tgindex
“Аkademnashr” nashriyoti

“Аkademnashr” nashriyoti

Статистика

“Akademnashr” nashriyotining rasmiy kanali Мutolaa qiling! Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo Tel: 99 433-16-77 Aloqa: @akademnashr_bot Manzil: t.me/Akademnashr/1461 Ish vaqti: 9:00 — 18:00 (dushanba - juma)

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
15
Всего постов
193
Тип
открытый
Язык
русский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
7 036
−2 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 055
40 постов
Вовлечённость
15,0%
к подписчикам
Постов в день
2,1
всего 193
Упоминаний
28
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
860
1/48двое суток
985
1/72трое суток
1 062

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #taqriz 📘 Pashshalar hukmdori 👤 Uilyam Golding ✍️ Muhiddin Nido Samolyot halokatga uchraydi. Bir guruh turli yoshlardagi maktab o‘quvchilari kattalarsiz, qoidalarsiz, kimsaning nazoratisiz kimsasiz orolga tushib qolishadi. Avval boshda bu bolachlarga moydek yoqib tushadi. Uy vazifalari yo‘q, uxlash vaqti bo'ldi deb birov seni majburlamaydi. Shataloq otib o'ynash uchun esa butun boshli orol ixtiyorlarida. Avval boshda hammasi yaxshi ketadi. Yetakchi saylashadi, chig‘anoqni ushlab turgan kishi so‘zlash huquqiga ega bo‘lishiga, qutqaruvchilar payqashi uchun gulxan yoqib turishga kelishib olishadi. Ammo keyin... Hammasi asta-sekin parchalanib, ibtidoiy holiga qayta boshlaydi. Golding va "Pashshalar hukmdori"ning kuchi ham shu joyda ko'rinadi. Muallif bizni yovuzlikning tashqaridan kelmasligiga, bu orolda hech qanday yovuz qahramon, maxluq yoki boshqa tahdid yo‘qligiga asta-sekin, zinama-zina guvoh qiladi. Vahima bolalarning o‘zida, uydirma va qo‘rquvlaridan kurtak otadi. Ular qo‘rqayotgan maxluq changalzorda emas har birining ichida yashayotgandi. Aslida har doim ham shunday, eng qo'rqinchlisi inson... Mening, o‘zimning mana shu "madaniylashgan" qiyofam va ichimdagi ibtidoiy qorong‘i kuchlar o‘rtasidagi chegara qanchalik nozik? Ular qanchalik bir-biriga yaqin joyda turibdi? Hech kim kuzatmayotgan, hech qanday qonunlar amal qilmaydigan va hech qanday oqibatlar tahdid solmaydigan vaziyatda mening qadriyatlarim evriladimi yoki yoʻqmi? Kitobdagi vaziyatga tushsam ularga nima bo‘ladi? Sizni shu savollar haqida, ularga aniq javobingiz boʻlmasa-da javoblar haqida oʻylashga majbur qila olishining oʻzi asarning eng katta missiyalaridan biri bajarilganining belgisi boʻlsa ajabmas. Bu romanni nega oʻzbeklar ham oʻqishi kerak oʻzi? Axir u "britaniyalik" yoki "g‘arblik" bolalar haqida emasmi? Bizga nima? Yoʻq, bu kitob butun insoniyat haqida. Va undagi oʻrtaga qoʻyilgan savollar har qanday madaniyat chegarasidan oshib o‘ta oladi. Biz bo‘linishlar, to‘da bo‘lib fikrlash va dononing ovoziga emas, eng baland baqirganning ovoziga ergashtiruvchi vasvasalarga boy zamonda yashayapmiz. O‘z qadriyatlari, qonunlari va ijtimoiy tuzilishi haqida jiddiy qayg‘uradigan xalq uchun bu kitob haqiqiy ko‘zgu desak boʻladi. Faqat shu koʻzguga boqqanimizda uyatsizlarcha bezrayib turmasak bas... ➡️@qora_yigit ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 ✈️ akademnashr.uz 🍇 Uzum Market 📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40. 📘 @akademnashr

  • 📘 “Montessori go‘dak” 📺 4+gurung ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 ✈️ akademnashr.uz 🍇 Uzum Market 📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40. 📘 @akademnashr

