tgindex
Botir Ziyatov

Shaxsiy blog va texnologiyalar haqida Hamkorlik: @giglink_admin

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
23
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Технологии (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
8 411
+10 за 3 дн.
Сутки
−3
−0,04%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
4 599
22 постов
Вовлечённость
54,7%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 23
Упоминаний
13
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
2 825
1/48двое суток
3 237
1/72трое суток
3 491

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 13 авг.1 87512613

    видео или голосовое, без подписи

  • 10 авг.3 2645420

    Stripe to‘lov platformasidagi ma'lumotga ko‘ra, yiliga million dollardan ortiq daromad topayotgan minglab yakka tadbirkorlar bor. Ularning soni 2023–2025 yillarda ikki barobar oshgan. 10 million dollardan oshganlar esa deyarli uch barobar ko‘paygan. @botirziyatov

  • 9 авг.3 1866843

    видео или голосовое, без подписи

  • 9 авг.2 612467

    Hozir internetda odamlardan ko‘ra botlar ko‘proq ish qilayapti. Cloudflare: 2026-yilning may oyidan beri AI-botlar trafigi odamlarnikidan o‘tib ketgan. Buni ular 2027 oxirida bo‘ladi deb kutishgan edi, lekin erta boshlandi. Agar shunday davom etsa, 5 yildan keyin har bir odamga 1000 ta bot to‘g‘ri keladi. Ya'ni odamlar saytlarga kam kira boshlaganidan emas, botlar shunchalik tez ko‘payib ketayotganidan. Asosiy sabab - AI-agentlar. misol Odamlar kamerani qidirganda 5-6 ta saytni ochsa, bot 5000 tasini bir vaqtning o‘zida tekshirib chiqadi. Yana bir ma'lumot, Cloudflare 7-avgust kuni choraklik hisobotini e'lon qilganida aksiyasi +15% ga ko‘tarildi. Bozor bu o‘zgarishni muammo emas, balki imkoniyat deb baholayapti. Chunki botlar ko‘paygan sari ularni boshqarish va himoya qilish xizmatlariga talab ortadi. @botirziyatov

  • 6 авг.3 5471328

    Ko‘pchilik AI haqida gapiryapti. Lekin g‘oya bilan ishlaydigan mahsulot o‘rtasida katta farq bor. President AI Award 2026 aynan MVP yaratgan jamoalar uchun. Loyiha sun’iy intellektga asoslanishi va davlat boshqaruvi, sanoat, tibbiyot, ta’lim yoki yashil iqtisodiyotdagi real muammoni hal qilishi kerak. Jamoa 3–8 kishidan iborat bo‘lishi lozim. Ariza bilan birga uch daqiqagacha videotaqdimot, uch tildagi prezentatsiya, MVP havolasi va jamoa haqida ma’lumot topshiriladi. Dastlab 25 ta startap akseleratsiyaga saralanadi. Ulardan 15 tasi 40 mingdan 100 ming dollargacha investitsiya oladi. Bu yerda asosiy mezon chiroyli taqdimot emas, ishlaydigan mahsulot va uni rivojlantira oladigan jamoa kerak. Arizalar 15-avgustgacha: awards.gov.uz

  • 6 авг.3 51816130

    видео или голосовое, без подписи

  • 5 авг.4 1149420

    Hozirgi kunda ba'zi yoshlarda shunday qarash bor: xo‘jayin qancha pul bersa, shuncha ish qilaman. Maosh baland bo‘lsa ko‘proq ishlayman. Past bo‘lsa imkon qadar kam ishlayman. Aslida bu o‘zini sotish. Ish bu imkoniyat, agar ishni tashlab qo‘ysangiz yoki boshqalarga yordam bermasangiz, o‘z barakangizni o‘zingiz qo‘ldan chiqargan bo‘lasiz. Shuning uchun kompaniyaga o‘z hissangizni qo‘sha oladigan qobiliyatga ega bo‘ling. Uning rivojlanishiga yordam bersangiz, o‘zingizning qobiliyatingiz ham o‘sib boradi. @botirziyatov

  • 5 авг.3 84110812

    Oxirgi paytlarda bemalol o‘tirib o‘ylashga vaqt qolmadi. Qayoqqa qarab ketayotganim haqida o‘ylashga ham. Miya shu darajada to‘laki, biror narsani tinch o‘ylab ko‘rishga holi yo‘q. Yangi chiqayotgan AI modellari bilan juda yaxshi ishlar qilsa bo‘ladi. Imkoniyat ko‘p. Lekin vaqtim yo‘q. Shuncha vaqt qayerga ketyapti - bilmayman. @botirziyatov

