tgindex
Taqrizlar
@akadem_taqrizузбекский

Asosiy kanal: @akademnashr Do‘kon: @akademnashr_kitoblari Mundarija va fragmentlar: @akademkitoblar Onlayn xarid: @akademsavdo Guruh: @akademnashr_uz

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
7
Всего постов
24
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
258
−2 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
142
24 постов
Вовлечённость
55,0%
к подписчикам
Постов в день
1,0
всего 24
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
57
1/48двое суток
65
1/72трое суток
70

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 13 авг.3541из qora_yigit

    #finished Uilyam Golding – "Pashshalar hukmdori" Samolyot halokatga uchraydi. Bir guruh turli yoshlardagi maktab o‘quvchilari kattalarsiz, qoidalarsiz, kimsaning nazoratisiz kimsasiz orolga tushib qolishadi. Avval boshda bu bolachlarga moydek yoqib tushadi. Uy vazifalari yo‘q, uxlash vaqti bo'ldi deb birov seni majburlamaydi. Shataloq otib o'ynash uchun esa butun boshli orol ixtiyorlarida. Avval boshda hammasi yaxshi ketadi. Yetakchi saylashadi, chig‘anoqni ushlab turgan kishi so‘zlash huquqiga ega bo‘lishiga, qutqaruvchilar payqashi uchun gulxan yoqib turishga kelishib olishadi. Ammo keyin... Hammasi asta-sekin parchalanib, ibtidoiy holiga qayta boshlaydi. Golding va "Pashshalar hukmdori"ning kuchi ham shu joyda ko'rinadi. Muallif bizni yovuzlikning tashqaridan kelmasligiga, bu orolda hech qanday yovuz qahramon, maxluq yoki boshqa tahdid yo‘qligiga asta-sekin, zinama-zina guvoh qiladi. Vahima bolalarning o‘zida, uydirma va qo‘rquvlaridan kurtak otadi. Ular qo‘rqayotgan maxluq changalzorda emas har birining ichida yashayotgandi. Aslida har doim ham shunday, eng qo'rqinchlisi inson... Mening, o‘zimning mana shu "madaniylashgan" qiyofam va ichimdagi ibtidoiy qorong‘i kuchlar o‘rtasidagi chegara qanchalik nozik? Ular qanchalik bir-biriga yaqin joyda turibdi? Hech kim kuzatmayotgan, hech qanday qonunlar amal qilmaydigan va hech qanday oqibatlar tahdid solmaydigan vaziyatda mening qadriyatlarim evriladimi yoki yoʻqmi? Kitobdagi vaziyatga tushsam ularga nima bo‘ladi? Sizni shu savollar haqida, ularga aniq javobingiz boʻlmasa-da javoblar haqida oʻylashga majbur qila olishining oʻzi asarning eng katta missiyalaridan biri bajarilganining belgisi boʻlsa ajabmas. Bu romanni nega oʻzbeklar ham oʻqishi kerak oʻzi? Axir u "britaniyalik" yoki "g‘arblik" bolalar haqida emasmi? Bizga nima? Yoʻq, bu kitob butun insoniyat haqida. Va undagi oʻrtaga qoʻyilgan savollar har qanday madaniyat chegarasidan oshib o‘ta oladi. Biz bo‘linishlar, to‘da bo‘lib fikrlash va dononing ovoziga emas, eng baland baqirganning ovoziga ergashtiruvchi vasvasalarga boy zamonda yashayapmiz. O‘z qadriyatlari, qonunlari va ijtimoiy tuzilishi haqida jiddiy qayg‘uradigan xalq uchun bu kitob haqiqiy ko‘zgu desak boʻladi. Faqat shu koʻzguga boqqanimizda uyatsizlarcha bezrayib turmasak bas... ➡️@qora_yigit

  • без подписи

  • 12 авг.651из mahinsworld

    Akademnashr oxirgi paytlar juda ko’p yangi kitoblari bilan xursand qilyapti. Dazaini ayniqsa rosa kutgandim. Siz ham yangi kitobni oldingizmi? Yo’q, nega bu kitob buncha chiroyli aaaa🫶🏾🫶🏾🫶🏾 @mahinsworld

