tgindex
Hasankhoja Muhammad Sodiq

Hasankhoja Muhammad Sodiq

Статистика
@hasankhojaBlogузбекский

Ustoz. Rahbar. Ota. 17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada. Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim. Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman. Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar. P.s. Professional xatokor.

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
25
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
5 818
−21 за 3 дн.
Сутки
−8
−0,14%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 951
24 постов
Вовлечённость
50,7%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 25
Упоминаний
9
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
802
1/48двое суток
919
1/72трое суток
991

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 11 авг.91797из sodiq_school

    Bugun grant imtihoniga qabul yopiladi!!! Grant imtihonimizga ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘nggi kun - bugun. ⏱ 22:00 gacha ro‘yxatdan o‘tishga ulgurishingiz mumkin. Shundan so‘ng qabul yopiladi. Ro’yxatdan o’tish. Ertaga esa imtihon! 📌Sodiq Schoolning Labzak filialida, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi. Sizga berilgan imkoniyatni "keyingi yil"ga qoldirmang. Balki aynan bugungi ro‘yxatdan o‘tish qarori ertangi natijangizning boshlanishi bo‘lar… 🚀 Sodiq School — biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz! Bog’lanish uchun: ☎️ 788888080 Bizni tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

  • 11 авг.893из sodiq_school

    видео или голосовое, без подписи

  • 7 авг.3 2413039

    Grant e'lon qildik Munosiblarga jo'natib qo'ying

  • 5 авг.1 6051432из sodiq_school

    Nihoyat, Grant imtihoniga qabul ochildi! 😍 Har yili yuzlab iqtidorli o‘quvchilar aynan shu kunni kutadi. Va siz ham bu kunni intiqlik bilan kutgansiz aniq. ❤️ Sodiq school uchun iqtidorlarni kashf qilish, qo‘llab-quvvatlash asosiy missiya. Shu kungacha iqtidorli o‘quvchilar ta’limiga 14 milliard so’mdan ortiq grant mablag‘i yo‘naltirdik. Endi navbat sizniki… Bu grant imtihonimiz 9, 10 yoki 11-sinflar uchun. 12-avgust kuni, soat 10:00 da Labzak filialimizda bo’lib o’tadi. 👉🏻 Imtihonda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘ting. Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/s13JF7ixxv8JBhyh8 👉🏻 Grant imtihoni tafsilotlari: Imtihon tartibi ⬇️Iqtidorli do‘stingiz yoki tanishingiz bormi? Bu imkoniyat haqida unga ham xabar bering. 🚀 Sodiq School — biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz! Bog’lanish uchun: ☎️ 788888080 Bizni tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

  • 4 авг.1 918516

    ▶️Xususiy maktab ochish O'zbekistonda qanday kechadi? So'nggi yillarda O'zbekistonda xususiy maktablar soni tez o'sib bormoqda. Ota-onalar farzandiga sifatli ta'lim izlayapti, tadbirkorlar esa ta'limga investitsiya qilishni rejelashtiryapti. Lekin bu yo'lda qanday qiyinchiliklar bor? Xususiy va davlat maktablari bir-biriadan nimasi bilan farq qiladi? Va eng muhimi – AI davri maktablarni qanday o'zgartiryapti? Bu savollarga javob izlab, "Bee Podcast"ning ikkinchi soniga ikki maktab asoschisini taklif qilgan edik: Hasanxo'ja Muhammad Sodiq – Sodiq School asoschisi Doniyorbek Nasriddinov – Colba Maktabi asoschisi Suhbatda ochiq gaplashilgan mavzular: ➡ Xususiy va davlat maktablari orasidagi asl farqlar ➡ O'qituvchi sifatini oshirishning real yo'llari ➡ AI maktab hayotiga qanday kirib kelmoqda ➡ O'qituvchi va o'quvchi rolining o'zgarishi ➡ Ta'lim tizimidagi chuqur muammolar va ularning yechimlari Farzandingiz ta'limi kelajagi yoki o'z ta'lim loyihangizni qurish haqida o'ylayotgan bo'lsangiz – bu suhbat aynan siz uchun ▶️ To'liq suhbat uchun: havola "Suhbat foydali bo'lgan bo'lsa, obuna bo'lib bizni qo'llab-quvvatlashni unutmang!" 📱 Telegram | 📱 YouTube 📱 LinkedIn | 📱Instagram

