tgindex
Shakhriyor Pulatov

Shakhriyor Pulatov

Статистика

IUT Alumni & Data Engineer - DS and ML Enthusiast Buy me a coffee: https://tirikchilik.uz/shakhlive

Последний пост
28 июл.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Технологии (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
271
−2 за 2 дн.
Сутки
−1
−0,37%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
674
22 постов
Вовлечённость
248,7%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 22
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
177
1/48двое суток
202
1/72трое суток
218

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Sun’iy intellekt shunchaki savol berib, javob olishdan iborat emas: https://anthropic.skilljar.com/ @shakhriyorpulatov

  • 28 июл.19847из otabekswe

    Sizga sovg'am bor. Bugun yakshanba, dam olish kuni. Algoritmlar bo'yicha bir paytlar o'tgan jonli darslarimni sizga o'rganishga bermoqchiman. Yana bunday darslarni o'tish uchun vaqt va sharoit topilishi bilan bularni yanada yaxshiroq qilishga harakat qilamiz. 1. Algoritmlarga kirish 2. Diskret Matematika 3. Array & Strings 4. Recursion 5. Stack & Queue 6. Graph 7. Tree 8. Deque 9. Linked List 10. Sorting 11. Hash Table 12. Searching 12. Sorting 2-qism 13. Dynamic Programming 14. Greedy Algorithms Darslar yoqgan bo'lsa va fikringiz bo'lsa bemalol donat qilishingiz va fikringizni qoldirishingiz mumkin.

  • Garri Potter filmidagi mashhur sahna haqida gaplashamiz. Bu sehrgarlar olamida har kimning o'ziga xos Patronusi (sehrli himoyachisi) bo'ladi. Lekin agar inson kimnidir chin dildan sevsa, uning Patronusi o'sha odamning Patronusiga aylanadi. Snape bolaligidan Lilini (Garrining onasini) sevgan. Lili 16 yil oldin halok bo'lgan. Filmdagi sahnada Dambldor Snapedan "Shuncha vaqtdan keyin hammi?" deb so'raganda u "Always (Hamisha)" deb javob beradi. Ya'ni Snapening Patronusi - kiyik. Bu aynan Lilining ham Patronusi edi. Ya'ni 16 yil o'tdi, lekin Snape uni bir kun ham unutmagan. Dambldor uning sevganini bilardi, ammo bu sevgi hali ham tirik ekanini bilmasdi. Kinodagi shu bitta so'z "Always" butun bir umrni anglatadi. @shakhriyorpulatov

  • 3 мая5819из botirziyatov

    Yaqinda do‘stim bir loyiha dizaynini autsorsing qilayotganini aytdi. Yonidagi tanishi undan so‘radi: "Nega o‘zing AI'dan foydalanib qila qolmayapsan?" Men dizaynni chiroyli yoki chiroyli emasligini ajrata olaman. Lekin chiroyli narsa qila olmayman. Bu ikkisi orasida yer bilan osmoncha farq bor. "Bilish" va "qilish" — butunlay boshqa narsalar. Men dizaynerlik kasbini hurmat qilaman, chunki o‘zimning chegaramni bilaman. AI menga vosita beradi, lekin u mendagi estetik bilimning yo‘qligini to‘ldira olmaydi. AI'dan chiqadigan natija — bu mening did va tushunchamning aksi. Agar men dizaynni tushunmasam, AI ham menga yaxshi dizayn chiqarib bera olmaydi. Aslida men autsorsing qilayotganda dizayner AI ishlatadimi yoki Photoshop'da qo'‘da chizadimi — bu meni qiziqtirmaydi. Men iste'dod va yillab to‘plangan tajribani sotib olyapman. @botirziyatov

