📚 Madina Musayeva 🎧
СтатистикаАудиокитоблар, шахсий фикрлар. 📺 https://www.youtube.com/c/Madnifique 🦅 https://twitter.com/bookclubuz ⚠️ Аудиокитобларни бўлишишда Мадина Мусаева суҳандонлиги ва @madnifique канали айтиб ўтилсин, монетизация тақиқланади. 🌃 Торонто
- Последний пост
- 1 февр.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
Kecha X tarmogʻidagi BookClub sahifasida Farengeyt Press nashriyoti chop qilgan "Behalovat avlod" kitobi muhokamasi boʻlib oʻtdi. Muhokama nashriyot vakillari nega nashr uchun bu kitob tanlangani va kitobdan olgan taassurotlari haqida , gapirib berishdi, shuningdek, kitobda koʻtarilgan masalalar va ularning Oʻzbekiston uchun yechimlari boʻyicha fikr almashdik. Muhokamada qatnasha olmaganlar muhokama audiosini BookClub sahifasida tinglashlari mumkin. Va "Behalovat avlod" kitobini hali oʻqimagan boʻlsangiz, albatta oʻqing - har bir ota-ona oʻqishi mumkin boʻlgan kitob. Kitobni "Qamar" doʻkonidan va boshqa kitob doʻkonlaridan topish mumkin. BookClub'ning anʼanaviy kitob muhokamalari esa davom etadi. Fevral oyi uchun tanlangan kitob jahon adabiyotining muhim asarlaridan, Nobel mukofoti sovrindori Goldingning "Pashshalar hukmdori" asari. Kitobni yaqinda "Akademnashr" oʻzbek tilida chop qildi. Kitob muhokamalariga qoʻshiling!
Barchangizni “Behalovat avlod” kitobi yuzasidan bo‘lib o‘tadigan audiochatga taklif qilamiz. 🎙 Suhbat ishtirokchilari: — Madina Musayeva (moderator) — Mahin’s World — Farengeyt Press nashriyoti bosh muharriri Xurshid Yo‘ldoshev — Nashriyot jamoasi — @bookclubuz a’zolari va boshqa kitobxonlar Kitobni o'qigan, mavzu yuzasidan o'z fikr-mulohazalaringiz bo'lsa, albatta ishtirok eting, xursand bo'lamiz. 👉 https://x.com/bookclubuz/status/2016544231771218366?s=20 🗓 31-yanvar, shanba ⏰ 21:00
Jamiyatni oʻzgartiradigan kitoblar | Sigma Podkast Navbatdagi podkastimizning qahramonlari bu — @farengeyt_press nashriyoti. Ushbu nashriyot ijtimoiy tadbirkorlik loyihasi bo'lib, daromad qilishni o'zining asosiy maqsadi sifatida belgilamagan. Nashriyot qisqa muddatda bolalar va o'smirlar uchun "Boshlang'ich saboqlar" turkumi ostida 3 ta kitob nashr qilishga ulgurdi. Shuningdek, hozirda so'nggi yillarning mashhur kitoblaridan biri "The Anxious Generation" tarjimasi ustida ishlamoqda. Tomosha qiling: https://youtu.be/1ilODVvh8c0
📚 Sotuv boshlandi! Farengeyt Press’dan katta yangilik! Endi siz Buyuk Britaniyaning mashhur Usborne nashriyoti chop etgan “Boshlang‘ich saboqlar” (For Beginners) turkumidagi uchta kitobni o‘zbek tilida birinchilardan qo‘lga kiritishingiz mumkin: 💵 Pul – Boshlang‘ich saboqlar Pul nima? U qayerdan keladi va qanday ishlaydi? Bu kitob o‘smirlar uchun moliyaviy dunyoni sodda, qiziqarli va hayotiy misollar bilan tushuntiradi. ⚡️ Fizika – Boshlang‘ich saboqlar Nega osmon moviy? Nega kema cho‘kmaydi? Yer nega aylanishdan to‘xtamaydi? Harakat, energiya va koinot sirlarini oson tilda tushuntiruvchi qo‘llanma. 🌱 Biologiya – Boshlang‘ich saboqlar Hayot qanday ishlaydi? Inson tanasi, o‘simliklar va hayvonlar olami qanday uyg‘unlikda yashaydi? Javoblar — shu kitobda. 👉 Buyurtma berish uchun: Biologiya: boshlang’ich saboqlar Fizika: boshlang’ich saboqlar Pul: boshlang’ich saboqlar Ulgurji xarid uchun: 📞 +998 90 999 18 19 📩 info@farengeyt.press Shuningdek, ushbu kanalga DM orqali ham murojaat qilishingiz mumkin.
