tgindex
G'olibjon Narzullayev | Blog

G'olibjon Narzullayev | Blog

Статистика

Foydali deb bilganlarimni ulashib boraman: #programming #tech #codinglife #thoughts Personal blog: https://narzullayev.uz

Последний пост
2 июл.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
24
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Технологии (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
211
0 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
264
24 постов
Вовлечённость
125,1%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 24
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🚀 Yaxshi yangilik! Claude Fable 5 tez orada qaytishi kutilmoqda. AQSh hukumati va Anthropic o'rtasidagi muzokaralar yakunlanish arafasida. Reuters va Axios'ning xabariga ko'ra, Claude Fable 5 modeli yana ommaviy foydalanish uchun ochilishi mumkin va bu kelasi…

  • 🚀 Yaxshi yangilik! Claude Fable 5 tez orada qaytishi kutilmoqda. AQSh hukumati va Anthropic o'rtasidagi muzokaralar yakunlanish arafasida. Reuters va Axios'ning xabariga ko'ra, Claude Fable 5 modeli yana ommaviy foydalanish uchun ochilishi mumkin va bu kelasi hafta sodir bo'lishi kutilmoqda. 📌 Eslatib o'tamiz: • Fable 5 iyun oyida ishga tushirilganidan bir necha kun o'tib AQSh eksport nazorati sabab vaqtincha yopilgan edi. • Hozircha Anthropic'ning Mythos 5 modeli 100+ ta ishonchli AQSh tashkilotlari uchun qayta ishga tushirilgan. • Endi esa navbat Fable 5'ga kelmoqda. Agar hammasi reja bo'yicha ketsa, yaqin kunlarda dasturchilar va AI foydalanuvchilari yana eng kuchli coding modellaridan biridan foydalanish imkoniga ega bo'lishadi. 🔥 Manba: Havola #AI #Claude #Anthropic #Fable5 #LLM

  • Bugun qalbimda tasvirlab bo‘lmas bir tuyg‘u bor… Bugun men ota bo‘ldim. Farzandimning ilk nafasini eshitgan onimda, hayotimning eng qimmatli sovg‘asiga ega bo‘lganimni his qildim. Shu paytgacha ko‘p quvonchlarni ko‘rganman, lekin bugungi baxtning o‘rni mutlaqo…

  • Bugun qalbimda tasvirlab bo‘lmas bir tuyg‘u bor… Bugun men ota bo‘ldim. Farzandimning ilk nafasini eshitgan onimda, hayotimning eng qimmatli sovg‘asiga ega bo‘lganimni his qildim. Shu paytgacha ko‘p quvonchlarni ko‘rganman, lekin bugungi baxtning o‘rni mutlaqo boshqacha ekan. Endi mening yuragim tanamda emas, kichkina qo‘llar ichida urmoqda. Endi har bir maqsadim, har bir harakatim va har bir orzuimning markazida farzandim turadi. Allohimga behisob shukrlar bo‘lsin. Bu ne’matni bergani uchun ham, shu kunlarni ko‘rishni nasib qilgani uchun ham. Farzandim, hali seni bag‘rimga bosganimga ko‘p bo‘lmadi, ammo bilib qo‘y: seni dunyodagi hamma narsadan ko‘proq yaxshi ko‘raman. Sen mening eng katta boyligim, eng katta mas’uliyatim va eng katta baxtimsan.

  • Yutqazdingmi? - saboq ol. Aldandingmi? - xulosa qil. Xato qildingmi? - tuzat. Yiqildingmi? - o'rningdan tur. Qiyin ahvoldamisan? - sabr qil. Kutganing bo’lmayaptimi? - shoshilma. Odamlar qadrlamayaptimi? - niyatingni buzma. Tushunishmayaptimi? - yo’lingdan qaytma. Qo’lingdan kelmayotgandek tuyulyaptimi? - o’zingga vaqt ber. Hammasi yaxshi ketayaptimi? - shukr qil. Kuching bormi? - yordam ber. Imkoning bormi? - ulash. Chunki hayot hech kimni bir joyda ushlab turmaydi. Bugungi qiyinchilik ertangi tajribaga aylanadi. Bugungi sabr ertangi natijaga aylanadi. Bugungi mehnat ertangi faxrga aylanadi. Har bir holatdan ranjish mumkin. Har bir holatdan o’rganish ham mumkin. Tanlov esa doim o’zingniki. Yana hammasi tugagandek tuyulsa, esla: Bu ham o’tib ketadi. Lekin undan olgan sabog’ing sen bilan qoladi.

