tgindex
Muallima Ona
@muallima_onaузбекский

Har bir ona - muallimadir. Bola ilk bilimlarini o’z oilasidan o’rganadi. Maqsadimiz: Onajonlar va bolajonlarga o’zbek tilida tarbiyaviy va foydali ma’lumotlarni ulashishdir. Aloqa uchun: @Muallimaona_bot

Последний пост
4 февр.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 509
+1 за 4 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
3 101
20 постов
Вовлечённость
205,5%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 4 февр.2 140717

    https://youtu.be/rKeI3g9pJco?si=rEdZCLjrrkFE1K5X

  • #asmaulhusna Ilm olish yo'lidagi harakatingiz yanada mazmunli bo'lishi uchun @muallima_ona jamoasi "Allohning go'zal ismlari FLESHKARTA"sini tuzib chiqdi. Ushbu o'yin sizga va farzandlaringizga Allohning go'zal ismlarini yodlash va o'rganishda yordam beradi, InshaAlloh. Avvalroq kanalimizda ushbu fleshkartaning bir qismi joylangan edi. Allohning madadi bilan bu safar "Allohning go'zal ismlari FLESHKARTA"sini to'liq shaklda joylayapmiz. Fleshkartani saqlab oling, uni printerdan chop etib undan foydalaning va haqqimizga duoda bo'ling. Telegram | Facebook | Instagram

  • без подписи

  • 28 июн. 2025 г.4 1851932из YaqinOzbek

    Bolali uy bozor, bolasiz uy mozor deydi xalqimiz. Bola bo‘lganidan keyin bolalarcha sho‘xliklariga qo‘yib berishimiz kerak, hadeb uni qilma, buni qilma, sakrama,tegma deb dashnom beraverish yaramaydi. Qabristondagidek jimjitlik va osudalikni kutmaslik kerak. Hali ko‘rasiz, kunlar keladi, sochilib yotgan o‘yinchoqlarni, bo‘yab va chizib tashlangan devorlarni, yarim tishlangancha mebel ostiga kirib ketgan olmalarni orziqib eslaysiz va qo‘msaysiz. Telfonda kim bilandir gaplashayotganingizda kelib qo‘shilishini, qayerga borsangiz birga boraman deb ergashishini, kechasi siz bilan uxlayman deb xarxasha qilganlarini sog‘inasiz. Ular katta bo‘lib o‘zlari bilan ovora bo‘lib ketadi. Oldinlari ular siz bilan gaplashishga zor bo‘lgan bo‘lsa endi siz ulardan bir og‘iz so‘z eshitishga zor bo‘lasiz. Oldinlari siz bilan bir joylarga borishga qiziqqan bo‘lsa endi majburlasangiz ham borgisi kelmaydi. Hozir ularning qalbi sizga talpinadi, ertaga katta bo‘lgach qalblari boshqaga rom bo‘ladi, qizig‘ingiz qolmaydi ularga. Siz bugun ularga toqatingiz yo‘q, ertaga ular siz bilan gaplashib yuragi siqiladi. Shuning uchun ular go‘dakligida, sizga tabiiy bog‘langan paytda mehr megabaytlari va gegabaytlarini g‘amlab oling. Ularga ko‘proq mehr bering, ularning sho‘xliklaridan zavqlaning. Mayli loy o‘ynasin,qum o‘ynasin, suv halqobida sakrasin, maza qilsin, ularni ko‘rib sizam maza qiling. Bolalik shuvillab o‘tib ketadi, bugungi voqealar ertangi xotiralar bo‘lib qoladi. Fursatni g‘animat biling. Iroda Ahmed https://t.me/YaqinOzbek

  • Qurbon hayiti muborak bo’lsin! Telegram | Facebook | Instagram

  • Bugun ARAFA kunidir. Arafa kunining bomdod namozidan boshlab Hayitning to‘rtinchi kuni asr namozigacha, ya’ni 23 vaqt namoz mobaynida har bir farz namozdan keyin tashriq takbirini aytish vojib amallardan hisoblanadi. Tashriq takbiri: Allohu akbar! Allohu akbar! La ilaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillahil hamd! Ma'nosi: Alloh buyuk! Alloh buyuk! Allohdan o'zga iloh yo'q. Alloh buyuk! Alloh buyuk. Maqtovlar Alloh uchundir! Takbirni xoh jamoat bilan, xoh yolg‘iz o‘qilgan har bir farz namozidan keyin aytamiz. Bundan tashqari, yurgan, o‘tirgan paytlarda takbir aytish yaxshidir. Telegram | Facebook | Instagram