  • 3 авг.4 181167

    ⚡️ Bunaqa yangilikni kutmaganingiz aniq! 🌏 Japan Digital University o'z talabalariga eksklyuziv imkoniyatlar taqdim etmoqda! Zamonaviy va eng talabgir yo'nalishlardan o'zingizga mosini tanlang: 🛡 Kiberxavfsizlik; 💻 Muhandis-dasturchi; 🤖 Sun'iy intellekt; 🎨 Grafik dizayn va qo'shimchasiga hech bir oliygoh taklif etmagan imkoniyatlarga ega bo'ling! 🌟 Endilikda universitetga kirish uchun yapon tilidan imtihon topshirish shart emas! 🌟 UZBMB (DTM) imtihon natijalari bilan hujjat topshirishingiz mumkin. 📄 Universitetga kirish uchun qabul davom etmoqda! ➡️HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN ⚡️ Universitetga qabul jarayonlari haqida ma'lumot olish uchun onlayn seminarda qatnashing! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web site

  • 3 авг.7 4955438

    видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.7 18114291

    видео или голосовое, без подписи

  • 30 июл.3 824203

    Yandex Uzbekistan dasturlash maktabida o‘quv yili yakunlandi 👨‍💻 Bu yil Python dasturlash tili asoslarini bepul o‘rganish dasturini Toshkent, Samarqand va Urganchdan jami 81 nafar maktab o‘quvchisi muvaffaqiyatli tamomladi. Dastur 14–17 yoshli o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. Toshkent va Samarqandda mashg‘ulotlar oflayn shaklda, Urganchda esa onlayn tarzda o‘tkazildi. Loyiha hamkorlari — Inha universiteti, Wepro IT maktablari tarmog‘i va IT Park Xorazm bo‘ldi. 📚 O‘quv yili davomida ishtirokchilar dasturlash, algoritmlar va dasturiy ta’minot ishlab chiqish vositalarini o‘rganib, amaliy vazifalar ustida ishlashdi. Shunday vazifalardan biri ma’lumotlarni tahlil qiluvchi mini-tizim yaratish edi. Bunda dastur kiritilgan sonlarni yig‘ib boradi va asosiy statistik ko‘rsatkichlarni avtomatik hisoblaydi. Xuddi shu tamoyil asosida ta’limda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, sport natijalari, ob-havo ma’lumotlari, savdo hajmi hamda turli raqamli servislar faoliyatini tahlil qiluvchi dasturlar ishlaydi. 👍 Bu ayrim o‘quvchilar uchun kelajakda dasturchi sifatidagi faoliyatiga qo‘yilgan ilk qadam bo‘ldi.

  • 27 июл.7 0448249

    1944-yil AQSH razvedkasi dushman tashkilotini ichidan qanday buzish haqida maxfiy kitob tarqatgan, unda turli maslahatlar berilgan. Kitobning o‘zini o‘qiganim yo‘q, internetda ba'zi qismlarini ko‘rib qoldim. Eng qizig‘i o‘sha maslahatlar hozir ham ishlaydi: * 1. Hech qachon o‘zingiz qaror qilmang, boshqalarga qo‘yib bering misol menejerlarga. * 2. Hujjatdagi har bir so‘z ustida tortishing. * 3. Muhim ish chiqsa, darrov yig‘ilish qiling. * 4. Kelishib olishga shoshilmang hamma narsa qoida bo‘yicha bo‘lsin. * 5. Hujjatlar iloji boricha uzun bo‘lishi kerak. * 6. Tasdiqlatish bosqichlarini ko‘paytiring. Ya'ni tashkilotni o‘ldirishning eng oson yo‘li «byurokratiya» . Olti daqiqalik ishni olti haftaga cho‘zilsa, dushman ham kerak emas. @botirziyatov

  • 26 июл.5 1636762

    видео или голосовое, без подписи

  • 26 июл.3 949805

    Telegramda uzun postlarni chiroyli qilib chiqaradigan imkoniyat paydo bo‘libdi. bu manga yoqdi ba'zi mavzularni bir-ikki qatorga siqmasdan, batafsil qilib yozsa bo‘lar ekan. Uzun post yozsam, o‘qiysizlarmi? ) @botirziyatov

  • 18 июл.5 9108718

    Ba'zan "o‘zini rivojlantirish" bu rivojlanish emas, shunchaki tashvishni bosish usuli bo‘lib qolganday. Harakat qilyapmanku degan tuyg‘uni beradi, lekin joyingizdan qimirlamayapgan bo‘lasiz. @botirziyatov

  • 17 июл.5 85517814

    Bir tanishim, pulini ko‘paytira olmayotganidan xafa bo‘lib: «o‘zimni pul baxt keltirmaydi deb ishontirsammikin?» deydi :) @botirziyatov