  • Savol yozib qoldiring ⬇️ https://t.me/Akademnashr/5697

  • 12 авг.67из Baxtiyor_Abdugafur

    "Азал муҳри" романимдаги асосий ғоялардан (фаразларимдан) бири Сунъий Идрок (СИ) моделларининг вирусларни ярата олиши эди. Романда "Алиса Ингрид" дея номланган СИ модели лаборатория шароитларида тождор вирус (SARS-CoV-2)га ўхшаш вирус геномини "тиклайди" ва шу орқали янги пандемия тўлқинига сабаб бўлади. Энг қизиғи, роман нашридан бир йил ўтиб, OpenAI директорлар кенгаши раиси Сэм Алтман ҳам СИ мустақил равишда вирус яратиб, кейинги пандемияга сабабчи бўлиши ҳақида интервью берди. Асаримда "Алиса Ингрид" вирус геномини яратишда қайси манбалардан фойдаланишини батафсил келтирганман. Романдаги "Алиса Ингрид" мустақил, мантиқий фикрловчи ва ўзининг шахсий маълумот омборига (datacenter) эга СИ модели даражасига етади. Яна энг қизиғи, яқинда айрим СИ моделларининг ўз манбаларини тарк этгани ("қочгани") ҳақида эълон қилинди. Ундан ҳам қизиқ ҳолат шу кунларда эълон қилинди: СИ ёрдамида биринчи вирус (геноми) яратилди (Financial Times (2026). Scientists in the US use artificial intelligence to create viruses unknown in nature for the first time)! "Азал муҳри"да вирусни СИ ўзи яратади. Ҳозирги вирусни эса олимлар назоратидаги Evo СИ модели... Романдаги вирус яратилиши билан боғлиқ барча тахминларим нафақат назарий, балки амалий жиҳатдан ҳам тасдиғини топмоқда. Энди эса... энг даҳшатли сўнгги башорат қолмоқда. У ҳам бўлса СИ модели ёки моделларининг мустақил бўлиши - назоратдан чиқиб кетиши. Асосий масала ана шундан кейин бошланади. "Азал муҳри" романида воқеа ривожи айнан шу нуқтадан бошланади. Инсон ва "Алиса Ингрид" дея номланган СИ моделининг ўзаро мулоқотига асарнинг илк боблари бағишланади. Яна бир жиҳат... "Азал муҳри"да "Алиса Ингрид" бош қаҳрамон профессор Анвар Абдулҳамиднинг табиатини англамоқ учун унинг ДНКсини "ўқиш" керак деган хулосага келади. Чунки, "Алиса Ингрид" одамлар эътиқод жиҳатдан бир-бирларига ўхшамасликларини англайди. ...ва Анвар Абдулҳамиднинг ДНКсига махсус кодланган "вирус"ни жойлайди... Бу фикрлар фэнтези жанридаги эртакларга ўхшаб кетиши мумкин. Лекин, яқин келажакда инсоният юзлашажак жараён шундай. Асар қаҳрамонларидан бири айтади: "Одам нафақат танаси, нейронлари, балки ДНКсини ҳам ҳимоя қилишга мажбур бўлади..." Жараён шунга қараб кетмоқда. СИ моделлари инсониятга уруш очганида ДНКдаги ахборотни эмас, балки ундаги ҳис-туйғуларнинг "кодланиши"ни ҳам тадқиқ этади. Шу орқали улар инсоннинг феъл-сажияси, ахлоқ-одоби манбасини аниқлашга интилади. Бу жараён қандай кечишини эса романни ўқиб билиб олишингиз мумкин.

  • 12 авг.461из nuraliqahramon

    #tizma «Insonlikdan mahrum odam»* Kulol loyga berarkan mehr, qoʻlida gil emas, oʻynaydi sehr, shakl-u shamoyilga berganda oro, odam demish maxluq yaralar goʻyo. Lek zohirga berilmish ziynat, aksi etmas, ko‘rsatmas tiynat, ruh siyratda kezsa sargardon, shu zayl bunyod boʻladir inson. Yanglishma, odam deb o‘zgani hecham, inson farqli boʻlar, hayvondan boʻtam, har kasni odam deb atash nojoiz, inson unutuvchi, ulfatdosh, voiz. Kun kelib o‘zligingdan boʻlsang mosuvo, inson emas, odam deb chorlashsa, ayo, lazzatlanib yasha, etmagil parvo, axir hayot siri shu, ravshan – huvaydo. *Osamu Dazaining shu nomli asari asosida yozildi.

  • 11 авг.581из nuraliqahramon

    #bitma 🖼️🖼️«Insonlikdan mahrum odam» 🖼️🖼️Osamu Dazai Ikki yil oldin «Jahon adabiyoti» jurnalida yapon tilidan tarjima qilinmish Dazaining mashhur qissasiga ko‘zim tushib qoldi. Voy-dod deb do‘stlarimiz bilan boshimiz osmonga yetib tursa, qissa «Insonlikdan mosuvo» hamda «Insoniyligimni yo‘qotib» nomlari ostida turk tilidan tarjima qilinib, bir qoniqarsiz tarjimasi har yerda urchib ham ketdi, ba'zi „avliyolar“ tomonidan hatto targ‘ib qilindi. Lekin «Insonlikdan mahrum odam» baribir haqiqiy o‘rnini tezda asl o‘qirmanlar qalb qo‘ridan joy olishga ulgurganiga ishonchim komil. Avvalo, asar nomi nega «Insonlikdan mosuvo» singari ohangjamali emas, soddagina «Insonlikdan mahrum odam» deb tarjima qilinganligiga to‘xtalsak. Asar bosh qahramoni o‘zi haqida kundaligida bitmish xotirotlaridan ma'lum bo‘ladiki, jamiyat «insoniylik»ga xos deb qabul qilgan axloq qoidalari, qoliplariga yigitchamiz qadriyatlari sig‘maydi. Alaloqibat esa „inson“ emas, shunchaki odam deb atalmish quruq vujudga evriladi, qoladi xolos. Qahramon shunchaki insoniylikdan mosuvo emas, u odam, lekin inson emas, jamiyat inson deb bilguvchi inson emas. Dazaining insonlikdan mahrum odami bizga yana Kafka, Kamyu, Dostoyevskiy asari qahramonlarini boz-boz yodimizga solaveradi. Ulug‘ rus hamda Ovro‘pa adabiyotini Uzoq sharq ko‘zi bilan qayta talqin qilishimizga imkon yaratadi. Aslinda esa, dunyo adabiyotidan mutlaq xabardor Dazai, «Sharqning G‘arbga ehtiyoji yo‘q, bizda ham yetarli savol-u javoblar, falsafa-yu boshqotirmalar bor» demoqchi bo‘lgandek go‘yo. Oddiy yapon yigitining mash'um taqdiri bitilmish qissa yuragimizning qorong‘i kunjaklarida yashirinib yotgan chirkin orzular torini birma-bir chertadi. Fors she'riyati qirolichasi Furug‘ Farruxzod ta'biri bilan aytganda «gunoh qilishga chorlaydi». Gunoh lazzatidan totib, to‘ymagan vujud, huzurparastlik domiga tushgan ong, dunyoning zeb-u ziynatidan qoniqmagan nafs, axloqsizlik yasoqlarini tan olmagan qalb, hadsiz sarxushlik ilinjida sargardon tana hamda iqror onidan qo‘rqmagan yurak, axiyri bizni yana muhtasham haqiqat atalmish ko‘zgu qarshisiga chorlaydi. Osamu Dazai o‘z asarlari orqali nafaqat o‘ziga, balki ikki taraflamali ko‘zgu yangliq bizga ham aksimiz a'yon etadi. @nuraliqahramon