  • 3 авг.1 4573913из sodiq_school

    Yap-yangi kampusimiz deyarli tayyor 😍 Sodiq school Istirohat kampusi qurilishining 90% ishlari yakunlandi. 😎 Videoda bo’lajak kampusimizning qanday barpo etilayotganini o’z ko’zingiz bilan ko’rasiz. O’quvchilarning qulayligi uchun loyihalashtirilgan sinfxonalar, sport maydonlari va har bir detal puxta o’ylangan zamonaviy ta’lim muhiti. 👀 Farzandingizni ushbu kampusimizda o’qitmoqchimisiz? 20-avgustdan so’ng ota-onalar uchun to’liq ochiladi. Lekin ungacha joylar to’lib qolishi mumkin. ⏪️Shu sabab farzandingiz stulini tezroq band qilib qo’ying. Buni boshqa filiallarimizga tashrif buyurib ham amalga oshiringiz mumkin! ⏩️ 🚀 Sodiq School — biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz! Bog’lanish uchun: ☎️ 788888080 Bizni tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

  • 2 авг.2 051117

    Matematikadan Milliy sertifikatga tayyorlanayotganlar bormi? 👀 Sizlarga foydali bepul jonli efir topdim! 20 yillik tajribaga ega matematika ustozi Jamol Xo‘jayev Milliy sertifikat imtihonida yuqori ball olish strategiyasi bo‘yicha ochiq dars o‘tkazar ekan. Efirda: — tayyorgarlikni nimadan boshlash; — tenglama va tengsizliklar; — funksiya va grafiklar; — logarifm va trigonometriya kabi muhim mavzular tushuntiriladi. Faqat o‘quvchilarga emas, matematika ustozlariga ham foydali bo‘ladi. 📅 2-avgust | 20:00 🎁 Ishtirok etish bepul. Qatnashmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi kanalga qo‘shiling 👇 https://t.me/+Le1_U6N02MZhOTJi Milliy sertifikatga tayyorlanayotgan do‘stingiz bo‘lsa, unga ham yuborib qo‘ying! 🙌

  • 1 авг.2 0805922

    Farzandingiz bilan munosabatingizni o’lchaydigan bitta savol. Farzandingiz sizga tushlarini aytib beradimi? Ba’zan shu bitta savolning javobi, yuzlab savollardan ko’proq narsani bildiradi. Agar aytsa, demak u sizga murojaat qilyapti. U sizni tinglaydigan inson deb biladi. U sizni tushunadigan inson deb o’ylaydi. Hatto o’ziga mantiqsiz tuyulgan narsalarni ham siz bilan bemalol ulasha oladi. Agar aytmasa, sizga signal bo'lsin...

  • 30 июл.2 87513526

    Siz: - turmush qurishdan oldin oilali hayotni to‘liq tushuna olmaysiz. - tadbirkorlikni boshlashdan oldin biznes egasi bo‘lish qandayligini bilmaysiz. - ota yoki ona bo‘lishdan oldin farzand tarbiyalashni to‘liq his qila olmaysiz. - rahbar bo‘lishdan oldin rahbarlikning haqiqiy mas'uliyatini anglay olmaysiz. Chunki ayrim xulosalarni kitob emas, faqat tajriba beradi. Qaytaraman: faqat tajriba beradigan xos ilmlar bor

  • Hasankhoja Muhammad Sodiq pinned «Erkakning eng katta jangi tashqarida kechmaydi. Uning ichida kechadi. Bir tomonda o'z xohishi. Ikkinchi tomonda esa yaqinlarining xohishi. U aynan shu ikki olov orasida qoladi. Yaqinlarimiz qanchalik aziz bo'lmasin, ular ham inson. Ba'zan hissiyot bilan…»

