Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Технологии (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 461
- 1/48двое суток
- 1 674
- 1/72трое суток
- 1 805
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
"Ombor ham yondi, ..." degan gapi bo'lardi "Shum bola" kinosida. "Haftalik limitlar ham tugadi, extra usage ham tamom bo'ldi" deyman men.
2x $200 lik Claude obunasi ham yetmay qoldi bugun 🤯🤪 1-si har dushanba 01:00 da reset bo'ladi, 2-si har payshanba 05:00 da. Hafta boshlarida 1-si tugadi. 2-siga o'tdim. 2-sini payshanbadagi resetidan oldin ham tindirmay ishlatgandim. Hozir ishtaha bilan…
2x $200 lik Claude obunasi ham yetmay qoldi bugun 🤯🤪 1-si har dushanba 01:00 da reset bo'ladi, 2-si har payshanba 05:00 da. Hafta boshlarida 1-si tugadi. 2-siga o'tdim. 2-sini payshanbadagi resetidan oldin ham tindirmay ishlatgandim. Hozir ishtaha bilan 2 ta yonib turgan ishni qildirmoqchi bo'lgandim, "surprise, mother-father" deyaptida ))) 1-profilda 2% weekly qolgan + $8.61 extra usage credits. Shular yetib qolar degan umidda vazifani berib ko'raman endi )))
Bizga tinmasdan biznes g’oyalar keladi. Ayniqsa AI zamonida. Shu g’oyalarimizni oddiy stress test qilishni bilishimiz kerak. G’oya keldimi, maslahatlashadigan odam bilan gaplashganizdan keyin, quyidagi prompt bilan bitta tekshirib ko’ring: Biznes g‘oyani stress-test qilish Men quyidagi biznes g‘oyani ko‘rib chiqyapman: [g‘oya]. Uni hozir maqtama. Tandiqidiy tekshirib xulosa ber. Faktlar, taxminlar va noma’lum jihatlarni ajrat. Mijoz muammosi va hozirgi muqobil yechimlarni aniqla. G‘oya muvaffaqiyatsiz bo‘lishining uchta eng kuchli sababini top. O‘xshash bizneslar va ularning odatiy natijalarini hisobga ol. Qaysi dalillar fikrim xato ekanini ko‘rsatishini ayt. Yetti kunda o‘tkaziladigan eng arzon sinovni ishlab chiq. Muvaffaqiyat, muvaffaqiyatsizlik va loyihani to‘xtatish mezonlarini belgila. Xulosa berishdan oldin yetishmayotgan ma’lumotlar bo‘yicha savol ber. Hech bo’lmasa shuni berib ko’raylik do’stlar. Xurshid. @birfoizbilim
Octane.js jamoasida o'zbek dasturchi ishlashini bilarmidingiz? Men Diyorbekning o'zlaridan eshitib hayron qoldim 🤯 https://t.me/Diyorbekk_dev/1058
Octane.js jamoasida o'zbek dasturchi ishlashini bilarmidingiz? Men Diyorbekning o'zlaridan eshitib hayron qoldim 🤯 https://t.me/Diyorbekk_dev/1058
3 yil oldin ultratovushli tekshiruvda jigarim yog' bosganini ko'rsatgandi. 1.5 yil oldin tekshirilganda ham vaziyat o'zgarmagandi. Lekin tanamda deyarli hech qanday sezilarli salbiy alomatlar yo'q edi. Shundan keyin Alloh menga parhez, jismoniy harakat, sog'lom ovqatlanishni buzmaslik imkonini berdi. 3 oy oldin tekshirtirganimda jigar sog'lom, hech qanday asorat qolmagan edi. Yaxshilanish birdaniga bo'lmagan. Uzoq vaqt va harakat sabab bo'lgan. Xuddi shuningdek oppoqqina qalbimiz ham uzoq yillar davomida yomonliklarimiz sababidan qorayib, qotib ketadi. Tashqaridan hammasi yaxshidek ko'rinaveradi, sezilarli alomatlar bo'lmaydi, lekin ichkarisi tamom bo'lgan. Yaxshilanish uchun uzoq vaqt va davomiylik kerak. Bitta-bittalab o'sha qora dog'larni nuqtalab o'chirib chiqishimiz kerak. Birdaniga tosh yorilib, qora narsa oq bo'lib qolmaydi. Xuddi yog' bosgan jigar birdaniga sog'lom bo'lib qolmaganidek. "Parhez", "harakat" va "intizom" kerak bo'ladi. Balki 1.5 yil yetar... O'qimasdan o'tkazib yuborgan bo'lsangiz, o'qib ko'ring. @hammamiz_yoldamiz
видео или голосовое, без подписи
"Uzum"da ishlash boʻyicha Usmondan kurs https://t.me/tojirbek/341
"Uzum"da ishlash boʻyicha Usmondan kurs https://t.me/tojirbek/341
"AI har qanday dasturni tuza olyapti" degan fikrni kuzatyapsizmi siz ham? Hali AI tuzgan loyihalar ommatan prodakshn va texnik qo'llab-quvvatlash etaplaridan eson-omon o'tmagani uchun emasmikin?
