Maktabda bir kun…
Статистикаushbu kanalda quyidagilarni ulashib boraman: - maktabdagi voqealar - muammolar va yechimlar - uslublar - tajriba va xatolar - ota-onalar murojaati va shu kabi maktab hayotida bog’liq muhim va qiziq voqealar
- Последний пост
- 27 мая 2025 г.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#18_kun “Har kuni farzandingiz bilan 3 daqiqa” – Quchoqlang. – Quloq soling. – His-tuyg‘ularini so‘rang. Bu 3 daqiqa – ko'p yillik munosabatning poydevori. – Uyg‘ongach farzandingizga qarab bitta ijobiy gap ayting: “Alloh seni o‘zi asrasin.” Tongda aytilgan duo – bola ruhiyatining qalqoni. – Kechasi ishdan qaytganizdan so'ng: "Bugun qaysi ish seni qiynadi, yoki xursand qildi?" – Gaplashayotganda ekranga qarab emas, ko‘ziga qarab gapiring. Bola ko‘zdan muhabbat o‘qiydi. U sezadi: “Meni chin dildan tinglashyapti.” “Uxlashdan oldin bitta duo” “Seni yaxshi ko‘raman, doimo yoningdaman.” Kechasi aytilgan duo – bola yuragiga sokinlik soladi.
#17_kun Farzandizgizni qaysi javob uchun maqtaysiz? To‘g‘rimi? Yoki rostligimi? Bola “bilmayman” dedi. Bu — samimiylik. Yolg‘on emas. To‘g‘ri emas, halol javobni qadrlang. Xato javob — urinish belgisi. Jazolamang. So‘rang: “Qanday o‘ylading?” Fikr yuritgan bola — o‘rganayotgan bola. Bola “3” oldi: – O‘zi yozdi. – Ko‘chirmadi. – Yolg‘on gapirtmadi. Bu — halollik. Natijadan ustun. Xulosa: To‘g‘rini emas, to‘g‘rilikni tarbiyalang.
#16_kun Duo – tarbiyaning ko‘rinmas ustuni “Bolangiz haqqiga nega duo qilmayapsiz?” Farzand tarbiyasi — buyruqdan emas, duodan boshlanadi. Siz duo qilsangiz — u eshitadi. U sizning duoingizda o‘z qadriyatini eshitadi. 📌 “Allohim, bu bolamni halolni ushlaydigan qil” deng — bola halollikni muqaddas deb o‘rganadi. 📌 “Yolg‘ondan gapirishdan asra” deng — Bu uni amaliga ko’chadi Uyda dars bor. Reja bor. Nazorat bor. Lekin duo yo‘q. Shuning uchun baraka yo‘q. Tashqi narsa ko‘p, lekin ichki hayot o‘lik. Alloh eslanmagan uyda — qalb quriydi. Va bolada iymon emas, ayb izlovchi ruhiyat shakllanadi.
#15_kun Bolalar nima uchun ko‘zga ko‘rinmoqchi? Noodatiy kiyim, g‘alati gaplar, keskin harakatlar — bularning ortida bitta nido bor: “Meni ko‘ring.” Farzandingizni harakatlari uchun emas, shunchaki uni borligi uchun tan oling. Shunda u e’tibor uchun emas, qadr-qimmat uchun yashay boshlaydi. Aslida u “meni ko'ring” harakati orqali nima demoqchi?” Ba’zida farzandingiz: – jim bo‘ladi, – bezorilashadi, – gapdan chiqadi. Bu sizga qarshi isyon emas. Bu — ichidagi tan olinmagan "men"ning qichqirig‘i. Sababi: U mehrga och bo‘lsa, o‘zi haqida gapirtiradigan har qanday usulni tanlaydi — hatto noto‘g‘risini ham. O'zingizga savol bering: “E’tiborni kimdan olayapti – sizdanmi yoki ijtimoiy tarmoqlardanmi?” Siz kun bo‘yi telefon, ish, rejalar orasidasiz. Farzandingiz esa tiktokdagi izohlar, "like"lar, tan olinayotgan obrazlar orasida. U sizdan ko‘rmagan e’tiborni — sun’iy muhabbatlar orqali qidirmoqda. Bu — ruhiy parokandalikning boshlanishi hisoblanadi. Farzandingizga siz qarang — shunda dunyo unga qaramaydi. E’tibor topmagan bola: – o‘zini ajratishga, – haddan ortiq g‘ayrioddiy bo‘lishga, – shovqinli kontent, xavfli harakat, buzuq muhit topishga tayyor bo‘ladi. Uning e’tibor ochligini siz to‘ldirmasangiz, ko‘cha, tarmoq, yolg‘on do‘stlar to‘ldiradi.