  • AI davrida qanday qilib "jon saqlash" mumkin O'tgan postda yozgan edim: AI ishdan bo'shatish uchun bahona, asl sabab emas. Xo'sh unda asl sabab nima? Yaqindagina Joma joylagan bir videoda aytiladiki: ishdan bo'shatishlar hech kim ahmoq bo'lgani uchun emas, aksincha - hamma aqlli qaror qabul qilgani uchun sodir bo'ladi. Mantiq oddiy: kompaniya raqobatda yutish uchun tez o'sishi kerak. Tez o'sish uchun tez ishga olish kerak. Tez ishga olsang - talabni pasaytirasan. Talab pasaysa, ishga faqat maosh uchun kelgan odamlar oqib keladi. Natijada kompaniya shishishni boshlaydi, natija esa aksincha pasayadi. Oqibatda, katta qisqartirishlar bilan bu sikl tugaydi. COVID davrida Amazon va Meta uch yilda ikki barobar kengaydi. Hozir qaytadan qisqaryapti. Bu tasodif emas, aynan o'sha tepada tasvirlangan sikl. AI buni o'ylab topmadi. U faqat siklni tezlashtirdi. Unda IT sohasiga (boshqa sohalarga ham) kirmoqchi bo'lgan talaba yoki karyerani boshlash arafasida turgan kishi nima qilishi kerak? Birinchidan, ushbu savolga haqqoniy javob ber - maosh ikki barobar kam bo'lsa, shu ishni qilarmiding? Agar "yo'q" bo'lsa, muammo shu yerda. Pul uchun kelgan odam birinchi ketadi. Ishingni yaxshi ko'rmasang hech bo'lmasa biror qismiga qiziqib qol, bo'lmasa omon qolish qiyin. Nima ish qilayotganingga qara. Hech kim ochib ko'rmaydigan hisobot chiqaryapsanmi, yoki kompaniya puli oqib turadigan sistema ortidamisan? Birinchisi bo'lsa, xavf ostidasan. Qisqartirish kelganda odamlar emas, kerak bo'lmagan ishlar birinchi ketadi. "Men falon kompaniyada ishlaganman" degan gap bugun tez eskiryapti. Ish joylari emas, u joydagi biror loyihada boshidan oxirigacha qatnashib, qanchalik hissa qo'shganing muhimroq. Diplom emas, qo'lingdan keladigan ish muhim. Bitta joyga bog'lanib qolma. Zahira loyihang bo'lsin, GitHub'ing tirik bo'lsin, tashqarida tanishlar yig'. Ish yo'qotgan kuningda eslaysan, tepada sanalgan barchasi sen uchun sug'urta sifatida xizmat qiladi. AI'dan qochma, uni ishlat. AI'dan qo'rqqan odam ham, AI bilan ikki barobar tez ishlagan odam ham bir to'lqinga tushadi. Farq keyinroq seziladi - ikkinchisi bir hafta ichida qaytib ish topadi, birinchisi esa izlab yuradi. AI sening ishingni olmayapti. Sikl olyapti, va bu yangilik emas, oldindan takrorlanib kelayotgan jarayon. Bo'ydoq bo'lmay yozilgan ilk post xd @shakhriyorpulatov

  • 7 апр.600171

    Oracle 30.000, Amazon 16.000 odamni ishdan bo'shatdi. Bahona esa AI. Rostdan ham asl sababi ular ishchilarni sun'iy intellekt bilan almashtirmoqdami? Bu kompaniyalar AI ga milliardlab dollar sarflayapti. Lekin bu xarajatlar ularning foydasiga ta'sir qilmasligi kerak. Shuning uchun ular nima qiladi? Odamlarni qisqartiradi va ishlarni arzonroq mamlakatlarga ko'chiradi. Ya'ni, sening o'rningga AI emas - ko'pincha Hindistondagi yoki boshqa mamlakatlardagi arzon ishchi kuchi keldi. Bu odamlarni AI bilan almashtirish emas, byudjetni odamlardan AI ga ko'chirish. Kompaniyalar AI sotadi, shuning uchun o'zlari ham AI ishlatayotganini ko'rsatishi kerak. Ishdan bo'shatish esa o'sha hikoyaning bir qismi. Ishdan bo'shatish doim bo'lgan. Farqi shundaki, bu safar bahona yanada qulay: "AI shunday qildi." Haqiqatda esa bu biznesning qarori, faqat texnologiya ta'siri emas. Bu bilan AI ishlarning qisqarishiga umuman ta'sir qilmayapti deb ham bo'lmaydi. Agar qiziq bo'lsa keyingi postda AI rivojlanayotgan zamonda qanday qilib "jon saqlab qolish” haqida yozaman. @shakhriyorpulatov

  • Ramazon hayiti muborak bo’lsin! @shakhriyorpulatov

  • Bizning paytda internet bo'lsa, sen allaqachon aksar tengdoshlaringdan oldinda eding. Hozir ko'p tarqalgan bir fikr bor: "Hozirgi bolalarga oson, hamma narsaga imkoniyati bor". To'g'ri, imkoniyati bor. Lekin buning o'zi yetadimi? Eslab ko'ring. Bir paytlar PDF kitob topgan odam zo'r hisoblangan. YouTube'dan biror narsa o'rgangan odam "dohiy" degan nom olgan. Telefondan google'da nimadirni topib, vazifani bajarib kelgan bola tengdoshlariga "tepadan" turib qaragan. Hozir nima bo'ldi? Kurs bor. Kitob bor. Mentorlar tarmoqda deyarli bepul gapiradi. Lekin muammo shunda: sen tutorial ko'ryapsan, yoningdagi bola ham ko'ryapti. Sen birinchi loyihangni boshlayapsan, yoningdagi allaqachon ikkitasini LinkedIn'ga joylagan. Bizning vaqtda materialni topgan odam 70-80% odamdan oldinda edi. Hozir material hammada bor. Farq faqat shunda: kim o'tirib ko'radi, kim turib qiladi. Oldin bilim afzallik edi. Hozir bilim oddiy narsa. Afzallik esa harakatda. @shakhriyorpulatov

