Shokir Tursun qarashlari
СтатистикаShokir Tursunning shaxsiy telegram kanali. Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling: https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy Fikr yuritiladigan mavzular: Til oʻqitish metodikasi Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari Ona tili darsliklari Ta'lim
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 35
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 086
- 1/48двое суток
- 1 244
- 1/72трое суток
- 1 342
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Kanal mavzusiga mos emas, lekin aytib qoʻyishim kerak. Musulmon odam piramida usulidagi savdodan yiroq yurishi kerak, halol emas. Piramida qanday boʻladi? Piramidaning asosiy belgilari: Asosiy daromad mahsulotdan emas, odam chaqirishdan keladi. Agar sizga "mahsulot sotmasang ham boʻladi, faqat 3 kishi olib kelsang kifoya" deyilsa – bu toza piramida. Haqiqiy qiymatga ega mahsulot boʻlmaydi. Koʻpincha niqob uchun arzimas, bozor narxidan bir necha barobar qimmat tovar koʻrsatiladi. Asl maqsad mahsulotning emas, yangi aʼzoning puli. "Kafolatlangan katta daromad" vaʼdasi. "Hech narsa qilmaysan, oʻzi pul keltirib turadi, oyiga 20-30% foyda" kabi chaqiriqlar shariatdagi halol sheriklik qoidalariga zid. Halol tijoratda foyda kafolatlanmaydi, xatar va zarar ham birga taqsimlanadi. Pastdagilarning yutqazishi evaziga yuqoridagilar boyiydi. Tizim yangi odamlarning badali hisobiga aylanadi. Yangi odam kelishi toʻxtashi bilan piramida qulaydi va eng oxirgi kirgan koʻpchilik boridan ayriladi. Nega harom? Chunki bu yerda birovning molini botil yoʻl bilan yeyish, ochiq aldov, oʻta katta noaniqlik va qimorga xos mexanizm yotadi. Halol savdoda esa real tovar yoki xizmat almashinuvi, mehnat va adolatli xatar sherikligi boʻlishi shart. Atrofingizdagilar, yaqinlaringiz bunday "oson boyish" tuzoqlariga tushib qolmasin. Halol topilgan ozgina daromad haromdan kelgan dabdabadan barakaliroq. @birgap
Sandiq: attestatsiya jamoasidan “bomba” loyiha 💣 Biz hech kim xayoliga keltirmagan ishga qoʻl urdik. 🥹 Tasavvur qiling, jonli efir, unda amaldagi ona tili darsliklari hammuallifi, oʻsha mashhur “Abituriyent” gazetasi ona tili testlari muallifi Mansur Siddiq…
Sandiq: attestatsiya jamoasidan “bomba” loyiha 💣 Biz hech kim xayoliga keltirmagan ishga qoʻl urdik. 🥹 Tasavvur qiling, jonli efir, unda amaldagi ona tili darsliklari hammuallifi, oʻsha mashhur “Abituriyent” gazetasi ona tili testlari muallifi Mansur Siddiq…
Nihoyat, Grant imtihoniga qabul ochildi! 😍 Har yili yuzlab iqtidorli o‘quvchilar aynan shu kunni kutadi. Va siz ham bu kunni intiqlik bilan kutgansiz aniq. ❤️ Sodiq school uchun iqtidorlarni kashf qilish, qo‘llab-quvvatlash asosiy missiya. Shu kungacha…
Nihoyat, Grant imtihoniga qabul ochildi! 😍 Har yili yuzlab iqtidorli o‘quvchilar aynan shu kunni kutadi. Va siz ham bu kunni intiqlik bilan kutgansiz aniq. ❤️ Sodiq school uchun iqtidorlarni kashf qilish, qo‘llab-quvvatlash asosiy missiya. Shu kungacha iqtidorli o‘quvchilar ta’limiga 14 milliard so’mdan ortiq grant mablag‘i yo‘naltirdik. Endi navbat sizniki… Bu grant imtihonimiz 9, 10 yoki 11-sinflar uchun. 12-avgust kuni, soat 10:00 da Labzak filialimizda bo’lib o’tadi. Imtihonda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘ting. Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/s13JF7ixxv8JBhyh8 👉🏻 Grant imtihoni tafsilotlari: Imtihon tartibi ⬇️Iqtidorli do‘stingiz yoki tanishingiz bormi? Bu imkoniyat haqida unga ham xabar bering. 