#14_kun Tarbiya – vijdon bilan o‘lchanadi Maqsad: Farzandga doim nazorat emas, ichki nazorat (vijdon) berish kerakligi haqida fikr berish. Tarbiya natijasi bolaning yolg‘iz qolgan holatlarida bilinishi – asosiy g‘oya. Yolg‘iz qolgan bolaga kim qaraydi? Internet, video, darslar... Ammo bola o‘z vijdoni bilan yolg‘iz qolganida unga yo‘l ko‘rsatadigan sizsiz. Tarbiya — bu kameralarsiz nazorat, ko‘rinmaydigan joyda ham to‘g‘ri yo‘lni tanlashdir. Ko‘rmay turganingda nima qiladi — ana shu tarbiya. Uyingizda 5 ta qoidangiz bor. Ammo bola yolg‘iz qolganida: – Qoidaga emas, – Vijdoniga tayanadi. Agar tarbiya faqat “men ko‘rib turibman” degan tuyg‘uga asoslangan bo‘lsa, siz ketganingizda hammasi qulaydi. “Yaxshi bola sizga emas, Allohga bog‘lanadi, buni esdan chiqarmaydi” Agar farzand: – Haqiqatni siz uchun gapirayotgan bo‘lsa, Bu uzoqqa bormaydi. Allohni eshitadigan, unga yuzlanadigan qilib tarbiyalanmasa, doimo odamga bog‘liq bo‘lib qoladi. Ustozni ko‘rsa, yuvosh. Otasini ko‘rsa, itoatli. Lekin ko‘rmaganida: – yolg‘on gapiradi, – birovni ustidan kuladi, – o‘zini oqlaydi. Bu — tarbiya emas. Bu — nazoratga moslashgan buzuklikdir Tarbiya esa — yolg‘izlikda kim bo‘lishni tanlashdir.
#12_kun ChatGPT o‘qituvchilarning o‘rnini bosadimi? - AI bilim beradi. - Lekin tarbiya qila olmaydi. - AI savolga javob beradi. - Lekin ko‘zga qarab tushunmaydi. Ustoz esa — faqat dars beruvchi emas, inson tarbiyalovchi. O‘quvchi bilimdan ko‘ra ko‘proq…
#12_kun ChatGPT o‘qituvchilarning o‘rnini bosadimi? - AI bilim beradi. - Lekin tarbiya qila olmaydi. - AI savolga javob beradi. - Lekin ko‘zga qarab tushunmaydi. Ustoz esa — faqat dars beruvchi emas, inson tarbiyalovchi. O‘quvchi bilimdan ko‘ra ko‘proq ko‘zdagi mehrni, qalbdagi ishonchni qidiradi. AI eshitadi, ustoz esa eshitib turib, his qiladi. 1- Misol: Savolga javob berish – yetarli emas O‘quvchi ChatGPT’dan so‘raydi: “Algebradagi kvadrat tenglama qanday yechiladi?” AI javob beradi — to‘g‘ri, aniq, tushunarli. Ammo o‘quvchi bir muddat o‘tiradi va yozmaydi. Ustoz yaqinlashadi, qaraydi va aytadi: “Bugun yuraging tinch emas, shuning uchun tushunmayapsan, to‘g‘rimi?” AI formulani berdi. Ustoz – ko‘ngildagi to‘siqni yechdi. 2-Misol: Tarbiya – algoritm emas AI o‘quvchining savoliga xolis, neytral javob beradi: “Hayotda muvaffaqiyatli bo‘lish uchun mehnat qiling.” Ammo o‘quvchi ruhan charchagan. Ustoz yoniga boradi va: “Sen harakat qilyapsan. Eng muhimi shu. Istalgan muvaffaqiyatli insonga qarasang, harakatini to'xtatmagan bo'ladi” 3-Misol: Qalbga yaqin javob AI “Islomda halollik nima?” degan savolga hadislar bilan to‘la javob beradi. Ammo bola o‘zining yutgan bahosi haqiqatda adolatli emasligini his qiladi. Ustoz jim turadi, ko‘ziga qaraydi, va shunday deydi: “Halollik — bu Allohni ko‘rmay turganday yashash emas, ko‘rayotganday yashashdir.” AI bilim berdi. Ustoz — vijdonni uyg‘otdi.