  • Dasturlashda ikki qiyin narsa bor: 1) O'zgaruvchiga nom berish 2) Microsoft orqali akkaunt ochish

  • 21 апр.306из nuruddinblogs

    AI juda qimmatlik qigani uchun, AI ni haydab odamlarni qayta ishga olishibdi. Shunaqa qisayam bo’ladi) @nuruddinblogs

  • без подписи

  • Qancha duo qildik ijobat qani😕 Shuncha gunoh qildik hijolat qani🥲

  • 15 мар.3421из ulugbeksamigjonov

    AI tezda rivojlanayotganidan kelib chiqib, katta ehtimol bilan ikki yo'l qoladi: yoki uni o'rganamiz yoki qo'l mehnati talab qilinadigan sohalarga o'tib ketamiz.

  • ✨ Yangi yangilanish! Endi ovqat rasmini yuborganingizda AI bir rasm ichidagi bir nechta taomni ham aniqlay oladi. Masalan: Palov, salat yoki non bo‘lsa — ularning har biri alohida hisoblanadi va umumiy kaloriya ham ko‘rsatiladi. 📊 Har bir ovqat uchun: • Kaloriya • Protein • Uglevod • Yog‘ alohida ko‘rsatiladi. Sinab ko‘ring va fikringizni yozib qoldiring 🙂 Havola: https://t.me/appcalorabot

  • 🥗 AI Kaloriya Hisoblagich — Ovqatingizni rasm orqali hisoblang! Endi kaloriya hisoblash juda oson! Shunchaki ovqatingiz rasmini yuboring — AI avtomatik ravishda: ✅ Kaloriyasini hisoblaydi ✅ Oqsil, yog‘ va uglevod miqdorini aniqlaydi ✅ Foydali qiymatlarini…

  • 🥗 AI Kaloriya Hisoblagich — Ovqatingizni rasm orqali hisoblang! Endi kaloriya hisoblash juda oson! Shunchaki ovqatingiz rasmini yuboring — AI avtomatik ravishda: ✅ Kaloriyasini hisoblaydi ✅ Oqsil, yog‘ va uglevod miqdorini aniqlaydi ✅ Foydali qiymatlarini…

  • 🥗 AI Kaloriya Hisoblagich — Ovqatingizni rasm orqali hisoblang! Endi kaloriya hisoblash juda oson! Shunchaki ovqatingiz rasmini yuboring — AI avtomatik ravishda: ✅ Kaloriyasini hisoblaydi ✅ Oqsil, yog‘ va uglevod miqdorini aniqlaydi ✅ Foydali qiymatlarini ko‘rsatadi 📸 Hech qanday qo‘lda kiritish shart emas — faqat rasm yuboring! Sog‘lom ovqatlanishni nazorat qilish endi juda qulay. 👉 Botni ishga tushirish: https://t.me/appcalorabot 🍎 Dieta qilayotganlar 💪 Sport bilan shug‘ullanayotganlar ⚖️ Vazn nazorat qilayotganlar uchun ayni muddao!

  • 26 февр.23051из ulugbeksamigjonov

    Mohirdev Middle NodeJS/Fullstack dasturchi qidirmoqda. Anvar Narzullaev (CEO, @sariqdev) va Saidolim Djuraev (CTO, @dralgorithm) bilan bir jamoada ishlash imkoniyati. Dasturchi va umuman mutaxassis sifatida o'sish uchun ajoyib imkoniyat. Ahil jamoa. 3+ yil tajriba, NodeJS, Typescript va MongoDB'ni bilsangiz bo'ldi. Frontend'ni (ReactJS) bilish katta plyus. Ofisdan ish. Oylik 1,000-1,500$ atrofida. Suhbatdan keyin aniq bo'ladi. Agar exceptional nomzod bo'lsa, yana ko'rib chiqiladi. Yuqorida aytganimdek, faqatgina oylik emas balki jamoa ham katta qiymat. Ishga olish jarayoni ham qiyin emas. Quyidagi havola orqali topshirishingiz mumkin: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScx-QZq4olimWHXbqgm7vp0cxjbenoYWPGavp3FlfggrRvB8w/viewform?usp=dialog. Qiziq fakt: bundan oldingi backend dasturchi, 4 yil davomida ishladi, o'sdi va investment olib, o'z startupini qurishni boshladi.

