in'ikos
СтатистикаYerdagi hayot xotiralarining in'ikosi. *shaxsiy blog emas
- Последний пост
- 4 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Технологии (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 75
- 1/48двое суток
- 85
- 1/72трое суток
- 92
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
04.08.2026. O'quvchilardan darak yo'q... Ehtimol biri unutgan Yoki safarga ketgan... Yana biri o'qishda Yoki olis shaharda... Men kutaman barini... Men kutaman barini insha Alloh keladi! Kelganda ham "Ey ustoz, QORI BO'LDIM" deb shoshadi! O'quvchilarimdan darak yo'q... Men sog'indimku ularni... Axir uch oy ta'lim berdim, o'rgatdimku Qur'onni! Ko'rdim ularni bolamdanda afzal deb, Qiyomatda do'zaxdan menga parda bo'lar deb Men ularni sog'indim... Endi ularda Qur'on bor Qur'oniga muvofiq Iymon, solih amal bor Ulardan ko'ra men firoqdaman Ayriliqdaman ey inson! Chunki ular firog'i bitta ustoz Mening firog'im 14 ahli Qur'on Tinglovchilar kelmadi... Bilaman, endi kelmaydi... Lek, kutaman barini Men kutaman barini insha Alloh keladi! Kelganda ham "Ey ustoz! QORI BO'LDIM" deb shoshadi! Qori bo'ling, olim bo'ling o'quvchim! Har vaqt zikr ila zokir bo'ling o'quvchim! Tilingiz Qur'on ila mohir bo'ling o'quvchim! Kalomingni o'rgatgan deb, Men uchun qiyomatda shohid bo'ling o'quvchim! Yerdagi Jannatda hamroh qilgan Fidavsda ham jam qilsin Allohim! Tinglovchilar kelmadi... Bilaman, endi kelmaydi... Lek, kutaman barini Men kutaman barini insha Alloh keladi! Kelganda ham "Ey ustoz! QORI BO'LDIM" deb shoshadi!
“Tegirmon eshagi”*ga o’xshaymizmi?! Imom Tahonaviy “-Tegirmon eshagiga o’xshab qolmagin” degan ekanlar. Yana aytgan ekanlarki “-Agar sen solih amallar qilaversang-u, gunohdan to’xtamaydigan bo’lsang umuman o’smaysan. Qayerda bo’lsang, turaverasan o’sha joyda…” Haqni topish, asl maqsad tomon yo’lga chiqqan kishi manzilga yetishi uchun yurishi kerak, yurgan kishi kishi haqqa yetadi. Kishi gunohlardan tiyilmas ekan bir joyda qo’zg’almay aylanib turadigan eshakdan farqi qolmaydi degan ekanlar. Amallarni yuvadigan nimalar qilayotganimizga hech e’tibor berganmizmi? - Yaxshi gapiramiz — g’iybat ham qilib qo’yamiz; - Rost gapiramiz — yolg’on ham qo’shib qo’yamiz; -Namoz o’qiymiz — birovga yomonlik ham qilib qo’yamiz; - Ro’za tutamiz — birovni so’kib ham qo’yamiz; - Zakot beramiz — minnat ham qilamiz; - Ilm olamiz — yonida katta-kichik gunohlarni ham qilib qo’yamiz. Yuzimizni yuvsak-u ustidan loy chaplayversak yuzimiz ikki dunyoda oqarmaydi. Tanamizdagi jarohatga malham qo’ysag-u ustidan kesib qo’yaversak yaramiz ikki dunyoda tuzalmaydi. * avvalgi zamonlarda tegirmonlar donni ezish uchun atrofida eshak aylanma harakat qilib aylantirgan. Eshshak kun bo’yi tinmay yurgan-u, lekin joyidan qo’zg’almay turavergan. Siz bilan biz shu holda emasmizmi - o’ylab ko’ring!? Ustoz Husaynxon Yahyo Abdulmajid suhbatlaridan @Pseudonevrolog A.J 18.07.2026
видео или голосовое, без подписи
Mashhur brendlar ba’zan “limited collection”da mahsulot chiqarishadi. Bu kolleksiyaning boshqasidan farqi - cheklangan miqdorida, yuqori sifatida va tanlangan insonlar sotib olishida. Limited collection bo’ling, ayollar. Ijtimoiy tarmoqda o’zingizni ko’rsatmang. Soyangizni ham himoya qiling. Vaqtingizni behuda gap/ish/davraga sarflamang. Kerakli odam sizni kerakli paytda kerakli joydan o’zi topadi. Axloqingiz islohoti bilan band bo’ling. Ilm oling, bahoingiz oshaveradi.
