tgindex
Nuruddin Blogs

Nuruddin Blogs

Статистика
@nuruddinblogsБизнесузбекский

Texnologiyalar, Startuplar va ba’zida offtop. Kofe olib bermoqchimisiz? Marhamat: https://www.tirikchilik.uz/nuruddin Add me on other social media: instagram.com/nuruddinblogs / instagram.com/imnuruddin t.me/imnuruddin

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
27
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Бизнес
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
6 561
+8 за 3 дн.
Сутки
−1
−0,02%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 379
27 постов
Вовлечённость
36,3%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 27
Упоминаний
15
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 422
1/48двое суток
1 629
1/72трое суток
1 757

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 11 авг.1 6043915

    AI paytida dasturlarni yaratish vs klassik dasturlash. @nuruddinblogs

  • 6 авг.2 5715

    видео или голосовое, без подписи

  • 6 авг.2 5605

    видео или голосовое, без подписи

  • 6 авг.2 5585

    видео или голосовое, без подписи

  • 6 авг.2 5005

    видео или голосовое, без подписи

  • 6 авг.2 4986

    видео или голосовое, без подписи

  • 6 авг.2 4975

    видео или голосовое, без подписи

  • 6 авг.2 12725из startupfestuz

    🚀 Catalyst uchun qabul ochildi! Bir kunlik korxona-hakatonida sizni quyidagi imkoniyatlar kutmoqda: 🏭 Yirik korxonaga eksklyuziv kirish va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish 🌟 Korxonaning tajribali mutaxassisi jamoangizga mentor sifatida biriktiriladi 📈 2 nafar mentor va 5 nafar tracker kun davomida g‘oyangizni rivojlantirishda yordam beradi 💰 Demo Day’da startupingizni investorlar oldida taqdim etish va investitsiya jalb qilish imkoniyati Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Jamoangizni yig‘ing va arizangizni hoziroq topshiring. 👇 🔗 Ro’yxatdan o’tish

  • 5 авг.2 69910116

    Tasavvur qiling bugun siz yashab turgan tuman hokimi ishxonangizga bostirib kelib, Githubni och deb, hamma kodlaringizni tekshirib, nima bu kod, qani clean architecture deb baqirib qolsa, texnik qarzlarni ko’rsatib nega buni haliyam tozalamadilar deb so’rasa Sochilib yotgan papkalar nega tozalanmagan, nega kompyuterlaringda barmoq izlari deb urishib qolsaya… Yana nimalarni deb gap eshitardik? @nuruddinblogs

  • 3 авг.2 161258из temur_pm_blog

    Salom, salom! 🌟 Product choyxonaning navbatdagi uchrashuvida Product managerlar uchun Claude Code bo‘yicha amaliy workshop o‘tkazamiz. Bu safargi mehmonimiz: Nuruddin Iminokhunov, Global Move Uzbekistan CEO’si va GDG Tashkent Community Lead. Workshopda Claude Code haqida shunchaki gaplashmaymiz. Product managerning kundalik ishida uchraydigan turli vazifalarni Claude Code yordamida qanday bajarishni bosqichma-bosqich amalda ko‘rib chiqamiz. 📅 8-avgust, shanba ⏰ 15:00 📍 Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti, Qorasaroy kampusi, 310-xona 🗺 Lokatsiya: Yandex Maps: https://yandex.uz/maps/-/CTCz5CjG Google Maps: https://maps.app.goo.gl/95KudABgEebZ4gZ56 Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: 🔗 https://forms.gle/S29cS5PeaCgGYXWo7 Ro‘yxatdan o‘tish formasida Claude Code yordamida qaysi vazifani bajarishni o‘rganmoqchi ekaningizni ham yozib qoldiring. Javoblaringiz bizga workshopni ishtirokchilarning real vazifalari va ehtiyojlari asosida tayyorlashga yordam beradi. Workshopda ko‘rishamiz! ☕️ Product choyxonaga qo'shiling: Telegram | Linkedln @temur_pm_blog

  • 2 авг.2 28915

    видео или голосовое, без подписи

  • 2 авг.2 2632415

    Kecha Oddyseyni ko’rgani bordik, Imax da kutilganidek kartina juda go’zal, dialoglar ham qiziq, ayniqsa shu sahnasi hozir internetdayam ko’p mashxur bo’b ketti. Imaxda tavsiya qilaman hammaga. @nuruddinblogs

  • 31 июл.2 855516

    Ha aytgancha, oldin Macbook, linux larga e-imzo o'rnatish ancha muammo bo'lardi. Yaqinda ko'rib qoldim, Mac va Ubuntular uchun oson o'rnatiladigan programmalarni endi yuklab 1 clickda o'rnatish mumkin bo'lyapti. Baraka topishsin. @nuruddinblogs