#11_kun Shogirdlik 1. So‘raysan. “Nima?”, “Qanday?”, “Nega?” deb izlanasan. So‘rash – sharm emas. So‘ramaslik – yo‘qolish. 2. Qilasan. Ustozing qanday qilgan bo‘lsa – shunday bajarasiz. Birovning yo‘lini hurmat qilmagan — o‘zinikini topmaydi. 3. Berasan. O‘rganganingni boshqalarga o‘rgatasan. Ilmni o‘zida ushlab qolgan — shogird emas, xazinani ko‘mgan kimsadir. Eslab qol: Ustozlik – unvon bilan emas, shogirdlikdan boshlanadi. Kim ustozni izzat qilmagan bo‘lsa – unga izzat berilmaydi. “Shogirdlikdagi 5 xato” a) Faqat eshitib, yozmaydi. b) O‘rganadi, lekin bajarmaydi. c) Yaxshi ko‘radi, lekin itoat qilmaydi. d) So‘raydi, lekin bahslashadi. e) Ustozning ko‘rsatmasini tanqid qiladi, sabr qilmasdan tark etadi. Bu 5 xatoni qilgan – shogird emas. Ustozning soyasida turishni istamagan – quyoshda kuyadi. “Ustozni qanday tanlash kerak?” Shaxsiyatingni sindira oladigan ustoz izla Ustoz — bu sening ko‘nglingni ovlaydigan odam emas. Ustoz — bu seni kamchiliklaring bilan yuzlashtiradigan odam. U sening fikringni yo‘q qilmaydi — lekin avval egoingni sindiradi. Ustozing tanqid qila olmaydigan bo‘lsa — sen o‘smaysan. Ustozing emas, do‘sting bor xolos. Ustozdan o‘zib ketish — uni unutish degani emas Ba’zilar ustozini “o‘zib ketdim,” deydi. Ammo aslida ustoz — yo‘l ochgan odam. Sen yurayotgan joyga u allaqachon yurgan. Ustozdan o‘zib ketish – raqobat emas, duo natijasi. Va bu holat seni kamtar qiladi, ustozingni yanada ulug‘ qiladi. Kim ustozini unutsa — uning barakasi tugaydi.
#10_kun Farzand xato qilganida nima qilish kerak? Bolasi xato qilsa, baqiradigan otalar bor. Ko‘zini chaqnatib, yuragini titratadigan otalar ham bor. Ammo: Farzand tarbiyasi aynan shunday paytda aniqlanadi. U shunchaki xato qilgan emas — u nima bo‘lganini o‘zi ham tushunmayapti. Shu qismi muhim. Agar siz bu vaqtda g‘azab bilan emas, yurak bilan yondashsangiz — tarbiya sodir bo‘ladi. Ayting: “Men seni xatoying bilan ham yaxshi ko‘raman. Lekin seni bu xatodan saqlashni istayman.” Bu gap bolaning ruhiga o‘yib yoziladi. Bu jumla — jazodan kuchliroq. 📌 Chunki: Xato – jazolash uchun emas, yo‘llash uchun. Farzand – sindirish uchun emas, qurish uchun. Qattiqlik – vaqtincha itoat keltiradi. Mehr esa — umrbod ishonch beradi. Endi nima qilish haqida gaplashamiz: “Bola yolg‘on gapirganda nima qilish kerak?” Yolg‘on – jazoga emas, sababga e’tibor talab qiladi. Bola yolg‘on gapirsa, jazolashdan oldin bir narsani so‘ra: “U nega haqiqatni yashirishga majbur bo‘ldi?” Qo‘rqdimi? Ishonchingizni yo‘qotdimi? Yolg‘iz qoldimi? Yolg‘on — bu ayb emas, ichki og‘riq signalidir. Uni sindirish emas, sababni tushunish kerak. Bola haqiqatga faqat himoyalanganini his qilsa qaytadi. “Jazo – qachon adolatdan chiqadi?” Jazo — tarbiya emas. Jazo — oxirgi choradir. Agar jazo: – G‘azabda berilgan bo‘lsa, – Nafsingni sovitish uchun qilingan bo‘lsa, – Bola emas, o‘zing tinchish uchun qilingan bo‘lsa... Bu zulmdir. Tarbiya adolatni talab qiladi. Adolat esa — avval o‘zingni bosishdan boshlanadi. Ba’zan sukunat tarbiyaning eng baland nidosidir Har doim gapirish shart emas. Ba’zan qarash kifoya. Agar ota-ona farzandini ko’z qarashi bilan biror ishdan to’xtata olmasa, demak tarbiyani qaysidir qismida xato qilmoqda. 1-Misol Bola daftarini yo‘qotib qo‘ydi. Onasiga: “O‘qituvchi olib qo‘ydi,” deb yolg‘on gapirdi. Keyin ma’lum bo‘ldi — daftari uyda qolgan. Onasi baqirmadi. Shunchaki dedi: “Sen yolg‘on gapirmading, sen o‘zingni himoya qilmoqchi bo’lding. Keyingi safar haqiqatni aytishdan qo’rqma.” 2- Misol Qiz bola imtihondan past baho oldi. Ustozdan xatolarning sababi so‘ralganda, “bemor edim,” deb yolg‘on gapirdi. Ustoz dedi: “Men seni bahong uchun emas, mehnating uchun qadrlayman. Yolg‘on aytish, sen kabi odobli qizlarga yarashmaydi.“ Natija: Qiz o‘zini inson sifatida qabul qilganini his qildi. Jazo qachon adolatdan chiqadi? 1-Misol: Ota ishdan charchab kelganida qizi telefon o‘ynayotganini ko‘radi. G‘azab bilan telefonni sindirib yuboradi. Keyin biladi — bola dars uchun internetdan video ko‘rayotgan edi. Ota kechasi qizidan uzr so‘raydi. “Men nohaq edim. Xato qildim. Sendek aqlli qizim borligidan fahrlanaman ” 👉 Natija: Bu uzr — bola qalbidagi adolat mezonini o‘rnatdi. 2-Misol: Ona bolani ko‘chada o‘ynab kechikdi deb urishdi. Keyin biladi — bola qo‘shnisining yiqilgan ukasiga yordam bergan. Keyingi kuni ona uni quchoqlab dedi: “Sening kechikishing — savob bo‘lgan ekan. Men esa senga g‘azab nohaq qildim.”
