Yusuf Abdullaev | Blog
Статистика📹 youtube.com/@AndroiderYusuf 💻 linkedin.com/in/yusuf-abdullaev 📸 instagram.com/noodlify_
- Последний пост
- 4 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 506
- 1/48двое суток
- 579
- 1/72трое суток
- 625
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Biz seni boy qilishga tayyormiz deyaptiku GDG Tashkentda har qanaqa xalyava narsalarga "Google pays" der edik, endi haqiqiy Google pays boshlanar? @yusufblogs
Organic o'sish to'xtamayapti. Umumiy install 7000+, active userbase 4000+ bo'libdi. What's next? @yusufblogs
Organic o'sish to'xtamayapti. Umumiy install 7000+, active userbase 4000+ bo'libdi. What's next? @yusufblogs
Take notes Maktab kollejlarda bizni konspekt qilishga majburlashadi, lekin odatda bu shunchaki eshitganingizni yozish yoki kitobdagini ko'chirish. Aslida note-taking juda kuchli hunar, u sizni boshqalardan ajratib turadigan qurolingiz bo'lishi mumkin. Korporatsiyada ishlash odatda katta kontekstni miyada ushlashni talab qiladi: loyiha bo'yicha kelishuvlar o'z jamoangiz bilan, birga ishlaydigan boshqa jamoalar bilan, ba'zan kompaniyaning qismi bo'lmagan third-party jamoalar bilan ham bo'ladi. Buning ustiga bir vaqtning o'zida bir nechta loyiha (project) ustida ishlash ham oddiy hol: eski loyiha hali oxiriga yetib yopilmagan, hozirgisi aktiv development fazasida, kelasilarni esa hozirdan rejalashtirish kerak. Bunday tempda odamlar bilan kelishuvlar juda ko'p bo'ladi, online va oflayn mitinglarda har kuni o'nlab kelishuv va qarorlar qabul qilinadi. Endi tasavvur qiling – bular hammasi faqatgina kimningdir miyasida, hech qayerda yozilmagan. Bunday holatda odamlarga bog'liqlik juda baland bo'ladi, kimdir aloqaga chiqmay qolsa butun jamoa va loyiha bloklanib qoladi. Kompaniyadagi shaxsiy rivojlanish uchun ham notetaking muhim skill. Menejerim bilan har hafta 1:1 meeting qilardik va har xil mavzular muhokama qilinardi. Bu meetinglarda gaplashganlarimiz yozilmasa, shu kunni o'zida esdan chiqardi, chunki ishda kontekst juda ko'p edi. Har hafta uchrashganda notelar oldingi mavzularga qaytib, progress bor yo'qligini, muammolar hali ham aktual yoki yo'qligini recover qila olardik. Note taking faqat meeting paytida emas, undan oldin ham qilinishi mumkin. Bu asosan uchrashuv mavzusi va agendasini tuzish ko'rinishida bo'ladi. Ayniqsa dasturchi va injenerlar uchrashuvning asosiy mavzusi qolib, boshqa ish mavzulariga chuqurlashib (o'tlab) ketishga moyil. Shunday holat uchun aniq agenda bo'lishi, o'tlash alomati ko'ringanda meeting owner haloyiqga uchrashuv maqsadini eslatib turishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu skillni shakllantirish qiyin emas, lekin ba'zida uni ishlatish ortiqcha deb tuyulishi mumkin. AI-zamonidagi lifehack - Gemini Notes. Men deyarli hamma uchrashuvlarni Google Meets orqali o'tkazaman, undagi AI-note-taker juda qulay tool. Afsuski, faqat ingliz tilida ishlaydi, shuning uchun ingliz tiliga switch qilish majburiy. Yana bir kamchilik tomoni - Google Calendar event yaratganda by default Gemini Notes yoqish degan joyi yo'q, har safar meeting boshida qo'lda yoqish kerak. Oldinlar videokurs ko'rib dars qilganimda ham ruchka bilan daftarda note taking qilib o'rganardim. Shunchaki dars eshitganda faqat ko'z-quloq bilan o'rgansa, qo'lda yozib physically, muscle-memory orqali ham eslab qolinadi (imho). @yusufblogs
Fight, flight or freeze Muhim suhbat yoki imtihondan oldin qotib qolish, ma'lumotni qabul qila olmaslik, eslab qola olmaslik holatiga tushganmisiz? Bu ur, qoch yoki qot reaksiyasi deb ataladi. Odamzot va hayvonlar tahdidga (masalan, yirtqich hayvonga) duch kelganda yoki hujum qilib olishishi, yoki qochishi yoki qotib o'zini sezdirmasligi kerak. Zamonaviy hayotda ham biz uchun muhim va muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqadigan holatlarda shu instinkt, ko'pincha qotish reaksiyasi ishga tushadi. Imtihondan yiqilsam hayotim barbod bo'ladi, suhbatdan o'tolmasam boshqa bunday imkoniyat topmayman degan qo'rquv miyani muzlatib qo'yadi. Shuning uchun tayyorlanish paytida miya oddiy mavzularni ham tushunish va eslab qolishda qiynaladi. Vaqt qancha kam qolgan bo'lsa, tushunish shuncha qiyinroq. Urish – bu savolga nisbatan agressiya. Interviewer bilan bahslashish, javob o'rniga o'zini oqlashga harakat qilish, savol noto'g'ri ekanini isbotlashga urunish va