Ayyubxon Fargʻoniy | 0.1x engineer
Статистикаhttps://youtube.com/@fargoniyy https://teletype.in/@ayyubxon-kamoldinov
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 186
- 1/48двое суток
- 213
- 1/72трое суток
- 229
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Oyliklar kam boʻlib turib huddi Google kabi intervyu qiladigan ishxonalar "redflag". Intervyuda siqib suvingizni chiqarishga urinish ichkarida ham mikromenejment borligidan dalolat.
Inson qilgan ishi uchun javobgar. Claude qilgan ishi uchun anthropic javobgar emas. Qachon anthropic shu javobgarlikni boʻyniga ola olsa, ana unda haqiqiy "intelligence"ga erishgan boʻlamiz.
Hayot qaysi AI model kuchliroq ekanligidan koʻra ancha kattaroq, qiziqarliroq.
https://blog.senko.net/code-was-never-the-hard-part-is-an-insult-to-all-programmers
Yana ish izlashga qaytdim. Dasturchi kerak boʻlsa tavsiya qilsangiz xursand boʻlaman. Remote afzalroq, lekin onsite ham koʻrib chiqa olaman.
Qiziq, industriya AI generate qilgan kodni review qilmaslik tomonga ketayotgandek go'yo. O'zimiz kodni yozmasak, o'qimasak, maintain qilmasak (aniqrog'i o'rnimizga AI bajarsa) nega biz uni review qilishimiz kerak degan savol o'rtaga chiqyapti. Man hali bir narsa deyishga shoshilmayapman, ammo hali ham review qilib boryapman kodni. Ko'pincha maintain qilish oson bo'lishi uchun buyruq berishda texnik prompt yozaman, solution bilan birga, AI esa amalga oshiradi, huddi birovga aytib tursangiz u kodni yozgandek, ya'ni AI shunchaki typer. Ammo industriya keyingi yillarda qayerga yurishini hech kim aniq ayta olmaydi, chunki IT eng tez rivojlanadigan, o'zgaradigan va eng ko'p xatolar qilinadigan (yomon demoqchi emasman) industriya.
AI chiqqaniga deyarli 4 yil bo'ldi va biz haligacha o'zimiz ishlatayotgan dasturlarda katta o'zgarishlar sezmadik, qaytanga yomonlashib bormoqda xolos. Tez va sifatli ishlaydigan dastur yozish hali ham chuqur bilim va tajriba talab qiladi.
https://canvasui.dev/
https://www.tasteskill.dev
https://github.com/oblien/openship
#offtopic Ikkinchi qoʻl (yurgan) mashinalar narxi arzonlab ketdi ancha, bu biz kabi yangi va qimmat mashinaga doim ham qurbi yetmaydigan qatlam uchun yaxshi yangilik. Ammo mashinalar narxi nega arzonlagani, asl sababiga qiziqsak bu aksincha yomon yangilik boʻlib chiqadi. Sababi oddiy, xalqimiz kredit botqogʻiga botib ketdi va avtomobil oladigan kamaydi, oddiy bozor iqtisodiyoti. Istalgan sohada krizis bor hozir. Xalqimizning banklardan bir necha oʻnlab trillion kredit qarzi bor. Kredit olmang. Yaqinlaringiz ham olmasin. Buyumparast boʻlmang. Mashina, uy, telefonni yangilamasdan ham yashash mumkin. 2019-yilda ishlab chiqarilgan telefondan foydalanaman (qotmaydi) va yangilashga imkonim boʻlsa ham yangilamayman. Banklar krediti dinimizda gunoh, moliyaviy tomondan olib qaralsa ahmoqlik. Materialist boʻlmaylik.