  • 7 авг.9811из nuraliqahramon

    #bitma 🍂🍂Osamu DAZAI 🍂🍂«Botayotgan quyosh» (roman) Tanazzul, bu shunchaki oddiy, jimjimador yoinki fusunkor arabiy so‘z emas. Mohiyatan ma'lum bir erishilgan bosqichning o‘limini, ortga chekinib butkul barham topishini ifodalovchi anglam. Yaqinda Tomass Mannning Budderbroklar romani o‘qir chog‘i ham shul tanazzul bilan yuzlashgandim. Yillar burun sevimli asarim qahramoni Skarlet O'haraning qadoq qo‘llariga termulib, paxta dalalarida sigiri qolib o‘zi omoch tortishida ham yonida jim turib his qilganman. Mazkur asarlar bir oilaning, jamiyat asilzodalar deb biluvchi oilalarning tanazzuli haqidagi romanlardir, jumladan «Botayotgan quyosh» ham shular safida. «Botayotgan quyosh» asariga munaqqidlar Ikkinchi jahon urushidan so‘ng yapon asilzoda oilalarining tanazzuli mohirona aks ettirganligi uchun ham yuqori baho berishadi. Aslidachi? Aslida Yaponiya atalmish kun chiqar yurtning olis muzofotida yashovchi dovrug‘dor-u tavondor otaning sakkizinchi farzandi bo‘lmish Tsushima Shujida yillar oldinoq, muhorabalar-u janglardan, hokimiyat o‘yinlari-yu, xudolik da'volaridan voz kechilmasidan burun ilk bor Osamu Dazai taxallusi ostida kichik hikoyasini nashr ettirganida ham kelajakni oldindan ko‘ra olganida edi. Asar qahramonlaridan biri Naoji go‘yo Dazaining oynadagi aksi, nafisllikka o‘ralgan chirkinlik o‘pqoni hisoblanuvchi asilzodalikning timsoli. Giyohvand-nashavand, aroqxo‘r-piyanista, hamda ashaddiy xudkush. Muhabbatiga hatto barmog‘i bilan ham tegishdan cho‘chib, o‘rniga dunyodagi jamiki gunohlarni qilishga tayyor odam. Qahramonning asar so‘ngida opasiga yozgan xatidan ma'lum bo‘ladiki, asli asilzodalik yuki, asilzodalik berguvchi imkoniyat-u zarofatlardan ham chandon og‘ir hamda mushkul ekanligini... Romanda yana ona timsoli bor, turmushdan ajragan va boshqa bir erkakdan bolali bo‘lishni istayotgan opa timsoli bor, farzandlari qasosini olish ilinjida kelmish ilon timsoli bor, yapon xalqining mushtarak orzularini jamlagan og‘ochlar timsoli bor hamda yangi chiqqajak kunning bashorati o‘laroq botayotgan quyosh timsoli bor. Bir yoqdan yengil o‘qiladigan, sodda satrlar qa'riga Dazai butun boshli millat taqdiri-yu, kelajagini mohirlik bilan yashira oladi, zakiy-mi oddiymi, farqi yo‘q, istalgan o‘qirman asarni jon dilidan, sevib o‘qiydi. Klassik asarni klassik qiladigan belgi bormi? Hoshimovda Kimsan yurtut yeyar chog‘i pomidor yeyapti deganda Robiyaga qo‘shilib kulish, Feride singari injiqliklari limo-lim qizga Kamrondek oshiq bo‘lish, Kamyuning begonasidek yo‘qlik domiga tushish, Kafkaning suvaragiga evrilish, Knyaz Mishkin yangliq soddalikning mukammal namoyishidan hayratga tushish yoxud Tolstoy iqrornomasida, Kavabata nozaninlarida, Markes jononlarida tan olmish ishrat-u shahvat kechalarida aslida nimani his qilishganini ochiqlashganida, ma'naviyat bilan qo‘shog‘liq o‘zbek ham har bir qahramonni ich-ichdan his qilish emasmikan klassik asarning belgilaridan biri?! O‘qirman Dazaining har bir qahramonini, hatto daraxtidan tortib kiygan kiymiga qadar jon tomiridan o‘tkazib o‘qiydi. Asarni o‘qish payti, qaniydi manovi tanish ham shu asarni o‘qisa o‘zini ko‘rgan bo‘lardi, bunisi ham o‘qisa bo‘larkan, anovi o‘qisa yaxshiroq asar yozishni boshlab qolar deya-deya, oxiri Dazai janoblari qarshimda ko‘zgu tutib turganliklarini ham sezmay qolipman. Shunday, bu asardan so‘ng tilingizdan ancha vaqt mazasi ketmaydi. Shu sabab ham sizga ilindim. @nuraliqahramon

  • 7 авг.802из nuraliqahramon

    #asardan_parcha Baxt degani qayg‘u daryosining tubida mayin nur sochadigan oltin zarralar singari narsa emasmikan? ©Osamu Dazai

  • 1 авг.1353из qora_yigit

    Bugun shanba! Maqtanchoqlik qiladigan kun. “Oʻzbekiston tavalludi” birinchi nashr qilinganida men Xitoyda edim. Uzoq muddat uyoqdagi koʻp goʻzal joylarni koʻrishga majbur boʻldim. Ya’ni shu sababli qaytganimda bu kitob sotuvda tugab qolgan ekan. Mana endi uni ikkinchi nashridan xarid qildim. Oʻrtada bu kitobni uzoq vaqt qayta nashr etilishini kutishimga toʻgʻri keldi. Kutish zerikarli oʻtmasin deb kitobning ikkinchi nashrigacha 5-6 ta davlatga borib kelishga majbur boʻldim. Nima ham deymiz, boshimizda shunaqa taqdir sinovlari ham bor ekan. Mana, nasib etgan ekan va nihoyat shu kitobga erishdim) Har safar maqtanaman deb post yozishni boshlasam taqdirning menga bergan qaqshatqich zarbalari va dard-stamlariga burilib ketaveradi-da mavzu…) ➡️@qora_yigit