  • 27 июл.4 9829755

    Erkakning eng katta jangi tashqarida kechmaydi. Uning ichida kechadi. Bir tomonda o'z xohishi. Ikkinchi tomonda esa yaqinlarining xohishi. U aynan shu ikki olov orasida qoladi. Yaqinlarimiz qanchalik aziz bo'lmasin, ular ham inson. Ba'zan hissiyot bilan qaror qiladi. Ba'zan adashadi. Ba'zan vaziyatni to'liq ko'ra olmaydi. Shunday paytda erkak nima qiladi? "Bu safar adashyapsiz", deydimi? Ko'p hollarda yo'q. Chunki u yaqinini xafa qilishni istamaydi. Shuning uchun sukutni tanlaydi. Shikoyat qilmaydi. Ayblamaydi. Faqat ichiga yutadi. "Bugun bormay qo'ya qolinglar." "Buni keyin qilasizlar." "Shunday qilganingiz ma'qul." Bu gaplar ko'pincha mehrdan tug'iladi. Lekin me'yoridan oshgan mehrning boshqa nomi nazoratdir. Nazorat ostidagi erkak esa o'zini baxtsiz his qila boshlaydi, Shu paytdan boshlab halovat asta sekin kamayishni boshlaydi. Eng oddiy istak ham izoh yoki rozilik talab qiladigan masalaga aylansa, erkak o'z uyida erkin emasligini his qiladi. U buni hech kimga aytmaydi. Na onasiga. Na ayoliga. Na do'stiga. Har bir aytilmagan e'tiroz qalbida qoladi. Har bir yutilgan og'riq ichida yig'iladi. Sukut erkakni bir kunda sindirmaydi. U tomchilab ishlaydi. Yildan yilga. Avval ko'zidagi chaqnash so'nadi. Keyin uydagi suhbati kamayadi. Keyin esa orzulari ham sukutga cho'kadi. Tashqaridan qaraganda esa hammasi joyida. U ishlaydi. Mas'uliyatini bajaradi. Kuladi. Hech kim hech narsani sezmaydi. Lekin tili sukut saqlagan joyda qalbi sukut saqlamaydi. Chunki inson halovatsiz yashay olmaydi. Qalb baribir halovat izlaydi. Agar uni o'z uyida topa olmasa, uni boshqa joydan izlay boshlaydi. O'sha yo'llar har doim ham to'g'ri bo'lavermaydi. Ammo ko'p xatolar yomon niyatdan emas. Uzoq vaqt davom etgan halovatsizlikdan boshlanadi. Ko'pchilik faqat oxirgi qarorni ko'radi. Lekin o'sha qarorning ortida yillar davomida aytilmagan e'tirozlar, ichga yutilgan dard va tomchilab so'ngan halovat yotganini ko'rmaydi.

  • 25 июл.2 8031116

    Sodiqning sodiqlari kerak! 😎 🤩 Sodiq school kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda 3 ta kampusimizda 2000 dan ortiq o’quvchi ta’lim oladi va bu son tobora oshib boryapti. 👀 Agar siz o’z ishingizning ustasi, yangi g’oyalar va tashabbuslarga boy, jamoada ishlashni, rivojlanishni istasangiz unda aynan siz bizga keraksiz. 👉 Murojaat uchun: @SS_recruit_bot Jamoamizga qo’shiling va sodiqlardan biriga aylaning. 🚀 Sodiq School — biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz! Bog’lanish uchun: ☎️ 788888080 Bizni tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

  • 24 июл.2 498365

    Ta'limni isloh qilishni ilk bosqichi haqida Aholi soni maktablar soniga nisbatan juda tez oshgan 1991–2023 yillar oralig‘ida: Aholi soni ~78.6% ga oshgan Maktablar soni faqat ~25.6% ga oshgan Bu shuni anglatadi: Har bir maktabga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni ortmoqda, bu esa haddan tashqari gavjumlik (perenapolnennost) va sifat pasayishiga olib keladi. 2. Ta’lim tizimi infratuzilmasi demografik portlashga tayyor emas Maktablar soni aholining o‘sish sur’atiga yetisha olmayapti. Ayniqsa, qishloq joylarda maktablar yetishmasligi yoki eski maktab binolari dolzarb muammoga aylangan. 3. Maktab sifati va soni orasida bog‘liqlik bor Aholi soni o‘sib borayotgan bir paytda maktab yetarli bo‘lmasa: O‘qituvchi boshiga o‘quvchi ortadi Sifatli darsga vaqt kam bo‘ladi Bolalarning individual ehtiyojlari ko‘zdan qochadi 4. Kelajakda bu tendensiya kuchaysa – salbiy oqibatlar yuz beradi Universitetga kirishdagi raqobat ortadi Shaxsiy rivojlanishga e’tibor kamayadi Repetitorlik va shaxsiy maktablar bozori haddan tashqari kuchayadi Ijtimoiy tengsizlik kuchayadi (puling bo‘lsa o‘qiysan, bo‘lmasa – yo‘q) Strategik tavsiyalar (amaliy yechimlar): 1. Har yili barpo etiladigan maktablar sonini 2 baravar oshirish – Hozir yillik o‘sish 150–200 ta atrofida. Bu kamida 300–400 taga chiqishi kerak. 2. Bo‘sh turgan binolarni ta’mirlab, maktablarga aylantirish – Tez va byudjetga nisbatan arzonroq yechim 3. Shaxsiy maktablar (nodavlat sektor)ni qo‘llab-quvvatlash – Davlat yetolmagan joylarda xususiy sektorni rag‘batlantirish tezlikni oshiradi 4. O‘qituvchilar soni va sifati bo‘yicha favqulodda chora-tadbirlar – Ko‘plab yangi maktablar ochilsa ham, ularni sifatli o‘qituvchilar bilan ta’minlash uchun reja zarur Xulosa: "Agar biz 1991 yildagi infratuzilma bilan 2025 yildagi aholi sonini o‘qitmoqchi bo‘lsak — sifatli ta’lim emas, qog‘ozdagi statistika olamiz." Haqiqiy islohot – bu maktablar soni va sifati o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishdan boshlanadi.

