Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat
Статистика- Prezident e’tirofidagi yosh diplomat 🇺🇸🇹🇷🇮🇳🇰🇿🇧🇪🇳🇱🇫🇷🇦🇪 Shu davlatlarga ta’lim granti asosida borganman va sizga ham o’rgataman - UWED (189.0) - HPAIR scholarship - "Kelajak bunyodkori" - "UZB - USA 30 years of friendship" 🤝@gulrukhbonuda_reklama
- Последний пост
- 13:51
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 10
- Всего постов
- 29
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 646
- 1/48двое суток
- 3 032
- 1/72трое суток
- 3 270
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
- Bitta zo’r yangilik ham bor) Johns Hopkinsga qabul qilinganim, scholarship yutganim, keyin EYUF yutganimdan keyin ko’pchilik shu borasida manga murojaat qilmoqda. Shu sabab maxsus gayd tuzib chiqdim. Unda TOP universitetga qabul jarayonlari, turli yuz foizlik magistrlar uchun grant dasturlari va eng muhimi, Johns Hopkins uchun yozilgan motivatsion xatim va EYUF uchun yozilgan esseyim to’liq bo’ladi. Naqt 40 betlik “MasterMap” qo’llanma-kitob. Narxi esa o’ta minimall bo’ladi) @Gulrukhbonu_official
- El-yurt umid: suhbat bosqichi 💬 Bu bosqich hal qiluvchi bosqich, shaxsan o’zimga ko’proq bosim ham bergan bosqich) Testdan demak yetarli ball to’plaganlar, suhbatga tavsiya etiladi. Suhbat ham offline, Toshkent shahrida o’tkaziladi, viloyatdagilar ham keladi. Taxminan 8-12 nafar komissiya a’zosi va siz bir o’zingiz suhbatga kirasiz. Hamma bir-bir savollarini beradi, javob berasiz. Nizomda qay tarzda baholanishgacha yozilgan, tanishsangiz bo’ladi. Bunda 40 ball sohangiz bo’yicha bilimingizga, 30 ball ma’rifat va vatanparvarlik uchun yana 30 ball esse uchun qo’yiladi. Hujjat topshirish jarayonidagi essayingiz suhbatda baholanadi. Taxminan 8-15 daqiqa davom etadi, nega bu davlat, nega bu universitet, qaytib kelgach maqsadlar, yo’nalishingizga doir savollar va ma’rifat bo’yicha ham savollar beriladi. Oxirgi o’qigan kitobingiz bo’yicha ham) So’ng esa, yorqin kelajak, bu bosqichda ham 61+ ball olsangiz. Keyingi postda endi majburiyatlar, hujjat jarayonlari haqida yozaman. @Gulrukhbonu_official
- El-yurt umidi: test bosqichi 💬 Online hujjatlar topshirilayotganda yana sizdan o’zbek tilida esse ham so’raladi, naqt 1000 ta so’zlik. Unga ham a’lohida e’tibor berish kerak, chunki suhbat bosqichida bunga alohida ball beriladi. Testga qaytsak, eng qiyin bosqich desayam bo’ladi. 40 ta savol, 1 soat vaqt beriladi. Bakalavr uchun IQ va tahliliy firklashdan bo’ladi, magistrlar uchun tahliliy fikrlash va ilmiy metodikalardan. Jami 100 ball, undan 61+ to’plaganlar o’tgan hisoblanadi. Odatda nomzodlarning teng yarmi bu ballni to’plolmaydi. SAT, GRE yoki GMAT sertifikati borlar bu bosqichdan ozod etiladi va 100 ball beriladi. Shu sabab, maslahatim shu sertifikatni olib qo’ying. Risk ancha kamayadi. Test offline, “DTM” tomonidan o’tkaziladi. Faqat hozir ish va o’qish sabab chet elda bo’lgan nomzodlar online topshirishiga ruxsat beriladi. Keyingi postimiz suhbat haqida bo’ladi) @Gulrukhbonu_official
