tgindex
Azimjon's Fikrlog

Azimjon's Fikrlog

Статистика

Fikrlar daftari Asosiy: @azim_pulat

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Технологии (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
18 966
+45 за 3 дн.
Сутки
+30
+0,16%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
35,5 тыс
20 постов
Вовлечённость
187,0%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 20
Упоминаний
46
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
8 729
1/48двое суток
10 003
1/72трое суток
10 789

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 12 авг.9 8421 562281

    Agar ko'p... Gapirasang ———- Podkast ol. Hayol sursang —— Hikoya yoz. Savol bersang —- Tadqiqot qil. Bahslashsang — Qonun o'rgan. Qayg'ursang —— Shifokor bo'l. E'tibor bersang - Dizayner bo'l. Tushuntirsang ——-— Dars ber. O'zgacha o'yla ———- Ixtiro qil. Dangasa bo'lsang —- Dasturla.

  • 9 авг.14,5 тыс1 734289

    Yarim tunda uyg’onib ketdi. Uyqim buzildi deb hafa bo’lmadi. Tahajjud o’qidi - xursand bo’ldi. Yaxshilikka niyat qildi. Amalga oshmadi deb hafa bo’lmadi. Niyati uchun savob olishi eslab xursand bo’ldi. Kasal bo’ldi-yu, hafa bo’lmadi. Kaforatdan umid qildi - xursand bo’ldi. Boshlagan ishi o’xshamadi. Hafa bo’lmadi. Istixora qilgandi - xursand bo’ldi. Hafa bo’lma, xursand bo’l. Tanlov o’zingda.

  • 5 авг.24,5 тыс1 616297

    boy bo'ling — isrof qilmang. chiroyli ekan - ko'rsatmang. aqqlimisiz — kamtar bo'ling. gunoh bormi — tavba qiling. nemat bormi - shukur qiling. sinov yetdimi —- sabr qiling. ilm oldingizmi — amal qiling.

  • 13 июл.28,6 тыс1 111121из fikrlog

    Boyroq Tirik ——————- o’likdan Erkin ————— qaramdan Sog’lom ———— kasaldan Qarzsiz ——— qarzdordan Hunarli ——— hunarsizdan Beruvchi ——— oluvchidan Qanoatli —— qanoatsizdan Iqtisodchi — soviruvchidan

  • 12 июл.32,3 тыс1 575329

    Shovqin nazariyasi 6 yilda 20ta davlatda bo'ldim. Aholi qancha kambag'al bo'lsa, shuncha shovqin-suronda yashashini kuzatdim. Eng sukunat sevar xalqlar, ko'rganlarim orasida eng boylari bo'ldi. Shovqin bizni kambag'alikka tortyaptimi yoki kambag'allik shovqin-sevar qilib qo'yyaptimi bilmayman. Ammo ular bog'likligiga ishonchim komil. Toshkent eng shovqin shaharlardan biri. Magazinda qulog'ingiz tagida "BARBII" deb baqiradimi-e, avtobusda Yulduz Usmonovani qo'shig'ini qo'yadimi-e. Qaysi taksiga o'tirmang musiqa tinmaydi. Buyoqdan boshqa shovqin ham bor. Jahon chempionati, keraksiz yangiliklar, baqiroq bloggerlar. Agar kambag'allik muhit tanlasa, u shovqinli bo'lardi.

  • 8 июл.27,7 тыс1 245172

    Savdolashish yo'llari Siz so’radingiz. …va sotuvchi / ijarachi / sartarosh “yo’q” dedi. Darrov “ho’p” deyishga shoshilmang. Doim yo’l topiladi. 1. To'liq to'lang. Ko’pchilik “bo’lib to’lash”ga o’tirib qolgan. Bu holatda naqd to’lab 20-40% arzonroqqa olasiz. Uy, moshina, texnika… 2. Oldindan to’lang. Tepada aytgan ofisni 3 oyga oldindan to’lab arzonlashtirdik. 12 oyga olsak 50%ga tushirsa ham bo’lardi. 3. Kamrog’ini xohlang. Soch oldirishda 2-marta bosh yuvishi kerakmasligini aytib arzonlashtirib ko’ring - menda doim ishlaydi. 4. Hozir xohlamang. Keyinroq boring - sotuv o’lganda, mijoz kamayganda, oy oxirida. Oy boshida hamma boy, keyinroqqa qoldiring. 5. Qat’iy bo’ling. Chegirma deb sifatsiziga uchmang. Tanlovni o’zingiz qiling, keyin savdolashing. Muhimi hovliqmang. Sizniki bo’lsa ketib qolmaydi.