🚀 Sodiq School — biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz! Bog’lanish uchun: ☎️ 788888080 Bizni tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Sandiq: attestatsiya jamoasidan “bomba” loyiha 💣 Biz hech kim xayoliga keltirmagan ishga qoʻl urdik. 🥹 Tasavvur qiling, jonli efir, unda amaldagi ona tili darsliklari hammuallifi, oʻsha mashhur “Abituriyent” gazetasi ona tili testlari muallifi Mansur Siddiq sizning grammatika boʻyicha savollaringizga javob bermoqda. Ha, toʻgʻri oʻqidingiz, jonli efirda, onlayn tarzda savollaringizga javob bermoqchimiz. Jonli efir 3 qismdan iborat: 1. Sandiq kanalida berilgan quiz testlarning eng qiyinlari tahlili 2. Siz avvaldan yozib yuborgan savollarga javoblar 3. Efir vaqtida beriladigan savollarga javoblar Savollarni ushbu havola orqali avvaldan yuborib qoʻyishingiz mumkin: https://forms.gle/BugNiBu6hBy2QoUh8 10-avgust kuni soat 21:00 da quyidagi manzilda kutamiz: @sandiqchamiz
Qoʻshilaman @birgap
Qoʻshilaman @birgap
Yap-yangi kampusimiz deyarli tayyor 😍 Sodiq school Istirohat kampusi qurilishining 90% ishlari yakunlandi. 😎 Videoda bo’lajak kampusimizning qanday barpo etilayotganini o’z ko’zingiz bilan ko’rasiz. O’quvchilarning qulayligi uchun loyihalashtirilgan sinfxonalar, sport maydonlari va har bir detal puxta o’ylangan zamonaviy ta’lim muhiti. 👀 Farzandingizni ushbu kampusimizda o’qitmoqchimisiz? 20-avgustdan so’ng ota-onalar uchun to’liq ochiladi. Lekin ungacha joylar to’lib qolishi mumkin. ⏪️Shu sabab farzandingiz stulini tezroq band qilib qo’ying. Buni boshqa filiallarimizga tashrif buyurib ham amalga oshiringiz mumkin! ⏩️ 🚀 Sodiq School — biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz! Bog’lanish uchun: ☎️ 788888080 Bizni tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
@birgap
VM qaroridan parcha Boshlangʻich sinf ustozlari uchun milliy sertifikat haqida Vazirlar Mahkamasi qarori tasdiqlanibdi. Koʻpchilikni ustama miqdori qiziqtirayotgan edi. @birgap
Ustozlar, maktablarda 0-sinflar ish boshlagani haqida eshitgandim. Shu sinflarning oʻquv dasturi, ish rejasini qayerdan olish mumkin? Davlat tasdiqlagan biror narsa bormi oʻzi? @birgap
“Soatdek ishlaydigan tizim kerak”. Bog‘cha bolalariga zo‘ravonlik nega to‘xtamayapti? Shu yil yanvar oyida Chirchiqdagi ixtisoslashtirilgan bog‘chada imkoniyati cheklangan bolalar urib, kaltaklandi. Bir oydan keyin Farg‘onadagi davlat bog‘chasida 6 yoshli bolaning butun badani tok urishi oqibatida jiddiy kuydi. Iyulga kelib esa poytaxtdagi xususiy bog‘chada tarbiyalanuvchilar shafqatsizlarcha qiynoqqa solingani ma’lum bo‘lyapti. Bular – hozirgacha ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘rinib qolgan holatlar. Yana qanchasi jamoatchilikdan yashirilgani yoki yopiq qolayotgani noma’lum. Ammo umumiy kartinada vaziyat yaxshi emasligi aniq. Boisi, ta’lim tizimi rivojlangan davlatlarda, birgina bolaga nisbatan qilingan zo‘ravonlik ham aslida ko‘p deb hisoblanadi. O‘zbekiston bog‘chalarida bolalar zo‘ravonlikka uchrashining ildiz sabablari nimada? Nega tizimdagi nazorat va xavfsizlik mexanizmlari bunday voqealarning oldini ololmayapti? Jismoniy va buning ortidan ruhiy zarbalar olish bolaga qancha vaqt salbiy ta’sir ko‘rsatadi? Gazeta Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktabgacha taʼlim tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori Lola Berdiyeva, pedagog Shokir Tursun hamda oila psixologi Rozaliya Gabdulhakova bilan ayni mavzuni tahlil qilishga urindi. Batafsil. Matn Video
Mansur Siddiq bilan hamkorlikda yuritadigan Sandiq telegram kanalimizda grammatika testlaridan qiynaladiganlar uchun “bomba” yangilik tayyorlayapmiz. Bexabar qolmaslik uchun kanalga a’zo boʻlib oling👇 @sandiqchamiz