  • 7 мар.645322

    Pulga bo’lgan muhabbatdan qutilishning eng oddiy yo’li - daromad oshganda xarajatlarni oshirmaslik. Masalan, oylik ikki baravar ko’paydi. Ko’pchilik darhol hayoliga kelgan narsani olishni boshlaydi; pul ko’pda. Natijada cho’ntak endi yana ham tezroq bo’shaydi. Bir tanishim yaxshi maosh olardi, lekin oddiy hayotda davom etdi. Farqni jamg’ardi. Pulni ko’paytirmasa ham, mo’tadil saqlash uchun uy oldi. Boshqa bir tanishim esa har doim yangi telefon, kiyim olardi - 2 yildan keyin hali ham “oylikdan oylikgacha” yashashda davom etdi. Ikkala “tanishim” ham o’zim. @shakhriyorpulatov

  • 3 мар.655111

    Yaqinda Santiago Valdarrama Twitterda bir mavzuni ko’tardi. U oyiga 200 dollarga AI bilan qancha ish qilish mumkinligini aytib, 3 yil oldin buni kimgadir aytsangiz, hech kim ishonmasligi haqida yozadi. Eng muhimi esa, bu arzonlik “qarzga berilgan vaqt” ekanligida. To’liqroq tushuntirsam: Hozir AI kompaniyalari modellarini tannarxdan past sotyapti. Investorlar puli bilan bu jarayon ishlab turibdi. Xuddi Uber boshida foydalanuvchilarni o’rgatish uchun arzon bo’lgani kabi. Muammo: Biz hammamiz bu arzon narxlarga odatlanib qolyapmiz. Loyihalar quryapmiz. Biznes modellar yaratyapmiz. Lekin subsidiyalar abadiy emas. Umid: Har yili chiplar kuchaymoqda, modellar samaraliroq bo’lyapti. Token narxi tabiiy ravishda tushib boryapti. Asosiy savol: tabiiy arzonlashish subsidiyalar tugashidan oldin yetib keladimi? Agar yetib kelmasa - narxlar sakraydi va ko’pchilik kutilmagan qimmatchilikdan qiynaladi. Hozirgi arzonlik - sovg’a. Undan foydalanib varraklaringizni osmonga uchirib oling. @shakhriyorpulatov

  • Assalom alaykum va rohmatulloh Bir iltimos bilan ushbu habarni yozayotgan edik. Bizga zudlik bilan " - 1 " qon guruhli erkak kishi aynidamda Toshkentda bo'lgan ko'ngilli zarur edi. Imkon qadar topishga yordam bersangizlar xursand bo'lar edik. Aloqa uchun: +998951831448

  • Eronda ishlangan "A Separation" filmida ajrashayotgan juftlik epizodi bor. Xotirasini yo'qotgan otasiga g'amxo'rlik qilayotgan erga rafiqasi otasini tashlab, u bilan Amerikaga ketishni taklif qilib, otasi baribir uni eslay olmasligini aytadi. Shu joyda erining gapi ko'p savollarga javob bo'ladi: “To'g'i, u meni tanimaydi, lekin men uning otam ekanini bilaman-ku.” Menimcha oddiy hayotda ham shunday. Bog'liklik har doim ikki tomonlama bo'lmaydi. Ba'zan inson sizni eslay olmaydi, rahmat aytmaydi, hatto kimligingizni ham bilmasligi mumkin - lekin sizning ma'suliyatingiz, qiladigan yaxshiliklaringiz o'z kuchida qolaveradi. Har bir ishni chin dildan qilish ham shunday. Qarsaksiz. "Qadring bilinishi" shart bo'lmasa ham. Yaqinlarimizga g'amxo'rlik qilamiz. Yordam beramiz. Yonida turamiz. Javoban nimadir kutib emas, biz shunday qilishimiz kerakligi, shu vijdonimiz oldida to'g'ri yo'l ekanligi uchun. Film haqida qisqa review ham bor ekan. Ko'rishni maslahat beraman. Yangi haftada kimdir kuzatib turmasa ham, chin yurakdan ishlab yaxshi natijalar qilishingizni tilab qolaman. @shakhriyorpulatov