  • 24 июл.2 3656711

    Maktab egasi bo'lgan tanishim bor - o'z sohasida eng yaxshilardan biri. Undan sirini so'radim Javobi oddiy edi: "Har yili bitta boshqaruv kitobini o'qiyman. Xolos." - Hammaga bu kam tuyuladi, lekin sir shu - Ko'pchilik direktor lavozimga o'tirgach kitob ochmaydi - U esa - yiliga bittasini o'qiydi. Va bu uni boshqalardan ustun qo'yadi Sir murakkab emas. Sir - intizom. Boshqalar to'xtaganda davom etish - farq shu yerda boshlanadi. Bitta kitob. Sohangizga oid. Yiliga bir marta. Va siz allaqachon ko'pchilik CEO lardan ustunsiz.

  • 22 июл.2 5513010

    Har qanday kompaniyada nomutanosiblik manbalarini oldindan bilish uchun uchta tushunchani farqlab olish foydalidir: Mulkdorlik: kompaniya kapitaliga qonunan kim egalik qiladi? Egalik: kompaniyani har kuni amalda kim boshqaradi? Nazorat: kompaniyaga oid qarorlarni rasman kim qabul qiladi?

  • 22 июл.3 7015346

    Muvaffaqiyat haqidagi 5 ta xato ishonch Ali Tamaseb 30 000 dan ortiq startapni o'rganadi. Milliard dollarlik kompaniyalarni tahlil qiladi. Natijalarni "Super Founders" kitobida chop etdi. Ma'lumotlar biz ishongan ko'p narsani rad etdi. 1. "Asoschi yosh bo'lishi kerak" Noto'g'ri. Milliard dollarlik kompaniya asoschilarining o'rtacha yoshi 34. Ko'plari 40 va undan katta yoshda boshlagan. Zuckerberg istisno, qoida emas. 2. Nufuzli diplom kerak Haqiqat: oddiy universitet bitiruvchilari ham Stanford bitiruvchilari kabi yirik kompaniya qurgan. Diplom emas, ish hal qiladi. 3. "O'qishni tashlaganlar muvaffaqiyatli bo'ladi" Noto'g'ri. Aksariyati oliy ma'lumotli. Lekin muhim jihati: universitet nufuzi ham hal qiluvchi omil emas. Oddiy universitet bitiruvchilari ham Stanford bitiruvchilari kabi unicorn qurgan. 4. "Sohada tajriba shart" Noto'g'ri. Asoschilarning yarmidan ko'pi o'zi kirgan sohada umuman ishlamagan. Tashqaridan kelgan odam sohani yangicha ko'radi. 5. "G'oya original bo'lishi kerak" Noto'g'ri. Ko'p unicornlar mavjud g'oyani yaxshiroq bajargan. Google birinchi qidiruv tizimi emas edi. Facebook birinchi ijtimoiy tarmoq emas edi. Ijro g'oyadan muhim. 6."Xato qilmaslik kerak" Haqiqat: bu eng muhim topilma. Avval kompaniya qurib, muvaffaqiyatsiz bo'lgan odam keyingisida yutish ehtimoli bir necha barobar yuqori. Xato to'siq emas. Xato tajriba 7. "Raqobatsiz bozor tanlash kerak" Noto'g'ri. Aksariyat unicornlar kuchli raqobatli bozorga kirgan. Raqobat bor joyda talab ham bor. Muhimi - mahsulot mavjudlaridan sezilarli yaxshi bo'lishi. 8. "Yolg'iz asoschi omadsiz bo'ladi" Noto'g'ri. Unicornlarning sezilarli qismi yolg'iz asoschi tomonidan qurilgan. Hammuassislar soni muvaffaqiyatga ta'sir qilmaydi. Muvaffaqiyatni yosh, diplom yoki tug'ma iste'dod belgilamaydi. Uni qilish, xato qilish va qayta qilish belgilaydi. Muvaffaqiyatni eng katta ta'sir qiluvchi omil: avval kompaniya qurgan bo'lishi. Hatto o'sha kompaniya muvaffaqiyatsiz bo'lsa ham. Avval startap qurgan odam ikkinchisida unicorn yaratish ehtimoli bir necha barobar yuqori bo'ladi. Tajriba diplomdan, yoshdan, sohadan kuchli hisoblanadi. Farzandingiz xato qilsa, uni to'xtatmang. U hozir eng qimmat darsni olmoqda. "Super Founders" kitobidan olgan xulosalarim