  • 7 июл.24 тыс1 712188

    Savdolashing. Sherigim bilan bitta sartaroshxonaga bordik. Soch oldirdik va to’lov vaqti keldi. Xizmat uchun men 70 ming, sherigim esa 130 ming so'm to'ladi. Nega? Sababi men kursiga o'tirishdan avval savdolashdim, sherigim esa kursidan turgach narxini so'radi. 60 ming so'm bilan nima o'zgaradi demang. Savdolashish - bu odat. O'tgan hafta Toshkent citydagi NestOne binosidan ijaraga ofis oldik. Narxni $1,500dan boshlab avval $1,200ga, keyin $1,050ga tushirdik. 20 daqiqalik muzokara minglab dollar tejadi.

  • 3 июл.34,8 тыс2 542260

    Pulim ko’p bo’lsin desangiz: > Onangizga bering.

  • 30 июн.34,9 тыс830256

    30-iyun. Vaqtdan vaqtning farqi bor. Yoshlikdagi vaqt qarilikdagi vaqtdan qadrliroq. Ilm olish, yaxshi odatlar qurish, yaqin do’stlar orttirish uchun yoshlikdan yaxshiroq vaqt yo’q. Majbur bo’lmasangiz bu vaqtni pulga almashmang. Shunchaki pul topish uchun vaqtingizni sarflamang. Hali ko’p pul topasiz. Yoshlikni qaytib topmaysiz. Vaqtni sarmoya qiling, xarajat emas. Yoshlarga maslahatim: t.me/azim_pulat/s/42 Kuningiz bilan, yoshlar!

  • 26 июн.35,2 тыс70341

    26-iyun. Go’zal hayot uchun yuzlab to’g’ri qarorlar kerak. Ammo uni ostin-ustun qilish uchun 1ta noto’g’risi kifoya va shulardan biri - giyohvandlik. Yaqingacha Yevropadagi 90%, dunyo bo’ylab esa 70% ger*in ulushini Afg’oniston yetishtirib berardi. 2021-yil Tolibon hokimiyatga kelgach giyohvand moddalarni yetishtirishga chek qo’ydi. Bu bilan sintetik moddalar bozori avj oldi. Xitoy mashinalari kabi dorilari ham kirib kela boshladi. Bugun giyohvand so’zidagi “giyoh” - “sintetik tabletka”ga aylandi. Manba

  • 22 июн.42,2 тыс920456

    Kasalliklar Qalb: • kibr • riyo • ujub Tana: • jarohat • saraton • semizlik Ong: • g’aflat • jaholat • shubha Cho’ntak: • qarz • isrof • sustlik Munosabat: • gina • g’iybat • minnat

  • 17 июн.54,6 тыс2 0561 060

    Ozuqalar Qalb: • Namoz • Quron • Alloh zikri Tana: • Uyqu • Taom • Harakat Ong: • Ustoz • Kitob • Tafakkur Cho’ntak: • Mehnat • Ehson • Sarmoya Munosabatlar: • Xabar olish • Shirin so’z • Yaxshiliklar

  • 15 июн.32,7 тыс1 914155

    Issiqdan chanqadim. Suv olgani do’konga kirdim. Sovutgichda faqat rangli shakar suvlar qo’yilgan. Nok hidi keladigan montelladan olgim keldi. Qadoqqa qaradim: > Har 100 ml da 11 gram shakar. Bu o’sha 450 ml ichimlikda 50 gram - ya’ni 12 qoshiq shakar degani. 1 safar hech narsa qilmas deb qo’limga oldim. Oldim-u, yonimdan qo’lida Fanta ko’tarib olgan og’ir vaznli ayol o’tib ketdi. Balki u ayol mendan baxtliroqdir. Lekin men undan sog’lomroq bo’lishni tanladim. Shakar suvni joyiga qo’ydim. Oddiy suv olib chiqib ketdim.

