tgindex
Khumoyun Codes

Khumoyun Codes

Статистика

Dasturlash va dasturchi hayotiga oid maqola va media kontentlar. Muallif: Khumoyun Inoyatov | Boshqa tarmoqlarga linklar:https://linktr.ee/ikhumoyun | Tanlangan maqolalar:https://bit.ly/3PBHPOM

Последний пост
30 июл.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Технологии (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
4 749
+9 за 3 дн.
Сутки
−5
−0,11%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
4 452
22 постов
Вовлечённость
93,7%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 22
Упоминаний
16
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
3 064
1/48двое суток
3 511
1/72трое суток
3 787

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 30 июл.2 3825551

    видео или голосовое, без подписи

  • 27 июл.6 3602711

    ⚠️ ILTIMOS ⚠️ Kitoblar do’kondan olinmaydi, bu shunchaki mo’ljal, kitob do’konga kirib dokonchilarni qiynamanglar iltimos. Ularni bizga aloqasi yo’q. Keyin nometa gaplar yozmanglar chatdan, shunchaki kelmoqchiman va keldim. Aytilgan vaqtdan oldinroq yoki keyinroq kelib yurmanglar. Kitoblarni taxidan chiqarib yubora olmaymiz. O’rningizga boshqa odam olib ketsa bo’ladi.

  • Eslatma, kitoblarni keyingi hafta dushanbadan olib ketishingiz mumkin. Bugundan ilojimiz yo’q.

  • 24 июл.3 1551223

    Tanlov g'oliblari Go'liblarni jonli efirda aniqlashga vaqtim bo'lmaganligi sababli shundoq ChatGPT orqali tanlab qo'ya qoldim. Quyidagi insonlar tanlab olindi. Barchaga yetgunicha o'zi so'ragan kitoblarni berishga harakat qilamiz, bo'lmasa bori beriladi, chunki ba'zi kitoblar boshqalariga nisbatan ko'proq tanlangan. G'oliblarni 90 dan baland ball olganlar, ism familyani to'liq yozganlar va formani faqat bir marotaba to'ldirganlar orasidan tanlab oldim. 1. Adxamov Aʼzamjon 2. Alijon Maxammadvaliyev 3. Asadullayev Barkamol 4. Axmedov Xusniddin 5. Azamatbek Nabiyev 6. Abbos Babakarimov 7. Badiyev Sarvar 8. Bahodir Bobomurodov 9. Bahtiyorov Salohiddin 10. Behruz Bahromov 11. Bobotayev Kazbek 12. Xasanboy Sobirjonov 13. Islom Erkinxojiyev 14. Ismatulla Koʻyliyev 15. Ismatullo Muydinov 16. Izzatillo Azimov 17. Jahongir Ne’matov 18. Jahongir Xaytboyev 19. Jamshidbek Choriyev 20. Javohir To’lanov 21. Mehmonov Husniddin 22. Mirkamol Atakhanov 23. Mirkomilov Laziz 24. Muhammadyor Avazbekov 25. Nodirbek Sheraliyev 26. Nurbek Yo’ldashev 27. Ozodbek Bozorbekov 28. Ozodbek Karimjonov 29. Rahmatillo Zokirjonov 30. Saidqodirov Xondamir 31. Sanat Abdalov 32. Sharifjonov Shodiyor 33. Shermuhammad Odilov 34. Sherzod Artikbayev 35. Shohjahon Akramov 36. Sokhib Jaynarov 37. Soatmurotov Abrorbek 38. Toxir Fozilxonov 39. Bahodir Bobomurodov Yutganlar, Dushanbadan Jumagacha soat 14:00 va 18:00 oralig'ida mana shu yerga borib olib ketishlari mumkin. Borishdan oldin @EpicLabAdmin ga yozishlari shart. Kamida 20 daqiqa oldin. Tasdiqlangandan so'ng borish kerak. Borganda Telegram username tekshirib beriladi. Pochtadan yuborishga imkoniyatimiz yo'q, faqatgina kelib olib ketishingiz mumkin. @khumoyun_codes