  • 20 июл.2 6936329

    Hayotdagi eng murakkab muvozanat - ehtiyotkor va jasur bo'lish. Bir vaqtning o'zida. Ehtiyotkor - ahmoqona xatolardan qochish uchun. Charchab qolmaslik uchun. Xavfsizlik chegarasini saqlash uchun. Jasur - o'zingizga ishonch qo'yish uchun. Qilmasangiz afsuslanadigan ishlarni qilish uchun. Qisqa muddatda noqulaylikka chidash uchun - uzoq muddatda o'sish uchun. - Faqat ehtiyotkor bo'lsangiz - hech qachon sakramaysiz - Faqat jasur bo'lsangiz - tez kuyib qolasiz - Ikkalasi birga bo'lsagina - haqiqiy o'sish boshlanadi Ehtiyotkorlik sizni himoya qiladi. Jasorat sizni oldinga olib boradi. Ikkalasini birga tuting - va hayot sizni kutmagan joyga olib boradi.

  • 18 июл.3 177559

    Ajoyib statistika o'qib qoldim: AQSH Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, oliy taʼlim bitiruvchilarining atigi 27 foizi oʻz sohalari boʻyicha faoliyat yuritishar ekan. Uyda qolib bola parvarishi bilan band boʻlganlarning 29 foizini oliy maʼlumotlilar tashkil etar ekan. Ularning deyarli hech biri oʻqiganliklaridan afsuslanishmaydi, albatta. Ammo shuni ham aytib oʻtish kerakki, 30 yoshlardagi endigina ota yoki ona boʻlish sharafiga muyassar boʻlgan kishi kelajakdagi rejalari haqida uning oʻzi oʻn sakkiz yoshida boʻlganida hatto tasavvur qilolmaydigan turfa yoʻsinda fikr yuritar ekan.