@9_kun Ota-onalarga eslatma Rasululloh ﷺ dedilar: “Odam vafot etganidan so‘ng, amali uch narsa bilan davom etadi…” Uchinchisi – soliha farzandning duosi. (Muslim rivoyati) Farzandingizga duo qilishni o‘rgating. Lekin avval – duo qiladigan qalb tarbiyalang. – Bola kuniga 3 soat telefonga tikiladi. – Ammo 1 daqiqa duo qilishni bilmaydi. Bu holat tasodif emas. Biz aybdormiz. Bu — tarbiya fojiamiz. “Duo — qalbning tirikligidir,” deb aytmadik. Ustozlar ilm o‘rgatdi, ota-onalar odob o‘rgatdi, Lekin iymonni his qilishni hech kim o‘rgatmadi. Biz unga telefonni berdik, lekin qiblani ko‘rsatmadik. Internet tezligiga ahamiyat berdik, lekin duoning kuchini tanishtirmadik. Bahosiga yondik, chet tilini o‘rgatdik, lekin Yaratganga yuzlanishni unutdik. Shuning uchun: Ko‘zi yaltiraydi, qalbi bo‘sh. Gapiradi, lekin ichida sukut. Yashaydi, lekin nima uchun yashayotganini bilmaydi. Endi bu savolni o'zingizga bering Siz vafot qilganingizda, u siz uchun duo qiladimi? Yoki shunchaki suratga qarab jim o‘tiradimi?
#8_kun Farzandga aytiladigan eng xavfli jumla “Qara, falonchining farzandi nimalarga erishgan.” Bu ibora bilan siz: 👉 farzandingizning qadriyatini so‘ndirasiz, 👉 o‘zini kamsitilgan his qilishiga sabab bo‘lasiz. Nima qilish kerak? Taqqoslash emas – rag‘batlantirish. Solishtirish emas – yo‘l ko‘rsatish. Natijada: Bola yutuqqa emas, qabul qilinganiga intiladi. 1- Misol (o‘g‘il bola): Otasi dedi: “Qarang, qo‘shnining o‘g‘li inglizchani mukammal biladi.” Bola jim bo‘ldi va dedi: “Men ham shu ingliz tilini o'rgansam bo'ldimi?” Bu holat ikkita salbiy holatga sababchi bo'ladi: 1. Bolada ingliz tiliga nisbatan nafrat bo'ladi. 2. Uni "na prinsip" o'rganishni boshlaydi, NIayatida xato ketadi 2-Misol (qiz bola): Onasi dedi: “Falonchining qizi maktabda stipendiya oldii.” Qiz javob bermadi, lekin ichidan shunday o‘yladi: “Uni onasi boshqa, men sizni qizizman Nega meni shundayligimcha qabul qilmaysiz.” Aslida ular nima xohlaydi? Ular yutuqqa emas, e’tiborga chanqoq. 🗝 Aslida esa aytilishi kerak bo‘lgan gap: “Men seni ko‘ryapman. Sen harakat qilayapsan. Shu menga kifoya. Senga ishonaman. Sen loyiqsan, faqat buni mehnating bilan isbotlashing kerak. Men yoningdaman, doim qo'llayman. Shuni esdan chiqarma. shu quvonchini menga ham taqdim etishni xohlayapganingni bilib turibman. Bu — bolaning ruhini ko‘taradi. Va uni o‘zi bo‘lishga ruxsat beradi.