  • 31 июл.147из OtabekBaxtiyor

    ​​ҲУМОЮН ФАТТОҲНИНГ "ҚАЛТИС" КИТОБИДАН ТАГИГА ЧИЗИБ ЎҚИГАНЛАРИМ Исмингни ҳеч айтгим келмас, ахир исм бўлмас ҳур, малакларда. ➖ Камтар оналарнинг кибор қизлари... ➖ Дарахтлар, уйғонинг, уялмайсизми? Шоирнинг кўнглида баҳор бошланди. ➖ Туронда туғилган қушлар чекинди Гўзал, лек бегона хиёбонларга... ➖ Кечир, сен эмассан мен кутган баҳор. ➖ Овозингдан, атрингдан эмас, Мен танийман киприкларингдан. ➖ Қачондир сув келар беҳизорларга Бурунги ўғридек девордан ошиб. ➖ Ахир мен яшашга номус қиламан Лайлак ташлаб кетган бахтларни... ➖ Харсанглар тоғларнинг болалигими? ➖ Балки хато қилдим ҳаётни англаб?! ➖ Бўй қизлар эргашарди, о, елсам саманларда. ➖ Кимларга ўзимни бой бердим жангсиз? ➖ Хотира қалин бир ўрмондек ёнар. ➖ Бир куни дунёни ташлаб кетарман, Фарғонани ташлаб кета олмадим. ➖ Йигирма йил зўрға йиғган кучимни Бир кунда сарф этдим хайрлашишга... ➖ Мен шоирман, суюн батафсил, Мен шоирман, бахтингга қарши. ➖ Соғиниб йиғлайсан гулдон ёнида, Кўзёшинг суғорар ғамгин гулларни... ✍ Ҳумоюн ФАТТОҲ @OtabekBaxtiyor

  • Bugun yana bir ajoyib kitobni o‘qib tugatdim — Shahodat Ulug‘ning „Xaloskor Sulton Sayfiddin Qutuz“ tarixiy romani. Ushbu romanda ko‘pchilik bilmaydigan, men uchun ham yangilik bo‘lgan buyuk tarixiy shaxs — Sayfiddin Qutuz siymosi gavdalanadi. Muallif uni Jaloliddin Manguberdining jiyani, Xorazmshohlar avlodidan bo‘lmish Mahmud Qutuz sifatida tasvirlaydi. Yosh boshiga tushgan qullik sinovlari, hayotning og‘ir mashaqqatlari va shunga qaramay, u erishgan ulkan yutuqlar haqida hikoya qiluvchi bu roman juda qiziqarli va g‘oyat ta’sirli asar ekan. Salohiddin Ayyubiylardan qolgan saltanatning Xorazmshohlar avlodi qo‘liga o‘tishi tasodif emas edi. Aynan Qutuzning qat’iy irodasi, oqilligi va dono qarorlari uni saroydagi oddiy amaldordan oliy maqom — sultonlik darajasigacha olib chiqadi. Sayfiddinning ajdodlaridan meros bo‘lib qolgan kuchli irodasi, jasorati va yuksak jang san’ati uni buyuk sarkarda bo‘lib yetishishiga zamin yaratadi. Kim ham o‘ylabdi deysiz, oddiy qullikdan Misr sultonligigacha yuksalib, azaliy va shafqatsiz dushman bo‘lmish mo‘g‘ullarga qarshi tarixiy g‘alabaga erishishini! Mo‘g‘ullarning Misr va butun Afrika tomon dahshatli yurishini batamom to‘xtatgan bu buyuk sarkarda, afsuski, oxir-oqibat o‘z amirlarining xiyonati qurboniga aylanadi. Mo‘g‘ullar bilan bo‘lgan so‘nggi g‘alabali jangdan keyin, amirlaridan biri — Baybars va uning tarafdorlari tomonidan o‘ldiriladi. Shu tariqa, Xorazmshohlar avlodining so‘nggi jasur vakillaridan birining shonli va ayni damda fojiali hayot yo‘li Misr zaminida yakun topadi. Anvarjon Jamolov