  • Nega kod yozish tezlashsa-da, vaqtimiz kamaymoqda? IT olamida AI (GitHub Copilot, ChatGPT, Cursor) kirib kelishi bilan "ish samaradorligi 40-50% ga oshdi" degan hisobotlarni ko‘ryapmiz. Ammo real hayotda IT mutaxassislari avvalgidan kamroq ishlayotgani yo‘q. Buning bir necha fundamental sabablari bor: 1. Abstraksiya darajasining ko‘tarilishi Tarixda past darajali tillardan (Assembly) yuqori darajali tillarga (Python, JS) o‘tilganda ham ish kamaymagan. AI — bu navbatdagi abstraksiya qatlami. • Ilgari: Oddiy CRUD funksiyasini yozishga 2 soat ketardi. • Hozir: AI uni 10 soniyada yozib beradi. • Natija: Endi sizdan faqat CRUD emas, balki murakkab mikroservislar arxitekturasi, kiberxavfsizlik va bulutli integratsiyalarni ham o‘sha vaqt ichida bitirish talab qilinadi. 2. Texnik qarz va review yuklamasi AI kodni tez yozadi, lekin u har doim ham optimal emas. • Junior'lar xatosi: AI bergan kodni tushunmasdan "copy-paste" qilish natijasida loyihalarda "shovqinli kod" ko'paymoqda. • Senior'lar dardi: Endi tajribali dasturchilar o‘zi kod yozishdan ko‘ra, AI yozgan va xatoga to‘la bo‘lgan minglab qatorli kodlarni ko‘rib chiqishga (Code Review) ko‘proq vaqt sarflashmoqda. Bu aqliy charchoqni (burnout) oshiradi. 3. Dasturiy ta’minot inflyatsiyasi Texnologiya osonlashgani sayin, mahsulotga bo‘lgan talab murakkablashadi. • Mijozlar endi oddiy saytni emas, balki AI bilan ishlaydigan, real vaqtda tahlil qiladigan va har qanday qurilmaga moslashadigan murakkab ekotizimlarni xohlashmoqda. • Vaqtni yutuvchi omil: AI kod yozishni tezlashtirdi, lekin muammoni tushunish, loyihalash va muloqot qilish (soft skills) kabi insoniy jarayonlar tezlashgani yo‘q. 4. SDLC (Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish sikli)dagi tiqilinchlar Dasturlash faqat kod yozishdan iborat emas. Kod yozish tezlashgani bilan, boshqa jarayonlar (testing, deployment, security check) hali ham vaqt talab qiladi. Kod hajmi oshgani sayin, bu jarayonlardagi xatolar va ularni tuzatishga ketadigan vaqt ham mutanosib ravishda o‘sib bormoqda. Xulosa: IT mutaxassislari endi yozuvchi emas, muharrir. IT sohasida AI bizni kamroq ishlashga emas, balki boshqa darajada ishlashga majbur qilmoqda. Biz endi qanday yozish haqida emas, nima qurish haqida ko‘proq qayg‘urishimiz kerak. IT'shniklar uchun yangi qoida: AI sizning o‘rningizni bosmaydi, lekin AI'dan foydalanishni biladigan va kuniga 10 barobar ko‘p kodni boshqara oladigan dasturchi sizning o‘rningizni egallashi mumkin.