#7_kun Bugun qilinadigan eng muhim ish – … … bir odamga mehribonlik bilan qarash. Dars kutadi. Sinov kutadi. Hisobot kutadi. Ammo mehr — kutmaydi. Vaqtida berilmasa — kech bo‘ladi. 1-Misol (o‘quvchi haqida): Bir bola darsda xato qiladi. O‘qituvchi unga koyishga shoshilmaydi. Avval tabassum bilan qaraydi va shunday deydi: Men uchun to'g'ri javob topishing muhim emas, balki urunib ko'rishingdir. To'xtab qolmasliging 2-Misol (uyda ota-ona haqida): Farzandingiz xafa kayfiyatda keladi. Telefonni chetga qo‘yasiz. Ko‘ziga qarab: “Seni xafaliging, men uchun juda katta og'riq, xursandchiling esa, eng katta baxtdir, jon qizim,” deysiz. Shu oddiy mehr — bolaning ruhini ko‘taradi. 3-Misol (odatdagi hayot haqida): Ko‘chada bir keksa odam yuk ko‘taryapti. Bir daqiqa yordam berasiz. Uning duosi — sizga baraka olib keladi. Mehr — bu so‘z emas. Mehr — bu vaqtida berilgan e'tibor.
#6_kun Ularning aqli emas, fikrlashifarqli edi Carol Dweck “Mindset” kitobida yozadi: Kim o‘z qobiliyatini o‘zgarmaydi deb o‘ylasa — u qiyinchilikda taslim bo‘ladi. Kim har bir qiyinchilikni o‘sish imkoniyati deb bilsa — u harakatda davom etadi. Farq — aqlda emas. Farq — ichki qarashda. Hayotiy misol: 1-Misol (7-sinf bola): Matematika imtihonidan yiqildi. “Men yecha olmadim,” dedi. Ustoz javob berdi: “Sen faqat hozir yechimni topa olmading. Men ham shu yoshda imtihondan yiqilib, hafa bo'lganman, xatto yig'laganman ham. Sen esa mendan ko'ra yaxshiroq ekansan. Yana urinib ko'r, bu safar aniq o'ta olasan.” Natijada u kuchli tayyorgarlik ko‘rdi va keyingi imtihonda eng yaxshi natija ko‘rsatdi. O‘rgatish kerak: qiyinchilik — tugatish emas, boshlashdir. 2-Misol (9-sinf qiz): Ingliz tilidan essaydan past baho oldi. U dedi: “Menga bu fan qiyin ekan.” Onasi shunday dedi: “Qiyin bo‘lsa – o‘rganishga arziydi. Yengil bo‘lsa – unutib yuborasan.” Qiz har kuni o‘qishni davom etdi va bir oyda guruhdagi eng yaxshi 3 ta o‘quvchidan biri bo‘ldi. Mindset o‘zgarishi — natija o‘zgarishidir. 3-Misol (11-sinf o‘g‘il bola): SAT tayyorlanayotgan o‘quvchi birinchi testdan past ball oldi. Ustoz unga dedi: “Bu ball sening qobiliyatingni emas, tayyorgarligingni ko‘rsatdi. Men ishonamanki, san bundan da katta ball ololisan. Shuni hammaga, avvalo o'zinga isbotlab ber.” U yondashuvini o‘zgartirdi, har bir xatodan o‘rganishni boshladi. Oxirida loyiq bo'lgan ballni oldi. Xulosa: Kim xatolarini dushman emas, ustoz sifatida ko‘rsa – o‘zadi.
#5_kun Gapirmayotgan o‘smir – ichida yordam so‘rayotgandir. O‘smir bola indamay yuradi — siz gap boshlaysiz. Indamay eshitadi — siz raqobatni oshirasiz. U g‘azablanadi — siz jazolaysiz. Ammo bir savol qoladi: “Siz uni oxirgi marta qachon quchoqlagansiz?” Ba’zan bola yutqazgani uchun emas, qalbi yengilganligi uchun jim qoladi. Qanday qilzmi: Sabab va oqibatlar o'rnini adashtirib qo'ymang. Muzokara sanatida bir ajoyib uslub bor. O'zim doim shuni qo'llayman, tavsiya ham qilaman: "Bir qadam ortga, ikki qadam oldiga" Siz avval farzandingiz (shogirdingiz) uchub bir qadam yuring: ya'ni uni ayblamang, urushmang, qattiq gapirmang, Xatto aybini aniq bo'sa ham. Shunda u sizga o'z ko'nglini ochadi. Keyin nima desangiz ham samimy eshitadi. keyin 2 qadam oldinga yura olasiz. Natija esa, siz xohlagandek bo'ladi. Hayotiy misollar: 1-Misol (14 yoshli bola): Ota-onasi doim faqat baholari haqida so‘rardi. Bola jim bo‘lib qoldi. Bir kuni ota uni quchoqlab shunday dedi: “Sen biz uchun bahong emas, o‘zing qadrlisan.” O‘sha kundan bola yana kulib gapira boshladi. 2-Misol (16 yoshli qiz): Imtihonda past baho olib, yig‘ladi. Onasi jazolash o‘rniga shunday dedi: “Men seni xatolaring bilan ham yaxshi ko‘raman.” Qiz o‘ziga ishonishni qayta boshladi. 3-Misol (15 yoshli o‘g‘il bola): Maktabdan xafa bo‘lib keldi. Otasi ko‘p gapirmadi. Faqat uni quchoqlab: “Sening og‘riqlaringni gapirmasang ham sezaman,” dedi. Bola ko‘z yoshlarini yashirmadi. Va yengillik his qildi.