Usborne "Boshlang'ich saboqlar" turkumidan kitoblarimizning ilk uchtasi Istanbuldagi "Megabasim" matbaasida bosilmoqda. Bularning ilk nishona nusxalari ham qo'limizga yetib keldi. Qattiq muqovada, yuqori sifatda chop etilmoqda. Bolalar yanada yaxshirog'iga loyiq, biz shunga harakat qilamiz! #FarengeytPress #boshlangich_saboqlar #Usborne_Kimyo #Usborne_Fizika #Usborne_Biologiya #IlmSoddaTilda Facebook | Instagram | X
📚 @mahinsworld nashriyotimiz o‘zbek tiliga o‘girayotgan “Behalovat avlod” kitobi haqida ajoyib video-taqriz tayyorladi. Atigi 10 daqiqada ushbu xalqaro bestseller mazmuni va eng muhim g‘oyalaridan xabardor bo‘lishingiz mumkin. Psixolog olim Jonatan Haidt yoshlar orasida tobora kuchayib borayotgan depressiya, xavotir va yolg‘izlik holatlarini chuqur tahlil qilgan. Uning tadqiqotlariga ko‘ra, bu inqirozning asosiy sabablari: 📌 Ijtimoiy tarmoqlar 📌 Smartfonlar 📌 Bolalarning real hayotdan uzilib qolishi ❓ Nega farzandingiz endi ko‘chada o‘ynamaydi? ❓ Nega maktab yoshidagi qizlar o‘z joniga qasd qilish haqida o‘ylay boshladi? ❓ Nima uchun butun boshli avlod o‘zini yolg‘iz his qilmoqda? 📖 Tarjima ishlari yakunlanmoqda — hozir tahrir bosqichidamiz. Kitob sentabr oxirida sotuvda bo‘ladi! 🔗 Video-taqriz #jonatan_haidt #behalovat_avlod #tarjima #farengeyt_press #anxious_generation ⬇️ Bizni ijtimoiy tarmoq sahifalarimizda kuzating va ushbu postni do‘stlaringiz bilan ulashing! Facebook | Instagram | X
Yangi video men sevim o’qigan ilmiy-ommabop kitoblarimdan biri haqida. Z avlodga gadjetlar hamda ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri tahlili aynan shu kitobda https://youtu.be/2bXMvzT9P6Y?si=WSJz5MFyOlz8ZUF9
Александр Дюманинг “Граф Монте-Кристо” романини ўқишга қизиқиш билдирган ўқувчиларимга ташаккур! Барчангизни дўстим ва маслакдошим, олима ва ажойиб букблогер @mahinsworld билан биргаликда дунёда энг кўп тилларга таржима қилинган романлардан бири бўлмиш “Граф Монте-Кристо”ни ўқиб, сентябр ойи охирида аудиочатда муҳокама этишга таклиф этамиз! Романни бир вақтда китоб клуби сифатида ўқиш инсонга мотивация беради, муҳокама этиш эса шунчаки воқеалар кетма-кетлигини айтиб бериш эмас, асарни турли мавзулар ва жиҳатлари, масалан, адабий, тарихий ва ижтимоий нуқтаи назардан таҳлил этиш имконини ҳам беради. Асар икки томдан иборат ва агарда ҳар куни атиги 20-25 бетдан ўқилса, уни 2 ойда бемалол тугатиш мумкин. Романнинг ҳажми катталиги сабабли уни бутунлай аудио шаклида ўқиб бериш иложим йўқ, лекин у профессионал суҳандонлар томонидан аллақачоноқ аудиокитоб шаклига айлантирилган (аудиокитобга линк). Агар вақт ва имконим пайдо бўлса 1-2 боб ҳам ўқиб бераман. Ҳаммага омад! 👉@madnifique👈 | YouTube | X
Граф Монте-Кристони ўқиб, чатда муҳокама қиламизми? Баҳонада ўзим ҳам қайта ўқирдим, бунинг устига @asaxiybooks нашр этган янги версияси асл ҳолида, қайта таҳрирда тўлиқ ва цензурасиз чиққан, уни мен ҳам ўқимаганман. Кимга қизиқ, нечта одам йиғиламиз, комментларга ёзингларчи ☺️ 👉@madnifique👈