  • 17 июл.3 5833710

    Assalomu aleykum kitob kutayotgan qadrli obunachilarim 😊 Kitoblarni to'g'ri taqsimlash va kerakli odamlarga tarqatish yo'lini uzoq o'yladim, kuttirib qo'ygan bo'lsam uzr. Va nihoyat o'ylab o'yimga yetganimdan keyin sizlarga shartlarni yetkazmoqchiman. Pastda…

  • 16 июл.3 096142

    видео или голосовое, без подписи

  • 13 июл.3 7623727

    Assalomu aleykum kitob kutayotgan qadrli obunachilarim 😊 Kitoblarni to'g'ri taqsimlash va kerakli odamlarga tarqatish yo'lini uzoq o'yladim, kuttirib qo'ygan bo'lsam uzr. Va nihoyat o'ylab o'yimga yetganimdan keyin sizlarga shartlarni yetkazmoqchiman. Pastda qoldirilgan link orqali o'tib, Google Formsda berilgan "atigi" 100 ta savolga javob bergan va yuqori ballarni egallaganlarga kitoblarni tarqataman. Shartlar: 1. Savollarga iloji boricha to'g'ri javob berish 2. Ism va Telegram username ni qoldirish 3. Formani Payshanba 23:59 gacha to'ldirish Eslatma: Agar davogarlar ko'p bo'lsa kitoblar 1 tadan, bo'lmasa pack ya'ni komplekt qilib, yoki muallif lozim topgan sonda tarqatish huquqi, kanal adminida saqlanib qoladi. Qani kettik 😉 👇👇👇 FORMA 👇👇👇 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSflwVpz3hEnu0UmomnGy08Qhxz9YunTVGOEHlWEWEw_nQJM5w/viewform?usp=header @khumoyun_codes

  • 10 июл.3 55595из digitaledu_uz

    #IOI2026 #Uzbekistan 🏆 Yana bir tarixiy voqea: Oʻzbekiston ilk bor nufuzli IOI 2026 xalqaro olimpiadasiga mezbonlik qiladi! ✅Joriy yilning 9–16-avgust kunlari O‘zbekiston tarixda birinchi marta 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qiladi. IOI — maktab o‘quvchilari orasidagi eng nufuzli dasturlash musobaqasi bo‘lib, u texnologik gigantlar va yetakchi global ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun eng iqtidorli yoshlarni saralab olish maydonidir. ✅Alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan IOI -2026 tarixida eng ko’p mamkalatlarni ro’yxatdan o’tishi yuzasidan rekord natija qayd etdi. ⚜️97 mamlakatdan 386 nafar iqtidorli o‘quvchi ro'yxatdan o‘tdi. ⚡️2025-yilgi Boliviya olimpiadasidan kumush va bronza medallar bilan qaytgan O‘zbekiston terma jamoasi endi o‘z uyida yangi rekordlarga tayyor! ⏰9-16-avgust 🗺CAEx koʻrgazmalar markazi 🖥Veb-sayt: ioi2026.uz 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

  • 9 июл.3 558511

    Men ham mana bizga ajratilgan 50kg kitobni qabul qilib oldim. Buning uchun Saud akaga katta rahmat aytib qolaman. Kitoblarni qanday tarqatishni endi o’ylab ko’raman. Tez orada hal qilamiz, kuzatishda davom eting 😉 @khumoyun_codes

  • 17 июн.6 7942423

    Iskandar aka Anvarov bilan bo'lgan suhbatimizni YouTubega 5 kun oldin YouTubega yuklagan edim, "organic" qancha ko'rilar ekan deb, menimcha YouTubeda doimiy kuzatadiganlar ko'rib bo'lishdi. Ko'rmay yoki eshitmay qolganlar bo'lsa marhamat, suhbatni tomosha qiling. Suhbat davomida, Gollandiyadagi hayot, Amazonda ish va ijtimoiy hayot balansi va hozirgi kundagi aktual mavzu sun'iy intelekt haqida ham gaplashdik. Xullas tomosha qilamiz 👀 Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz 😊 P.S. Qo'llab quvvatlaganlanlardan biriga Iskandar aka shaxsan taqdim etgan kitobni topshiramiz. Shartlarini video oxirida bilib olishingiz mumkin @khumoyun_codes https://youtu.be/LaXUP_C360s

