- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 40
- 1/48двое суток
- 45
- 1/72трое суток
- 49
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Kit ovlamaymizmi?
Mana buni rostanam lekin 5-asrga tegishli instrumentlar bilan chalgan ekan. Nolanni filmini ko‘rasiz, lekin Goranson bastalagan kuy kechalari bilan uyqu bermay ta'qib qiladi. @kinoekrani
"Qultoy" va Yodgor)
– Qani, meni toliqtirmay, maqsadga oʻt, nega kelding? – Meni u yubordi. – Qanday gap olib kelding undan, qul. – Men qul emasman, – tobora koʻproq achchigʻlanib javob qildi Leviy Matvey, – men uning shogirdiman. «...» – U ustaning asarini oʻqib chiqdi, – deb gapira boshladi Leviy Matvey, – shu bois, u sendan ustani oʻzing bilan olib ketib, unga orom baxsh etishingni iltimos qildi. Nahotki bu ish sen uchun qiyin boʻlsa, yovuzlik sultoni? – Men uchun qiyin ish yoʻq, – deb javob qildi Voland, – buni oʻzing ham yaxshi bilasan. – U biroz tek qoldi, soʻng ilova qildi: – Nega endi uni oʻzlaringga – yorugʻlikka olib ketmayapsizlar? – U yorugʻlikka emas, oromga sazovor, – dedi Leviy gʻamgin ovoz bilan. «Usta va Margarita» asaridan.
Bugundan yangi fasl💨
Qishloq
Ç (katta) = Alt + 0199 yoki Alt + 128 ç (kichik) = Alt + 0231 yoki Alt + 135 Ö (katta) = Alt + 0214 yoki Alt + 153 ö (kichik) = Alt + 0246 yoki Alt + 148 Hech narsa abadiy emas)
#tahrir – Ha, mana bu tarjimonning gapi, tushunarli. Mana bu esa mendan oldingi muharrirning gapi. Xoʻsh, bu yerda esa... mna mening gapim... Iye, yozuvchinging gapini qayerga qoʻyamiz endi)
Yoz oʻtmoqda soz: yoz haqida eng yaxshi asarlar (meningcha) Qaysi kitoblarni oʻqiganingizda hatto sahifalaridan hovur koʻtarilib turadi? 1. Nosir Fozilov "Saraton". Bu kitobni bolaligimda oʻqiganman. Bola paytimdagi tasavvurlarim nimadan bunchalik quvvatlangan ekanki, oʻqigan kitoblaridagi voqealar hayotda men koʻrgan, doim yonidan oʻtadigan joylarda shamoyil topar, qahramonlar ham tanish va tirik qiyofalarda gavdalanardi. "Saraton" da ayniqsa. Bu asar hozirgi kun kitobxoni talab etguchi allaqanday murakkab gʻoyalar ustiga qurilmagan, oddiygina, urush davridagi qishloq hayoti, boʻlib ham yozgi qishloq. Ammo unda poda ortida kelayotgan, changga va terga botgan ikki oʻspirinning holati shunchalar dilga yaqinki... 2. Rey Bredberi. "Momaqaymoq" Bu asar bilan tahrir bahona tanishganman. Hu, okean ortidagi, olis-olisdagi sehrli Amerika diyoridagi yoz siz-u biz bilgan yozdan farq qilishi mumkinmi? Bilmadim, asarda shunday joyi bor: bosh qahramon Duglas ismi bolakayning ukasi va shu Duglasning onasi uyda yolgʻiz. Oila katta, ammo hali uydagilar ishdan qaytmagan. ( Negadir, mana shu vaziyatda garchi kitobda bunday boʻlmasa-da, svet oʻchib qolgan deb tasavvur qilaveraman, yozning kuni kech tushganda svet boʻlmasligi nafaqat tabiiy hol, oʻziga yarasha gashti bor davrlar edi-da u) Xullas, oyisi kenjasini muzqaymoq olib kelishga joʻnatadi. Yozuvchi ularning muzqaymoq yegisi kelib qolgan payt, bolaning koʻchaga chiqib ketishi, keyin muzqaymoq xonada idishni qanday toʻldirib berayotganini shundoq tasvirlaganki, beixtiyor oʻrtadagi minglab kilometr masofani unutasiz... 3. Xudoyberdi Toʻxtaboyev. "Sariq devni minib". Ha asar voqealari eng avjiga chiqib, Hoshimjon naq sariq devning gribonidan olgan paytlari aynan yoz edi, Zokir tushmagur shimini suvga tushirib qoʻyib, keyin hoʻllayin kiyvolib orqasini quyoshga toʻgʻrilab yurganida yoz edi, Yongʻoq qori "murda ovlashga" otlangan chogʻ aynan yoz edi... 4. Stiven King "U". Hali bu asardagi yoz oʻziga xosligini toʻliq namoyon etmagan boʻlsa-da, asosiy voqealar iyun va iyul oylarida boʻlarkan. Lekin boʻladigan bola boshidan maʼlum deganlaridek, King oʻz horrorini taqdim etish barobarida yozni ham unutib qoʻymasligi dastlabki sahifalardan maʼlum edi, xoʻsh endi bu yogʻini ham koʻraveramiz...