👉@madnifique👈 каналидаги аудиокитоблар рўйхати
Цензура, цензуражон, цензурақизғалдоқ. Айниқса “эстетик талаблар” деган қисми ўта саволли. Эстетика — субъектив, шахсий фикр ва дидга боғлиқ нарса, унинг мезонлари ноаниқ. Дейлик, машҳур “Шайтанат” асари шахсан мен учун ноэстетик ва дидсиз, лекин бу уни тақиқлаш керак дегани эмас-ку. Беҳзод Ҳошимов “Учинчи Ренессанс” деган иддаоли даврдан аввал “Why Nations Fail” (“Мамлакатлар таназзули сабаблари”) китобини олиб келишда Ўзбекистон ҳақидаги саҳифаларни йиртиб ташлашга мажбур бўлганини айтиб берарди. Журналист Питер Померанцевнинг “This is Not Propaganda: Adventures in the War Against Reality” китобида Совет давридаги аёвсиз китоб цензураси тасвирланади. “Самиздат” нашр этган китобларни одамлар пойабзал қутисига яшириб ўқишган. Померанцевнинг онаси шундай китобни уйга олиб келганида, бувиси йиғлайди: “Сени қамашади, эмизикли боланг қолиб кетади”… Дежавю. Бир қадам олдинга, ўн қадам ортга. 👉@madnifique👈 https://t.me/jalilovqaydlar/3288
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Do‘stlar, Usborne “Boshlang‘ch saboqlar” turkumidan oltita kitobni o‘zbek tilida nashrga tayyorlash ishlari boshlangani haqida avval xabar bergan edik. Shulardan uchta kitob (kimyo, biologiya, fizika) chop etishga tayyor holga keldi. Qolgan uchtasi jarayonda. Sentabr oyidan birin-ketin barcha kitoblar bozorga chiqadi. Avvaldan buyurtmalar ham qabul qilinadi, bu haqda keyinroq xabar beramiz. Bu kitoblar asosan o‘smirlar uchun deb aytilsa-da, aslida barcha qiziquvchilar uchundir. Ayniqsa, qiziquvchan farzandining savollariga javob berishda qiynaladigan ota-onalar uchun ayni muddao. Ilmiy-ommabop kitoblar o‘qishga chog‘langan kitobxonlar uchun ham yaxshi boshlang‘ich bilim beradi degan umiddamiz. Quyida fizika, kimyo va biologiya kitobidan olingan parchalar. #FarengeytPress #boshlangich_saboqlar #Usborne_Kimyo #Usborne_Fizika #Usborne_Biologiya #IlmSoddaTilda Facebook | Instagram | X
Farengeyt Press nashriyoti o’smirlarning moliyaviy savodxonligini oshirish yo‘lida Anorbank bilan hamkorlik kelishuvini imzoladi. Hamkorlik doirasida “Usborne” nashriyotining mashhur “For Beginners” turkumidan “Pul: boshlang‘ich saboqlar” kitobi o‘zbek tilida nashr etiladi. Ushbu kitob bolalar va o‘smirlarga pulning mohiyatini, iqtisodiyotda qanday rol o‘ynashini, tarixini, valyutalar, ularning banklar va boshqa moliyaviy tizimlardagi o‘rnini sodda va qiziqarli tushuntirib beradi. Bolalar va o’smirlarda moliyaviy savodxonlikni erta yoshdan shakllantirish muvaffaqiyatli moliyaviy kelajak sari pillapoyadir. 📘 Kitob sentabr oyida sotuvga chiqadi. Yoshlar uchun — bilimga moliyaviy eshik ochildi! #FarengeytPress #Anorbank #BoshlangichSaboqlar #MoliyaviySavodxonlik