  • 12 авг.1 00318

    📘 “Hessening so‘nggi muhabbati” qissasi yozilishiga asosiy sabablar... 🎙 Mirzaali Akbarov 📹 To‘liq suhbatni tomosha qiling. ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 ✈️ akademnashr.uz 🍇 Uzum Market 📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40. 📘 @akademnashr

  • 12 авг.1 056218

    #youtube #suhbat Osamu Dazaining “Botayotgan quyosh”, “Insonlikdan mahrum odam”, “Olcha” kabi asarlarini yapon tilidan o‘zbek tiliga o‘girgan tarjimon Zumrad Gaffarova bilan intervyu qilamiz. Savollaringizni ushbu post izohlar qismida yozib qoldiring. Suhbat davomida sizning savollaringizga ham javob olamiz. 📋Tarjimonlar bilan suhbatlarimiz: ▶️Ibrohim G‘afurov ▶️Sharifjon Ahmad ▶️Abduvohid Hayit ▶️Gulnoz Nabiyeva ▶️Mirzaali Akbarov 📘 @akademnashr

  • #taqriz 🍂🍂Osamu DAZAI 🍂🍂«Botayotgan quyosh» ✍️ Nurali Qahramon Tanazzul, bu shunchaki oddiy, jimjimador yoinki fusunkor arabiy so‘z emas. Mohiyatan ma'lum bir erishilgan bosqichning o‘limini, ortga chekinib butkul barham topishini ifodalovchi anglam. Yaqinda Tomass Mannning Budderbroklar romani o‘qir chog‘i ham shul tanazzul bilan yuzlashgandim. Yillar burun sevimli asarim qahramoni Skarlet O'haraning qadoq qo‘llariga termulib, paxta dalalarida sigiri qolib o‘zi omoch tortishida ham yonida jim turib his qilganman. Mazkur asarlar bir oilaning, jamiyat asilzodalar deb biluvchi oilalarning tanazzuli haqidagi romanlardir, jumladan «Botayotgan quyosh» ham shular safida. «Botayotgan quyosh» asariga munaqqidlar Ikkinchi jahon urushidan so‘ng yapon asilzoda oilalarining tanazzuli mohirona aks ettirganligi uchun ham yuqori baho berishadi. Aslidachi? Aslida Yaponiya atalmish kun chiqar yurtning olis muzofotida yashovchi dovrug‘dor-u tavondor otaning sakkizinchi farzandi bo‘lmish Tsushima Shujida yillar oldinoq, muhorabalar-u janglardan, hokimiyat o‘yinlari-yu, xudolik da'volaridan voz kechilmasidan burun ilk bor Osamu Dazai taxallusi ostida kichik hikoyasini nashr ettirganida ham kelajakni oldindan ko‘ra olganida edi. Asar qahramonlaridan biri Naoji go‘yo Dazaining oynadagi aksi, nafisllikka o‘ralgan chirkinlik o‘pqoni hisoblanuvchi asilzodalikning timsoli. Giyohvand-nashavand, aroqxo‘r-piyanista, hamda ashaddiy xudkush. Muhabbatiga hatto barmog‘i bilan ham tegishdan cho‘chib, o‘rniga dunyodagi jamiki gunohlarni qilishga tayyor odam. Qahramonning asar so‘ngida opasiga yozgan xatidan ma'lum bo‘ladiki, asli asilzodalik yuki, asilzodalik berguvchi imkoniyat-u zarofatlardan ham chandon og‘ir hamda mushkul ekanligini... Romanda yana ona timsoli bor, turmushdan ajragan va boshqa bir erkakdan bolali bo‘lishni istayotgan opa timsoli bor, farzandlari qasosini olish ilinjida kelmish ilon timsoli bor, yapon xalqining mushtarak orzularini jamlagan og‘ochlar timsoli bor hamda yangi chiqqajak kunning bashorati o‘laroq botayotgan quyosh timsoli bor. Bir yoqdan yengil o‘qiladigan, sodda satrlar qa'riga Dazai butun boshli millat taqdiri-yu, kelajagini mohirlik bilan yashira oladi, zakiy-mi oddiymi, farqi yo‘q, istalgan o‘qirman asarni jon dilidan, sevib o‘qiydi. Klassik asarni klassik qiladigan belgi bormi? Hoshimovda Kimsan yurtut yeyar chog‘i pomidor yeyapti deganda Robiyaga qo‘shilib kulish, Feride singari injiqliklari limo-lim qizga Kamrondek oshiq bo‘lish, Kamyuning begonasidek yo‘qlik domiga tushish, Kafkaning suvaragiga evrilish, Knyaz Mishkin yangliq soddalikning mukammal namoyishidan hayratga tushish yoxud Tolstoy iqrornomasida, Kavabata nozaninlarida, Markes jononlarida tan olmish ishrat-u shahvat kechalarida aslida nimani his qilishganini ochiqlashganida, ma'naviyat bilan qo‘shog‘liq o‘zbek ham har bir qahramonni ich-ichdan his qilish emasmikan klassik asarning belgilaridan biri?! O‘qirman Dazaining har bir qahramonini, hatto daraxtidan tortib kiygan kiymiga qadar jon tomiridan o‘tkazib o‘qiydi. Asarni o‘qish payti, qaniydi manovi tanish ham shu asarni o‘qisa o‘zini ko‘rgan bo‘lardi, bunisi ham o‘qisa bo‘larkan, anovi o‘qisa yaxshiroq asar yozishni boshlab qolar deya-deya, oxiri Dazai janoblari qarshimda ko‘zgu tutib turganliklarini ham sezmay qolipman. Shunday, bu asardan so‘ng tilingizdan ancha vaqt mazasi ketmaydi. Shu sabab ham sizga ilindim. @nuraliqahramon ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40. 📘 @akademnashr

