- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 621
- 1/48двое суток
- 711
- 1/72трое суток
- 767
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Avraam oldiga qonga belangan Moshe yugurib kelibdi: - Avraam, qochdik bu yerdan... Pogrom boshlandi, olomon yahudiylarni tutib uryapti. Avraam: - Bizga nima, biz pasport bo‘yicha rusmiz-ku. Moshe: - Ey ahmoq, pasportga emas, yuzinga qarab tushurishyapti. Prezident Administratsiyasi mansabdorlariga deputat va sudyalar tushida ko‘rmagan dahlsizlik va immunitet berilganini ko‘rib, shu anekdot esimga tushib ketdi. O‘zbekistonda kimnidir urgisi kelib qolsa, hech qachon pasport, Konstitutsiya yoki Qonunga qarab o‘tirishmagan.
Prezident Administratsiyasi haqidagi qonunga negativ munosabat bildirilgan yoki shunchaki qonun noqulay joylaridan (masalan, Administratsya mansabdorlariga hatto deputat va sudyalarda yo'q dahlsizlik va immunitet berilgani haqidagi) iqtibos keltirilgan postlar o'chirilyapti. Mana shu skrinshotda nima bor edi, o'chirtiriladigan?
O‘smirlar ijtimoiy tarmoqlarda xuddi to‘liq stavkada ishlaydigan xodimnikiga teng miqdorda vaqt o‘tkazmoqda. Qizlar ijtimoiy tarmoqlarga haftasiga 35 soatdan ortiq vaqt sarflashmoqda, o‘g‘il bolalar ham ulardan qolishmaydi. Agar bu hol shunday davom etsa, o‘rtacha o‘smir o‘z hayotining 10 yildan ortiq vaqtini dumskrollingga (maqsadsiz kontentni to‘xtovsiz ko‘rishga) sarflaydi. Bu qanday oqibatlarga olib kelishi esa "Behalovat Avlod" kitobida batafsil yoritilgan.
Özbekistonda PhD'lar soni 15,5 ming nafarga yetibdi. Fan doktorlari esa 5 ming nafarni taşkil etgan. ...şulardan loaqal ming nafari fil suyagidan yasalgan qal’aga çekinmay, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlarni baholi qudrat şarhlab turganda edi. Essiz şunça intellektual kapital.
Millatning otasimi, xizmatçisimi? Amaldorlarning çiqişlarini diqqat bilan kuzatsangiz, özbek jamiyatining buguni va kelajagi haqida köp qiziq xulosalarga kelasiz. Masalan, quydagi uç kiçik epizodni olaylik. 1. Prezident Administratsiyasida diniy siyosat uçun mas’ullardan biri bölmiş Muzaffar Komilov Islom Sivilizatsiyasi markazidagi tadbirda şunday degandi: Faqat davlat tomonidan emas, jamiyat ham harakat qilişi kerak. Jamiyat tayyor bölmasa, davlat heç qaçon yöl qöymaydi, jamiyatda pala-partişlik bölişini, men buni rasmiy odam sifatida aytyapman. Davlat kuçli, davlatning kuçi yetadi. Lekin jamiyat manfaatlari uçun jamiyatga yon bosyapti davlat, bu juda katta narsa, şuning uçun ham Islom Sivilizatsiya markazi qurilyapti, şuning uçun ham masjidlar qurilyapti. Asta-sekinlik bilan, jamiyatni tayyorlab işlansagina töğri yöl böladi. 2. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikerining örinbosari Alişer Qodirov Halqaro Paktlar va Konstitutsiyaga zid ravişda diniy senzurani qonuniylaştirgan normani kiritilganini "musulmonlarni xristian missiyonerlardan himoyalaş" bilan izohlabdi. 