AI yozgan featureda nimadur muammo chiqqanda:
Yaxshi maslahatlar
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
TDD, PP va AI Bir oralar Birlashgan Qirollikdan inglizlar bilan bir proyektda birga ishladik. Ularning tezlikdan ko'ra sifatni ustun ko'rishlari har qadamda sezilib turar edi. Har "feature" uchun "refinement session"lar albatta bo'lar, sessionda "feature" qanday qilib "implement" qilinishining har qadami qayd qilinib "ticket"ga yozib qo'yilar edi. Bajaruvchi u ishga deyarli qiynalmas edi, chunki hamma "design decision"lar qilingan bo'lardi. U paytlari copilot edi chiqqan, faqatgina funksiya yozib berishni bilar edi. Jamoada ikkita qattiq qoida bor edi: 1) "Test-driven development (TDD)" - testlarning "implementation"dan oldin yozilishi 2) "Pair-programming (PP) for new features" - yangi qoshilayotgan imkoniyatlar uchun juft-dasturlash uslibi. U proyektga qadar shaxsiy tajribamda testlarni yozish yoki "implementation"dan keyin edi ("beuracracy") yoki umuman yo'q edi (ha, shunday proyektlar ham bo'lgan va kam emas). Bazan shunday holatlar bo'ladi, sizga proyektga qo'shilishdan oldin shunaqa savollar berishadiki u proyekt ideal deb o'ylaysiz, qo'shilganingizdan keyin esa holat idealdan ancha uzoq ekanligini ko'rasiz va u kirishdagi savollarning bazilari sizga ma'nosiz tuyuladi. Bu gal ham shunday bo'lsa kerak deb o'ylagandim, chunki TDD tatbiqini faqat kitoblarda o'qigandim. Kutilmaganda ko'rdimki har ikki qoida (TDD va PP) amalda qattiq qo'llaniladi. Ikkisi ham avvalida noodatiy tuyuldi, qanday qilib test yozishimiz mumkin agar hali "implementation"ni yozmagan bo'lsak deb o'ylardim, lekin jamoadoshlarimdan buni qanday amalga oshirishni tez orada o'rganib oldim. Masala muammoning yechimidan nima kutayotganimizni oldindan o'ylash haqida ekan. Undan tashqari PP ham boshida juda galati tuyuldi, jamoada kun boshida guruh teng ikkiga bo'linadi va har guruhdan bir odam narigi guruhdan birini tanlaydi va kun ohirigacha u bilan tanlangan ticket(lar) ustida birga ishlaydi. Odatda juftlar "shuffling" bo'lardi, yani bir odam bilan ketma-ket ikki kun ishlay olmasdik. Process juda qiziq, bir odam "navigator" boshqasi esa "implementor" (bazan "typist" deb aytilardi, chunki uning vazifasi asosan "keyboard"da tugma bosish) vazifasini bajaradi va har 15 minutda vazifa almashishadi. "Navigator"ning vazifasi muammoni qo'yish, u haqida fikr yuritish, "implementor"ga nima qilishi kerakligini aytib turish. Mabodo ticketda "refinement"da o'tkazib yuborilgan "case"lar bo'lsa ular uchun "tradeoff"larni ko'zdan kechirish va "design decision"larni qabul qilish. Bu orada "implementor"ning fikrini ham so'rab ko'radi. Tez orada bu uslubga ham ko'nikib qoldim. Bazan jamoa bazi sabablarga ko'ra toq sonli bo'lib qolar edi, shu paytlari kimdir yolg'iz ishlashi kerak bo'lar edi. Shunday holatga men tushib qolsam o'zimni noqulay his qilar, qilayotgan ishimning sifatiga shubhalanar edim. Bularni nega gapirib berdim? Hozirgi kundagi AI "workflow"larni o'sha paytdagi "PP session"larga o'xshataman, faqat bu yerda endi AI faqat "implementor/typist" emas, balki oradagi chegara biroz surilgandek. Endi AI faqat kod yozmaydi, balki izlanish ham qiladi, muammoga yechimlarni ko'zdan kechiradi, "tradeoff"larga qarab ajratib chiqadi va biz("navigator")larga taqdim qiladi, bizga esa "design decision"larni qabul qilish va ish tugaganda uni "review" qilish qoladi. AI bilan oramizdagi mehnat taqsimotini "mechanics and responsibility" ga bo'lgim keladi, "mechanics" AIda, "responsibility" esa hanuz insonda.
AI agressiv ravishda subsidiya qilinishi haqida oʻqidim. Soddaroq aytsam, biz toʻlayotgan 20$lik AI aslida undan bir necha barobar yuqori, hatto tannarxining oʻzi, foyda qoʻymasdan. Investorlarning pullari evaziga hozircha bu oʻzini oqlaydi. Agar bu rost…
Qanday yashayotganimiz haqida
- "ona tabiatimiz" n**ga why the fk do you live as if there are borders? you're living on Earth. There are actually no borders - earth is our original home, without any borders
Bir qiziq muammo bo'lgandi - backend vs DBni lokalda run qilib foydalanib yurgandim, bir qancha test uchun ma'lumotlar yig'ilib qoldi, endi backendni boshqa instanceda deploy qilinsa ma'lumotlar o'chib ketishi ma'qul kelmadi, keyin localhostni deploy qilmay…