elyor.dev
Статистика- Shaxsiy fikrlar hammasi ham to'g'ri bo'lmasligi mumkin © Elyor Shodiyorov
- Последний пост
- 29 июн.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Технологии (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#tekin Tekin! Kompyuteringizda yoki serveringizda modellarni ishga tushirish bo'yicha Saidolim Jo'rayev darslarini youtubega joylabdi. Ushbu videoda nimalarni o‘rganasiz: • Local AI nima va u qanday ishlaydi • AI modellarini kompyuteringizda ishga tushirish usullari • Ollama va boshqa Local AI vositalari bilan ishlash • Local va Cloud AI yechimlarini taqqoslash • Maxfiylik, xarajat va unumdorlik jihatidan afzalliklar • Local AI'dan kundalik ish va real loyihalarda foydalanish Agar siz AI'dan internetga bog‘liq bo‘lmagan holda foydalanishni, o‘z ma‘lumotlaringizni maxfiy saqlashni yoki Local AI imkoniyatlarini o‘rganishni istasangiz, ushbu meetup siz uchun foydali bo‘ladi. Mana @sardoroga_blog
Qurbon hayiti muborak boʼlsin!
Mobx Endi Mobx'ning ishga tushish tezligi, ma’lumotlarni tahlil qilish va Proxy bilan ishlash JavaScript dvijoklarini stress-test qilishda asosiy mezon sifatida ishlatiladi. JetStream 3 (V8 va WebKit jamoalarining birgalikdagi benchmarki) ning yaqinda qilingan relizida rasman mobx-startup testi paydo bo'ldi. https://blog.chromium.org/2026/03/jetstream-3-a-modern-benchmark.html?m=1 #mobx #standart @elyor_dev
Ҳайит айёми муборак бўлсин!
Ramazon muborak bo'lsin!
wakatime.com statistikasiga qaraganda, 2025-yilda PHPda o'rtacha php'chidan 4 marta kamroq yozibman. Ammo hali ham rezyumemda php qo'shilmagan, vaqti keldimikan?) #php #joke @elyor_dev
Framework Agnostic Core Odatda, biz real hayotda ishlatadigan, hayolimizda aynan biz ishlatayotgan framework uchun ishlab chiqilgandek tuyiladigan kutubxonalarning (library) framework agnostic (frameworkka bog'lanmagan) core qismi bo'ladi. So'ng frameworklar…
видео или голосовое, без подписи
Framework Agnostic Core Odatda, biz real hayotda ishlatadigan, hayolimizda aynan biz ishlatayotgan framework uchun ishlab chiqilgandek tuyiladigan kutubxonalarning (library) framework agnostic (frameworkka bog'lanmagan) core qismi bo'ladi. So'ng frameworklar uchun adapterlar yoziladi. Rasm'da shunday kutubxonalardan biri react-hook-form mobx bilan "do'stlashtirilgan" varianti. Bu repo'da bir nechta libraryni MVVM pattern'da ishlay olishligi uchun birlashtirishga harakat qildim. Bunaqa usulda yozilgan codeda hooklar ishlatilmaydi, component uchun kerakli barcha logika VM (view-model) larda yoziladi. Modellarda esa pure data saqlanadi, hech qanaqa logika bo'lmaydi, aynan pure data. Component data'larni VM lar orqali o'qiydi, handlerlar, side-effectlar barchasi VM larda joylashadi. Buning yana bir yaxshi tarafi logicni UI dan ajratib test qilsa ham bo'ladi. ViewModellar aynan reactga bog'lanmagani sabab uni istalgan boshqa framework yoki native js da ham ishlatish mumkin. Qolgani keyingi postda.. @elyor_dev
Qudrat aka bilan bo'lgan suhbatimiz Youtube ga yuklandi. Ularning dasturlashga kirib kelishlari, hayotlari va boshqaruvga o'tishlari haqidagi qissa haqida gaplashdik. Dasturlash va o'qituvchilik tajribasi biznes bilan shug'illanishda ularga qanday ta'sir qilganini o'rgandik. Suhbat sizlarga foydali bo'ladi degan umiddamiz. Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz. P.S. Talablarga binoan bu safar suhbatga taym kodlarni ham qo'shdik, bu o'zingizga kerakli ma'lumotlarni eshitish yanada qulay bo'ladi degan niyatdamiz. @khumoyun_codes https://youtu.be/Ul29Gya4ga4
https://github.com/bartvandebiezen/file-name-conventions https://developers.google.com/style/filenames
ok
Oxirgi vaqtlarda fullstack dasturchilarga talab nisbatan oshgandek. Aksariyat vakansiyalarda fullstacklar so'ralyapti. Sababi nima ekan? @elyor_dev
Bugungi arafa kuni va ertangi Hayit ayyomi muborak bo'lsin musulmon ahli!