#iqtibos Jadid kulliyoti, “Ulugʻ Turkiston” kitobidan 🔸Zabarjad Media — eng yaxshisini ilinamiz!
Boshim qotgan, bilmam nima qilishni, Yozgi lanjlikka yo‘qdir davo. Eddi Kokrandan Stven King keltirgan iqtibos.
“Qilichlar boʻroni” tarjimasi qancha vaqtda bitadi deb oʻylaysiz?
Artur Xeylining "Oqshom xabarlari" asari voqealari, tabiiyki, kechdingqurun oʻqiladigan xabarlar haqida emas. Albatta, asar mavzusi, voqealari jurnalistlar olamiga daxldor. Faqat televideniye jurnalistlari haqida. Bunda "Oqshom xabarlari" deb nomlanadigan kechki dastur nazarda tutilgan. Qiziq asar, vaqt oʻldirishga ayni muddao, ham oʻzbek tiliga yaxshi tarjima qilingan. Ham syujet jadal rivojlanib boradi, ham butun boshli soha vakillarining kasb sirlari bilan tanishasiz.
– Ukaa, asaringning-chi nomigayam shundoq muqova yasab beraman borku... – Qanday qilib? – Mana
– Ukaa, asaringning-chi nomigayam shundoq muqova yasab beraman borku... – Qanday qilib? – Mana
#intiqol Ot yili bizga og‘ir keldi, Ahmad Otaboy, Karim Bahriyev, endi esa Ibrohim domla🍂
Bugungi ovdan
Uzoq yillar hatto davlat telekanallarida ham o'g'irlangan kino va seriallarni dublyaj qilib kelishgan. Keyin Uzmovi yoki Asilmedia kabi saytlar chiqdi-yu, boyagi o'g'rincha kontentlarni g'oyat sifatsiz tarjima va dublyajda ko'rish imkoni paydo bo'ldi. Hozir masalaning ham o'g'ri, ham noinsof tomoniga nazar tashlasak. Tarjimaning asl matnga sodiq qolmayotgani alohida muammo. Uning tahriri esa eng og'riqlisi. Masalan, yuqoridagi kadr "Loki" serialining 1-mavsumidan olingan. Unda Alioth ismli vaqt kushandasi tasvirlangan. O'zbekcha tarjimada bu qanday kelgan? Javob: Lamantis. Eng qiziq joyi(aslida achinarli), Lamantis shu serialda uchraydigan bir sayyoraning nomi. Ko'rdingizmi, qanchalik qo'pol xatolik. Kamiga bu serial Kinoteatr kanalida berilgan. Yana bir misol. "Taxtlar o'yini" serialida Tirionning laqabi Iblis. Ammo o'zbekcha tarjimada uni "Bes" deb ketgan joyi bor. Tushunyapsizmi, ruschadan tarjima qilishda shunchaki eʼtibor berilmagan, matn ortida muhokamalar boʻlmagan.😐
без подписи
Bir tutam sochlaring mening qo‘limda, G’ijimlab o‘paymi, yo tarab-yechay, Sir deb saqlaganing mening qo‘ynimda, Sir deb saqlayinmi, yo yelga sochay. Sochilgan sochingday sochilsa siring, Anor yuzlaringni kimga tutasan? O’zing-ku «ularda vafo yo‘q!» deding, Nimaga ularni tag‘in kutasan? Ochilgan qo‘ynimda to‘lg‘angan taning Ko‘ngildan qilcha ham hid yetkazmasa, Menga yaqinlashma, ay, tirik bo‘sa! «Sevdim» deganlaring yolg‘ondir sening! Choʻlpon