  • 15 июл.2241из qayduz

    1965 йилда Тонга оролилик олти нафар мактаб ўқувчиси балиқчилик қайиғини ўғирлаб қочишди. Улар кимсасиз оролда 15 ой давомида жон сақладилар ва уйга қайтганларида ўзлари учун дафн маросимлари аллақачон ўтказиб бўлинганига гувоҳ бўлдилар. Бу ҳам етмаганидек, уларни соҳилдаёқ ҳибсга олишди. Қайиқнинг на мотори, на харитаси ва на компаси бор эди. Биринчи кечадаёқ кучли бўрон елкан ва суканни юлиб кетди. Болалар кокос пўчоқларида йиғилган ёмғир суви билан жон сақлаб, саккиз кун давомида денгизда қалқиб юришди. Оқибатда улар йўлга чиққан жойларидан 160 километр узоқликдаги «Ата» ороли соҳилига бориб урилдилар. Бу оролнинг кимсасиз бўлиб қолгани ортида жуда фожиали тарих ётарди. 1863 йилда қул савдогарлари маҳаллий аҳолининг қарийб ярмини ўғирлаб кетишган, шундан сўнг Тонга ҳукумати тирик қолганларни эвакуация қилган эди. Болалар айнан ўша ташлаб кетилган қишлоқдан қолган ёввойи товуқлар ва экинлар эвазига тирик қолдилар. Бир аср аввал юз берган фожиа уларнинг ҳаётини сақлаб қолган эди. Улар оролни кичик бир давлатдек бошқаришди. Икки кишидан иборат гуруҳлар қатъий навбатчилик асосида ишлади: бири боғ билан машғул бўлди, бошқаси ошхонага қаради, учинчиси эса кузатувга масъул бўлди. Улар нақ 15 ой давомида гулханни ўчирмай, олов ёқиб туришди. Ёмғир сувини дарахт ковакларида сақлашди. Ҳатто денгиз тўлқини қирғоққа улоқтирган ёғоч бўлаги, яримта кокос пўчоғи ва олтита пўлат симдан гитара ясаб олишди. Болалардан бири йиқилиб, оёғини синдириб олганда, дўстлари уни таёқлар билан боғлаб, тиббий шина ясашди. Қутқарувдан сўнг шифокор текшириб кўрганда, суяк мукаммал даражада битганини аниқлади. 1966 йилнинг сентябрь ойида австралиялик капитан Питер Уорнер қояларда одатда бўлмаслиги керак бўлган куйиш изларини пайқаб қолди. У радиоалоқа орқали Тонга пойтахти Нукуалофага олти нафар боланинг исмини йўллади. 20 дақиқадан сўнг жавоб келди: «Бу болалар аллақачон вафот этган деб ҳисобланган, уларнинг дафн маросимлари ўтказиб бўлинган. Бу ҳақиқий мўъжиза!» Бироқ, ватанга қайтишгач, полиция ўша ўғирланган қайиқ учун олти сотувчини ҳам қамоққа олди. Капитан Уорнер бу воқеани Австралия телевидениесига сотиш ҳуқуқини қўлга киритди ва ундан тушган пулга қайиқ эгасига янгисини сотиб олиб берди. Ўзи эса олти нафар боланинг барини ўз балиқчилик кемасига экипаж аъзоси сифатида ишга қабул қилди. Уилям Голдинг ўзининг машҳур «Пашшалар ҳукмдори» романини бу болалар Ата оролига бориб қолгунидан ўн бир йил аввал нашр этган эди. Аммо ҳаётдаги асл воқелик кундалик қатъий тартиб, шериклар билан баҳам кўрилган ягона олов ва ҳар оқшом куйланган қўшиқлар билан гўзал якун топди. @qayduz

  • 4 июл.2151из salimov_blogi

    ​​Uilyam Golding – "Vorislar" Bizning davrda shunaqa oʻqitishganmi yoki oʻzim xato tushunganmanmi, ishqilib, odamning rivojlanishi bosqichma bosqich deb oʻylaganman. Masalan, dastlab maymunlar, keyin maymunga oʻxshashroqlar, undan keyin odam sifatlar, oxirida hozirgi aqlli odamlar boʻlgan deb oʻylardim. Tana tuzilishi va aql jihatdan hayvonga yaqin boʻlgan neandertallar va bizning bevosita ajdodlarimiz – homo sapienslar bir vaqtda yashaganini bilganimda juda hayron qolganim esimda. Neandertallar va homo sapienslar odamning ikkita alohida-alohida turi edi. Birinchi tur tabiat bilan hamnafas yashardi, hali ibtidoiy hayotga ham oʻtmagan, intellekt yoʻq boʻlgan. Tashqi koʻrinish, tana tuzilishi, oziqlanish shakli jihatidan odamga koʻpam oʻxshamagan. Ikkinchi tur esa hayot tarzi, koʻrinishi, aqli bilan hozirgi odamlarga juda oʻxshash edi. "Vorislar" kitobida mana shu ikki turning toʻqnashuvi tasvirlanadi. Neandertallar toʻrt yuz ming yil avval Yevropa va Osiyo hududida, homo sapienslar esa uch yuz ming yil avval Afrikada paydo boʻlgan. Ular uzoq vaqt yer yuzida bir vaqtda yashashgan, toki oʻzaro toʻqnashmaguncha. Qirq ming yil avval neandertallar qirilib ketishgan. Bunga bir qancha sabablar keltirilgan. Ammo asosiy sabab homo sapienslar bilan toʻqnashuv edi. Oʻshanda insoniyat tarixidagi eng dahshatli qirgʻin sodir boʻlgan deb taxmin qilinadi. Asar Lok ismli neandertal nomidan hikoya qilinadi. Oʻqilishi yengil emas. Chunki muallif barchasini neandertal odamning cheklangan idroki, tasavvuri orqali tasvirlaydi. Shu bois gʻalizliklar, mavhumliklar koʻp. U hamma narsani koʻrardiyu, ammo koʻpini tushunmasdi, oʻqish jarayonida sizda ham shunaqaroq holat boʻladi. Fikr va tasvirning notugalligi ezib tashlaydi. Yovvoyilik noinsoniylikni, intellekt esa axloqiy yoki insoniy jihatdan yetuklikni anglatmaydi, degan gʻoyani ilgari suradi muallif. Neandertallar faqat och qolishganida yoki himoyalanish uchun ov qilishsa, homo sapienslar koʻngil yozish uchun ov qilishardi, sharob ichishardi. Ulardan farqli oʻlaroq neandertallar yovuzlik nimaligini bilishmasdi. Ular yangi odamlarga xuddi beozor hayvon kabi qiziqish bildirishardi. Homo sapienslar esa odamga oʻxshaydigan maxluqlarni xavfli deb hisoblab, birma-bir oʻldirishadi. Muallif "Vorislar"ni eng yaxshi romani deb hisoblagan ekan. Asar oʻtgan asrning oʻrtalarida chop etilganini hisobga olsak, oʻz davri uchun yaxshigina yangilik boʻlgani aniq. Menga esa "Pashshalar hukmdori" koʻproq yoqqandi. @salimov_blogi