3. Qaysidir mayda amaldorça fuqaroga "sen men, ya’ni davlat bilan öynaşyapsanmi? Seni oyoğimning ostiga olaman hali" deb katta ketyapti. Bu uç epizodni boğlab turuvçi unsur amaldorlarning sözi va harakatidan yaqqol ufurib turuvçi paternalistik kayfiyatdir. Paternalizm (otaliq) — göyoki şaxs yoki guruhning manfaatini közlab, uşbu şaxs yoki guruhning erkinligi yoxud mustaqilligini uning irodasiga zid ravişda çeklaş siyosatidir. Paternalistik kayfiyatlar hukmron (odatda, qoloq) jamiyatlarda elita öz siyosatini tarğib etiş yoki oqlaş uçun "bir oila bölmiş millat" majozidan faol foydalanadi. Bu majozning markazida esa "mehribon, lekin qattiqqöl ota" modeli turibdi. Ya’ni, amaldor özini xalq xizmatçisi emas, "hali tayyor bölmagan, asl manfaatini farqlay olmaydigan" jamiyatda "ota örniga ota" sifatida köradi. "Qattiqqöl ota" modeliga köra: - ota oilaning farovonligi uçun mas’ul, şuning uçun oilaviy siyosatni belgilaşga töliq va çeklanmagan vakolatga ega. - ota farzandlariga haromni haloldan ajratişni örgatadi, kerak bölsa, taqiqlaş va jazolaş orqali. - ota farzandlariga öz sevgisini ba’zida körsatib turadi, lekin farzandlarni ja taltaytirib yuboriş ham joiz emas. "Xipçinni ayasang, farzandni yöqotasan". Bu modelda eng katta fazilat itoatdir, çunki itoat etgan millat ertami-keçmi donişmand hukmdor rahbarligida Navbatdagi Renessansga qadam qöyadi. Eng katta gunoh esa itoatsizlikdir, çunki bu oilada fasod çiqaradi, va alaloqibat parokandalikka olib keladi. Bir qaraşda çiroyli va silliq model, bekorga Konfutsiy ham davlatni oilaga öxşatmagan. Otang yaxşi bölsa, berdi Xudo, yomon bölsa, urdi Xudo deganlaridek, amaldor sinfi ma’rifatparvar, islohotparvar bölsa, maylin-u, ammo, lekin, biroq…Millatini badavlat qilgan har bir Lee Kuan Yew’ga öz qabilasini hor qilgan 99 ta Kongolik Mabutular töğri keladi-da. Sovet halqining otasi Stalin ölişi bilanoq uning qilmişlarini oşkor qiliş davri boşlangan edi (Nikita Hruşyovning yopiq dokladi «О культе личности и его последствиях»). Foş etilgan dahşatli faktlardan ta’sirlangan şoir Aleksandr Galiç şunday yozgan edi: "Оказался наш Отец (Сталин) Не отцом, а сукою..." Xullas, özbek jamiyati "siyosiy idora işlarimizni qanday taşkil etsak, zolim yoki noqobil amaldorlar millatga iloji boriça kamroq zarar yetkazişi mumkin” degan savolga javob berişi şart. Kun tartibimizdagi asosiy masalalardan biri ham şu bo'lib turibdi.
Rasmiy Islom
Olimning gapi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori Nizomiddin Mahmudov alifbo islohoti masalasiga munosabat bildirdi. Bu olim, ustoz va ko‘p yillardan beri alifbo islohoti bo‘yicha ilmiy va ishchi guruhlar rahbari bo‘lib kelayotgan, ya’ni shu sohaning eng yetuk mutaxassislaridan birining izohlari ekani bilan ham alohida ahamiyatli. Ekspertlarga quloq solish kerak, birinchi navbatda. Hamma sohada, jumladan alifbo masalasida ham. O‘qib chiqishni tavsiya qilaman. https://www.gazeta.uz/uz/2026/07/31/alphabet/ @shahnozxon
Kitob savdosi bilan shugʻullanuvchi doʻkonlar (bularning orasida kitob nashri va savdosiga ixtisoslashgan yirik tarmoqlar ham bor) bir qiziq - va absurd - holatdan shikoyat qilishmoqda. Ularning aytishicha, kitob doʻkonlarini vaqti-vaqti bilan maxsus tekshiruvchilar tekshirib, ozgina diniy mazmundagi (yoki shunga yaqin) gap chiqqan har qanday kitobni "diniy mazmundagi adabiyot" deb musodara qilishar va doʻkonga katta jarima qoʻllashar ekan. Vaziyatning absurdligini koʻrsatish maqsadida kitoblar savdosi bilan shugʻullanuvchi bir doʻkonlari tarmogʻi yaqinda uning doʻkonidan Rumiy kitoblari olib chiqib ketilganini misol sifatida keltirdi.