Ogohlantirish! “Kapital sugʻurta” kompaniyasi pullaringizni oʻgʻirlagan boʻlishi mumkin. Hoziroq bank kartalaringiz tarixini koʻrib chiqing. 22-iyul kuni mening uchta kartamdan jami 5 962 837 soʻm yechib olishgan. Men 23-kuni kechqurun bildim. Bogʻlandim, uzr, adashib koʻpchilikdan pul yechib olibmiz deyishdi. Tasavvur qilyapsizmi, oʻzingiz bilib qolmaguningizcha ishlari ham yoʻq. Pulimni haliyam qaytarishmadi. Bu gʻirt oʻgʻrilik. Buni boshqa nom bilan atay olmayman. @birgap
Endi instagramni ham egallamoqchimiz. Attestatsiya uchun pedagogika yoʻnalishida maxsus sahifa ochdik. Instagrami bor ustozlarimiz obuna boʻlishingiz, izohlarda fikr qoldirishingiz mumkin. Qoʻllab-quvvatlashingiz bizga ilhom beradi. Sahifa havolasi: HAVOLA @birgap
Bilim – qurib chiqiladigan tushuncha Bilim uzatilmaydi, oʻquvchi uni oʻz boshida quradi degan qarash asosida shakllangan. Bola darsga boʻsh miya bilan kelmaydi. Allaqachon oʻz nazariyasi bor, ammo u aksar hollarda notoʻgʻri boʻladi. Oʻqitish shu notoʻgʻri tasavvurni ochish va oʻzgartirish demak. Amalda qanday? Dars savol yoki muammodan boshlanadi. Oʻquvchi taxmin qiladi. Oʻquvchi tajriba, misol yoki manba orqali oʻz taxminini sinab koʻradi. Oxirida oʻqituvchi taʼrifni umumlashtiradi yoki oʻquvchilarning oʻzlari chiqaradi. Kuchli tomonlari Bilim uzoq saqlanadi, chunki uni oʻquvchining oʻzi yaratdi. Notanish vaziyatga koʻchadi. Oʻquvchi qiziqadi. Xato tasavvurlar aniqlanadi va tuzatiladi. Zaif tomonlari Sekin. Bitta tushuncha uchun ikki-uch dars ketib qolishi mumkin. Oʻqituvchiga qiyin. U savolni oldindan loyihalashi, oʻquvchi qayerda qoqilishini bilishi kerak. Nazoratsiz qolsa buziladi. "Oʻzi topsin" deb qoʻyilgan sinf koʻpincha hech narsa topmaydi. Yodlash kamayadi, avtomatlashuv yoʻqoladi. Bu ayrim fanlar uchun xavf paydo qiladi (matematika, fizika, kimyo, tarix). @birgap
Bilim – maʼlumot Bilim – bu fakt, taʼrif, sana, formula. Boʻsh miya fikrlay olmaydi. Matnni tushunish uchun kontekst kerak. "Kutuzov chekindi" jumlasini tushunish uchun 1812-yilni bilish shart. Faktlarni bilmay turib tanqidiy fikrlash deyarli imkonsiz. Amalda qanday? Dars taʼrif bilan boshlanadi. Oʻqituvchi tushuntiradi, oʻquvchi yozib oladi. Uyga vazifa sifatida nimanidir yodlash, qoidaga mos misollar ishlash beriladi. Nazorat test, savol-javob, terminlar diktanti asosida oʻtkaziladi. Asosiy urgʻu oʻquvchi maʼlumotni bilyaptimi degan savolga qaratiladi. Kuchli tomonlari Tez oʻrgatiladi. Oson baholanadi. Zaif oʻqituvchi ham bajara oladi. Baholarni qisqa muddatda koʻtarib olish mumkin. Zaif tomonlari Mavzular va maʼlumotlar soni juda koʻpayadi. Chuqurlik yoʻqoladi. Mavzu oʻtildi degani oʻquvchi tushundi degan maʼnoni anglatadi. Bilim koʻchmaydi. Oʻquvchi test yechadi, lekin notanish vaziyatda ishlata olmaydi (yoki qiynaladi). Tez unutiladi. Bogʻlanmagan, qayta ishlanmagan, churuqlashmagan fakt xotirada uzoq turmaydi. @birgap
Bizning taʼlim falasamizni belgilab beruvchi bir savol bor: Bilim nima? Ayni mana shu savolga javobimiz taʼlimni qanday koʻrishimiz, qanday taʼlim berishimizni yaqqol koʻrsatib turadi. Bu savolga javobimiz oʻquv dasturimiz qanday boʻlishini, darsni qanday tashkillashimizni, oʻquvchilarni qanday baholashimizni ham belgilab beradi. Oʻzi bu savolga javoblarni 3 yoʻnalishda umumlashtirish mumkin: Bilim – maʼlumot Bilim – qurib boriladigan tushuncha Bilim – fanning mantigʻi Siz qaysi birining tarafdorisiz? @birgap
Mana shu kontaktga aloqaga chiqing. Oʻzingizni tanishtiring. Qolganini tushuntirib berishadi. @MadinaShuxratjonovna @birgap