  • Bek Olimjonning mana bu postidan keyin men ham 1 yillik Whoop brasletini ishlatish davomida o'zimga yoqmagan taraflarini va boshqa ishlatmasligim sabablarini yozib o'tmoqchiman. 1. Qadam (steps) xato hisoblaydi. Mashina haydaganimda ham 2–3 ming qadam "qo‘shilib" ketadi. Natijada kunlik aktivlik bo‘yicha real manzara buziladi. 2. Recovery ko‘rsatkichi tushunarsiz. O‘zimni tetik, kuchga to‘la his qilsam ham 50–55% recovery chiqadi. Bu esa kayfiyatimga ta’sir qiladi: "yaxshi emasman" degan fikrni majburan singdiradi. 3. Yillik obuna narxi qimmatlashyapti. Eski modelini olgandim, lekin vaqt o‘tishi bilan “endi yangisini olmasang, foydasi kamayadi” degan his paydo bo‘ladi. 4. Ma’lumot ko‘p, lekin qaror qilish qiyin. Statistikalar juda ko‘p, ammo oddiy savolga aniq javob berishi har doim ham oson emas: "bugun mashq qilaymi yoki dam olaymi?" 5. Har kuni taqib yurish, yechib-kiyish, zaryad haqida o‘ylash - bir yildan keyin biroz zeriktiradi. 24/7 taqib yursa bo'ladi, hatto dushga ham olib kirsa bo'ladi. Lekin, yuvingandan keyin Whoop tasmasining rezinasi o'zidan biroz vaqt yoqimsiz hid chiqaradi (balki yangi versiyalarida bunday emasdir). 6. Raqamlarga haddan tashqari bog‘lanib qolish bor. Ba’zan tanamni eshitish o‘rniga, "ilova nima deyapti?" degan savol ustun bo‘lib qoladi. Xayr, Whoop! @shakhriyorpulatov

  • 5 янв.634233

    6 oy oldin ishga kelgan hamkasabam dekabr oxirida ishdan ketdi. Ishdagi rejalashtirilmagan qo'shimcha vazifalar unga psixologik yomon ta'sir qilyapti ekan. Endi menga ham ta'sir qilishni boshladi… @shakhriyorpulatov

  • Ishda muammoli vaziyat hal qilingandan keyin ham mijoz ishonchini oshiradigan odat: qisqa post-incident xulosa (RCA) ulashish. Muammo bartaraf etilgach, 4 narsa haqida aytib o'tish kerak: nima bo‘ldi, ta’siri (impact), asosiy sabab (root cause), va qaytalanmasligi uchun ko‘rilgan choralar. Bu “muammo yopildi”dan ko‘ra, “biz nazoratdamiz, o‘rganamiz va yaxshilaymiz" degan ishonchni beradi. Inson tabiati ham shunaqa - hamma narsani o'z nazoratida ushlashni yaxshi ko'radi. @shakhriyorpulatov

  • Mijoz ishonchini muammoli vaziyatlarda oshiradigan bitta odat: erta xabar berish. Ishdagi biror narsa ishdan chiqib, hali ham ishlamayotgan bo‘lsa ham, qisqa status ulashing: ta’siri (impact), taxminiy sabab (agar ma’lum bo‘lsa), hozir qilinayotgan ishlar, va keyingi yangilanish vaqti (ETA). Inson tabiati shunaqa - vaziyatdan xabardor bo’lsa o’zini hotirjam his qiladi. @shakhriyorpulatov

  • Xayr 2025! @shakhriyorpulatov

  • Fan olimpiadasi g’oliblariga katta mablag’lar berilishi yaxshi yangilik. Ular uchun xursand bo’lgan holda aytamanki, ularga bir martalik katta mablag’ emas, bilimini monetizatsiya qilishga yo’l bo’lishi ko’proq kerak. Nega? Chunki olimpiada ishtirokchilari asosan boshqa fanlardan uzilib, bir fanga fokus qaratishadi. Tabiiyki boshqa tarafdan bilimlar kam bo’ladi. Atrof muhitdan ko’p uzilishga to’g’ri keladi. Bir martalik mablag’ berib, davomida yo’l-yo’riq bo’lmasa, katta hayot bilimi kuchli olimpiadachi bolalarni oddiy ishchiga aylantirib yuborgan ko’p holatlarning guvohi bo’lganman. IMHO. @shakhriyorpulatov

  • 8 дек.77186из xayrulla_hamidov

    видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

Shakhriyor Pulatov — tgindex