  • 4 июл.1752из BraveStories_BotirHikoyalar

    1924 yilda dunyo xaritasida O’zbekiston degan davlat paydo bo’ldi. Sovet ittifoqi tarkibida tashkil etilgan bu mamlakatning buyuk tarixi bor edi va inshaalloh Ulug’ kelajagi bor. Ana shu biz vatan deb atayotgan go’sha qanday yaratildi, kim tomonidan bunyod etildi, kapalak umriday o’ta qisqa vaqt yashagan Turkiston muxtoriyatini O’zbekiston poydevori desa bo’ladimi, Buxoro amirliginichi, bu taloto’plarga to’la qisqa davrda jadidlarning Chig’atoychilik konseptiyasi g’alaba qozondimi yoki Chor ma’muriyati, keyinchalik esa sovetlar bo’lib tashlab hukmronlik qilish siyosatini yurgizdimi ? ? “O’zbekiston tavalludi” kitobi muallifi Adib Xolid shu kabi o’nlab murakkab savollarga javob topishga urinadi. Quyida 👇⏬ ana shu asardan tushunganlarimni qisqacha bayon qildim || In 1924, a new country called Uzbekistan appeared on the world map. Though formed as part of the Soviet Union, this country had a great history—and, God willing, a great future ahead. But how was this land we now call our homeland created? Who laid its foundations? Can the short-lived Turkestan Autonomy, which existed for only a butterfly’s lifespan, be considered the groundwork for Uzbekistan? What about the Emirate of Bukhara? During this turbulent period, did the Jadids’ Chaghatayist vision ultimately triumph, or was it the Tsarist administration—and later, the Soviets—who imposed a policy of divide and rule? In his book — Making Uzbekistan, author Adeeb Khalid attempts to answer dozens of such complex questions. Below 👇⏬ is a brief summary of what I took away from this important work. #kitobtaqrizi #bookreview https://teletype.in/@botirhikoyalar_bravestories/MakingUzbekistanAdeebKh . . 👉 Telegram || 👉 Facebook

  • Davlatchiligimiz tarixi yoki Milliy uyg‘onish davriga bir nazar Milliy istiqlolimizga o‘z-o‘zidan erishib qolganimiz yo‘q. Bu yo‘lda to‘kilgan qon va berilgan qurbonliklarni ko‘pchilik bilavermaydi. Ajdodlarimiz orzu qilgan Mustaqillik 1991 yilda go‘yo silliqqina amaliyotda osongina qo‘lga kiritildi degan yanglish tasavvur bor. O‘zbekiston davlatchiligi Amir Temur va undan oldingi davrlarga borib taqalishi aytilsada, ammo bundan roppa-rosa 100 yil oldin ro‘y bergan voqealar zamonaviy O‘zbekiston Respubikasining yaralishida muhim rol o‘ynagani xotiramizdan ko‘tarilgan. Shu ma’noda Amerikalik tarixchi olim Adib Xolidning “O‘zbekiston tavalludi” nomli asari yaqin tariximizni o‘rganishda, Milliy istiqlol qahramonlarini tanishda hamda berilgan qurbonliklarni his qilish yo‘lida katta yangilik bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmas. Pokistonda tug‘ilib o‘sgan, ingliz va urdu tilini ona tilidek biluvchi, o‘zbek, turk, rus, fors, nemis va fransuz tillarini professional darajada o‘zlashtirgan bu tarixchi olim butun ilmiy faoliyatini Turkiston xalqlari tarixini o‘rganishga bag‘ishlagan. Uning mazkur asari oldingi kitoblarining mantiqiy davomi deyish mumkin. Oldingi ilmiy ishlari O‘rta Osiyoda jadidchilik paydo bo‘lishi, rivojlanishi va faoliyati haqida so‘z yuritgan bo‘lsa, bu kitobi zamonaviy O‘zbekistonning yaralishida jadidlarning rolini mubohasa etadi. Muallif kitob ustida izlanish va turli davlatlarda tadqiqotlar olib borishga o‘n besh yil vaqt sarfladi. Kitobni o‘qirkanmiz, undagi arxiv manbalarning aniq berilishi, keng qamrovligi hamda chuqur tahlil qilinganidan hayratlanamiz. Muallif bu kitob ustida ishlash jarayonida AQSh Kongressi kutubxonasida saqlanayotgan O‘rta Osiyoga oid bebaho arxiv materiallari, o‘sha davrga taalluqli birlamchi hujjatlar bilan tanishadi. Undan tashqari Fransiya, Germaniya, Britaniya, Rossiya hamda O‘zbekiston davlat muzeylari va arxivlaridan foydalanadi. O‘tgan asrning yigirmanchi yillaridagi maxfiy va siyosiy politsiya OGPU, GPU, NKVD arxiv materiallariga bevosita murojaat qiladi. Milliy istiqlol harakatining darg‘alari ustidan ochilgan soxta jinoiy ishlar, ko‘rsatmalar, davriy matbuotda chiqqan maqolalar bilan tanishadi. O‘sha davr adabiyotini yaqindan o‘rganadi, inglizchaga mohirona tarjima qiladi. Bu kitobni o‘qiganda bundan yuz yil orqaga qaytgandek, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Munavvar qori, Behbudiy, Fayzulla Xo‘jayev, Akmal Ikromov kabi davlat va jamiyat arboblari, ma’rifatparvar fidoyilar hamda adiblar bilan yuzma-yuz o‘tirib suhbat qurgandek bo‘lasiz. O‘sha davrga xos bo‘lgan talotum, shiddatli o‘zgarish, ocharchilik, qora xalqning yupun ahvolini his qilasiz. Bir tomonda yangicha ish tutish va taraqqiyot tarafdori bo‘lgan jadidlar, ikkinchi tarafda an’anaviy obro‘-e’tiboridan ayrilib qolishdan cho‘chiyotgan hamda o‘zlarini barqarorlik xomiylari sifatida ko‘ruvchi boylar va ulamolar, boshqa tarafdan esa ikkala tarafga ham muntazam bosim o‘takazayotgan bolsheviklar va sovetlar o‘rtasidagi murakkab jarayon qanchalik og‘ir kechganini biroz tasavvur qilasiz. Nihoyatda puxta tadqiq qilingan, o‘ta yuqori saviyada izchillik bilan izlanish olib borilgan bu kitobda arxiv materiallari va foydalanilgan ma’lumotlar aniq-tiniq ko‘rsatib o‘tiladi. Kitob o‘n ikki bobdan iborat bo‘lib, har bir bobida bir nechta mavzular haqida so‘z boradi. Birinchi bobda Chor Rossiyasi davrida O‘rta Osiyo ziyolilarning islohot yo‘lida tutgan roli haqida gap ketadi. O‘rta Osiyoning bosib olinishi, Xonlar taxtdan olinib, ba’zilari surgun qilingach, ular saqlab kelgan obro‘-e’tiibor, nufuz, mansablar sekin-asta diniy ulamolar va sanoatchi boylarga o‘tgani, rus tuzem maktablarida ta’lim olgan ayni paytda islomiy va mahalliy an’analarni ham chuqur bilgan ma’rifatchi qatlam, ya’ni jadidlar yetishib chiqqani haqida so‘z boradi. Chor Rossiyasi, xususan Fon Kaufman yuritgan diniy siyosat, aniqroq aytsak, Islomga qarshi ochiq-oydin kurashmasdan shunchaki qarovsiz, e’tiborsiz tashlab qo‘yish, Metropol Imperiyaga integratsiya qilmaslik siyosati muhokama etiladi. Ostroumovning keng qamrovli va chuqur vakolatlarining oqibatlari bayon qilinadi. Inqilobdan keyin paydo bo‘lgan yangi imkoniyatlar va jadidlar ulardan qanday foydalanishga uringani ikkinchi bobda mubohasa etiladi. Shu paytgacha mavjud bo‘lgan taxmin va qarashlarga zid o‘laroq, O‘rta Osiyodagi inqilob va o‘zgarish markaz, ya’ni Moskvadan buyurilib, buyoqda faqat ijro etilgan emas, balki mahalliy musulmon elita va kadrlar ham yangicha siyosatni ishlab chiqishda, muassasalarga asos solishda, boringki, zamonaviy O‘zbekiston davlatchiligiga tamal toshini qo‘yishda muhil rol o‘ynagan ekan. Ushbu jarayonda tomonlar o‘rtasida kechgan murakkab muzokaralar, kelishmovchilik va ziddiyatlar kitobda mohirona bayon etilgan. O‘rta Osiyoda milliy delimitatsiya, ya’ni davlat chegaralarini belgilash, O‘zbekiston va Tojikiston davlat hududlarini aniqlash mavzusi 8-9 boblarda muhokama qilinadi. © Fayziddin Moʻminov | 25.09.2019 https://t.me/Akademnashr/5583