  • видео или голосовое, без подписи

  • 11 авг.1 0112

    видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 11 авг.795182из bolalarkontentiuz

    #bolalar_uchun #bolalar_adabiyoti ▪️ Markazda “Milliy madaniyat ensiklopediyasi” ijodkorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi Maktabga tayyorlov va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan ushbu loyihada bolalarga ozodalik, ezgulik, tabiat va hayvonot olamini asrab-avaylash kabi fazilatlar o‘z aksini topgan. Hamkor: Madaniyat vazirligi Loyiha rahbari: Sanjar Nazar Nashriyot: “Akademnashr” 📌 Muloqotda bugungi tezkor zamonda bolalar uchun madaniyat ensiklopediyasi tuzishning mas’uliyati, bir qarashda oddiy, ammo kundalik hayotda o‘ta muhim bo‘lgan foydali ko‘nikmalarni ta’sirchan badiiy yechimlar bilan boyitish masalalari ko‘rib chiqildi. Ayni damda loyiha dizayn va sahifalash bosqichida. 📱 Telegram | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 X

  • #qayta_nashr 📘 Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin Shveysariyalik yozuvchi Jianna Molinari 2018-yili “Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin” asari uchun nufuzli Robert Walser Prize mukofotiga sazovor bo‘lgan. Zamonaviy adabiyot namunalari ichida o‘rni, e’tirofi, bahosini topgan mazkur asarni “akadem•nasr” ruknida hukmingizga havola etamiz. Kitobni o‘qib, bizga nima muhim, nima o‘tkinchi, ahamiyatsiz ekanini anglaymiz. Har kimning umidi, ilinji, dunyosi bo‘lak ekanini yaqqol fahmlaymiz. Boshqa xulosalarni esa o‘zingizga qoldiramiz. 📖 Fragment va mundarija 🟠Muallif: Jianna Molinari ⚫️Tarjimon: Gulnoz Nabiyeva 🟠Muqova: qattiq ⚫️Hajmi: 192 bet 🟠Narxi: 55 000 so‘m ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 ✈️ akademnashr.uz 🍇 Uzum Market 📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40. 📘 @akademnashr

  • 11 авг.1 425285

    Nega Osamu Dazaining “Botayotgan quyosh” kitobi nashr etildi? 🎙 Sanjar Nazar ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 ✈️ akademnashr.uz 🍇 Uzum Market 📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40. 📘 @akademnashr