#4_kun Mindset Qoida: So'zlaringizga emas, harakatlaringizga e'tibor bering. Chunki siz harakatlaringizdan iboratsiz. Kunni “Bugun nimani yaxshilashim mumkin?” debboshlang. Buyuk tavsiya ham aslida shu. Buguniz kechadan, ertangiz esa bugundan yaxshiroq bo'lishi kerak. Kimdir aytadi: “Men omadsizman"— u joyida to‘xtaydi. Vince Lombardining bir ajoyib gapi bor: The only place success comes before work is in the dictionary Boshqasi esa aytadi: “Men sinab ko‘raman.”— u o‘sishni boshlaydi. Chunki biz sabablarini qilishga buyurilhanmiz. Adalotli zot buni takidlagan. Siz aytayotgan so‘zlar — aldashi mumkin, amallarinigz ham aldashi mumkin, ammo doimiy amallaringiz hech qachon aldamaydi. Hayotiy misollar: 1-Misol (7-sinf bola): Darsda xato qildi. “Men buni eplay olmayman,” dedi. Ustoz javob berdi: “Sen hozir eplamading, lekin yana urinishing mumkin. Agar doim ilk urunishda muvaffaqiyatga erishilganda edi, hayotni ma'nosi qolmas edi. Dunyodagi eng buyuk ishlar ham kichik xatolarni tuzatilishi ortidan kelgan” "Qodida: xato qilish xato emas, undan xulosa chiqarmaslik xato" Ertasi kuni u darsda to‘g‘ri yechim topdi. 2-Misol (9-sinf qiz): Ingliz tili imtihonidan past baho oldi. Ustozi aytdi: Muvaffaqiyat - takrorlashda emas, takrorlashni davomiyligidadir. Qoida: Yiqilganlar emas, davom etmaganlar mag'lubdir Bir muddat yig‘ladi. So‘ng shunday dedi: “Bu meni to‘xtatmaydi. Yaxshiroq tayyorlanaman.” U keyingi imtihonda eng yuqori ball oldi. 3-Misol (11-sinf): “Nega bunchalik ko‘p o‘qiysan?” deb so‘rashdi. U esa har doim bir gapni aytardi: “Men orzularimni faqatgina o‘z tilimda emas, dunyo tilida ham gapirmoqchiman.” Bu nafaqat mindset, bu — hayot tarzi.
#3_kun Shogirdga eslatma: Aqlli bo‘lish kifoya emas. Aqlli o‘quvchi — to‘g‘ri javob beradi. Tarbiyali o‘quvchi — boshqani ham tinglaydi. Yaxshi o‘quvchi esa — o‘zi uchun emas, ustozining, oilasining, ummatning orzusini ko‘tarib yuradi. Ilm — bu mas’uliyatdir. Ortda kimlarning umidi turganini unutmang. 1-misol: Bir o‘quvchi har darsga puxta tayyorlanadi. Lekin hech qachon boshqasining ustidan kulmaydi, fikrini bo‘lmaydi. O‘qituvchi unga: “Nega bunchalik jiddiysan?” deb so‘raganida, u javob beradi: “Dadamliz aytgan: sen faqat o‘zing uchun emas, biz uchun ham o‘qiysan.” 2-Misol (10-sinf o‘quvchisi): Darsda faqat o‘zi gapiradigan, boshqani e’tiborsiz qoldiradigan o‘quvchi bor edi. Bir kuni unga ustoz aytdi: “Haqiqiy aqlli odam – o‘z fikrini aytgani bilan birga boshqani ham qadrlay oladi.” Shundan keyin u boshqalarni ham eshitishni o'rgandi Ilm – bu o‘zini ko‘rsatish emas, kamtarlikda o'zgalarni ham xurmat qila olish sanatidir. Imom G'azzoliy aytganlaridek: Ilmning avvali sukutdir. 3-Misol (9-sinf qiz): Bir qiz har gal darsni yaxshi o‘zlashtirardi. Lekin telefon o‘yiniga berilib, oxirgi payt darsdan charchay boshladi. Otasi unga dedi: “Sening orqangda otangning duosi, ummatning umidi, bizning orzuyimiz turibdi.” Shu kundan u lmni ustun qo‘ydi. Ilm – bu shaxsiy emas, umumiy mas’uliyat. Qoida: foniyga bog'langan foniydir, boqiyga bog'langan boqiydir 4- Misol (8-sinf o‘g‘il bola): Bir bola darsda e’tiborli, savollarga javob beradi, lekin uyga vazifa qilmaydi. Ustoz unga dedi: “Sinfda aqlli bo‘lish yetarli emas. Manfaatli bo‘lish ham kerak.” Mas'uliyatsiz inson, na o'ziga, na jamiyatga foyda keltiradi. Turgan bitgani ziyondir. Ilm – bu sinfdan tashqarida ham o‘zini namoyon qiladigan jihat.