Buxoro amirligida eng qisqa anekdot musobaqasi ötkazilibdi. Anekdotning 4ta şarti bor ekan: 1) Unda seks mavzusi kötarilişi kerak. 2) Unda intriga (sir) bölişi kerak. 3) Anekdot diniy politsiya senzurasidan ötmasligi kerak. 4) Anekdot siyosiy politsiya senzurasidan ötmasligi kerak. Quydagi anekdot birinçi örinni olibdi: “Ey, Xudoyim, men homiladorman, faqat kimdanligini bilmayman” deya yiğlab yuboribdi malika. Butun zavqni ödirib, anekdotni tahlil qilişdan yomoni yöq, lekin Buxoro amirligidagi tarixiy kontekstdan bexabarlar uçun tahlil: 1- va 2- şartlarni tahlil qiliş şart emas. Amirlikda “Ey, Xudoyim” diniy kontent hisoblanganligi uçun diniy politsiya senzurasidan ötmabdi (3-şart). Amirlik va qirolliklarda odatda qirol oilasini muhokama qiliş taqiqlanganligi bois “malika” sözi deb anekdot siyosiy politsiya senzurasidan ham ötmabdi.
Fransiyada 15 yoshgacha bollalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanibdi. Shuningdek, 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar internetda o‘tirishini cheklash maqsadida "raqamli komendantlik soati" joriy etilarmish. Siz ham bolangizga shularni taqiqlang. O'zi, bugungi kunda ota-onaning asosiy vazifasi bolaga miyaning old po‘stlog‘i* (prefrontal korteks) sifatida xizmat qilish bo'lib qolgan. To bu qism bolaning o'zida shakllanmaguncha. * Prefrontal korteks- peshona bo‘laklarining oldingi qismida joylashgan miyaning qismi bo‘lib, u rejalashtirish, qaror qabul qilish, o‘z-o‘zini nazorat qilish va ijtimoiy xulq-atvorni boshqarish kabi oliy kognitiv funktsiyalarga javobgardir. Odatda 25 yoshlardagina to'la shakllanadi. "Behalovat avlod" kitobidan....
Abdulahadxonga achindim.
Tilshunoslar 41 xorijiy atamani o’zbekchaga tarjima qilishibdi. Ba'zilari juda mos tushgan. Hususan, menga yoqqanlari: Бренд ➔ Xosnom Дедлайн ➔ So'ngmuddat Декорация ➔ Sahnabezak Распродажа ➔ Arzonsotuv Суфлёр ➔ Shivirchi Эможи ➔ Hisbelgi 1000Kitob va Farengeyt Press loyihalari doirasidagi tarjimalarda jamoamiz ham bir necha "yopishgan" muqobilliklarni yoki yangi so'zlarni iste'molga kiritgan edi. Eslaganim: domination - tahakkum conservatism (mafkura) - muhofazakorlik vicious and virtuous cycle - fosid va fozil doira helicopter parenting - parvona tarbiya antifragile - zarbatob. Ha aytgancha, AI'ni "sun'iy intellekt" emas, "sun'iy idrok" deb tarjima qilsak bo'lardi, lekin endi kechmi deyman.