  • Eng katta o‘sish — o‘zing qochishni xohlagan narsalarga qarshi borishda boshlanadi. Inson o‘zini qanday ko‘rishi ko‘pincha natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Har safar murakkab vazifani tugatganingda, ichingda sezilmaydigan bir ishonch paydo bo‘ladi: “Men uddalay olaman.” Shu ishonch asta-sekin xarakterga aylanadi. Ammo doim oson yo‘lni tanlasang, eng kichik to‘siq ham katta devordek ko‘rina boshlaydi. Murakkab fanlar yoki qiyin mashg‘ulotlar faqat bilim uchun emas. Ular miyani qiyinchilikka moslashishga o‘rgatadi. Balki formulalarni hayotda ishlatmassan, lekin ularni tushunishga qilgan harakatlaring seni sabrli, tizimli va muammo yecha oladigan inson qiladi. Dasturlashda ham shunday: hamma bilimlar har kuni kerak bo‘lmaydi. Lekin murakkab narsani tushunib chiqqan odam uchun yangi texnologiya yoki qiyin loyiha qo‘rqinchli tuyulmaydi. Qiyinchilik faqat kitob yoki matematika emas. Sport, yangi kasb, omma oldida gapirish, yoki boshlashga qo‘rqayotgan loyihang — bularning hammasi o‘sish nuqtasi. Telefonni cheksiz varaqlash miyani qulaylikka o‘rgatadi. Qulaylik esa vaqt o‘tib kuchsizlikka aylanadi. O‘sish esa har doim biroz noqulaylikdan boshlanadi. Agar hozir o‘zingga ishonch kamdek tuyulsa — bu muammo emas. Kichik, lekin qiyinroq ishni tanla. Uni tugat. Keyin yana bittasini. Ishonch aynan shunday quriladi. Oddiy haqiqat bor: qiyinchilikdan qochgan odam hayotni murakkab qiladi. Qiyinchilikni tanlagan odam esa hayotni asta-sekin yengillashtiradi. Tanlov har kuni — o‘zingning qo‘lingda

  • Hayotda hamma narsa bo‘ladi. Ba’zan kulasan — yuraging to‘lib, osmonga qarab shukr qilasan. Ba’zan esa jim qolasan — gapirishga ham kuch topolmay. Hayot doim bir xil bo‘lmaydi. Bugun yoningda bo‘lganlar ertaga begona bo‘lib qolishi mumkin. Kecha ishonchingni oqlagan odam bugun seni tushunmasligi mumkin. Ammo bilasanmi — bu ham hayot. Ba’zan yutqazasan, lekin aslida saboq yutib olasan. Ba’zan yiqilasan, lekin aynan o‘sha joydan kuch topib turasan. Ba’zan kech qolasan, lekin nasibang aynan o‘sha vaqtda yetib keladi. Hayot bizni sindirish uchun emas, pishitish uchun sinaydi. Shuning uchun har holatda shukr qil. Og‘riqda — sabr qil. Quvonchda — kibr qilma. Chunki bugun o‘tayotganing ertaga seni kuchliroq inson qiladi. Hayotda hamma narsa bo‘ladi. Muhimi — sen o‘zingni yo‘qotib qo‘ymasliging.

  • Qalbdan qilish haqida Ba’zan hayotda hammasini to‘g‘ri qilayotgandek bo‘lasan, lekin iching tinch bo‘lmaydi. Ish qilyapsan — charchayapsan. Harakat qilyapsan — lekin yuraging tortmaydi. Odamlar “davom et deydi, lekin ichingda bir ovoz: “Shunchaki qilayapsan, xolos”, deydi. Shu narsa odamni sekin charchatadi. Men bitta narsani tushundim: hamma ishni mukammal qilish shart emas ekan. Hamma narsani vaqtida qilish ham shart emas. Muhimi — qalbing rozi bo‘lib qilishi. Ba’zan ozgina qilsang ham yetadi. Ba’zan faqat niyatning o‘zi yetadi. Ba’zan esa shunchaki to‘xtab, nafas olib, “men hozir shunga tayyor emasman” deyish ham jasorat bo‘lar ekan. Biz ko‘pincha o‘zimizdan juda ko‘p narsa talab qilamiz. Boshqalarga qarab yashaymiz. Ularning tezligiga yetishga harakat qilamiz. Lekin har kimning yo‘li boshqa. Har kimning ichki holati boshqa. Kimdir tez yuradi, kimdir sekin. Kimdir bugun uddalaydi, kimdir ertaga. Bu musobaqa emas. Agar hozir qiynalayotgan bo‘lsang — demak sen harakatsiz emassan. Faqat o‘sish jarayonidasan. Qachon qilay desang — qalbingni tingla. Qanday qilay desang — o‘zingni sindirmay qil. Charchasang — ozgina to‘xta. Lekin o‘zingdan voz kechma. Va eng muhimi — bor narsangni inkor qilma. Hozir senda ko‘p narsa yo‘qdir. Lekin nimadir bor. Ana shu boriga shukr qila olsang, ichingda yengillik paydo bo‘ladi. Hayot o‘zgarmagandir, lekin sen ichingda tinchroq bo‘lasan. Shu ham katta narsa.

  • https://www.instagram.com/reel/DTpSX01iKu2/?igsh=eTBqNG81eHZkdmI3