#2_kun Ustozlarga tavsiya: Darsni o‘quvchi eslamaydi. Munosabatni esa – ha. O‘quvchi birinchi navbatda sizga ishonadi. Keyingina sizdan o‘rganadi. Teskarisi emas. Samarali ta’lim dars rejasi bilan emas, insoniy aloqalar bilan boshlanadi. Endi buni qanday qilish haqida gaplashamiz. Sodda ko'rinishi mumkin. Lekin buyuk ishlar ham oddiylikdan boshlanadi. O'zim qo'llagan va natija bergan uslublarni tavsiya qilishga harakat qilaman. Demak: 1-ish bu: tabassumingiz. Bu ish buyuklar tavsiyasi va ahloqi ekanini eslang. Uydagi notinch holat, turmush o'rtog'ingiz bilan tortishuv, moliyaviy muammolar, farzandingizni betobligi, qarzlaringiz, yo'lda asabingizni buzgan holatlar, hammasi eshik ortida qolsin. Darsingizga kirgan bolajonlar bu uchun badal to'lashi adolatdan emas. Rahim qilmaydiganlar esa bizdan emas deyilgan. Bir qoidani esdan chiqarmang:" qadriyatlarga zid holda qadr topmaysiz" 2-ish bu: tinglashni bilishingiz. Duolaringizni nega aytasiz, chunki uni TINGLOVCHI borligini bilasiz. Shifokorga nega dardingizni aytasiz, chunki ko'proq bilsa aniqroq DIAGNOZ qilishi mumkinligini bilasiz. Dos'tingizga nega siringizni aytasiz, chunki siz unga ISHONASIZ. Siz uni tinglang: u sizga ishonsin, dardini ayta olsin, yaqin do'sti bo'la oling. Agar siz bolani qalbini ocha olsangiz, bilinki ta'limi uchun eng muhim qadamni qo'yibsiz. Endi yarimta harakat bilan ham yaxshi natija qila olasiz. Yuqoridagi ishlarni diomiy qilishni o'rganing. Natijasini ko'rasiz, Hayotiy misollar: 1. Misol (7-sinf): Sinfga kirishingiz bilan bir o‘quvchi jim turibdi. Siz tabassum bilan yondashasiz: “Bugun kayfiyating yo'qdek, sababinmi ayta olasanmi?.” 👉 Shu bir jumla bilan u sizga ochiladi. Siz unga "u avvalo inson, keyin o'quvchi ekanligini" his qildirdingiz. 2. Misol (11-sinf): Bir o‘quvchi har doim darsda orqada o‘tiradi, darsga qo'shilmaydi. Siz unga savol bermasdan so'rab ko'rasiz: “Sening fikring qiziq bo‘lishi mumkin, fikrlashing manga yoqadi, qani ayt-chi...” deb biror fikrga munosbat bildirishini so'raysiz. Shu bilan siz uni kuzatuvchi emas, ishtirokchi qilasiz. Kamiga uni fikrini xurmat qilishizzi bildirasiz, bu esa unga o'ziga bo'lgan ishonchni orttiradi. 3. Misol (9-sinf, stress oldidagi dars): Imtihon yaqin, o‘quvchilar charchagan. Siz: “Bugun 5 daqiqa dars emas, hayotingiz haqida gaplashamiz. Nimani o‘ylayapsiz? Nimalar qiynayapti?” O‘quvchilar darsni eslamasligi mumkin, lekin bu suhbatni hech qachon unutmaydi. Xulosa qiladigan bo'lsak: 1. Haqiqiy ta’lim – ishonch bilan boshlanadi, ilm bilan davom etadi. 2. O‘quvchi sizni yaxshi ko‘rmasdan, faningizni yaxshi ko‘rmaydi. 1_15_30 qoidasi haqida eslatma: - Postni 1 daqiqada o'qiysiz; - uni 15 daqiqa o'ylaysiz - tavsiyani 30 daqiqa sinab ko'rasiz P.s. Ustoz bo'lmaganlar, O'z holatidan kelib chiqib "O'quvchi" so'zini "farzand, uka, singil" kabi soz'lar bilan. almashtirib o'qishi mumkin.