  • 16 июл.6 1348830

    San-Fransiskodagi startap kompaniyasi Gemini bilan bir tajriba o‘tkazdi. Ular Gemini 3.1 Pro asosida "Mona" nomli AI-ishlab chiqib, unga ~21 000 dollar berishdi va Shvetsiyaning Stokgolm shahrida kafe ochishni topshirishdi. Mona buyruqlarni Slack orqali berardi, xodimlar esa faqat u aytganini bajarardi. Boshida hammasi yaxshi boshlandi: * Mona bir necha kunda elektr va internet shartnomalarini tuzdi, ovqat tayyorlash va ko‘chada stol qo‘yish uchun ruxsatnomalar oldi, * LinkedIn'da ish e'lonlari joyladi. Ba'zi menejerlardan tezroq ishladi. * Keyin u internetdan xodim qidira boshladi va PhD hamda muhandislik diplomiga ega nomzodlarni chiqarib tashladi: "bunaqalar xizmat ishiga yaramaydi" deb. * Davlat idoralaridan ruxsatnomalar olish uchun xodimlarining shaxsiy ma'lumotlarini ularning roziligisiz ishlata boshladi. U davlat hech qachon AI-agentga ishonmaydi, deb o‘ylagan. Bu mantiqan to‘g‘ri edi, lekin qonuniy jihatdan xato. * Ikki nafar xodim uchun 3000 dona rezina qo‘lqop, 6000 ta salfetka, pechkasi yo‘q kafega 120 dona tuxum va menyuda ishlatilmaydigan konservalangan pomidor buyurtma qildi. * Xotirasi kichik bo‘lgani uchun non buyurtmasini chalkashtirardi: ba'zan haddan ziyod, ba'zan esa o‘z vaqtida buyurtma qilishni unutardi. Oqibatda baristalar sendvichni menyudan olib tashlashga majbur bo‘lardi. * Xodimlarga yarim tunda xabar yozardi va ishga kelayotib kafe uchun narsalarni o‘z shaxsiy kartalari bilan sotib olishni so‘rardi. Natija: kafe aprel o‘rtasidan beri ~5700 dollar savdo qildi, lekin 21 000 dollarlik byudjetdan ~5000 dollar qoldi. AI agent yaxshi yordamchi, lekin yomon xo‘jayin :) @botirziyatov

  • 15 июл.4 930819

    Qanday qilib ishonchli SI-agentlarni yaratish mumkin? Bu haqda Yandex School of Data Analysis (YSDA) maktabining AI Agents Security Week haftaligida so‘zlab beramiz. Onlayn-intensiv 2026-yilning 27–31-iyulida bo‘lib o‘tadi. Yandex ekspertlari SI-agentlar qanday tahdidlarga duch kelishi va o‘z loyihalarini loyihalash bosqichidayoq qanday himoya qilish kerakligi haqida gapirib berishadi. 📌 Dasturda: • SI-agentlar katta til modellaridan nima bilan farq qiladi? • Tizimlarni buzib kirish, ma’lumotlar sizib chiqishi, konfiguratsiya xatolari va boshqa tahdidlardan qanday himoyalash kerak? • DeepSeek, Microsoft Bing va Amazon SI-tizimlarida qanday xatolarga yo‘l qo‘yilgan? Intensiv faol vaybkoding bilan shug‘ullanadigan va yakunda xavfsiz mahsulotlarga ega bo‘lishni istaganlar uchun mo‘ljallangan. Boshlash uchun promptlarni qanday yozishni va olingan kodni qanday ishga tushirishni bilish kifoya. Sizni 5 kunlik jonli efirlar va spikerlarga savol berish imkoniyati kutmoqda. Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! MChSh “Y. Izdeu men Jarnama” ushbu dastur doirasida rasmiy ta’lim xizmatlarini taqdim etmaydi Reklama kontenti Ushbu material tanishuv uchun moʻljallangan. Biz qonunga xilof yoki gʻarazli harakatlarni sodir etishga daʼvat qilmaymiz. Barcha tasvirlangan usul va ssenariylar faqatgina himoya mexanizmlarini tushunish hamda xabardorlikni oshirishga qaratilgan.

  • 15 июл.4 3503717

    AI bilan dasturlash aslida qanchaga tushadi? Endi aniq raqamlari paydo bo‘la boshladi. Mana bu maqolada yozilishicha, Anthropic AI'ga (ya'ni serverlar, hisoblash quvvatiga) xodimlarining maoshidan 2,3 barobar ko‘p pul sarflaydi. AQShda tajribali dasturchining bir yillik maoshi barcha xarajatlari bilan o‘rtacha 224 ming dollar. Ya'ni Anthropic har bir dasturchi uchun maoshdan tashqari, ustiga yana yiliga ~515 ming dollarni AI xarajatiga to‘lar ekan. To‘g‘ri, Anthropic AI sohasidagi eng katta kompaniya, shuning uchun bu raqam juda baland. Boshqa kompaniyalarda AI xarajati bunchalik emas. AQShning eng yaxshi 1% kompaniyalari har bir dasturchiga yiliga o‘rtacha 89 ming dollar sarflaydi bu maoshning taxminan 40% i. Oddiy, o‘rtacha kompaniyalar-chi? Ular yiliga atigi 137 dollar sarflaydi Katta kompaniyalar bilan oddiylar orasidagi farq 680 barobar. AI dasturchini saqlash xarajatini 40% dan 230% gacha oshirib yubordi. Agar dasturchining ish unumi ham shuncha o‘smasa, kompaniya uchun AI foyda emas, zarar keltiradi. @botirziyatov

Botir Ziyatov — tgindex