  • 22 июн.2532из Panda_books

    ​​#review #taqriz ✳️ Adib Xolid — "O'zbekiston tavalludi: ilk SSR davrida millat, imperiya va inqilob" Qo'limda so'nggi tosh qoldi, Ko'ngilda so'nggi intilmak, Ko'zimda so'nggi yosh qoldi, Kuchimda so'nggi talpinmak! (Cho'lpon) Ochig'i, so'nggi oylarda o'qigan ajoyib ilmiy-ommabop asarlarimdan biri. Adib Xolidning yangi kitobi zamonaviy tariximiz uchun burilish nuqtasi — XX asrning 10-30-yillari haqida so'z yuritadi. U paytda hali Markaziy Osiyo yagona, o'zaro chambarchas bog'liq millat-elatlardan iborat jonli organizm bo'lib, ziyoli qatlam xalq kelajagi uchun kurashga bel bog'lagandi. Asar jami 12 ta ajralmas va shu bilan birga alohida mavzularga bag'ishlangan bobdan iboratdir. Shu joyda tarjima haqida o'z iliq fikrlarimni bildirsam: kitob xuddi asl o'zbek tilida yozilgandek taassurot qoldiradi. Imlo xatolari, g'aliz jumlalardan xoli matnda mazza qilib o'tmishga sayohat qilish mumkin. Adib Xolid mintaqa tarixi to'g'risida ko'plab ishonchli manbalardan foydalanganligi undagi havolalardan ham ko'rinib turibdi. Hatto ba'zi arxiv manbalari oldin sira oshkor qilinmagan. Xullas, biz darsliklarda o'qigan tarix ushbu batafsil qo'llanma oldida hech narsa yaramasligini bildim. Kitobni o'qigan tarix ixlosmandlari O'zbekiston tarixi bo'yicha qimmatli ma'lumotlarga ega bo'ladi deb ishonaman. Asarni o'qirkanman, meni afsuslantirgan bir holat shu bo'ldiki, o'sha davrda biz jahon ommasidan naqadar ortda qolganimiz, sivilizatsiyalardan uzilib, johillik va zolimlik botqog'iga botganimizni anglash edi. Millatning atigi 3%igina ilmli ekani ham qayg'uli raqam aslida. Bizning bu g'aflati uyqumiz keyinchalik bizga juda qimmatga tushadi. Bu haqda jadid bobomiz Munavvarqori shunday degan edi: "Bizni bu g'aflat va jaholatimizdan yovrupolilar istifoda etub qoʻlimizdan hukumatimizni olg'onlari kabi kasb va tijoratimizni ham ohista-ohista olmakdadur. Oʻzimiz va millatimiz va avlodimizni muhofazati uchun tezdan ahvolimizni islohig'a sa'y va gʻayrat qilmasok, istiqbolimiz nihoyatda mushkildur". Shuningdek, muallif jadidlar faoliyati, ularning muxtoriyatga qanday intilganlari, F.Xo'jayev rahbarligida qisqa umr ko'rgan BXSR hukumati haqida o'ta qiziqarli fikr va faktlarni keltiradi. Va ushbu yorqin oxir-oqibat nima bilan tugaganini bizga hikoya qiladi. Ozodlik - juda shirin so'z, buni jadid bobolarimizchalik yaxshi tushungan insonlar bo'lmasa kerak. Jadidlar eng avvalo xalqning ma'nan ozodligi, fikr va so'zlarni erkin ifoda etish huquqi va vijdon erkinligi uchun kurashishgan. Ular hamisha Turkistonda dunyoqarashi keng, tolerant, bag'rikeng, ilmli va diyonatli millatni ko'rish umidida yashaganlar. Uzoq yillar mudrab yotgan ongimizdagi mustaqillik tushunchasini uyg'otishga esa o'z umrlarini fido qilganlar. Chunki busiz hech qanday mustaqillikka erishib bo'lmasligini yaxshi anglaganlar. Ya'ni xuddi kitobda aytilganidek: "Ong o'zgarmaguncha boshqa o'zgarishlar negiz tutmas". Yoqimli mutolaa! @panda_books