🚀 @ecodev_uz startapi yoshlarni SMM-menejer pozitsiyasiga taklif qiladi! 📌 Vazifalar: Kompaniyaning Instagram va Telegram sahifalarini yuritish. Kreativ post va storislar tayyorlash. 👤 Talablar: 20 yoshgacha bo'lish. Mas'uliyatli, o'sishga tayyor va fidbeklarni to'g'ri qabul qilish. 💼 Shartlar: Format: To'liq onlayn ish. Amaliyot: 1 oylik sinov muddati. Sinovdan so'ng oylik kelishiladi. Bog'lanish: @hasanboymajidov
https://www.youtube.com/watch?v=ntxLjE0fI4Q
Erta va indin nima qilish kerak? ➡️ Ashuro kuni to’rt muqaddas oyning biri – Muharramning 10-kuni (25-iyun 2026-yil). ➡️ Imom Ahmad rivoyatiga ko'ra, Nuh alayhissalomning kemalari Judiy tog’i ustida to’xtagan kun ham Ashuro edi. ➡️ Bu kunda Alloh taolo Muso alayhissalom hamda Bani Isroilni Fir’avn va uning navkarlaridan qutqarganligi uchun Madina yahudlari uni ro'za tutib nishonlardilar. ➡️ Yahudlar ro’zasidan farqlanib turishi uchun Ashuro kuniga qo’shib, bir kun oldin (ertaga 24-iyun) va/yoki bir kun keyin (26-iyun) ham ro’za tutmoq afzal (Ibn Moja; Riyozus Solihiyn). ➡️ Bu kun ro’zasi o’tgan bir yillik gunohlarga kafforat bo'ladi (Muslim 1162; Riyozus Solihiyn). ➡️ Muharram oyi ro'zasi Ramazon ro'zasidan keyingi eng afzali ekanligi bir necha sahih rivoyatlarda aytilgan (Muslim, Termiziy, Abu Dovud, Ibn Moja). ➡️ «Kim oila ahliga Ashuro kunida (oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa narsalarda) kenglik qilsa, yilning qolganida Alloh unga kengchilik qiladi». Imom Bayhaqiy rivoyatlari. - Imom Sufyon Savriy rohmatullohi alayh: «Biz ushbu hadisni amalda qo‘llab, uning aytilganidek ekanligiga guvoh bo‘ldik» – deganlar. - Sufyon ibn Uyayna rohmatullohi alayh: «Biz buni 50-60 yil tajriba qilib ko‘rdik va faqatgina yaxshilik ko‘rdik», – deganlar. - Demak, Ashuro kuni ro‘zg‘orni but qilib olinsa, yilning qolgan oylari ham barakali bo‘lishi umid qilinadi.
Kasalliklar Qalb: • kibr • riyo • ujub Tana: • jarohat • saraton • semizlik Ong: • g’aflat • jaholat • shubha Cho’ntak: • qarz • isrof • sustlik Munosabat: • gina • g’iybat • minnat
Ozuqalar Qalb: • Namoz • Quron • Alloh zikri Tana: • Uyqu • Taom • Harakat Ong: • Ustoz • Kitob • Tafakkur Cho’ntak: • Mehnat • Ehson • Sarmoya Munosabatlar: • Xabar olish • Shirin so’z • Yaxshiliklar
Qabilasidan faxrlanganlar bizdan emas, qabilachilik uchun kurashadigan ham bizdan emas, qabilachilik uchun jon bergan ham bizdan emas. Muhammad (s.a.v) Abu Dovud, Odob 5121
Ustoz boshqa pedagog boshqa ekan. Ba’zi ustozlarni darsini tugashini kutib soatga qarasangiz ular yaxshi pedagog emaslar, amma bu hurmatsizlik qilish kerak degani emas. Ba’zi ustozlarni o’tgan darslarini tugagani va vaqt o’tganini bilmay qolasiz ana ular haqiqiy pedagoglar. Pedagogik mahoratga ega ustozlar haqiyqiy murabbiydirlar, ular kasbiy mahoratlarini aniq ko’rsata olishadi.
видео или голосовое, без подписи
Oriflar maqtov eshitganlarida «Agar Alloh ayblarimni berkitmaganida, odamlar faqat fazilatlarimni ko‘rib, meni maqtashmasdi, demak, bu maqtovlar Allohga tegishlidir» deb fikrlaydi va barcha maqtovlarni Parvardigoriga havola etadi. Sunnatga ko‘ra, agar bir kishini maqtashga to‘g‘ri kelib qolsa, «u shunday fazilatlarga ega bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman, agar u shu sifatlarga ega bo‘lsa, «Uning kifoyachisi Allohdir, Alloh oldida biror kishi aybsiz emas», deyish kerak. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan. Muvaffaqqiyatga erishganda birga ishlaganmiz deb maqtab hammaga namuna qilib ko'rsatadiganlardan va muvaffaqqiyatsizlik kelganda xatolarini boshqalarga aytib oldin ham shunaqa edi deb ko'rsatadiganlardan Alloh saqlasin.