  • 30 июл.2 37541

    🚀 StartupFest qaytmoqda! 14 ta hudud, 1500+ yoshlar, 200+ startup va yuzlab yangi g‘oyalar. Bu esa hali boshlanishi edi. 🔥Endi esa yanada katta imkoniyatlar, yangi format va kutilmagan yangiliklar bilan qaytyapmiz. 👀 Sizningcha, keyingi bosqichda StartupFest qanday yangilikni e’lon qiladi? Taxminlaringizni izohlarda yozing. Eng qiziqarli fikrlarni kuzatib boramiz! ⬇️ #StartupFest #StartupUzbekistan #Innovation #AI #Startup

  • 30 июл.2 30196

    Yandex Uzbekistan dasturlash maktabida Toshkent, Samarqand va Urganchdan 81 nafar o‘quvchi ta’limni muvaffaqiyatli yakunladi 😣 14–17 yoshli o‘smirlar bir yil davomida Python dasturlash tili, algoritmlar va dasturiy ishlanmalar yaratish vositalarini bepul o‘rganishdi. Eng muhimi, ular faqat nazariya bilan cheklanib qolmay, haqiqiy amaliy vazifalarni bajarishdi. Masalan, o‘zlarining shaxmat o‘yini modelini ishlab chiqishdi. Shaxmat donalarining modelini yaratish jarayonida o‘quvchilar har bir dona harakatini aniq algoritmga aylantirishdi, shaxmat taxtasidagi cheklovlarni hisobga olishdi va har bir yurishning to‘g‘riligini tekshirishdi. Bu orqali ular obyektga yo‘naltirilgan dasturlash asoslarini o‘zlashtirishdi, murakkab vazifani alohida funksiyalarga ajratish, cheklovlarni hisobga olish hamda o‘z dasturi to‘g‘ri ishlayotganini tekshirish ko‘nikmalarini shakllantirishdi. 🤳 Ayni shu ko‘nikmalar bugungi kunda kompyuter o‘yinlari, mobil ilovalar va zamonaviy raqamli mahsulotlarni ishlab chiqishning asosini tashkil etadi. 👍 Bunday loyihalarning mavjudligi meni quvontiradi. Chunki ular maktab o‘quvchilariga oliy ta’lim muassasasiga kirishdan avvaloq IT sohasida o‘z kuchini sinab ko‘rish imkonini beradi. @nuruddinblogs

  • 30 июл.1 8591115из founderdotio

    Startapni sotib olishdan oldin aslida nimalar tekshiriladi? (Xaridor nigohi bilan) Startapdan muvaffaqiyatli chiqish (exit) haqida yozilgan maqolalarning aksariyati asoschi nuqtai nazaridan bo’ladi: nimani qurish kerak, kompaniyani qanday baholash kerak va qachon sotish kerak. Lekin bitta muhim jihat bor — bitimda faqat bitta tomon pul to’laydi. Va aynan shu tomon sizning biznesingizga sizdan butunlay boshqacha ko’z bilan qaraydi. Quyida xaridorlar “ha” deyishdan oldin aslida nimalarni tekshirishi haqida. 1. Shunchaki ARR emas, daromad sifati Ko’pchilik asoschilar ARR eng muhim ko’rsatkich deb o’ylaydi. Aslida esa bu faqat boshlang’ich raqam, xolos. Xaridorlar 24 oydan keyin bugungi daromadning qancha qismi saqlanib qolishini hisoblaydi. Masalan, $5 mln ARR va 115% NRR ko’rsatkichiga ega kompaniya, $8 mln ARR va 85% NRR bo’lgan biznesdan jozibaliroq hisoblanadi. Yuqori NRR mijozlar bazasi o’sayotganini bildiradi. Past NRR esa suv sizib chiqayotgan chelakka o’xshaydi — uni endi xaridor “meros” qilib oladi. ARR (Annual Recurring Revenue) — kompaniyaning yillik takrorlanuvchi daromadi. NRR (Net Revenue Retention) — mavjud mijozlardan olinayotgan sof daromadni saqlab qolish ko’rsatkichi. 2. Asoschi va muhim xodimlarga qaramlik Xaridorlar shunday savol beradi: Agar asoschi ertaga kompaniyani tark etsa, daromad qanchalik xavf ostida qoladi? Agar eng yirik mijozlaringiz siz bilan shaxsiy aloqalar tufayli ishlayotgan bo’lsa, kompaniya bilan emas, bu biznes qiymatini pasaytiradi. Shu sababli bugungi kunda ko’plab xaridorlar earn-out mexanizmidan foydalanadi. Earn-out — kompaniya narxining bir qismi bitim yopilganda emas, balki keyingi 1–3 yil davomida, oldindan kelishilgan moliyaviy yoki operatsion natijalarga erishilgandagina to’lanadigan mexanizm. 3. Mijozlar konsentratsiyasi Agar bitta mijoz umumiy daromadingizning 20% yoki undan ko’prog’ini ta’minlasa, bu xaridor uchun jiddiy xavf belgisi hisoblanadi. Ular shunday ssenariyni hisoblaydi: “Agar shu mijoz bitimdan keyin ketib qolsa, biznesga nima bo’ladi?” 4. Intellektual mulkning himoyalanganligi Yaxshi moliyalashtirilgan raqobatchi sizning asosiy funksionalligingizni 18 oy ichida takrorlay oladimi? Agar javob “ha” bo’lsa, demak sizning texnologik ustunligingiz (moat) yetarlicha kuchli emas. 5. Cap table’ning tozaligi Investorlar o’rtasidagi ziddiyatlar, side letter kelishuvlari, aksiyalarni suyultirishdan himoya qiluvchi shartlar (anti-dilution) va boshqa murakkab bandlar bitimni cho’zishi yoki umuman bekor qilishi mumkin. Xaridorlar bunday muammolarni o’z zimmasiga olishni istamaydi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, aynan tartibsiz cap table o’rta hajmdagi M&A bitimlari muvaffaqiyatsiz tugashining eng ko’p uchraydigan sabablaridan biridir. 6. Jamoani saqlab qolish xavfi Texnologik kompaniyalarni sotib olayotganda xaridor faqat mahsulotni emas, balki jamoani ham sotib oladi. Shuning uchun ular quyidagi savollarni beradi: Muhim xodimlarning vesting muddati qachon tugaydi? Kimlar ketish niyatini bildirgan? Yangi sharoitda eng kuchli mutaxassislarni ushlab qolish mumkinmi? Asosiy xulosa Startapdan chiqish (exit) — xaridor paydo bo’lganda boshlanadigan jarayon emas. Bu doimiy tayyorgarlik holati. Toza moliyaviy hisobotlar, himoyalangan intellektual mulk, asoschisiz ham kamida 6 oy davomida biznesni boshqara oladigan menejment jamoasi va yashirin muammolarsiz cap table — bularni bitimdan bir oy oldin tayyorlab bo’lmaydi. Agar bir kun kelib kompaniyangizni qimmat narxda sotmoqchi bo’lsangiz, bunga bugundan tayyorlanishni boshlang. Tavsiya qilaman: “Startup exit: what buyers actually check before saying yes” maqolasini albatta o’qib chiqing. https://www.spectup.com/resource-hub/startup-exit-strategies @founderdotio