  • 22 июн.222из kitobooknigam

    ​"O'zbekiston tavalludi" "Kelaylik, insof etaylik, o'z holimizni boshqa mutaraqqiy millatlar holig'a muvozana qilaylik; to o'z tasavvurotimiz o'zumuzg'a bilmushohida ma'lum o'lub, islohg'a sa'y va harakat qilaylik. O'zimizdan so'ng keladurg'on avlodlarimiz uchun foydalik yo'llar ochib, alarni boshqa millatlarg'a qul va xodim o'lmakdan xalos etaylik. Ahvolimizni islohi esa zamong'a muvofiq ulumu fununni tahsilig'a tezdan shuru qilmak ila vujudg'a kelur" (Munavvarqori Abdurashidxon o'gli, 1905 yil) 2022 yilning eng yaxshi kitobini o'qidim. Sizga ham qattiq tavsiya qilaman. Kitobni ilmiy tahlil asosida yozilgani sezilarli holisona yondashuvligi tarixni ayniqsa o'z tarixingizni yanada chuqurroq o'rganishingizga turtki bo'ladi. Bu kitob 12 ta bir biridan ajoyib va ajralmas boblardan iborat. U bizni Chor davridan tortib qatag'on yillarigacha bo'lgan davrda qoloqlikka barham berish uchun oyoqlangan jadidlar, O'rta osiyoning madaniy ahvoli, ta'limni tashkillashtirishdagi mashaqqatlar, islohot va inqilob o'rtasida qolgan din, chegaralanish masalalarida til, millatning o'rni va mafkuraviy front haqida batafsilroq ma'lumotlar beradi. Ushbu kitobni tarihga befarq bo'lolmaganlar uchun deya olaman, shaxsan o'zim Fitrat asarlarini mutolaasini yoqtirganim va jadidlar orasida eng ko'p uni o'qiganim uchunmi bu kitobda ham asosan Fitrat va uning asarlari tahlili bilan bog'liq qarashlar, yondashuvlar menga uni boshqa tarafdan kashf etishimga qo'l keldi. "Ongdagi inqilob o'zini isloh etishdan boshlanur." Jadidlarni maqsadli harakatlarini xulosalashda fikrlarim ancha teranlashdi, Sovet hokimiyati o'rnatilishida ham olib borilgan siyosat va uni ta'sirida jamiyat qatlamlarini eng quyi tabaqasidan tortib ayollar borasida o'tkazilgan (paranji tashlash va b.) qiziq hodisalar bilan boyitilgan ma'lumotlar ham e'tiborimdan chetda qolmadi. Umuman ushbu kitob haqida ko'p gapirmasdan uni o'zingiz mutolaa qilishingizni aytgan bo'lardim. Yaxshiyam o'qidim deydigan kitoblaringiz sirasiga kiradi, ishonaman. @kitobooknigam

  • 18 июн.251из larasinsight

    Siringni hech kimga ishonmaslik haqidagi "good message" "Pashshalar hukmdori"ning (Uilyam Golding) birinchi bobida uchraydi. “You’re talking too much,” said Jack Merridew. “Shut up, Fatty.” Laughter arose. “He’s not Fatty,” cried Ralph, “his real name’s Piggy!” “Piggy!” “Piggy!” “Oh, Piggy!” ..... “You told ’em. After what I said.” His face flushed, his mouth trembled. “After I said I didn’t want—” “What on earth are you talking about?” “About being called Piggy. I said I didn’t care as long as they didn’t call me Piggy; an’ I said not to tell and then you went an’ said straight out—” (Bitta kitobni kamdan kam ikkinchi marta ochib o'qiyman. Bu safar audio shaklida eshityapman. Maroqli va oldingidan butunlay boshqacha tasavvur.)

  • 17 июн.2422из ShermatovQobiljon

    📬Yozuvchiga xat Hurmatli Qobiljon Shermatov! Yaqinda qizimga Sizning “O‘tkirjonning o‘nta o‘rdak ukasi” kitobingizni sovg‘a qilgan edim. Qizim kitobni katta qiziqish bilan o‘qimoqda. Qizim Soʻx tuman 7- son umumtaʼlim maktabining 4 -v sinfida oʻqiydi. Asardagi voqealar va qahramonlar uning e’tiborini tortib, kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi. Farzandlarimiz qalbiga yo‘l topadigan, ularni mutolaaga oshno etadigan shunday mazmunli asar yaratganingiz uchun Sizga samimiy minnatdorchilik bildiraman. Kitobingiz qizimga manzur bo‘lgani meni juda quvontirdi. Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va ijodingizga ulkan zafarlar tilayman. Yangi-yangi asarlaringiz bilan kitobxonlarni xursand qilishda davom eting. Hurmat bilan, Jamolov Dodojamol Adxamjonovich. Soʻx tuman Mulgon qishlogʻi Armugʻon koʻchasi 107-uy. Xarid: t.me/akademsavdo |+998994331677 @ShermatovQobiljon