  • 15 июн.5 7193932

    Bir davr tugadi - Ушла целая эпоха Biz SkillUp loyihasini tugatdik. Deyarli 3 yil davomida qaysidir vaqt qizg'in, qaysidir vaqt tanaffuslar bilan ishlagan, qo'limizdan kelgancha vaqt, mablag' va qandaydir ma'noda mehrimizni bag'ishlagan SkillUp loyihasini bugun o'z nihoyasiga yetkazib yopdik, bu qarorga kelish oson bo'lmadi, ahir oz muncha vaqt va pul ketmadi. Shunga qaramasdan bizda katta bir tajriba va jamoa qoldi, asosiysi shu, qolgani o'z yo'liga. Bizni qo'llab quvvatlagan barcha do'stlarimizga katta rahmat ❤️ Jamoa a'zolarimizga (Khamidulla Inoyatov, Jakhongir Rakhmonov va Saidabror Nizamkhujaev) esa alohida rahmat, biz yutmagan bo'lsak ham biz hech bo'lmaganda harakat qilib ko'rdik. P.S. Sotib olingan kurslar ochiq keng ommaga to'liq ochildi. Ma'lumot skillup.uz saytida. @khumoyun_codes

  • 27 мая4 400487

    Qurbon hayiti muborak bo’lsin do’stlar 🥳

  • 14 мая5 2097134из khamidulla_inoyatov

    “AI dasturchilarni almashtiradimi?” degan savolni berishni to‘xtatish kerak chunki bu allaqachon reallikka aylandi. So’ngi haftada nima bo‘lganiga bir nazar soling. Cisco 3500 dan ko’proq ish o‘rnini qisqartiryapti. Lekin shu bilan birga kompaniya AI infratuzilmasi bo‘yicha kutilayotgan buyurtmalarini 9 milliard dollargacha oshirdi. (Karl 9 milliard) Signal juda aniq: eski tech ish o’rnilari qisqaryapti, pul esa chiplar, optika, xavfsizlik va AI infratuzilmasiga sariflanayapti. (reuters.com) GitLab o‘zining “Act 2” yo‘nalishini e’lon qildi. Ularning aytishicha, kelajakda software’ni mashinalar quradi, odamlar esa yo‘nalish beradi. Agentlar reja tuzadi, kod yozadi, review qiladi, deploy qiladi va muammolarni tuzatadi. Odamlarda esa arxitektura, qaror qabul qilish, trade-off’larni ko‘rish va mijoz muammosini tushunish qoladi. (about.gitlab.com) Anthropic’ning Mythos modeli banklarni boshqa reallikka olib kirdi. AQSh banklari AI yordamida xavfsizlikka bog’liq muammolarni topib, ularni tezroq yopishga majbur qilyapti. Yevropa regulatorlari esa banklarni AI yordamidagi kiberhujumlarga tayyor bo‘lishga chaqiryapti. (reuters.com) Mana asosiy pattern: AI faqat chatbot emas. AI faqat coding assistant emas. AI faqat productivity tool emas. AI infratuzilmaga aylanmoqda. U security operations, data center’lar, cloud shartnomalari, networking, CI/CD, robotics, chiplar, optika va enterprise workflow’larga kirib boryapti. Dasturchilar uchun xulosa yaxshi emas. Faqat prompt yozishni o‘rganish yetmaydi. Murakkab System’larni (tizimlarni) tushunish bilish kerak. Kiberxafsizlikni tushunish kerak. Networking, cloud, automation, architecture va software production’ga qanday chiqishini tushunish kerak. Chunki keyingi AI to‘lqini kulgili chatbot demo ko‘rinishida kelmaydi. Ai asosida yasalgan mem rasimlar yoki mem videolar da ham emas. - U AI topgan xafsizlik bog’liq muammolar sabab bank tezroq code ga o’zgartirishlar qilayotganida ko‘rinadi. - U eski ish o’rninlarini qisqartirib, AI infratuzilmasidan milliardlab dollar buyurtma olayotgan networking kompaniyasida ko‘rinadi. - U o‘zini agentlar atrofida qayta qurayotgan developer platformalarda ko‘rinadi. Chatbotlar AI’ning faqat boshlanishi edi. Asosiy o‘zgarish endi sahna ortida — serverlar, bank tizimlari, xavfsizlik, cloud, networking va production infratuzilmasida bo‘lyapti. Agar AI dunyosida raqobatbardosh bo‘lishni istasangiz, bu postga layk bosing va do‘stlaringiz bilan ulashing. Agar post 30 ta like eg’sa keyingi postda researchga asoslangan fikrimni sizlar bilan bo‘lishaman.