Olov maslahatlar https://t.me/Sardoroga_blog/3319
Nega Ironman’da qatnashmayapman? Mendan “Nega Ironman qilmaysiz?” deb so‘rashadi. Yaxshi savol. Avval Ironman haqida qisqacha: Ironman - bu triatlonning eng mashhur brendi. 3,8 km suzish + 180 km velosiped + 42 km yugurish. Hammasini bir kunda bosib o'tish kerak. Dunyoda yiliga 50 mingdan ortiq odam marrani bosib o‘tadi. Men triatlon bilan jiddiy shug‘ullana boshlaganimga 1 yildan oshdi. Hozir dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri bilan ishlayapman. Haftasiga 15 soat atrofida mashq qilaman (10 oy oldin 12 soat edi). Bu hajm suzish, velosiped, yugurish, kuch va yogadan iborat. Lekin bu 15 soat to‘liq Ironman masofa uchun bu yetarli emas. Nima uchun? Uzoq muddatli atlet rivojlanishi degan tushuncha bor. (LTAD - The Long-Term Athlete Development). U 7 bosqichdan iborat jarayon. 1. Active Start - faol ibtido 2. FUNdamentals - asoslar 3. Learn to Train - jismoniy shug'ullanishni o'rganish 4. Train to Train - shug'ullana olish uchun shug'ullanish 5. Train to Compete - raqobatlashish uchun shug'ullanish 6. Train to Win - yutish uchun shug'ullanish 7. Active for Life - butun hayot davomida jismoniy faol bo'lish Har bir bosqich bir necha oylardan yillargacha davom etadi. Men ayni vaqtda to'rtinchi bosqichdaman deya olaman. Jiddiy shug'ullanish uchun tanani tayyorlash bilan bandman. Meni tanam hali Ironman to'liq masofali musobaqada qatnasha olish uchun talab etiladigan jismoniy yuklamani o'zlashtira oladigan darajada emas. Bunga keyingi yil ham tayyor bo'lmayman. Shunday ekan, 2027 yilda ham to'liq masofada qatnashish rejada yo'q. Shu o'rinda bir qiziq fakt Bugun Ironman to'liq masofada ishtirok etsam, uni tugata olamanmi? Albatta. Bunga hech qanday shubham yo'q. Ammo bu menga nima beradi? Faqat mendagi egoni sug'oradi xolos. Uzoq muddatli jismoniy tayyorgarlikka erisha olmayman. Qisqa yo'lni tanlagan bo'laman. Asosiy maqsadga - uzoq muddatli jismoniy rivojlanishga erisha olmayman. Mendagi maqsad bitta Ironman tugatish va sportni tashlash emas. Afsuski, bunday holatni ko'pchilikda ko'ramiz. 5-6 oy tayyorlanadi, Ironmanni bir amallab tugatib oladi va shu bilan sportdan uzoqlashadi. Suhbatlashsangiz jarayondan maza qila olmagan. Tayyorlanish jarayoni va musobaqani qandaydir travma bilan xotirlaydi. Unga qaytgisi kelmaydi. Bunga sabab balki birinchi o'rindagi maqsadi shunchaki "Ironman tugatish" bo'lgandir. Aslida buham noto'g'ri maqsad emas, ammo marra chizig'ida hech narsa yo'qligini tushunib yetish muhimroq. Bek Olimjon 22.07.26 Norvegiya
ChatGPTning javobini to'liq tekshirmay jiddiy xabarlarni shunchaki nusxa olib yuborish haqida hazillar bo'ladi-ku. Shu hazillar o'zi hayotdan olingan-da ) Rasmda real nomzod topshirgan ma'lumot. P.S. Davomidagi matn shaxsi ochiqlanmasligi uchun skrinshotga olinmagan.
https://youtu.be/axOcn--n_lM?si=JpqweDBfU1tWv7kG
📚 Kitoblar almashish uchun platforma ishga tushdi! Ushbu platformada o'zingiz o'qib bo'lgan kitoblarni kiritishingiz, ijaraga berishingiz va qolgan kitobxonlardan kitoblarni ijaraga olib turishingiz mumkin. Platformadan foydalanish ikki taraf uchun ham mutlaqo bepul. Kiring, foydalaning va ziyo ulashing! @ziyoulashbot Loyiha to'liq bepul bo'lgani sababli, imkon bo'lsa loyihani boshqa kitobxonlar bilan ulashishni unutmang.
https://www.instagram.com/reel/DavvAxiRi6s
"Nuqtasiga urdi" turkumidan https://www.instagram.com/reel/DaqgDtSPmXg
Programmadagi bir nozik, xavfsizlikka oidroq joyini tuzatayotgandi. "attack", "victim" kabi so'zlar kelganigami balki Fabledan Opusga o'tvoldi.