Sun’iy intellekt endi rasmlardan haqiqiy videodan ajratib bo‘lmaydigan soxta videolar "yaratmoq"da. Texnologiyalar fitnasi shunday darajaga yetdiki, endi nafaqat ayollar, balki beg‘ubor farzandlar va har qanday inson rasmi xavf ostida! Siz internetga qo‘ygan oddiy rasm kimningdir qo‘lida "real video"ga aylanib, bir oilaning hayotini barbod qilishi mumkin. Shariatda birovning obro‘si to‘kilishiga sababchi bo‘lish - uni qilgan bilan barobardir. Rasmlarni ko‘z-ko‘z qilib, o‘z qo‘lingiz bilan fitnaga eshik ochmang. Rasmlarni tarmoqdan tozalang. Omonatga xiyonat qilmang! O‘zingizni va oilangizni asrang! "Va eslating, eslatish mo'minlarga manfaat berur." (Zoriyot, 55-oyat) @Nursaidovuz | 19.12.2025
Allohga yaqinlik masofa bilan o’lchanmaydi.
Respekt, kino zo’r ishlangan. 1-qismidan qolishmaydi, ikkala qismi ham odamni yig’latadi. #tavsiya
Qoyil Ko’p muhokamalarga sabab bo’ladigan holatlar aniq qilib ko’rsatilib ilib qo’yilibdi. Xo’ja Ahror valiy jom’e masjidi
Rahbarlarga agar bitta tavsiya berish kerka bo'lsa, shuni aytgan bo'lar edim: Siyratni o‘rganing. Unda rahbar duch kelishi mumkin bo‘lgan deyarli har bir vaziyatning muvozanatli yechimi bor. Uni o‘rganib, qo‘llasangiz - ikki dunyo saodatiga yo‘l ochiladi. 1. Ba’zan qat’iyat kerak Makka davrida mushriklar murosa taklif qildi. Bir yil sen bizning dinimizga, bir yil biz sening diningga, deyishdi. Payg‘ambarimiz aqidada bir qadam ham chekinmadilar. Bu yerda qat’iyat zarur edi. Oqibatda: - Aqida tozaligi saqlandi - Rahbarlik printsipi mustahkamlandi - Ummah ichida ishonch kuchaydi 2. Ba’zan qattiqqo‘llik kerak Badrda jang bo‘ldi. Zulm to‘xtashi uchun kuch bilan javob berildi. Bu yerda yumshoqlik emas, tartib ustun edi. Oqibatda: - Musulmonlar siyosiy kuch sifatida tan olindi - Ichki ishonch va birlik oshdi - Dushman tajovuzi kamaydi 3. Ba’zan rahmdillik kerak Makka fathi kuni to‘liq qudrat bor edi. Lekin umumiy afv e’lon qilindi. Ta’qib qilgan, haqorat qilgan, zulm qilganlar ham bor edi. Barchasiga rahm qilindi. Oqibatda: - Qalblar zabt etildi - Ommaviy ravishda Islom qabul qilindi - Ichki urushning oldi olindi 4. Ba’zan sabr qilish kerak Makka davrida yillar davomida haqorat va boykot bo‘ldi. Payg‘ambarimiz sabrni tanladilar. Har bir provokatsiyaga javob bermadilar. Oqibatda: - Kadrlar chiniqdi - Iymon mustahkamlandi - Hijrat uchun zamin tayyorlandi 5. Ba’zan maslahat qilish kerak Xandak jangi oldidan sahobalar bilan maslahat qilindi. Salmon al-Forsiy taklif qilgan xandaq g‘oyasi qabul qilindi. Bu jamoaviy fikrning kuchi edi. Oqibatda: - Madina saqlandi - Jamoaviy fikrlash kuchaydi - Rahbarlikka ishonch oshdi 6. Ba’zan uzoqni ko‘ra bilish kerak Hudaybiyya kelishuvi shartlar og‘ir tuyuldi. Sahobalar qiynaldi. Lekin qaror hissiyot bilan emas, strategik tafakkur bilan qabul qilindi. Oqibatda: - 2 yil ichida Islom tez yoyildi - Diplomatik tan olinishi boshlandi - Makka fathiga eshik ochildi Bu ro'yhatni juda ko'p davom ettirish mumkin. Haqiqiy rahbar muvozanatni biladi. - Har vaziyat bir xil yondashuvni talab qilmaydi - Hikmat vaziyatni to‘g‘ri o‘qishda - Kuch ham kerak - Yumshoqlik ham kerak - Sabr ham kerak - Strategiya ham kerak Har qarorning oqibati bor P.s. Ramazon sizga g'animat. Siyratni o'rganing..
Ramazon oyida kurslar bir oylik chegirmaga tushishi yaxshi albatta, ammo tangani orqa tarfi ham borda. Shu chegirmalarni ramazon oyi tugagandan keyin berilsa yaxshi emasmi deymanda, ramazon oyida odamlar vaqtlarini ko’proq qalbi bilan halovatda, dunyodan uzoqroq bo’lib ko’proq ibodat bilan o’tkazadi. Ramazonda chegirma berilsa demak, ramazondan keyin yana bir oy chegirma bersa ham bo’ladiku. Shunda ko’pchilikka yetib borar edi, ramazondan keyin odamlar ilmga yaxshi shiddat bilan rag’bat bilan kirishadi, gunohlardan pok bo’lib inshalloh.
https://t.me/hasanxondomlauz/3028