  • 12 мая3 8901415

    Bu hafta bir nechta @tanstack/* npm package’lari supply chain hujumiga uchrapti. Hujumchilar CI/CD va GitHub Actions orqali zararli versiyalarni npm’ga joylashga muvaffaq bo‘lishgan. Zararli kod tokenlar, SSH key va boshqa credential’larni o‘g‘irlashga uringan. Darxol loyihalardagi packagelarni tekshirib qo’yishni maslahat beraman Batafsil: https://snyk.io/blog/tanstack-npm-packages-compromised/ @khumoyun_codes

  • 7 мая4 064779

    Yaxshi niyat va yaxshi harakat 😊 2019-yil Avgust oyida O’zbekiston Yoshlar Ittifoqining, yoshlar delegatsiyasi a’zosi sifatida Belorus Respublikasining poyitaxti Minsk shahriga tashrif uyishtirdik. Tashrif mobaynida biz respublikaning eng katta IT kompaniyalaridan…

  • 27 апр.4 6621426

    🟥 Yandex’dan Moskvada bepul ta’lim olishni xohlaysizmi? Yozgi dasturlash maktabining mobil va backend yo‘nalishlarida ishtirok etish uchun ariza topshiring. Bu ko‘nikmalaringizni rivojlantirish, real vazifalar bilan ishlash va kompaniyamizda amaliyot o‘tashga yaqinlashish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ishtirokchilar Moskvada bo‘lib o‘tadigan xalqaro ta’lim dasturiga yo‘l oladilar - dastur davomida aviachipta va turar joy to‘lovlarini to‘liq amalga oshiramiz. Yozgi maktablar yakunlanganidan so‘ng, sizni Yandex Uzbekistan’da amaliyot o‘tash uchun qisqartirilgan tanlov kutadi. 3-maygacha ariza topshirishga ulgurib qoling ↗️ @khumoyun_codes

  • 23 апр.4 63714212

    Cybersecurity sohasini eshigini bir ochib mo'ralab chiqib ketishga ulgurganim, sertifikat olib, musobaqalarga qatnashganim haqida oldinroq yozgandim. So'ngi paytlarda sohaga bo'lgan qiziqish yanayam ortib, e'tibor ko'proq qaratilyapti. Nega deydigan bo'lsak, community sekin astalik bilan rivojlanyapti, yuzaga chiqib, o'zini ko'rsatishni boshlayapti. Dasturchilar, muhandislar alohida bir dunyo bo'lsa, kiberxavfsizlik mutaxasislari alohida bir dunyo. Ular bilan ko'rishib qolsak (ayniqsa web ilovalar xavfsizligi bilan shug'illanadigan insonlar bilan) huddi uy quruvchi arxitektor va uni mustahkamligini tekshruvchilardek suhbatlashamiz. So'ngi paytlar nima bo'lyapti, qanday yangiliklar, nimalardan ko'proq muammo chiqyapti, nimalarga ko'proq qarash kerakligini o'rganamiz va tajriba almashamiz. Yaqinda ushbu xavfsizlik sohalarida ishlaydigan tajribali mutaxasis, Shodiyor ismli do'stimiz bilan tanishib, suhbatlashib qoldim, fikr va mulohazalari qiziq bo'ldi. Shunga ularni kanallari bilan ulashib qo'ymoqchiman, sohaga qiziqishingiz bo'lsa, postlarini o'qib, tanishib ko'rishingizni maslahat beraman: Kanal 👉🏻 t.me/trk_1337 @khumoyun_codes