Tavsiya Click'da senior dasturchi, Husniddin aka, "Advanced Nodejs" kursi tashkil qilibdilar. Kimga qiziq bo'lsa marhamat: https://t.me/husniddinblogi/74 ELYORDEV2025NODE ushbu promokod bilan aloqaga chiqsanggiz, 15% chegirma ham qilib beradilar. @elyor_dev
Ha do'stlar, yangi davr boshlanishidek go'yo @elyor_dev
Diqqat (fokus) Oxirgi paytlarda o'zimda diqqatni bir ishda jamlash qiyin yoki imkonsiz bo'layotganligini ko'p sezyapman. Bunday muammo atrofimdagi yaqinlarimda ham kuzatilyotganini ko'p aytishyapti, yozishyapti. Bundan 10 yilcha avvallari, abituriyentlikda, qattiq o'qir edik. Bitta masala ustida soatlab o'tirib, fikr yuritishimiz mumkin edi. Ya'ni bir ishda diqqatni jamlash muammo emas edi. Hozirgi va o'sha davrni solishtiradigan bo'lsam, farq chalg'ituvchi narsalar doim yonimizda, ulardan foydalanish esa juda osonligida ekan. Qo'limizdagi gadjetlar, ijtimoiy tarmoqlar, ish bahonasida har 5 minutda ochiladigan telegram. Hamma hammasi bizdan o'g'irlayotgani bizning diqqatimiz. O'zimda sezilgan "kasallik": har 3-4 minutda telegramni ochib bo'lar bo'lmas xabarlarni o'qish. Mute qilish ham yordam berayotgani yo'q. Diqqatni jamlay olmaslik samaradorlikka salbiy ta'sir qiladi. 2 soatlik ish 6-7 soatga vaqt oladi. Yangi ilmlarni egallashni esa juda qiyinlashtiradi. Bunaqa holatlar e'tibordan chetda qolmasdan, sabablari bilan albatta kurashilishi kerak. Sizda ham shunday muammo bormi? Bunday "kasallik"ga qarshi qanday kurashmoqdasiz? @elyor_dev
Ҳайит айёми муборак бўлсин!
"react": "^16.10.2" Bugun qiziq "bug"ga duch keldim. React'ning yuqorida ko'rsatilgan versiyasida (eski projectda shu versiya ekan) document.addEventListener('keyup', handleSlideChange) ushbu code handleSlideChange ichida necha marta setState chaqirilgan bo'lsa, shuncha marta rerender chaqirar ekan. Qiziq tarafi quyidagi codeda bunaqa muammo yo'q. <button onClick={handleSlideChange}>Press</button> Sababi batching ekan, hozircha handleSlideChange function ichidagi codelarni ReactDOM.unstable_batchedUpdates(() => ...) ichida chaqirish yechim bo'ldi. #react #batching #legacy @elyor_dev
Mobx'ga asoslangan, synxron, reactive va in-memory database. Qiziq realizatsiya. Qarab chiqishga arziydi. https://xorma.frostin.dev/docs #mobx #database #in_memory @elyor_dev