#1_kun: Avval ogohlantirib qo'yay. Postda aytilgan amallarni bajarsangiz, effekti yaxshi bo'ladi. Iltimos erinmang. Ota-onaga savol (ota-ona bo'lmaganlar "farzand" so'zini uka, singil deb o'qisin): “Farzandga beriladigan eng qimmat sovg‘a nima? Yuqoridagi savolni o'qing. Postni qolgan qismini o'qimay turing. Javobini o'ylab topishga harakat qiling. Miyangizga kelgan filrlarni yozib oling. Keyin ichidan eng muhim deb o'ylaganizni tanlab oling. Endi men aytmoqchi bo'lgan javob beilan javobingizni solishtiring. Bu – o‘yinchoq emas. Bu – qimmat kiyim ham emas. Agar javobingiz: vaqt, e'tibor, suxbat va birgalikdagi vaqt bo'lsa, bu ham aslida to'liq javob emas. Bular men aytmoqchi bo'lgan javobga olib boruvchi usullardir. Ya'ni nima qilishingiz emas, nima uchun qilayotganing muhimroq. Endi javobga o'taman: Eng katta sovg‘a – eshitilish, tushunilish, va ishonilish hissi. Endi buni qanday qilish haqida gaplashamiz: Bugun farzandingizdan so‘rang: “Bugun seni eng baxtli qilgan vaqt qaysi edi?” Keyin… to‘liq eshiting. Ko‘zingiz bilan. Qalbingiz bilan. Gapini bo'lmang. Masalan: 10 yoshli qizingiz aytadi: “Bugun maktabda yangi she'r o‘rgandik. Men boshqalardan tez yod oldim. O‘qituvchim meni maqtadi.” Agar siz: “Voy, ajoyib-ku! Qanaqa qo‘shiq edi?” – deb, yuzingizga tabassum bilan savol bersangiz… U sizni do‘st deb qabul qiladi. U qalbingizga ochiladi. Aynan shu daqiqalarda u sizga ishonishni o‘rganadi. Va ertaga hayotini siz bilan bo‘lishishni istaydi. Misol-2: (5 yoshli bola): Bola: “Oyi, bilasizmi, bog‘chada men birinchi bo‘lib rasmimni tugatdim!” Siz: “Voy, qanaqa rasm edi? Ko‘rsatasanmi?” Shu savol orqali bola sizni e’tiborli deb biladi. U uchun bu rasm muhim, siz uchun ham muhim bo‘lganini his qiladi. Misol-3: (8 yoshli qiz): Qiz: “Bugun dugonam mendan ranjidi...” Aksariyat ota-onalar shunday deyishi mumkin: “E’tibor berma, ertaga yarashasiz.” Lekin siz desangiz: “U nimaga ranjidi deb o‘ylaysan?” Bola siz bilan tuyg‘ulari haqida gaplashishni o‘rganadi. Bu – ruhiy barqarorlikka asos bo‘ladi. Misol-4: (12 yoshli o‘g‘il bola): O‘g‘il: “Bugun futbol o‘yinida gol ura olmadim. Hamma qarab turgan edi...” Siz: “Xafa bo‘ldingmi? Qayerda xato qildim, deb o‘ylaysan?” Siz unga “xato qilish mumkin” degan tushuncha va ishonch berasiz. Bu esa uni kuchli inson qiladi. Buguncha shu. 1_15_30 qoidasi haqida eslatma: - Postni 1 daqiqada o'qiysiz; - uni 15 daqiqa o'ylaysiz - tavsiyani 30 daqiqa sinab ko'rasiz
Assalomu alaykum. Insha Alloh ijod uchun muhim bo'lgan - sog'liq, vaqt va xohish uchligi qayta bir joyga jamlandi. Endi aniq rejalar asosida ish olib boriladi. !00 kunlik #1_15_30_chellange ni boshlashni rejasini tuzib oldim. Bunda ta’lim, tarbiya, farzandlar tarbiyasi, yoshlarga nasihatlar va shogirdlik yo‘limdagi tajribalarimni baham ko‘raman. Har kuni bitta foydali post, vaqti-vaqti bilan chuqur mulohaza, mini maqolalar, va hayotiy maslahatlar. Qalbingizni, nafsingizni, vaqtingizni, sabringizni sinashga tayyormisiz?...)
Hozirgi kunda Nafaqat kayfiyatim, balki sog’lig’im (biroz) ham yaxshi emas. Shuning uchun postlar yoza olmayapman. Insha Alloh arib qolsa, yozishni boshlayman