  • 19 апр.4 353468из khamidulla_inoyatov

    Boshida Claude Code menga juda yoqdi. Bir laxzaga bu yechimdek tuyuldi: zerikarli ishlarni AI ga beraman, o‘zim esa arxitektura, qarorlar va haqiqiy engineering bilan shug‘ullanaman. Ishlash tezlashadi. Kamroq charchoq. Yaxshiroq natija. Keyin esa reallik o’zini ko’rsatdi. Claude Code qat’iy process bo‘yicha ishlaydigan tizim emas. Ba’zida qadam tashlab ketadi. Ba’zida taxmin qiladi. Eng qiyini xatolar emas, balki oldindan bilib bo‘lmaydigan natija. Men undan (deterministic) narsa kutgandim, lekin u unday ishlamaydi. Hozir yana biroz optimistikman, faqat endi kutgan narsam boshqacha. Claude Code workflow engine emas. U (probabilistic) yordamchi: ba’zida qoyil qoldiradi, ba’zida asabni buzadi, lekin baribir foydali. Masala uning fikrini to‘liq boshqarishda emas, balki atrofiga guardrail qo‘yib, kuchli joyida ishlatishda ekan. Kamroq sehr. Ko‘proq chegara. Yaxshiroq natija. @khamidulla_inoyatov

  • 14 апр.4 7191227

    Sizni 23-may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Yandex Uzbekistan Dev Meetup’da kutib qolamiz ➡️ Dasturchilarni Yandex Uzbekistan’ning IT-ofisiga oflayn uchrashuvga taklif etamiz. Mahsulotlar qanday yaratilishi, ular ortida qanday yechimlar turishi va sanoatda qanday o‘sish mumkinligini muhokama qilamiz. Tadbir ingliz tilida o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali o‘ting! Dasturda: ➡️ Kostya Dovnar sekin tarmoqlarda Yandex Pro ishini qanday o‘rganganlari va hamma narsa tezroq va barqarorroq ishlashi uchun qanday yechimlarni joriy etganlari haqida so‘zlab beradi. ➡️ Lesha Tolstikov qiziquvchanlikni qanday saqlab qolish, avtomatlashtirishda adashib qolmaslik va nima uchun altruizm ham ta’lim, ham o‘qitishning muhim qismiga aylanib borayotgani haqida so‘zlab beradi. ➡️ Live Coding — ishtirokchilar haqiqiy vazifani tahlil qiladilar, modelni ishga tushiradilar va birgalikda u kapot ostida nima qilayotganini tushunib oladilar. ➡️ O‘z rezyumengizni qanday yaxshilash va tajribangizni xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo‘lish uchun qanday taqdim etishni muhokama qilamiz. Yandex’da dasturchi lavozimi uchun suhbat qanday o‘tishini, har bir bosqichda nimalarni kutish mumkinligini tahlil qilamiz va undan muvaffaqiyatli o‘tishga yordam beradigan amaliy maslahatlar bilan o‘rtoqlashamiz. @khumoyun_codes

  • 14 апр.7 6856915

    Saud aka 1 tonna kitobni tarqatmasidan oldin be like: Xullas NmaGap podcastda qatnashgan videolari 1mln ta view bo'lsa aprel oxirigacha 1 tonna kitob tarqatayotgan ekanlar. Bizgayam bu kitoblardan berilarmikan? 👀 Videoga link: https://www.youtube.com/watch?v=JF6jWkL4UFA P.S. Haad o'quv markazi meni officemdan 200 metr uzoqda kitobni bizgayam berishsa, tashib olishim oson bo'larkan 😁 @khumoyun_codes

Khumoyun Codes — tgindex