  • 14 июн.28,1 тыс1 72787

    1 dona tarvuz qadrini… O’tgan yoz Londonda 1/6 tarvuz £5 edi, bu 1 donasi 450 ming so’m degani. Toshkentda 16 mingga kaatta tarvuz beradi ~30x arzonroq. London 0 : 1 Toshkent

  • 9 июн.32,5 тыс1 134287

    O’zgartirmoqchimisiz? > Unda o’lchang. Varshavada biz bilan bir yigit turardi. U tamaki chekardi. Bir kuni undan kuniga nechta tamaki chekishini so’radim. Ma’ruza o’rniga shunchaki har kuni menga kun oxirida nechta chekkanini yozib turishni aytdim. 2 oyda ~10tadan ~2taga tushdi. Shunchaki o’lchashni o’zi uni ongli yashashga undadi. O’lchang, o’zgaradi.

  • 22 мая47,4 тыс1 21020

    90% × 30 yosh

  • 9 мая69,2 тыс2 603488

    iPhone 2022-yil Londonda Facebook’da amaliyotni tugatib, Varshavada Amazonda ishlashni boshladim. O’sha paytlar Facebook oyiga ~$7 ming, Amazon oyiga $10 mingdan ko’proq to’lardi. O’shanda iPhone 14 sotuvga chiqqandi. Ishlatilgan iPhone 13 oldim, arzonroqqa. U bilan dasturchi hikoyasi-yu 42 express backend videolarini yozdim. Va hozir shu maqolani ham. 2023-yil Google’da ishlashni boshladim. Hamkasbim iPhone 11 ishlatarkan. 21 yosh, millioner. Yevropada yerlari bor, uyini rasmini ko’rsatganda qasrda yashar ekansanku degandim. Shu yigit yaqinda, 2026-yil to’yimga keldi. Qo’lida hali ham o’sha iPhone 11.

  • 8 мая42,1 тыс1 26618

    Qirikki’dagi Git darsidan

  • 5 мая47,2 тыс1 033143

    Domino. Kunlarimiz bir biriga ulangan. Kecha bugunni, bugun ertani boshlab beradi. Yangi kun eskisi tugaganda boshlanadi. Aslida kun qachon tugaydi? Avvaliga telefonim aytganidek 00:00da tugaydi deb “bugun ulguray” vasvasasi bilan har kuni kunimni samaraliroq qilishga harakat qildim. Sport, o’qish, yozish va qancha ishlar surilib tunga o’tib ketib ertangi kundan o’g’irladi. Uyqu uxladi. Domino kabi kunlarim bir-birini yiqitishni boshladi. Bu kichik o’zgartirish esa kunimga halovat olib keldi. Quyosh botganda kun tugaydi = Demak yangi kun boshlanadi. Kunni qanday boshlamoqchisiz? - Azon yutishga chaqiryapti.

  • 27 апр.47,1 тыс1 708348

    Hojatxona. Eshik oldida o’tirgan bolakay e'tiborimni tortdi. Bu ishda rozi bo'lib ishlab o'tirish oson emas. Ammo u norozi ko’rinmaydi. Olgan puliga ham qaramadi. Qog'oz berishni ham unutdi. Ikki ko'zi ko'rayotgan qisqa videolarida. Shu qadar berilib u yerning hidini ham, qayoqdaligini ham unutgan ko'rinadi. Biz ham ba'zida "hojatxona"da bo'lsak ham, chiqmay o'tiraveramiz. Ovunish uchun doim nimadir topiladi. Zo’rg’a yetayotgan oylik. Bir joyda qotib qolgan yoqimsiz ish. Atrofga boqing.