  • 28 июл.2 50526

    видео или голосовое, без подписи

  • 28 июл.2 5315524

    Bugun Apple Pay Qirg'iziston va Tojikistonda ishlashni boshlabdi. Biz esa har doimgidek....kutamiz. @nuruddinblogs

  • 28 июл.2 45512413

    Siz nima deb o’ylaysiz? @nuruddinblogs

  • 27 июл.2 362721

    🔥 GigaChat jamoasi audio bilan ishlash uchun ikkita yangi ochiq modelni taqdim etdi: GigaAM Multilingual va GigaChat Audio. Ular past resursli tillar — jumladan, o'zbek, qirg'iz va qozoq tillari — hamda uzoq audio yozuvlar uchun ishlab chiqilgan. Avvaliga ochiq kodli audio modellarining aksariyati asosan ingliz tili va qisqa fragmentlar uchun moslashtirilgan, qolgan tillarda sifati sezilarli darajada pasayardi. 🌍 GigaAM Multilingual Ko‘p tilli nutqni matnga aylantirish (ASR) modeli. ✅ Qozoq, qirg'iz, o'zbek, rus va ingliz tillarini qo'llab-quvvatlaydi. ✅ 70 dan ortiq til va 2 million soatdan ortiq audio ma'lumotlarda o'qitilgan. ✅ Whisper va Omnilingual modellariga qaraganda yangi tillarga tezroq moslashadi. ✅ 240 million parametrli ixcham versiyasi ham Whisper Large v3 va Omnilingual 1B modelidan yuqori aniqlikni namoyish etadi. 🎙 GigaChat Audio Audio bilan tabiiy muloqot qilishga mo'ljallangan yangi LLM. 🔘2 soatgacha bo'lgan audio yozuvlarni to'liq kontekst bilan tahlil qila oladi. 🔘Nutqni matnga aylantirish, tarjima qilish, audio tasniflash va ko'p bosqichli dialoglarni qo'llab-quvvatlaydi. 🔘Audio ichidagi muhim voqealarni topadi va ularni aniq vaqt belgisi bilan bog'laydi. 🔘 tilidagi topshiriqlarda Qwen3-Omni kabi raqobatchilarni ortda qoldirgan.   💡 Ikkala ishlanma ham ilmiy hamjamiyat tomonidan e'tirof etildi: tegishli maqolalar Interspeech 2026 konferensiyasiga qabul qilindi. Bu Markaziy Osiyo va Rossiya tillari bilan ishlaydigan loyihalar uchun yaxshi yangilik. @nuruddinblogs