин. Аллоҳ таоло фойдали қилсин! @siyratmanba