- El yurt umidi: hujjatlar qabuli📁 Hujjat topshirish jarayoni to’liq raqamlashtirilgan, ya’ni online. Platforma orqali siz barcha kerakli hujjatlarni yuklaysiz. Qabul xatlaringiz, sertifikatlaringiz, diplom va hozakolar. Universitetdan imkon qadar kattaroq scholarship yutishga harakat qiling. Har bir davlat uchun ma’lum limit bor. AQSH uchun ko’pi bilan 40-45.000$ to’lab beriladi. Aytgancha, magistratura uchun 22 yosh va 1 yillik staji majburiy talab. Hech qanday kafolat va boshqa xatlar bilan istisno ololmaysiz. Yo’nalishlar kesimida ham kvota taqsimlanadi, ba’zi yo’nalishga umuman kvota berilmasligi mumkin. Shu sabab, kvota va nizomni to’liq o’qib chiqishni maslahat beraman. Hujjatlaringizda kamchilik bo’lmasa, siz test bosqichiga o’tasiz. U haqida keyingi sonda) @Gulrukhbonu_official
- “El-yurt umidi” o’zi nima?📌 Bu tashkilot TOP 300 talik reytingdagi universitetlarga qabul qilingan iqtidorli yoshlarni moliyaviy qo’llaydi. Ya’ni, o’qishingiz xarajatini to’liq qoplab beradi. Har yili qabul 2 marotaba ochiladi, biri bahorda, biri kuzda. Man yutganimda aprelda qabul ochilgan edi. Hujjat topshirish vaqtida bakalavr uchun sizni qo’lingizda qabul xatingiz, IELTS 6.0+ va SAT (majburiy emas) bo’lishi kerak. Magistrlar uchun esa qabul xati, IELTS 7.0+, GRE/GMAT (majburiy emas), to’liq bir yillik ish staji bo’lishi kerak. Ish staji “my gov” da ko’rinishi kerak. Lekin, xususiy sektor ham qabul qilinadi. Yana bir muhim qismi, hozirgi g’oliblarning 80 foizi TOP-100talikchilar, ya’ni siz ham eng oldi universitetga harakat qiling. Uch yuzinchisiga emas, bu muhim) Keyingi qismlarda test, suhbat, hujjatlarni yana gaplashamiz. @Gulrukhbonu_official
- EYUF haqida postlar kerakmi?🗂 Yaqindagina EYUF stipendiati bo’lganimdan keyin bu tanlov bo’yicha ko’p savollar tug’ilmoqda. Shu sabab, bir necha qismdan iborat batafsil ushbu jamg’arma va tanlov haqida yozmoqchiman. Qo’llab-quvvatlaysizmi? @Gulrukhbonu_official
- Hozir qaror qabul qilish vaqti) Uchta o’quvchim chet eldagi elchixonamizga amaliyot uchun tanlandi, biri Avstriyaga, biri Rossiyaga, yana biri Pokistonga ketyabti. 12 nafar o’quvchim esa JACAFAni keyingi bosqichiga yo’l oldi. Qozog’iston, Qirg’iziston va Rossiylarga bo’ladigan konferensiyalarga yana o’ndan ortiq o’quvchim grant yutdi. NSP, Erasmus, Ugrad, SUSI, xullas bu grantlar ham zabt etilgan. Siz ham ular safiga qo’shilishingiz mumkin. Bugun ro’yhatdan o’tish yakunlanadi. @Gulrukhbonu_official
- EYUF stipendiantlari safiga qo’shildim❤️🔥 Johns Hopkins (TOP-16) universitetga qabul va IELTS 8.0 endi “El-yurt umidi” stipendiantligiga ulandi. Hujjat topshirish, esse yozish, test, suhbat va bir necha uyqusiz tunlar ortidan keldi. 18.000 nomzod orasidan atiga 210 tasiga bu nasib qildi. Bu jamg’arma TOP universitetga qabul qilingan yoshlarning harajatlarini to’liq qoplab beradi. @Gulrukhbonu_official
- Tavallud ayyomingiz muborak, hurmatli Prezident🇺🇿 Siz bildirgan ishonchni oqlash manga ham nasib qilsin. Har bir uchrashuv yelkamga qancha ma’suliyat yuklaganini faqat o’zim his qilolaman. Shu yo’lda harakatdaman. @Gulrukhbonu_official