  • 17 июл.8 71237185

    Farzandingiz qaysi tilda o'ylaydi? Bir savol bering o'zingizga. Farzandim qaysi tilda kitob o'qiydi? Qaysi tilda tush ko'radi? Qaysi tilda fikrlaydi? Ko'p ota-onalar farzandini rus tilida o'qitadigan maktabga beradi. Odatda men ko'rgan sababi ikkita bo'ladi: 1️⃣ Rus tilini o'rganib olsin. 2️⃣ Rus tilida ta'lim sifati yaxshiroq. Ikkala sabab ham asossiz. ❌ Til uchun butun ta'limni berish shart emas Rus tili - bitta fan. Uni kuchli qo'shimcha darslar orqali bemalol o'rganish mumkin. Buning uchun matematikani, tarixni, adabiyotni - butun dunyoqarashni boshqa tilga topshirish kerak emas. Ta'lim sifatini til belgilamaydi. Sifatni dastur, ustoz va tizim belgilaydi. Bugungi kuchli o'zbek maktablarida ta'lim rus tilidagi maktablardan kam emas, kerak bo'lsa ustun. Ilmiy tadqiqotlar ham buni tasdiqlaydi. Ona tilida o'qigan bola bilimni chuqurroq o'zlashtiradi va tanqidiy fikrlash (critical thinking) qobiliyati kuchliroq rivojlanadi. (Bu haqida pastda manbalar berilgan) Asosiy xavf boshqa yerda ⚠️ 17 yillik tajribamizda bir holatni ko'p kuzatdik. Ta'limi faqat rus tilida bo'lgan bola sekin-asta boshqa muhitga ko'chib o'tadi. O'qiydigan kitoblari rus tilida. Ko'radigan ko'rsatuvlari rus tilida. O'rnak oladigan insonlari rus tilida so'zlaydiganlar. Do'stlari ham shu muhitdan. Natija nima bo'ladi? Bola o'zbek tili bor joydan qocha boshlaydi. O'z tilida gapirishdan uyaladi. Eng og'riqlisi - qadriyatli, tarbiyali insonlar suhbatidan ham uzoqlashadi. Chunki u muhit unga begona tuyulib qoladi. Til shunchaki muloqot vositasi emas. Til bolaning kayfiyatini, fikrlash tarzini, qadriyatlarini shakllantiradi. Bola qaysi muhitda yashasa, o'sha muhitning ahloqini oladi. "Endi kech" demang Ba'zi ota-onalar aytadi: "Boshlab qo'yidik, endi shu tilda tugatsin". Bu xato yondashuv. Qancha erta o'zgartirsangiz, moslashish shuncha oson kechadi. Eng qulay davr - 5-6-sinf. Bu yoshda bola yangi muhitga tez kirishadi va o'qishda yo'qotishsiz davom etadi. Fanlardagi fundamental terminlar ham aynan shu sinflarda boshlanadi Xavotir olmang. Dastlabki 3-4 oy moslashish davri bo'ladi. Shundan keyin bola umuman qiynalmaydi. Bu bizning ko'p yillik amaliyotimizda yuzlab o'quvchi sinovdan o'tgan. Bu shunchaki bizning fikrimiz emas. UNESCO (2025) va Jahon banki (2021) tadqiqotlari buni tasdiqlaydi: bola ona tilida o'qiganda bilimni chuqurroq o'zlashtiradi, hatto ikkinchi tilni ham tezroq o'rganadi. Manba 1 Ona tilidagi ta'lim savodxonlik poydevorini yaratadi, boshqa tillarni o'rganishga yordam beradi va matematika, fan kabi fanlarda natijalarni yaxshilaydi. Tanish tilda o'qigan bolalar tushunib o'qish bo'yicha 30% yuqori natija ko'rsatgan. Manba 2 Ona tilidagi ta'lim sifatli o'qish uchun kalit omil. Akademik natijalarni yaxshilaydi va boshlang'ich sinflarda bilim bo'shliqlarini oldini oladi. Manba 3 Bola tushunadigan tilda o'qisa ko'proq o'rganadi va maktabda qolish ehtimoli yuqori bo'ladi. Tavsiya: kamida dastlabki 6 yil ta'lim ona tilida bo'lsin, ikkinchi til esa avval fan sifatida o'rgatilsin. Manba 4 Ona tilida chuqur o'zlashtirilgan bilim ikkinchi tilga ko'chadi. Ona tilida kuchli o'qigan bola ikkinchi tilni ham tezroq va chuqurroq egallaydi. Xulosa 🎯 Rus tilini bering - lekin qo'shimcha dars sifatida. Ta'limni, tarbiyani va qadriyatni ona tilida bering. Farzandingiz hozir qaysi muhitda ulg'aymoqda - bir kuzatib ko'ring.

  • 17 июл.2 9487449

    Xotirjam bo'lish - beparvolik emas. Tashvishlanish - g'amxo'rlik emas. Ko'p tashvishlanish sizni ko'proq mas'ul qilmaydi. - Uxlamay tashvishlanish - ishni oldinga bermaydi - Doim xavotirda yurish - natijani yaxshilamaydi - Ich-ichdan kuyish - g'amxo'rlikning isboti emas Siz xotirjam bo'lib ham, sodiq bo'lishingiz mumkin. Tinch bo'lib ham, mas'uliyatli bo'lishingiz mumkin. Tashvish - his-tuyg'u. Sodiqlik - harakat. Ularni aralashtirmang.