  • 27 мая 2025 г.3 0671220из muallima_ona

    Zulhijja oyi avvalgi 10 kunligida qilinadigan amallar Telegram | Facebook | Instagrams

  • 27 мая 2025 г.2 8011050из muallima_ona

    Aziz kuzatuvchilar. 2021 yili Muallima ona jamoasi "allamah"jamoasi tomonidan tuzilgan ingliz tilidagi "THE BEST DAYS OF THE YEAR" - "YILNING ENG YAXSHI KUNLARI" nomli kitobchasini o'zbek tiliga tarjima qilgan edi. Zulhijja oyi, Haj hamda Qurbon hayitiga tegishli mavzularni o'z ichiga olgan ushbu qo'llanma farzandlaringiz bilan birga bilim olishingizda sizga qo'l keladi degan umiddamiz. Kitob mualliflari, tarjimon, hamda ushbu kitobchani siz azizlarga yetkazishda hissa qo'shgan insonlar haqlariga duo qilishingizni so'rab qolamiz. Telegram | Facebook | Instagrams

  • 19 мая 2025 г.2 790144из mutolaaxona

    “Eng kitobxon hudud”ni aniqladik! 😊 Mutolaa ilovamizdan foydalanayotgan kitobxonlar sonini viloyatlar kesimida ko‘rib chiqdik. ⚡️Hozirgi holatga ko’ra bizda “Eng kitobxon hudud” yarim millionga yaqin kitobxonlar bilan - Andijon viloyati bo’lib turibdi ekan. 🚩Statistikamiz 16-may, soat 12:00 holatidagi ma’lumotlarga asoslangan. 🏆 Kelasi safar qaysi hudud g‘olib bo‘larkan? Telegram | Instagram | Ilova

  • Shu munosabat bilan Nagoya shahrida o’zbek ayollari go’zal tadbir uyishtirishdi. Tadbirda o’zbek ayollaridan 20 yildan beri Yaponiyada yashab kelayotganlardan tortib yaqindagina Yaponiyaga kelgan yosh kelinlarimiz qatnashishdi. Yapon millatiga mansub ayollardan bu mamlakatga kelganimizda bizlarga ko’maklashgan va hech qachon yordamlarini ayamagan insonlar, turli sohalarda ustozlik qilgan ayollar, shuningdek boshqalar ham qatnashishdi. Tadbirdan maqsad ikki millat vakillarini jamlash, millatimizda-dinimizda onalik maqomi qandayligi haqida bir oz bo’lsada tushuncha paydo qilish. Tadbir mashhur insonlar deganda odatda erkaklar ko’z oldimizga kelishi, aslida shu mashhur insonlar orqasida mashhurlikka intilmagan, ammo maqtovga loyiq bir inson - ONA turishi haqidagi go’zal so’zboshi bilan boshlandi. So’ng ayollarimiz tayyorlab kelgan milliy taomlardan bahramand bo’ldik. Taomlangandan so’ng har bir ayol yapon tilida o’zlari, oilalari, farzandlari va hozirgi faoliyatlari haqida tanishtirib o’tishdi. Tadbirning asosiy qismi yapon tilidagi “yapon va o’zbek ayollari” haqidagi qiziqarli presentatsiya bilan o’tdi. Prezentatsiyada ikki millat ayollarining jamiyatdagi, oiladagi o’rni, ikki davlatda ham ayollarga, xususan onalarga qilinayotgan sharoitlar haqida gapirildi. Tadbir davomida Zulfiya Mo‘minova qalamiga mansub “Ayolga baxt bering” nomli she’r o’zbek onalaridan biri tomonidan aytildi va yapon mehmonlarimizga mazmunan tarjima qilib berildi. Yapon mehmonlarimiz o’z ta’surotlari bilan bo’lishib “Avval onangga, yana onannga, va yana onangga, so’ng otangga yaxshilik qil” mazmunidagi hadisdan ta’sirlanganlarini aytib o’tishdi. Tadbir so’ngida ustozlar Tanovorga raqsga tushishni o’rganishdi. Har bir kelgan mehmonlarga go’zallik ramzi atirgullar sovg’a qilindi. Telegram | Facebook | Instagram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Kecha 11-may (5-oyning birinchi yakshanbasi) Yaponiyada 母の日ya’ni “Onalar kuni” nishonlandi.