  • 10 авг.1 071245

    #qayta_nashr 📘 Xandaq 📖 Fragment va mundarija “Xandaq” – o‘ta og‘ir va mudhish asar, uni endigina o‘qib tugatgan o‘quvchini chuqur tushkunlik chulg‘ab olishi tayin. Mabodo kitobxonning xuddi shu onlardagi ruhiy holatini fizikaviy quvvatga aylantirish imkoni bo‘lsami, tevaragimizda amalda bo‘lgan mavjud olam tartibini darhol bekor qilib, g‘am-anduh va kulfat-u qayg‘ulardan xoli yangi zamon va yangi olamni joriy etish lozim bo‘lar edi. (c) Iosif Brodskiy ⚫️Muallif: Andrey Platonov 🟠Tarjimon: Sharifjon Ahmad ⚫️Muqova: qattiq 🟠Hajmi: 216 bet ⚫️Narxi: 55 000 so'm ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 ✈️ akademnashr.uz 🍇 Uzum Market 📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40. 📘 @akademnashr

  • 9 авг.1 139507из akadem_nasr

    O‘zini zodagon qilib ko‘rsatish – asilzodalikka mutlaqo aloqasi bo‘lmagan, shunchaki tuban bir maqtanchoqlik. Botayotgan quyosh Osamu Dazai

  • 7 авг.1 566136

    #yangi_video Tarjimon va yozuvchi Mirzaali Akbarov bilan youtube sahifamizdagi “Muallif minbari” rukni doirasida suhbatlashdik. Suhbatni tomosha qilish davomida siz ⏺️tarjimonimizning nemis tiliga qanday mehri tushib qolgani; ⏺️Herman Hessening muxlisiga aylanishi; ⏺️Hesse yashagan uyga sayohati; ⏺️“Hessening so‘nggi muhabbati” asarining yozilish tarixi va sabablari; va boshqa ko‘plab qiziqarli voqealar bilan tanishasiz. 📺 Tomosha qiling: https://youtu.be/-CPpM7RhIG8?si=BtV-NFtQ4TUc7wcL Barcha fikr, taklif va savollaringizni video izohlar qismida yozib qoldiring. 📘 @akademnashr

  • 7 авг.1 5183114

    #yangi_nashr #sotuvda 📘 Botayotgan quyosh 📖 Fragment va mundarija Yapon adabiyotining atoqli vakillaridan biri bo‘lmish Osamu Dazai asarlarida inson ruhiyatining qorong‘i tomonlari, kunchiqar yurt vakillarining o‘ziga xos ichki olami, jamiyatdagi nozik munosabatlar mahorat bilan ochib beriladi. Adibning sodda va ravon tili, tasvir mahorati kishini hayratga soladi. Ushbu kitobga adibning “Botayotgan quyosh”, “Insonlikdan mahrum odam”, “Olcha” nomli asarlari kiritilgan. 🇯🇵 🇺🇿 Kitob yapon tilidan tarjima qilindi. ⚫️Muallif: Osamu Dazai ⚫️Tarjimon: Zumrad Gaffarova ⚫️Hajmi: 264 bet ⚫️Muqova: qattiq ⚫️Narxi: 65 000 so‘m ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40. 📘 @akademnashr

  • 7 авг.1 213245

    #qayta_nashr 📘 Harper Li: Tasbeh daraxti soyasida Mazaxchini o‘ldirish — 2 Amerikalik taniqli yozuvchi Harper Li ushbu asarida “Mazaxchini o‘ldirish” romanidagi qahramonlari haqidagi hikoyasini davom ettiradi. Oradan yillar o‘tgan, ilgari bola bo‘lganlar ulg‘ayishgan, katta yoshlilar keksayishgan. Ularning dunyoqarashi ham o‘zgargan. Bu ajoyib asar adabiyot muxlislariga chinakam sovg‘a bo‘lishiga ishonamiz. 📖 Fragment va mundarija ⚫️Muallif: Harper Li 🟠Tarjimon: Shohrux Usmonov ⚫️Muqova: qattiq 🟠Hajmi: 312 bet ⚫️Narxi: 65 000 soʻm ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40. 📘 @akademnashr

  • 6 авг.1 348241

    🎬 “Hesseni ustozim deyman” 🎙 Mirzaali Akbarov ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 📘 @akademnashr