🇺🇿 Erkin fikrlaydiganlar uchun Jamiyatni nima birlashtiradi? Iqtisodiyot va siyosatni ajratish mumkinmi? Nega ayrim g‘oyalar rivojlanadi, boshqalari esa yo‘qoladi? "NmaGap" loyihasining Bu galgi mehmoni — iqtisodchi, auditor, biznes maslahatchisi va bloger Jamshid Muslimov. Suhbat davomida iqtisodiyot, jamiyat, ta'lim, falsafa, milliy o‘zlik, kitob mutolaasi, zamonaviy texnologiyalar, sun'iy intellekt, neojadidlar,haqiqatni aytishning mas'uliyati va bugungi dunyoda insonni o‘ylantiradigan yana ko‘plab muhim mavzular haqida ochiq va samimiy fikr almashdik. 📹 Endi esa YouTubega o'tamiz: 👉 https://youtu.be/8H04c5xZj_k 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat YouTube | Instagram | TikTok
Адиб Халид - Создание Узбекистана. Нация, империя и революция в раннесоветский период В своей книге «Создание Узбекистана» профессор истории Карлтон-колледжа (США), ведущий специалист по Центральной Азии Адиб Халид рассматривает непростые взаимоотношения узбекской интеллигенции, местных большевиков и Москвы. Для автора новое узбекское общество – не просто результат Октября, но и итог реализации национального проекта, возникшего задолго до 1917 года. А культурная революция оказывается вовсе не только – и не в первую очередь – социалистической, но и в существенной степени мусульманской. O'zbek tilida Akademnashrdan sotib olishingiz mumkin.
Alifbo takomillashayotgan ekan. Birato'lasi, X va H harflarini ham qo'shib yuborishmabdi-da. Lekin, hechdan ko'ra, kech. Shunisiga ham shukr. Men bu islohot Yangi O'zbekistondan keyin keladigan Yap-yangi O'zbekistonda sodir bo'ladi deb o'ylagan edim.
Gap jurnalistika haqida ketar ekan, Reuters institutining yangi Digital News hisoboti chiqibdi. Unda ba'zi e’tiborga loyiq xulosalar keltirilgan. Hususan: 1. Ijtimoiy media va videoservislar yangilik saytlari hamda ularning ilovalarini uzil-kesil ortda qoldirmoqda. Ya'ni, odamlar xabarlarni (saviyasiga qarab) shartli Bakirovdan yoki Shopirlar TG kanalidan olyapti, Gazeta yoki Kunuzdan emas. TV mutlaq outsayderlardan biriga aylandi. Bizda uni Prezident Apparatidan boshqa hech kim ko'rmasa kerak. 2. Sun’iy intellektga asoslangan chat-botlar yangiliklar iste’molida vositachi o‘rnini egallamoqda 3. Onlayn video yangiliklar iste’molining asosiy formatiga aylanmoqda 4. Video formatni birinchi bo'lib professional media emas, inflyuenserlar o‘zlashtirdi 5. Yangiliklarga qiziqish pasayib bormoqda 6. Odamlar OAVga ishonmaydi. Xabarlarga ishonch kuzatuvlar tarixidagi eng past darajaga tushdi 7. Odamlar xabar o'qish uchun pul to'lashni istamayapti. Ya'ni, obunaga asoslangan tirikchilik modellari inqirozda. 8. Odamlar yangiliklarda xolislik saqlanishini talab qiladi, biroq ziddiyatli masalalarni xolis yoritishga urinish odamlarga yoqmaydi.
Haqiqatdan ham unikal kontent chiqibdi:). O'zbek OAV ham tahminan shunday ishlayapti.