- UWED ni bitirib ish topolmaymanmi? Negadir ish topish haqida ko’p post yozgan bo’lsam ham har ikki savolning biri Diplomatiyani bitirsam ish topolmas ekanman, deb boshlanadi. Qayerni bitirishingizdan qat’iy nazar ish topish o’zingizga bog’liq. Ayniqsa hozirgi sharoitda til bilishingiz, boshqa soft va hard skillaringiz borligi va networkingizga ham bog’liq. Shu universitetda bakalavrni ham magistraturani ham tamomladim, o’zim ham kursdoshlarim ham ishsiz qolmadi. O’qish davomidayoq Tashqi ishlar vazirligiga amaliyotga kirib keyin rasmiy ishga qolganlar qancha. To’g’ri, hamma bitiruvchi diplomat bo’lib ketmaydi. Vakansiyani o’zi kam, lekin bu degani ishsiz qoladi degani ham emas. Aksincha, bizni bitiruvchilarimizga talab ancha yuqori. Masalan, xalqaro iqtisodni bitirganlar banklarda, Markaziy bankda, Soliq qo’mitalarida, Investitsiya, Iqtisodiyot va boshqa vazirliklarda ishlashmoqda. Xorijiy korxonalarda, Big Fourlarda ishlayotganlar bor. Huquqni bitirib esa yurist bo’lib ishlayotganlar, sudda, korxonalarning yuridik bo’limida va boshqa huquqiy tashkilotlarda ishlayotganlar bor. Xaqlaro munosabatlardagilar esa xorijiy tashkilotlar, UN ofislari, elchixonalar va xususiy sektorlarda ham ketishmoqda. Ustozlik qilayotganlar ham bor. Ish va diplomning borgan sari bir-biriga bog’liqligi pasaymoqda, diplomingizdagi yo’nalishingiz siz o’ylaganchalik muhim emas. Muhim narsa bitta bu - siz. Sizning bilim darajangiz, sizning skillaringiz, sizning networkingiz. @Gulrukhbonu_official
- Ushbu “roadmap”ni sizlarga ham ilindim📈 25 kunda IELTS 8.0 natijaga qanday erishganim haqida barchasi: qaysi ilovani ishlatdim, practise testlarni qayerdan oldim, qaysi videolarni ko’rdim) Kursimdagi darsdan parcha sifatida kesib olingan, kamchiliklari uchun uzur. P.S: Kursimning 11-mavsumiga qabul davom etyabti) @Gulrukhbonu_official
- Shablonlar eskirdi🖋 Xalqaro grantlarga topshirishda ko’pchilik shablon javoblarga bo’g’lanib qolgan. Motivatsion xatini yoshligida qiynalgani, ota-onasi unga ishonmagani bilan boshlaydi. Xat mazmunida esa asosan “gender inequality” - qizlarga qiyinligi, imkon bo’lmagani va boshqa tengsizliklarni yozishadi. Afsuski, buni sizdan boshqa yana 100 ta qiz ham yozadi. Bu mavzu eskirdi, xatingizni o’quvchisiga ham qiziq emas. Xat yakuni esa taxminan bu dastur orqali do’st orttishi, dunyoqarashi kengayishi va til bilish darajasi mustahkamlanishi bilan tugaydi. Mana shu ham eskirgan shablon. Komissiya hay’ati sizga rahmi kelgani uchun sizni g’olib deb topmaydi. Siz grantga loyiq bo’lishingiz kerak. Hujjatlarda loyiqligingizni isbotlashingiz kerak. Reklamnaya pauza: batafsil kursda o’rganamiz) @Gulrukhbonu_official
- Aytgancha, natijalar bilan @girls_development kanalida tanishishingiz mumkin. 1-2-3 kurs talabalari va 11-sinflar uchun mos kurs. Ingliz tilini bilishingiz kerak. Sertifikat majburiy emas. Istalgan yo’nalishda o’qib topshirishingiz mumkin. Saralab faqat 35 dona o’quvchi olaman. @Gulrukhbonu_official