hokazo. Shaxsan o'zimda ko'proq tez va baland gapirish ko'rinishida bo'ladi, xuddi tezroq aytib olmasam unutadigandek. Jismoniya alomatlari – terlash, qizib ketish, jag' va yelka qotib qolishi. Qochish ham ajoyib. Suhbat vaqtini ko'chirish yoki bekor qilish, tayyorlanishni ortga surish (universitetdagi har bir kurs ishi). Lekin bu eng befoyda reaksiya bo'lsa kerak, chunki qochib baribir qutulib bo'lmaydi. Bu reaksiyalar bilan har xil kurashish mumkin. Menga yoqadigani – hodisani qayta baholash. Agar suhbatdan o'tmasam, imtihondan yiqilsam hayotim tugaydimi Undan keyingi qadamlarim nima bo'ladi? Tahlikaga solayotgan muvaffaqiyatsizlik shunchalik qo'rqinchlimi aslida? Xato qilsam ham dars bo'ladi, keyingi safar uchun foyda degan xulosani o'zlashtirish kerak. 5-10 daqiqa shu mavzuda tafakkur qilinsa va aslida bu holat unchalik qo'rqinchli emasligi tushunilgach, aql bilan harakat qilish osonlashadi. Startap asoschisi rolida ham bu reaksiyalar bor. @yusufblogs
Iskandar aka Anvarov bilan bo'lgan suhbatimizni YouTubega 5 kun oldin YouTubega yuklagan edim, "organic" qancha ko'rilar ekan deb, menimcha YouTubeda doimiy kuzatadiganlar ko'rib bo'lishdi. Ko'rmay yoki eshitmay qolganlar bo'lsa marhamat, suhbatni tomosha qiling. Suhbat davomida, Gollandiyadagi hayot, Amazonda ish va ijtimoiy hayot balansi va hozirgi kundagi aktual mavzu sun'iy intelekt haqida ham gaplashdik. Xullas tomosha qilamiz 👀 Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz 😊 P.S. Qo'llab quvvatlaganlanlardan biriga Iskandar aka shaxsan taqdim etgan kitobni topshiramiz. Shartlarini video oxirida bilib olishingiz mumkin @khumoyun_codes https://youtu.be/LaXUP_C360s
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Bu dam olish kunlari Almatyga keldik, havo juda mo’tadil, yumshoq, chiroyli tog’lar ko’rinib turar ekan. Bu yerga biz GDG Central Asia tashkilotchilari yig’ilishiga keldik. Bu yerda qiziq ma’lumot bilan bo’lishishdi. Bizga oldin aytishlaricha, DevFest oxirgi yillarda MENA (Yaqin sharq va Shimoliy afrikA) regionida eng katta Dasturchilar festivali deb bilardik, hozir bizga aytishlaricha Devfest 2024-2025 BUTUN DUNYODA eng katta DevFest eventlari bo’lgan ekan. Bu men va jamoamiz uchun juda katta sharaf, butun dunyoda O’zbekiston nomini va dasturchilar hamjamiyatini o’rnini birgalikda ko’rsatayotganimizdan juda hursandman. @nuruddinblogs
Saudiada Ninja kompaniyasi Hungerstationni acquire qilmoqchi bo'lyapti ekan Qizig'i, Ninjani founderi Ibrohim Al-Jassim 2012 yilda HS-ga asos solgan va uni Saudiadagi eng katta food delivery platformasiga aylantirgan. O'sha yillar 30% shareni Delivery Heroga (DH) sotgan, lekin ozi boshqarurgan kompaniyani. Parallelno development teamga yana bitta startup (Ninjani) qurdirgan, HS codebase va boshqa resurslarini ishlatib. DH (minor shareholder) buni bilib qolib uni sudga berishgan va qolgan 70%ni ham majburlab sotvolishgan (2019 yilda). Shundan so'ng Ninja grocery delivery bilan yanada qattiq shug'ullangan, HS-ning ko'p ishchilarini hunt qilishgan (men ishlagan paytlari o'zimni ham interview qilishudi, bir nechta hamkasblarim o'tib ketishudi). Hozirda aynan Ninja grocery delivery bo'yicha market leader bo'lgan, men ham HS-da shu vertikalda ishlardim va ular bizning asosiy raqibimiz edi. DH o'zi bir necha yillardan beri aksiyalari narxi pasligidan aziyat chekardi va oxiri bu yil CEO-si iste'foga chiqdi, kompaniyani 30+% ulushini asosiy raqiblardan biri Uber sotib oldi. Endi esa, HS-ning o'zini Ninja qaytarib sotib olmoqchi ekan. Agar bu amalga oshsa va Ninja/HS birlashsa, gigant too-big-to-fail korporatsiyaga aylanadi. @yusufblogs
Setup update bo'ldi, PS5 sponsored by @kotlinpedia @mabrur_dev sizni mehmonga taklif qilib qolamiz @yusufblogs
$200-lik Claude Pro tarifi uchun oylik xarajat $5000 atrofide ekan😵 Agar rost bo'lsa, men biznesni tushunmas ekanman. https://t.me/devs_kz/7071 @yusufblogs
Coffee tales☕️☕️☕️ - dekaf est? - est - dayte dekaf - kakoy? - dekaf - a pit chto budete? - dekaf - mi delaem dekaf na luboy kofe, latte/chapukino - hmm, americano Kofein ta'sirchanligim baland ekan, kafelarda tozza kofeni ichsam qo'llarim qaltirab mazam qochadi. Shunga nima ichay desam gpt dekaf ich dedi (kafeinsizlashtirilgan kofe?) Nimaligini chuqur o'rganmasdim kelin zakaz berdim, va shunday holga tushdim. Ofitsiant ham ichida kulib mazah qilib "ha mol" degandir.🤣 @yusufblogs