Adib Xolidning “Oʻzbekiston tavalludi” kitobi qayta nashrdan chiqmoqda. Kitobning 1-nashri tez sotilmadi, ammo sotilib tugagach, unga juda katta talab paydo boʻldi. Afsuski, turli sabablarga koʻra, tezda qayta nashr qilishning imkonini topolmagandik. Asar zamonaviy Oʻzbekistonning shakllanish tarixi haqidagi eng nufuzli ilmiy tadqiqotlardan biri hisoblanadi. Taniqli olim unda XX asrning birinchi yarmida kechgan siyosiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarni keng arxiv materiallari hamda zamonaviy tarixshunoslik metodologiyasi asosida tahlil qilib, Oʻzbekiston milliy davlatining vujudga kelish omillarini xolisona yoritadi. Asar sovet modernizatsiyasi, millat qurilishi va milliy oʻzlikning shakllanishiga doir ilmiy bahslarda muhim oʻrin tutadi hamda xalqaro akademik muhitda eng koʻp keng iqtibos keltiriladigan manbalardan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston tarixi, millatchilik va davlatchilik masalalarini chuqurroq anglashni istagan tadqiqotchilar, talabalar va keng kitobxonlar uchun mazkur kitob muhim ilmiy manba boʻlib xizmat qiladi. Sotuvdagi narxi 150 000 soʻm boʻladi. Ammo 5-iyulgacha oldindan buyurtma qilib, 20% chegirma bilan 120 000 soʻmga xarid qilishingiz mumkin. Buyurtma berish: t.me/akademsavdo
Vladimir Voynovichning "Moskva 2042" antiutopiyasini o'qib o'tirgandim, shu (hazilomuz) fikrni ko'rib qoldim. Aslini olganda, mening soqol haqida butun boshli bir tadqiqotim bor, uni istagan kishi dunyoning deyarli har qanday kutubxonasidan topishi mumkin. Kutubxonaga borishga eringanlar uchun qisqacha tushuntirib o‘taman. Menimcha, soqol ilg‘or g‘oyalar va ta’limotlarni yoyishda hamda qalblarni zabt etishda juda muhim rol o‘ynaydi. O‘ylaymanki, agar Marksning soqoli o‘z vaqtida, hatto majburlab bo‘lsa-da, qirib tashlanganida, marksizm hech qachon ommani o‘ziga ergashtira olmagan bo‘lardi. Lenin, Kastro, Xumayniylar ham soqolsiz holda inqilob qila olmasdilar. Albatta, u yoki bu mamlakatda hokimiyatni egallash yoki hududlarni zabt etish ba’zan mo‘ylovdorlarga va hatto mo‘ylovsizlarga ham nasib etgan. Lekin hali birorta ham soqolsiz odam payg‘ambar sifatida tanilgan emas. Ana, soqolga qarshi nega kurashilyapti degan savolga ham more or less ratsional javob topdik: ular aslida soqolga emas, inqilobiy g'oyalarga qarshi kurashmoqda.
Fikrimcha, siyosatimizda biror ijobiy o'zgarishning ilk alomati haydovchilik ahloqimizdagi o'zgarishlar bo'ladi. Haydovchilar (va piyodalar) o'rtasidagi o'zaro hurmat, birdamlik va yo'lda birovni haqqini yemaslikdan durust davlat arboblarigacha bir qadam. — Bomdodni o‘qib bo‘lganimdan keyin yuklarimni bir aravaga ortib, aravakashdan iltimos qildim. — Bu shaharga birinchi bor kelishim, past-balandini bilmayman, meni biron saroyga olib borib qo‘ysangiz — deb iltimos qildim aravakashdan. — Juda yaxshi,— dedi-da, yo‘lga tushdi. Bozorning o‘rtasida aravamiz to‘xtab qoldi. Men manzilga yetib keldik, deb o‘ylabman. Yuklarimni olib tushmoqchi edim, u. — Hali kelganimizcha yo‘q,— dedi. — Bo‘lmasa nega to‘xtab turibmiz?—dedim. — Ro‘paramizdan ham arava kelyapti,— dedi aravakash. Foytundan tushdik. Ikki-uchta arava va foytun biz bilan yuzma-yuz bo‘lib to‘xtab qoldi. Yo‘l tor, o‘tish juda mushkul edi. — Nima qilamiz? — Bir tomonning aravalari yo‘lning picha kengroq joyigacha tisarilib borishlari kerak. Men: Keng yo‘l qaysi tomonda? Aravakash: Har ikkala tomonda ham bor. Men: Biz bilan yuzma-yuz bo‘lganlar nega orqaga yurmaydilar? Aravakash: Or qiladilar. Men: Bo‘lmasa sizlar orqaga yuringiz. Aravakash: Nima, bizda oriyat yo‘qmi?